Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Mudofaa vazirining 13.03.2019 y. 212-son "Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 08.04.2019 y. 2658-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

08.04.2019 y.

N 2658-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MUDOFAA VAZIRINING

13.03.2019 y.

N 212


BUYRUI



Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining

oliy harbiy ta’lim muassasalariga oʻqishga

qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizomga

oʻzgartirishlar kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 dekabrdagi PQ-4076-son "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2015 yil 2 fevraldagi 72-son buyrui (roʻyхat raqami 2658, 2015 yil 5 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015 y., 9-son, 106-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                      B. Kurbanov






Buyruqqa

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining

oliy harbiy ta’lim muassasalariga oʻqishga

qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizomga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 20-banddagi "Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 21 fevraldagi 95-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tinch va harbiy davrda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻrisidagi nizomga" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻrisidagi nizomga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 3147, 2019 yil 3 aprel)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. 11-bandning sakkizinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"oʻqish, ish yoki хizmatni oʻtash joyidan (agar oʻqiyotgan, ishlayotgan yoki хizmatni oʻtayotgan boʻlsa) tavsifnoma hamda ma’lumotnoma;".


3. 39-banddagi "Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 21 fevraldagi 95-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tinch va harbiy davrda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻrisidagi nizomga" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻrisidagi nizomga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 3147, 2019 yil 3 aprel)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 8 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 15 aprel, 15-son, 285-modda