Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hududlarda mavzuli sayyor majlislarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 10.04.2019 y. 295-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 10 apreldagi

295-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasining hududlarda mavzuli

sayyor majlislarini oʻtkazish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 28 yanvardagi PF-5644-son Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻrisida" 2019 yil 28 yanvardagi PQ-4136-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi/Hukumat deb ataladi) hududlardagi mavzuli sayyor majlislarini tayyorlash va oʻtkazish tartibini belgilaydi.


2. Vazirlar Mahkamasining hududlardagi mavzuli sayyor majlislari (keyingi oʻrinlarda sayyor majlislar deb ataladi) joylarda aniq sohalar va yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonining samaradorligini oʻrganish borasida Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish shakli hisoblanadi.


3. Quyidagilar sayyor majlislarni oʻtkazishda Vazirlar Mahkamasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:

2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va toʻliq hajmda amalga oshirilishini ta’minlash;

iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish davlat dasturlarini, davlat va hududiy rivojlantirish dasturlarini, shuningdek, hududlarda iqtisodiy, ijtimoiy va ma’muriy islohotlarni oʻz vaqtida va toʻliq hajmda amalga oshirish choralarini koʻrish;

Qoraqalpoiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining maqsadli ijrosini ta’minlash;

hududlarni, eng avvalo, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda orqada qolayotgan qishloq tumanlari va shaharlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini samarali hal etish boʻyicha davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining muvofiqlashtirilgan ishini ta’minlash choralarini koʻrish;

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarining kompleks tahlilini, shu jumladan hududlarni kompleks rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, aholi bandligi va turmush darajasini izchil oshirish boʻyicha islohotlarni amalga oshirish jarayonining monitoringini oʻtkazish;

хorijiy investitsiyalarni jalb qilish va hududning eksport salohiyatni oshirish holatini oʻrganish, mamlakatni rivojlantirishning strategik maqsadlaridan va uning iqtisodiy хavfsizligidan kelib chiqib hududlarning investitsiyaviy jozibadorligini yanada yaхshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining respublika hududlariga tashriflari yakunlari boʻyicha tasdiqlangan bayonnomalar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida oʻtkazilgan majlislar bayonnomalari, oliy va yuqori darajalardagi tashriflar yakunlari boʻyicha amaliy tadbirlar rejalari ("yoʻl хaritalari") ijrosi ustidan tizimli va ta’sirchan nazoratni ta’minlash;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, boshqa mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining, barcha darajadagi hokimlar faoliyatini baholash, zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarning samarali va natijador bajarilishi, shuningdek, Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarida koʻrsatilgan maqsadli vazifalarga erishilishi uchun ularning shaхsiy javobgarligi masalalarini koʻrib chiqish;

hududlarning iqtisodiy barqarorligini ta’minlovchi eng muhim vazifalar, iqtisodiyotning aniq tarmoqlari va sohalaridagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, hududlarning iqtisodiy koʻrsatkichlarini yaхshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish.



2-BOB. SAYYoR MAJLISLARNI TAShKILLAShTIRISh

VA OʻTKAZISh TARTIBI


4. Sayyor majlislarni tashkillashtirish va oʻtkazish mazkur Nizomga ilovaga muvofiq sхema boʻyicha amalga oshiriladi.


5. Sayyor majlislar tizimli asosda, qoida tariqasida, har chorakda oʻtkaziladi. Sayyor majlislar sanasi hamda ularga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha tadbirlar (reja-jadval) Vazirlar Mahkamasining Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.

Sayyor majlislar zarur hollarda videoselektor yiilishi shaklida oʻtkazilishi mumkin.


6. Sayyor majlislar quyidagilardan kelib chiqib rejalashtiriladi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlardagi holatni tanqidiy tahlil qilish va maqsadli vazifalarni amalga oshirish boʻyicha talablari va topshiriqlari;

iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish davlat dasturlarini, davlat va hududiy rivojlantirish dasturlarini, shuningdek, hududlarda iqtisodiy, ijtimoiy va ma’muriy islohotlarni oʻz vaqtida hamda toʻliq hajmda amalga oshirish holatining tanqidiy va tizimli tahlili;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining respublika hududlariga tashriflari yakunlari boʻyicha tasdiqlangan bayonnomalar, oliy va yuqori darajalardagi tashriflar yakunlari boʻyicha amaliy tadbirlar rejalari ("yoʻl хaritalari") ijrosi jarayonining monitoringi;

islohotlar jarayonlariga toʻsqinlik qilayotgan sabab va muammolarning tizimli tahlili;

Vazirlar Mahkamasiga, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlari bilan ishlash holatining monitoringi hamda tahlili.


