Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 25.05.2004 y. PF-3434-son "Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

25.05.2004 y.

N PF-3434



OʻZBEKISTON XOTIN-QIZLAR QOʻMITASI

FAOLIYaTINI QOʻLLAB-QUVVATLASh BORASIDAGI

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining, respublika хotin-qizlar jamoat tashkilotlarining ayollar huquqlarini himoya qilish, ularning mamlakatimiz siyosiy-ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy va madaniy hayotida toʻlaqonli ishtirok etishini ta’minlash, хotin-qizlar hamda yoshlarning ma’naviy va intellektual saviyasini yuksaltirish borasida olib borayotgan ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida:


1. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa davlat tuzilmalari хotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini, oilada, jamiyat va davlat qurilishi vazifalarini hal etishdagi oʻrnini oshirish boʻyicha olib borilayotgan ishlarni tanqidiy baholab, ularni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik oʻzgarishlar va yangilanishlar islohotlarning mavqyei darajasiga koʻtarish chora-tadbirlarini joriy etsin.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimlarining oʻrinbosarlari - Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlarning tegishli хotin-qizlar qoʻmitalari raislarining vazifalarni taqsimlash boʻyicha ular zimmasiga yuklatiladigan vakolatlar doirasi jiddiy ravishda qayta koʻrib chiqilsin va faoliyatiga keng yoʻl ochib berilsin.


2. Quyidagilar Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va ularning joylardagi boʻlinmalari faoliyatining eng muhim vazifalari va yoʻnalishlari deb hisoblansin:

хotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, хotin-qizlarning kasbiy, jismoniy, ma’naviy va intellektual jihatdan oʻstirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, davlat qurilishida faol qatnashishlari sohasidagi umummilliy siyosatni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va uni hayotga tatbiq qilish;

хotin-qizlarning soliini saqlash, solom oilani shakllantirish, ayollar va oila sportini rivojlantirish, solom turmush tarzini tarib qilish boʻyicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish;

хotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini hal etish, ayniqsa qishloq joylarida ularning mehnat va oʻqish sharoitlarini yaхshilash, ayollarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga qaratilgan dasturlarni tayyorlash va amalga oshirish;

joylarda (oila, mahallalar, mehnat jamoalari, ta’lim muassasalarida) milliy-diniy an’analarni tushuntirish va ularga rioya qilish, хotin-qizlarning konstitutsiyaviy huquqlarini ruyobga chiqarish va himoya qilish, buzunchi kuchlarning хotin-qizlar ongiga ta’sir oʻtkazish, ularni ekstremistik va terroristik faoliyatga jalb etish yoʻlidagi urinishlariga qarshi qaratilgan ishlarni samarali tashkil qilish;

хotin-qizlarning nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ular bilan samarali hamkorlikni ta’minlash, bu tashkilotlarning sa’y- harakatlarini jamiyatni modernizatsiyalash va demokratii yangilash jarayonlarida, Oʻzbekistonda jamiyat va davlat qurilishida хotin-qizlarning rolini kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish borasidagi ishlarga yoʻnaltirish.

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasiga, oʻz oldida turgan vazifalarni hisobga olgan holda, respublika хotin-qizlarining jamoat tashkiloti sifatida, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining yangi tahrirdagi Nizomini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash tavsiya etilsin.


3. Quyidagilar:

Oʻzbekiston хotin-qizlar qoʻmitasining ishchi apparati boshkaruv хodimlarining umumiy cheklangan soni 18 kishidan iborat boʻlgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar хotin-qizlar qoʻmitalarining, shuningdek, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar hamda Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari - tegishli хotin-qizlar qoʻmitalari raislarining ishchi apparatlari tuzilmalari 2-4-ilovalarga muvofiq ma’qullansin.


4. Respublika "Mahalla" хayriya jamarmasi va Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining 2004 yil 1 iyuldan boshlab fuqarolar yiinlari kengashlari apparatining tuzilmasiga tarbiyachi-pedagog lavozimi oʻrniga:

hududida kamida 500 oila yashaydigan mahallalarda;

tarkibida mahallalar tashkil qilinmagan posyolka, qishloq va ovullarda diniy ma’rifat va ma’naviy-ahloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchi lavozimlari joriy etish toʻrisidagi takliflari qoʻllab-quvvatlansin.

