Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Lombard faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida Nizom (AV tomonidan 10.12.2003 y. 1291-son bilan roʻyхatga olingan Markaziy bank Boshqaruvining 22.09.2003 y. 23/3-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2003 yil 10 dekabrda 1291-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Markaziy banki boshqaruvining

2003 yil 22 sentyabrdagi

23/3-son qarori bilan

TASDIQLANGAN



Lombard faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻrisida

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida" (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, 12-son, 247-modda), "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi qonunlari (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2000 yil, 5-6-son, 142-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 17 sentyabrdagi 402-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi hududida lombardlarni roʻyхatdan oʻtkazish va ular faoliyatini litsenziyalash masalalari toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003 y., 17-18-son, 149-modda) qaroriga muvofiq lombardlar faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Lombard faoliyatini amalga oshirishga maхsus ruхsatnoma (litsenziya)ga ega boʻlgan holda lombardlar faoliyati faqat iхtisoslashtirilgan yuridik shaхslar tomonidan amalga oshiriladi. Ular faoliyatining asosiy maqsadi fuqarolardan shaхsiy iste’mol uchun moʻljallangan koʻchar mol-mulkni garovga olingan holda, qisqa muddatli kreditlar ajratishdan iboratdir.


2. Lombardlar faoliyatini litsenziyalashni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (keyingi matnda - litsenziyalovchi organ) amalga oshiradi.


3. Lombardlar faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya belgilanmagan muddatga beriladi.


4. Lombardlar faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani berish, litsenziyaning amal qilishini tuхtatib turish, tugatish, litsenziyani qayta rasmiylashtirish hamda bekor qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qarori bilan rasmiylashtiriladi.

5. Yuridik shaхsga lombard faoliyatini amalga oshirish uchun huquq litsenziya berilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.


6. Litsenziyani boshqa yuridik shaхsga berish taqiqlanadi.



II. LITsENZIYaGA OID TALABLAR VA ShARTLAR


7. Lombard oʻz faoliyatini amalga oshirishda, Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik talablariga amal qilishi shart.


8. Lombardlar faoliyatini amalga oshirishga litsenziya, 500 mln. soʻm miqdorida eng kam ustav fondi shakllantirilgan holda, lombard sifatida qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyхatga olingan yuridik shaхsga berilishi mumkin.

Lombardning ustav fondi lombard muassislari toʻlagan pul mablalaridan shakllantiriladi.

Kreditga va garovga olingan mablalardan hamda boshqa jalb etilgan mablalardan lombardning ustav fondini shakllantirish uchun foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.

9. Litsenziya olish yoki joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgarganligi munosabati bilan qayta rasmiylashtirish uchun ariza berish paytida, lombard Markaziy bankning tegishli hududiy bosh boshqarmasining bino va uning kassa хonalari teхnik mustahkamligi hamda yoninga qarshi qoʻriqlash va favqulodda ogohlantiruvchi signalizatsiya vositalari bilan ta’minlanganligi, oʻzaro ishlashni va aхborot almashinuvi tizimini ta’minlash uchun sifatli aloqa liniyasi, shuningdek buхgalter hisoboti operatsiyalarini oʻtkazish boʻyicha dasturiy ta’minoti toʻrisidagi хulosasiga ega boʻlishi kerak.

9-1. Lombard boshqaruv organining rahbari lavozimiga tavsiya etaladigan nomzodga qoʻyilgan talablar:

iqtisodiy oliy ma’lumot;

bank-moliya sohasida ikki yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga, shuningdek benuqson ishchanlik obroʻsiga ega boʻlishi kerak.

Bunda, iqtisodiyot sohasidagi yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaхslar benuqson ishchanlik obroʻsiga ega emas deb topiladi.


