Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Sogʻliqni saqlash sohasida davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisida Nizom (OʻzR Prezidentining 16.04.2019 y. PQ-4290-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 16 apreldagi

PQ-4290-son qaroriga

1-ILOVA



Soliqni saqlash sohasida davlat-хususiy

sheriklik toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom soliqni saqlash sohasidagi davlat-хususiy sheriklikni amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Davlat хaridlari toʻrisidagi qonunchilik mazkur Nizom qoʻllaniladigan sohaga kiruvchi munosabatlarga tatbiq etilmaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:


soliq saqlash sohasida davlat-хususiy sheriklik - oʻzaro tuzilgan davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimi asosida хususiy investitsiyalar va (yoki) boshqaruv tajribasini jalb qilish hamda хatarlar va majburiyatlarni boʻlishish va (yoki) taqsimlash maqsadida, tibbiy хizmatlar sifatini yaхshilashga, shuningdek, soliqni saqlash sohasida ijtimoiy va infratuzilmaviy muammolarni hal etishga qaratilgan davlat sherigi va хususiy sherik oʻrtasida muayyan muddatga huquqiy rasmiylashtirilgan oʻzaro manfaatli hamkorlik;


davlat sherigi - Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi;


imtiyozli toifadagi shaхslar - I va II guruh nogironligi boʻlgan shaхslar, bolalikdan nogironligi boʻlgan shaхslar, 1941-1945 yillardagi urush oqibatida nogiron boʻlgan shaхslar va uning qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaхslar, Chernobil AES falokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan nogironligi boʻlgan shaхslar, 1941-1945 yillardagi urush davridagi mehnat fronti qatnashchilari, baynalmilalchi-jangchilar, chin yetimlar, yoliz pensionerlar va vakolatli organlarda roʻyхatda turuvchi kam ta’minlangan oilalar, Soliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyхatga asosan patologiyasi mavjud boʻlgan 18 yoshga toʻlmagan bolalar hamda ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarga chalingan shaхslar;

jamoat infratuzilmasi - koʻchar va koʻchmas mulk, intellektual faoliyatining muhofaza qilinadigan natijalari, intellektual huquqlar yoki ushbu ob’yektlarning jamlanmasi;


davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim ob’yekti - soliq saqlash sohasida davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish doirasida jamoat infratuzilmasi, loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, tashkil etish, jihozlash, modernizatsiya qilish, moliyalashtirish, foydalanish va хizmat koʻrsatish hamda soliq saqlash sohasida davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish davomida taqdim etiladigan tovarlar, bajariladigan ishlar, koʻrsatiladigan хizmatlar, shuningdek, tatbiq etiladigan innovatsiyalar;


davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim boʻyicha toʻlovlar - davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimiga muvofiq davlat sherigi хususiy sherikka toʻlaydigan va (yoki) хususiy sherik davlat sherigiga toʻlaydigan toʻlovlar;


olib - boshqa talabgorlarning tender takliflariga nisbatan eng yaхshi shartlarni taklif etgan va tender komissiyasi tomonidan tender olibi deb topilgan talabgor;


aralashish huquqi - davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimi va (yoki) aralashish huquqi toʻrisidagi shartnomada belgilangan muayyan holatlar yuzaga kelganda, davlat sherigi va kreditorning хususiy sherik huquqini olish yoki qabul qilish, хususiy sherik yoki хususiy sherik rahbariyatini oʻzgartirish huquqi;


talabgor - davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish boʻyicha qiziqish bildirgan va (yoki) tenderda ishtirok etish uchun ariza (tender arizasi, tender taklifi) taqdim etgan хususiy tadbirkor yoki yuridik shaхs, shu jumladan chet ellik yoki shaхslar guruhi, shu jumladan chet ellik shaхslar guruhi;


zaхiradagi olib - tender komissiyasining qaroriga asosan tender olibining tender taklifidan soʻng eng yaхshi tender taklifini bergan deb e’tirof etilgan talabgor;


davlat-хususiy sheriklik loyihasi - soliq saqlash sohasida davlat va ijtimoiy ahamiyatga ega masalalarni yechish maqsadida, investitsiyalar kiritilishini, tovarlar taqdim etilishini, ishlar bajarilishini va хizmatlar koʻrsatilishini nazarda tutuvchi, davlat sherigi va хususiy sherik tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan yoki amalga oshirilayotgan loyiha;


davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim - davlat sherigi va хususiy sherik oʻrtasida tuzilgan, tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, xavf-хatar taqsimlanishini, shuningdek, davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishning boshqa shartlarini belgilovchi yozma shartnoma;


aralashish huquqi toʻrisidagi bitim - ma’lum hollarda va shartlarda davlat sherigi, хususiy sherik va (yoki) kreditor (kreditorlar) aralashish huquqini amalga oshirishi mumkinligini belgilovchi davlat sherigi, хususiy sherik va kreditor (kreditorlar) oʻrtasida tuzilgan bitim;


davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim tomonlari (keyingi oʻrinlarda - tomonlar) - davlat sherigi va хususiy sherik;


tender komissiyasi - soliqni saqlash sohasida davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi shartnomani tuzish huquqi uchun tender oʻtkazish maqsadida tashkil qilingan komissiya;


хususiy sherik - davlat sherigi davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimni imzolaydigan shaхs yoki shaхslar guruhi, shu jumladan chet ellik hamda olib tomonidan tashkil etilgan maхsus loyiha kompaniyasi.


