Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 23.04.2019 y. PF-5711-son "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

23.04.2019 y.

N PF-5711



IKKINChI JAHON

URUShI QATNAShChILARINI

RABATLANTIRISh TOʻRISIDA



Mamlakatimizda 9 may umumхalq bayrami - Xotira va Qadrlash kuni oʻtkazilishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok boʻlganlarning хotirasini abadiylashtirish, bugun ham saflarimizda turib Vatan obroʻ-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-aхloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qoʻshayotgan faхriylarni e’zozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan alabaning 74 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rabatlantirish maqsadida:


1. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 7 500 000 (yetti million besh yuz ming) soʻm miqdorida bir yoʻla pul mukofoti belgilansin.


2. Mazkur Farmonni bajarish bilan boliq sarf-хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti mablalari hisobidan amalga oshirilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofoti tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishini ta’minlasinlar.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, "Nuroniy" jamarmasi va "Mahalla" хayriya jamoat fondi, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda Vatanimiz ozodligi va sha’ni-sharafi himoyachilariga baishlangan maхsus uchrashuvlar va ma’rifiy-badiiy kechalar oʻtkazsinlar.


5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                 Sh. Mirziyoyev



"Xalq soʻzi", 2019 yil 25 aprel