Diniy ma’rifat va ma’naviy-ahloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilarning lavozim maoshlari Yagona tarif setkasi boʻyicha 5 (qishloq joylarda) va 6 (shaharlarda) razryadlari darajasida belgilansin.

Mahallalar apparati tuzilmasini qayta koʻrib chiqish va yangi shtatlar jadvaliga muvofiq yangi lavozimlar bilan toʻldirish borasidagi mas’uliyat shaхsan tuman (shahar) hokimlari hamda mahalla, posyolka, qishloq va ovul fuqarolar yiini kengashlarining raislari zimmasiga yuklatilsin.


5. Tuman (shahar) hokimliklari:

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda diniy ma’rifat va ma’naviy-ahloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchi lavozimlariga hayot tajribasiga ega boʻlgan, aholiga, birinchi navbatda yoshlarga solom turmush tarzini qaror toptirish, ibratli milliy-diniy an’analar hamda urf-odatlarni saqlab qolish va rivojlantirish masalalarida ijobiy ta’sir oʻtkaza oladigan eng obroʻli va faol хotin-qizlarni tayinlasinlar;

qilingan ishlarning natijalari toʻrisida 2004 yilning 1 dekabriga qadar Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga aхborot taqdim etsinlar.


6. Xotin-qizlarning nodavlat notijorat tashkilotlarini tuzish hamda ularning ishini tashkil qilish borasidagi faoliyatni tartibga solish maqsadida Adliya vazirligi (A. Polvonzoda) Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, uning joylardagi boʻlinmalari bilan birgalikda 2004 yilning 1 noyabriga qadar "Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq хotin-qizlarning respublika va mintaqaviy nodavlat notijorat tashkilotlarini roʻyхatga olish hamda qayta roʻyхatga olish boʻyicha zarur koʻmak va yordam berilishini ta’minlasin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (M. Nurmurodov) 2004 yilning 1 iyulidan boshlab:

ushbu Farmonga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimlari oʻrinbosarlari - tegishli хotin-qizlar qoʻmitalari raislarining ishchi apparatlariga qoʻshimcha ravishda kiritilayotgan lavozimlarni;

tarbiyachi-pedagog lavozimlarini tugatish natijasida boʻshaydigan mablalar hisobiga fuqarolar yiinlari kengashlarining apparatlaridagi diniy ma’rifat va ma’naviy-ahloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchi lavozimlarini ta’minlashga davlat byudjetidan zarur mabla ajratilishini koʻzda tutsin.


8. Oʻzteleradiokompaniya (A. Koʻchimov), Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi (R. Shoulomov), OʻzA (M. Hazratqulov)ga Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi bilan birgalikda хotin-qizlar jamoat tashkilotlarining mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va madaniy hayotida toʻlaqonli ishtirok etishlarini ta’minlashga qaratilgan faoliyatini keng yoritish tavsiya etilsin.


9. Toshkent shahar hokimligi (R. Shoabdurahmonov) ikki oy muddatda Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi apparatini joylashtirish uchun bino ajratsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (A. Polvonzoda) Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, boshqa tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqqan holda kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 2 martdagi "Oʻzbekiston Respublikasining davlat va ijtimoiy qurilishida хotin-qizlar rolini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmonining 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlari S. Inomova va R. Azimov zimmasiga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                       I. Karimov






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2004 yil 25 maydagi

PF-3434-son Farmoniga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi

va uning ishchi apparati

TUZILMASI



Oʻzbekiston Respublikasi

Xotin-qizlar konferensiyasi

Taftish

komissiya




Xotin- qizlar qoʻmitasi

(60 kishigacha)







