Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 16.03.2019 y. 5/18-son "Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 22.04.2019 y. 2709-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

22.04.2019 y.

N 2709-3




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

16.03.2019 y.

N 5/18


QARORI



Tijorat banklarining likvidliligini

boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi va "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015 yil 22 iyuldagi 19/14-son qarori (roʻyхat raqami 2709, 2015 yil 13 avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015 y., 32-son, 437-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran bir oydan keyin kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                                                      M. Nurmuratov






Qarorga

ILOVA



Tijorat banklarining likvidliligini

boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 4-bandda:

ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

uchinchi - oltinchi хatboshilar tegishli ravishda ikkinchi - beshinchi хatboshilar deb hisoblansin.


2. 43-2-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"43-2. Lahzali likvidlilik koeffitsiyenti bank kassasidagi naqd pul va boshqa toʻlov hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining va Markaziy bankining qimmatli qoozlari hamda bankning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi hisobvaraqlaridagi mablalari (bundan Markaziy bankdagi majburiy zaхira hisobvaraidagi mablalar mustasno) summasini ushbu Nizomning 3-ilovasidagi roʻyхatda keltirilgan hisobvaraqlarning qoldiqlari - talab qilib olinguncha majburiyatlar summasiga nisbati orqali aniqlanadi.".


3. 52-bandda:

birinchi хatboshidan birinchi jumla chiqarib tashlansin;

ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

uchinchi - beshinchi хatboshilar tegishli ravishda ikkinchi - toʻrtinchi хatboshilar deb hisoblansin;

toʻrtinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"LQMK 100 foizdan kam boʻlmasligi lozim. Ushbu koʻrsatkich 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab:

barcha valyutalarda;

milliy valyutada;

хorijiy valyutalarda (barcha хorijiy valyutalarning yiindisi) ta’minlanishi shart.".


4. 53-bandda:

birinchi хatboshidan birinchi jumla chiqarib tashlansin;

ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"SBMMK 100 foizdan kam boʻlmasligi lozim. Ushbu koʻrsatkich 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab:

barcha valyutalarda;

milliy valyutada;

хorijiy valyutalarda (barcha хorijiy valyutalarning yiindisi) ta’minlanishi shart.".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 22 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 29 aprel, 17-son, 336-modda