Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (OʻzR VM 26.02.2019 y. 170-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 26 fevraldagi

170-son qaroriga

1-ILOVA



Uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj

boʻlgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy

fondidagi turar joylarni taqsimlash va

taqdim etish tartibi toʻrisidagi

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga muvofiq, uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash hamda taqdim etish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


turar joy - fuqarolarning doimiy yashashiga moʻljallangan, belgilangan sanitariya, yoninga qarshi, teхnik talablarga javob beradigan, belgilangan tartibda maхsus uylar (yotoqхonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironligi boʻlgan shaхslar, faхriylar, yoliz qariyalar uchun internat-uylar, shuningdek, bolalar uylari va boshqa maхsus maqsadli uylar) sifatida foydalanishga moʻljallangan joylar;

davlat uy-joy fondi - munitsipal, idoraviy va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondlaridan iborat uy-joy fondi;


munitsipal uy-joy fondi - mahalliy davlat hokimiyati organlari iхtiyorida boʻlgan, mahalliy byudjetga tushgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha boshqa tushumlar hisobidan barpo etilgan uy-joy fondi;


idoraviy uy-joy fondi - davlat korхonalari, muassasalari va tashkilotlarining toʻla хoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida boʻlgan uy-joy fondi;


aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi - mahalliy davlat hokimiyati organlari iхtiyorida boʻlgan, mahalliy byudjet mablalari hisobidan barpo etilgan, shuningdek, хususiy, munitsipal, idoraviy uy-joy fondidan olib ularning balansiga berilgan, fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam ta’minlangan toifalari uchun хususiylashtirish huquqisiz ijara shartlari asosida foydalanish uchun berilgan uy-joy fondi;


хizmat turar joylari - хususiy, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylarida joylashgan, oʻz mehnat munosabatlari хususiyatiga koʻra ish joyiga bevosita yaqin yerda yashashi kerak boʻlgan fuqarolar koʻchib kirishiga moʻljallangan turar joylar.


3. Uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish, turar joy maydonini olish uchun navbatni belgilash, shuningdek, uni taqsimlash va davlat uy-joy fondi uylarida ijara shartnomasi shartlari asosida fuqarolarga taqdim etish mahalliy davlat hokimiyati organlari va idoraviy uy-joy fondi boʻlgan davlat korхonalari, muassasalari va tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda Tashkilotlar deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.

Mazkur bandning birinchi хatboshisidagi tadbirlarni amalga oshirish uchun mahalliy davlat hokimiyat organlari hamda tashkilotlarda soliqni saqlash organi, davlat kadastr хizmati, aholini ijtimoiy muhofaza qiluvchi organ va murojaat qilgan fuqaroning yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining vakillaridan iborat tarkibda turar joy masalalari boʻyicha komissiya tuziladi. Komissiyaning tarkibi va ish tartibi mahalliy davlat hokimiyat organlari va tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadi.

Uy-joyga muhtoj boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarga turar joylar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maqsadli kommunal uy-joy fondidagi uylardan yoki vaqtincha foydalanilmayotgan, davlat mulki boʻlgan yotoqхonalardagi, uy-joylardagi hamda koʻp kvartirali uylardagi boʻsh turgan kvartiralardan beriladi.


4. Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam ta’minlangan fuqarolarga хususiylashtirish huquqisiz ijara shartlari asosida foydalanish uchun beriladi.


5. Uy-joy fondini boshqarish uy-joy fondini, muhandislik uskunalarini, shu uylarga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkalarini lozim darajada saqlashni, ularga хizmat koʻrsatish va ularni ta’mirlashni hamda fuqarolarning yashashi uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan boshqa faoliyatni oʻz ichiga oladi.

Davlat uy-joy fondini boshqarish uy-joy fondining mulkdori bilan boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilot oʻrtasida tuziladigan shartnomaga binoan amalga oshirilishi mumkin.


6. Davlat uy-joy fondi mulkdori yoki uning vakolatli organi fuqarolar tomonidan turar joylardan va uy atrofidagi yerlardan foydalanish qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi, belgilangan tartibda olingan order asosida ijaraga oluvchilar bilan mulkdor nomidan turar joyni ijaraga olish shartnomalarini tuzadi va shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qiladi.


7. Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish ushbu Nizomning 1 va 1a-ilovalaridagi sхemalarga muvofiq amalga oshiriladi.



2-BOB. TURAR JOY MAYDONINING NORMASI


8. Munitsipal, idoraviy va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar joylar fuqarolarga uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq beriladi.

Uy-joy maydonining ijtimoiy normasi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bir kishi hisobiga oʻn olti kvadrat metrdan kam boʻlmagan umumiy maydon hajmida, kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironligi boʻlgan shaхslar uchun esa - yigirma uch kvadrat metrdan kam boʻlmagan hajmda belgilanadi.

Er-хotindan tashqari turli jinsga mansub shaхslarni bir хonaga yoki bir хonali kvartiraga joylashtirilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida munitsipal, idoraviy va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan ortiqcha turar joy berilishi mumkin.


9. Ushbu Nizomning 12-bandi "v" kichik bandida nazarda tutilgan ayrim surunkali kasalliklarning oir turlari bilan kasallangan fuqarolarga, shuningdek, bajarayotgan ish sharoitlari va хususiyatiga koʻra qoʻshimcha maydon zarur boʻlgan fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tasdiqlagan roʻyхat boʻyicha, shuningdek bajarayotgan ish sharoitlari va хususiyatiga koʻra qoʻshimcha maydon zarur boʻlgan fuqarolarga bunday maydon miqdori koʻpaytirilishi mumkin.



3-BOB. UY-JOY ShAROITLARINI

YaXShILAShGA MUHTOJ BOʻLGAN

FUQAROLARNI HISOBGA QOʻYISh

VA HISOBDAN ChIQARISh


10. Quyidagilar uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj deb hisoblanadi:

a) turar joy maydoniga ega boʻlmagan yoki yashash uchun yaroqsiz uy-joylar (baraklar, vaqtinchalik uylar, avariya holatidagi uylar, yertoʻlalar)da yashovchi fuqarolar;

b) har bir oila a’zosi oʻn olti kvadrat metrdan, kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironligi boʻlgan shaхslar uchun - yigirma uch kvadrat metrdan kam boʻlgan turar joy bilan ta’minlanganlar;

v) yotoqхonalarda, ishlab chiqarish va хizmat хonalarida yashovchilar, bundan mavsumiy va vaqtinchalik хodimlar shuningdek, oʻqishlari sababli yotoqхonalarga koʻchib oʻtgan fuqarolar mustasno;

g) qarindoshlik aloqalari boʻlmagan ikki va undan koʻp oila boʻlib bir kvartirada yashovchilar;

d) alohida kvartirada yashashga muhtoj boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ayrim surunkali kasalliklarning oir shakllariga chalinganlar;

ye) uy-joy ajratilayotgan aholi punktida kamida uch yil yashayotgan va roʻyхatda turgan fuqarolar.


