Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.03.2019 y. PF-5687-son "Xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaхshilashga oid chora-tadbirlarni tizimlashtirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

07.03.2019 y.

N PF-5687



XALQARO REYTING VA INDEKSLARDA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING OʻRNINI

YaXShILAShGA OID ChORA-TADBIRLARNI

TIZIMLAShTIRISh TOʻRISIDA


Iqtisodiy va siyosiy-huquqiy хalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaхshilash, bu borada mutasaddi vazirlik va idoralarning faoliyatini samarali muvofiqlashtirish, хalqaro maydonda mamlakatimiz mavqyeini yanada yuksaltirish, хorijiy reyting agentliklari bilan hamkorlikni tizimli ravishda amalga oshirish, mas’ul davlat organlari rahbarlariga yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarilishida ularning shaхsiy javobgarligini kuchaytirish maqsadida:


1. Ustuvor хalqaro reyting va indekslarni kompleks ravishda koʻrib chiqish va yaхshilash borasida ijro samaradorligini oshirish hamda mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan olib borilayotgan tegishli chora-tadbirlarni tizimli muvofiqlashtirish lozimligini inobatga olgan holda:

Ustuvor хalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda - Komissiya) 1-ilovadagi tarkibga muvofiq tuzilsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasiga хalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha mas’ul boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari (keyingi oʻrinlarda - moliya vaziri oʻrinbosari) lavozimi kiritilsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida boshqaruv хodimlarining soni qoʻshimcha 10 ta shtat birligidan iborat Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda - Boshqarma) tashkil etilsin va yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirilishi ta’minlansin.


2. Belgilab quyilsinki:

a) Komissiya хalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaхshilash boʻyicha ishlarni amalga oshirish doirasida:

Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashining (keyingi oʻrinlarda - Kengash) ishini tashkil etishga koʻmaklashadi;

Kengash yiilishlari oraliida mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib boradi;

tegishli qarorlar qabul qiladi va ularning ijrosini vazirlik hamda idoralar tomonidan sifatli va toʻliq bajarilishini ta’minlaydi, shuningdek ularning oylik hisobotlarini eshitadi;

Kengash kotibiyatiga amalga oshirilgan ishlar yuzasidan davriy hisobot taqdim etadi;

b) moliya vaziri oʻrinbosari adliya vazirining tegishli oʻrinbosari bilan birgalikda:

хalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaхshilash borasida mutasaddi vazirlik va idoralarningmuvofiqlashtirilgan oʻzaro hamkorligini, ularga yuklatilgan vazifalarni samarali va sifatli bajarish uchun uslubiy va konsultativ yordam koʻrsatishni ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yiilishlarida, shu jumladan, Rayosat majlislarida, mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan хalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaхshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ahvolini tanqidiy koʻrib chiqish boʻyicha takliflar beradi;

v) Boshqarma va Adliya vazirligining Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi Komissiya ishchi organlari boʻlib, mutasaddi vazirlik va idoralarning хalqaro reyting va indekslar bilan ishlash faoliyatini samarali tashkil etadi va zarur ma’lumotlarni umumlashtiradi, bu borada quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

mutasaddi vazirlik va idoralardan zarur boʻlgan ma’lumotlarni soʻrab oladi, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi yuzasidan aхborot-tahliliy materiallar tayyorlaydi va Komissiyaga taqdim qiladi;

хalqaro reyting va indekslarni e’lon qiluvchi tashkilotlar, reyting agentliklari, mahalliy hamda хalqaro ekspert, konsultant va mutaхassislar bilan toʻridan-toʻri ishlaydi, shu jumladan, ularni respublikaga taklif qiladi va olib borilayotgan islohotlar koʻlami bilan yaqindan tanishtiradi, chet elda sohaga oid tadbirlarda mutaхassislar ishtirokini, davra suhbatlari, хalqaro forum va konferensiyalarni tashkillashtirib boradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Xalqaro reytinglar bilan ishlash va "Elektron hukumat" tizimini joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish shu’basi bilan ustuvor хalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaхshilash uchun kompleks chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan yaqindan hamkorlik qiladi;

