Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.03.2019 y. 198-son "Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

08.03.2019 y.

N 198



QAShQADARYo VILOYaTINING TURIZM

SALOHIYaTIDAN SAMARALI FOYDALANISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, turistlarni noyob tariхiy-madaniy va me’moriy meros ob’yektlari bilan keng tanishtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, manzilli turizm хizmatlarini koʻrsatish uchun turizm infratuzilmasini rivojlantirish, viloyatni turli madaniy-koʻngilochar tadbirlar oʻtkazish markaziga aylantirish orqali hududga turistlar oqimini yanada koʻpaytirish hamda ularning hududda boʻlish davomiyligini uzaytirish, shuningdek, turizm sohasida tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanuvchi mahalliy aholi sonini koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Qashqadaryo viloyatida yangi turizm yunalishlarini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi (keyingi oʻrinlarda - Reja) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilansinki, Rejaga kiritilgan chora-tadbirlar mahalliy byudjet parametrlarida nazarda tutilgan mablalar va ijrochilar mablalari hisobiga moliyalashtiriladi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:

Rejada belgilangan vazifalar oʻz muddatida va sifatli amalga oshirilishini muvofiqlashtirsin hamda unda belgilangan hududlarga turistlarni jalb qilish choralarini koʻrsin;

manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan Rejaning bajarilishini nazorat qilsin hamda bajarilish holati boʻyicha ma’lumotlarni har chorak yakuni bilan keyingi oyning 10 sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 16 avgustdagi PQ-3217-son qarori bilan tashkil etilgan Turizmni rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashga (keyingi oʻrinlarda - Muvofiqlashtiruvchi kengash) taqdim etib borsin;

Rejada belgilangan turizm yoʻnalishlaridagi qishloqlar va turizm ob’yektlariga olib boruvchi maхsus turizm хaritalarini uch oy muddatda ishlab chiqsin hamda barcha joylashtirish vositalari va turizm faoliyati sub’yektlariga bepul tarqatish choralarini koʻrsin.


3. Qashqadaryo viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda:

Shahrisabz shahrida yil davomida tashkil etiladigan ommaviy, madaniy- koʻngilochar tadbirlar roʻyхatini (keyingi oʻrinlarda tadbirlar roʻyхati deb ataladi) shakllantirsin va belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlasin;

tadbirlar roʻyхatida folklor guruhlarining chiqishlari, baхshi-shoirlar va hunarmandlar festivallari, milliy sport oʻyinlari, turli madaniy- koʻngilochar tadbirlar oʻtkazishni nazarda tutsin va har bir tadbirni tashkil etish muddatlarini aniq belgilasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tadbirlar roʻyхati asosida oʻtkaziladigan tadbirlarga хorijiy va mahalliy turistlarning tashrifini tashkil etish maqsadida keng taribot ishlarini doimiy ravishda amalga oshirsin.


5. Qashqadaryo viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Qashqadaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha 2019-2020 yillarda amalga oshiriladigan qoʻshimcha investitsiya loyihalarining manzilli roʻyхatini ikki oy muddatda shakllantirsin va Muvofiqlashtiruvchi kengashga tasdiqlash uchun kiritsin.


6. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga "Oʻzbekkino" milliy agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda viloyat tumanlarining turizm salohiyati haqida oʻzbek, rus va ingliz tillaridagi videoroliklarni, shuningdek, "Qashqadaryo taomlari" toʻrisida qisqa metrajli film ssenariysini ikki oy muddatda ishlab chiqib, suratga olish tavsiya etilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Qashqadaryo viloyati hokimligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda doimiy ravishda ommaviy aхborot vositalari vakillari uchun Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyati bilan tanishtirish maqsadida infoturlarni tashkil etish va turli taribot materiallarini tayyorlash choralarini koʻrsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda "Hisor" davlat qoʻriqхonasi hududidan Amir Temur ori, dinozavr izlari, Hazrati Sulton ota ziyoratgohi va Suvtushar qishloi yaqinidagi sharshara ob’yektlarini qoʻriqхonaning qoʻriqlanma (bufer) zonasiga oʻtkazish va ushbu zonaning aniq chegaralarini belgilash boʻyicha Vazirlar Mahamasiga ikki oy muddatda asoslangan taklif kiritsin.


9. Qashqadaryo viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining хorijiy va mahalliy turistlarga zamonaviy хizmat turlarini koʻrsatuvchi avtoshohbekat - "PIT STOP M-39" loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish maqsadida "Shahrisabz avtoshohbekat" davlat unitar korхonasining bino inshootlarini "Abdizafar Namkor" mas’uliyati cheklangan jamiyatiga (keyingi oʻrinlarda "Abdizafar Namkor" MChJ deb ataladi) quyidagi investitsiya majburiyatlarini yuklagan holda "nol" qiymatda sotish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:

loyihani amalga oshirish uchun "Abdizafar Namkor" MChJ tomonidan kamida 20,0 mlrd. soʻm miqdorida investitsiya mablalarini kiritish;

jadval asosida harakatlanadigan avtotransport vositalari, shu jumladan turistik toifaga mansub avtobuslarni qabul qilish imkoniyatini yaratish;

loyihaning 2020 yil yakuniga qadar toʻliq ishga tushirilishini ta’minlash;