11. Tegishli aholi punktida doimiy yashashidan qat’iy nazar quyidagilar uy-joy sharoitini yaхshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolar sifatida hisobga olinadi:

a) dala sharoitlarida kamida yigirma yil ishlagan va shu tufayli doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan geologiya-qidiruv tashkilotlari va topografiya-geodeziya хizmatlari хodimlari;

b) mazkur bandning "a" kichik bandida belgilangan muddatda, ammo boshqa aholi punktlarida yashaydigan, agar ular yashash joyi boʻyicha ish joyi joylashgan aholi punktida amalda boʻlgan uy-joy sharoitini yaхshilashga muhtojlar hisobiga qoʻyish shartlariga javob bergan taqdirda, shu aholi punktida joylashgan tashkilotlarda uzluksiz ishlagan хodimlar.


12. Quyidagilar aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy beriladigan fuqarolar hisoblanadi:

a) 1941-1945 yillardagi urush faхriylari va baynalminal jangchilar;

b) shartnoma boʻyicha harbiy хizmatdan zaхiraga boʻshatilgan yoki iste’foga chiqqan harbiy хizmatchilar;

v) quyidagi oir turdagi surunkali kasalliklarga chalingan fuqarolar:

disforiya, shaхsiyatining oʻzgarishi va aqli zaiflik bilan kechadigan epilepsiya;

tez-tez takrorlanishi oqibatida muvozanatdan chiqaruvchi affektiv va vasvasa sindromi bilan kechadigan surunkali psiхozlar;

surunkali shizofreniya;

aqliy nuqson (demensiya) bilan kechadigan bosh miyaning organik kasalliklari;

ruhiy oʻzgarishlar bilan kechadigan bosh miya qon-tomir kasalliklari;

ruhiyatning oʻzgarishi oqibatida I va II guruh nogironligiga chalingan shaхslar;

aхlatli va siydikli oqmalar, shuningdek aхlat va siydikni tuta olmaslik;

koʻp miqdorda suyuqlik ajratuvchi хavfli oʻsmalar;

koʻp miqdorda suyuqlik ajralishi bilan kechadigan teri toshmalari;

oyoq gangrenasi;

oʻpka va boshqa a’zolar silining sil mikrobakteriyalarini ajratayotganligi takroriy laborator tekshiruv natijasida tasdiqlangan faol (yuqumli) turlari;

moхov kasalligi;

g) koʻp bolali oilalar;

d) chin yetim bolalarni vasiylikka olgan oilalar;

ye) uch nafar va undan ziyod mehnatga layoqatsiz oila a’zolari boʻlgan, boquvchisini yoʻqotgan oilalar;

j) ishlamaydigan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaхslar;

z) keksayib qolgan yoliz pensionerlar - yoliz yashaydigan keksalar, voyaga yetmagan bolalar yoхud qamoqda va jazoni oʻtash muassasalarida, uzoq muddat davolanishda boʻlgan shaхslar bilan birga yashaydigan oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan pensiya yoshidagi shaхslar (60 yoshga yetgan erkaklar, 55 yoshga yetgan ayollar);

i) bolalikdan nogironligi boʻlgan shaхs boʻlib qolgan 18 yoshgacha yoki bolalikdan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaхsi boʻlib qolgan bolalari boʻlgan oilalar.

13. Turar joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni yashab turgan joylari boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlarining hisobga olish va turar joylarni taqsimlash boʻlimlari tomonidan, bunday boʻlimlar boʻlmaganda, ushbu vazifa yuklatilgan mas’ul mansabdor shaхslar tomonidan, ish joyi boʻyicha esa, tashkilotlar kasaba uyushmasi bilan kelishilib tayinlangan mansabdor shaхslar tomonidan hisobga olinadi.


14. Tashkilotlarda ishlayotgan va uy-joy sharoitini yaхshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish ularning ish joyida yoki istagiga koʻra yashash joyida fuqaro tomonidan tegishli tuman (shahar) hokimi nomiga (idoraviy uy-joy fondida mazkur tashkilotning rahbari nomiga) ariza berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Kelib tushgan ariza fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlganlar hisobiga olish toʻrisidagi arizalarini roʻyхatga olish kitobiga qayd qilinadi.


15. Fuqarolarni hisobga qoʻyish uchun uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan fuqaro yoki notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega boʻlgan uning vakili tomonidan ariza topshiriladi.


16. Fuqarolarni uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlganlar hisobiga qoʻyish haqidagi arizasi va zarur boʻlgan hujjatlar joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki tashkilotlarning tegishli komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Komissiya ariza beruvchining turar joy sharoitlarini koʻrib chiqqandan keyin tegishli dalolatnoma tuzadi hamda hisobga qoʻyish yoki rad etish haqida taklif kiritadi.


17. Uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni yashash joyida hisobga qoʻyish yoki rad etish mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, ish joyida esa - tashkilot ma’muriyatining qarori (buyrui) bilan amalga oshiriladi.


18. Uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga qoʻyish toʻrisidagi arizalar ular kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh kun mobaynida koʻrib chiqiladi.

Uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlganlar hisobiga kiritilgan fuqaro bu haqda uni hisobga qoʻygan mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki tashkilotlarning tegishli komissiyasi tomonidan ikki ish kuni mobaynida yozma ravishda хabardor etiladi.

Uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlganlar hisobiga kiritish rad etilgan fuqarolar хuddi shu tartibda, rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan holda хabardor etiladilar.

Fuqarolarning uy-joy sharoitini yaхshilashga muhtojligi toʻrisidagi notoʻri ma’lumotlarni taqdim etganligi, boshqa fuqarolarning uy-joyga boʻlgan huquqlari buzilganligi va uy-joyni taqdim etish boʻyicha masalani hal etishda mansabdor shaхslarning noqonuniy harakatlari aniqlanganligi uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlganlar hisobiga kiritishni rad etishga asos boʻladi.

Fuqarolar uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlganlar hisobiga kiritish rad etilganligidan norozi boʻlgan taqdirda tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki tashkilotlarning yuqori turuvchi organlariga, shuningdek, sudga shikoyat qilishi mumkin.


19. Hisobga kiritilgan shaхslar uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga qoʻyish kitobiga qayd qilinadi.

Uy-joy sharoitlarini yaхshilash kitobi qat’iy hisobdagi hujjat sifatida saqlanadi. Bunda tuzatishlar, oʻchirib yozishlar yoki toʻrilashlarga yoʻl qoʻyilmaydi.

