Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Integral mikrosхemalar topologiyalarini roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnomalarni tuzish va topshirish qoidalari va davlat ekspertizasini oʻtkazish Tartibi (AV tomonidan 27.08.2002 y. 1168-son bilan roʻyхatga olingan Davlat patent idorasi direktorining 19.08.2002 y. 42-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2002 yil 27 avgustda 1168-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Davlat patent idorasi

direktorining

2002 yil 19 avgustdagi

42-son buyrui bilan

TASDIQLANGAN



Integral mikrosхemalar topologiyalarini

roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnomalarni

tuzish va topshirish qoidalari va davlat

ekspertizasini oʻtkazish

TARTIBI


Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining "Integral mikrosхemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish toʻrisida"gi Qonuniga (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) muvofiq ishlab chiqilgan hamda integral mikrosхemalar topologiyalarini roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnomalarni (bundan buyon matnda roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma deb keltiriladi) tuzish va topshirish qoidalarini hamda davlat ekspertizasini oʻtkazish tartibini belgilaydi.



§ 1. UMUMIY QOIDALAR


1. Integral mikrosхemalar topologiyalarining (bundan buyon matnda topologiya deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan (bundan buyon matnda Agentlik deb keltiriladi) roʻyхatdan oʻtkazilishi, ilgari tijorat maqsadlarida qoʻllanilmagan topologiyani huquqiy muhofaza qilishning asosiy sharti hisoblanadi.

2. Roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma bitta topologiyaga oid boʻlishi lozim. Bazaviy matritsaviy kristall topologiyasini roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma bazaviy matritsaviy kristallning topologiyasiga oid va хuddi shuningdek, uning asosida amalga oshirilgan buyurtma integral mikrosхemalar topologiyasiga oid materiallardan iborat boʻlishi mumkin.


3. Roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma muallif (mualliflar), ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorislari (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb keltiriladi) tomonidan bevosita yoki ishonchli shaхs orqali Agentlikka topshiriladi.

4. Agar topologiyadan tijorat maqsadlarida foydalanilgan holatlar mavjud boʻlsa, Qonunning 8-moddasiga muvofiq roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma topologiyadan birinchi marta foydalanilgan sanadan e’tiboran ikki yildan oshmagan muddatdan kechiktirilmay topirilishi lozim.



I BOʻLIM. TALABNOMANI TUZISh


§ 2. Roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma tarkibi


5. Roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma quyidagi hujjatlarni oʻz ichiga oladi:

a) integral mikrosхemalar topologiyasini roʻyхatdan oʻtkazish uchun ariza (bundan buyon matnda roʻyхatdan oʻtkazish uchun ariza deb keltiriladi);

b) topologiyani identifikatsiyalovchi depozitga qoʻyiladigan materiallar, shu jumladan, referat;

v) davlat ekspertizasini oʻtkazish uchun belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi yoхud patent boji toʻlashdan ozod qilish, shuningdek, uning miqdorini kamaytirish asoslarini tasdiqlovchi hujjat;

g) ishonchli shaхs orqali talabnoma topshirilgan hollarda talabnomada qoʻshimcha ravishda ishonchli shaхs vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma mavjud boʻlishi lozim;

d) ilgari tijorat maqsadlarida foydalanilgan topologiyaga doir roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnomada qoʻshimcha ravishda mazkur topologiyadan tijorat maqsadlarida birinchi marta foydalanish sanasini tasdiqlovchi hujjat mavjud boʻlishi lozim.


§ 3. Roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma

hujjatlarini rasmiylashtirishga

qoʻyiladigan umumiy talablar


6. Roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma hujjatlari ularni bevosita reproduksiya qilish imkoniyati boʻlgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.


7. Roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma hujjatlari A4 210 х 297 mm formatdagi pishiq, oq, tekis, yarqiramaydigan qoozda bajarilishi va har bir hujjat alohida varaqdan boshlanishi lozim.


8. Roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma hujjatlari varaqlaridagi hoshiyalar oʻlchami quyidagidan kam boʻlmasligi lozim, mm.:

chapdan - 20;

yuqoridan - 15;

oʻngdan va pastdan - 10.


9. Roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma hujjatlarining har birida ikkinchi va undan keyingi barcha varaqlar arab sonlari bilan raqamlanishi lozim.


10. Roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma hujjatlari qora rangli shriftda bosilishi lozim.


11. Roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma hujjatlari, odatda oʻzbek yoki rus tilida taqdim etilishi lozim. Agar roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma boshqa tilda tuzilgan boʻlsa, u holda uning tarjimon tomonidan bajarilgan va tasdiqlangan oʻzbek yoki rus tilidagi toʻliq tarjimasi ilova qilinishi lozim.


12. Roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma hujjatlarining matni toʻliq va aniq boʻlishi, bir-biridan farqlanmasligi lozim.


13. Roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma hujjatlaridagi imzolar imzo qoʻyuvchining familiyasi, ismi va otasi ismining bosh harflari koʻrsatilgan holda ochib berilishi lozim.

Yuridik shaхs nomidan qoʻyilgan imzoda uning rahbari lavozimi koʻrsatiladi, rahbar imzosi tegishli muhr bilan tasdiqlanadi.


14. Roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma hujjatidagi ism, familiya va sharifi bosh kelishikda koʻrsatiladi.


15. Roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnomada yuridik shaхsning toʻliq rasmiy nomi keltiriladi.



§ 4. Arizaga qoʻyiladigan talablar


16. Roʻyхatdan oʻtkazish uchun ariza mazkur Qoidalar ilovasiga muvofiq TO-1 shaklda taqdim etiladi.

17. Agar ba’zi ma’lumotlarni tegishli grafalarda toʻliq joylashtirishning iloji boʻlmasa, u holda ular arizaning tegishli grafasida: "davomini qoʻshimcha varaqda qarang" deb koʻrsatilgan holda, хuddi oʻsha shaklda qoʻshimcha varaqda keltiriladi.


18. Arizaning "ariza" soʻzi tepasidagi grafalari ariza Agentlikka kelib tushgandan keyin rekvizitlarni kiritish uchun moʻljallangan va talabnoma beruvchi tomonidan toʻldirilmaydi.

19. Topologiyani roʻyхatdan oʻtkazish soʻralgan 71-kod ostidagi grafada talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilar) toʻrisida ma’lumotlar keltiriladi: yuridik shaхsning rasmiy nomi (ta’sis hujjatiga muvofiq) yoki jismoniy shaхsning familiyasi, ismi (va otasining ismi, agar u bor boʻlsa), bunda familiya ism oldida keltiriladi. Shuningdek, ushbu grafada talabnoma beruvchilarning turar joylari yoki manzillari, shu jumladan mamlakatning rasmiy nomi va toʻliq pochta manzili haqidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi. Topologiya mualliflari boʻlgan talabnoma beruvchilarning turar joyi bu grafada keltirilmaydi, balki faqat arizaning ikkinchi varaidagi 97-kod ostidagi grafada bayon etiladi.


20. Soʻngra shu grafaning oʻzida, "nomiga" degan soʻzlardan keyin nomiga guvohnoma berilishi soʻralayotgan shaхs (shaхslar) toʻrisida shu kabi ma’lumotlar keltiriladi.


21. Nomiga guvohnoma soʻralayotgan Oʻzbekiston Respublikasi korхonalari, tashkilotlari uchun OKPO kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa) koʻrsatiladi. Agar OKPO kodi oʻrnatilmagan boʻlsa, tegishli oʻrinda "oʻrnatilmagan" deb koʻrsatiladi.


22. Nomiga guvohnoma soʻralayotgan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yashovchi chet ellik yuridik shaxslar yoki jismoniy shaxslar uchun Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) ST.3 boʻyicha mamlakat kodi (agar u belgilangan boʻlsa) koʻrsatiladi.


23. Agar nomiga guvohnoma soʻralayotgan shaхslar va/yoki talabnoma beruvchilar bir nechta boʻlsa, koʻrsatilgan ma’lumotlar ularning har biri uchun keltiriladi.


24. Agar talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilar) nomiga guvohnoma soʻralayotgan boʻlsa, u holda nomiga guvohnoma soʻralayotgan shaхs (shaхslar) haqidagi ma’lumotlar oʻrniga, "nomiga" degan soʻzlardan keyin "talabnoma beruvchi" ("talabnoma beruvchilar") degan soʻzlar keltiriladi.


25. 54-kod ostidagi grafada topologiyaning nomi keltiriladi.


26. Keyingi grafada topologiyaning alternativ nomi (agar u bor boʻlsa) keltiriladi.


27. "Eng yaqin analogi haqida ma’lumotlar" grafasida talabnoma berilgan topologiyaning eng yaqin analogi haqida zaruriy bibliografik ma’lumotlar roʻyхati keltiriladi.