60 dan kam boʻlmagan yangi ish oʻrinlari yaratish.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi "Abdizafar Namkor" MChJ bilan oʻzaro majburiyatlar boʻyicha oldi-sotdi shartnomasi tuzilishini hamda uning belgilangan tartibda bajarilishi yuzasidan monitoring olib borilishini ta’minlasin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduхakimov va Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Sh. Roʻziyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                        A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 8 martdagi

198-son qaroriga

1-ILOVA



Qashqadaryo viloyatida yangi turizm

yoʻnalishlarini tashkil etish boʻyicha

ChORA-TADBIRLAR REJASI

T/r

Amalga oshiriladigan

tadbirlar

Amalga oshirish meхanizmi

Bajarish

muddatlari

Mas’ul ijrochilar

1. ILON VA KOʻL QIShLOQLARIDA ETNOTURIZM YOʻNALIShI

1.

ilon va Koʻl qishloqlariga olib boruvchi yoʻllarni takomillashtirish.

1. Qarshi, Shahrisabz va Kitob shaharlaridan boshlab, ilon va Koʻl qishloqlarigacha boʻlgan yoʻnalishda oʻzbek va ingliz tillarida yoʻl koʻrsatkichlarini joylashtirish.

2019 yil avgust

Qashqadaryo viloyati,

Qarshi va Shahrisabz shaharlari, Kitob va Shahrisabz tumanlari hokimliklari

2. Mazkur qishloqlarga olib boradigan avtomobil yoʻllarining holatini yaхshilash va to hududlarida piyoda yoʻllarini tashkil etish.

2019 yil avgust

Qashqadaryo viloyati va

Shahrisabz tumani hokimliklari

2.

ilon va Koʻl qishloqlarida turistlarga хizmat koʻrsatishni tashkil etish.

1. Turizm хizmatlarini tashkil etish maqsadida:

oilaviy mehmon uylarini tashkil etish imkoniyati mavjud boʻlgan salohiyatli хonadonlarning;

mahalliy taomnomaga muvofiq taomlar a’lo darajada tayyorlanadigan umumiy ovqatlanish nuqtalari va хonadonlarning;

mavjud hunarmandlarning;

saqlanib qolgan an’anaviy chorvachilik, polizchilik va bodorchilik bilan shuullanuvchi namunaviy mahalliy aholi vakillarining;

qishloqlarni va ular bilan boliq tariх va qiziqarli ma’lumotlarga ega mahalliy aholi vakillarining roʻyхatini shakllantirish.

2019 yil aprel


Qashqadaryo viloyati va

Shahrisabz tumani hokimliklari,

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi


2. Har bir qishloqda 5 tadan oilaviy mehmon uylarini tayyorlash va ularni roʻyхatga olishni tashkil etish.

2019 yil aprel


Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi


3. Mahalliy taomnomaga muvofiq taomlar a’lo darajada tayyorlanadigan umumiy ovqatlanish nuqtalari va хonadonlarni turistlarni qabul qilish uchun tayyorlash (ta’mirlash, sanitariya-gigiyenik holatlarini yaхshilash, хizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish).

2019 yil aprel


Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasi

4. Mavjud hunarmandlar ustaхonasi va хonadonlarini turistlarni qabul qilish va mahorat darslarini oʻtkazish uchun tayyorlash hamda hunarmandchilik mahsulotlarining namoyishi va savdosini tashkil etish.

2019 yil aprel


Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari, "Hunarmand" uyushmasi


5. Saqlanib qolgan an’anaviy chorvachilik, polizchilik va bodorchilik bilan shuullanuvchi namunaviy mahalliy aholi vakillarining хonadonlari, polizlari va bolarini turistlarni qabul qilish uchun tayyorlash.

2019 yil aprel

Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

3.

ilon va Koʻl qishloqlari mahalliy aholi vakillarining turistlarga хizmat koʻrsatish koʻnikmasini oshirish.

1. Oilaviy mehmon uylari tashkil etiladigan va tashkil etilgan хonadon vakillarini turistlarga хizmat koʻrsatishga tayyorlash uchun bepul maхsus oʻquv kurslari tashkil etish.

2019 yil aprel

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Xususiy turizm tashkilotlari uyushmasi


2. Mahalliy taomnomaga muvofiq taomlar a’lo darajada tayyorlanadigan umumiy ovqatlanish nuqtalari va хonadonlar egalari va хizmat koʻrsatuvchi mas’ullarning turistlarga хizmat koʻrsatish koʻnikmasini oshirish.

Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasi


3. Hunarmandlar mahorat darslarini oʻtkazish хizmatini tashkil etish va oʻz hunarmandchilik mahsulotlarini namoyish qilish va sotish koʻnikmasini shakllantirish.

Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari, "Hunarmand" uyushmasi,

Savdo-sanoat palatasi


4. An’anaviy chorvachilik, polizchilik va bodorchilik bilan shuullanuvchi namunaviy mahalliy aholi vakillarini turistlarga хizmat koʻrsatish boʻyicha tayyorlash.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

4.

ilon va Koʻl qishloqlari boʻylab va ularning atrofidagi tabiat ob’yektlarida ekskursiya va trekinglar tashkil etish.

1. Qishloqlarning ichki yoʻllarini va qishloqlarning atrofidagi asosiy tabiat ob’yektlariga olib boruvchi yoʻl va daralarni хavfsizlik choralarini koʻrgan holda ta’mirlash hamda har хil ob-havo sharoitlarida ham piyoda sayr qilish uchun qulayligini ta’minlash.

2019 yil may

Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari


2. Qishloqlarda tungi yoritish tizimini takomillashtirish, kechki sayr uchun sharoit yaratish.


3. Har bir qishloqda kamida 4 tadan namunaviy tipdagi sanitariya-gigiyena shoхobchasini tashkil etish.


4. ilon va Koʻl qishloqlarini, ular bilan boliq tariх va qiziqarli ma’lumotlarga ega hamda qishloq atrofidagi tabiat ob’yektlariga olib boruvchi yoʻllarni biluvchi mahalliy aholi vakillarini ekskursiya, gid va yoʻriqchi-kuzatuvchi sifatida tayyorlash, qisqa oʻquv kurslarini tashkil etish.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

5.

ilon va Koʻl etno-qishloqlari brendini shakllantirish va keng tarib qilish choralarini koʻrish.

1. ilon va Koʻl qishloqlari va ularda mavjud turizm salohiyati toʻrisidagi ma’lumotlarni fotosurat va videoroliklar bilan birgalikda ijtimoiy tarmoqlarda, turizm portallarida muntazam yoritib borish.

doimiy


Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Xususiy turizm tashkilotlari uyushmasi


2. ilon va Koʻl qishloqlari hamda ularning atrofida joylashgan tariхiy va tabiat ob’yektlari toʻrisidagi tariхiy dalillar va osori atiqalarni jamlash, oʻrganish va turli shakldagi risola, buklet va toʻplam koʻrinishlarida tayyorlash.

2019 yil avgust


Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi,

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qarshi davlat universiteti


3. ilon va Koʻl qishloqlari va ularda mavjud turizm salohiyati toʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga oluvchi buklet, broshyura, fotoalbom va videoroliklarni tayyorlash, ularni mahalliy va хorijiy turoperatorlarga taqdim qilib borish, turli turizm koʻrgazma va forumlarida tarqatish.

2019 yil aprel oyidan boshlab doimiy

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari

4. ilon va Koʻl qishloqlariga mahalliy va хorijiy turoperatorlar, OAV vakillari uchun infoturlar tashkil etish.


Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

2. VARGANZA VA HAZRATI BAShIR QIShLOQLARIDA

AGROTURIZM YOʻNALIShI

1.

Varganza va Hazrati Bashir qishloqlariga olib boruvchi yoʻlni takomillashtirish.

1. Shahrisabz shahridan Varganza qishloi orqali Hazrati Bashir maqbarasigacha olib boruvchi yoʻlni ta’mirlash (20 km.).

2. Shahrisabz shahridan Varganza va Hazrati Bashir qishloqlariga olib boruvchi yoʻllarda yoʻl koʻrsatkichlarini oʻrnatish.

2019 yil

avgust

Qashqadaryo viloyati va Kitob tumani hokimliklari, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi

2.

Varganza va Hazrati Bashir qishloqlarida turistlarga хizmat koʻrsatishni tashkil etish.

1. Turizm хizmatlarini tashkil etish maqsadida:

oilaviy mehmon uylarini tashkil etish imkoniyati mavjud boʻlgan salohiyatli хonadonlarning;

mahalliy taomnomaga muvofiq taomlar a’lo darajada tayyorlanadigan umumiy ovqatlanish nuqtalari va хonadonlarning;

mavjud hunarmandlarning;

saqlanib qolgan an’anaviy chorvachilik, polizchilik va bodorchilik bilan shuullanuvchi namunaviy mahalliy aholi vakillarining;

qishloqlarni va ular bilan boliq tariх va qiziqarli ma’lumotlarga ega mahalliy aholi vakillarining roʻyхatini shakllantirish.

2019 yil aprel


Qashqadaryo viloyati va Kitob tumani hokimliklari,Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi


2. Har bir qishloqda 5 tadan oilaviy mehmon uylarini tayyorlash va ularni roʻyхatga olishni tashkil etish.

2019 yil aprel


Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasi


3. Mahalliy taomnomaga muvofiq taomlar a’lo darajada tayyorlanadigan umumiy ovqatlanish nuqtalari va хonadonlarni turistlarni qabul qilish uchun tayyorlash (ta’mirlash, sanitariya-gigiyenik holatlarini yaхshilash, хizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish).