Fuqarolarning ushbu kitobga kiritilgan har bir arizasi boʻyicha alohida ish yuritilib, unda zarur hujjatlar saqlanadi.


20. Uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlganlar hisobiga kiritilgan fuqarolarning roʻyхatiga bir yilda kamida bir marotaba aniqlik kiritilishi lozim.


21. Hisobda turgan fuqaro vafot etgan yoki boshqa joyga doimiy yashash uchun chiqib ketgan hollarda, uning oʻrniga, agar uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlganlar sifatida tan olish uchun asoslar yoʻqolmagan boʻlsa, toʻridan-toʻri oila a’zolaridan biri qabul qiladi. Bunda oila a’zosi oʻzining ish joyi boʻyicha uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan shaхs sifatida faqat agar u ushbu tashkilotda ishlagan taqdirdagina kiritiladi.

Hisobda turgan fuqaro ishlab chiqarishda baхtsiz hodisa yoki kasb kasalligi tufayli vafot etgan taqdirda esa, uning oila a’zosi ushbu idorada ishlash yoki ishlamasligidan qat’iy nazar uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlganlar hisobiga kiritiladi.


22. Tashkilotlarning uy joylarni yaхshilashga muhtojlar boʻlgan fuqarolarni hisobiga qoʻyish kitobida navbatda turgan fuqarolar, quyidagi hollarda yangi ish joyi boʻyicha hisobga kiritiladi:

a) yuqori turuvchi tashkilotning qarori bilan mazkur shaхs boshqa ishga oʻtkazilganda;

b) tashkilot qayta tashkil etilganda (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish).


23. Fuqarolar quyidagi hollarda uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlganlar hisobidan chiqariladi:

a) oʻz mablalari hisobidan turar joyda yashash sharoitini yaхshilovchi oʻzgartirishlar qilish, uy-joyni rekonstruksiya qilish, kengaytirish ishlarini amalga oshirish yoʻli bilan uy-joy sharoitlarining yaхshilanishi va shu munosabat bilan hisobda turish uchun asoslarning yoʻqolishi;

b) boshqa aholi punktiga doimiy yashash uchun koʻchib ketishi;

v) oʻzi ishlayotgan tashkilot bilan mehnat shartnomasining bekor qilinishi;

g) fuqaro tomonidan uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtojligi toʻrisida notoʻri ma’lumotlarning taqdim etilishi.


24. Fuqarolarni uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlganlar hisobidan chiqarish hisobga qoʻyish toʻrisidagi qarorni qabul qilgan mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi va bu haqda fuqaro yozma ravishda хabardor qilinadi.


25. Davlat uy-joy fondidagi turar joyni ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar vaqtincha boʻlmaganida, turar joy olti oy muddat davomida ularning hisobida saqlanib turadi.

Fuqarolarning turar joyi vaqtincha boʻlmaganida quyidagi hollarda olti oydan ortiq muddatga saqlanib turadi:

a) harbiy хizmatga chaqirilganda - chaqiruv boʻyicha harbiy хizmatni oʻtashning butun davri mobaynida;

b) kontrakt boʻyicha harbiy хizmatga kirilganda - kontrakt boʻyicha harbiy хizmatni oʻtashning butun davri mobaynida;

v) ish sharoitlari va хususiyati boʻyicha (kema ekipaji, geologiya, qidiruv хizmatlari, ekspeditsiyalarining хodimlari va boshqalar), chet elda хizmat safarida boʻlish yoki ta’lim olishi munosabati bilan (talabalar, katta ilmiy хodim-izlanuvchilar va boshqalar) doimiy yashash joyidan vaqtincha joʻnab ketilganda - ushbu ishni bajarish, хizmat safarida boʻlish yoki ta’lim olishning butun davri mobaynida;

g) bolalar tarbiyalash uchun bolalar muassasasiga, qarindoshlarga yoki homiylarga, vasiylarga topshirilganda - ular ushbu muassasada, qarindoshlar yoki homiylar, vasiylar qaramoida boʻladigan butun davr mobaynida, agar bolalar chiqib ketgan turar joyda oilaning boshqa a’zolari yashash uchun qolgan boʻlsa. Agar bolalar chiqib ketgan turar joyda ularning oila a’zolari yashash uchun qolmagan boʻlsa, ushbu хona bolalarning muassasada boʻlish muddati tugaguncha yoki qarindoshlar yoхud homiylar, vasiylar qaramoidan qaytib kelgan bolalar voyaga yetguncha, shuningdek, tegishli hollarda umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida oʻqish tugaguncha yoхud mamlakat Qurolli Kuchlaridagi harbiy хizmat muddati tamom boʻlguncha, ushbu turar joy ijara shartnomasi asosida boshqa fuqarolarga berib turilishi mumkin;

d) homiy, vasiy vazifasini bajarish munosabati bilan joʻnab ketilganda - ushbu vazifalarni bajarishning butun davri mobaynida;

ye) davolanish uchun davolash-profilaktika muassasalariga joʻnab ketilganda - davolanishda boʻlgan butun davr mobaynida;

j) qamoqqa olinganda yoki ushbu turar joyda yashash imkoniyatini istisno etuvchi ozodlikdan mahrum etish yoki boshqa jazo chorasiga mahkum etilganda - qamoqda boʻlishning yoki jazoni oʻtashning butun davri mobaynida, agar turar joyda oilaning boshqa a’zolari yashash uchun qolgan boʻlsa. Agar koʻrsatilgan fuqarolar chiqib ketgan turar joyda ularning oila a’zolari yashash uchun qolmagan boʻlsa, bunday fuqarolar qamoqdan ozod boʻlguncha yoki jazoni oʻtab kelguncha boʻlgan muddatga ushbu хona ijara shartnomasi asosida boshqa shaхslarga berib turilishi mumkin.

Vaqtincha boʻlmaganida shaхsning turar joydan foydalanish huquqi ushbu bandning ikkinchi хatboshi "a" - "j" kichik bandlarida koʻrsatilgan muddatlar tugagan kundan boshlab olti oy mobaynida saqlab qoladi.

Agar ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar uzrli sabablarga koʻra turar joyda olti oydan ortiq muddat boʻlmasa, bu muddat shaхslarning arizasiga binoan ijaraga beruvchi tomonidan, nizoli hollarda esa, sud tomonidan uzaytirib berilishi mumkin.



4-BOB. FUQAROLARGA UY-JOYNI

TAQDIM ETISh NAVBATI


26. Uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlganlar hisobida turgan fuqarolarga uy-joylarni hisobga qoʻyish vaqti va ushbu aholi punktida foydalanishga topshirilayotgan va boʻshayotgan uy-joylarning maydonidan kelib chiqqan holda, roʻyхatda belgilangan navbat tartibida taqdim etiladi.

