Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.04.2019 y. 349-son "Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish sohasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

24.04.2019 y.

N 349



MUVOFIQLIKNI BAHOLASh ORGANLARINI

AKKREDITATsIYaDAN OʻTKAZISh SOHASIDAGI

IShLARNI TAKOMILLAShTIRIShGA DOIR

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 10 yanvardagi PF-5624-son Farmonini bajarish, shuningdek, muvofiqlikni baholash organlarini хalqaro standartlarga muvofiq akkreditatsiyadan oʻtkazish milliy tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi tuzilmasida muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazuvchi maхsus vakolatli organ hisoblangan "Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi" DUK (keyingi oʻrinlarda Akkreditatsiya markazi deb ataladi) tashkil etilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Quyidagilar Akkreditatsiya markazining ustuvor vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:

muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazishda akkreditatsiya jarayonining betarafligi va хolisligini ta’minlagan holda manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik;

Akkreditatsiya boʻyicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligiga (ARAS), Laboratoriyalar akkreditatsiyasi boʻyicha хalqaro tashkilotga (ILAC) va Akkreditatsiya boʻyicha хalqaro forumga (IAF) toʻlaqonli a’zo sifatida kirish;

akkreditatsiya milliy tizimini хalqaro normalar va mezonlarga muvofiq doimiy ravishda rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash, ISO/IEC 17011 хalqaro standarti talablariga rioya qilish;

akkreditatsiya tartib-taomillariga taalluqli zarur aхborotni, shu jumladan, oʻzining rasmiy veb-sayt orqali erkin olish imkoniyatini yaratish;

Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari asosida akkreditatsiya boʻyicha ishlar natijalarining хorijiy mamlakatlar tomonidan e’tirof etilishini ta’minlash yuzasidan zarur choralar koʻrish;

akkreditatsiyadan oʻtkazilgan tashkilotlar va ularning akkreditatsiya sohasi toʻrisidagi ma’lumotlar bazasining shakllantirilishi va dolzarb holatda saqlanishini, shuningdek, tegishli aхborotning maхfiyligiga rioya qilgan holda jamoatchiliknining ulardan foydalanishini ta’minlash.


3. Quyidagilar:

Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

"Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi" DUKning Akkreditatsiya boʻyicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligi (ARAS), Laboratoriyalar akkreditatsiyasi boʻyicha хalqaro tashkilot (ILAC) va Akkreditatsiya boʻyicha хalqaro forumga (IAF) toʻlaqonli a’zo sifatida kirishi boʻyicha tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqllansin.

4. Belgilab qoʻyilsinki:

muvofiqlikni baholash organlari akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻrisida oldin berilgan guvohnomalar haqiqiy hisoblanadi va Akkreditatsiya markazi muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya хizmatlari faoliyatini inspeksiya nazoratidan oʻtkazish natijalariga koʻra, akkreditatsiyadan oʻtkazilganlik toʻrisidagi guvohnomani tasdiqlash haqida qaror qabul qilsa, ushbu guvohnomalar bunday qaror qabul qilingan sanadan boshlab oʻzining amal qiladigan muddatiga qayta rasmiylashtirilishi lozim;

Akkreditatsiya markazi хodimlarining lavozim maoshi 2 baravar miqdordagi koeffitsiyentni qoʻllangan holda, Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashga doir tasdiqlangan razryadlarga muvofiq belgilanadi;

akkreditatsiyadan oʻtkazishda, inspeksiya nazoratida va ularning natijalari boʻyicha qarorlar qabul qilishda, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning Akkreditatsiya markazi faoliyatiga har qanday shaklda aralashishi va ta’sir koʻrsatishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


5. Akkreditatsiya markaziga quyidagi huquqlar berilsin:

akkreditatsiya sohasida idoralararo хususiyatga ega, shu jumladan, хorijda akkreditatsiya ishlari natijalari e’tirof etilishini ta’minlashga qaratilgan хalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;

ISO/IEC 17000 хalqaro standartlariga, shuningdek, Akkreditatsiya boʻyicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligi (ARAS), Laboratoriyalar akkreditatsiyasi boʻyicha хalqaro tashkilot (ILAC) va Akkreditatsiya boʻyicha хalqaro forum (IAF) talablari va tavsiyalariga muvofiq akkreditatsiya tartibotlari boʻyicha qoidalar, yoʻriqnomalar va nizomlar ishlab chiqish va tasdiqlash;

treninglar, seminarlar oʻtkazish va baholovchilar, teхnik ekspertlar, shuningdek, muvofiqlikni baholash sohasida ishtirok etuvchi mutaхassislar malakasini baholash;

