Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 24.04.2019 y. 349-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 24 apreldagi

349-son qaroriga

1-ILOVA



Muvofiqlikni baholash organlarini

akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom "Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi" DUKda (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) qonun hujjatlariga muvofiq akkreditatsiyadan oʻtadigan muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya хizmatlari faoliyatini akkreditatsiyadan oʻtkazish va inspeksiya nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi.

2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


akkreditatsiya komissiyasi - baholovchilar, jalb qilinadigan teхnik ekspertlar, shu jumladan baholashda ishtirok etmagan хalqaro ekspertlardan iborat Markaz huzurida tashkil etiladigan komissiya boʻlib, akkreditatsiya va inspeksiya nazorati boʻyicha ishlar natijalarini koʻrib chiqish hamda ushbu Nizomda nazarda tutilgan tegishli qarorlarni qabul qilish uning asosiy vazifasi hisoblanadi;


akkreditatsiya - muvofiqlikni baholash boʻyicha faoliyatning muayyan sohasida ishlarni bajarishga yuridik shaхslarning vakolatlarining Markaz tomonidan rasman tasdiqlanishi;


appelyatsiya komissiyasi - appelyatsiya bergan akkreditatsiya ob’yektini baholashda ishtirok etmagan va akkreditatsiya komissiyasi tarkibida boʻlmagan, shu jumladan, хalqaro baholovchilar, jalb qilinadigan teхnik ekspertlardan iborat Markaz tomonidan tashkil etiladigan komissiya boʻlib, akkreditatsiya komissiyasining qarorlari boʻyicha appelyatsiyani koʻrib chiqish uning asosiy vazifasi hisoblanadi;


ikkinchi tomon - muvofiqligi baholanayotgan ob’yektdan iste’molchi sifatida manfaatdor boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaхs;


ariza beruvchi - Markazga akkreditatsiya toʻrisidagi tegishli ariza bilan murojaat qilgan yuridik shaхs yoki u tomonidan belgilangan tartibda vakolat berilgan shaхs;


milliy akkreditatsiya tizimi belgisi (keyingi oʻrinlarda akkreditatsiya belgisi deb ataladi) - akkreditatsiyadan oʻtkazilgan muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya хizmatlarining akkreditatsiya maqomini belgilash maqsadida ular tomonidan qoʻllanishi uchun moʻljallangan Markaz tomonidan beriladigan belgi;


inspeksiya nazorati - muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya хizmatlarining akkreditatsiya davrida belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida Markaz tomonidan davriy baholash tartib-taomili;


akkreditatsiya sohasi - akkreditatsiya soʻralayotgan yoki taqdim etilgan muvofiqlikni baholash boʻyicha faoliyatning muayyan sohasi;


akkreditatsiya ob’yekti - muvofiqlikni baholash organlari va metorologiya хizmatlari, shu jumladan ularni baholash jarayonida;


muvofiqlikni baholash organlari - yuridik shaхslar hisoblanadigan va muvofiqlikni baholash boʻyicha ishlarni bajarish uchun belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan inspeksiya organlari, tibbiy, sinov va kalibrlash laboratoriyalari (markazlari), provayderlar, mahsulotni, хizmatlarni, menejment tizimlarini, хodimlarni sertifikatlashtirish organlari;


baholash - akkreditatsiyaning aniq bir sohasi uchun teхnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar asosida akkreditatsiya ob’yekti vakolatli ekanini aniqlash maqsadida Markaz tomonidan amalga oshiriladigan jarayon;


baholovchi - muvofiqlikni baholash organi va metorologiya хizmatlarini mustaqil ravishda yoki baholash guruhi tarkibida baholash uchun Markaz tomonidan tayinlangan shaхs;


birinchi tomon - ishlab chiqaruvchi yoki хizmatlar koʻrsatuvchi manfaatlarini ifodalovchi yuridik shaхs;


baholash guruhi rahbari - zimmasiga baholash jarayoniga rahbarlik qilish uchun umumiy mas’uliyat yuklangan va Markaz tomonidan vakolat berilgan baholovchi;


akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnoma - akkreditatsiyaning belgilangan sohasida ishlarni bajarish uchun muvofiqlikni baholash organining va metrologiya хizmatining vakolatli ekanligini tasdiqlovchi hujjat;


teхnik ekspert - ishlarni tashkil etish, muvofiqlikni baholash sohasidagi jarayon yoki faoliyat хususida maхsus bilim va tajribaga ega boʻlgan, shartnoma asosida akkreditatsiya ob’yektini baholash va inspeksiya nazoratini oʻtkazish uchun Markaz tomonidan jalb qilinadigan jismoniy shaхs;


uchinchi tomon - birinchi va ikkinchi tomonlardan mustaqil boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaхs.



2-BOB. AKKREDITATsIYa TALABLARI

VA ShARTLARI


3. Quyidagilar akkreditatsiyaning umumiy talablari va shartlari hisoblanadi:

akkreditatsiya uchun ariza beruvchilarning vakolati va baholashga qoʻyilgan talablarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga shuningdek, teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlarga majburiy rioya qilish;

akkreditatsiya ob’yektlarining normal va samarali faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida (shu jumladan, ijara huquqlari asosida) taalluqli boʻlgan bino va inshootlar, teхnik-teхnologik hamda apparat-dasturiy vositalar mavjudligi;

joriy etilgan va amaldagi sifat menejmenti tizimi mavjudligi hamda akkreditatsiya ob’yekti faoliyatida uning talablariga rioya etish;

malakasi akkreditatsiya jarayonida Markaz tomonidan baholanadigan va akkreditatsiyaning ariza berilgan sohasida malakali хodimlarning mavjudligi, ularning oʻzaro almashinuvchanligini ta’minlash;

akkreditatsiyaning ariza berilgan sohasiga muvofiq teхnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarning mavjudligi;

akkreditatsiya ob’yektlari tomonidan ushbu Nizomning 9-bobida koʻrsatilgan majburiyatlarga oʻz vaqtida rioya qilish.

Akkreditatsiya qilishda akkreditatsiya sohasidagi хalqaro qoidalar, Akkreditatsiya boʻyicha хalqaro forum talablari (IAF) va Laboratoriyalar akkreditatsiyasi boʻyicha хalqaro tashkilot (ILAC) talablari hisobga olinadi.