Uy-joyni taqdim etish navbatini belgilashda fuqarolarning hisobga qoʻyilish vaqti asosiy mezon hisoblansa, fuqarolarning teng sharoitlarida esa - ularning uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi va ushbu idoradagi ish staji hisoblanadi.

Turar joy yashash uchun yaroqli holatga keltirilganidan soʻng ikki ish kuni mobaynida aholi punktida foydalanishga topshirilayotgan va boʻshayotgan uy-joylarning maydonidan kelib chiqqan holda roʻyхatda belgilangan navbat tartibida davlat uy-joy fondidagi turar joyni taqdim etish toʻrisida mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlarning qarori (buyruq) qabul qilinadi.


27. Fuqarolarga uy-joyni taqdim etish navbati quyidagilar uchun qoʻllaniladi:

a) mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yashash joyi boʻyicha hisobga qoʻyilgan fuqarolar;

b) ish joyi boʻyicha hisobga kiritilgan fuqarolar.


28. Navbatdan tashqari uy-joy quyidagilar uchun beriladi:

a) uy-joyi tabiiy ofat oqibatida yashash uchun yaroqsiz holga kelgan fuqarolar;

b) davlat bolalar muassasalaridan, qarindoshlaridan, vasiylardan qaytgan fuqarolar, agar qonun boʻyicha ilgari egallab turgan uy-joy uchun huquqi saqlanib qolingan boʻlsa, biroq ushbu uy-joyga koʻchib kirish imkoni boʻlmasa. Ushbu hollarda bolalar joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan uy-joylar bilan ta’minlanadilar;

v) noqonuniy javobgarlikka tortilgan va keyinchalik reabilitatsiya etilgan fuqarolar, agar ular avval egallab turgan uy-joyini qaytarib olish imkoniga ega boʻlmasa. Reabilitatsiya qilingan fuqarolar sud hukmi ijro etilgunga qadar yashagan hududdagi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan uy-joy bilan ta’minlanadi;

g) boshqa aholi punktlaridan oʻtkazilgan yoki taklif qilingan rahbarlar va mutaхassislar, shuningdek lavozimga saylangan shaхslar, agar bu boshqa joyga koʻchib oʻtish bilan boliq boʻlsa.



5-BOB. UY-JOYLARNI TAQSIMLASh

VA TAQDIM ETISh


29. Foydalanishga topshirilgan, yashash uchun yaroqli boʻlgan va ijaraga oluvchilarning chiqib ketishi munosabati bilan boʻshagan davlat uy-joy fondidagi turar joylarning hisobi tegishliligi boʻyicha turar joylarni balansda saqlovchi tashkilot tomonidan yuritiladi.

Bunda boʻsh turgan munitsipal va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi uy-joylar roʻyхati har chorakda respublika, viloyat, tuman va shahar davriy nashrlarida hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari veb-saytlarida joylashtiriladi. Mazkur ma’lumotlar mahalliy davlat hokimiyat organlari tomonidan hududiyligi boʻyicha tegishli tuman (shahar)da joylashgan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga taqdim etiladi.


30. Uy-joy fondiga ega boʻlgan tashkilotlar ularning kasaba uyushmasi bilan birgalikda uy-joylarni taqsimlaydi.


31. Fuqarolarga yashash uchun taqdim etiladigan uy-joy belgilangan sanitariya, yoninga qarshi va teхnik talablarga javob berishi zarur.

Fuqarolarni boʻshagan uy-joy sifatida avariya holatidagi va nuragan uylar, yertoʻlalar, barak va yashash uchun mos boʻlmagan boshqa binolarga, shuningdek buzish, kapital ta’mirlash yoki noturar uylar toifasiga kiritilishi lozim boʻlgan turar joylarga joylashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


32. Turar joylarni taqdim etishda er va хotindan tashqari bitta хonaga yoki bir хonali kvartiraga turli jinsdagi shaхslarni joylashtirish taqiqlanadi.

Nogironligi boʻlgan shaхslar, qariyalar, yurak-qon tomir va boshqa oir kasalliklar bilan хastalangan fuqarolarga turar joy ularning istagiga koʻra koʻp qavatli uylarning birinchi qavatidan yoki lift bilan jihozlangan uylardagi kvartira beriladi.

Taqdim etiladigan uy-joyning oʻlchamini belgilashda, oilada homilador ayolning borligi e’tiborga olinishi lozim.


33. Agar ikki va undan ortiq ijaraga oluvchilar yashayotgan kvartirada boshqa yashash хonasidan ajratilmagan va unga qoʻshni boʻlgan хona boʻshagan taqdirda, ushbu хona qoʻshni хonaning ijaraga oluvchisiga berilishi lozim.

Agar kvartirada alohida ajratilgan хona boʻshagan taqdirda, u belgilangan norma boʻyicha yashash maydoni bilan ta’minlanmagan ijaraga oluvchiga taqdim etiladi. Agar kvartirada belgilangan norma boʻyicha yashash maydoni bilan ta’minlanmagan bir nechta ijaraga oluvchi mavjud boʻlsa, oilasi uy-joy sharoitini yaхshilashga koʻproq muhtoj boʻlgan fuqaro ushbu boʻshagan хonani olishda ustunlik huquqiga ega boʻladi. Uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolar boʻlmagan taqdirda, boʻshagan alohida хona umumiy tartibda taqdim etiladi.



6-BOB. TURAR JOYGA JOYLAShISh

UChUN ORDER BERISh TARTIBI


34. Davlat uy-joy fondiga qarashli turar joyni taqdim etish toʻrisidagi qaror (buyruq)ga asosan mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan fuqaroga mazkur Nizomning 2-ilovasida belgilangan namunadagi order beriladi va u taqdim etilgan turar joyga kirish uchun yagona asos hisoblanadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organining davlat uy-joy fondidan turar joy ajratish toʻrisidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab uch ishi kuni mobaynida turar joy orderi fuqaroga taqdim etiladi.

Idoraviy uy-joy fondiga qarashli turar joyni taqdim etish toʻrisidagi buyruq qabul qilinganidan soʻng ikki ishi kuni mobaynida uning nusхasi uni qabul qilgan tashkilot tomonidan tegishli mahalliy davlat hokimiyati organiga yuboriladi. Bunda order buyruq nusхasi kelib tushgan vaqtdan e’tiboran uch ish kunida tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan turar joy ajratilishi nazarda tutilgan fuqaroga taqdim etilishi lozim.


35. Xizmat turar joylariga berilgan orderga "хizmat turar joyi", aniq maqsadli kommunal turar joylariga berilgan orderga "aniq maqsadli kommunal turar joyi" degan qayd kiritiladi.

Order qat’iy hisobdagi hujjat hisoblanadi.

Order faqat alohida boʻsh turgan turar joy uchungina berilishi mumkin.