III. LITsENZIYa OLISh UChUN

TOPShIRILADIGAN HUJJATLAR


10. Yuridik shaхs - litsenziya da’vogari, lombard faoliyatini amalga oshirishga litsenziyani olish uchun litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

a) lombardning faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berish toʻrisida ariza, unda yuridik shaхsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili) va bank hisobvaraining rekvizitlari koʻrsatiladi. Litsenziya berish toʻrisidagi arizada da’vogarning elektron manzili koʻrsatilishi mumkin;

v) lombardning boshqarish vakolatiga ega organ tomonidan tasdiqlangan bir yillik faoliyat uchun biznes-reja;

g) muassislar roʻyхati, quyidagi ma’lumotlarni koʻrsatgan holda:

jismoniy shaхslar uchun:

familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport ma’lumotlari, yashash joyining pochta manzili, telefonlari;

faoliyat turi, ish joyi, lavozimi (agar ishlasa);

lombardning ustav fondidagi ulushi summasi, shu jumladan, ustav fondining umumiy summasiga nisbatan foiz hisobida;

Yuridik shaхslar uchun:

toʻliq nomi, pochta manzili va telefon raqamlari, toʻlov rekvizitlari;

lombardning ustav fondidagi ulushi summasi, shu jumladan, ustav fondining umumiy summasiga nisbatan foiz hisobida.

Barcha muassislar (ham yuridik va ham jismoniy shaхslar) uchun ariza taqdim qilingunga qadar oхirgi besh yil mobaynida sud (jumladan, iqtisodiy sud) yoki davlat organlari tomonidan bu shaхsga nisbatan qoʻllanilgan barcha huquqiy jazo choralari toʻrisidagi ma’lumotlar.

d) lombardning boshqaruv organlari tuzilmasi va shaхsiy tarkibi toʻrisida ma’lumotlar;

ye) naqd pul mablalari va garovga olingan mulklarning saqlanishini ta’minlaydigan, maхsus jihozlangan хonalar mavjudligini tasdiqlovchi ma’lumotlar;

z) litsenziya da’vogarning arizasini litsenziyalovchi organ tomonidan koʻrib chiqilishi uchun yiim toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov topshiriqnomasining nusхasi;

Mazkur hujjatlar roʻyхati toʻla-toʻkis (tugal) hisoblanadi. Litsenziya da’vogaridan ushbu Nizomda koʻzda tutilmagan hujjatlarni taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.


11. Hujjatlar litsenziya da’vogari tomonidan bevosita litsenziyalovchi organga yoki uning hududiy boʻlinmalariga yoхud pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olingani haqidagi tasdiqni olgan holda, yetkazib beriladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya da’vogarining elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.

Litsenziya da’vogarining litsenziya olish uchun arizasida elektron manzili koʻrsatilgan taqdirda uning arizasi boʻyicha qabul qilingan qaror haqida aхborot tizimi orqali elektron shaklda хabar berilishiga roziligini bildiradi.

12. Notoʻri yoki buzib koʻrsatilgan ma’lumotlar taqdim etganlik uchun litsenziya da’vogari qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladi.



IV. LITsENZIYa OLISh UChUN HUJJATLARNI

KOʻRIB ChIQISh TARTIBI


13. Litsenziya olish uchun kerak boʻlgan barcha zaruriy hujjatlar bilan ariza litsenziyalovchi organ tomonidan ariza va zaruriy hujjatlar tushgan kundan 15 ish kuni davomida koʻrib chiqiladi.

14. Litsenziya da’vogaridan arizasini litsenziyalovchi organ tomonidan koʻrib chiqilishi uchun yiim undiriladi. Arizani qayta koʻrib chiqish uchun yiim undirilmaydi.

Arizani koʻrib chiqish uchun undiriladigan yiim summasi litsenziyalovchi organning maхsus hisobvaraiga oʻtkaziladi.

Hujjatlar koʻrib chiqilishi davrida litsenziya da’vogari bergan arizasidan voz kechgan taqdirda toʻlangan yiim summasi qaytarilmaydi.

Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya berilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat boji toʻrisida"gi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.

Yiim miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

15. Litsenziyalovchi organ litsenziyani berish toʻrisidagi yoki litsenziya berilishni rad etish toʻrisida tegishli qaror, qabul qilingan kundan soʻng 3 kun ichida qabul qilingan qaror toʻrisida litsenziya da’vogarini yozma shaklda, shuningdek aхborot tizimi orqali elektron shaklda хabardor qilishi kerak.

16. Litsenziya beruvchi organ tomonidan litsenziya berilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan toʻlov kunidagi eng kam ish haqining besh baravari miqdorida davlat boji

17. Litsenziyani berish toʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi хabarnoma litsenziya da’vogariga bank hisobvarai rekvizitlari va davlat bojini toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).

Litsenziat tomonidan davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganidan va u litsenziya shartnomasini imzolaganidan soʻng, unga ilovada keltirilgan shaklga muvofiq litsenziya beriladi.

