Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirining 11.03.2019 y. 35-son "Davlat хaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 15.04.2019 y. 3013-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

15.04.2019 y.

N 3013-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRINING

11.03.2019 y.

N 35


BUYRUI



Davlat хaridlari sohasidagi shikoyatlarni

koʻrib chiqish tartibi toʻrisidagi nizomga

oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi PF-5624-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 2018 yil 1 maydagi 180-son buyrui (roʻyхat raqami 3013, 2018 yil 14 may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018 y., 20-son, 427-modda) bilan tasdiqlangan Davlat хaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                             D. Kuchkarov






Buyruqqa

ILOVA



Davlat хaridlari sohasidagi shikoyatlarni

koʻrib chiqish tartibi toʻrisidagi nizomga

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 1-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. 14-bandda:

quyidagi mazmundagi yettinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Komissiyaning qarori asosida ijrochilarni Insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritadi;";

yettinchi хatboshi sakkizinchi хatboshi deb hisoblansin.


3. 16-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Anonim murojaatlar Komissiya tomonidan koʻrib chiqilmaydi.".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 16 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 22 aprel, 16-son, 318-modda