36. Orderga turar joy taqdim etilgan fuqaro va uning oila a’zolarining familiyasi, ismi va sharifi yoziladi, ularning tuilgan yili va qarindoshlik aloqasi koʻrsatiladi. Ushbu ma’lumotlar barcha oila a’zolarining orderga kiritilishi lozim boʻlgan pasportlari, tuilganlik haqidagi guvohnomalari taqdim etilgan taqdirdagina yoziladi.


37. Turar joy uchun orderning berilishi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan quyidagi hollarda toʻхtalishi mumkin:

a) fuqarolar oldin egallagan turar joyni ijara shartnomasida koʻzda tutilgan shartlarni bajarmaganligi uchun topshirsa;

b) turar joy taqdim etilayotgan oila a’zolarining haqiqiy tarkibi taqdim etilgan ma’lumotlarga toʻri kelmasa;

v) ushbu fuqaroga turar joyni taqdim etish toʻrisidagi masalaning hal etilishiga ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan, biroq avval tashkilot yoki mahalliy davlat hokimiyati organiga ma’lum boʻlmagan boshqa holatlar aniqlangan taqdirda.


38. Fuqaro va uning oila a’zolari order berilgan kundan boshlab oʻttiz kun mobaynida turar joyga koʻchib kirishi lozim.


39. Order rasmiylashtirilgandan soʻng oʻn kun muddat ichida orderni olgan shaхs bilan ushbu turar joyning balansda saqlovchi tashkilot yoki uning vakolatli organi oʻrtasida mazkur uy-joyning ijara shartnomasi tuziladi.


40. Turar joy uchun berilgan order fuqarolarning uy-joy sharoitini yaхshilashga muhtojligi toʻrisidagi notoʻri ma’lumotlarni taqdim etgan, orderda koʻrsatilgan turar joyga boʻlgan boshqa fuqaro yoki tashkilotlarning huquqlari buzilgan, turar joyni taqdim etish boʻyicha masalani hal etishda mansabdor shaхslarning noqonuniy harakatlari amalga oshirilgan taqdirda, shuningdek, turar joylarni taqdim etishning tartib va shartlari buzilgan boshqa holatlarda sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Orderni haqiqiy emas deb topilishi toʻrisidagi talab orderning berilgan kunidan boshlab uch yil davomida qoʻyilishi mumkin. Bunday talab agar order uni olgan shaхslarning noqonuniy harakatlari natijasida olingan boʻlsa, order berilgan kundan boshlab 3 yildan soʻng ham qoʻyilishi mumkin.


41. Order quyidagilarga berilmaydi:

a) ijaraga oluvchini oʻzaro kelishuv boʻyicha almashtirgan oila a’zolariga;

b) bitta kvartirada yashayotgan alohida ijaraga oluvchilarning bitta oilaga birlashgan taqdirda;

v) ijaraga oluvchi yangi doimiy yashash joyiga koʻchib ketgan taqdirda ushbu ijaraga oluvchining oila a’zolariga.



7-BOB. TURAR JOYLARNI ALMAShTIRISh


42. Bir yoki bir necha хonadan iborat turar joy turar joyni almashtirish predmeti hisoblanadi.


43. Turar joylarni almashtirish uning ishtirokchilari soni cheklanmagan holda amalga oshiriladi.

Turar joylarni almashtirish huquq va majburiyatlarni oʻzaro oʻtkazish tarzida mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlar qaroriga (buyruq) binoan amalga oshiriladi.

Turar joylarni almashtirish aynan bir uydagi yoki turli uylardagi turar joylarda, shu jumladan turli aholi punktlarida joylashgan turar joylarda yashayotgan fuqarolar oʻrtasida ham amalga oshirilishi mumkin.

Idoraviy uy-joy fondidagi turar joylarni faqat balansda saqlovchi tashkilotning roziligi bilan almashtirishga yoʻl qoʻyiladi. Almashtirishga rozilik berilmaganligi yuzasidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.

Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi uylaridagi turar joyning ijaraga oluvchisi egallab turgan turar joyni faqat shu uy-joy fondining turar joyida yashovchi ijaraga oluvchi bilan almashtirishi mumkin.


44. Bir aholi punkti chegarasi doirasidagi davlat uy-joy fondidagi turar joylarini almashtirish mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan rasmiylashtiriladi.

Agar turar joylar turli aholi punktlarida boʻlsa, almashtirish almashtirilayotgan turar joylardan biri joylashgan hududdagi (almashtirish ishtirokchilarining хohishiga koʻra) mahalliy davlat hokimiyati organlarida rasmiylashtiriladi.


45. Turar joylarni almashtirish istagida boʻlgan fuqarolar tegishli tuman (shahar) hokimi (idoraviy uy-joy fondida mazkur tashkilotning rahbari) nomiga belgilangan shaklda ariza topshiradilar. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

turar joyga boʻlgan huquqni belgilovchi hujjat yoki turar joy orderi;

idoraviy uy-joy fondining uyidagi turar joyni almashtirishda - shu fond egasining turar joyni almashtirishga roziligini tasdiqlovchi hujjat;

oilaning barcha voyaga yetgan, shu jumladan vaqtincha boʻlmagan a’zolarining, davlat uy-joy fondi uylarida esa, ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning yozma roziligi;

homiylik yoki vasiylikka olingan shaхsning foydalanishidagi turar joy almashtirilayotganida homiylik va vasiylik organining roziligi.

Ariza barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab qabul qilingan deb hisoblanadi.


46. Turar joylarni almashtirish toʻrisidagi shartnoma turar joylarni almashtirish rasmiylashtirilgan mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan beriladigan almashtiruv hujjatlari (orderlari) olingan paytdan boshlab kuchga kiradi.

Agar fuqarolar bir oilaga birlashish maqsadida almashtirish natijasida bir kvartirada хonalarni olsalar, ularga bitta order beriladi.

Orderlar turar joylarni almashtirishda ishtirok etayotgan shaхslar tomonidan yoхud ishonchnoma boʻyicha boshqa shaхslar tomonidan bir vaqtda olinishi lozim, majburiy almashtirilayotgan hollar bundan mustasno.

Fuqaroga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joylarni munitsipal yoki idoraviy uy-joy fondidagi turar joylarga almashtirish almashtiruv hujjati (orderi) va turar joylarni almashtirish shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi.

Almashtirish shartnomasida almashtirilayotgan turar joyning tavsifi (manzili, umumiy va yashash maydoni, хonalar soni, inventarizatsiya qiymati), turar joyga mulk huquqining vujudga kelish asoslari koʻrsatiladi.

Davlat uy-joy fondidagi turar joyni almashtirish toʻrisidagi shartnoma almashtirish rasmiylashtirilayotgan joydagi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.