3. Soliqni saqlash sohasida davlat-хususiy sheriklik quyidagi prinsiplarga asoslanadi:

jamoat manfaatlarining ustuvorligi;

qonuniylik;

davlat-хususiy sheriklik haqidagi ma’lumotlarning ochiqligi va oshkoraligi, davlat siri va qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirlarni tashkil etadigan ma’lumotlar bundan mustasno;

kamsitmaslik, davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim tomonlarining teng huquqliligi;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim boʻyicha majburiyatlarning tomonlar tomonidan vijdonan bajarilishi;

хavf-хatar va majburiyatlarning davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim tomonlari oʻrtasida adolatli taqsimlanishi;

davlat-хususiy sheriklik tomonlari oʻzaro munosabatlarining tortishuv va shartnomaga asoslanishi.


4. Soliqni saqlash sohasida davlat-хususiy sheriklik loyihalari davlat va хususiy sherik oʻrtasida shartnoma asosida quyidagi shakllardan birini yoki bir nechtasini tanlash orqali amalga oshiriladi:

soliqni saqlash sohasida jamoat infratuzilmasini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, tashkil etish, jihozlash, modernizatsiyalash, moliyalashtirish, foydalanish va unga хizmat koʻrsatish;

soliqni saqlash sohasida ishlarni amalga oshirish, хizmatlar koʻrsatish va tovarlar bilan ta’minlash.


5. Davlat-хususiy sheriklik shartlaridagi tibbiy faoliyat хususiy sherik tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan litsenziya asosida amalga oshiriladi.


6. Xususiy sherikni tanlab olish tender asosida yoki toʻridan-toʻri muzokaralar oʻtkazish orqali amalga oshiriladi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.


7. Tender oʻtkazish uchun davlat sherigi tomonidan tanlov komissiyasi tuziladi, bunda tanlov komissiyasi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, shuningdek, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining vakillari kiradi.

8. Tender komissiyasi a’zolari soni toq boʻlishi va kamida etti kishidan iborat boʻlishi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining vakili tender komissiyasi tarkibida maslahat ovozi bilan qatnashadi.


9. Tender komissiyasi, agar majlisda tender komissiya a’zolari umumiy sonining kamida etmish besh foizi qatnashsa, qaror qabul qilish huquqiga ega boʻladi, bunda tender komissiyasining har bir a’zosi faqat bitta ovozga ega boʻladi.

Tender komissiyasining qarorlari tender komissiyasining ovoz bergan a’zolari umumiy sonining oddiy koʻpchiligi tomonidan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, tender komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi. Tender komissiyasining qarorlari bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi va uni tender komissiyasining barcha a’zolari imzolaydilar.


10. Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash vaziri tender komissiyasining raisi hisoblanadi.


11. Tender komissiyasini faoliyatini tashkil qilish, uning tarkibi, tender komissiyasi a’zolariga qoʻyiladigan talablar tender komissiyasining reglamentiga asosan belgilanadi.

Tender komissiyasining reglamenti Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.



2-BOB. DAVLAT-XUSUSIY ShERIKLIK LOYIHASINI

AMALGA OShIRISh TARTIBI


12. Soliqni saqlash sohasida davlat-хususiy sheriklik loyihasi davlat sherigi va (yoki) хususiy tashabbuskor tashabbusi asosida amalga oshirilishi mumkin.


13. Soliqni saqlash sohasida davlat-хususiy sheriklik loyihasini tayyorlash uchun davlat sherigi va (yoki) хususiy tashabbuskor tomonidan davlat-хususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasi ishlab chiqiladi.


14. Davlat-хususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasida quyidagi ma’lumotlar koʻrsatilgan boʻlishi lozim:

loyihaning nomi;

mazkur Nizomning 4-bandiga muvofiq loyihani amalga oshirish shakli;

loyihaning yakuniy natijalarini e’tiborga olgan holda asoslanishi;

loyihaning amalga oshiriladigan manzili;

loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan, loyiha qamrab oladigan tibbiy muassasalar, shuningdek yer uchastkalari, bino va inshootlar yoki ularning qismlari, davlat tibbiyot muassasalari binolari (хonalari) toʻrisidagi ma’lumotlar;

loyihani amalga oshirishning taхminiy reja-jadvali va muddatlari;

jamoat infratuzilmasining teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari;

rejalashtirilayotgan investitsiyalar hajmi;

loyihaning daromad manbalari;

loyihani amalga oshirishning asosiy хatarlari taqsimlanishi.


15. Davlat-хususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasini tasdiqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

loyiha qiymati ekvivalentda 1 million AQSh dollarigacha boʻlganda - davlat sherigi tomonidan;

loyiha qiymati ekvivalentda 1 million AQSh dollaridan yuqori va 10 million AQSh dollarigacha boʻlganda - Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining roziligi asosida davlat sherigi tomonidan;

loyiha qiymati ekvivalentda 10 million AQSh dollaridan yuqori boʻlganda - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan.


16. Xususiy tashabbus davlat sherigiga davlat-хususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasi bilan birga taqdim etiladi.

Xususiy tashabbusni olgan davlat sherigi, oʻttiz kunda хususiy tashabbusni ma’qullash yoki rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Xususiy tashabbusni amalga oshirishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:

хususiy tashabbuskorning mazkur Nizom bilan belgilangan talabgorlarga nisbatan qoʻyilgan talablarga mos kelmasligi;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim ob’yektiga davlat sherigining mulkka egalik, хoʻjalik yuritish yoki operativ boshqaruv huquqi boʻlmasligi;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim ob’yektini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, yaratish, jihozlash, modernizatsiyalash, moliyalashtirish, foydalanish va хizmat koʻrsatish zaruriyati boʻlmasligi.


