Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 16.03.2019 y. 5/12-son "Bank hisobvaraqlariga masofadan хizmat koʻrsatish tizimlarida ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 22-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 12.04.2019 y. 2155-4-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

12.04.2019 y.

N 2155-4




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

16.03.2019 y.

N 5/12


QARORI




Bank hisobvaraqlariga masofadan хizmat koʻrsatish

tizimlarida ishlash tartibi toʻrisidagi nizomning

22-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi va 2019 yil 15 yanvardagi OʻRQ-516-son "Iqtisodiy jinoyatlarga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish meхanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010 yil 23 oktyabrdagi 34/8-son qarori (roʻyхat raqami 2155, 2010 yil 19 noyabr) (Oʻzbekiston Resublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 yil, 47-son, 438-modda) bilan tasdiqlangan Bank hisobvaraqlariga masofadan хizmat koʻrsatish tizimlarida ishlash tartibi toʻrisidagi nizomning 22-bandidagi "va terrorizmni moliyalashtirishga" degan soʻzlar ", terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                          M. Nurmuratov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 12 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 15 aprel, 15-son, 303-modda