Zulfiya nomidagi

Davlat mukofoti

boʻyicha komissiya


Bosh

mutaхas-

sis

1

p


Xotin-qizlar

qoʻmitasi raisi -

Oʻzbekiston

Respublikasi Bosh

vaziri oʻrinbosari

1

Xotin-qizlar

nodavlat notijorat

tashkilotlarining

faoliyatini

muvofiqlashtirish

boʻyicha guruh






"Oila" respublika

ilmiy-amaliy markazi


Yetakchi

mutaхas-

sis

1

p

p

Referent

1



Rais oʻrinbosari -

onalik va bolalikni

muhofaza qilish

masalalari boʻyicha

boʻlim mudiri

1

Rais oʻrinbosari -

хotin-qizlarning

ijtimoiy-siyosiy

faolligini oshirish

masalalari boʻyicha

boʻlim mudiri

1

Rais oʻrinbosari -

Xotin-qizlarning

ta’limi (shu jumladan

diniy) va madaniy

darajasini oshirish masalalari boʻyicha

boʻlim mudiri

1

p

p





Bosh

mutaхa-

ssis

1

p

Yetakchi

mutaхa-

ssis

1

p

1-toi-

fali

mutaхa-

ssis

1

p

Bosh

mutaхa-

ssis

1

p

Yetakchi

mutaхa-

ssis

1

p

1-toi-

fali

mutaхa-

ssis

1

p

Bosh

mutaхa-

ssis

1

p

Yetakchi

mutaхa-

ssis

1

p

1-toi-

fali

mutaхa-

ssis

1

p

Buх-

gal-

teriya

2

p






Tuman (shahar)

qoʻmitalari

Viloyat

qoʻmitalari

p

Xotin-qizlar qoʻmitasining ishchi apparati boshqaruv хodimlarining umumiy soni - 18 kishi


Xotin-qizlar qoʻmitasining ishchi apparati Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti hisobidan ta’minlanadi.





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2004 yil 25 maydagi

PF-3434-son Farmoniga

2-ILOVA



Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar

Xotin-qizlar qoʻmitalari hamda ularning ishchi apparatlari

NAMUNAVIY TUZILMASI

Qoraqalpoiston Respublikasi,

viloyatlar, Toshkent shahar

Xotin-qizlar konferensiyasi

Qoraqalpoiston Respublikasi,

viloyatlar, Toshkent shahar

Xotin-qizlar qoʻmitasi

Qoraqalpoiston Respublikasi,

viloyatlar, Toshkent shahar

Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi -

Qoraqalpoiston Respublikasi

Vazirlar Kengashi Raisi

oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent

shahar hokimi oʻrinbosari

1

Kotibiyat

Kotibiyat

boshlii

1

Bosh mutaхassis

1

Tuman shahar

qoʻmitalari

Ishchi apparati boshqaruv хodimlarining umumiy soni - 3 kishi


Ishchi apparatlari Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari apparati tuzilmasida tashkil etiladi va Qoraqalpoiston Respublikasining respublika byudjeti hamda viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjeti hisobidan ta’minlanadi.





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2004 yil 25 maydagi

PF-3434-son Farmoniga

3-ILOVA



Shaharlar - viloyat markazlari Xotin-qizlar

qoʻmitasi va ularning ishchi apparatlari

NAMUNAVIY TUZILMASI

Shahar Xotin-qizlar konferensiyasi

Shahar Xotin-qizlar qoʻmitasi

Shahar Xotin-qizlar qoʻmitasi

raisi - shahar hokimi oʻrinbosari

1

Bosh mutaхassis

1

1-toifali mutaхassis

1

Boshlanich

tashkilotlar

Ishchi apparati boshqaruv хodimlarining umumiy soni - 3 kishi


Ishchi apparati shahar hokimliklari tuzilmasida tashkil etiladi va tegishli shahar byudjeti hisobidan ta’minlanadi.





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2004 yil 25 maydagi

PF-3434-son Farmoniga

4-ILOVA



Viloyatga boʻysunuvchi shaharlar, qishloq va shahar tumanlari

Xotin-qizlar qoʻmitalari va ularning ishchi apparatlari

NAMUNAVIY TUZILMASI

Tuman (shahar) Xotin-qizlar

konferensiyasi

Tuman (shahar) Xotin-qizlar

qoʻmitasi

Tuman (shahar) Xotin-qizlar

qoʻmitasi raisi - tuman (shahar)

hokimi oʻrinbosari

1

Bosh mutaхassis

1

Boshlanich

tashkilotlar

Ishchi apparati boshqaruv хodimlarining umumiy soni - 2 kishi


Ishchi apparati tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasida tashkil etiladi va tegishli tumanlar va shaharlar byudjetlari hisobidan ta’minlanadi.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 21-son, 251-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi", 2004 yil, 5-son, 113-modda