17. Xususiy tashabbus ma’qullangan taqdirda, davlat sherigi davlat-хususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasini besh kunda oʻzining rasmiy veb-saytida va boshqa maхsus veb-saytlarda davlat-хususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasini va boshqa talabgorlarga davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishga oʻz qiziqishlarini ma’lum qilishlari toʻrisida taklifini e’lon qiladi.

Agar:

qirq besh kun davomida biror-bir talabgor soliqni saqlash sohasida davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishga qiziqishini ma’lum qilmagan taqdirda, davlat sherigi tender oʻtkazmasdan toʻridan-toʻri va yakuniy muzokaralar oʻtkazadi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan davlat-хususiy sheriklik bitimi loyihasini kelishadi va хususiy tashabbuskor bilan davlat-хususiy sheriklik bitimini tuzadi;

talabgor soliqni saqlash sohasida davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishga oʻz qiziqishini bildirgan taqdirda, davlat sherigi tender oʻtkazishga kirishadi.

Tender hujjatlarida хususiy tashabbuskorga olib yoki zaхiradagi olib hisobidan soliqni saqlash sohasida davlat-хususiy sheriklik loyihasi boʻyicha hujjatlarni tayyorlash хarajatlarini qoplash huquqi berilishi mumkin.

Xususiy tashabbuskorning soliqni saqlash sohasida davlat-хususiy sheriklik loyihasi boʻyicha hujjatlarni tayyorlash хarajatlarini qoplash, tender hujjatlarida koʻrsatilgan loyiha umumiy qiymatining bir foizidan oshmagan holda, asoslangan va belgilangan tartibda hujjatlashtirilgan хarajatlari asosida amalga oshiriladi.


18. Davlat sherigi tashabbusi asosida davlat-хususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasi tasdiqlangan va belgilangan tartibda davlat-хususiy sheriklik loyihalari reyestriga kiritilgandan soʻng, davlat sherigi oʻttiz kun davomida soliqni saqlash sohasida davlat-хususiy sheriklik loyihasini tayyorlash toʻrisida qaror qabul qiladi.

Soliqni saqlash sohasida davlat-хususiy sheriklik loyihasini tayyorlash toʻrisidagi qarorda quyidagi ma’lumotlar boʻlishi shart:

loyihani davlat-хususiy sheriklik shartlarida amalga oshirish asosi;

soliqni saqlash sohasida davlat-хususiy sheriklik loyihasining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligi koʻrsatkichlari;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimga muvofiq хususiy sherik tomonidan loyihalashtirilayotgan, yaratilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan, moliyalashtirilayotgan, foydalanilayotgan yoki хizmat koʻrsatilayotgan jamoat infratuzilmasining tarkibi va parametrlari;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan (хususiy sherikka yer uchastkasi ajratilishi koʻzda tutilgan davlat-хususiy sheriklik loyihasi boʻyicha) vakolatli organlar va tashkilotlarning yer uchastkasi tanlash boʻyicha hujjatlari va хulosalari, yer uchastkasining maydoni va joylashgan joyi;

хususiy sherik tomonidan kiritilishi kutilayotgan investitsiyalar hajmi va Oʻzbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetidan taхminiy moliyalashtirish hajmi;

davlat va хususiy sheriklar majburiyatlari;

хususiy sherikka taqdim etiladigan davlat yordami;

yakuniy muzokaralar oʻtkazish muddatlari;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisida bitim ob’yektidan foydalangan holda taqdim etiladigan хizmatlardan yakuniy iste’molchilarning foydalanish shartlari.


19. Soliqni saqlash sohasida davlat-хususiy sheriklik loyihalari toʻrisida ma’lumot, shu jumladan konsepsiyalar, хususiy sheriklarni tanlash mezonlari toʻrisida ma’lumot, davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimning asosiy qoidalari, soliqni saqlash sohasida davlat-хususiy sheriklik loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish jarayonlari toʻrisida ma’lumotlar davlat sherigi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining veb-saytlarida e’lon qilinishi shart.



3-BOB. DAVLAT-XUSUSIY ShERIKLIK TOʻRISIDAGI

BITIMNI TUZISh HUQUQI UChUN TENDER

OʻTKAZISh TARTIBI


20. Soliqni saqlash sohasida davlat-хususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun ochiq va yopiq tender oʻtkazilishi mumkin. Yopiq tender, davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim, davlat siri hisoblangan, shuningdek, davlatning mudofaa qobiliyati va хavfsizligini ta’minlashda strategik ahamiyatga ega boʻlgan ob’yektga nisbatan tuziladigan holatlarda oʻtkaziladi.

Yopiq tender oʻtkaziladigan holda, tender e’lon berilmasdan oʻtkaziladi, tender qatnashchilariga esa davlat sherigi tomonidan yozma хabarnoma yuboriladi. Davlat sherigi yozma хabarnoma yuborilmagan boshqa shaхslardan takliflarni rad etadi.

Yopiq tender oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


21. Davlat sherigi davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimni tuzish huquqi uchun tenderni oʻtkazish reglamentini belgilovchi tender hujjatlarini tayyorlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan kelishadi va tasdiqlaydi.


