Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 05.03.2019 y. OʻRQ-527-son "Hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirilishi va uning mas’uliyati kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 26.02.2019 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 28.02.2019 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

05.03.2019 y.

N OʻRQ-527



HUKUMATNI ShAKLLANTIRISh TARTIBI

DEMOKRATLAShTIRILIShI VA UNING MAS’ULIYaTI

KUChAYTIRILIShI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA

OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 26 fevralda qabul qilingan

Senat tomonidan 2019 yil 28 fevralda ma’qullangan


1-modda. 1992 yil 8 dekabrda oʻn ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining oʻn birinchi sessiyasida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 1, 4-modda; 1994 yil, N 1, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, N 3-4, 27-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 162-modda; 2008 yil, N 12, 637-modda; 2011 yil, N 4, 100-modda, N 12/1, 343-modda; 2014 yil, N 4, 85-modda; 2017 yil, N 4, 135-modda, N 5, 201-modda, N 8, 383-modda; 2018 yil, N 10, 674-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:


1) 79-moddaning 4-bandi quyidagi mazmundagi 4 va 5-bandlar bilan almashtirilsin:

"4) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlatning ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish;

5) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodlarni keyinchalik ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimlarga tasdiqlash uchun koʻrib chiqish va ma’qullash kiradi";


2) 93-modda birinchi qismining 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"11) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tasdiqlaydi va lavozimlaridan ozod qiladi";


3) 98-moddaning oʻn birinchi qismidagi "Bosh vazir" degan soʻzlar "Bosh vazirning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 6 mayda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi 818-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan 524-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, N 9-10, 138-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 163-modda, 2008 yil, N 12, 637-modda; 2009 yil, N 12, 465-modda; 2011 yil, N 4, 101-modda; 2014 yil, N 4, 86-modda, N 5, 130-modda; 2015 yil, N 8, 310-modda, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 9, 276-modda; 2018 yil, N 7, 431-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 4-moddaning:

yettinchi qismidagi "Bosh vazir" degan soʻzlar "Bosh vazirning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi sakkizinchi - oʻn birinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzod u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining mas’ul qoʻmitasi, siyosiy partiyalar fraksiyalari va deputatlar guruhlari tomonidan dastlabki tarzda koʻrib chiqilganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida koʻrib chiqiladi va ma’qullanadi.

Vazirlar Mahkamasi a’zosining lavozimiga nomzod uning nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilayotganda va ma’qullanayotganda Vazirlar Mahkamasining harakatlar dasturi bilan oʻzaro boliq boʻlgan, istiqbolga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlar va vazifalarga erishish borasidagi huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-teхnik chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi harakatlar rejasini taqdim etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodni rad etgan taqdirda, Bosh vazir koʻrib chiqish va ma’qullash uchun yangi nomzodni kiritadi.

Vazirlar Mahkamasining a’zosi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanganidan keyin oʻz vazifalarini bajarishga kirishadi";

sakkizinchi - oʻn toʻrtinchi qismlari tegishincha oʻn ikkinchi - oʻn sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;


2) 8-modda:

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Bosh vazir Oʻzbekiston Respublikasi hukumati a’zolari bilan birgalikda har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi toʻrisida hisobot taqdim etadi";

uchinchi - toʻqqizinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi - oʻninchi qismlar deb hisoblansin.


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻrisida"gi 432-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, N 12, 213-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2011 yil, N 4, 101-modda; 2014 yil, N 4, 86-modda; 2015 yil, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 9, 276-modda; 2017 yil, N 6, 300-modda, N 9, 510-modda; 2018 yil, N 1, 4-modda) 8-moddasi birinchi qismi 15-bandining ikkinchi хatboshisi "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining" degan soʻzlardan keyin "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻrisida"gi 434-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, N 12, 215-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 163-modda, N 7, 326-modda; 2008 yil, N 12, 637-modda; 2011 yil, N 4, 101-modda; 2014 yil, N 4, 86-modda; 2015 yil, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 9, 276-modda; 2017 yil, N 9, 510-modda; 2018 yil, N 1, 4-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:


1) 8-modda birinchi qismi 15-bandining ikkinchi хatboshisi "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining" degan soʻzlardan keyin "Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


2) 9-moddaning 4-bandi quyidagi mazmundagi 4 va 5-bandlar bilan almashtirilsin:

"4) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlatning ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan Qonunchilik palatasining qarorlarini qabul qilish;

5) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodlarni keyinchalik ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimlarga tasdiqlash uchun koʻrib chiqish va ma’qullash kiradi".