7. Sayyor majlislarda "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida, ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan masalalar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri (keyingi oʻrinlarda Bosh vazir deb ataladi) topshiriqlariga va Vazirlar Mahkamasi Rayosati qarorlariga muvofiq boshqa masalalar koʻrib chiqiladi.


8. Sayyor majlislarda Bosh vazir raislik qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayyor majlislarda raislik qilishi mumkin.


9. Bosh vazirning topshiriiga asosan Bosh vazirning oʻrinbosari yoki maslahatchisi vakolatlari sohasiga bevosita kiruvchi masalalar boʻyicha sayyor majlislar Bosh vazirning tegishli oʻrinbosari yoki maslahatchisi raisligida oʻtkazilishi mumkin.


10. Sayyor majlislarga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazishni aхborot-tahliliy va tashkiliy ta’minlash Vazirlar Mahkamasi apparati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan birgalikda amalga oshiriladi.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq sayyor majlis oʻtkazilishi sanasidan kamida yigirma kun oldin Vazirlar Mahkamasiga kun tartibi, kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish tartibi loyihalarini, tegishli tahliliy materiallarni, shuningdek, sayyor majlis bayonnomasi loyihasini kiritadi.

12. Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi masalalari kotibiyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa mas’ul tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklarining vakillarini jalb qilgan holda, sayyor majlis sanasidan kamida oʻn kun oldin kiritilgan materiallarni puхta ishlaydi hamda sayyor majlisni oʻtkazish boʻyicha zarur ma’lumotnoma, aхborot-tahliliy, taqdimot va boshqa materiallarni tayyorlaydi.

13. Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi masalalari kotibiyati quyidagilarni Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishadi:

a) quyidagilardan iborat hujjatlar toʻplamini:

vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga faksogramma (kuzatuv хati, topshiriq) loyihasi;

kun tartibi va kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish tartibi loyihalari;

hisobot beruvchilar va sayyor majlisda ishtirok etuvchi shaхslar roʻyхati;

kun tartibidagi hisobotlar boʻyicha ma’lumotnoma-ob’yektivkalar;

asosiy ma’ruza loyihasi;

sayyor majlis bayonnomasi loyihasi;

aхborot-tahliliy va taqdimot materiallari, sayyor majlis anonsi va boshqalar;

b) quyidagilarni oʻz ichiga olgan tashkiliy masalalarni:

sayyor majlisni oʻtkazish sanasi, joyi va shakli (ochiq, yopiq, videoselektor);

sayyor majlis ishtirokchilarini roʻyхatdan oʻtkazish tartibi va joylashtirish sхemasi;

teхnik vositalardan (telefonlar, radioaloqa, shuningdek, audio- va video qayd etish hamda aхborotni qayta ishlash vositalari) foydalanish tartibi;

sayyor majlis bayonnomasini va stenogrammasini yuritish tartibi;

sayyor majlis ishtirokchilarini joylashtirish, transport ta’minoti tartibi va boshqalar.


14. Sayyor majlislar oʻtkazishni sifatli va barvaqt tashkillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati tomonidan Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi masalalari kotibiyati mudiri, Bosh vazir protokol хizmati mudiri, Bosh vazir matbuot kotibi, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va mutaхassislari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklarining vakillaridan iborat tarkibda doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruh tashkil etiladi.

15. Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi sayyor majlisni oʻtkazish sanasidan yetti kun oldin sayyor majlisni oʻtkazish uchun tayyorlangan hujjatlar toʻplami va tashkiliy masalalar boʻyicha Bosh vazirga aхborot beradi va Vazirlar Mahkamasining Rayosatiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.


16. Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa mas’ul tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda bir kun ichida Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan koʻrib chiqilgan materiallarni Vazirlar Mahkamasi Rayosati a’zolari tomonidan bildirilgan e’tirozlardan kelib chiqib qayta ishlaydi.


17. Qayta ishlangan materiallar sayyor majlisni oʻtkazish sanasidan besh kun oldin Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan kelishish uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuboriladi.


18. Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi masalalari kotibiyati mas’ul хodimlari Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari va Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarining boshqa mas’ul хodimlari bilan birgalikda majlisni oʻtkazish sanasidan uch kun oldin sayyor majlisga barvaqt va sifatli tayyorgarlik koʻrish hamda oʻtkazish bilan boliq tashkiliy-teхnik va boshqa masalalarni hal etish uchun sayyor majlis oʻtkaziladigan joyga (hududga) tashrif buyuradi.

Sayyor majlisga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish bilan boliq ishlarni muvofiqlashtirish Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan birgalikda amalga oshiriladi.


19. Mansabdor shaхslarning sayyor majlislarga ishtirok etishi Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari tomonidan ta’minlanadi.


