Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.03.2019 y. 226-son "Gaz хoʻjaligida хavfsizlik qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.03.2019 y.

N 226




GAZ XOʻJALIGIDA XAVFSIZLIK

QOIDALARINI TASDIQLASh

TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻz kuchini yoʻqotayotgan umummajburiy idoraviy hujjatlarning oʻrniga yangi normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash toʻrisida" 2018 yil 16 iyuldagi 538-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Gaz хoʻjaligida хavfsizlik qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgandan keyin kuchga kiradi.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari B.V. Gulyamov zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoqili-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                               A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 16 mart