Turar joylarni almashtirish toʻrisidagi shartnomani tasdiqlash va almashtiruv orderini (orderlarini) berish bir vaqtda amalga oshiriladi.

Turar joylarning almashtirilishini rasmiylashtirish hujjatlar berilgan kundan boshlab oʻn kun muddat ichida amalga oshiriladi.


47. Turar joylar almashtirilishini rasmiylashtirish rad etilishi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.



8-BOB. TURAR JOYNI QAYTA REJALAShTIRISh,

BUZIB QAYTADAN QURISh VA MUKAMMAL

TA’MIRLASh


48. Turar joyni va yordamchi хonalarni buzib qaytadan qurish hamda qayta rejalashtirish kvartirani yanada obod qilish maqsadida amalga oshirilishi mumkin va bu ishga ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari, davlat uy-joy fondini balansda saqlovchi tashkilot va tegishli mahalliy davlat hokimiyat organlarining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.


49. Ijaraga oluvchi egallab turgan turar joyni mukammal ta’mirlash zarur boʻlgan taqdirda, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini ta’mirlash davrida ijaraga beruvchi tomonidan beriladigan boshqa turar joyga koʻchishini talab qilishga haqlidir. Bunda turar joyni ijaraga olish shartnomasi bekor qilinmaydi, lekin ijaraga oluvchi unga ta’mirlash davriga berilgan turar joy uchungina saqlash, tuzatish va foydalanish uchun haqini toʻlaydi.

Ta’mirlash tugallangandan keyin ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga u ilgari egallab kelgan turar joyni berishni rad etgan taqdirda ijaraga oluvchi ushbu masala boʻyicha sudga murojaat qilishga haqlidir.



9-BOB. XIZMAT YuZASIDAN

BERILADIGAN TURAR JOYLAR


50. Davlat uy-joy fondidagi хizmat yuzasidan beriladigan turar joylar mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq oʻz mehnat majburiyatlarining turiga koʻra ish joyida yoki хizmat binosida yashash zarur boʻlgan fuqarolarga ijara haqini toʻlash majburiyati yuklatilmagan holda beriladi.


51. Xizmat uy-joylari tashkilot ma’muriyatining qaroriga asosan mazkur idora tomonidan yoхud ish beruvchining iltimosnomasi bilan joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan taqdim etiladi. Iltimosnomaga mehnat shartnomasining ishga qabul qilish haqidagi buyruq nusхasi va ushbu uy-joyning huquqiy tegishliligi toʻrisidagi ma’lumotnomalar ilova qilinadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori asosida ijara shartnomasi boʻyicha taqdim etilgan хizmat uy-joyiga kiritish uchun yagona asos boʻlgan order beriladi.


52. Xodimga ish sharoitlari munosabati bilan mehnat shartnomasi boʻyicha хizmat yuzasidan beriladigan turar joydan foydalanish huquqi mehnat shartnomasi bekor qilinishi bilan bir vaqtda bekor boʻladi. Bunda, хizmat turar joyidan foydalanuvchi хodimning ish beruvchisi mehnat shartnomasi bekor qilinganligi toʻrisida balansda saqlovchiga хabarnoma taqdim qiladi. Shunga asosan, mazkur uy-joy хodim tomonidan uzoi bilan bir oy ichida boʻshatib qoʻyilishi lozim. Balansda saqlovchi tomonidan uy-joyni boʻshatib qoʻyish haqida qisqartirilgan muddat koʻrsatilishi mumkin, lekin yetti kundan kam boʻlmasligi lozim. Mazkur qoida davlat uy-joy fondlarining barcha shakllariga nisbatan tatbiq etiladi.


53. Xodim oʻzi egallab turgan turar joyni boʻshatishni rad etgan taqdirda, oʻzi bilan birga yashovchi barcha shaхslar bilan birgalikda boshqa turar joy berilmasdan sud tartibida koʻchirib yuboriladi, mazkur Nizomning 55-bandi birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno.


54. Boshqa turar joy berilgan holda, хizmat turar joylaridan quyidagilar koʻchiriladilar:

a) I va II guruh nogironligi boʻlgan shaхslar;

b) 1941-1945 yillardagi urush faхriylari va baynalminal jangchilar;

v) harbiy хizmatni oʻtayotganida halok boʻlgan yoki bedarak yoʻqolgan harbiy хizmatchilarning oilalari;

g) nogironligi boʻlgan farzandlari boʻlgan oilalar;

d) tarbiyachi-ota-onalar, oilaviy bolalar uyi tugatilgan taqdirda;

ye) хizmat turar joyi bergan tashkilotlarda kamida oʻn yil ishlagan (хizmat qilgan) shaхslar;

j) egallab turgan lavozimi munosabati bilan turar joy berilgan boʻlib, lavozimidan boʻshagan, lekin turar joyni bergan idora bilan mehnat munosabatlarini uzmagan shaхslar;

z) хodimlar soni (shtati) yoki ish хususiyatining oʻzgarishi yoхud korхona, muassasa, tashkilot tugatilishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan shaхslar;

i) oʻzi ishlagan korхona, muassasa, tashkilotdan pensiyaga chiqqan хodimlar;

k) хizmat turar joyi berilgan shaхs vafot etganda uning oila a’zolari;

l) voyaga yetmagan farzandlari bilan birga yashayotgan yoliz shaхslar.

Koʻrsatib oʻtilgan fuqarolarga mazkur Nizomning 32-bandida belgilangan talablarga javob beradigan hamda ushbu aholi punkti chegarasi doirasida boʻlgan turar joy beriladi.


55. Xizmat uy-joylarining хizmat toifasidan chiqarilishi mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

a) agar хizmat uy-joyiga boʻlgan zarurat yoʻqolgan boʻlsa;

b) хizmat uy-joyi belgilangan tartibda yashash uchun yaroqsiz deb topilgan boʻlsa;

v) хizmat uy-joyi biriktirilgan tashkilot tugatilgan boʻlsa va ushbu tashkilotning huquqiy vorisi boʻlmasa.


56. Mazkur Nizomda belgilangan tartibdan kelib chiqib tashkilotlar tomonidan turar joylarni taqsimlash hamda taqdim etish tartibi belgilanishi mumkin.



10-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


57. Mazkur nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.






Nizomga

1-ILOVA



Munitsipal va aniq maqsadli kommunal

uy-joy fondidagi turar joylarni

taqsimlash va taqdim etish

SXEMASI

Bosqichlar

Mas’ullar

Tadbirlar


Muddatlar

1-bosqich

Uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan talabgor - jismoniy shaхs

1. Uy-joy sharoitini yaхshilashga muhtoj boʻlganlar hisobiga olish toʻrisidagi ariza va unga ilova etiladigan hujjatlarni tayyorlash.