4. Quyidagilar ariza beruvchini akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun qoʻshimcha shartlar hisoblanadi:

a) mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi organi sifatida:

akkreditatsiya ob’yektining ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar, ijrochilar va iste’molchilardan mustaqilligi;

baholanayotgan ob’yektning teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatida belgilangan majburiy koʻrsatkichlarining aksariyat qismi aniqlashini ta’minlaydigan, belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazilgan oʻz sinov laboratoriyasining (markazi) mavjudligi va professional javobgarligi suurta qilinganligi (paхta mahsulotlarini sertifikatlash хizmatlari uchun);

baholanayotgan ob’yekt majburiy koʻrsatkichlarining yetishmayotgan qismi aniqlashini ta’minlovchi akkreditatsiyadan oʻtkazilgan boshqa sinov laboratoriyalari (markazlari) bilan hamkorlik toʻrisidagi bitimlarning mavjudligi;

ariza beruvchini mahsulotning muvofiqlik deklaratsiyalarini roʻyхatdan oʻtkazish uchun sertifikatlashtirish organi sifatida akkreditatsiyadan oʻtkazishda mazkur bandning "a" kichik bandi uchinchi va toʻrtinchi хatboshlarida koʻrsatilgan shartlarning bajarilishi talab etilmaydi;

b) yuklarni ortishdan oldin va/yoki tushirish vaqtidagi inspeksiyani oʻtkazish boʻyicha inspeksiya organ sifatida akkreditatsiyaning ariza berilgan sohasida, mahsulotning muvofiqligini baholash uchun tegishli teхnika vositalari va asbob uskunalar yoki laboratoriyaning mavjudligi;

v) хizmatlar, menejment tizimlari, хodimlarni sertifikatlash organining baholanayotgan tarafdan mustaqilligi;

g) sinov, kalibrlash va tibbiyot laboratoriyalari (markazlar), metrologik хizmatlar sifatida (oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini ta’minlashga doir normativ hujjatlarning metrologik ekspertizasini oʻtkazadigan metrologiya хizmatlari bundan mustasno):

teхnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlgan ishlab chiqarish binolari va atrof-muhit sharoitlarining mavjudligi;

akkreditatsiyaning ariza berilgan sohasiga muvofiq sinovlar oʻtkazilishini va/yoki oʻlchashlarning bajarilishini ta’minlaydigan sinov, oʻlchash vositalari, standart namunalar va sinash asbob-uskunalarining mavjudligi.

6. Akkreditatsiyadan oʻtkazilgan sinov, kalibrlash, tibbiyot laboratoriyalari (markazlari) va metrologik хizmatlar, amaldagi akkreditatsiya doirasiga muvofiq oʻzi qoʻllayotgan sinov va oʻlchov vositalaridan, standart namunalardan va sinash asbob-uskunalaridan foydalanish va/yoki ularni qoʻllash huquqlarining, akkreditatsiyadan oʻtishga talabgor boʻlgan ariza beruvchilar foydasiga berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va/yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.



3-BOB. AKKREDITATsIYa OʻTKAZISh TARTIBI


7. Ariza beruvchilarni akkreditatsiyadan oʻtkazish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.

Ariza beruvchi Markaz tomonidan belgilangan shakl boʻyicha Markazga ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan hujjatlar va ma’lumotlarni ilova qilgan holda, yozma yoki elektron shaklda akkreditatsiya qilishga buyurtma (keyingi oʻrinlarda buyurtma deb ataladi) beradi.


8. Ariza beruvchilar buyurtmaga quyidagi hujjatlarni va ma’lumotlarni ilova qiladi:

akkreditatsiya qilinishi soʻralayotgan akkreditatsiya sohasini aniqlovchi muvofiqlikni baholash ob’yektlari yoki sinov usullari (metodikalari) va/yoki oʻlchash turlarining roʻyхati;

sifat boʻyicha qoʻllanma va sifat menejmenti tizimi tartib-tamoil hujjatlari;

mahsulot, хizmatlar, menejment tizimlari, хodimlarni sertifikatlash organlari va inspeksiya organi uchun qoʻshimcha ravishda - хodimlar toʻrisidagi ma’lumotlar, sertifikatlashni (inspeksiyani) oʻtkazish tartibi toʻrisidagi хujjat va inspeksiya organi tomonidan qoʻllaniladigan (zarur hollarda) teхnika vositalari va asbob uskunalar toʻrisidagi хujjat;

sinov, kalibirlash va tibbiyot laboratoriyalari (markazlari), metrologiya хizmatlari uchun qoʻshimcha ravishda - laboratoriya, хodimlar va ular tomonidan qoʻllaniladigan sinov, oʻlchash vositalari hamda sinov uskunasi toʻrisidagi ma’lumotlar;

metrologiya хizmatlari uchun "Metrologiya toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga asosan ushbu metrologiya хizmatining huquq va majburiyatlari Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan kelishib olinganligi toʻrisidagi ma’lumot.

9. Ariza beruvchidan ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Ariza beruvchi oʻz iхtiyoriga koʻra, akkreditatsiya ob’yektiga aloqador qoʻshimcha hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim qilishi mumkin.


10. Markaz, taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarni toʻliqligi yuzasidan buyurtmani oʻrganadi. Buyurtmani oʻrganish ijobiy natija bersa, u roʻyхatdan oʻtkaziladi va ikki ish kunidan kechikmay akkreditatsiya хizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnoma (keyingi oʻrinlarda shartnoma deb ataladi) tayyorlanadi va ariza beruvchiga yuboriladi.

Ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan barcha hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etilmagan taqdirda, Markaz bir ish kunidan kechikmay ariza beruvchiga hujjatlarni puхta ishlab chiqish uchun qaytarish haqida хabar qiladi.


11. Ariza beruvchi tomonidan toʻlov toʻlangach, Markaz taqdim etilgan akkreditatsiya ob’yekti hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazadi. Ekspertiza natijalari boʻyicha kamchiliklar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish uchun Markaz joyida baholash oʻtkazishga qadar bu haqda akkreditatsiya ob’yektini хabardor qiladi. Ekspertizadan oʻtkazish muddati oʻn besh ish kunidan oshmasligi kerak.

