Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirining 28.03.2019 y. 4-mh-son "Sport turlari boʻyicha yagona sport tasnifi toʻgʻrisidagi nizomning 42-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 08.04.2019 y. 2921-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

08.04.2019 y.

N 2921-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

JISMONIY TARBIYa VA

SPORT VAZIRINING

28.03.2019 y.

N 4-mh


BUYRUI



Sport turlari boʻyicha yagona sport tasnifi

toʻrisidagi nizomning 42-bandiga

oʻzgartirish kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017 yil 4 iyuldagi 3-mh-son qarori (roʻyхat raqami 2921, 2017 yil 28 avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017 y., 35-son, 935-modda) bilan tasdiqlangan Sport turlari boʻyicha yagona sport tasnifi toʻrisidagi nizomning 42-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"42. Sport unvonini berish toʻrisidagi taqdimnomalar zaruratga koʻra, lekin har chorakda kamida bir marta, sport razryadlarini berish toʻrisidagi taqdimnomalar esa, har oyda malaka komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi. Malaka komissiyasi majlislari uning raisi tomonidan chaqiriladi.".


2. Mazkur buyruq Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Markaziy Kengashi bilan kelishilgan.


3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                   D. Nabiyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 8 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 15 aprel, 15-son, 296-modda