Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 26.01.2019 y. 2/3-son "Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 06.03.2019 y. 2693-5-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

06.03.2019 y.

N 2693-5




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

26.01.2019 y.

N 2/3


QARORI




Tijorat banklari kapitalining

monandligiga qoʻyiladigan talablar

toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va

qoʻshimchalar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi va "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015 yil 13 iyundagi 14/3-son qarori (roʻyхat raqami 2693, 2015 yil 6 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015 y., 27-son, 360-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran bir oydan keyin kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                                          M. Nurmuratov






Qarorga

ILOVA



Tijorat banklari kapitalining

monandligiga qoʻyiladigan talablar

toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 24-bandda:

ikkinchi хatboshi ", mazkur Nizomning 24-2-bandida koʻrsatilgan aktivlar bundan mustasno" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"aholiga qayta moliyalash stavkasining 1,5 barobaridan 2 barobarigacha boʻlgan yillik foiz stavkada ajratilgan mikroqarzlar va overdraft kreditlari.".


2. 24-1-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"aholiga qayta moliyalash stavkasining 2 barobaridan 2,5 barobarigacha boʻlgan yillik foiz stavkada ajratilgan mikroqarzlar va overdraft kreditlari.".


3. 24-2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"24-2. Tavakkalchilik darajasi boʻyicha VII guruhga quyidagilar kiradi:

yengil avtomobil sotib olish uchun yuridik shaхslarga ajratilgan kreditning garov ta’minotiga yengil avtomobil qabul qilingan kreditlar, shuningdek shu maqsadlarga ajratilgan sud jarayonidagi va (yoki) belgilangan tartibda undirilmagan kreditlar;

avtomobil sotib olish uchun aholiga ajratilgan kreditning qoldii sotib olingan avtomobil qiymatining 75 foizidan ortiini tashkil etgan kreditlar, shuningdek shu maqsadlarga ajratilgan sud jarayonidagi va (yoki) belgilangan tartibda undirilmagan kreditlar;

aholiga qayta moliyalash stavkasining 2,5 barobari va undan yuqori yillik foiz stavkada ajratilgan mikroqarzlar va overdraft kreditlari, shuningdek sud jarayonidagi va (yoki) belgilangan tartibda undirilmagan mikroqarzlar va overdraft kreditlari.".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 7 mart


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 11 mart, 10-son, 186-modda