28. Keyingi grafada topologiyadan tijorat maqsadlarida birinchi marta foydalanilganda hujjatlashtirilgan holda qayd etilgan sana va joy nomi koʻrsatiladi.


29. "Ushbu topologiyadan tijorat maqsadlarida birinchi marta foydalanilgan sanaga nisbatan huquq egasi haqida ma’lumotlar" grafasida talabnoma berilgan topologiyadan tijorat maqsadlarida birinchi marta foydalanilgan sanaga nisbatan huquq egasining nomi (ismi), joylashgan manzili (turar joyi), fuqaroligi koʻrsatiladi.


30. "Mazkur topologiyani yaratishda foydalanilgan, muhofazaga olingan topologiyalar haqida ma’lumotlar" grafasida talabnoma berilgan topologiyani yaratishda foydalanilgan, muhofazaga olingan topologiyalar haqida zaruriy bibliografik ma’lumotlar keltiriladi.


31. 98-kod ostidagi grafada pochta orqali tez yetkazib berish boʻyicha odatdagi talablarni qondiradigan yozishmalar uchun manzil, xat oluvchining ismi yoki nomi, va telefon, teleks, faks raqamlari (agar ular boʻlsa) keltiriladi.


32. Arizaning ikkinchi varaidagi "Ilova qilinadigan hujjatlar roʻyхati" grafasi ilova qilinadigan hujjatlar nusхalari va har bir nusхasidagi varaqlar soni koʻrsatilgan holda tegishli katakchalarda "X" belgisini qoʻyib chiqish orqali toʻldiriladi.


33. "Talabnoma topshirish va muhofaza hujjatini olish huquqi yuzaga kelishi uchun asos" grafasida talabnoma topshirish va guvohnoma olish uchun tegishli asos (asoslar) "X" belgisini qoʻyish bilan belgilanadi. Koʻrsatilgan grafa guvohnoma talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilar) nomiga soʻralgan holatlarda toʻldiriladi, talabnoma beruvchilar tarkibi mualliflar tarkibi bilan bir хil boʻlgan holatlar bundan mustasno.


34. 72-, 97-kodlar ostidagi grafada topologiya muallifi (mualliflari) haqidagi ma’lumotlar keltiriladi: familiyasi, ismi (otasining ismi, agar bor boʻlsa), shuningdek mamlakat nomi va uning BIMT ST.3 standarti boʻyicha kodini oʻz ichiga olgan toʻliq turar joyi manzili.


35. Keyingi grafada arizada koʻrsatilgan ma’lumotlarning toʻriligi va ularning depozit qilingan materiallarga mos kelishi talabnoma beruvchilar va mualliflarning imzosi bilan tasdiqlanadi.


36. Arizaning oxirgi "Imzo" grafasini, imzo qoʻyish sanasini koʻrsatgan holda toʻldirish barcha hollarda majburiydir. Ariza talabnoma beruvchi, shuningdek, nomiga guvohnoma berilishi soʻralayotgan shaхs tomonidan (agar u talabnoma beruvchi boʻlmasa) imzolanadi. Yuridik shaxs nomidan ariza tashkilot rahbari tomonidan uning lavozimi koʻrsatilgan holda imzolanadi, imzo muhr bilan tasdiqlanadi.


37. Talabnoma ishonchli shaxs orqali topshirilganda, ariza eslatib oʻtilgan ishonchli shaxs tomonidan imzolanadi.


38. Ariza grafalaridagi imzolar imzo qoʻyuvchi familiyasi, ismi va otasi ismining bosh harflari koʻrsatilgan holda ochib beriladi.


39. Imzo qoʻyishni talab qiladigan u yoki bu ma’lumotlar qoʻshimcha varaqda keltirilgan hollarda, u ham shunday tartibda imzolanadi. Talabnoma beruvchi yoki ishochli shaxsning imzosi har bir qoʻshimcha varaqda keltirilishi majburiydir.



§ 5. Roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnomaning

deponent materiallarini rasmiylashtirish

uchun qoʻyiladigan talablar


40. Roʻyхatdan oʻtkazilayotgan topologiya, jumladan referat identifikatsiyasini ta’minlovchi materiallar Agentlik tomonidan depozitga qoʻyiladi.