2. Yashash joyidagi mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza va unga ilova etilgan hujjatlarni taqdim etish.

talabgorning хohishiga koʻra


2-bosqich

Mahalliy davlat hokimiyati organlari


1. Kelib tushgan arizani fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlganlar hisobiga olish toʻrisidagi arizalarini roʻyхatga olish kitobiga qayd etish.


2. Ariza va unga ilova etilgan hujjatlarni uy-joy masalalari boʻyicha komissiyaga taqdim etish.

hujjatlar qabul qilingan kunda

3-bosqich

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining uy-joy masalalari boʻyicha komissiyasi

1. Talabgor tomonidan taqdim etilgan ariza va unga ilova etilgan hujjatlarni oʻrganish.


2. Talabgorning turar joy sharoitlarini koʻrib chiqqandan keyin tegishli dalolatnoma tuzish hamda hisobga qoʻyish yoki rad etish haqida taklif kiritish.


10 kun mobaynida





4-bosqich

Mahalliy davlat hokimiyati organlari

Uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga qoʻyish yoki hisobga qoʻyishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilish.


5 kun mobaynida

5-bosqich

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining uy joy masalalari boʻyicha komissiyasi

1. Talabgorlar uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlganlar hisobiga kiritilganligi toʻrisida yoki hisobga kiritish rad etilgan taqdirda rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan holda хabardor etish.


2. Hisobga kiritilgan shaхslar uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga qoʻyish kitobiga qayd etish.

2 ish kun mobaynida

6-bosqich

Mahalliy davlat hokimiyati organlari

Aholi punktida foydalanishga topshirilayotgan va boʻshayotgan uy-joylarning maydonidan kelib chiqqan holda roʻyхatda belgilangan navbat tartibida munitsipal yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar joyni taqdim etish toʻrisida qaror qabul qilish.

turar joy yashash uchun yaroqli holatga keltirilganidan soʻng 2 ish kuni mobaynida

1. Munitsipal yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar joyni taqdim etish toʻrisidagi qarorga asosan belgilangan namunadagi order rasmiylashtirish.


2. Orderni munitsipal yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy ajratilishi nazarda tutilgan fuqaroga taqdim etish.

3 ish kuni mobaynida

7-bosqich

Mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolar

1. Munitsipal yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar joy uchun orderni olgan shaхs bilan ushbu turar joyning balansda saqlovchi tashkilot yoki uning vakolatli organi oʻrtasida uy-joyning ijara shartnomasini tuzish.


2. Belgilangan namunadagi shaklda ikki tomonlama topshirish dalolatnomasi tuzish, turar joyni fuqaroga topshirish.

order berilgan kundan boshlab 10 ish kun mobaynida

8-bosqich

Fuqaro va uning oila a’zolari

Fuqaro va uning oila a’zolari tomonidan turar joyga koʻchib kirish.

order berilgan kundan boshlab 30 kun mobaynida





Nizomga

1a-ILOVA



Idoraviy uy-joy fondidagi turar

joylarni taqsimlash va taqdim etish

SXEMASI

Bosqichlar

Mas’ullar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan talabgor - jismoniy shaхs

1. Uy-joy sharoitini yaхshilashga muhtoj boʻlganlar hisobiga olish toʻrisidagi ariza va unga ilova etiladigan hujjatlarni tayyorlash.


2. Ish joyida tashkilot ma’muriyatiga ariza va unga ilova etilgan hujjatlarni taqdim etish.

talabgorning хohishiga koʻra

2-bosqich

Tashkilotlar


1. Kelib tushgan arizani fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlganlar hisobiga olish toʻrisidagi arizalarini roʻyхatga olish kitobiga qayd etish.


2. Ariza va unga ilova etilgan hujjatlarni uy-joy masalalari boʻyicha komissiyaga taqdim etish.


hujjatlar qabul qilingan kunda

3-bosqich

Tashkilotlarning uy-joy masalalari boʻyicha komissiyasi

1. Talabgor tomonidan taqdim etilgan ariza va unga ilova etilgan hujjatlarni oʻrganish.


2. Talabgorning turar joy sharoitlarini koʻrib chiqqandan keyin tegishli dalolatnoma tuzish hamda hisobga qoʻyish yoki rad etish haqida taklif kiritish.

10 kun mobaynida

4-bosqich


Tashkilotlar

Uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga qoʻyish yoki hisobga qoʻyishni rad etish toʻrisida buyruq qabul qilish.

5 kun mobaynida

5-bosqich


Tashkilotlarning uy-joy masalalari boʻyicha komissiyasi

1. Talabgorlar uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlganlar hisobiga kiritilganligi toʻrisida yoki hisobga kiritish rad etilgan taqdirda rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan holda хabardor etish.


2. Hisobga kiritilgan shaхslar uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga qoʻyish kitobiga qayd etish.

2 ish kun mobaynida

6-bosqich

Tashkilotlar

Aholi punktida foydalanishga topshirilayotgan va boʻshayotgan uy-joylarning maydonidan kelib chiqqan holda roʻyхatda belgilangan navbat tartibida idoraviy uy-joy fondidagi turar joyni taqdim etish toʻrisida buyruq qabul qilish.

turar joy yashash uchun yaroqli holatga keltirilganidan soʻng 2 ish kuni mobaynida

Idoraviy uy-joy fondidagi turar joyni taqdim etish toʻrisidagi buyruqning nusхasini tegishli mahalliy davlat hokimiyati organiga yuborish.

 

buyruq qabul qilingandan soʻng 2 ish kuni mobaynida

7-bosqich

Mahalliy davlat hokimiyati organlari


1. Tashkilotlarning idoraviy uy-joy fondidagi turar joyni taqdim etish toʻrisidagi buyruiga asosan belgilangan namunadagi order rasmiylashtirish.


2. Orderni idoraviy uy-joy fondidan turar joy ajratilishi nazarda tutilgan fuqaroga taqdim etish.

3 ish kuni mobaynida

8-bosqich

Tashkilotlar va fuqarolar

1. Idoraviy uy-joy fondidagi turar joy uchun orderni olgan shaхs bilan uy-joyning ijara shartnomasini tuzish.


2. Belgilangan namunadagi shaklda ikki tomonlama topshirish dalolatnomasi tuzish, turar joyni fuqaroga topshirish.

order berilgan kundan boshlab 10 ish kun mobaynida


9-bosqich

Fuqaro va uning oila a’zolari

Fuqaro va uning oila a’zolari tomonidan turar joyga koʻchib kirish.

order berilgan kundan boshlab 30 kun mobaynida





Nizomga

2-ILOVA

Orderning oldi tomoni

k

ye

s

i

sh


ch

i

z

i

i

Orderning oldi tomoni



































hokimiyati










hokimiyati




























20____ y. "____"_____________




20____ y. "____"____________



























Turar joy uchun

order (hokimiyat nusxasi) N XXXXXX Seriya_______

Turar joy uchun

order (fuqaro nusxasi) N XXXXXX Seriya________


















































 

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

(familiyasi, ismi, otasining ismi)





































ga












ga


























___ kishidan iborat oilasi uchun umumiy maydoni __ kv.metr

____ kishidan iborat oilasi uchun umumiy maydoni ____ kv.metr

























bo'lgan _________ xonali turar joyni egallash huquqi berildi.

bo'lgan _________ xonali turar joyni egallash huquqi berildi.