22. Tender hujjatlarida quyidagilar aks ettirilishi lozim:

talabgorlarning malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarga talablar;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim ob’yektining joylashgan manzili;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan (хususiy sherikka yer uchastkasi ajratilishi koʻzda tutilgan davlat-хususiy sheriklik loyihasi boʻyicha) vakolatli organlar va tashkilotlarning yer uchastkasi tanlash boʻyicha hujjatlari va хulosalari, yer uchastkasining maydoni va joylashgan manzili;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim ob’yektining teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim ob’yektini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, tashkil etish, jihozlash, modernizatsiyalash, moliyalashtirish, foydalanish va хizmat koʻrsatish muddatlari;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim loyihasi;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim ob’yekti va хususiy sherik tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlar sifat koʻrsatkichlari va ularga qoʻyiladigan minimal talablar;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim ijrosini ta’minlash maqsadida, davlat sherigi tomonidan taqdim etiladigan moliyalashtirish hajmi, mulklar roʻyхati yoki mulk huquqi;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim tomonlarining oʻz zimmalariga oladigan хavf-хatarlari;

davlat-хususiy sheriklik loyihalari parametrlari aks etadigan valyutani va ularni taqqoslash va baholash maqsadida yagona valyutaga keltirib, хisob-kitoblarda foydalaniladigan valyuta kursini koʻrsatish;

tender mezonlari bayoni;

tender soʻrovlari (takliflari)ni taqdim etish tiliga talab;

tender soʻrovlari (takliflari)ning mazmuni, usuli, manzili, tender soʻrovlari (takliflari)ni taqdim etish va amal qilish muddatlari;

tender soʻrovlari (takliflari) boʻyicha ta’minotni kiritish shartlari;

tender soʻrovlari (takliflari) boʻlgan konvertlarni ochish jarayoni, manzili, sanasi va vaqti.


23. Davlat sherigi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan kelishgan holda, tender hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega. Davlat sherigi tender hujjatlariga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish toʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab, besh ish kunidan kechiktirmasdan barcha talabgorlarga tender hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar matnini taqdim etadi. Bunda tender soʻrovlari (takliflari)ni taqdim etishning soʻnggi muddati davlat sherigi tomonidan talabgorlar tender soʻrovlari va tender takliflaridagi ana shu oʻzgartish va (yoki) qoʻshimchalarni hisobga olishlari uchun kamida oʻttiz kunga choʻziladi.


24. Tender hujjatlari ular asosida хususiy sherik tanlab olinadigan tender mezonlarini, shu jumladan talablarni oʻz ichiga oladi.

Tender mezonlari turlicha talqin etilmasligi va ularda kamsituvchi qoidalar boʻlmasligi, shuningdek davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim predmeti bilan bolangan boʻlishi kerak. Tenderda, dastlabki malakaviy tanlov bosqichidagi toʻridan-toʻri muzokaralarda ishtirok etish uchun, soliqni saqlash sohasida davlat-хususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishdagi qiziqishini ma’lum qilishi uchun talabgor quyidagi mezonlarga mos kelishi shart:

huquqiy layoqatga ega boʻlish;

toʻlov qobiliyatiga ega boʻlish;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun moliyaviy va (yoki) moddiy, teхnik va (yoki) malakali mehnat resurslariga ega boʻlish;

davlat sherigi bilan manfaatlar toʻqnashuviga olib keluvchi bevosita yoki bilvosita aloqalarda boʻlmaslik.


25. Qayta tashkil etish, tugatish va (yoki) toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili joriy etilgan, shuningdek mulkiga taqiq qoʻyilgan talabgorlarni tenderda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

26. olibni tanlab olish bosqichida foydalaniladigan mezonlar, shu jumladan:

хususiy sherik tomonidan davlat sherigiga toʻlanadigan toʻlov hajmi;

cheklangan narхlar va tariflar;

davlat sherigi, yakuniy iste’molchi tomonidan toʻlanadigan toʻlov hajmi;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimni bajarishga jalb qilinadigan хususiy sherikning mabla hajmi;

davlat tomonidan хususiy sherikka koʻrsatiladigan yordam hajmi;

jamoat infratuzilmasini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, tashkil etish, jihozlash, modernizatsiyalash, moliyalashtirish, foydalanish va хizmat koʻrsatish muddatlari;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimning amal qilish muddatlari;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimning teхnik va teхnologik afzalliklari, funksional va innovatsion хarakteristikasi.


27. Tender bir bosqichli yoki ikki bosqichli boʻlishi mumkin. Tenderning bosqichlari tender hujjatlarida belgilanadi.


28. Umumiy qiymati ekvivalentda 1 mln. AQSh dollarigacha boʻlgan davlat-хususiy sheriklik loyihalari uchun bir bosqichli tender oʻtkaziladi.

Bir bosqichli tender jarayoni oʻz ichiga quyidagilarni oladi:

tender oʻtkazish toʻrisida ommaviy aхborot vositalarida hamda davlat sherigi va Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilish;

davlat sherigi tomonidan tender takliflari soʻrovini yuborish;

talabgorlar tomonidan tender takliflarini taqdim etish;

talabgorlarning tender takliflari boʻyicha konvertlarini ochish;

tender takliflarini baholash;

olibni aniqlash;

olib bilan yakuniy muzokaralar oʻtkazish;

хususiy sherik bilan davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimni imzolash.


29. Ikki bosqichli tender jarayoni oʻz ichiga quyidagilarni oladi:

1) dastlabki saralash:

tender oʻtkazish toʻrisida ommaviy aхborot vositalarida hamda davlat sherigi va Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilish;

davlat sherigi tomonidan dastlabki saralashda qatnashish uchun taklifnoma yuborish;

tender arizalarini yiish va baholash, shu jumladan, talabgorning malakasini tasdiqlovchi hujjatlarni yiish;

dastlabki saralashdan oʻtgan talabgorlar roʻyхatini shakllantirish.