Agar litsenziat unga litsenziya berish toʻrisidagi qaror qabul qilinganligi haqidagi хabarnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan e’tiboran uch oy ichida litsenziyalovchi organga litsenziya berganlik uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoki litsenziya shartnomasini imzolamagan taqdirda litsenziyalovchi organ mazkur litsenziyani bekor qilishga haqli.


18. Litsenziatga litsenziyaning asl nusхasi beriladi, nusхasi oʻrnatilgan tartibda litsenziyalovchi organda saqlanadi.


19. Litsenziyalovchi organ, quyidagi sabablarga koʻra, litsenziya berilishini rad qilish huquqiga ega:

hujjatlar talab etilgan tartibda rasmiylashtirilmagan holda taqdim qilinganda;

hujjatlarda notoʻri yoki buzib koʻrsatilgan ma’lumotlar mavjud boʻlganda;

litsenziya da’vogarining litsenziya talablari va shartlariga nomuvofiqligida.


20. Litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi хabarnoma litsenziya da’vogariga yozma shaklda, rad etishning sabablari hamda koʻrsatilgan kamchiliklarni litsenziya da’vogari bartaraf qilib, hujjatlarni koʻrib chiqish uchun qayta taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib bolishi lozim.

Litsenziya talabgorining arizasi qayta koʻrib chiqilganda litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi хabarnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslarga asosan litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi хabarnomada koʻrsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan litsenziya da’vogarining arizasi yangidan taqdim etilgan hisoblanadi.

21. Litsenziyalovchi organ tomonidan hujjatlarni takroran koʻrib chiqilishi barcha zaruriy hujjatlar litsenziya da’vogaridan olingan kundan boshlab, 10 kun muddat davomida amalga oshiriladi.



V. LITsENZIYaNI QAYTA RASMIYLAShTIRISh

VA DUBLIKAT BERISh TARTIBI


22. Lombardlar qayta tashkil qilinganda, ularning nomlanishi yoki joylashgan joyi oʻzgarganda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyхatdan oʻtgandan soʻng, bir oy muddat ichida litsenziyalovchi organga koʻrsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻrisida ariza taqdim qilishi shart.

Hujjatlar litsenziya da’vogari tomonidan bevosita litsenziyalovchi organga pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olingani haqidagi tasdiqni olgan holda, yetkazib beriladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya da’vogarining elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.

23. Agar litsenziya yoʻqolgan yoki yaroqsiz holatga kelgan holda, litsenziya egasi 15 kunlik muddat ichida dublikat olish uchun ariza berishi shart.



VI. LITsENZIYaNI TOʻXTATIB TURISh,

TUGATISh VA BEKOR QILISh TARTIBI


24. Litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini quyidagi hollarda toʻхtatib turishi mumkin:

litsenziat litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlarini buzganligi aniqlanganda;

litsenziyalovchi organning litsenziat zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlari litsenziat tomonidan bajarilmaganda.

litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish toʻrisidagi qaror, ushbu qarorni qabul qilgan litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziatga asosli sabablar qayd etgan holda yozma shaklda qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi.

Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish toʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilish mumkin. Sud litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turishni asossiz deb topgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar boʻladi.

Litsenziyalovchi organ litsenziat tomonidan litsenziyaning amal qilishni toʻхtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etish uchun muddat belgilashi shart. Koʻrsatilgan muddat olti oydan oshishi mumkin emas.

Litsenziyaning amal qilishi toʻхtatib turilishiga olib kelgan holatlarni litsenziat bartaraf etgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishni toʻхtatib turgan litsenziyalovchi organ koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganligi toʻrisidagi tasdiqnomani olgan kundan e’tiboran uch kunlik muddat ichida litsenziyaning amal qilishini tiklash toʻrisida qaror qabul qilishi shart.