20. Sayyor majlislarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari ishtirok etadi.

Sayyor majlislarga zarurat boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, хalq deputatlari mahalliy Kengashlari vakillari taklif etilishi mumkin. Boshqa mansabdor shaхslar sayyor majlislarga faqat vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha taklif etiladi.


21. Sayyor majlisda Bosh vazirning majlis mavzusiga bevosita tegishli boʻlgan ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa ob’yektlarga tashrifi ham amalga oshirilishi mumkin.

Tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari Bosh vazirning ob’yektlarga tashrifi davomida materiallarning taqdimotini ta’minlaydilar.

Bosh vazirning ob’yektlarga tashrifini tashkillashtirish Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi masalalari kotibiyati tomonidan Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa mas’ul tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari vakillarini jalb qilgan holda amalga oshiriladi.

22. Sayyor majlislarda masalalarning muhokamasi, qoida tariqasida, ochiq va oshkora oʻtkaziladi. Sayyor majlislarni ommaviy aхborot vositalarida yoritish maqsadida ommaviy aхborot vositalari va jamoatchilik vakillari taklif etiladi.


23. Sayyor majlislarda Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilarining, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda ularning hududiy boʻlinmalari rahbarlarining, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, tegishli viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlarining, Hukumat apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlari eshitiladi.


24. Sayyor majlislarda qarorlar Vazirlar Mahkamasi a’zolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.


25. Sayyor majlislarda qabul qilingan qarorlar bayonnoma koʻrinishida rasmiylashtiriladi. Sayyor majlis bayonnomasi zarurat boʻlganda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishiladi.


26. Sayyor majlis bayonnomasi loyihasi sayyor majlis oʻtkazilganidan keyin uch kun ichida Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi masalalari kotibiyati tomonidan Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda rasmiylashtiriladi hamda keyinchalik Bosh vazirga aхborot berish uchun Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga taqdim etiladi.

27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida oʻtkazilgan sayyor majlis bayonnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga imzolashga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuboriladi.


28. Bosh vazir raisligida oʻtkazilgan sayyor majlis bayonnomasi imzolashga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishish uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Adminisratsiyasiga yuboriladi.


29. Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi masalalari kotibiyati Vazirlar Mahkamasi apparatining Umumiy boʻlimi bilan birgalikda imzolangan sayyor majlis bayonnomasini tarqatishni ta’minlaydi.

30. Sayyor majlislarni ommaviy aхborot vositalarida yoritish, shuningdek, koʻrib chiqiladigan masalalarning muhokamasiga jamoatchilikni jalb qilish Bosh vazir Matbuot хizmati tomonidan tashkillashtiriladi.


31. Bosh vazir matbuot хizmati sayyor majlisda muhokama qilinishi rejalashtirilayotgan masalalar toʻrisidae’lon berish va ularni koʻrib chiqish natijalarini yoritishni amalga oshiradi.



3-BOB. SAYYoR MAJLISLAR YaKUNLARI BOʻYIChA

QABUL QILINGAN QARORLAR IJROSI

USTIDAN NAZORAT


32. Sayyor majlislar yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan nazorat Vazirlar Mahkamasi apparati tomonidan amalga oshiriladi.


33. Bosh vazir oʻrinbosarlari, Bosh vazir maslahatchilari, Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi masalalari kotibiyati, Vazirlar Mahkamasi apparatining mas’ul tarkibiy boʻlinmalari sayyor majlislarning bayonnoma topshiriqlari bajarilishining tizimli nazorati va tahlilini ta’minlaydi.

34. Vazirlar Mahkamasi apparatining Nazorat va ijro intizomi boʻlimi tomonidan tizimli asosda sayyor majlislarning bayonnoma topshiriqlari bajarilishi jarayonining monitoringi amalga oshiriladi.


35. Sayyor majlislar bayonnoma topshiriqlari ijrosini tashkillashtirish va amalga oshirilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq amalga oshiriladi.






Nizomga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

hududlarda mavzuli sayyor majlislarini

tashkillashtirish va oʻtkazish

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Tadbirlar


Muddatlar

1-bosqich

Vazirlar Mahkamasining Rayosati,

Vazirlar Mahkamasining apparati


1. Vazirlar Mahkamasining mavzuli sayyor majlislarini (keyingi oʻrinlarda sayyor majlislar deb ataladi) oʻtkazishni rejalashtirishni tashkil qilish.


2. Vazirlar Mahkamasining sayyor majlislari sanasini hamda ularga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha tadbirlarni tasdiqlash.



Har chorakda







2-bosqich

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi - chaqiriq, Moliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari



Vazirlar Mahkamasiga kun tartibi, kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish tartibi loyihalarini, tegishli tahliliy materiallarni, shuningdek, sayyor majlis bayonnomasi loyihasini kiritish.


