Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.03.2019 y. 209-son "Gazlineftgazqazibchiqarish" MChJning "Uchqir" oltingugurtdan tozalash qurilmasida propan-butan aralashmasini olish qurilmasini qurish" investitsiya loyihasining teхnik-iqtisodiy asoslanishini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.03.2019 y.

N 209



"GAZLINEFTGAZQAZIBChIQARISh"

MChJNING "UChQIR" OLTINGUGURTDAN

TOZALASh QURILMASIDA PROPAN-BUTAN

ARALAShMASINI OLISh QURILMASINI

QURISh" INVESTITsIYa LOYIHASINING

TEXNIK-IQTISODIY ASOSLANIShINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 19 dekabrdagi PQ-4067-son qarorini ijro etish yuzasidan va suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni koʻpaytirishni ta’minlaydigan yangi zamonaviy quvvatlarni oʻz vaqtida ishga tushirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2018-2019 yillarda investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyiхalarni amalga oshirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2018 yil 19 iyuldagi PQ-3874-son qaroriga muvofiq "Oʻzbekneftgaz" AJ tomonidan 2019 yil dekabrda ishga tushirilishi nazarda tutilgan, umumiy qiymati 49,4 mln AQSh dollariga teng boʻlgan ""Gazlineftgazqazibchiqarish" MChJning "Uchqir" oltingugurtdan tozalash qurilmasida propan-butan aralashmasini olish qurilmasini qurish" investitsiya loyihasining teхnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. ""Gazlineftgazqazibchiqarish" MChJning "Uchqir" oltingugurtdan tozalash qurilmasida propan-butan aralashmasini olish qurilmasini qurish" investitsiya loyihasi teхnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy teхnik-iqtisodiy parametrlari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov va "Oʻzbekneftgaz" AJ boshqaruvi raisi B.B. Sidiqov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                A. Aripov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 12 mart