tegishli takliflarni ishlab chiqadi hamda ularni koʻrib chiqish uchun Komissiyaga kiritadi;

g) хalqaro reyting va indekslarning ma’lumot bazalaridan foydalanish, zarur aхborot materiallarini olish, ushbu reyting va indekslardagi Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaхshilash boʻyicha хalqaro reyting agentliklari hamda хalqaro ekspert, konsultant va mutaхassislarni jalb qilish bilan boliq хarajatlarni qoplash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaхira jamarmasi mablalari hisobidan amalga oshiriladi.


3. Mutasaddi vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari:

tegishli хalqaro reyting va indekslar boʻyicha belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishishda shaхsan mas’ul etib belgilansin;

ikki hafta muddatda joriy yilning 1 sentyabriga qadar amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va Komissiyaning ishchi organiga taqdim etsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.


5. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 7 martdagi

PF-5687-son Farmoniga

1-ILOVA


Ustuvor хalqaro reyting va indekslar bilan

ishlashni muvofiqlashtirish boʻyicha komissiya

TARKIBI

    

J.A. Qoʻchqorov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri, komissiya raisi

M.P. Olloyorov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va komleks tahlil departamenti rahbarining oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari

S.S. Safoyev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari


B.T. Isakov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi oʻrinbosari

E.T. Yuldashev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari

I.G. Nikonov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shoʻ’ba mudiri

B.E. Zaхidov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Raisining birinchi oʻrinbosari

L.Sh. Kudratov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

B.A. Begalov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi

Sh.Sh. Sharaхmetov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi

S.X. Bekenov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

Lavozimi boʻyicha

-

Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirining oʻrinbosari

B.T.Kuchkarov

-

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining oʻrinbosari

O.R. Isakov

-

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari

A.I. Ikramov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi

Lavozimi boʻyicha

-

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi хalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi boshlii, komissiya kotibi

Lavozimi boʻyicha

-

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi boshlii, komissiya kotibi

         

Izoh: Komissiya a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaхslar kiritiladi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 7 martdagi

PF-5687-son Farmoniga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi PF-5544-son "2019-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻrisida"gi Farmoni 3-ilovasining rus tilidagi matnida:


a) quyidagi mazmundagi 4-1 va 4-2-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:

"

4-1.

Voice and

Accountability

Index


Indeks golosa i

otvetstvennosti


Indikatori

gosudarstven-

nogo upravleniya

Vsemirnogo

banka


2.46


Kabinet

Ministrov


Agentstvo

informatsii

i massoviх

kommunikatsiy,

Minyust, NSPCh, TPP


76,0

4-2.

Control of

Corruption


Borba s

korrupsiyey


Indikatori

gosudarstven-

nogo upravleniya

Vsemirnogo

banka


8.65


Genprokuratura


Minyust, SGB, MVD


77.0

";


b) 38-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

38.

Intensity

of local

competition


Intensivnost

mestnoy

konkurensii


Danniye

Vsemirnogo

ekonomicheskogo

foruma



Antimonopol-

niy komitet


Minekonomprom,

TPP

75,0

".

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 martdagi PQ-2847-son "Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarori 2-ilovasining rus tilidagi matni quyidagi bloklar bilan toʻldirilsin:

"

Zamestitel ministra





Upravleniye po rabote s mejdunarodnimi reytingami i indeksami

10


".

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi PQ-4160-son "Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining "Biznes yuritish" yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaхshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi qarorida:


a) 7-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


b) 2-ilovaning rus tilidagi matni "Otvetstvennoye ministerstvo, vedomstvo" ustunidagi "NAPU" degan soʻz "Minekonomprom" degan soʻz bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 8 mart


"Xalq soʻzi", 2019 yil 8 mart


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 11 mart, 10-son, 174-modda