Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 44-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2019-22-son "Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va byudjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi 25.03.2019 y. Qarori (AV tomonidan 15.04.2019 y. 1909-5-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

15.04.2019 y.

N 1909-5

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

25.03.2019 y.

N 44


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

25.03.2019 y.

N 2019-22

QARORI



Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soliini hisoblab

chiqarish va byudjetga toʻlash tartibi toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-son "Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet moʻljallari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009 yil 10 fevraldagi 21, 2009-10-son qarori (roʻyхat raqami 1909, 2009 yil 24 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 9-son, 98-modda) bilan tasdiqlangan Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soliini hisoblab chiqarish va byudjetga toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Moliya vaziri

D. Kuchkarov

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

B. Musayev

     





Qarorga

ILOVA



Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soliini hisoblab

chiqarish va byudjetga toʻlash tartibi toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 2-bandning oltinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"sof qoʻshimcha foyda - qoʻshimcha foyda qismiga toʻri keladigan, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq chegirib tashlangan, hisobot davridagi qoʻshimcha foyda summasidir.".


2. 15-banddagi "Iqtisodiyot vazirligi" degan soʻzlar "Iqtisodiyot va sanoat vazirligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. Ilovaning 060-satri quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

Qoʻshimcha foydaga toʻri keladigan qismi boʻyicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq ___% stavkada (050-satr х __%)


060

AQSh

doll.




".

     


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 15 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 22 aprel, 16-son, 312-modda