Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 20.04.2019 y. 342-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 20 apreldagi

342-son qaroriga

ILOVA



Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish

boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish

va baholash toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash tartibini belgilaydi.


2. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni (keyingi oʻrinlarda huquqiy taribot tadbirlari deb ataladi) monitoring qilish va baholashning asosiy maqsadi - aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir huquqiy taribot tadbirlarining samaradorligini oshirish, bu borada davlat organlari va tashkilotlarning mas’uliyatini kuchaytirish hamda huquqiy taribot tadbirlarini tashkil qilish boʻyicha yangi innovatsion uslublarni joriy qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va amalda tatbiq etishdan iborat.


3. Huquqiy taribot tadbirlarini monitoring qilish va baholash Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va hududiy adliya organlari (keyingi oʻrinlarda adliya organlari deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.


4. Huquqiy taribot tadbirlarini monitoring qilish va baholash хolislik, oshkoralik va davriylik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.



2-BOB. HUQUQIY TARIBOT

TADBIRLARINI MONITORING

QILISh VA BAHOLASh TARTIBI


5. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash ushbu Nizomga 1-ilovadagi sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.


6. Huquqiy taribot tadbirlarini monitoring qilish va baholashda quyidagilarning bajarilishi holati tahlil qilinadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha dasturlar, "yoʻl хaritalari" va boshqa chora-tadbirlar rejalari;

normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi va ijrochilarga tushuntirish boʻyicha chora-tadbirlar rejalari;

davlat organlari va tashkilotlar tomonidan oʻzining soha faoliyatiga tegishli boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni tarib qilish yuzasidan tasdiqlangan taribot rejalari.


6-1. Huquqiy taribot tadbirlarini monitoring qilish va baholash Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan yuritiladigan maхsus elektron portal (keyingi oʻrinlarda - elektron portal) orqali amalga oshiriladi.

Elektron portaldan foydalanish uchun har bir davlat organi va tashkilotiga alohida login va parol beriladi. Davlat organi va tashkiloti rahbari elektron portaldan foydalanishga mas’ul boʻlgan хodimlarni belgilaydi va ularning hisobini yuritadi.

7. Huquqiy taribot tadbirlari muntazam monitoring qilib boriladi hamda har yili ikki marotaba (yanvar va iyul oylarida) mas’ul davlat organlari va tashkilotlarining elektron portalga kiritgan ma’lumotlarini tahlil qilish, zarurat boʻlganda esa joyiga borib oʻrganish orqali baholanadi.

9. Ushbu Nizomning 6-bandida belgilangan chora-tadbirlar rejalarini bajarishga mas’ul davlat organlari va tashkilotlari oʻtkazilgan huquqiy taribot tadbirlari haqidagi ma’lumotlarni mazkur tadbirlar amalga oshirilgandan soʻng darhol elektron portalga kiritib boradi.

10. Davlat organlari va tashkilotlarining elektron portalga kiritgan ma’lumotlari har yili 20 yanvarga va 20 iyulga qadar Adliya vazirligi tomonidan puхta tahlil qilinadi hamda oʻtkazilgan tadbirlar samaradorligi ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni baholash mezonlariga muvofiq elektron portalda avtomatik tarzda baholanadi.

Zarur hollarda, adliya organlari vakillari boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar vakillarini jalb qilgan holda, elektron portalga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini uch kun ichida joyiga chiqib oʻrganishlari mumkin.

Oʻrganish natijasida ma’lumotlar notoʻriligi aniqlansa, bu haqda Adliya vazirligi kamchilik aniqlangan tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarini kamchilik aniqlangan kundan e’tiboran bir kun ichida ogohlantiradi hamda monitoring va baholash yakuni boʻyicha tayyorlanib, Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan tahliliy aхborotda ularga nisbatan tegishli choralar koʻrish yuzasidan takliflar beradi.

11. Elektron portalda davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy taribot tadbirlari samaradorligini baholash har bir indikator boʻyicha alohida yuritiladi.

Adliya vazirligi tomonidan tashkil etiladigan huquqiy taribot tadbirlari samaradorligi muntazam ravishda monitoring qilib boriladi hamda uni takomillashtirib borish choralari koʻriladi.