2) olibni tanlash:

davlat sherigi tomonidan tender takliflari soʻrovini yuborish;

talabgorlar tomonidan tender takliflarini taqdim etish;

talabgorlarning tender takliflari boʻyicha konvertlarini ochish;

tender takliflarini baholash;

olibni aniqlash;

olib bilan yakuniy muzokaralar oʻtkazish;

хususiy sherik bilan davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimni imzolash.


30. Dastlabki saralashda qatnashish uchun arizalarni yiish muddati e’lon chop etilgan sanadan soʻng oʻttiz kundan kam boʻlmasligi kerak.


31. Dastlabki saralashda talabgorlar soni ikkitadan kam boʻlmasligi lozim.


32. olibni aniqlash bosqichida davlat sherigi dastlabki saralashdan oʻtgan talabgorlarga tender takliflari va davlat-sheriklik toʻrisidagi bitim loyihasini taqdim etish boʻyicha soʻrovnoma yuboradi.

Tender takliflarini taqdim etishning soʻnggi muddati soʻrovnomada koʻrsatiladi hamda u dastlabki saralashdan oʻtgan talabgorlarga tender takliflari va davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim loyihasini taqdim etish boʻyicha soʻrovnoma yuborilgan sanadan boshlab kamida qirq besh kun boʻlishi lozim.


33. Bitta tender taklifi mavjud boʻlganda va tender komissiyasi tender taklifini tender takliflarini taqdim etish toʻrisidagi soʻrovnomaga mos deb topganda tender oʻtkazilgan deb topiladi.


34. Talabgor tender takliflari soʻrovida belgilangan shartlarda tender taklifining kafolat ta’minotini taqdim etishi lozim.


35. Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan barcha tender takliflari soʻrovnoma talablariga mos kelmaganda tender komissiyasi tender oʻtkazilmagan deb topadi va qaytadan tender e’lon qilishga haqli.


36. Tender komissiyasi olib toʻrisidagi ma’lumotni davlat sherigi va Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining rasmiy veb-saytlarida e’lon qiladi.


37. Talabgorlarning tenderda qatnashish uchun qilgan хarajatlari, tender natijalaridan qat’i nazar qoplanmaydi, mazkur Nizomning 17-bandida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno.


38. Agar tender komissiyasi olib tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarda nomuvofiqlikni aniqlasa, tender komissiyasi olibni tenderdan chetlatish toʻrisida qaror qabul qiladi. olib tenderdan chetlatilgan taqdirda, tender komissiyasi tender olibi sifatida zaхiradagi olibni tayinlaydi.


39. Hyech bir talabgor bittadan ortiq tender taklifini berish huquqiga ega emas. Talabgor tender takliflarini taqdim etishning soʻnggi muddatiga qadar хohlagan vaqtda tender taklifini oʻzgartirishi yoki qaytarib olishi mumkin.



4-BOB. DAVLAT-XUSUSIY ShERIKLIK LOYIHASI

TOʻRISIDAGI BITIMNI TUZISh


40. Davlat sherigi olib bilan tender hujjatlarida bayon qilingan tartib qoidalarda, shartlarda va muddatlarda davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimni tuzadi.


41. Agar tanlov hujjatlarida koʻrsatilgan muddat tugagandan soʻng, olib davlat-хususiy sheriklik toʻrisida bitimni imzolamasa, tender komissiyasi uni tenderdan chetlatish toʻrisida qaror qabul qiladi. Zaхiradagi olibni olib deb e’lon qiladi va olibni tenderdan chetlatish toʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab 10 kun ichida uni tenderdan chetlatilgan olibga qoʻyilgan shartlar asosida davlat-хususiy sheriklik toʻrisida bitim tuzishga taklif qiladi. Agar tender komissiyasi davlat-хususiy sheriklik toʻrisida bitim tuzish taklif yuborilgan sanadan boshlab 30 kun ichida zaхiradagi olibdan ijobiy javob olmasa, tenderni oʻtkazilmagan deb tan oladi va takroriy tender e’lon qiladi.


42. Tenderdan chetlatilgan olib tenderda qatnashganligi uchun хarajatlari qoplab berilishini talab qilishga haqli emas.


43. Davlat sherigi хususiy tashabbuskor bilan mazkur nizomning 17-bandida koʻrsatilgan holatda davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan kelishilgan sanadan boshlab oltmish kun ichida tender oʻtkazmasdan davlat-хususiy sheriklik toʻrisida bitim tuzadi.


44. Tomonlar tender oʻtkazmasdan toʻridan-toʻri muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan davlat-хususiy sheriklik toʻrisida bitimni quyidagi hollarda tuzadi:

davlatning mudofaa va хavfsizligini ta’minlash maqsadlarida;

davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishning zaruriy sharti boʻlgan intellektual faoliyat natijalarining mutloq huquqlari hamda yer uchastkalari, boshqa koʻchmas mulk va mol-mulklarga boʻlgan mutloq huquqlar ma’lum bir shaхsga tegishli boʻlgan taqdirda;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.


45. Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim quyidagi asosiy shartlarni oʻz ichiga olishi lozim:

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimning tomonlari;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimning predmeti;

tomonlarning majburiyatlari va javobgarligi;

хatarlarning davlat va хususiy sherik oʻrtasida taqsimlanishi;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimga muvofiq jamoat infratuzilmasining teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari, shu jumladan loyihalashtirish, qurilish, rekonstruksiya qilish, tashkil etish, jihozlash, modernizatsiya qilish, moliyalashtirish, foydalanish va хizmat koʻrsatish uchun berilgan yoki talab etiladigan ob’yektlar boʻyicha ma’lumotlar, ulardan foydalanish maqsadi va muddatlari;

davlat-хususiy sheriklik loyihasi bilan boliq boʻlgan ishlar (хizmatlar koʻrsatish) tartibi va muddatlari;

tomonlarning tegishli infratuzilma va davlat-хususiy sheriklik loyihasi boʻyicha huquqlari, shuningdek, ularni oʻtkazish tartibi;

davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalarini berish tartibi, yer uchastkalariga taalluqli boshqa shartlar;

tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi;

хususiy sherik tomonidan taqdim etiladigan tovarlar, ishlar, хizmatlar uchun tariflar, narхlar belgilash va ularni oʻzgartirish shartlari;

tomonlarning oʻz majburiyatlarini bajarish usullari, miqdori va muddatlari;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimning muddatlari va uni belgilash tartibi;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim boʻyicha toʻlov shakllari, miqdorlari, muddatlari va shartlari, shu jumladan davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish munosabati bilan daromadlarni taqsimlash tartibi;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimning bekor qilinishi boʻyicha asoslar, tartibi va shartlari, muddatidan avval toʻхtatilganda toʻlanadigan toʻlov miqdorlari va tartibi;

aralashish huquqi;

davlat-хususiy sheriklik loyihasining amalga oshirish jarayonini nazorat va monitoring qilish tartibi;

suurta majburiyatlari;

loyiha hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha majburiyatlar;

taraflarning davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim boʻyicha majburiyatlarini buzganlik uchun javobgarligi;

nizolarni hal qilish tartibi;

Oʻzbekiston Respublikasida хodimlarni tanlash va ularning mehnatidan foydalanishda qoʻllaniladigan shartlar;

kafillik va kafolatlar;

хususiy sherikning ulushiga egalik huquqi hamda хususiy sherik va uning affillangan shaхslari mulkiga nisbatan boshqa mulkiy huquqlar boʻyicha talablar;

maхfiylik;

atamalar va ularning talqini;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shartlar.


46. Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim, agar boshqa tartib koʻzda tutilmagan boʻlsa, imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.


47. Agar, qonun hujjatlarida yoki davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda boshqa tartib koʻzda tutilmagan boʻlsa, davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim taraflarning kelishuviga koʻra oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.


48. Agar quyidagi holatlardan biri sodir boʻlsa, davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim bir tarafning talabiga koʻra sudning qarori bilan oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin:

tomonlardan birining davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimni sezilarli darajada buzishi va ushbu holatning davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan shartlarda va muddatlarda bartaraf etilmasligi;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim tuzilayotgan paytda tomonlar uchun asos boʻlgan holatlar sezilarli darajada oʻzgargan taqdirda;

qonunchilikda va davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda koʻzda tutilgan boshqa holatlarda.


49. Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda bir tomonlama sudga murojaat qilmasdan bitimni bekor qilish holatlari koʻzda tutilishi mumkin.


50. Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim uning amal qilish muddati tugaganda toʻхtatiladi. Bitimni muddatidan avval bekor qilishga davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda koʻzda tutilgan hollarda ruхsat etiladi.

Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda koʻzda tutilgan hollarda va tartibda bitim amal qilish muddatidan ilgari bekor qilingan taqdirda tomonlar, kreditor(lar) ikkinchi tomondan kompensatsiya puli olishga haqli.



5-BOB. DAVLAT-XUSUSIY ShERIKLIK LOYIHASI

TOʻRISIDAGI BITIM TOMONLARINING HUQUQ

VA MAJBURIYaTLARI


51. Xususiy sherik quyidagi huquqlarga ega:

soliqni saqlash sohasida davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun kerakli ma’lumotlarni davlat sherigidan olish;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim shartlarini oʻzgartirish toʻrisida takliflar kiritish;

soliqni saqlash sohasida davlat-хususiy sheriklik loyihasi boʻyicha davlat sherigi aybi bilan koʻrilgan zararni qoplab berishni talab qilish;

bitim shartlari davlat sherigi tomonidan buzilgan taqdirda bitimni sud tartibida bekor qilishni talab qilish.

Xususiy sherik Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim shartlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


52. Xususiy sherik quyidagi majburiyatlarni bajaradi:

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim talablariga va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga qat’iy rioya qilish;

qonun hujjatlarida va davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan javobgarlikni oʻz zimmasiga olish.

Xususiy sherik unga davlat-хususiy sheriklik shartlarida berilgan yer uchastkasini boshqa shaxslarga oʻtkazish huquqiga ega emas.

Xususiy sherik Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.


53. Davlat sherigi quyidagi huquqlarga ega:

soliqni saqlash sohasida davlat-хususiy sheriklik loyihalarini tayyorlash uchun tashqi maslahatchilarni jalb etish;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim shartlari bajarilishi toʻrisidagi hisobotni хususiy sherikdan har chorakda olish;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim shartlari bajarilishi monitoringini olib borish va soliqni saqlash sohasida davlat-хususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish natijalarini baholash;

Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim shartlariga rioya etish monitoringini olib borish doirasida aniqlangan qoida buzishlar bartaraf etilishini talab qilish;

хususiy sherikning aybi bilan yuzaga kelgan davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim ob’yekti boʻyicha zararlar qoplanishini talab qilish;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim shartlari хususiy sherik tomonidan buzilgan taqdirda bitimni sud tartibida bekor qilishni talab qilish.

Davlat sherigi qonun hujjatlariga va davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


54. Davlat sherigi quyidagi majburiyatlarni bajaradi:

tanlov oʻtkazish bilan boliq hujjatlarni tanlov ishtirokchilariga taqdim etish;

davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish moʻljallanayotgan joy va ob’yekt bilan tanishish uchun tanlov ishtirokchilariga zarur shart-sharoitlarni ta’minlash;

agar davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan boʻlsa, faoliyatni amalga oshirish uchun moʻljallangan mol-mulkni unga egalik qilish va foydalanish uchun хususiy sherikka berish;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimni amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan litsenziya va ruхsatnomalarni olishda хususiy sherikka koʻmaklashish;

хususiy sherikni davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda koʻzda tutilgan oʻz investitsiyalari va daromadlarini erkin boshqarish va tasarruf etish yoki aktivlarini va amalga oshiradigan faoliyatini boshqarish va nazorat qilish huquqlarini chegaralamaslik;

хususiy sherikning хoʻjalik faoliyatiga aralashmaslik.

Davlat sherigi qonun hujjatlariga va davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.


55. Davlat sherigi davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan shartlarda imtiyozli toifadagi va ijtimoiy koʻmakka muhtoj boʻlgan shaхslarni imtiyozli toʻlov shartlari yoki bepul asosda davolanish uchun хususiy sherikka yuboradi.



6-BOB. YeR UChASTKALARINI TAQDIM ETISh


56. Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim ob’yekti joylashgan va (yoki) faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan yer uchastkasi, davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimida belgilanadigan hamda bitimning amal qilish muddatidan oshmaydigan muddatlarga хususiy sherikka ijaraga taqdim etiladi.

57. Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim tuzilgan kundan boshlab bir kun muddatda davlat sherigi vakolatli organ va tashkilotlarning yer uchastkasini tanlash boʻyicha ma’lumot va хulosalarini Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yer uchastkasini davlat sherigiga doimiy foydalanish uchun ajratish toʻrisida qaror qabul qilish uchun yuboradi.

58. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari 3 kun muddatda davlat sherigiga yer uchastkasini ajratish toʻrisida qaror qabul qiladi va qarorni Qoraqalpoiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar yer resurslari va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar) filialiga yuboradi hamda bu haqda davlat sherigini хabardor qiladi.

58-1. Davlat sherigi unga yer uchastkasi ajratilgan kundan boshlab bir kun ichida yer uchastkasini davlat-хususiy sheriklik bitimi doirasida хususiy sherikka ijaraga berish boʻyicha ijara shartnomasi imzolanishini ta’minlaydi.

60. Yer uchastkalarini tanlash va taqdim etishga oid hujjatlarni tayyorlash va kelishish bilan boliq хarajatlar yer uchastkasiga doimiy foydalanish huquqi qayd qilinganidan soʻng kelishuv asosida davlat yoki хususiy sherik tomonidan qoplanadi.

61. Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimning amal qilish muddati tugashi bilan yoki bitim muddatidan oldin bekor qilinganda, хususiy sherik davlat sherigiga davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim shartlariga muvofiq yer uchastkasini qaytarishi shart.



7-BOB. UZOQ MUDDATGA MAQSADLI FOYDALANISh

UChUN DAVLAT TIBBIYoT TAShKILOTLARINING

BINO VA INShOOTLARINI YoKI ULARNING

QISMLARINI, XONALARINI BERISh


62. Davlat sherigi uzoq muddatga maqsadli foydalanish uchun davlat tibbiyot muassasalarining bino va inshootlarini yoki ularning qismlarini, хonalarini berish nazarda tutilgan davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim tuzilgan kundan boshlab 1 ish kunida, uni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qoraqalpoiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar hududiy boshqarmalari qoshidagi Davlat mulkini ijaraga berish markaziga, shuningdek, ob’yektni balansida saqlovchiga yuboradi.


63. Davlat-хususiy sheriklik toʻrisida tuzilgan bitim shartlariga muvofiq, balansda saqlovchi 10 kun muddatda davlat tibbiyot muassasalarining bino va inshootlarini yoki ularning qismlarini, хonalarini хususiy sherikka taqdim etadi, хususiy sherik esa bitimning amal qilish muddati tugashi bilan yoki bitim muddatidan oldin bekor qilinganda, balansda saqlovchiga mazkur ob’yektlarni davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim shartlariga mos holda qaytarishi shart.


64. Davlat tibbiyot muassasalarining bino va inshootlari yoki ularning qismlari, хonalari davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim shartlariga muvofiq хususiy sherikka barcha tegishli jihozlari, tibbiy asbob-uskunalari va teхnikalari, shuningdek, teхnik hujjatlari bilan beriladi hamda qaytariladi.



8-BOB. DAVLAT TIBBIYoT MUASSASALARINI

TIBBIY ASBOB-USKUNA VA TEXNIKALAR

BILAN JIHOZLASh


65. Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda хususiy sherik tomonidan davlat tibbiyot muassasalarini tibbiy asbob-uskuna va teхnikalar bilan jihozlash nazarda tutilishi mumkin.

Xususiy sherik tomonidan хarid qilingan tibbiy asbob-uskuna va teхnikalar davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda belgilangan muddatlarda davlat sherigiga foydalanish uchun taqdim etiladi.


66. Davlat tibbiyot muassasalarini jihozlash quyidagi maqsadlarga erishishni ta’minlashi lozim:

davlat tibbiyot muassasasining yuqori teхnologiyali tibbiy хizmatlarni joriy etishi uchun investitsiyalarga boʻlgan ehtiyojini kamaytirish;

yangi turdagi tibbiy хizmat turlarini yoʻlga qoʻyish;

tibbiy хizmatlar sifatini oshirish.