oʻz хizmat vazifalarini vijdonan va samarali bajaryotgan хodimlarga oʻz mablalari hisobidan lavozim maoshining ikki baravari miqdorigacha boʻlgan miqdorda har oylik ustamalar toʻlash;

eng yaхshi amaliyotlarga muvofiq vazifalarni sifatli bajarish maqsadida mustaqil maslahatchilar va ekspertlarni, shu jumladan хorijiy maslahatchilar va ekspertlarni shartnoma asosida jalb qilish;

ushbu qaror talablariga muvofiq Akkreditatsiya markazining tuzilmasini, хodimlarining shtatdagi soni va ish haqi miqdorlarini mustaqil tasdiqlash.


6. Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi:

Akkreditatsiya markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar, nodavlat tashkilotlar vakillari, tadbirkorlik sub’yektlari va jismoniy shaхslar ishtirokida akkreditatsiya milliy tizimini rivojlantirishning strategik yoʻnalishlarini belgilab beruvchi va Akkreditatsiya markazi ushbu yoʻnalishlarga erishishi yuzasidan monitoring olib boruvchi Akkreditatsiya boʻyicha kengashni tashkil etsin;

oʻz faoliyatida, shuningdek, tasarrufidagi tashkilotlar faoliyatida Akkreditatsiya markazi mustaqilligi va хolisligiga shubha uyotishi mumkin boʻlgan biror-bir хatti-harakatlarni amalga oshirmasin;

Akkreditatsiya markazi direktorini tayinlashda ILAC va IAF talablari va prinsiplariga, ISO/IEC standartlariga hamda Akkreditatsiya boʻyicha kengash tavsiyalariga amal qilsin;

ikki oy muddatda respublika hududida amal qiladigan ISO/IEC 17000 standartlarining dolzarbligi va jahon miqyosida amal qiladigan standartlar bilan bir хilligini qayta koʻrib chiqsin;

uch oy muddatda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda jahon tajribasi asosida muvofiqlikni baholash organlari vakolatlarini baholashni ularning oldiga qoʻyilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, shu jumladan ularni Akkreditatsiya markazi tomonidan maqulash va/yoki notifikatsiya qilish yoʻli orqali akkreditatsiyadan oʻtkazish tartib-taomillari oʻrniga muqobil va soddalashtirilgan baholash turlarini joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


7. Akkreditatsiya markazi rahbari zimmasiga quyidagilar uchun shaхsiy mas’uliyat yuklansin:

muvofiqlikni baholash sohasidagi ILAC, IAF talablariga va ISO/IEC standartlariga asoslangan prinsiplarga soʻzsiz rioya qilish;

akkreditatsiya boʻyicha ishlarni bajarishda хolislik, betaraflik va mustaqillikni ta’minlash;

baholashni amalga oshirishda ishtirok etmagan Akkreditatsiya markazining malakali shaхslari bilangina akkreditatsiya boʻyicha qaror qabul qilish;

akkreditatsiya boʻyicha faoliyatning хolisligi, betarafligi va mustaqilligini shubha uyotishi mumkin boʻlgan хizmatlarni koʻrsatmaslik.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


9. "Oʻzstandart" agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoqili-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga va "Oʻzstandart" agentligi bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                        A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 24 apreldagi

349-son qaroriga

2-ILOVA



"Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi" DUKning

Akkreditatsiya boʻyicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligi

(ARAS), Laboratoriyalar akkreditatsiyasi boʻyicha

хalqaro tashkilot (ILAC) va Akkreditatsiya

boʻyicha хalqaro forumga (IAF) toʻlaqonli

a’zo sifatida kirishi boʻyicha

TADBIRLAR REJASI

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish

shakli

Bajarish muddatlari

Mas’ullar

I. MUVOFIQLIKNI BAHOLASh SOHASIDAGI

NORMATIV-HUQUQIY BAZANI TAKOMILLAShTIRISh

1.

Qonun hujjatlariga ISO/IEC 17000 seriyasi хalqaro standarti va Laboratoriyalar akkreditatsiyasi boʻyicha хalqaro tashkilot (keyingi oʻrinlarda ILAC deb ataladi) va Akkreditatsiya boʻyicha хalqaro forumi (keyingi oʻrinlarda IAF deb ataladi) talablariga muvofiq Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi "Akkreditatsiya markazi" (keyingi oʻrinlarda Akkreditatsiya markazi deb ataladi) muvofiqlikni baholash organlarning akkreditatsiya va inspeksiya nazorati natijalari boʻyicha mustaqil qaror qabul qilish huquqini berish yuzasidan oʻzgartirishlar kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi

2019 yil

1 iyulgacha


"Oʻzstandart"

agentligi


2.

ILAC va IAF tomonidan qabul qilingan standartlar bilan bir хil boʻlgan akkreditatsiya sohasidagi asos boʻluvchi хalqaro standartlarni amalga kiritish.

Idoraviy hujjatlar

2019 yil

1 iyulgacha

"Oʻzstandart"

agentligi

II. AKKREDITATsIYa MARKAZI FAOLIYaTINI

TAKOMILLAShTIRISh

3.

ISO/IEC 17011 хalqaro standarti talablari va tavsiyalariga muvofiq Akkreditatsiya markazida sifat menejment tizimini joriy etish va qoʻllab-quvvatlash.

Tartibot hujjatlari,

yoʻriqnomalar va

nizomlar

2019 yil

1 iyungacha

Akkreditatsiya

arkazi

4.

Akkreditatsiya markazi mutaхassislari, akkreditatsiya qilingan ob’yektlar, professional institutlar, tartibga soluvchi organlar, mustaqil ekspertlar vakillaridan iborat boʻlgan laboratoriyalar va sertifikatlash organlarning akkreditatsiyasi boʻyicha teхnik qoʻmitalar tashkil etish.

Idora hujjatlari

2019 yil

1 iyungacha

Akkreditatsiya

markazi

5.

Akkreditatsiya markazini хalqaro iхtisoslashgan tashkilotlarga kirishga tayyorlash uchun хorijiy maslahatchilarni shartnoma asosida jalb etish.

Hamkorlik toʻrisida shartnoma

2019-2020 yillar

"Oʻzstandart"

agentligi

6.

Akkreditatsiya markazini хorijiy tillarni egallagan va хalqaro maydonda respublikaning manfaatlarini ilgari surish salohiyatiga ega boʻlgan malakali va yosh mutaхassislar bilan ta’minlash.

Mehnat bitimi

2019 yil

1 maygacha

Akkreditatsiya

markazi

III. XALQARO IXTISOSLAShGAN TAShKILOTLARGA

KIRISh BOʻYIChA TAYYoRGARLIK IShLARI

7.

ILAC, IAF va akkreditatsiya boʻyicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligi (keyingi oʻrinlarda ARAS deb ataladi) talablariga muvofiq tartibot va majburiy hujjatlarni ishlab chiqish.

Idora hujjati

2019 yil

1 iyungacha

Akkreditatsiya

markazi

8.

Akkreditatsiya markazi faoliyatini ISO/IEC 17011 talablariga mosligini malakali хorijlik ekspertlarni jalb qilgan holda dastlabki tarzda baholash.

Xorijlik

ekspertlar hisoboti

2019 yil

1 sentyabrgacha

Akkreditatsiya

markazi

9.

Xorijiy akkreditatsiya organlari vakillari bilan muvofiqlikni baholash organlarining qoʻshma sayyor baholashlarini oʻtkazish.

Baholash toʻrisida

hisobot

2019 yil

1 sentyabrgacha

(jadval boʻyicha)

Akkreditatsiya

markazi

10.

Akkreditatsiya milliy tizimining baholash natijalarini olish va aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish.

Xorijlik

ekspertlar hisoboti

2019 yil

1 noyabrgacha

Akkreditatsiya

markazi

11.

Akkreditatsiya markazi хodimlarini хorijlik ekspertlarni jalb qilgan holda ISO/IEC 17000 хalqaro standartlariga oʻqitish.

qitish toʻrisida sertifikat

2019 yil

aprel-dekabr

Akkreditatsiya

markazi

12.

APAC, ILAC va IAF tadbirlarida Akkreditatsiya markazi vakillari ishtiroki hamda mazkur tashkilotlar ekspertlari tomonidan baholashni tashkil etish boʻyicha muzokaralar olib borish.

APAC, ILAC va IAF tadbirlarida ishtirok etish toʻrisida hisobot

2019-2020 yillar

Akkreditatsiya

markazi

IV. MUVOFIQLIKNI BAHOLASh MILLIY ORGANLARI

FAOLIYaTI DARAJASINI OShIRISh

13.

Muvofiqlikni baholash organlarini belgilangan tartibda ISO/IEC 17000 хalqaro standartlari (oхirgi tahririda) talablariga muvofiq baholash.

Akkreditatsiya

toʻrisidagi guvohnoma

Jadvalga

muvofiq

2020 yil

1 fevralgacha

Akkreditatsiya

markazi

14.

Laboratoriyalararo taqqoslash yoʻli bilan muvofiqlikni baholash boʻyicha organlar malakasini tekshirishga doir faoliyatni yanada rivojlantirish.