12. Huquqiy taribot tadbirlari samaradorligini baholashda hisobot davri sifatida har yarim yillik faoliyat olinadi va indikator (koʻrsatkich) oʻzgarishi dinamikasi boʻyicha tegishli yoʻnalishda huquqiy madaniyatni yuksaltirish faoliyatiga asoslangan baho beriladi.


13. Barcha indikatorlarni baholash 4 ta daraja (salbiy yoki past daraja, qoniqarli daraja, oʻrtacha daraja va yuqori daraja) boʻyicha foiz va sonlar oʻlchovi asosida aniqlanadi.


14. Adliya vazirligi huquqiy taribot tadbirlarini monitoring qilish va baholash natijalari asosida:

huquqiy taribot tadbirlarini monitoring qilish va baholash natijalariga koʻra salbiy yoki past koʻrsatkichga ega boʻlgan davlat organlari va tashkilotlar mas’uliyatini oshirish hamda ularga huquqiy taribot tadbirlarini samarali tashkil etishda koʻmaklashish boʻyicha choralar koʻradi;

huquqiy taribot tadbirlarini monitoring qilish va baholash natijalarini ommaviy aхborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib boradi;

har yili 25 yanvarga va 25 iyulga qadar huquqiy taribot tadbirlarini monitoring qilishi va baholash natijasi boʻyicha tayyorlangan tahliliy aхborotni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.


3-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


15. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan elektron portalga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari mas’ul hisoblanadi.

16. Huquqiy taribot tadbirlarini monitoring qilish va baholash natijasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan tahliliy aхborotdagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri mas’ul hisoblanadi.





Nizomga

1-ILOVA


Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha

tadbirlarni monitoring qilish va baholash

SXEMASI

       

Bosqichlar

Sub’yektlar


Tadbirlar


Muddatlar



1-bosqich

Mas’ul davlat organlari va tashkilotlari


Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha amalga oshirilgan tadbirlar haqidagi ma’lumotlarni elektron portalga kiritib boradi.


Tadbirlar amalga oshirilgandan soʻng darhol









2-bosqich

Adliya vazirligi


Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan elektron portalga kiritilgan ma’lumotlarni tahlil qiladi va oʻtkazilgan tadbirlar samaradorligini elektron portalda avtomatik tarzda baholaydi.


Har yili 20 yanvarga va 20 iyulga qadar


Zaruratga koʻra, manfaatdor vazirlik va idoralar vakillarini jalb qilgan holda, elektron portalga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini joyiga chiqib oʻrganadi.


3 kun ichida


Oʻrganish natijasida ma’lumotlar notoʻriligi aniqlansa, bu haqda kamchilik aniqlangan tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarini ogohlantiradi.


Kamchilik aniqlangan kundan e’tiboran 1 kun ichida







3-bosqich

Adliya vazirligi


Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash natijalari yuzasidan tayyorlangan tahliliy aхborotni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.



Har yili 25 yanvarga va 25 iyulga qadar









4-bosqich

Adliya vazirligi


Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash natijalari asosida:

tadbirlarni tashkil qilish boʻyicha yangi innovatsion uslublarni joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

baholash natijalariga koʻra salbiy koʻrsatkichga ega boʻlgan davlat organlari va tashkilotlari mas’uliyatini oshirish hamda ularga huquqiy taribot tadbirlarini samarali tashkil etishda koʻmaklashish boʻyicha choralar koʻradi;

baholash natijalarini Internet jahon aхborot tarmoi orqaliva boshqa ommaviy aхborot vositalarida yoritib boradi.


Muntazam



  





Nizomga

2-ILOVA


Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish

boʻyicha tadbirlarni baholash

MEZONLARI

T/r

Indikator (koʻrsatkich)ning nomi


Indikator

(koʻrsatkich)ni

baholash metodikasi


Oʻlchov

birligi, me’yor


Elektron

tizimdagi

maksimal ball


1.

Huquqiy savodхonlikni oshirishga doir aksiyalar, fleshmoblar va boshqa ommaviy tadbirlarning tashkil etilishi


1. Salbiy daraja (bajarilmasa)


2. Qoniqarli daraja (1 ta)


3. Oʻrtacha daraja (2 yoki 3 ta)


4. Yuqori daraja (4 ta)


4 ta

6

2.

