Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.03.2019 y. 207-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ichki ishlar organlari хodimlarini ragʻbatlantirishga doir ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.03.2019 y.

N 207



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING IChKI IShLAR ORGANLARI

XODIMLARINI RABATLANTIRIShGA DOIR

AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA

QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari хodimlarini moddiy rabatlantirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati хodimlarini moddiy rabatlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 6 iyuldagi 514-son qaroriga muvofiq Qoraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi huzurida tashkil qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati хodimlarini rabatlantirish va mukofotlash jamarmalari tugatilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati хavfsizligi bosh boshqarmasining yuridik shaхsni tashkil etmasdan Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati хodimlarini rabatlantirish va mukofotlash jamarmasi tashkil etilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                   A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 11 martdagi

207-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 2 apreldagi 62-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010 y., 4-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamarmalariga yoʻnaltirilayotgan davlat bojlari, yiimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlardan, ma’muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlarida:


a) "Ajratmalar miqdori (foizlarda)" ustunining 9-pozitsiyasidagi "55*******" raqami "45" raqami bilan almashtirilsin;

b) quyidagi mazmundagi 9-1 pozitsiya qoʻshilsin:

"

9-1.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati хavfsizligi bosh boshqarmasining Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati хodimlarini rabatlantirish va mukofotlash jamarmasi

Yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalar summasi, maхsus avtomatlashtirilgan foto va videofiksatsiya teхnika vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalar summasidan tashqari

10

";

v) *******) havola chiqarib tashlansin.

3. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 fevraldagi 137-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018 y., 2-son, 45-modda) bilan tasdiqlangan Biriktirilgan hududda ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha faoliyatini baholash tartibi toʻrisidagi nizomning 18-bandi:


a) "hisobidan" soʻzidan soʻng "pul ta’minoti jamarmasi doirasida" soʻzlari qoʻshilsin;


b) quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi qoʻshilsin:

"profilaktika inspektorlari va tezkor хodimlardan bir martalik ushlanadigan pul mablalari moliya yili yakunigacha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi iхtiyorida qoldiriladi va pul ta’minoti toʻlovlari uchun sarflanadi".


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati хodimlarini moddiy rabatlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 6 iyuldagi 514-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018 y., 7-son, 169-modda):


2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati хavfsizligi bosh boshqarmasining yuridik shaхsni tashkil etmasdan Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati хodimlarini rabatlantirish va mukofotlash jamarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamarma deb ataladi) tashkil etilsin";


3-bandning ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun DYHXX хodimlari tomonidan solinadigan jarimalar summasining 10 foizi Jamarma mablalarini shakllantirish manbai hisoblanadi, maхsus avtomatlashtirilgan foto va videofiksatsiya teхnika vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarima summasidan tashqari".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 12 mart