Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirining 18.03.2019 y. 39-son "Soliq maslahatchilarining malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 03.04.2019 y. 2343-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

03.04.2019 y.

N 2343-3




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRINING

18.03.2019 y.

N 39


BUYRUI



Soliq maslahatchilarining malakasini

oshirish tartibi toʻrisidagi nizomning

2-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi PQ-4160-son "Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining "Biznes yuritish" yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaхshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012 yil 29 fevraldagi 23-son buyrui (roʻyхat raqami 2343. 2012 yil 17 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y.. 12-son, 135-modda) bilan tasdiqlangan Soliq maslahatchilarining malakasini oshirish tartibi toʻrisidagi nizomning 2-ilovasidan "M.Oʻ. (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                         D. Kuchkarov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 4 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 8 aprel, 14-son, 271-modda