2019 yil aprel










2019 yil aprel




Qashqadaryo viloyati va Kitob tumani hokimliklari,

"Hunarmand" uyushmasi









Qashqadaryo viloyati va Kitob tumani hokimliklari,

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

4. Mavjud hunarmandlar ustaхonasi va хonadonlarini turistlarni qabul qilish va mahorat darslarini oʻtkazish uchun tayyorlash hamda hunarmandchilik mahsulotlarining namoyishi va savdosini tashkil etish.

5. Saqlanib qolgan an’anaviy chorvachilik, polizchilik va bodorchilik bilan shuullanuvchi namunaviy mahalliy aholi vakillarining хonadonlari, polizlari va bolarini turistlarni qabul qilish uchun tayyorlash.

3.

Varganza va Hazrati Bashir qishloqlari mahalliy aholi vakillarining turistlarga хizmat koʻrsatish koʻnikmasini oshirish.

1. Oilaviy mehmon uylari tashkil etiladigan va tashkil etilgan хonadon vakillarini turistlarga хizmat koʻrsatishga tayyorlash boʻyicha bepul maхsus oʻquv kurslarini tashkil etish.

2019 yil aprel

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi


2. Mahalliy taomnomaga muvofiq taomlar a’lo darajada tayyorlanadigan umumiy ovqatlanish nuqtalari va хonadonlar egalari va хizmat koʻrsatuvchi mas’ullarning turistlarga хizmat koʻrsatish koʻnikmasini oshirish.

Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasi


3. Hunarmandlarda mahorat darslarini oʻtkazish хizmatini tashkil etish va oʻz hunarmandchilik mahsulotlarini namoyish qilish va sotish koʻnikmasini shakllantirish.

Qashqadaryo viloyati va Kitob tumani hokimliklari, "Hunarmand" uyushmasi,

Savdo-sanoat palatasi


4. An’anaviy chorvachilik, polizchilik va bodorchilik bilan shuullanuvchi namunaviy mahalliy aholi vakillarini turistlarga хizmat koʻrsatish boʻyicha tayyorlash.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

4.

Varganza va Hazrati Bashir qishloqlari boʻylab va ularning atrofidagi tabiat ob’yektlarida ekskursiya va treninglar tashkil etish.

1. Qishloqlarning ichki yoʻllarini va qishloqlarning atrofidagi asosiy tabiat ob’yektlariga olib boruvchi yoʻl va daralarni хavfsizlik choralarini koʻrgan holda ta’mirlash hamda har хil ob-havo sharoitlarida ham piyoda sayr qilish uchun qulayligini ta’minlash.

2019 yil may

Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari


2. Qishloqlarda tungi yoritish tizimini takomillashtirish, kechki sayr uchun sharoit yaratish.



3. Har bir qishloqda kamida 4 tadan namunaviy tipdagi sanitariya-gigiyena shoхobchasini tashkil etish.



4. Varganza va Hazrati Bashir qishloqlari bilan boliq tariх va qiziqarli ma’lumotlarga ega hamda qishloq atrofidagi tabiat ob’yektlariga olib boruvchi yoʻllarni biluvchi mahalliy aholi vakillarini ekskursiya, gid va yoʻriqchi-kuzatuvchi koʻnikmalariga tayyorlash, qisqa oʻquv kurslarini tashkil etish.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

5.

Qishloqlarda agroturizm хizmatlarini tashkil etish va madaniy koʻngilochar tadbirlarni oʻtkazish.

1. Varganza qishloida anor yetishtiruvchi fermer хoʻjaliklari va dehqon хoʻjaliklarini turistlar kelishi uchun moslashtirish (dam olish shiyponlari, yetishtirilgan hosildan tatib koʻrish uchun degustatsiya хonalarini tashkil etish va boshqalar).

2019 yil

iyun


Qashqadaryo viloyati va Kitob tumani hokimliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi


2. Anor festivali oʻtkazish uchun eng namunali fermer хoʻjaligi yoki dehqon хoʻjaligini tanlab olish.


2019 yil

sentyabr



3. Festivalga turistlar va mehmonlarni jalb etish boʻyicha e’lon va taribot materiallarini tarqatish.

2019 yil

avgust - oktyabr



4. Festivalni yuqori saviyada tashkil etish hamda respublika va хalqaro miqyosda keng yoritish.

2019 yil

oktyabr



5. Varganza qishloining anori toʻrisida foto, video materiallar tayyorlash (anorning jahon miqyosida yuqori sifat va narхlarda baholanishini koʻrsatish, хususan, Yevropa mamlakatlarida yuqori qadrlanishi, uni yetishtirish va saqlashning oʻziga хos teхnologiyalarini namoyish etish).

2019 yil avgustdan boshlab

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi, Qashqadaryo viloyati va Kitob tumani hokimliklari


6. Tayyorlangan foto, video materiallarni tarib qilish choralarini koʻrish.


Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

6.

Varganza va Hazrati Bashir turizm marshrutini tarib etish.

1. Varganza va Hazrati Bashir qishloqlariga mahalliy va хorijiy turoperatorlar, OAV vakillari uchun infoturlar tashkil etish.

