Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.03.2019 y. 200-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Xalqaro hamkorlik boʻlimi hamda Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-teхnik ta’minlash boʻlimi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

08.03.2019 y.

N 200



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI APPARATINING

XALQARO HAMKORLIK BOʻLIMI HAMDA

HARBIYLAShTIRILGAN TUZILMALAR

FAOLIYaTINI MOLIYaVIY VA MODDIY-

TEXNIK TA’MINLASh BOʻLIMI

TOʻRISIDAGI NIZOMLARNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 28 yanvardagi PF-5644-son Farmonini va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻrisida" 2019 yil 28 yanvardagi PQ-4136-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Xalqaro hamkorlik boʻlimi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-teхnik ta’minlash boʻlimi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Xalqaro hamkorlik boʻlimi hamda Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-teхnik ta’minlash boʻlimi mudirlari bir hafta muddatda boʻlimlar mudirlari hamda mutaхassislarining funksional vazifalari taqsimoti tasdiqlanishini ta’minlasin.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-teхnik ta’minlash boʻlimi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2018 yil 3 avgustdagi 615-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Xalqaro hamkorlik boʻlimi hamda Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-teхnik ta’minlash boʻlimi mudirlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi R.V. Abduqodirov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                  A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 9 mart