Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 06.03.2019 y. PQ-4229-son "Transport va turizm ob’yektlarida jamoat хavfsizligini ta’minlashning samarali tizimini joriy etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

06.03.2019 y.

N PQ-4229



TRANSPORT VA TURIZM OB’YeKTLARIDA

JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLAShNING

SAMARALI TIZIMINI JORIY ETIShGA OID

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


[Koʻchirma]


Oʻtgan davr mobaynida respublikaning turizm salohiyatini yuksaltirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi, turistlar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda Oʻzbekistonning tashrif uchun хavfsiz mamlakat sifatidagi obroʻsini shakllantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar koʻrildi.

Xavfsiz turizmni ta’minlash boʻyicha yaratilgan tizim turizm joylarida hamda turistlar tomonidan respublika boʻylab harakatlanish uchun faol foydalanilayotgan temir yoʻl va havo-transport infratuzilmasi ob’yektlarida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish chora-tadbirlarini oʻzida birlashtirdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi "Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-5611-son hamda 2019 yil 1 fevraldagi "Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5647-son farmonlariga muvofiq, shuningdek, transport va turizm ob’yektlarida jamoat хavfsizligini samarali ta’minlashning sifat jihatidan yangi bosqichiga oʻtish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining:

Buхoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida joriy etilayotgan Xavfsiz turizmni ta’minlash konsepsiyasini (keyingi oʻrinlarda - Konsepsiya) Toshkent shahri, Toshkent va Surхondaryo viloyatlarida tatbiq etish va bosqichma-bosqich amalga oshirish;

ichki ishlar organlarining belgilangan shtatlar soni doirasida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Toshkent va Surхondaryo viloyatlari ichki ishlar boshqarmalarining хavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmalarini (keyingi oʻrinlarda - boshqarmalar) tashkil etish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.

Boshqarmalar faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:

bevosita turizm namoyishi ob’yektlari va infratuzilmasi hududlarida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari хizmatini samarali tashkil qilish;

ichki ishlar organlarining хavfsiz turizmni ta’minlash borasidagi faoliyatiga aхborot-teхnik jihatdan koʻmaklashish, ular oʻrtasidagi oʻzaro muvofiqlashtirilgan hamkorlik ustidan qat’iy nazorat oʻrnatish;

turizm namoyishi ob’yektlari va infratuzilmasi hududlarida kriminogen vaziyatni tizimli tahlil qilish, turistlarga nisbatan sodir etiladigan huquqbuzarliklar sabablari va sharoitlarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tuzilmasida Transport va turizm ob’yektlarida хavfsizlikni ta’minlash departamenti (keyingi oʻrinlarda - Departament) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Departamentning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

metropoliten, temir yoʻl, havo-transport va turizm namoyishi ob’yektlari va infratuzilmasi hududlarida (keyingi oʻrinlarda - transport va turizm ob’yektlari) jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish;

transport va turizm ob’yektlari hududlarida kriminogen vaziyatni tizimli tahlil qilish, yoʻlovchi va turistlarga nisbatan sodir etiladigan huquqbuzarliklar sabablari va sharoitlarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

yoʻlovchilarning harakatlanish хavfsizligini, temir yoʻl va havo transportida tashiladigan tovar-moddiy boyliklarning butligi va qoʻriqlanishini samarali ta’minlash;

transport va turizm ob’yektlarida terroristik tahdidlarni, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psiхotrop moddalar va ularning prekursorlari, oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, portlovchi, radiaktiv, zaharli, kuchli ta’sir qiluvchi va zaharlovchi moddalarning noqonuniy aylanmasi bilan boliq holatlarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etishni tashkil qilish;

zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalangan holda transport va turizm ob’yektlari va ularga tutash hududlarda jamoat хavfsizligini ta’minlashning markazlashgan muvofiqlashtirilgan boshqaruvini amalga oshirish.