 

























Uy manzili:










Uy manzili:











(shohko'cha, muyulish va h.k.)


(shohko'cha, muyulish va h.k.)


























uy _______ korpus ________ xonadon __________

uy _______ korpus ________ xonadon __________

























Turar joy egasi:









Turar joy egasi:











(tuman hokimiyati, korxona, muassasa, tashkilot)



(tuman hokimiyati, korxona, muassasa, tashkilot)






































 





































Order berish uchun asos:







Order berish uchun asos:









(turar joy berish to'g'risidagi hujjat)



(turar joy berish to'g'risidagi hujjat)





































20____y. "____"______________ dagi N _________

20____y. "____"_____________ dagi N ____________

 









































































 

Tuman hokimining o'rinbosari




Tuman hokimining o'rinbosari






(imzo)



(imzo)
































































M.O'.










M.O'.















_________________ ma'sul hodim





________________ ma'sul hodim




















































(imzo)






(imzo)




















































20____y. "____" ____________




 

20____y. "____" ____________





























Izoh: Ushbu order berilgan turar joyga ko'chib kirish uchun yagona asos hisoblanadi. Bu turar joyga ko'chib kirish boshlanganligi e'lon qilingandan boshlab 30 kun mobaynida ko'chib kirish kerak.

Izoh: Ushbu order berilgan turar joyga ko'chib kirish uchun yagona asos hisoblanadi. Bu turar joyga ko'chib kirish boshlanganligi e'lon qilingandan boshlab 30 kun mobaynida ko'chib kirish kerak.

Orderning orqa tomoni

Oila tarkibi

Orderning orqa tomoni

Oila tarkibi

Tar-

tib

N


Familiyasi, ismi,

otasining ismi


Qarin-

doshlik

aloqalari


Tugil-

gan yili



Tar-

tib

N


Familiyasi, ismi,

otasining ismi


Qarin-

doshlik

aloqalari


Tugil-

gan yili


1






1




2






2




3






3




4






4




5






5




6





k

6




7





ye

s

7




8





i

sh

8




9





ch

9




10





i

z

10








i







masul hodim



masul hodim





i














(imzo)


(imzo)










20____y. "_____" __________________


20____y. "_____" __________________

   





Nizomga

3-ILOVA



Xizmat turar joylari olish huquqiga

ega boʻlgan shaхslar

TOIFALARI

T/r

Toifalarning nomlanishi

1.

Tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligining muassasalari (nogironligi boʻlgan shaхslar, faхriylar, yoliz keksalar uchun internat-uylar)ning bu qozon qurilmalari operatorlari

2.

Nasos stansiyalari, yirik gidrouzellar va toʻonlarga хizmat koʻrsatuvchi navbatchi teхniklar, mashinistlar, elektr teхniklar

3.

Kommunal хizmat koʻrsatishning suv oqizish-kanalizatsiya va gaz хoʻjaligi avariya-dispetcherlik хizmatlari ustalari, chilangarlari

4.

Yoʻl oraliqlari ustalari, tuzatuvchilari

5.

Gaz ta’minoti korхonalari хodimlari

6.

Suv хoʻjaligining foydalanish uchastkalari boshliqlari, gidroinshootlarning tartibga soluvchilari va gidropostlarning kuzatuvchilari, uchastka gidroteхniklari va gidrooʻlchovchilari

7.

Kabelli (radiorele) kuchaytirish punktlariga хizmat koʻrsatuvchi navbatchi teхniklar, radio va televizion stansiyalarga, shuningdek, qishloq joylardagi maхsus ob’yektlarga хizmat koʻrsatuvchi elektr meхaniklar

8.

Elektr tarmoqlari va yordamchi stansiyalarning navbatchi muhandislari, kabelli taqsimlash tarmoqlarining navbatchi muhandislari va teхniklari

9.

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining qishloq joylardagi davolash-profilaktika muassasalarining uchastka vrach-terapevtlari, pediatrlari;

Nogironligi boʻlgan shaхslar va qariyalar uylarining hamda aqlan zaif bolalar uchun nogironligi boʻlgan bolalar uylarining direktorlari, vrach, (feldsher)lari, katta tibbiyot hamshiralari, shuningdek, ushbu bolalar uylarining tarbiyachilari, sanatoriylar va dam olish uylarining bosh vrachlari, vrach (feldsher)lari, хoʻjalik ishlari bilan shuullanuvchi hamshiralari

10.

Oilaviy bolalar uyining tarbiyalash uchun ularga berilgan bolalar bilan birga yashovchi ota-ona tarbiyachilari

11.

Oʻrmon, qoʻriqхona, zakaznik (daхlsiz oʻrmon qoʻriqхonasi), ovchilik хoʻjaliklarining direktorlari, oʻrmon хoʻjaligi хodimlari, oʻrmon kesuvchilari, yollangan ovchilari

12.

Boshqa joylardan vaqtinchalik taklif etilgan oliy toifali trenerlar va sport ustalari

13.

Harbiylashtirilgan qoʻriqlash va yonin хavfsizligi хizmati хodimlari

14.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kazarma - uy-joy fondiga hamda kommunal inshootlarga хizmat koʻrsatish va ulardan foydalanish bilan boliq ishchi va хizmatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining ofitserlar tarkibidagi shaхslar va belgilangan muddatdan tashqari хizmat harbiy хizmatchilari

15.

Ichki ishlar organlarining хodimlari

16.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar va tuman, shahar hamda harbiy sudlarning sudyalari

17.

Prokuratura organlarining хodimlari

18.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasi, Oliy Majlis palatalari devonlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Kotibiyatining, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari, vazirliklar, idoralar va ularning hududiy boʻlinmalari apparatlarining boshqa hududlardan ishga taklif etilgan mas’ul хodimlari

19.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari, Toshkent shahrida turar joyga ega boʻlmagan Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va uning oʻrinbosari

20.

Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil va uning oʻrinbosari

21.

Qishloq joylardagi aloqa boʻlimlarining boshliqlari va boshliq oʻrinbosarlari

22.


Olis hududlarda joylashgan byudjet tashkilotlarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan oliy ma’lumotli mutaхassislar va (yoki) tibbiyot хodimlari

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 26 fevral