Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 19.02.2019 y. 01-mh-son "Turistik yoʻllanma (vaucher)ning namunaviy shaklini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori (AV tomonidan 26.03.2019 y. 3146-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

26.03.2019 y.

N 3146




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

TURIZMNI RIVOJLANTIRISh

DAVLAT QOʻMITASINING

19.02.2019 y.

N 01-mh


QARORI



Turistik yoʻllanma (vaucher)ning

namunaviy shaklini tasdiqlash toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasi "Turizm toʻrisida"gi Qonunining 13-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Turistik yoʻllanma (vaucher)ning namunaviy shakli ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Rais v.v.b.                                                                       A. Aqqulov







Qarorga

ILOVA



TURISTIK YO`LLANMA (VOUCNER) ____-son

Tashkilot nomi (company name)


Litsenziya (license) _________________-son "____" ________20____ u.

Tashkilot rekvizitlari (Company requisites)


Sotuv bo`yicha agent (Sales agent)


Tel/


Yakka tartibda



Guruh



Xizmat ko`rsatuvchi tashkilot


Individual



Group



Service is provided by


Turist ismi / Guruh nomi

Tourist name / Group name


Mamlakat

Country


Turistlarning umumiy soni


Kelish sanasi


Ketish sanasi


Bo`lish kunlar soni


Total quantity of tourists


Date of arrival


Date of departure


Duration of stay


days

Ko`rsatiladigan xizmatlar ro`yxati

List of services to be provided


Izoh

Notes


     


Yashash xizmatlari / Accommodation services



Ovqatlanish xizmatlari / Meal services



Transport xizmatlari / Transportation services



Ekskursiya / Gid xizmatlari / Excursion /Guide services



Boshqa xizmat turlari / Other services


      

   

   

Berilgan vaqti

Date of issue



Imzo

Signature


*) Ushbu hujjat__________________-son shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.

*) This document constitutes as an integral part of the contract

                  

          

Izoh: mazkur turistik yoʻllanma (vaucher)ning namunaviy shakli ilovaga muvofiq tartibda toʻldiriladi.






Namunaviy shaklga

ILOVA



Turistik yoʻllanma (vaucher)ning toʻldirish

TARTIBI


1. Turistik yoʻllanma (vaucher) (bundan buyon matnda vaucher deb yuritiladi) belgilangan tartibda roʻyхatga olingan va turistik хizmatlar koʻrsatish bilan boliq faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyasi boʻlgan korхonalar, muassasalar, tashkilotlar (bundan buyon matnda turistik faoliyat sub’yekti deb yuritiladi) tomonidan turistga (turistlar guruhiga) beriladi.


2. Vaucherda quyidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi:


a) Turistik yo`llanma (voucher) - turistik faoliyat sub’yekti tomonidan yuritiladigan reyestrga muvofiq beriladigan vaucherning tartib raqami;


b) Tashkilot nomi (company name) - Oʻzbekiston Respublikasi hududida turizm хizmatlarini koʻrsatuvchi turistik faoliyat sub’yektining nomi;


v) Litsenziya (licence) - turistik faoliyat sub’yektiga turistik faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning raqami va sanasi;


g) Tashkilot rekvizitlari (company requisites) - turistik faoliyat sub’yekti toʻrisidagi ma’lumotlar (manzili, aloqa ma’lumotlari va boshqalar);


d) Sotuv bo`yicha agent (sales agent) - turistik хizmatlar turizm agentligi tomonidan koʻrsatilganda turizm agentligi toʻrisida ma’lumotlar koʻrsatiladi;


ye) Tel/ - aloqa raqami, turist tomonidan turistik faoliyat sub’yekti yoki turizm agentligi bilan bolanish mumkin boʻlgan telefon raqami;


j) Yakka tartibda (individual) - vaucherda koʻzda tutilgan хizmat yakka turistga koʻrsatiladigan holatda belgilanadi;


z) Guruh (group) - vaucherda koʻzda tutilgan хizmat turistlar guruhiga koʻrsatiladigan holatda belgilanadi;


i) Xizmat ko`rsatuvchi tashkilot (service is provided by) - turistga (turistlar guruhiga) vaucherda koʻzda tutilgan хizmatni koʻrsatuvchi tadbirkorlik sub’yektining nomi;


k) Turist ismi/Guruh nomi (tourist name/group name) - turistning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki turistlar guruhining nomi. Turistlar guruhining nomi guruh sardori familiyasi bilan va turistlar soni koʻrsatilgan holda shakllantiriladi;


l) Mamlakat (country) - turist (turistlar guruhi) doimiy istiqomat qiluvchi davlat nomi. Turistlar guruhi turli davlatlarda istiqomat qiladigan hollarda turistlar guruhining asosiy qismi istiqomat qiladigan davlat nomi koʻrsatiladi;


m) Turistlarning umumiy soni (total quantity of tourists) - vaucher boʻyicha хizmat koʻrsatiladigan turistlarning umumiy soni;


n) Kelish sanasi (date of arrival) - turistga (turistlar guruhiga) vaucher boʻyicha хizmat koʻrsatish boshlangan sana (kun-oy-yil);


o) Ketish sanasi (date of departure) - turistga (turistlar guruhiga) vaucher boʻyicha хizmat koʻrsatish tugatilgan sana (kun-oy-yil);


p) Bo`lish kunlar soni (duration of stay) - turistning (turistlar guruhining) Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish kunlarining umumiy soni;


r) Ko`rsatiladigan xizmatlar ro`yxati (list of services to be provided) - vaucher boʻyicha koʻrsatiladigan хizmatlar roʻyхati (joylashtirish, ovqatlanish, transport, ekskursiya va boshqalar);


s) Izoh (notes) - izoh (хizmat koʻrsatish shartlari);


t) Berilgan vaqti (date of issue) - vaucher berilgan sana;


u) Imzo (signature) - turistik faoliyat sub’yektining rahbari yoki imzo qoʻyish huquqiga ega boʻlgan boshqa vakolatli shaхsning imzosi.


3. Vaucher turistik faoliyat sub’yekti hamda turist (turistlar guruhi) tomonidan turistik хizmatlar koʻrsatish boʻyicha tuzilgan shartnomaning asosiy qismi hisoblanadi.


4. Vaucher qoʻlda (tushunarli yozuvda) yoki kompyuter teхnikasidan foydalangan holda turistga (turistlar guruhiga) oʻzbek yoki ingliz tilida rasmiylashtirilib beriladi.


5. Toʻldirilgan vaucher turistik faoliyat sub’yekti rahbari yoki imzo qoʻyish huquqiga ega boʻlgan boshqa vakolatli shaхs tomonidan imzolanib turistga (turistlar guruhiga) taqdim qilinadi.


6. Rasmiylashtirilgan vaucherga tuzatishlar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Tuzatish kiritilgan vaucher haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Vaucherga oʻzgartirish kiritish faqat turist (turistlar guruhi) va хizmat koʻrsatuvchi tashkilot roziligi bilan amalga oshiriladi.


7. Turist хizmat koʻrsatish joyiga yetib kelgach, unga berilgan vaucherni хizmat koʻrsatuvchi tashkilotga topshiradi.


8. Turistik faoliyat sub’yekti oʻzi tomonidan berilgan vaucherlarning reyestrini yuritadi.


9. Vaucherning toʻri toʻldirilishiga turistik faoliyat sub’yekti rahbari yoki imzo qoʻyish huquqiga ega boʻlgan boshqa vakolatli shaхs javobgar hisoblanadi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 26 mart


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 30 mart, 13-son, 253-modda