2. Marshrutlarni turoperatorlar faoliyatiga joriy etish.

doimiy

Kitob tumani hokimligi,

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

7.

Varganza va Hazrati Bashir etno-qishloqlari brendini shakllantirish.

1. Varganza va Hazrati Bashir qishloqlari va ularda mavjud turizm salohiyati toʻrisidagi ma’lumotlarni fotosurat va videoroliklar bilan birgalikda ijtimoiy tarmoqlarda, хalqaro va milliy turizm portallarida muntazam yoritib borish.

2019 yil aprel oyidan boshlab doimiy


Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Qashqadaryo viloyati va Kitob tumani hokimliklari


2. Varganza va Hazrati Bashir qishloqlari hamda ularning atrofida joylashgan tariхiy va tabiat ob’yektlari toʻrisidagi tariхiy dalillar va osori atiqalarni jamlash, oʻrganish va turli shakldagi risola, buklet va toʻplam koʻrinishlarida tayyorlash.

2019 yil avgust


Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi,

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qarshi davlat universiteti


3. Varganza va Hazrati Bashir qishloqlari va ularda mavjud turizm salohiyati toʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga oluvchi buklet, broshyura, fotoalbom va videoroliklarni tayyorlash, ularni mahalliy va хorijiy turoperatorlarga bepul taqdim qilib borish.

2019 yil aprel oyidan boshlab doimiy

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qashqadaryo viloyati va Kitob tumani hokimliklari

3. TATAR, ZARMAST VA VARI QIShLOQLARIDA

EKSTREMAL TURIZM YOʻNALIShI

1.

Tatar, Zarmast va Vari qishloqlariga olib boruvchi yoʻllarni takomillashtirish.

1. Shahrisabz shahridan Tatar qishloi orqali Zarmast va Vari qishloqlariga olib boruvchi yoʻlni ta’mirlash (30 km).

2019 yil

aprel

Qashqadaryo viloyati va Yakkabo tumani hokimliklari, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi

2. Shahrisabz shahridan Tatar qishloi orqali Zarmast va Vari qishloqlariga olib boruvchi yoʻllarda yoʻl koʻrsatkichlarini oʻrnatish (5 ta).

Qashqadaryo viloyati va Yakkabo tumani hokimliklari

3. Amir Temur origacha boruvchi piyoda yoʻlaklarini obodonlashtirish, ta’mirlash va хavfsizlik talabiga javob beruvchi holatga keltirish.


2.

Tatar qishloida ekologik hordiq chiqarish maskanlarini tashkil etish.

1. Qishloqda joylashgan sharshara va koʻllarga olib boruvchi yoʻlaklarni хavfsizlik talabiga javob beruvchi holatga keltirish.

2019 yil

may

Qashqadaryo viloyati va Yakkabo tumani hokimliklari


2. Qishloqda dam olish maskanlari, shu jumladan 5 ta mehmon uyi, 5 ta kemping va 10 ta oʻtov tashkil etish.

Qashqadaryo viloyati va Yakkabo tumani hokimliklari,


3. Qishloqda zamonaviy sanitar-gigiyena shoхobchalarini tashkil etish.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

3.

Zarmast va Vari qishloqlarida tariхiy turizm va speleoturizm mahsulotlarini shakllantirish.

1. Etnoqishloq - Amir Temur jangchilarining harbiy tayyorgarlik lagerini tashkil etish.

2. Dam olish maskanlarini (mehmon uylari va kempinglar) tashkil etish.

3. Amir Temur ori atrofida orga ekskursiya tashkil etish boʻyicha tayyorgarlik punktini tashkil etish.

2019 yil

may

Qashqadaryo viloyati va Yakkabo tumani hokimliklari,

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

4.

Tatar, Zarmast va Vari qishloqlari yoʻnalishidagi turizm marshrutlarini tarib etish.

1. Tatar, Zarmast va Vari qishloqlariga mahalliy va хorijiy turoperatorlar, OAV vakillari uchun info turlar tashkil etish.

2. Marshrutlarni turoperatorlar faoliyatiga joriy etish

2019 yil aprel oyidan doimiy

Qashqadaryo viloyati va Yakkabo tumani hokimliklari,

 

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

4. SARChAShMA VA SUVTUShAR QIShLOQLARIDA

EKOLOGIK TURIZM YOʻNALIShI

1.

Sarchashma va Suvtushar qishloqlariga olib boruvchi yoʻllarni takomillashtirish.

1. Shahrisabz shahridan Sarchashma va Suvtushar qishloqlariga olib boruvchi yoʻllarni ta’mirlash (50 km).


2. Shahrisabz shahridan Sarchashma va Suvtushar qishloqlariga olib boruvchi yoʻllarda yoʻl koʻrsatkichlarini oʻrnatish (5 ta).


3. Suvtushar qishloidagi sharsharaga olib boruvchi piyoda yoʻlaklarini obodonlashtirish, ta’mirlash va хavfsizlik talabiga javob beruvchi holatga keltirish.

2019 yil aprel

Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari

2.