5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻrisida"gi 522-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, N 9-10, 136-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 163-modda, N 7, 326-modda; 2008 yil, N 12, 637-modda; 2009 yil, N 4, 136-modda; 2011 yil, N 4, 101-modda; 2013 yil, N 4, 95-modda; 2014 yil, N 4, 86-modda, N 5, 130-modda; 2015 yil, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 9, 276-modda; 2017 yil, N 6, 300-modda, N 9, 510-modda; 2018 yil, N 1, 4-modda, N 4, 224-modda, N 7, 431-modda; 2019 yil, N 1, 1-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:


1) quyidagi mazmundagi 22-1-modda bilan toʻldirilsin:


"22-1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

a’zoligiga nomzodlarni koʻrib chiqish va ma’qullash


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzod u mas’ul qoʻmita, fraksiyalar va deputatlar guruhlari tomonidan dastlabki tarzda koʻrib chiqilganidan keyin Qonunchilik palatasining majlisida koʻrib chiqiladi va ma’qullanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zosining lavozimiga nomzod uning nomzodi Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilayotganda va ma’qullanayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining harakatlar dasturi bilan oʻzaro boliq boʻlgan, istiqbolga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlar va vazifalarga erishish borasidagi huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-teхnik chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi harakatlar rejasini taqdim etadi.

Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodni rad etgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri koʻrib chiqish va ma’qullash uchun yangi nomzodni kiritadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zosi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanganidan keyin oʻz vazifalarini bajarishga kirishadi";


2) quyidagi mazmundagi 32-2-modda bilan toʻldirilsin:


"32-2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan

kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat

dasturi bajarilishining borishi toʻrisidagi

hisobotini koʻrib chiqish


Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri hukumat a’zolari bilan birgalikda har chorakda Qonunchilik palatasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi toʻrisida hisobot taqdim etadi.

Qonunchilik palatasining fraksiyalari, deputatlar guruhlari, qoʻmitalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini dastlabki tarzda koʻrib chiqadi hamda Qonunchilik palatasining majlisida majburiy ravishda va har tomonlama muhokama qilinishi lozim boʻlgan fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi.

Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qaror qabul qiladi, qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturini bajarish boʻyicha hukumat faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflarni oʻz ichiga olishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Qonunchilik palatasi qarori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi".


6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻrisida"gi 523-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, N 9-10, 137-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 163-modda; 2009 yil, N 4, 136-modda; 2011 yil, N 4, 101-modda; 2014 yil, N 4, 86-modda; 2015 yil, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 9, 276-modda; 2017 yil, N 6, 300-modda, N 9, 510-modda; 2018 yil, N 1, 4-modda, N 7, 431-modda; 2019 yil N 1,1-modda) quyidagi mazmundagi 31-2-modda bilan toʻldirilsin:


"31-2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan

kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat

dasturi bajarilishining borishi toʻrisidagi

hisobotini koʻrib chiqish


Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri hukumat a’zolari bilan birgalikda har chorakda Senatga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi toʻrisida hisobot taqdim etadi.

Senatning qoʻmitalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini dastlabki tarzda koʻrib chiqadi hamda Senatning majlisida majburiy ravishda va har tomonlama muhokama qilinishi lozim boʻlgan fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi.

Senat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qaror qabul qiladi, qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturini bajarish boʻyicha hukumat faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflarni oʻz ichiga olishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Senat qarori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi".


7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yil 11 aprelda qabul qilingan "Parlament nazorati toʻrisida"gi OʻRQ-403-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2016 yil, N 4, 123-modda; 2017 yil N 6, 300-modda; 2018 yil, N 1, 4-modda, N 4, 224-modda; 2019 yil, N 1, 1-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:


1) 5-moddaning birinchi qismi:

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi toʻrisidagi hisobotini koʻrib chiqish";

toʻrtinchi - oʻn beshinchi хatboshilari tegishincha beshinchi - oʻn oltinchi хatboshilar deb hisoblansin;


2) quyidagi mazmundagi 8-1-modda bilan toʻldirilsin:


"8-1-modda. Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston

Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan,

tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi

bajarilishining borishi toʻrisidagi

hisobotini koʻrib chiqish


Bosh vazir hukumat a’zolari bilan birgalikda har chorakda Oliy Majlis palatalariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi toʻrisida hisobot taqdim etadi.

Fraksiyalar, deputatlar guruhlari, Oliy Majlis palatalarining qoʻmitalari Vazirlar Mahkamasining hisobotini dastlabki tarzda koʻrib chiqadi hamda Qonunchilik palatasining, Senatning majlisida majburiy ravishda va har tomonlama muhokama qilinishi lozim boʻlgan fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi.

Qonunchilik palatasi, Senat Vazirlar Mahkamasining hisobotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qaror qabul qiladi, qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturini bajarish boʻyicha hukumat faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflarni oʻz ichiga olishi mumkin.

Vazirlar Mahkamasining hisobotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Qonunchilik palatasi, Senat qarori Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi".


8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.


9-modda. Ushbu Qonun 2019 yil 1 apreldan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                         Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 6 mart


"Xalq soʻzi", 2019 yil 6 mart


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 11 mart, 10-son, 172-modda