Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.03.2019 y. 212-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

12.03.2019 y.

N 212



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING YuRIDIK

TA’MINLASh BOShQARMASI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 28 yanvardagi PF-5644-son Farmoni hamda "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tuzilmasini maqbullashtirish va shtat birliklari sonini qisqartirish toʻrisida" 2021 yil 3 apreldagi PQ-5053-son va "Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 iyundagi PQ-5143-son qarorlari ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Yuridik ta’minlash boshqarmasi boshlii bir hafta muddatda Boshqarma boshlii, boʻlimlari mudirlari va bosh mutaхassislarining funksional vazifalari taqsimotini tasdiqlash uchun kiritsin.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza, хalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2018 yil 3 avgustdagi 616-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasi boshlii hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi R.V. Abduqodirov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 12 mart