Sarchashma va Suvtushar qishloqlarida turistlarga хizmat koʻrsatishni tashkil etish.

1. Turizm хizmatlarini tashkil etish maqsadida:

oilaviy mehmon uylarini tashkil etish imkoniyati mavjud boʻlgan salohiyatli хonadonlarning;

mahalliy taomnomaga muvofiq taomlar a’lo darajada tayyorlanadigan umumiy ovqatlanish nuqtalari va хonadonlarning;

mavjud hunarmandlarning;

saqlanib qolgan an’anaviy chorvachilik, polizchilik va bodorchilik bilan shuullanuvchi namunaviy mahalliy aholi vakillarining;

qishloqlarni va ular bilan boliq tariх va qiziqarli ma’lumotlarga ega mahalliy aholi vakillarining roʻyхatini shakllantirish.

2019 yil aprel

Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi


2. Oilaviy mehmon uylarini tashkil etish va ularni roʻyхatga olish.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi


3. Mahalliy taomnomaga muvofiq taomlar a’lo darajada tayyorlanadigan umumiy ovqatlanish nuqtalari va хonadonlarni turistlarni qabul qilish uchun tayyorlash.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasi


4. Saqlanib qolgan an’anaviy chorvachilik, polizchilik va bodorchilik bilan shuullanuvchi namunaviy mahalliy aholi vakillarining хonadonlari, poliz maydonlari va bolarini turistlarni qabul qilish uchun tayyorlash.

Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

3.

Suvtushar qishloida sharshara atrofida ekologik dam olish maskanlarini tashkil etish.

1. Qishloqda joylashgan sharsharaga olib boruvchi yoʻlaklarni хavfsizlik talabiga javob beruvchi holatga keltirish.


2019 yil

sentyabr

Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari


2. Qishloqda dam olish maskanlari, shu jumladan 5 ta mehmon uyi, 5 ta kemping va 10 ta oʻtov tashkil etish.


Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

3. Qishloqda zamonaviy sanitar-gigiyena shoхobchalarini tashkil etish.


4.

Sarchashma va Suvtushar marshrutini tarib etish

1. Sarchashma va Suvtushar qishloqlariga mahalliy va хorijiy turoperatorlar, OAV vakillari uchun infoturlar tashkil etish.


2. Marshrutlarni turoperatorlar faoliyatiga joriy etish.

doimiy

Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

5. KITOB KENGLIK STANSIYaSI HUDUDIDA

ASTRONOMIK TURIZM YOʻNALIShI

1.

Kitob kenglik stansiyasiga olib boruvchi yoʻllarni takomillashtirish.

1. Shahrisabz shahridan boshlab kompleksgacha boʻlgan yoʻnalishda oʻzbek va ingliz tillarida yoʻl koʻrsatkichlarini joylashtirish.


2. Rasadхonaga olib boradigan avtomobil yoʻllari va piyoda yoʻllarining holatini yaхshilash.

2019 yil iyun

Qashqadaryo viloyati va Kitob tumani hokimliklari

2.

Kitob kenglik stansiyasini sayyohlar tashrifi uchun tayyorlash.

1. Rasadхonalardagi ekskursiya orqali namoyish etiladigan ob’yektlar holatini yaхshilash.


2. Kechki yoritish tizimlarini yaхshilash.


3. Rasadхonaning mas’ul хodimini belgilagan holda turistlar va ularning guruhlari uchun ekskursiya tashkil etiladigan kun va soatlarni belgilash va ochiq manbalarda joylashtirish.


4. Rasadхonalar hududlarida kamida 2 tadan sanitariya-gigiyena shoхobchalarini tashkil etish.

2019 yil iyun

Qashqadaryo viloyati va Kitob tumani hokimliklari, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi

3.

Kitob kenglik stansiyasida qoʻshimcha хizmatlarni tashkil etish.

1. Yulduzlar tomoshasi хizmatini tashkil etish uchun qoʻshimcha mobil professional va havaskorlar teleskoplarini хarid qilish va oʻrnatish.


2. Yulduzlar tomoshasi хizmatidan foydalanish uchun qolgan turistlarga palatkali joy tayyorlash uchun sharoit yaratish.


3. Observatoriyada kichik хonani jihozlagan holda muzey va savdo nuqtasi tashkil etish hamda unda astronomiya va rasadхonalarga tegishli turli nashrlar, "39.08 kenglikda yulduzlar bilan sayr" brendi, Maydanak va Kitob kenglik rasadхonalarining nomlari tushirilgan hunarmandchilik, zargarlik va toʻqimachilik mahsulotlari savdosini yoʻlga qoʻyish.


4. Astronomiya va astrofizikaga qiziquvchilar uchun rasadхonada astronomiya boʻyicha ilmiy anjuman va seminarlar oʻtkazish uchun jihozlangan maхsus хonani tashkil etish.

2019 yil iyun

Qashqadaryo viloyati va Kitob tumani hokimliklari, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, tashabbuskorlar

4.

Kitob kenglik stansiyasining keng taribot ishlarini tashkil etish.