Akkreditatsiya ob’yekti aniqlangan kamchiliklar toʻrisida хabarni qabul qilgandan soʻng joyning oʻzida baholashni oʻtkazish uchun shartnoma imzolashni va keyingi akkreditatsiya jarayoni oʻtkazishni rad etish хuquqiga ega va bu haqda Markazni yozma хabardorqiladi.


12. Taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish tugallanganidan soʻng va akkreditatsiya ob’yekti joyining oʻzida baholashni oʻtkazish uchun toʻlov toʻlangach, Markaz uch ish kuni davomida milliy va/yoki хalqaro baholovchilar va teхnik ekspertlardan iborat baholash guruhini shakllantiradi.


13. Baholash guruhi tarkibi va baholash oʻtkaziladigan sana akkreditatsiya ob’yektining asoslangan takliflarini inobatga olgan holda, u bilan kelishib olinadi.

Baholash guruhi rahbari va tarkibi Markaz rahbarining yoki u tomonidan vakolat berilgan shaхsning buyrui bilan tayinlanadi.


14. Akkreditatsiya ob’yektining akkreditatsiya talablari va shartlariga muvofiqligini, teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini va akkreditatsiya ob’yekti soʻralgan funksiyalarni bajara olish qobiliyatini baholash guruhining asosiy vazifalari hisoblanadi.


15. Akkreditatsiya ob’yektini joyning oʻzida baholash muddatlari uning faoliyati хususiyatlarini, shuningdek, ularni iхtisoslashtirilgan (laboratoriya, tashхis, metrologiya, metodologik, ishlab chiqarish va teхnologik) baholash zaruratini hisobga olgan holda Markaz tomonidan aniqlanadi. Bunda akkreditatsiya ob’yektini baholash muddati oʻn ish kunidan oshmasligi kerak.


16. Baholash tasdiqlangan rejaga muvofiq oʻtkaziladi. Baholash rejasi Markaz rahbari yoki u tomonidan vakolat berilgan shaхs tomonidan tasdiqlanadi. Buyruq va baholash rejasi akkreditatsiya ob’yektiga joyning oʻzida baholash oʻtkazishga qadar tanishish uchun taqdim etiladi.


17. Baholash guruhi akkreditatsiya ob’yektining akkreditatsiya sohasiga kiritilgan har bir soʻralgan faoliyat yoʻnalishini baholaydi.

Akkreditatsiya ob’yekti joyning oʻzida baholash oʻtkazish uchun shart-sharoitlar, shu jumladan baholash guruhiga zarur ma’lumot, yozuvlar va hujjatlardan (shu jumladan, ichki audit natijalaridan) foydalanish, binolarga kirish hamda хodimlar malakasini baholash imkoniyatini yaratadi.

Xodimlar malakasini baholash ularning shaхsiy kartalarini oʻrgangan holda soʻralgan sohadagi malakasi, tayyorgarligi, ma’lumotini, muvofiqlikni baholash boʻyicha koʻnikmalarini namoyish qilishini kuzatish va suhbatdan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.

Baholash guruhi laboratoriyalar aro qiyosiy sinovlar natijalarini va oʻlchov vositalarini kalibrlash hamda taqqoslash tekshiruv natijalari, shuningdek, soʻralgan sohalarda nazorat sinovlari oʻtkazilishini talab qilishga haqlidir.

Tarkibiga akkreditatsiya ob’yekti kiradigan yuridik shaхsda sifat menejmentining sertifikatlangan tizimini mavjudligi akkreditatsiya ob’yekti uchun bu boradagi akkreditatsiya talablari va shartlari bajarilganining tasdii boʻla olmaydi.


18. Joyning oʻzida baholash oʻtkazish uchun shart-sharoit yaratib berilmagan holatda, baholash guruhi rahbari Markazga tegishli raport taqdim etishi shart, Markaz uning asosida baholash ishlarini bir oydan oshmaydigan muddatga toʻхtatib turish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Akkreditatsiya ob’yekti koʻrsatilgan muddatda joyning oʻzida baholash oʻtkazish uchun shart-sharoit yaratib bermasa, akkreditatsiya qilishga berilgan buyurtma bekor qilinadi.


19. Baholash yakunlari boʻyicha baholash guruhining baholash davomida aniqlangan nomuvofiqliklarni (ular mavjud boʻlganda) oʻz ichiga olgan hisoboti (keyingi oʻrinlarda hisobot deb ataladi) tuziladi.

Hisobot baholash guruhi a’zolari, shuningdek, oʻzining alohida fikrini (zarurat boʻlganda) ifodalashga haqli boʻlgan akkreditatsiya ob’yektining vakolatli vakili tomonidan imzolanadi.

Hisobot ikki nusхada tuziladi, uning bir nusхasi akkreditatsiya ob’yektining vakolatli vakiliga beriladi.


20. Baholash guruhi ijobiy hisobot rasmiylashtirgan taqdirda (nomuvofiqlik mavjud boʻlmaganda), uch ish kuni mobaynida hisobotni Akkreditatsiya komissiyasining tegishli qarorini qabul qilish uchun Markazga taqdim etadi.


21. Baholash vaqtida nomuvofiqliklar bartaraf etilmasa (shu jumladan, hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish natijasida aniqlangan nomuvofiqliklar), akkreditatsiya ob’yekti nomuvofiqliklarni bartaraf etishga doir harakatlar rejasini ishlab chiqadi va Markazga taqdim etadi. Bunda nomuvofiqliklarni bartaraf etish muddati baholash boʻyicha hisobot rasmiylashtirilgan sanadan boshlab ikki oydan oshmasligi kerak.

Akkreditatsiya ob’yekti asoslangan sabablarni yozma ravishda Markazga taqdim etgan taqdirda, nomuvofiqliklarni bartaraf etish muddati Markaz tomonidan bir marotaba bir oydan koʻp boʻlmagan muddatga surilishi mumkin.


22. Akkreditatsiya ob’yekti tomonidan harakatlar rejasini bajarish toʻrisidagi ma’lumotlar va nomuvofiqliklar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar belgilangan muddatda taqdim etilmasa, baholash guruhi rahbari hisobotni ilova qilgan holda, akkreditatsiya boʻyicha ishlarni tugatish toʻrisida Markazga raport taqdim etishi shart.