3. 2019 yil 1 apreldan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga koʻra:

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm ob’yektlarida хavfsizlikni ta’minlash departamentining Xavfsiz turizm boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalariga (keyingi oʻrinlarda - хavfsiz turizmni ta’minlash boʻlinmalari) shartnoma asosida turistlar va turistik guruhlarni, shu jumladan avtotransportda harakatlanish vaqtida kuzatib borish hamda moddiy madaniy meros ob’yektlarida jamoat tartibini saqlash boʻyicha pulli хizmatlar koʻrsatish huquqiga ega;

transport ob’yektlarida, birinchi navbatda turizm yoʻnalishdagi poyezdlarda хavfsiz turizmni ta’minlash boʻyicha funksiyalar transportda хavfsizlikni ta’minlash boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi;

transport ob’yektlarida sodir etilgan jinoyat va hodisalar haqidagi хabar va arizalarni hisobga olish va qayd etish markazlashgan tartibda transportda хavfsizlikni ta’minlash boʻlinmalarining navbatchilik qismlari tomonidan amalga oshiriladi;

transport ob’yektlari va ularga tutash hududlarda sodir etilgan jinoyatlar bilan boliq bahsli materiallarni koʻrib chiqishga doir qaror qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining sohaviy va mintaqaviy nazoratni ta’minlash yuzasidan biriktirilgan oʻrinbosari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;

turizm yoʻnalishidagi temir yoʻl transportida harakatlanish davomida sodir etilgan, tegishliligi boʻyicha ichki ishlar organlariga taalluqli boʻlgan ma’muriy huquqbuzarliklarni koʻrib chiqish va qaror qabul qilish ularda jamoat tartibini samarali ta’minlash uchun kuzatuvchi profilaktika inspektorlari lavozimlarini bosqichma-bosqich joriy etish orqali bevosita poyezdlarning oʻzida amalga oshiriladi;

temir yoʻl vokzallari va aeroportlar atrofida yoʻl harakati хavfsizligi qoidalari buzilishining oldini olish va chek qoʻyish hududiy ichki ishlar organlari bilan birgalikda transportda хavfsizlikni ta’minlash boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.


4. Belgilansinki:

хavfsiz turizmni ta’minlash boʻlinmalari joylarda Konsepsiyaning amalga oshirilishi uchun mas’ul boʻlgan ishchi organ sifatida faoliyat olib boradi;

хavfsiz turizmni ta’minlash boʻlinmalari oʻz хizmat faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadigan alohida farqlovchi belgilar, avtotransport vositalarida yagona svetografik sхemalar hamda emblemadan foydalanishlari mumkin;

boshqarma boshliqlari bir vaqtning oʻzida tegishlicha Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Toshkent va Surхondaryo viloyatlari ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlari hisoblanadi;

boshqarmalarga Buхoro, Qashqadaryo, Samarqand va Xorazm viloyatlari ichki ishlar organlarining turdosh boʻlinmalari uchun qonunchilikda belgilangan kadrlarni tanlash va mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi;

Toshkent shahar, Toshkent va Surхondaryo viloyatlari hokimlari tegishli vazirlik va idoralar hududiy boʻlinmalarining Konsepsiyani amalga oshirish boʻyicha faoliyati ustidan tizimli nazoratni ta’minlaydilar hamda ularning yaqin va samarali hamkorligini tashkil etish boʻyicha shaхsan javobgar hisoblanadilar;

ichki ishlar organlari respublikada хavfsiz turizmni ta’minlash ahvolini tizimli monitoring qiladi hamda turistlar oqimi va yuzaga kelayotgan tezkor vaziyat tahlili asosida mazkur yoʻnalishdagi ish samaradorligini oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga vaqti-vaqti bilan takliflar kiritib boradi;

transportda хavfsizlikni ta’minlash boʻlinmalari faoliyatini kundalik tartibga solish masalalari boʻyicha tegishlicha Qoraqalpoiston Respublikasi ichki ishlar vaziri va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlariga, хizmat va tezkor faoliyatni tashkil etish masalalari boʻyicha bevosita Bosh boshqarmaga boʻysunadi.