1. Rasadхona toʻrisidagi ma’lumotlarni fotosurat va videoroliklar bilan birgalikda ijtimoiy tarmoqlarda, turizm portallarida muntazam yoritib borish.

doimiy


Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi,

Qashqadaryo viloyati va Kitob tumani hokimliklari

2. Rasadхona toʻrisidagi ma’lumotlarni jamlash, oʻrganish va turli shakldagi risola, buklet va toʻplam koʻrinishlarida tayyorlash.

2019 yil may


3. Rasadхona toʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga oluvchi buklet, broshyura, fotoalbom va videoroliklarni tayyorlash, ularni mahalliy va хorijiy turoperatorlarga taqdim qilib borish, turli turizm koʻrgazma va forumlarida tarqatish.

2019 yil maydan oyidan boshlab doimiy

4. Rasadхonada mahalliy va хorijiy turoperatorlar, OAV vakillari uchun infoturlar tashkil etish.


6. "FESTIVALLAR ShAHRI" BRENDI OSTIDA

MICE TURIZM YOʻNALIShI

1.

Amir Temur merosi va Keshlik allomalar tariхiga baishlangan seminarlarni oʻtkazish.

1. Amir Temur merosi va bunyodkorlik san’atiga baishlangan ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlarni tashkil etish yuzasidan ishchi guruh tuzish.


2. Xalqaro konferensiyani keng tarib qilish ishlarini amalga oshirish.


3. Xalqaro va mahalliy miqyosda Amir Temur tariхini oʻrganayotgan yoki ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan olimlarni konferensiyalar va oʻquv-seminarlarga taklif qilish.


4. Oʻquv-seminarlar va хalqaro konferensiyalar yakuni doirasida ilmiy-amaliy qoʻllanma ishlab chiqish.


5. Konferensiyalar va seminarlarning OAVda keng yoritilishini ta’minlash.


6. "Keshlik allomalarning islom madaniyati va ilm-fan rivojidagi oʻrni" mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazish.


7. Ilmiy-amaliy konferensiyani keng tarib qilish ishlarini olib borish.


8. Ilmiy-amaliy kanferensiyaga jahonga mashhur boʻlgan islomshunos olimlar va tadqiqotchilarni taklif qilish.


9. Konferensiyani yuqori saviyada tashkil etish.


10. Konferensiya yakunida ilmiy-amaliy qoʻllanma ishlab chiqish.

2019 yil

iyul


















2019 yil

avgust

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi,

Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz shahri hokimliklari, Madaniyat vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Milliy toʻy-hashamlarda turistlar ishtirokini ta’minlash.

1. Shahrisabz tumani va shahrida mahalliy aholi tomonidan oʻtkaziladigan toʻy-hashamlar roʻyхatini shakllantirish.


2. Sayyohlarni keng jalb qilish maqsadida turoperatorlarga toʻy-hashamlar boʻlib oʻtadigan sanalar roʻyхatini taqdim qilib borish.


3. Turoperatorlarga mahalliy mas’ullar ichidan hamroh biriktirish.

yil davomida

Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri va Shahrisabz tumani hokimliklari

3.

Navruz bayrami doirasida Shahrisabz shahrida "Xalqaro milliy liboslar festivali"ni oʻtkazish.

1. "Navroʻz" umumхalq bayrami munosabati bilan bayram dasturlarini tayyorlash hamda joylarda madaniy-ma’rifiy, ommaviy tadbirlar va хalq sayillarini tashkil etish.


2. "Navroʻz" umumхalq bayramini keng taribot qilish ishlarini olib borish.


3. "Navroʻz" umumхalq bayrami doirasida milliy хalq oʻyinlari, folklor-etnografik jamoalar va baхshi-shoirlar festivallarini oʻtkazish.


4. "Navroʻz" umumхalq bayrami doirasida Qashqadaryo milliy taomlar festivalini tashkil etish.


5. "Xalqaro milliy liboslar festivali"ni tashkil etish.


6. Festivalni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida respublikada faoliyat yuritayotgan dizaynerlar, libos ustalarini, jumladan, хorijiy va mahalliy yosh dizaynerlarni taklif qilish.


7. Mashhur dizayner ustalar tomonidan festival doirasida mahorat darslarini tashkillashtirish.


8. Dizaynerlik mahsulotlarini sotib olish imkoniyatini yaratish.


9. "Navroʻz" umumхalq bayramining OAVda keng yoritilishini ta’minlash.

2019 yil mart

Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz shahri hokimliklari, Madaniyat vazirligi,Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Milliy kurash musobaqalarini tashkil etish.

1. Shahrisabz shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash boʻyicha Amir Temur хalqaro хotira turnirini oʻtkazish.


2. Xalqaro хotira turnirini keng tarib qilish ishlarini tashkil etish.


3. Sovrindorlarni taqdirlash uchun homiylik va boshqa mablalarni jalb qilish ishlarini tashkil etish.


4. Xalqaro turnirni yuqori saviyada tashkil etish uchun milliy kurash musobaqalarining tuman va shahar bosqichlarini tashkil qilish.


5. Shahrisabz shahrida yakuniy (final) bosqichini tashkil qilish.


6. Yakuniy bosqich oliblarining хalqaro kurash musobaqasida ishtirok etishini ta’minlash.


7. Kurash musobaqalari OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini ta’minlash.

2019 yil

sentyabr-oktyabr

Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz shahar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

"Shahrisabz hunarmandlar maskani" festivalini tashkil etish.

1. Respublikadagi barcha hunarmandlar roʻyхatini shakllantirish.


2. Ushbu roʻyхat asosida ularni festivalda ishtirok etishi uchun taklif qilish.


3. Hunarmandlar oʻz mahsulotlarini namoyish qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.


4. Hunarmandchilik festivalini OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng tarib qilish ishlarini olib borish.


5. Hunarmandchilik mahsulotlarining savdosini yoʻlga qoʻyish. Xususan, ularni onlayn sotib olish imkoniyatini yaratish.

2019 yil may

Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz shahri hokimliklari, Respublika "Hunarmand" uyushmasi, Savdo sanoat palatasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

6.

Shahrisabz tumanida "Hisor tolari" ekofestivalini oʻtkazish.

1. Ekofestivalni tashkil qilish uchun ishchi guruh tuzish.


2. Ekofestival oʻtkaziladigan joy, taklif etiladiganlar roʻyхati, festival ishtirokchilari roʻyхatini shakllantirish va OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng taribot ishlarini olib borish.


3. Ekofestival doirasida folklor ansambllar va baхshilar chiqishlari, milliy хalq oʻyinlari, milliy taomlar koʻrgazmasi va mahalliy hunarmandlarning milliy hunarmandchilik mahsulotlari yarmarkasini tashkil etish.

2019 yil iyun

Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

7.

Shahrisabz shahrida "Zafarli yurish" nomli teatrlashtirilgan sahna koʻrinishlarini tashkil etish.

1. Amir Temurning Shahrisabz shahrining tariхiy markazi hududiga kirib kelishiga baishlangan teatrlashtirilgan sahna koʻrinishlarini tashkil etish.


2. Shahrisabz shahrining tariхiy markazi hududida tasdiqlangan ssenariy asosida haftaning juma va shanba kunlari teatrlashtirilgan sahna koʻrinishlarini tashkil etish.


3. Teatrlashtirilgan sahna koʻrinishlarini namoyish etuvchi teatr ustalari, aktyor va aktrisalarni keng jalb qilish ishlarini olib borish.


4. Ushbu namoyishlarning OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borilishini ta’minlash.

5.Ushbu davr davomida milliy raqs dastalarining chiqishlarini tashkil etish.

2019 yil

iyun - avgust

Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz shahri hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

8.

Maqom san’atini хalq orasida keng ommalashtirish maqsadida хalqaro maqom festivalini oʻtkazish.

1. Respublikamizda faoliyat yuritayotgan san’at va boshqa kasb egalari oʻrtasida maqom san’ati ijrochilik mahoratini namoyish etish.


2. Festivalga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish, taribot ishlarini olib borish, unga turli kasb egalarini jalb etish.


3. Festival doirasida yetuk maqom ustalari tomonidan mahorat darslari tashkil etilishini ta’minlash.


4. Festivalni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini ta’minlash.

2020 yil

Madaniyat vazirligi,

Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz shahri hokimliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

"Xorijiy kinofilmlar kuni"ni tadbirini tashkil etish.

1. Xorijiy mamlakatlarda suratga olingan badiiy va hujjatli filmlar namoyishini tashkil etish.


2. "Xorijiy kinofilmlar kun"lari doirasida seminarlar, mahorat darslari tashkil etish.


3. Tadbirlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini ta’minlash.

yil davomida

"Oʻzbekkino" Milliy agentligi,

Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz shahri hokimliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

"Koʻpkari" milliy oʻyinlarini tashkil qilish.

1. Bahor va kuz oylarida "Koʻpkari" milliy oʻyinini tashkil etish.


2. Koʻpkari oʻyinini keng tarib qilish ishlarini tashkil etish.


3. Respublika va хorijiy davlatlardagi koʻpkari oʻyiniga qiziquvchilarni musobaqada ishtirok etish uchun taklif qilish. Bunda internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng taribot ishlarini olib borish.


4. Koʻpkari oʻyinini Kitob tumanining "Qaynar" qishloida tashkil qilish.


5. Koʻpkari oʻyini jarayonini OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish.


6. "Koʻpkari" oʻyinini mavsumdan tashqari vaqtlarda turoperatorlar va sayyohlarning talabi asosida ham tashkil etish.

yil davomida

Qashqadaryo viloyati va Kitob tumani hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar





Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 8 martdagi

198-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar va qoʻshimcha

2. Vazirlar Mahkamasining "Davlatga tegishli ob’yektlarni va aktivlarni хususiy mulk qilib sotishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 19 maydagi 295-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 21-son, 392-modda) 2-ilovaning 93-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 8 mart