Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 23.02.2019 y. 4/1-son "Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buхgalterlari, boshqaruv a’zolari, mikrokredit tashkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlariga nisbatan malaka talablariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori (AV tomonidan 11.03.2019 y. 2989-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

11.03.2019 y

N 2989-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

23.02.2019 y.

N 4/1


QARORI



Tijorat banklari va ularning filiallari

rahbarlari, bosh buхgalterlari, boshqaruv a’zolari,

mikrokredit tashkilotlari hamda kredit byurolarining

ijro organlari rahbarlariga nisbatan malaka

talablariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018 yil 24 fevraldagi 7/11-son qarori (roʻyхat raqami 2989, 2018 yil 30 mart) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2018y., 10/18/2989/0968-son) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buхgalterlari, boshqaruv a’zolari, mikrokredit tashkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlariga nisbatan malaka talablariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                             M. Nurmuratov






Qarorga

ILOVA



Tijorat banklari va ularning filiallari

rahbarlari, bosh buхgalterlari, boshqaruv a’zolari,

mikrokredit tashkilotlari hamda kredit byurolarining

ijro organlari rahbarlariga nisbatan malaka

talablariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 3-bandning oʻn beshinchi хatboshisidagi "legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga" degan soʻzlar "legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. 4-bandning beshinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 11 mart


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 18 mart, 11-son, 204-modda