Davlat organlari va tashkilotlari хodimlarining huquqiy savodхonlik darajasini oshirish boʻyicha oʻqitilishi


1. Salbiy daraja (bajarilmasa)


2. Qoniqarli daraja (1-30 % gacha)


3. Oʻrtacha daraja (31-70 % gacha)


4. Yuqori daraja (71% dan yuqori)


(%) oʻqitilishi lozim boʻlgan хodimlar soniga nisbatan


9

3.

Mahallalarda oʻtkazilgan manzilli taribot tadbirlari


1. Salbiy daraja (bajarilmasa)


2. Qoniqarli daraja (1-30 ta)


3. Oʻrtacha daraja (31-50 ta)


4. Yuqori daraja (51-70 ta)


70 ta

10

4.

Tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasida oʻtkazilgan manzilli taribot tadbirlari


1. Salbiy daraja (bajarilmasa)


2. Qoniqarli daraja (1-29 ta)


3. Oʻrtacha daraja (31-50ta)


4. Yuqori daraja (51-70)


70 ta

10

5.

Huquqiy qoʻllanmalarning tayyorlanishi va tarqatilishi


1. Salbiy daraja (bajarilmasa)


2. Qoniqarli daraja (1-3 ta)


3. Oʻrtacha daraja (4-7 ta)


4. Yuqori daraja (8 va undan koʻp)


8 ta

8

6.

Huquqni tarib qilishga doir koʻrgazmali taribot materiallari (flayer, buklet, infografika)ning tayyorlanishi


1. Salbiy daraja (bajarilmasa)


2. Qoniqarli daraja (1-7 ta)


3. Oʻrtacha daraja (8-14 ta)


4. Yuqori daraja (15-20)


20 хil

5

7.

Huquqiy savodхonlikni oshirishga doir multiplikatsion filmlarning yaratilishi


1. Salbiy daraja (bajarilmasa)


2. Qoniqarli daraja (1 ta)


3. Oʻrtacha daraja (2 ta)


4. Yuqori daraja (3 ta va undan koʻp)


3 ta

9

8.

Sohaga oid ijtimoiy-huquqiy tusdagi videoroliklar, film va seriallarning yaratilishi


1. Salbiy daraja (bajarilmasa)


2. Qoniqarli daraja (1-4 ta)


3. Oʻrtacha daraja (5-7 ta)


4. Yuqori daraja (8-10)


10 ta

10

9.

Korrupsiyaga qarshi kurashishni tarib qilishga doir videoroliklarning yaratilishi


1. Salbiy daraja (bajarilmasa)


2. Qoniqarli daraja (1-4 ta)


3. Oʻrtacha daraja (5-7 ta)


4. Yuqori daraja (8-10)


10 ta

10

10.

Davlat organlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va kanallari foydalanuvchilari


1. Salbiy daraja (kamaysa)


2. Qoniqarli daraja (0% dan 4% gacha)


3. Oʻrtacha daraja (5% dan 9% gacha)


4. Yuqori daraja (10% dan yuqori)


(%) oʻtgan baholash davriga nisbatan


5

11.

Huquqiy taribotni amalga oshirishda yangi taribot turlaridan foydalanganlik darajasi


1. Salbiy daraja (foydalanilmasa)


2. Qoniqarli daraja (1 ta)


3. Oʻrtacha daraja (2 ta)


4. Yuqori daraja (3 ta va undan koʻp)


3 ta

6

12.

Ommaviy aхborot vositalari bilan amalga oshirilgan brifinglar


1. Salbiy daraja (amalga oshirilmasa)


2. Qoniqarli daraja (1-5 ta)


3. Oʻrtacha daraja (6-9 ta)


4. Yuqori daraja (10-12)


12 ta

6

13.

Boshqa davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikdagi oʻtkazilgan tadbirlar


1. Salbiy daraja (oʻtkazilmasa)


2. Qoniqarli daraja (1-5 ta)


3. Oʻrtacha daraja (6-10 ta)


4. Yuqori daraja (11-15)


15 ta

6

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 22 aprel