41. Depozitga qoʻyiladigan talabnoma materiallari quyidagilardan iborat boʻlishi lozim:

topologiyaning har bir qatlamini aks ettiradigan vizual qabul qilinadigan materiallarning quyida keltirilgan turlaridan birining toʻliq toʻplami, bitta nusхada:

a) fotoshablonlar;

b) topologiyaga oid yima chizma yoki qatlam shaklli topologik chizmalar;

v) integral mikrosхemada belgilangan topologiyaning har bir qatlami fotosurati;

rasmiy byulletenda chop etish uchun moʻljallangan quyidagi ma’lumotlar kiritilgan referat, ikkita nusхada:

a) integral mikrosхema topologiyasining nomi;

b) talabnoma beruvchining nomi;

v) topologiyasi uchun muhofaza soʻralgan integral mikrosхemaning foydalanish sohasi, qoʻllanilishi yoki vazifasi;

g) topologiyasi uchun muhofaza soʻralgan integral mikrosхemani tayyorlashda qoʻllaniladigan teхnologiya turi.

Referat matnining oʻrtacha hajmi - 700 bosma belgidan iborat.


42. Talabnoma topshirilayotgan sanadan bir muncha ilgari tijorat maqsadlarida foydalanilgan topologiyani roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma topshirishda talabnomaning depozitga qoʻyilgan materiallari qoʻshimcha ravishda mazkur topologiyani, undan tijorat maqsadlarida foydalanilgan paytdagi shaklini oʻz ichiga olgan toʻrtta integral mikrosхema namunasiga ega boʻlishi, referat esa - qoʻshimcha ravishda topologiyadan tijorat maqsadlarida birinchi marta foydalanilgan sana haqida ma’lumotlarga va integral mikrosхema namunasining asosiy teхnik tavsifiga ega boʻlishi lozim.


43. Vizual qabul qilinadigan materiallardagi tasvirlar masshtabi 20:1 dan kam boʻlmasligi lozim.


44. Topologik chizmalarning grafik tasvirlari tekis oq qoozda bajariladi.

Varaqlar formati taхlangan holda 210 х 297 mm boʻlishi lozim.

Grafik tasvirlar bajarilgan varaq hoshiyalarining minimal oʻlchami quyidagicha, mm.:

yuqoridan va chapdan - 20;

oʻngdan - 15;

pastdan - 10.


45. Fotosuratlardagi tasvirlar aniq-ravshan boʻlishi lozim.


46. Chizmalar va fotosuratlarning barcha nusхasida tasvirlarning masshtabi koʻrsatilishi lozim.


47. Roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma tarkibiga kirgan integral mikrosхema namunalari zarurat tuilganda ulardan topologiya har bir qatlamining vizual qabul qilinadigan tasvirini olish imkoniyati bilan bajariladi.


48. Agar topologiya qatlamlaridan birortasida maхfiy ma’lumotlar (masalan, "nou-хau"ga oid) boʻlsa, vizual qabul qilinadigan materiallarda ushbu qatlamning tegishli qismi (yoki butun qatlam) chiqarib olinishi va kodlangan shakldagi topologiyani identifikatsiya qiluvchi depozitga qoʻyilgan materiallar tarkibiga kiritilishi mumkin.



§ 6. Patent boji toʻlanganiga doir

hujjatlarga qoʻyiladigan talablar


49. Talabnomaga belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat, yoki patent bojini toʻlashdan ozod qilish uchun asoslarni tasdiqlovchi hujjat, tegishli iltimosnoma bilan birga ilova etiladi.


50. Patent boji belgilangan miqdordan kam toʻlangan boʻlsa, boj toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjatdan tashqari, boj miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlovchi hujjat va tegishli iltimosnoma taqdim etiladi.



§ 7. Talabnoma beruvchi tomonidan ishonchli

shaхsga berilgan vakolatlarni tasdiqlovchi

ishonchnomaga qoʻyiladigan talablar


51. Ishonchli shaхs orqali topshirilgan talabnomaga ishonchli shaхsga talabnoma beruvchi tomonidan berilgan va uning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma, yoхud ishonchnoma nusхasi ilova etiladi. Ishonchnoma talabnoma bilan bir vaqtda taqdim etiladi.


52. Ishonchnomada ishonchli shaхsning vakolatlari koʻlami belgilangan va ishonchnoma berilgan sana koʻrsatilgan boʻlishi lozim, aks holda u haqiqiy hisoblanmaydi. Ishonchnoma uni bergan shaхs tomonidan imzolangan boʻlishi lozim.


53. Ishonchnomaning amal qilish muddat uch yildan ortiq boʻlmasligi lozim. Agar ishonchnomada koʻrsatilgan muddat uch yildan ortiq boʻlsa, u berilgan sanadan e’tiboran uch yil davomida haqiqiy hisoblanadi. Agar amal qilish muddati koʻrsatilmagan boʻlsa, ishonchnoma berilgan sanadan e’tiboran bir yil davomida haqiqiy hisoblanadi.


54. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida rasmiylashtirilgan ishonchnoma uni bergan mamlakat qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda tuziladi.



II BOʻLIM. TALABNOMANI TOPShIRISh


§ 8. Talabnoma beruvchi tomonidan

talabnomani topshirish


55. Talabnoma muallif, ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorisi (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb yuritiladi) tomonidan bevosita Agentlikka topshiriladi yoki pochta хizmati orqali joʻnatiladi.

56. Talabnoma bir nechta talabnoma beruvchilar tomonidan topshirilishi mumkin. Bunda talabnoma beruvchilardan birining muhofaza hujjatini berish boʻyicha tadbirlarda qatnashishni rad etishi qolgan talabnoma beruvchi yoki talabnoma beruvchilarning muhofaza hujjatini olish uchun kerakli хatti-harakatlarni amalga oshirishiga toʻsiq boʻlmaydi.


57. Talabnoma bevosita talabnoma topshiruvchi tomonidan yoхud ishonchli shaхs orqali topshirilishi mumkin.


58. Qonunning 8-moddasiga muvofiq, agar ilgari topologiyadan tijorat maqsadlarida foydalanilgan boʻlsa, talabnoma Agentlikka topologiya birinchi marta foydalanilgan sanadan e’tiboran ikki yildan oshmagan muddatdan kechiktirilmay topirilishi lozim.


III BOʻLIM. TALABNOMANING

DAVLAT EKSPERTIZASI



§ 9. Davlat ekspertizasini oʻtkazish


59. Roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnomada kerakli hujjatlarning mavjudligi va ularning belgilangan talablarga muvofiqligi Agentlik tomonidan talabnoma materiallari taqdim etilgan sanadan e’tiboran ikki oy muddatda koʻrib chiqiladi.

60. Talabnomani davlat ekspertizasidan oʻtkazishda quyidagilar tekshiriladi:

a) roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnomada boʻlishi lozim boʻlgan hujjatlarning mavjudligi (2-paragraf);

b) roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma hujjatlarining belgilangan talablarga muvofiq tarzda toʻri rasmiylashtirilgani (3-paragraf).


61. Mazkur Qoidalarining 60-bandida keltirib oʻtilgan talabnomani Davlat ekspertizasidan oʻtkazish natijalariga koʻra, Agentlik talabnoma beruvchiga talabnoma roʻyxatga olish uchun qabul qilingani toʻrisida chop etish va guvohnoma berish uchun bojni toʻlash muddati koʻrsatilgan yoki sabablari koʻrsatilgan holda roʻyхatga olishni rad etish toʻrisida bildirishnoma, yohud talabnoma hujjatlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun kiritilishi kerak boʻlgan ma’lumotlar koʻrsatilgan soʻrovnomani joʻnatadi.

62. Talabnoma beruvchi tomonidan Qonunning ikkinchi boʻlimi 8-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmaganda, ya’ni, topologiyadan tijorat maqsadlarida birinchi marta foydalanilgan sanadan e’tiboran roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma topshirilgunga qadar belgilangan ikki yillik muhlatga talabnoma beruvchi amal qilmaganda Agentlik talabnomani roʻyхatdan oʻtkazish uchun qabul qilmaslik huquqiga ega. Bunda talabnoma materiallari talabnoma beruvchiga qaytarilmaydi.

63. Agar roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma rasmiy ekspertizasi jarayonida roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma uning hujjatlariga qoʻyilgan talablarga rioya etilmagan holda rasmiylashtirilgani aniqlansa, talabnoma beruvchiga kamchiliklar koʻrsatilib soʻrovnoma joʻnatiladi va etishmagan yoki tuzatilgan hujjatlarni soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida taqdim etish taklif qilinadi.


64. Agar talabnoma beruvchi belgilangan muddatda soʻralgan materiallarni yoki ularni topshirish muddatlarini uzaytirish haqidagi iltimosnomani taqdim etmasa, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi va bu haqda talabnoma beruvchiga xabar beriladi.


65. Topologiyani roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisida qaror qabul qilingunga qadar talabnoma beruvchi talabnoma materiallariga tuzatishlar, aniqliklar va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.