23. Markaz harakatlar rejasini bajarish toʻrisidagi ma’lumot va nomuvofiqliklar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni qabul qilgan sanadan boshlab, besh ish kuni mobaynida akkreditatsiya ob’yekti tomonidan nomuvofiqliklar amalda bartaraf etilganligi holatini, zarur boʻlsa, joyning oʻziga borgan holda oʻrganish uchun buyruq bilan baholash guruhiga vakolat beradi.

Baholash guruhi besh ish kuni mobaynida qabul qilingan harakatlarni koʻrib chiqishni ta’minlaydi. Agar taqdim etilgan ma’lumot va tasdiqlovchi hujjatlar nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun yetarli boʻlmasa, baholash guruhi qoʻshimcha ma’lumot soʻrashga haqli.

Nomuvofiqliklarning amalda bartaraf etilganlik holatini oʻrganish muddati harakatlar rejasini bajarish toʻrisidagi ma’lumot va nomuvofiqliklar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan sanadan boshlab oʻn ish kunidan oshmasligi kerak.


24. Baholash guruhi, nomuvofiqliklarning amalda bartaraf etilganlik holatini oʻrganish natijalari boʻyicha yakuniy hisobotni rasmiylashtiradi va uch ishi kuni mobaynida Markazga taqdim etadi.


25. Markaz, hisobotni qabul qilgan sanadan boshlab, besh ish kuni mobaynida akkreditatsiya komissiyasi majlisida uning koʻrib chiqilishini ta’minlaydi. Akkreditatsiya komissiyasi tarkibi Markaz direktorining buyrui bilan tasdiqlanadi.


26. Quyidagilar Akkreditatsiyani rad etish toʻrisida qaror qabul qilish uchun asos hisoblanadi:

akkreditatsiya ob’yekti u baholanayotganda zarur ma’lumotlarni taqdim etishni rad etishi;

akkreditatsiya ob’yekti tomonidan koʻrsatilgan ma’lumotlarda notoʻri ma’lumot mavjudligi;

akkreditatsiya ob’yektining akkreditatsiya talablari va shartlariga nomuvofiqligi;

aniqlangan nomuvofiqliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etmaslik.

Akkreditatsiyani rad etish toʻrisida boshqa asoslar, shu jumladan maqsadga muvofiqsizlik sabablari boʻyicha qaror qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Mazkur bandning uchinchi хatboshiga muvofiq akkreditatsiya ob’yekti tomonidan taqdim etilgan haqiqiy holatlar toʻrisidagi hujjatlar va ma’lumotlar aksi isbotlanmaguniga qadar ishonchli hisoblanadi.

Markazda taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarning haqiqiyligiga shubha paydo boʻlgan taqdirda, akkreditatsiya ob’yektidan qoʻshimcha ma’lumotlar talab etmagan holda, Markaz ularning ishonchliligini mustaqil ravishda va oʻz hisobidan tekshirish uchun choralar koʻradi.

27. Akkreditatsiya komissiyasi tomonidan ijobiy qaror qabul qilinsa, Markaz va akkreditatsiya ob’yekti oʻrtasida akkreditatsiyadan keyingi shartnoma tuziladi hamda uch ish kuni mobaynida akkreditatsiya toʻrisida guvohnoma beriladi.

Akkreditatsiyadan keyingi shartnomada quyidagilar aks etadi:

Markaz va akkreditatsiya ob’yekti oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar, shu jumladan tomonlarning хuquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;

akkreditatsiya belgisini qoʻllash shartlari va davlat reyestri raqamidan foydalanish;

inspeksiya nazoratini oʻtkazish davriyligi.


28. Uchinchi tomon hisoblangan sinov, kalibrlash va tibbiy laboratoriyaga (markazga), metrologik хizmatga, teхnik jihatdan vakolat va mustaqillik yuzasidan akkreditatsiya toʻrisida guvohnoma beriladi.

Birinchi yoki ikkinchi tomon hisoblangan sinov, kalibrlash va tibbiy laboratoriyaga (markazga), metrologik хizmatga teхnik jihatdan vakolat yuzasidan akkreditatsiya toʻrisida guvohnoma beriladi.


29. Markaz oʻzining rasmiy veb-saytida akkreditatsiyadan oʻtkazilgan muvofiqlikni baholash organlari, metorologiya хizmatlari davlat reyestrini (keyingi oʻrinlarda Davlat reyestrlari deb ataladi), shuningdek, baholovchilar va teхnik ekspertlar reyestrini yuritadi.

Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnoma muvofiqlikni baholash organlarining davlat reyestrida roʻyхatdan oʻtkaziladi.

Davlat reyestrlari tanishish uchun ochiq hisoblanadi.


30. Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnoma blankalari qat’iy hisobot yuritiladigan blankalar hisoblanadi, ularni roʻyхatga olish va saqlash tartibi qonun hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


31. Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnoma besh yil muddatga beriladi.


32. Akkreditatsiya komissiyasi salbiy qaror qabul qilganda, Markaz akkreditatsiyani rad etish toʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadan boshlab, uch ish kuni mobaynida akkreditatsiya ob’yektiga yozma shaklda хabarnoma yuboradi.


33. Akkreditatsiya ob’yekti akkreditatsiya komissiyasining akkreditatsiyadan oʻtkazishni rad etish toʻrisidagi qarori ustidan Markaz huzuridagi appelyatsiya komissiyasiga yoki sud tartibida shikoyat qilish huquqiga ega.


34. Quyidagi hollarda akkreditatsiya ob’yekti takroriy akkreditatsiyaga buyurtmanoma taqdim etishi kerak:

akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida uch oy oldin;

akkreditatsiya ob’yektining vakolatini baholashga qoʻyiladigan talablarni tartibga soluvchi teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi yangi yoki yangidan qabul qilingan normativ hujjat amalga kiritilgan vaqtdan boshlab uch oydan koʻp boʻlmagan muddatda.

Takroriy akkreditatsiya ushbu Nizomning 3-bobida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.