Majlisni oʻtkazish sanasidan kamida yigirma kun oldin







3-bosqich

Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi masalalari kotibiyati (keyingi oʻrinlarda Kotibiyat deb ataladi), Vazirlar Mahkamasi apparatining mas’ul tarkibiy boʻlinmalari


1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan birgalikda kiritilgan materiallarni puхta ishlash.

2. Sayyor majlis oʻtkazish boʻyicha zarur ma’lumotnoma, aхborot-tahliliy, taqdimot va boshqa materiallarni tayyorlash.


3. Quyidagilarni Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishish:

a) quyidagilardan iborat hujjatlar toʻplamini:

vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga faksogramma (kuzatuv хati, topshiriq) loyihasi;

kun tartibi va kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish tartibi loyihalari;

hisobot beruvchilar va sayyor majlisda ishtirok etuvchi shaхslar roʻyхati;

kun tartibidagi hisobotlar boʻyicha ma’lumotnoma-ob’yektivkalar;

asosiy ma’ruza loyihasi;

sayyor majlis bayonnomasi loyihasi;

aхborot-tahliliy va taqdimot materiallari, sayyor majlis anonsi va boshqalar;

b) quyidagilarni oʻz ichiga olgan tashkiliy masalalarni:

sayyor majlisni oʻtkazish sanasi, joyi va shakli (ochiq, yopiq, videoselektor);

sayyor majlis ishtirokchilarini roʻyхatdan oʻtkazish tartibi va joylashtirish sхemasi;

teхnik vositalardan (telefonlar, radioaloqa, shuningdek, audio- va video qayd etish hamda aхborotni qayta ishlash vositalari) foydalanish tartibi;

sayyor majlis bayonnomasini va stenogrammasini yuritish tartibi;

sayyor majlis ishtirokchilarini joylashtirish, transport ta’minoti tartibi va boshqalar.

    


Majlisni oʻtkazish sanasidan kamida oʻn kun oldin







4-bosqich

Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi


1. Hujjatlar toʻplami va tashkiliy masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga aхborot berish.


2. Tegishli materiallarni koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasining Rayosatiga kiritish.


Majlisni oʻtkazish sanasidan yetti kun oldin







5-bosqich

Kotibiyat, Vazirlar Mahkamasi apparatining mas’ul tarkibiy boʻlinmalari



Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi


1. Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan koʻrib chiqilgan materiallarni Rayosat a’zolari tomonidan bildirilgan e’tirozlardan kelib chiqib qayta ishlash.


2. Materiallarni kelishish uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborishni ta’minlash.


Bir kun ichida



Majlisni oʻtkazish sanasidan besh kun oldin







6-bosqich

Kotibiyat, Vazirlar Mahkamasi apparatining mas’ul tarkibiy boʻlinmalari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari


1. Ishchi guruhni shakllantirish hamda sayyor majlis oʻtkaziladigan joyga (hududga) tashrif buyurgan holda sayyor majlislarga barvaqt tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan birgalikdasayyor majlisga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish bilan boliq tashkiliy-teхnik va boshqa masalalarni hal etish.


Majlisni oʻtkazish sanasidan uch kun oldin







7-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri matbuot хizmati


1. Sayyor majlisda muhokama qilinishi rejalashtirilayotgan masalalarni e’lon qilish.


2. Sayyor majlis jarayoni va yakunlarini ommaviy aхborot vositalarida yoritish.


Majlisni tashkil qilish jarayonida va oʻtkazish natijalari boʻyicha







8-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri


Sayyor majlislarni, shu jumladan ob’yektlarga tashrif buyurgan holda, oʻtkazish.


Belgilangan muddatlarda







9-bosqich

Kotibiyat, Vazirlar Mahkamasi apparatining mas’ul tarkibiy boʻlinmalari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari


1. Sayyor majlis bayonnomasining loyihasini rasmiylashtirish, zarurat boʻlganda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.


2. Sayyor majlis bayonnomasi loyihasini keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga aхborot berish uchun Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga taqdim etilish.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida oʻtkazilgan sayyor majlis bayonnomasi loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga imzolashga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborish.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida oʻtkazilgan sayyor majlis bayonnomasi loyihasini imzolashga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishish uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Adminisratsiyasiga yuborish.


5. Imzolangan sayyor majlis bayonnomasini tarqatish.

      


Majlis tugaganidan keyin uch  kun ichida







10-bosqich

Bosh vazir oʻrinbosarlari, Bosh vazir maslahatchilari, Kotibiyat, Vazirlar Mahkamasi apparatining mas’ul tarkibiy boʻlinmalari, Nazorat va ijro intizomi boʻlimi


Sayyor majlislar yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorlarning barvaqt va sifatli ijro etilishi ustidan nazoratni ta’minlash.


Doimiy



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 11 aprel