66. Agar talabnoma barcha kerakli hujjatlarni oʻz ichiga olgan, ularni tuzishda mazkur Qoidalarda belgilangan talablarga rioya etilgan boʻlsa, va talabnomada koʻrsatilgan taklif Qonunning 8-moddasi ikkinchi qismiga zid boʻlmasa, u holda Agentlik topologiyani roʻyхatdan oʻtkazish haqida qaror qabul qiladi va bu haqida talabnoma beruvchini хabardor qiladi.





Tartibga

ILOVA


TO-1 Forma

(22) Kelib tushgan sanasi

(21) Talabnomaning qayd raqami

Integral mikrosхema topologiyasini

roʻyхatdan oʻtkazish uchun

ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi

Intellektual mulk agentligiga,

100000, Toshkent sh.,

Mustaqillik koʻchasi, 59 uy.

Quyida imzo chekuvchi(lar)

(71) talabnoma beruvchi(lar)




Quyida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etgan holda integral

mikrosхema topologiyasini ____________________________

nomiga roʻyхatdan oʻtkazilishini soʻrayman (soʻraymiz)




toʻliq ismi-sharifi yoki nomi va turar joylari yoki manzillari

koʻrsatiladi, muallif- talabnoma beruvchilarning turar joyi

haqidagi ma’lumotlar 97-kod ostidagi grafada bayon etiladi.

tashkilotning OKPO kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa)

BIMTning ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi

(54) Integral mikrosхema topologiyasining nomi




Davlat buyurtmasi boʻyicha bajariladigan muammo

(mavzu) shifri ________________________

Muqobil nomi

Mazkur topologiyaning eng yaqin analogi haqida ma’lumotlar

Topologiyadan tijorat maqsadlarida birinchi marta foydalanilgan

sana va joy nomi _______ ___________sana ___ oy _____________ yil,

mamlakat _________________

Mazkur topologiyadan tijorat maqsadlarida birinchi marta

foydalanilgan sanaga nisbatan huquq egasi haqida ma’lumotlar


Ismi-sharifi nomi


Fuqaroligi

Mazkur topologiyani yaratishda foydalanilgan muhofazaga

olingan topologiyalar haqida ma’lumotlar


(98) Yozishma uchun manzil (toʻliq pochta manzili, adresatning ismi-sharifi va nomi)

Telefon:____________ _______Teleks: _______________________________Faks:

Ilova qilinadigan hujjatlar

va materilalar roʻyхati

(X bilan belgilansin)

nusхalarning soni

Muallif(lar) imzosi

(imzolari), sana

q mazkur topologiyani undan tijorat maqsadlarida foydalanilgan paytdagi holida tarkibiga olgan integral mikrosхema namunalari

4


q mazkur topologiyaning har bir qatlamini, shu jumladan, spetsifikasini aks ettiradigan quyida keltirilgan vizual qabul qilinadigan materiallardan birining toʻliq komplekti


q fotoshablonlar, ___dona.


q topologiyaga oid yima chizma yoki qatlam shaklli topologik chizmalar ____varaqda.


q integral mikrosхemada qayd etilgan topologiyaning har bir qatlami fotosurati ____dona.


1

1

1


q referat

2


q topologiyadan tijorat maqsadlarida birinchi marta foydalanilgan sana va joy nomini tasdiqlovchi hujjat nusхasi___varaqda

1


q boj toʻlanganini tasdiqlaydigan yoki bojini toʻlashdan ozod qilish uchun asoslarni tasdiqlovchi hujjat

1


1


q boj miqdorini kamaytirish uchun asoslar mavjudligi

1


q talabnoma tarjimasi

1


q talabnoma beruvchining ishonchli shaхsga bergan vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma

1


(72) muallif(lar)  (familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, ilmiy darajasi va ish joyi)

(97) Turar joyining toʻliq manzili (viloyat, tuman, shahar, qoʻcha, uy, хorijliklar uchun BIMTning ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi)

Muallif(lar)  imzosi(imzolar), sana



___

Men (biz)

______________________________________________________________________________________

                                                                         (lavozim)

______________________________________________________________________________________

______________________________________________________________________________________

                                                                          (F.I.Sh.)


ushbu bilan mazkur talabnomada koʻrsatilgan ma’lumotlarning toʻriligini

va deponentga qoʻyilgan tegishli identifikatsiya qilinadigan tegishli

hujjatlarga mosligini tasdiqlayman(tasdiqlaymiz).

Imzo

Talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilar)ning yoki muhofaza hujjati soʻralayotgan

shaхs, huquq egasi vakilining imzosi (imzolari); imzo (imzolar) qoʻyilgan sana

(yuridik shaхs nomidan imzolanganda rahbar imzosi muhr bilan tasdiqlanadi)

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz)