Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.04.2019 y. 342-son "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

20.04.2019 y.

N 342




JAMIYaTDA HUQUQIY MADANIYaTNI

YuKSALTIRISh BOʻYIChA TADBIRLARNI

MONITORING QILISh VA BAHOLASh

TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻrisida" 2019 yil 9 yanvardagi PF-5618-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni tahlil qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:

jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni tizimli ravishda monitoring qilib borsin, bunda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan huquqiy taribot va ma’rifat boʻyicha olib borilgan ishlarni oʻrganib, ularning ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini takomillashtirishga doir takliflar tayyorlanishini ta’minlasin;

jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlar tashkil qilinishida davlat organlari va tashkilotlarga doimiy ravishda amaliy yordam berib borsin;

jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash natijalari toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga har olti oyda tahliliy aхborot kiritib borsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                   A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 22 aprel