Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.03.2019 y. PQ-4233-son "Valyuta operatsiyalarini tartibga solishning bozor meхanizmlarini joriy qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

07.03.2019 y.

N PQ-4233



VALYuTA OPERATsIYaLARINI TARTIBGA

SOLIShNING BOZOR MEXANIZMLARINI

JORIY QILIShGA OID QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


[Koʻchirma]



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi "Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-5177-son Farmoniga muvofiq:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 16 maydagi "Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-350-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                              Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 7 martdagi

PQ-4233-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2006 yil 16 maydagi "Oʻzbekiston Respublikasining

Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi faoliyatini tashkil

qilish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-350-son

qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 4-bandda:


a) uchinchi хatboshidagi "vakolatli banklarni" soʻzlari "tijorat banklarni" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) beshinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jamarma hisobvaraiga tushgan milliy valyutadagi mablalar ular tushgan sanadagi Oʻzbekiston respublika valyuta birjasining savdo sessiyalarida oʻrnatilgan joriy kurs boʻyicha chet el valyutasiga konvertatsiya qilinadi va Jamarmaning valyuta hisobvaraiga oʻtkaziladi".


2. 2-ilovada:


a) 6-bandning ikkinchi хatboshidagi "vakolatli banklarning" soʻzlari "tijorat banklarning" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Jamarma hisobvaraiga tushgan milliy valyutadagi mablalarni ular tushgan sanadagi Oʻzbekiston respublika valyuta birjasining savdo sessiyalarida oʻrnatilgan joriy kurs boʻyicha chet el valyutasiga konvertatsiya qiladi va Jamarmaning valyuta hisobvaraiga oʻtkazadi".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 9 mart


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 11 mart, 10-son, 178-modda