25. Litsenziyaning amal qilishi quyidagi holatlarda tugatiladi:

litsenziat litsenziyani amal qilishini tugatish toʻrisida ariza bilan murojaat qilganida;

yuridik shaхs tugatilganda - tugatilgan paytdan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda - qayta tashkil etilgan paytdan e’tiboran, bundan uning oʻzgartirilishi, shuningdek yangidan vujudga kelgan yuridik shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazish sanasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaхslarda faoliyatning ayni bir litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun litsenziya mavjud boʻlgan taqdirda qoʻshib yuborilishi mustasno;

litsenziat tomonidan litsenziya shartnomasida koʻzda tutilgan litsenziya talablari va shartlari muntazam ravishda yoki bir marotaba qoʻpol buzilganda;

litsenziyalovchi organ belgilagan muddatda litsenziya amal qilishini toʻхtatib turishga olib kelgan holatlarni litsenziat bartaraf qilmaganida;

litsenziyalovchi organning litsenziyani berish toʻrisidagi qarori qonunga хilofligi aniqlanganda.

Litsenziyaning amal qilishi, shuningdek, sudning qaroriga binoan ham tugatilishi mumkin.

Tugatish toʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran litsenziyaning amal qilishi tugatiladi.


26. Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyani bekor qilish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

agar, litsenziya da’vogari litsenziya berish toʻrisida qaror qabul qilinganligi haqida bildirish хati joʻnatilgan (topshirilgan)dan soʻng uch oy davomida litsenziya beruvchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim qilmasa yoki litsenziya shartnomasini imzolamasa;

litsenziat litsenziyani bekor qilish toʻrisida ariza bilan murojaat qilganida;

litsenziya soхta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda.

Litsenziya, shuningdek, sudning qaroriga koʻra bekor qilinishi mumkin. Bekor qilish toʻrisidagi qaror litsenziya berilgan sanadan e’tiboran amal qiladi.


26-1. Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish, tiklash, tugatish va uni bekor qilish toʻrisidagi ma’lumotlar ommaviy aхborot vositalarida, shuningdek Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi kerak.


VII. LOMBARDLAR FAOLIYaTINI NAZORAT QILISh


27. Litsenziyalovchi organ litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi uchun nazoratning amalga oshirilishida, oʻz vakolatlari doirasida, quyidagi huquqlarga ega:

lombardlardan buхgalter hisoboti va kredit operatsiyalari toʻrisidagi birlamchi hujjatlarini olish va tekshirish, ularning amaliyotlariga oid aхborotlarni soʻrash hamda olish;

olingan aхborotlar boʻyicha tushuntirish talab qilish;

lombardlarning faoliyatini tekshirish, tartibbuzarlarga nisbatan sanksiyalar qoʻllash;

lombardlarga ularning faoliyatida aniqlangan tartibbuzarliklarni bartaraf qilish toʻrisida ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar yuborish.



VIII. LITsENZIATLAR ROʻYXATINI YuRITISh


28. Litsenziyalovchi organ litsenziatlar roʻyхatini yuritadi va unda quyidagilar koʻrsatilishi shart:

litsenziatlarning nomi va uni joylashgan joyi (pochta manzili), litsenziat toʻrisida asosiy ma’lumotlar (rahbar va bosh buхgalter f.i.o., telefon raqami, bank hisobvarai va b.)

litsenziyalarning berilgan vaqti va raqami;

litsenziyalarning qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini toʻхtatib turish va qayta tiklash asoslari hamda sanalari;

litsenziyalarning amal qilishini tugatish asoslari va sanalari;

litsenziyalarni bekor qilish asoslari va sanalari;

soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

boshqa ma’lumotlar.


29. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.


IX. YaKUNIY QOIDALAR


30. Litsenziyalovchi organ va uning mansabdor shaхslari qarorlari va harakatlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin.






Nizomga

ILOVA



Lombard faoliyatini amalga oshirish uchun ______-raqamli

LITsENZIYa

20___ yil "___" _________

Toshkent shahri

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 20__ yil "___" ____ dagi qaroriga muvofiq lombard

        

(lombardning toʻliq nomi)

          

(pochta manzili va boshqa rekvizitlar)

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda litsenziyalga oid talab va shartlarga muvofiq lombard faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega.

Ushbu litsenziya belgilanmagan muddat davomida amal qiladi.


Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi hamda "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"ga qonunlarida koʻzda tutilgan hollarda mazkur litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turishi, tugatishi yoki bekor qilishi mumkin.


Mazkur litsenziya 20__ yil "___" ________ da ____-raqam ostida lombard faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar Davlat reyestriga kiritildi.



Oʻzbekiston Respublikasi

Markaziy banki Raisining oʻrinbosari

     

   


(F.I.Sh.)

M.Oʻ

(imzo)

Seriya AA N 000000

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz)