Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.03.2019 y. 208-son "Shoʻrtanneftgaz" MChJda mavjud propan-butan aralashmasini olish qurilmasini (UPPBS-3/1, 2, 5) modernizatsiya qilish" investitsiya loyihasining teхnik-iqtisodiy asoslanishini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.03.2019 y.

N 208



""ShOʻRTANNEFTGAZ" MChJDA MAVJUD

PROPAN-BUTAN ARALAShMASINI OLISh

QURILMASINI (UPPBS-3/1, 2, 5) MODERNIZATsIYa

QILISh" INVESTITsIYa LOYIHASINING

TEXNIK-IQTISODIY ASOSLANIShINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 19 dekabrdagi PQ-4067-son qarorini ijro etish yuzasidan va suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni koʻpaytirishga va eksport hajmlarini oshirishga yoʻnaltirilgan suyultirilgan gaz ishlab chiqarishning ishlab turgan quvvatlarini modernizatsiya qilishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2018-2019 yillarda investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyiхalarni amalga oshirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2018 yil 19 iyuldagi PQ-3874-son qaroriga muvofiq "Oʻzbekneftgaz" AJ tomonidan 2019 yil dekabrda ishga tushirilishi nazarda tutilgan, umumiy qiymati 48,99 mln AQSh dollariga teng boʻlgan ""Shoʻrtanneftgaz" MChJda mavjud propan-butan aralashmasini olish qurilmasini (UPPBS-3/1, 2, 5) modernizatsiya qilish" investitsiya loyihasining teхnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. ""Shoʻrtanneftgaz" MChJda mavjud propan-butan aralashmasini olish qurilmasini (UPPBS-3/1, 2, 5) modernizatsiya qilish" investitsiya loyihasi teхnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy teхnik-iqtisodiy parametrlari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov va "Oʻzbekneftgaz" AJ boshqaruvi raisi B.B. Sidiqov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                   A. Aripov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 12 mart