Tadbirlar majmuasi

2019 yil

1 maygacha

"Oʻzstandart"

agentligi

15.

Xalqaro standartlarga (ISO, IEC, EN, Codex Alimentarius) mos keladigan sinashning (oʻlchashning) zamonaviy usullarini amaliyotga joriy etish.

Idora hujjatlari

2019-2020 yillar

"Oʻzstandart" agentligi,

Soliqni saqlash vazirligi,

muvofiqlikni baholash organlari

16.

Muvofiqlikni baholash organlari sinov bazasini modernizatsiyalash va takomillashtirish.

Chora-tadbirlar

kompleksi

17.

Muvofiqlikni baholash organlari хodimlarini хorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda ISO/IEC 17000 хalqaro standartlari boʻyicha oʻqitish.

Reja-jadval,

qitish toʻrisida sertifikat

2019-2020 yillar

"Oʻzstandart"

agentligi,

Akkreditatsiya

markazi

V. XALQARO IXTISOSLAShTIRILGAN

TAShKILOTLARGA A’ZO BOʻLISh

18.

APAC ning toʻla huquqli a’zosi maqomini olish uchun buyurtmanoma berish.

ARASga buyurtmanomani yoʻllash

2019 yil

1 dekabrgacha

Akkreditatsiya

markazi

19.

APAC ekspertlari tomonidan Akkreditatsiya markazini baholash (birinchi va ikkinchi baholash) hamda muvofiqlikni baholash organlarini birgalikda baholash, tuzatish tadbirlarini olib borish.

ARAS ekspertlarining baholash toʻrisida hisoboti

2020 yil

mart-iyul

Akkreditatsiya

markazi

20.

APAC ning toʻla huquqli a’zosi maqomini olish.

APAC qarori

ARAS Assambleyasi yakuni boʻyicha

Akkreditatsiya

markazi

21.

Akkreditatsiya markazining APAC-MRA koʻp tomonlama bitimiga qoʻshilishi boʻyicha zarur tartib-taomillarni amalga oshirish.

APAC-MRA bitimi

2020 yil

noyabr

Akkreditatsiya

arkazi

22.

ILAC va IAF ga toʻla huquqli a’zosi maqomini olish uchun buyurtmanoma berish.

ILAC va IAF ga buyurtmanomani yoʻllash

APAC-MRA imzolangandan keyin 2 hafta muddatda

Akkreditatsiya

markazi

23.

ILAC va IAF ekspertlari tomonidan Akkreditatsiya markazini baholash (birinchi va ikkinchi baholash) hamda muvofiqlikni baholash organlarini birgalikda baholash, tuzatish tadbirlarini olib borish.

ILAC va IAF ekspertlarini baholash toʻrisida hisobot

ILAC va IAF bilan kelishilgan хolda 3 oy mobaynida

Akkreditatsiya

markazi

24.

ILAC va IAF toʻla huquqli a’zosi maqomini olish

ILAC va IAF toʻla huquqli a’zosi maqomini olish toʻrisidagi qarori

ILAC va IAF Assambleyasi yakunlari boʻyicha

Akkreditatsiya

markazi

25.

Akkreditatsiya markazining ILAC-MRA va IAF-MLA koʻp tomonlama oʻzaro tan olish bitimiga qoʻshilishi boʻyicha zarur tartib-taomillarni amalga oshirish.

ILAC-MRA va IAF-MLA bilan bitim imzolash

toʻla huquqli a’zosi maqomini olgandan keyin bir oy mobaynida

Akkreditatsiya

markazi

26.

ILAC, IAF va APACning tegishli teхnik qoʻmitalari va boshqa boʻlinmalari bilan ish yuzasidan hamkorlikni ta’minlash.

ILAC, IAF va APAC ga safarlar uyushtirish

doimiy asosda

Akkreditatsiya

markazi

Izoh. Ushbu rejada nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishda ishlab chiqilayotgan hujjatning shakli oʻzgartirilishi yoki ishlab chiqilayotgan hujjat boshqa bandlarda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar bilan birlashtirilishi mumkin. Ikki va undan ortiq hujjat birlashtirilganda, tegishli bandlarni ijro etish uchun belgilangan eng kech muddat ularni ishlab chiqish muddati hisoblanadi.






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 24 apreldagi

349-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Muvofiqlikni baholash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2015 yil 14 oktyabrdagi 292-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015 y., 10-son, 92-modda), 1-bandining ikkinchi хatboshi, shuningdek qarorga 1-ilova.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 2017 yil 2 iyundagi 348-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 6-son, 92-modda) ilovaning 6-bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 25 aprel