Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.04.2019 y. 275-son "Samarqand viloyatidagi "Dargʻom kanalida Shaudar kichik GES qurilishi, Dargʻom kanalining 135+50 piketida kichik GES qurilishi" investitsiyaviy loyihasining teхnik-iqtisodiy asosini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.04.2019 y.

N 275



SAMARQAND VILOYaTIDAGI

"DAROM KANALIDA ShAUDAR KIChIK GES

QURILIShI, DAROM KANALINING 135+50

PIKETIDA   KIChIK   GES   QURILIShI"

INVESTITsIYaVIY LOYIHASINING

TEXNIK-IQTISODIY ASOSINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentinining "2017-2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻrisida" 2017 yil 2 maydagi PQ-2947-son va "Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 19 dekabrdagi PQ-4067-son qarorlarini bajarish, shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni izchil oshirish, energetika resurslarining muvozanatini oshirish hamda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va aholining elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini yanada koʻproq qondirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Xitoy Xalq Respublikasining Tijorat vazirligi tomonidan "Samarqand viloyatidagi Darom kanalida Shaudar kichik GES qurilishi" va "Samarqand viloyatidagi Darom kanalining 135+50 piketida kichik GES qurilishi" investitsiyaviy loyihalarini moliyalashtirish uchun imtiyozli kredit berish ma’qullanganligi;

"Gidroproyekt" AJ tomonidan "Samarqand viloyatidagi Darom kanalida Shaudar kichik GES qurilishi" va "Samarqand viloyatidagi Darom kanalining 135+50 piketida kichik GES qurilishi" investitsiyaviy loyihalarining teхnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilganligi; 

qiymati 30,63 mln AQSh dollarini tashkil etuvchi va amalga oshirish davri 2019-2021 yillar davriga moʻljallangan "Samarqand viloyatidagi "Darom kanalida Shaudar kichik GES qurilishi va Samarqand viloyatidagi Darom kanalining 135+50 piketida kichik GES qurilishi" yagona investitsiyaviy loyihaning (keyingi oʻrinlarda investitsiyaviy loyiha deb ataladi) asosiy teхnik-iqtisodiy parametrlari belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilar investitsiyaviy loyihaning moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

XXR Eksimbankining 20 yil muddatga, shu jumladan 5 yillik imtiyozli davrga yillik 2,2 foiz stavkasi bilan, "Turonbank" ATB orqali qayta moliyalashtiriladigan va qayta moliyalashtiruvchi bankning 0,2 foiz miqdoridagi marjasi qoʻshilgan holda beriladigan 24,8 mln AQSh dollari miqdoridagi kredit mablalari;

"Oʻzbekgidroenergo" AJning 5,8 mln AQSh dollari ekvivalentidagi oʻz mablalari.


3. Quyidagilar:

"Samarqand viloyatidagi Darom kanalida Shaudar kichik GES qurilishi va Darom kanalining 135+50 piketida kichik GES qurilishi" investitsiyaviy loyihasining teхnik-iqtisodiy asosi, asosiy teхnik-iqtisodiy parametrlari bilan birga 1 va 1a-ilovalarga* muvofiq;

"Samarqand viloyatidagi Darom kanalida Shaudar kichik GES qurilishi va Darom kanalining 135+50 piketida kichik GES qurilishi" investitsiyaviy loyihasi doirasida beriladigan XXR Eksimbanki krediti boʻyicha asosiy qarzni qaytarish, kredit boʻyicha foiz va komissiya toʻlovlarini soʻndirishning prognoz jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


4. Belgilansinki:

"Oʻzbekgidroenergo" AJ investitsiya loyihasining qarz oluvchisi va tashabbuskori hamda loyihani samarali amalga oshirish va XXR Eksimbanki mablalaridan maqsadli foydalanish boʻyicha mas’ul hisoblanadi;

XXR Eksimbanki krediti boʻyicha asosiy qarzni qoplash, foiz va komissiyalar toʻlovlari bilan boliq хarajatlar "Oʻzbekgidroenergo" AJning oʻz mablalari hisobiga amalga oshiriladi.

"Oʻzbekgidroenergo" AJning 1-son Qurilish direksiyasi investitsiyaviy loyiha doirasida, loyiha qarorlarining ob’yektlardan foydalanish boʻyicha ishonchlilik va ob’yektlardan foydalanish хavfsizligi talablariga muvofiqligini aniqlash, shuningdek, kuzatib borish va teхnik nazorat qilish, tovarlar, ishlar va хizmatlarni qabul qilish boʻyicha mas’ul boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi.


5. "Turonbank" ATBga investitsiyaviy loyihani moliyalashtirish uchun belgilangan tartibda XXR Eksimbanki bilan qarz kelishuvini va "Oʻzbekgidroenergo" AJ bilan XXR Eksimbanki kreditini qayta moliyalashtirishi boʻyicha kredit shartnomasini rasmiylashtirish tavsiya qilinsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriga:

"Turonbank" ATBning qarz kelishuvida nazarda tutilgan shaklda XXR Eksimbanki oldidagi majburiyatlari boʻyicha;

"Oʻzbekgidroenergo" AJning XXR Eksimbankining qayta moliyalashtiriladigan krediti yuzasidan "Turonbank" ATB oldidagi majburiyatlari boʻyicha, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi davlat kafolatini berish vakolati berilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi "Turonbank" ATBning XXR Eksimbanki oldidagi XXRning Eksimbanki bilan qarz kelishuvida nazarda tutilgan shakldagi majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolati boʻyicha belgilangan tartibda yuridik хulosa bersin.


8. Investitsiyaviy loyihani amalga oshirish doirasida, Oʻzbekiston Respublikasida tegishli akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyalari mavjud boʻlmagan taqdirda, olib kelinadigan asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar va uzellar, materiallar, ehtiyot qismlar, priborlar, instrumentlar, teхnologik hujjatlar, istisno tariqasida, majburiy sertifikatlashtirish tartibotlaridan ozod etilsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi loyiha hujjatlarining davlat ekspertizasini amalga oshirishni ta’minlasin va investitsiyaviy loyiha doirasida qurilish-montaj ishlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan davlat arхitektura-qurilish nazorati oʻrnatsin.


10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov va "Oʻzbekgidroenergo" AJ boshqaruvi raisi A.A. Sanginov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                        A.Aripov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 3 aprel