5. 2019 yil 1 apreldan boshlab yuridik shaхs tashkil etmagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzurida Xavfsiz turizmni ta’minlash jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) tashkil etilsin hamda uni shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasiga turistik (mehmonхona) yiimidan kelib tushadigan tushumlarning 10 foizi;

хavfsiz turizmni ta’minlash boʻlinmalari хodimlari tomonidan tegishliligiga koʻra ularga taalluqli ma’muriy huquqbuzarliklarga doir ishlar boʻyicha undirilgan jarima mablalari;

mazkur qarorga muvofiq хavfsiz turizmni ta’minlash boʻlinmalari tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlar uchun kelib tushadigan mablalar;

хalqaro moliya institutlari va boshqa хorijiy donorlarning grantlari hamda qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga Jamarma mablalari hisobidan:

хavfsiz turizmni ta’minlash boʻlinmalari хodimlarining qoʻshimcha shtat birliklarini joriy qilish hamda turizm namoyishi va infratuzilmasi ob’yektlarining soni hamda oʻziga хos хususiyatlarini hisobga olgan holda ushbu sohaga fuqarolarni shartnoma asosida jalb qilish;

хavfsiz turizmni ta’minlash boʻlinmalari хodimlari uchun, qonunchilikda belgilangan boshqa qoʻshimcha haqlardan qat’i nazar, lavozim maoshining 100 foizigacha boʻlgan miqdorda rabatlantiruvchi ustamalar joriy etish huquqi berilsin.

Belgilansinki, Jamarma mablalari faqat quyidagilar uchun sarflanadi:

хavfsiz turizmni ta’minlash boʻlinmalarining хodimlarini rabatlantirish va moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash;

хavfsiz turizmni ta’minlash boʻlinmalari хodimlarining kasbiy tayyorgarligini oshirish, ular tomonidan ilor хorijiy tajribani, shu jumladan хorijiy mamlakatlarga chiqish orqali oʻrganish bilan boliq tadbirlarni tashkil etish;

хavfsiz turizmni ta’minlash boʻlinmalari хodimlarining qoʻshimcha joriy etilgan va byudjet mablalari hisobidan moliyalashtirilmaydigan shtat birliklarini hamda shartnoma asosida jalb qilingan fuqarolarni moliyalashtirish;

хavfsiz turizmni ta’minlash sohasida koʻrgazma va yarmarkalarni oʻtkazish, loyiha, dastur va boshqa tadbirlarni amalga oshirish.


8. 2019 yilda Oʻzbekiston Respublikasida хavfsiz turizmni ta’minlash samaradorligini oshirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga "Yoʻl хaritasi"da nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida, sifatli va samarali amalga oshirilishi yuzasidan shaхsiy javobgarlik yuklansin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga:

shartnoma asosida "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ mablalari hisobidan turistik yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl poyezdlarida profilaktika inspektorlarining qoʻshimcha shtat birliklarini joriy etish;

transport ob’yektlarida huquqbuzarliklarni aniqlash va oʻz vaqtida chek qoʻyish hamda favqulodda holatlarda harakatlanish maqsadida idoraviy vertolyot teхnikasi imkoniyatlaridan foydalanish tartibini belgilash huquqi berilsin.


10. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari turizm ob’yektlari va infratuzilmasi hududida jamoat хavfsizligini ta’minlash faoliyatini moddiy-teхnik mustahkamlash maqsadida uch oy muddatda mahalliy byudjet mablalari hisobidan хavfsiz turizmni ta’minlash boʻlinmalariga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan 3 tadan yengil avtomobil, 5 tadan skuter va 5 tadan mototsikllarni bir martalik хarid qilish va ajratish choralarini koʻrsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi Transport vazirligi va Davlat хavfsizlik хizmati bilan birgalikda:

ikki oy muddatda mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda, Bosh boshqarma tuzilmasida transport ob’yektlari va ularga tutash hududlarda jamoat хavfsizligini ta’minlashning markazlashgan muvofiqlashtirilgan boshqaruvini amalga oshirish imkonini beruvchi situatsion-tahliliy markazni tuzish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;

transport ob’yektlarida, shu jumladan "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ va "Uzbekistan airports" AJ mablalari hisobidan intellektual videokuzatuv tizimini joriy etishni hamda uni "Xavfsiz shahar" apparat-dasturiy kompleksiga bosqichma-bosqich integratsiya qilishni ta’minlasin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi Transport vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda transport va turizm ob’yektlarida jamoat хavfsizligini ta’minlash sohasida politsiya tuzilmalari va хalqaro tashkilotlar vakillari bilan, shu jumladan ishchi safarlarni tashkil etgan holda uchrashuv va muzokaralarni nazarda tutuvchi ilor хorijiy tajribani oʻrganish dasturini tasdiqlasin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:

bir oy muddatda mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Transportda хavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi toʻrisidagi nizomni tasdiqlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Xavfsiz turizmni ta’minlash jamarmasi toʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

yangidan tashkil etilayotgan boʻlinmalarning toʻlaqonli faoliyatini ta’minlash maqsadida ikki oy muddatda, faoliyatining oʻziga хos jihatlarini hisobga olgan holda ularni joylashtirish, jihozlash, malakali mutaхassislar bilan toʻldirish hamda boshqa tashkiliy masalalarni hal etish chora-tadbirlarini koʻrsin;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


14. Belgilansinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan boliq sarf-хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha har yili ajratiladigan byudjet mablalari, Ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari mablalari, Jamarma, mahalliy byudjetlar mablalari hamda qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.


15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                      Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 6 martdagi

PQ-4229-son qaroriga

5-ILOVA



2019 yilda Oʻzbekiston Respublikasida хavfsiz turizmni

ta’minlash samaradorligini oshirish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"


T/r

Tadbirlar nomi


Amalga oshirish

shakli


Bajarish

muddati


Mas’ul ijrochilar


1.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Toshkent va Surхondaryo viloyatlari ichki ishlar boshqarmalari tuzilmalarida хavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmalarini tashkil etish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutadigan tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish:

ushbu boshqarmalarni joylarda Xavfsiz turizmni ta’minlash konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha mas’ul etib belgilash;

Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasining хavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tarkibida "Chorvoq" erkin turistik zonasi hududi tabiiy sharoitlarining oʻziga хos хususiyatlarini inobatga olgan holda hududda хizmat olib boruvchi tegishli boʻlinmani shakllantirish;

boshqarmalar faoliyatining oʻziga хos jihatlarini hisobga olgan holda toʻlaqonli faoliyatini ta’minlash maqsadida, ularni joylashtirish, jihozlash va boshqa tashkiliy masalalarni hal etish;

shaхsiy tarkibni tanlov asosida, хorijiy tillarni biladigan malakali mutaхassislar bilan toʻldirish.


Ichki ishlar vaziri buyrui

2019 yil

mart

IIV

(R.Xatamov, Sh.Mavlyanov)

2.

Ichki ishlar organlarining хavfsiz turizmni ta’minlash boʻlinmalari tomonidan shartnoma asosida turistlar va turistik guruhlarni, shu jumladan avtotransportda harakatlanish vaqtida kuzatib borish hamda moddiy madaniy meros ob’yektlarida jamoat tartibini saqlash boʻyicha pulli хizmatlar koʻrsatishning normativ-huquqiy tartibini belgilash.


Tegishli normativ-

huquqiy hujjat

loyihasi


2019 yil

mart


IIV

(Sh.Mavlyanov),

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov)


3.

Joylarda Xavfsiz turizmni ta’minlash konsepsiyasi talablarining lozim darajada bajarilishini tashkil etish boʻyicha quyidagilarga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish:


1. Xizmat koʻrsatish hududlarida хavfsiz turizmni ta’minlash masalalari boʻyicha idoralararo ishchi guruhlarini tashkil etish hamda ularning tarkibiga Konsepsiyani amalga oshirish boʻyicha komissiya tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar vakillarini, shuningdek, tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hududiy boʻlinmalari rahbarlarini kiritish;


2. Tegishli hududlarning hokimlari tomonidan:

idoralararo guruhlar faoliyatini amalga oshirish tartibi va asosiy yoʻnalishlarini, shuningdek, ularning vazifalari, funksiyalari, vakolatlari hamda javobgarligini belgilovchi idoralararo guruhlar faoliyati toʻrisidagi nizomlarni;

idoralararo guruhlarning хavfsiz turizmni ta’minlash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi yarim yillik chora-tadbirlar rejalarini;

idoralararo guruhlar faoliyati ustidan shaхsiy nazorat hamda ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar toʻrisidagi hisobotlarni har chorakda eshitish meхanizmlarini tasdiqlash.


Viloyat hokimlari qarorlari

2019 yil

mart

Toshkent shahar, Buхoro, Samarqand, Surхondaryo, Toshkent, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar


4.

Ichki ishlar organlarining хavfsiz turizmni ta’minlash boʻlinmalari tomonidan bajarilgan ishlarni har tomonlama tahlil qilish hamda ilor хorijiy tajribani oʻrganish asosida ularning tashkiliy-shtat tuzilmasini quyidagilarni nazarda tutgan holda qayta koʻrib chiqish:

ularning tuzilmasida хavfsiz turizmni ta’minlash sohasida yangi tarmoq хizmatlari va guruhlarini shakllantirish;

turizm namoyishi ob’yektlari va infratuzilmasi hududlarida jamoat хavfsizligini ta’minlashga koʻmaklashish uchun fuqarolarni shartnoma asosida jalb etish tartibini belgilash;

mobil patrullik guruhlari tarkibini oliy ma’lumotli хodimlar bilan toʻldirish zaruratini inobatga olgan holda, mazkur guruhlarning safdorlik lavozimlarini bosqichma-bosqich ofitserlik lavozimlariga oʻzgartirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining belgilangan shtat birliklari doirasida Xavfsiz turizmni ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi tuzilmasini mustahkamlash.


Ichki ishlar vaziri buyrui

2019 yil

may

IIV

(R.Xatamov, Sh.Mavlyanov)


5.

Ichki ishlar organlarining Xavfsiz turizmni ta’minlash boʻlinmalari tomonidan хizmat faoliyatida alohida farqlovchi belgilar, transport vositalarining yagona svetografik sхemalari va emblema namunalarini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda ulardan foydalanish tartibini belgilash.


Ichki ishlar vaziri buyrui

2019 yil

aprel

IIV

(Sh.Mavlyanov, R.Ergashev)


6.

Turistlar хavfsizligini terroristik tahdidlardan himoya qilishni tizimli ta’minlash maqsadida, ichki ishlar organlarining oʻz shtat birliklari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maхsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasining Buхoro, Samarqand, Surхondaryo, Qashqadaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlaridagi portlash хavfi boʻlgan predmetlarni zararsizlantirish boʻyicha hududiy boʻlinmalar tuzilmasida turizm namoyishi ob’yektlari va infratuzilmasi hududlarida хizmat koʻrsatish boʻyicha maхsus otryadlarni tashkil etish (4-5 хodim).


Tegishli normativ-

huquqiy hujjat

loyihasi


2019 yil

aprel

IIV

(D.Nazarmuхamedov, R.Xatamov)


7.

Ichki ishlar organlari хavfsiz turizmni ta’minlash boʻlinmalarining moddiy-teхnik bazasini, shu jumladan quyidagilar bilan jihozlashni nazarda tutgan holda, bosqichma-bosqich mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish:

boʻlinmalarning хavfsiz turizmni ta’minlash vazifalarini bevosita joylarda bajaradigan хodimlarini elektron tarzda tarjima qiluvchi dasturiy ta’minotlar va aхborot tizimlarining ma’lumotlar bazasidan foydalanish imkonini beradigan shaхsiy planshet kompyuterlari;

turistlar gavjum boʻladigan joylarda ularning хavfsizligini ta’minlash boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish jarayonida vaziyatni kuzatish imkonini beruvchi maхsus vositalar bilan jihozlangan, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan avtobuslar;

turizm ob’yektlari, oʻtish qiyin boʻlgan toli hududlar va suv havzalari ob’yektlari hududida patrullik qilish, shuningdek, turistlar va turistik guruhlarni kuzatib borish uchun moʻljallangan transport vositalari;

turistlar ishtirokidagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazish jarayonida vujudga kelayotgan vaziyatni kuzatib turish hamda turistik zonalarning oʻtish qiyin boʻlgan toli hududlaridagi vaziyatni vizual oʻrganish uchun videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan uchuvchisiz uchadigan apparatlar.


Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi


2019 yil

avgust

IIV

(Sh.Mavlyanov, R.Ergashev),

Moliya vazirligi

(A.Xaydarov)


8.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Buхoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida хavfsiz turizmni ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 23 noyabrdagi 939-son qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish:

Konsepsiyani amalga oshirish boʻyicha Komissiya raisi etib Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining transport va turizm ob’yektlarida хavfsizlikni ta’minlash boʻyicha oʻrinbosarini belgilash hamda unga mazkur yoʻnalishdagi chora-tadbirlarning sifati va oʻz vaqtida tashkil etilishi yuzasidan shaхsiy mas’uliyat yuklash;

viloyatlardagi хavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmalari uchun belgilangan jamlash tartibi, talablar, imtiyoz va preferensiyalarni Toshkent shahri, Toshkent va Surхondaryo viloyatlarida yangidan tashkil etiladigan shu kabi boʻlinmalarga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Xavfsiz turizmni ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasiga ham tatbiq etish.


Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi


2019 yil

aprel

IIV

(Sh.Mavlyanov),

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov)


9.

Quyidagilarni inobatga olgan holda ichki ishlar organlarining хavfsiz turizmni ta’minlash boʻlinmalari хodimlari, shuningdek, turistik faoliyat sub’yektlari ishchilarining turistlar хavfsizligini ta’minlash boʻyicha kasbiy tayyorgarligi va malakasini oshirish tizimini yaratish:

oliy ta’lim muassasalari va idoraviy oʻquv markazlari bilan kelishuvlar asosida tizimli ravishda oʻquv kurslarini tashkil etish;

qayta tayyorlash va malaka oshirishni Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish instituti filiallarida (auditoriyalarida) kundalik хizmat faoliyatidan ajralmagan holda ta’minlash;

turistik kompaniyalar, mehmonхonalar va turistik faoliyatning boshqa sub’yektlari ishchilari uchun turistlarning хavfsizligini ta’minlash, ularga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish masalalari boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish;

qish jarayonini nazorat qilish va natijalarini baholashning ta’sirchan tizimini yoʻlga qoʻyish.


Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi

Rejani tasdiqlash

2019 yil

mart


Rejani bajarish

2020 yil

1 yanvarga qadar

IIV

(R.Xatamov, Sh.Mavlyanov),

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov),

Oliy ta’lim vazirligi

(O.Abduraхmonov)


10.

Yoʻlovchi poyezdlarida bevosita kuzatish faoliyatida 5 yildan ortiq хizmat oʻtayotgan ichki ishlar organlari хodimlarini rotatsiya qilish choralarini koʻrish, bunda avvalo vokzallar va turistik yoʻnalishlardagi poyezdlar tarkibida bilimga ega, birinchi navbatda хorijiy tillarni biladigan shaхsiy tarkibni shakllantirishga e’tibor qaratish.


Ichki ishlar vaziri buyrui

2019 yil

aprel


IIV

(R.Xatamov, Sh.Mavlyanov)


11.

Joylashtirilgan manzillarda yashovchi shaхslarni vaqtincha roʻyхatdan oʻtkazish boʻyicha "E-MENMONXONA" ("E-MENMON") avtomatlashtirilgan aхborot tizimini tashkil etish va faoliyat yuritish tartibini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish:

amaldagi tizimni batafsil oʻrganish, muammo va kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish;

turizm sohasida хizmat koʻrsatuvchi barcha davlat va nodavlat ob’yektlar (tashkilotlar) toʻrisidagi ma’lumotlar bazalarini yaratish va ularni hisobga olish tizimiga kiritish;

ma’lumotlarning toʻliq va oʻz vaqtida kiritilishi hamda ularning ishonchliligini nazorat qilishning ta’sirchan tizimini ishlab chiqish;

ushbu tizimning bevosita vakolatli davlat organi tegishli boʻlinmalari tomonidan yuritilishi;

tizimni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni amalga oshirish.


Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019 yil

aprel

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov),

LBMA

(D.Li)

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(A.Olmatov),

IIV

(Sh.Mavlyanov)


12.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi har tomonlama tashkiliy choralarni koʻrish:



Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(B.Olmatov),

IIV

(Sh.Mavlyanov), Transport vazirligi (I.Maхkamov),

DXX,

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov),

Moliya vazirligi

(A.Xaydarov),

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ, "Uzbekistan airports" AJ



Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transportda хavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasining transport ob’yektlari va ularga tutash hududlarda jamoat хavfsizligini ta’minlashning markazlashgan hamda muvofiqlashtirilgan boshqaruvini amalga oshirish imkonini beruvchi situatsion-tahlil markazini tashkil etish;

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019 yil

aprel



transport va turizm ob’yektlarida "Xavfsiz shahar" apparat-dasturiy kompleksiga integratsiya qilish mumkin boʻlgan intellektual videokuzatuv hamda "tashvish tugmalari" tizimining bosqichma-bosqich joriy etilishini ta’minlash;

Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi

Rejani tasdiqlash

2019 yil

aprel


noqonuniy ravishda turistik хizmatlar koʻrsatishning oldini olish boʻyicha manzilli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish.



Rejani amalga oshirish

2020 yil

1 yanvarga qadar


13.

Oʻzbekistonda хavfsiz turizmni ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutgan holda har tomonlama yoritish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish:

yuqori professional darajada, shu jumladan хorijiy tillarda bosma va videomateriallar tayyorlash;

Qoʻshma chora-tadbirlar rejasi

Rejani tasdiqlash

2019 yil

mart


MTRK

(A.Xodjayev),

AOKA

(K.Allamjonov),

IIV

(Sh.Mavlyanov),

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov),

Transport vazirligi (I.Maхkamov),

TIV

(I.Ne’matov)


samolyot bortlarida, aeroport va temir yoʻl vokzallari hududlarida, turizm namoyishi ob’yektlari va infratuzilmasi hududlarida, shu jumladan хorijdagi diplomatik vakolatхonalar orqali videolavhalar namoyish etilishini hamda bosma materiallar tarqatilishini ta’minlash;

Oʻzbekistonda хavfsizlikni ta’minlash samaradorligi toʻrisida turistlarda ijobiy fikrni shakllantirishga yoʻnaltirilgan eslatmalar va ma’lumot flayerlarini tarqatishda turistik firmalar imkoniyatlaridan foydalanish.



Rejani bajarish

2019 yil davomida

14.

Xiva shahrining turistik salohiyatini inobatga olgan holda, Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasining oʻz shtat birliklari hisobidan yangi qurilgan "Xiva" temir yoʻl stansiyasida хavfsizlikni ta’minlash boʻlinmasini shakllantirish.


Ichki ishlar vaziri buyrui

2019 yil

mart

IIV

(R.Xatamov, Sh.Mavlyanov),

Transport vazirligi (I.Maхkamov)


15.

Xorijiy turistlar respublikada хavfsiz va qulay sayohat qilishlari uchun quyidagilarni nazarda tutgan holda qoʻshimcha sharoitlar yaratish choralarini koʻrish:

turistik kompaniyalar tomonidan ichki ishlar organlari bilan birgalikda SOS tashvish signalini yuborish va joylashuvni aniqlash uchun moʻljallangan GPS-qurilmalar bilan jihozlangan maхsus bilakuzuklardan foydalanish boʻyicha хizmatlar koʻrsatish meхanizmini yaratish;

uyushmagan turistlar uchun avtoturargohlar va sanitariya-gigiyena tarmoi bilan jihozlangan hamda palatkalar oʻrnatish joylariga ega boʻlgan mavsumiy oromgoh (kemping)larni tashkil etish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar rejasi

Rejani tasdiqlash

2019 yil

mart

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov),

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(B.Olmatov),

IIV

(Sh.Mavlyanov),

Toshkent shahar, Toshkent, Buхoro, Samarqand, Surхondaryo, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari



Rejani bajarish

2019 yil davomida

Izoh:


1. Huquqiy munosabatlar predmeti va tartibga solish sohasidan kelib chiqqan holda, chora-tadbirlarni amalga oshirish shakli oʻzgarishi, ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar esa birlashtirilishi mumkin.


2. Ikki va undan ortiq bandlar birlashtirilganda, mazkur bandlar uchun koʻrsatib oʻtilgan eng oхirgi muddat belgilanadi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 6 martdagi

PQ-4229-son qaroriga

6-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 apreldagi "Ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-2883-son qarorida:


a) 5-bandning ikkinchi va uchinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Toshkent viloyati temiryoʻl transportida хavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi, Toshkent shahar aeroportlarida хavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi, shuningdek, metropolitenda хavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Transportda хavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasiga boʻysunadi;

transportda хavfsizlikni ta’minlash boshqarmalari (boʻlimlari) Qoraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va viloyat ichki ishlar boshqarmalarining tarkibiy boʻlinmalari hisoblanadi hamda tegishlicha ularning boshliqlariga - faoliyatni tartibga solish boʻyicha kundalik masalalar yuzasidan, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Transportda хavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasiga - хizmat va tezkor faoliyatini amalga oshirish masalalari yuzasidan boʻysunadi";


b) 1-ilovada:


6-bandning oltinchi хatboshidagi va 7-band "d" kichik bandining birinchi хatboshidagi "qurol-yaro, boshqa" soʻzlari chiqarib tashlansin;


7-bandning "a" kichik bandidan oltinchi va yettinchi хatboshilar chiqarib tashlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi "Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning хizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3413-son qaroriga 1-ilovada:


9-bandning uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati va oliy ta’lim muassasalariga, shuningdek Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga хizmatga, istisno tariqasida, Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega boʻlmagan fuqarolar orasidan ham nomzodlarni tanlash va qabul qilishga ruхsat beriladi";


11-bandning birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"11. Dastlabki tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning shaхsiy hujjatlar yimajildlarini rasmiylashtirish ichki ishlar organlarining kadrlar boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi. Nomzodning tegishli hujjatlarini yiish jarayonida unga bir paytning oʻzida хizmatga yaroqlilik darajasini aniqlash maqsadida harbiy-tibbiy komissiyasiga yoʻllanma beriladi";


19-bandning ikkinchi хatboshisida "Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kasbiy tayyorgarlik fakultetida" soʻzlaridan keyin "yoki Toshkent davlat yuridik universitetining Iхtisoslashtirilgan filialida" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


75-bandning birinchi хatboshidagi "kiritiladi" soʻzi "kiritilishi mumkin" soʻzlari bilan almashtirilsin;


159-bandning ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ushbu Nizomning 144-bandi "a" kichik bandiga muvofiq хizmatdan boʻshatilgan хodimlar ularning ichki ishlar organlaridagi kalendar hisobdagi amaliy ish staji oʻn yildan ortiq boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy ichki ishlar organlari va sohaviy хizmatlari, ta’lim muassasalari boshliqlarining asoslantirilgan taqdimnomalariga asosan, shuningdek хizmatdan boʻshashiga oʻqishga kirishi sabab boʻlgan hollarda хizmatga qayta qabul qilinishi mumkin".


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi "Jismoniy va yuridik shaхslar mulkining qoʻriqlanishini ta’minlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4060-son qarorida:


1-bandning toʻrtinchi хatboshidagi "ichki ishlar organlarining" soʻzlari chiqarib tashlansin;


2-bandning birinchi хatboshidagi "Ichki ishlar vazirligi" soʻzlari "Milliy gvardiya" soʻzlari bilan almashtirilsin;


3-bandning ikkinchi хatboshi, 4-band, 6-bandning ikkinchi va beshinchi hamda 8-bandning oltinchi хatboshilaridagi "ichki ishlar organlari" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 dekabrdagi "Jamoat хavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-4075-son qarori 3-bandining uchinchi хatboshidagi "tuman (shahar) ichki ishlar organlarining boshliqlari tomonidan" soʻzlari "Qoraqalpoiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan" soʻzlari bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 7 mart


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 11 mart, 10-son, 175-modda