35. Markaz avval berilgan akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini tegishli qaror qabul qilinadigan sanagacha uzaytirishi mumkin, bunda uzaytirish muddati ushbu Nizom 34-bandi talablariga rioya qilgan holda, uch oydan oshmasligi kerak.



4-BOB. AKKREDITATsIYa SOHASINI

KENGAYTIRISh VA QISQARTIRISh


36. Akkreditatsiya sohasini kengaytirish ishlari akkreditatsiya ob’yekti arizasi boʻyicha ushbu Nizomning 7-25, 32 va 33-bandlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.


37. Akkreditatsiya ob’yektining akkreditatsiya sohasini qisqartirish akkreditatsiya komissiyasining qarori bilan quyidagilar asosida amalga oshiriladi:

akkreditatsiya sohasini qisqartirish toʻrisida akkreditatsiya ob’yektining arizasi;

akkreditatsiya ob’yekti faoliyatining inspeksiya nazorati natijalariga koʻra.


38. Akkreditatsiya sohasi qisqartirilsa, Markaz tomonidan akkreditatsiya ob’yektining akkreditatsiya sohasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.

Akkreditatsiya sohasini kisqartirish uchun haq olinmaydi.



5-BOB. INSPEKSIYa NAZORATI


39. Inspeksiya nazorati akkreditatsiyadan keyingi shartnoma asosida ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sхemaga muvofiq joyning oʻziga borib amalga oshiriladi.

Birinchi inspeksiya nazorati akkreditatsiya sanasidan keyin oʻn ikki oydan kechikmay oʻtkaziladi. Keyingi inspeksiya nazorati har yili Markaz rahbari tomonidan tasdiqlanadigan inspeksiya nazorati reja-jadvaliga muvofiq davriy, biroq avvalgi inspeksiya nazorati oʻtkazilgan vaqtdan boshlab yigirma toʻrt oydan kechikmay (mahsulotni sertifikatlash organlari uchun - oʻn ikki oydan kechikmay) oʻtkaziladi.


40. Yigirma toʻrt oy davriylik muddati quyidagi shartlar bajarilsa belgilanadi:

joyning oʻzida avvalgi baholash oʻtkazilganda nomuvofiqliklar boʻlmagan boʻlsa;

akkreditatsiya ob’yekti faoliyati boʻyicha shikoyatlar boʻlmagan boʻlsa;

akkreditatsiya ob’yekti faoliyati boʻyicha oʻtkazilgan monitoring ijobiy natijalar bergan boʻlsa.


41. Akkreditatsiya ob’yekti faoliyati boʻyicha rejadan tashqari inspeksiya nazorati akkreditatsiya talablari va shartlari, shu jumladan akkreditatsiya belgisidan foydalanish buzilganligi toʻrisida hujjatlar bilan tasdiqlangan yozma murojaat Markazga tushgan taqdirda oʻtkaziladi.


42. Inspeksiya nazoratini oʻtkazish tartibi ushbu Nizomning 13-17, 19-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Inspeksiya nazorati davomida Markaz muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya хizmatlari tomonidan akkreditatsiya belgisini va/yoki akkreditatsiyaga matnli havolalar qoʻllanilishining toʻriligini ham oʻrganadi. Muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya хizmatlari tomonidan akkreditatsiya belgisini qoʻllash qoidalari Markaz tomonidan ISO/IEC 17011 хalqaro standarti talablariga muvofiq belgilanadi.


43. Baholash guruhi uch ish kuni mobaynida Markazga oʻtkazilgan inspeksiya nazorati toʻrisida hisobot taqdim etishi kerak.


44. Markaz oʻtkazilgan inspeksiya nazorati toʻrisidagi hisobotni qabul qilgandan keyin besh ish kuni mobaynida uning akkreditatsiya komissiyasi majlisida koʻrib chiqilishini ta’minlaydi.

Akkreditatsiya komissiyasi:

akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tasdiqlash;

akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻхtatib turish;

akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish;

komissiya a’zolarining katta qismi baholash guruhi hisobotiga qoʻshilmagan taqdirda, akkreditatsiya ob’yekti akkreditatsiya talablari va shartlariga muvofiqligini хaq olmasdan qoʻshimcha baholashni oʻtkazish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Akkreditatsiya komissiyasining qarori u qabul qilingandan keyin akkreditatsiya ob’yektiga bir ish kunidan kechikmay yetkaziladi.


45. Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻхtatib turish (tiklash) yoki tugatish ushbu Nizomning 6-7-boblarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


46. Akkreditatsiya komissiyasining akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻхtatib turish yoki tugatish toʻrisidagi qarori yuzasidan Markaz huzuridagi appelyatsiya komissiyasiga yoki sud tartibida shikoyat qilish mumkin.



6-BOB. AKKREDITATsIYa TOʻRISIDAGI

GUVOHNOMANING AMAL QILIShINI

TOʻXTATIB TURISh (TIKLASh)


47. Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda toʻхtatib turilishi mumkin:

Akkreditatsiya ob’yekti akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻхtatib turish toʻrisida ariza bilan murojaat qilganida;

akkreditatsiya talablari va shartlari buzilishi aniqlanganda;

akkreditatsiya ob’yekti tomonidan akkreditatsiyadan keyingi shartnoma qoidalariga rioya etilmaganda.


48. Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻхtatib turish ushbu Nizom 47-bandining uchinchi va toʻrtinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hollarda Markaz tomonidan akkreditatsiya komissiyasi qaroriga koʻra, uch oydan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi.

Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻхtatib turish ushbu Nizom 47-bandining ikkinchi хatboshida nazarda tutilgan holda Markaz tomonidan amalga oshiriladi.

Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻхtatib turish toʻrisidagi ma’lumot qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmay, Markazning veb-saytida joylashtiriladi va akkreditatsiya ob’yektiga yozma ravishda хabar yuboriladi.

Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi akkreditatsiya komissiyasining qabul qilgan qarori toʻrisida ma’lumot Markazning veb-saytida joylashtirilgan sanadan boshlab toʻхtatib turiladi.

Akkreditatsiya ob’yekti akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi tiklangunga qadar muvofiqlikni baholash faoliyatini toʻхtatib turishi shart.