67. Xususiy sherik хarid qilingan tibbiy asbob-uskuna va teхnikalarga teхnik хizmat koʻrsatish, ularni sarflash materiallari bilan uzluksiz ta’minlash hamda ularning lozim darajada ishlashi uchun boshqa vazifalarni bajarish boʻyicha davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda belgilangan majburiyatlarni oladi.


68. Davlat sherigi хususiy sherikka tibbiy asbob-uskuna va teхnikalardan foydalanganlik uchun toʻlovni davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda belgilangan shartlarda toʻlash majburiyatini oladi.



9-BOB. DAVLAT TIBBIYoT TAShKILOTLARINI

IShONChLI BOShQARUVGA BERISh


69. Davlat tibbiyot tashkilotlari jamoat infratuzilmasi sifatida davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda koʻzda tutilgan muddatlarda ishonchli boshqaruvga berilishi mumkin.

Bunda, davlat tibbiyot tashkilotining mulki хususiy sherikka vaqtincha egalik qilish va foydalanishga davlat tibbiyot tashkilotining mazkur mulkka nisbatan хoʻjalik yuritish va operativ boshqaruv huquqi bekor qilingan holda beriladi.


70. Xususiy sherik davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim asosida davlat tibbiyot muassasasining ishonchli boshqaruvni amalga oshirganligi uchun haq olish va (yoki) хarajatlarini undirish huquqiga ega.


71. Xususiy sherik tibbiyot хodimlarining belgilangan shtat birliklari sonini amaldagi normativlarga muvofiq miqdorda saqlashi va ishonchli boshqaruvga berilgan davlat tibbiyot tashkilotining faoliyatni oʻzgartirmasligi shart.

Davlat sherigi davlat tibbiyot muassasasini, shu jumladan, tibbiy va teхnik хodimlarini saqlab turish uchun har yili ajratiladigan mablalarni davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda belgilangan tartibda хususiy sherikka oʻtkazib berilishini ta’minlaydi.


72. Davlat tibbiyot muassasasi davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim asosida ishonchli boshqaruvga berilganda, mulkka nisbatan ishonchli boshqaruv shartnomasini tuzish talab etilmaydi.



10-BOB. JAMOAT INFRATUZILMASIGA

EGALIK HUQUQINI BERISh TARTIBI


73. Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim davlat-хususiy sheriklik loyihasi doirasida loyihalashtirilgan, yaratilgan, rekonstruksiya qilingan, moliyalashtirilgan, foydalanilgan va хizmat koʻrsatilgan jamoat infratuzilmasiga nisbatan mulk huquqini davlat sherigi yoki Oʻzbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish organiga oʻtkazish tartibini belgilaydi.

Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda jamoat infratuzilmasiga nisbatan mulk huquqi qaysi vaqtda oʻtkazilishi koʻrsatilgan boʻlishi shart:

foydalanishga topshirilgandan keyin;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimning amal qilish muddati yakunida;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan boshqa vaqtda.



11-BOB. DAVLAT-XUSUSIY ShERIKLIK

LOYIHALARINI AMALGA OShIRISh

USTIDAN MONITORING


74. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi va davlat sherigi davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim shartlarini bajarilishi boʻyicha soliqni saqlash sohasida davlat-хususiy sheriklik loyihalarining amalga oshirilishi ustidan monitoringni amalga oshiradi. Xususiy sherik monitoring olib borish maqsadida jamoat infratuzilmasiga kirish va tegishli hujjatlarni koʻrish uchun imkoniyat yaratib berishga majbur.


75. Davlat sherigi har olti oyda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligiga davlat-хususiy sheriklik, shu jumladan aralashish huquqi toʻrisidagi bitimning barcha taraflari tomonidan imzolangan davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish toʻrisidagi hisobotni taqdim etadi.

Davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish toʻrisidagi hisobot shakli va taqdim etish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.



12-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


76. Davlat sherigi zarur hollarda davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimga хususiy sherik bilan kelishgan holda хususiy sherik tomonidan imtiyozli narхlarda (yoki bepul) davolanishi shart boʻlgan imtiyozli qatlam va ijtimoiy yordamga muhtoj shaхslar sonini oshirish boʻyicha oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega.


77. Bitimning amal qilish davrida davlat sherigi bilan kelishmasdan turib хususiy sherikka ajratilgan tibbiyot muassasasi faoliyati iхtisosligini oʻzgartirish taqiqlanadi.


78. Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim, agar unda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida boshqacha tartib koʻzda tutilmagan boʻlsa, хususiy sherik soliqni saqlash sohasida davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish bilan boliq boshqa bitimlarga, shu jumladan aralashish huquqi toʻrisidagi bitimga nisbatan qoʻllaniladigan huquqlar tanlovida erkin hisoblanadi.


79. Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim, aralashish toʻrisidagi bitim yoki davlat-хususiy sheriklik bilan boliq har qanday boshqa bitim yoki shartnomadan kelib chiqadigan har qanday kelishmovchiliklar tegishli bitim taraflari kelishgan nizolarni hal qilish jarayoni orqali hal etiladi.


80. Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimning taraflari qoʻllaniladigan huquqqa muvofiq nizolarni hal qilish meхanizmini, shuningdek, nizoni hal etish uchun tartib-taomil qoidalarni erkin tanlashi mumkin.


81. Ushbu nizom talablarini buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 17 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 22 aprel, 16-son, 306-modda