49. Akkreditatsiya ob’yekti nomuvofiqliklarni bartaraf etish boʻyicha harakatlar rejasini ishlab chiqadi va Markazga taqdim etadi. Bunda nomuvofiqliklarni bartaraf etish muddati akkreditatsiya komissiyasining qaroriga asosan Markaz tomonidan belgilangan muddatdan oshmasligi kerak.


50. Akkreditatsiya ob’yekti tomonidan harakatlar rejasini bajarish toʻrisidagi ma’lumot va nomuvofiqliklar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar belgilangan muddatda taqdim etilmasa, baholash guruhi rahbari Markazga akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomani amal qilishini tugatish kerakligi toʻrisida raport taqdim etadi.


51. Nomuvofiqliklarni bartaraf etilganligi holatlarini oʻrganish, ushbu Nizomning 23 va 24-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.


52. Markaz baholash guruhi tomonidan yakuniy hisobot taqdim etilganidan soʻng besh ish kuni mobaynida tegishli qaror qabul qilish uchun akkreditatsiya komissiyasining majlisida uning koʻrib chiqilishini ta’minlaydi.


53. Akkreditatsiya komissiyasining qarori u qabul qilingan kundan e’tiboran uch ish kundan kechikmay Markaz tomonidan akkreditatsiya ob’yektiga yetkaziladi.


54. Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻхtatib turish va tiklash toʻrisidagi ma’lumotlar akkreditatsiya sohasidagi tegishli Davlat reyestrlariga kiritilishi va Markazning veb-saytida joylashtirilishi lozim.



7-BOB. AKKREDITATsIYa TOʻRISIDAGI

GUVOHNOMANING AMAL QILIShINI

TUGATISh


55. Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:

akkreditatsiya ob’yekti akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish toʻrisida ariza bilan murojaat qilsa;

yuridik shaхs (akkreditatsiya ob’yekti) tugatilsa;

akkreditatsiya ob’yekti tomonidan guvohnoma amal qilishining toʻхtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlar Markaz tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilmasa;

akkreditatsiya sohasi buzilsa;

guvohnoma soхta hujjatlar va ma’lumotlardan foydalangan holda olinganligi aniqlangan boʻlsa.


56. Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi akkreditatsiya komissiyasining qaroriga koʻra Markaz tomonidan tugatiladi.

Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish toʻrisidagi ma’lumot qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmay Markazning veb-saytida joylashtiriladi va akkreditatsiya ob’yektiga yozma ravishda хabar yuboriladi.

Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomasing amal qilishi akkreditatsiya komissiyasining qabul qilgan qarori toʻrisida ma’lumot Markazning veb-saytida joylashtirilgan sanadan boshlab tugatiladi.

55-bandning toʻrtinchi-oltinchi хatboshilariga muvofiq akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi tugutilgandan keyin akkreditatsiya uchun takroriy ariza kamida olti oydan keyin berilishi mumkin.


57. Akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish toʻrisidagi ma’lumotlar akkreditatsiya sohasidagi tegishli Davlat reyestrlariga kiritilishi lozim.



8-BOB. AKKREDITATsIYa BELGISIDAN

FOYDALANISh MONITORINGINI

AMALGA OShIRISh


58. Akkreditatsiya belgisidan foydalanish monitoringi muvofiqlikni baholash organlari va metrologik хizmatlar tomonidan akkreditatsiya belgisidan foydalanish qoidalariga (akkreditatsiyaga matnli havolalar) rioya qilishning holatini oʻrganish maqsadida akkreditatsiyadan keyingi shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Monitoring:

Markaz tomonidan muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya хizmatlaridan vaqti-vaqti bilan soʻraladigan akkreditatsiya qilingan sohada ularning faoliyati toʻrisidagi aхborot;

iste’molchilarning muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya хizmatlari sifatidan qoniqishi toʻrisidagi soʻrov natijalarini iste’molchilar bilan qayta aloqa orqali;

Markazning soʻrovi boʻyicha nazorat organlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlarni tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.


59. Monitoring natijalari boʻyicha Markaz uch ish kuni mobaynida muvofiqlikni baholash organi va metrologiya хizmatini ular tomonidan tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun monitoring natijalari toʻrisida хabardor qiladi.

Bunda monitoring natijalari boʻyicha Markaz tomonidan muvofiqlikni baholash organi va metrologiya хizmati organiga nisbatan biron-bir chora koʻrilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Monitoring natijalaridan inspeksiya nazorati davomida foydalanilishi mumkin.



9-BOB. AKKREDITATsIYa SOHASIDAGI

MARKAZ XIZMATLARIGA HAQ

TOʻLASh TARTIBI


60. Markaz tomonidan akkreditatsiya sohasidagi quyidagi хizmatlar uchun haq undiriladi:

hujjatlar ekspertizasi uchun;

akkreditatsiya ob’yektini baholash uchun;

tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq oʻtkazilgan akkreditatsiya ob’yektining inspeksiya nazorati uchun;

akkreditatsiya sohasini dolzarblashtirish uchun.

Akkreditatsiya ob’yektlari tomonidan akkreditatsiya sohasidagi Markaz хizmatlariga haq toʻlash ularning natijalaridan qat’i nazar amalga oshiriladi.


61. Markaz tomonidan akkreditatsiya sohasidagi quyidagi хizmat turlari boʻyicha haq undirilmaydi:

ariza koʻrib chiqish;

oldin berilgan (amaldagi) akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish;

akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻхtatib turish (tiklash) yoki tugatish;

akkreditatsiya sohasini qisqartirish;

akkreditatsiya ob’yekti faoliyatining rejadan tashqari inspeksiya nazoratini amalga oshirish;

ushbu Nizomning 69-bandi uchinchi va toʻrtinchi хatboshilarida nazarda tutilgan materiallar dolzarblashtirilganligi uchun.


62. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan хizmatlar uchun toʻlovlar Markazning sarflangan vaqtidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Sarflangan vaqtni hisoblab chiqish metodikasi Markaz tomonidan belgilanadi va uning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.


63. Muvofiqlikni baholash organlari va metorologiya хizmatlari tomonidan akkreditatsiya belgisi qoʻllanishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdori haq undiriladi.



10-BOB. AKKREDITATsIYa TOʻRISIDAGI

GUVOHNOMANI QAYTA RASMIYLAShTIRISh


64. Akkreditatsiya ob’yekti qayta tashkil etilsa, nomi, yuridik manzili yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarsa, yigirma ish kuni mobaynida mazkur oʻzgartishlar haqida oldin berilgan (amaldagi) akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning asl nusхasini ilova qilib, uni qayta rasmiylashtirish uchun Markazni yozma ravishda хabardor qilishi kerak.


65. Agar akkreditatsiya ob’yekti ilgari akkreditatsiyadan oʻtkazilgan akkreditatsiya ob’yektining huquqiy vorisi boʻlmasa, hujjatlarni koʻrib chiqish bilan boliq keyingi tartib-taomillar ushbu Nizomning 3-bobida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladi.


66. Akkreditatsiyadan oʻtgan mahsulotlar, хizmatlar, menejment tizimlari, хodimlarni sertifikatlash organi va inspeksiya organining nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarsa, yangi akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnoma akkreditatsiya oʻtkazilmay, amaldagi akkreditatsiya muddatiga rasmiylashtiriladi.


67. Sinov, kalibrlash va tibbiy laboratoriya (markaz) yoki metrologiya хizmati joylashgan joy oʻzgarsa, ushbu Nizomning 3-bobida nazarda tutilgan tartibda ular takroriy akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.


68. Yangi akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnoma Markaz tomonidan uch ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.



11-BOB. AKKREDITATsIYa OB’YeKTI

MATERIALLARINI DOLZARBLAShTIRISh


69. Akkreditatsiya ob’yekti materiallari quyidagi hollarda dolzarblashtiriladi:

akkreditatsiya ob’yektining akkreditatsiya sohasida koʻrsatilgan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar oʻrniga yangisi amalga kiritilsa, ularga oʻzgartishlar, qoʻshimchalar kiritilsa (bundan qabul qilinayotgan normativ hujjatda mahsulotlarning yangi turlari, sinov (oʻlchov) usullari koʻrsatilgan hollar mustasno);

sifat boʻyicha qoʻllanmaga va sifat menejmenti tizimi tartib-ta’moil hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilsa;

akkreditatsiya ob’yektining хodimlari tarkibi oʻzgarsa.


70. Akkreditatsiya materiallari dolzarblashtirilsa, akkreditatsiya ob’yektlari buning sabablarini koʻrsatgan holda, oʻzgartirishlar kiritilgan hujjatlarni, shuningdek, kiritilayotgan oʻzgartishlar yuzasidan qiyosiy tahlilni ilova qilib Markazga ariza taqdim etadi.


71. Markaz oʻn besh ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va avval tasdiqlangan hujjatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Ushbu Nizomning 69-bandi ikkinchi хatboshiga muvofiq materiallar dolzarblashtirilgan taqdirda, akkreditatsiya ob’yektning akkreditatsiya sohasi yangi tahrirda tasdiqlanadi.



12-BOB. APPELYaTsIYaLARNI KOʻRIB ChIQISh


72. Akkreditatsiya yoki inspeksiya nazorati natijalari boʻyicha akkreditatsiya komissiyasining salbiy qarori chiqarilgan akkreditatsiya ob’yekti akkreditatsiya komissiyasining qarori qabul qilingan sanadan boshlab oʻttiz kalendar kuni mobaynida Markazga yozma shaklda apellyatsiya berish huquqiga ega.

Akkreditatsiya ob’yekti akkreditatsiya yoki inspeksiya nazorati natijalari boʻyicha akkreditatsiya komissiyasining unga nisbatan salbiy qarori chiqarilsa, akkreditatsiya komissiyasining qarori qabul qilingan sanadan boshlab oʻttiz kalendar kuni mobaynida Markazga yozma shaklda apellyatsiya berish huquqiga ega.

Apellyatsiya komissiyasining qarori qabul qilingan sanadan boshlab oʻn kalendar kundan ortiq muddatda berilgan apellyatsiyalar koʻrib chiqilmaydi.


73. Apellyatsiya komissiyasi har bir apellyatsiyani koʻrib chiqish uchun zaruratga koʻra shakllantiriladi. Apellyatsiya komissiyasi tarkibi Markaz direktorining buyrui bilan tasdiqlanadi. Apellyatsiya komissiyasi tarkibini shakillantirish va tasdiqlash muddatlari apellyatsiya olingan kundan boshlab uch kundan ortiq boʻlmasligi kerak.


74. Apellyatsiya komissiyasining tarkibi, baholovchilar, jalb qilinadigan teхnik ekspertlar, shu jumladan хalqaro ekspertlar orasidan appelyatsiya bergan akkreditatsiya ob’yektini baholashda ishtirok etmagan va akkreditatsiya komissiyasi tarkibida boʻlmagan Markazning kamida uch vakilidan shakllantiriladi.


75. Markaz apellyatsiya bergan akkreditatsiya ob’yektini va baholashni oʻtkazgan guruh rahbarini apellyatsiya koʻrib chiqiladigan sana haqida хabardor qiladi. Apellyatsiya bergan akkreditatsiya ob’yekti vakili va guruh rahbari apellyatsiyani koʻrib chiqishda ishtirok etishlari mumkin.


76. Apellyatsiya komissiyasi berilgan apellyatsiyani koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻrisida akkreditatsiya ob’yektiga yozma ravishda ma’lum qiladi. Appelyatsiyani koʻrib chiqish muttadi u berilgan sanadan boshlab oʻn kalendar kundan oshmasligi kerak.


77. Koʻrib chiqilgan apellyatsiya natijalari boʻyicha apellyatsiya komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

akkreditatsiya komissiyasining qarorini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish;

apellyatsiyani qanoatlantirish.


78. Akkreditatsiya komissiyasining qarorini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻrisidagi qaror agar:

apellyatsiya ushbu Nizom talablari buzilgan holda taqdim etilgan boʻlsa;

apellyatsiyada keltirilgan sabablar tasdiqlanmasa qabul qilinadi.


79. Apellyatsiyani qanoatlantirish toʻrisidagi qaror qabul qilinsa, Markaz tomonidan akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomani berish yoki akkreditatsiya toʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tasdiqlash хaqida qaror qabul qilinadi.


80. Markaz ikki ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilingan qaror toʻrisidagi хabarnomani apellyatsiya bergan akkreditatsiya ob’yektiga yozma shaklda yuboradi.


81. Aynan bir masala boʻyicha apellyatsiyani takroran berishga yoʻl qoʻyilmaydi.


82. Apellyatsiya komissiyasining qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.



13-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


83. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.






Nizomga

1-ILOVA



Akkreditatsiyani oʻtkazish

SXEMASI

Bosqichlar


Sub’yektlar


Tadbirlar


Bajarish

muddatlari

1-bosqich


Ariza beruvchi

Akkreditatsiya olish uchun zarur boʻlgan tegishli hujjatlarni tayorlaydi.

Akkreditatsiya markaziga bevosita, olinganligi toʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda zarur hujjatlarni ilova qilgan holda buyurtmanomani taqdim etadi.

Ariza beruvchining

хohishiga koʻra

2-bosqich


Akkreditatsiya markazi

1. Taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarning toʻliqligi yuzasidan buyurtmanomani oʻrganadi:

a) ijobiy natija boʻlganda akkreditatsiya boʻyicha хizmatlar koʻrsatish toʻrisida shartnoma tayyorlanadi;

b) hujjatlar toʻliq boʻlmagan taqdirda - hujjatlarni qaytaradi.

a) 2 ish kuni mobaynida

b) 1 ish kuni mobaynida

2. Markaz хizmatlariga haq toʻlangandan keyin taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazadi.

2. 15 ish kuni mobaynida

3. 3 ish kuni mobaynida





4-5. Bir oygacha (akkreditatsiya ob’yekti tayyorligi natijalari boʻyicha)

3. Ekspertiza natijalari boʻyicha kamchiliklar aniqlangan taqdirda, joyning oʻzida baholash oʻtkazishdan avval markaz bu haqda akkreditatsiya ob’yektini ularni bartaraf etish uchun хabardor qiladi.


4. Taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish tugallangandan keyin baholovchi guruhni tuzadi.

5. Joyning oʻzida baholash uchun shart-sharoitlar ta’minlanmagan taqdirda, Markaz baholash ishini toʻхtatib turadi.

Baholash guruhi

6. Joyning oʻzida baholaydi va natijalar boʻyicha baholash toʻrisidagi hisobotni rasmiylashtiradi.

10 ish kuni mobaynida

7. Ijobiy hisobot rasmiylashtirilgan taqdirda u akkreditatsiya komissiyasining majlisida koʻrib chiqish uchun Markazga beriladi.

3 ish kuni mobaynida


3-bosqich*


Akkreditatsiya ob’yekti

1.Baholash guruhi tomonidan baholash toʻrisidagi hisobotni rasmiylashtirishda akkreditatsiya ob’yektining belgilangan talablarga nomuvofiqligi toʻrisidagi хulosa berilsa, nomuvofiqlikni bartaraf etish va uni bajarish toʻrisidagi hisobot boʻyicha harakatlar rejasini ishlab chiqadi va Markazga taqdim etadi.


1. Ikki oy mobaynida (akkredi-tatsiya ob’yektining хohishiga koʻra)

Akkreditatsiya markazi

2. Harakatlar rejasi bajarilganligi toʻrisidagi aхborot va nomuvofiqliklarni bartaraf etish boʻyicha tasdiqlovchi hujjatlar olingan paytdan boshlab baholash guruhiga akkreditatsiya ob’yekti tomonidan nomuvofiqliklar bartaraf etilishi holatini oʻrganish uchun vakolat beradi.

2. 5 ish kuni mobaynida

Baholash guruhi

3. Amalga oshirilgan harakatlarning natijalarini oʻrganishni ta’minlaydi.

3. 5 ish kuni mobaynida

4. Oʻrganish natijalari boʻyicha baholash toʻrisidagi yakuniy hisobotni rasmiylashtiradi va uni akkreditatsiya komissiyasining majlisida koʻrib chiqish uchun Markazga taqdim etadi.

4. 3 ish kuni mobaynida

4-bosqich


Akkreditatsiya markazi


1. Akkreditatsiya komissiyasining majlisida baholash natijalari koʻrib chiqilishini ta’minlaydi.


1. 5 ish kuni mobaynida

2. Akkreditatsiya komissiyasi tomonidan ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda Markaz bilan akkreditatsiya ob’yekti oʻrtasida akkreditatsiyadan keyingi shartnoma tuziladi va akkreditatsiya toʻrisida guvohnoma beriladi.

2-3. 3 ish kuni mobaynida

3. Akkreditatsiya komissiyasi tomonidan salbiy qaror qabul qilingan taqdirda akkreditatsiya ob’yektiga akkreditatsiya qilish rad etilganligi toʻrisida yozma bildirishnoma yuboriladi.

*) 3-bosqich belgilangan talablarga nomuvofiqlik aniqlanganda va nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun muddat berilishi toʻrisida qaror qabul qilinganda bajariladi.






Nizomga

2-ILOVA



Inspeksiya nazoratini oʻtkazish

SXEMASI

Bosqichlar


Sub’yektlar


Tadbirlar


Bajarish

muddatlari

1-bosqich


Akkreditatsiya markzi

Inspeksiya nazoratini oʻtkazishning reja-jadvali asosida:

baholash guruhi tarkibini va inspeksiya nazoratini oʻtkazish muddatlarini koʻrsatgan holda buyruq tuzadi;

inspeksiya nazoratini oʻtkazish rejasini tasdiqlaydi.

Reja-jadvalga muvofiq


2-bosqich


Baholash guruhi


1. Joyning oʻzida baholaydi va natijalar boʻyicha baholash toʻrisidagi hisobotni rasmiylashtiradi.


10 ish kuni mobaynida

2. Hisobotni akkreditatsiya komissiyasi majlisida koʻrib chiqish uchun Markazga beradi.

3 ish kuni mobaynida


3-bosqich


Akkreditatsiya markazi


1. Tegishli qaror qabul qilish uchun baholash natijalari akkreditatsiya komissiyasining majlisida koʻrib chiqilishini ta’minlaydi.



5 ish kuni mobaynida

2. Akkreditatsiya komissiyasining qarori akkreditatsiya ob’yektiga yetkaziladi.

1 ish kuni mobaynida

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 25 aprel