Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ixtiroga Oʻzbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish Qoidalari (AV tomonidan 22.03.2004 y. 1329-son bilan roʻyхatga olingan Davlat patent idorasi direktorining 02.02.2004 y. 9-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2004 yil 22 martda 1329-son

bilan roʻyхatga olingan

Davlat patent idorasi

direktorining

2004 yil 2 fyevraldagi

9-son buyrui bilan

TASDIQLANGAN



Ixtiroga Oʻzbekiston Respublikasi

patentini berish uchun talabnoma tuzish,

topshirish va koʻrib chiqish

QOIDALARI


Mazkur Ixtiroga Oʻzbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalari (bundan buyon matnda Qoidalar deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda ixtiroga patent berish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.



QISQARTIRIShLAR ROʻYXATI


Qonun - Oʻzbekiston Respublikasining "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻrisida"gi Qonuni.


Vazirlik - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.

Davlat muassasasi - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi.

Talabnoma - ixtiroga patent berish uchun talabnoma.


Parij konvensiyasi - Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasining Oʻzbekiston Respublikasi uchun amaldagi tahriri.


Konvensiya talabnomasi - Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasiga muvofiq topshirilgan talabnoma.


XPK - Xalqaro patent klassifikasiyasi


BIMT - Butunjahon intellektual mulk tashkiloti.


RST - Patent kooperasiyasi toʻrisida shartnoma.

Qoʻllanma - Patent kooperasiyasi toʻrisidagi shartnomaga qoʻllanma.

BIMT XB - Butunjahon intellektual mulk tashkiloti Xalqaro byurosi.

Xalqaro talabnoma - ixtiroga xalqaro talabnoma.

Milliy faza - Oʻzbekiston Respublikasining "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq xalqaro talabnomani koʻrib chiqish.


I BOB. IXTIROGA PATENTNI BERISh UChUN

TALABNOMA TUZISh VA TOPShIRISh.

TALABNOMA TOPShIRISh HUQUQIGA

EGA ShAXSLAR


§ 1. Ixtiroga patent berish uchun talabnoma

1. Qonunning 6-moddasiga muvofiq agar ixtiro sifatida berilgan ob’yekt, agar u yangi, ixtirolik darajasiga ega va uni sanoatda qoʻllash mumkin boʻlsa, u huquqiy muhofaza qilinadi.

Agar ixtiro texnika taraqqiyoti darajasidan ma’lum boʻlmasa, u yangi deb hisoblanadi.

Agar ixtiro texnika taraqqiyoti darajasi haqidagi ma’lumotlardan yaqqol ayon boʻlmasa, ixtirolik darajasiga ega boʻladi.

Texnika taraqqiyoti darajasi ixtiro ustuvorligi sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor boʻlgan har qanday ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi.

Agar ixtiro sanoat, qishloq xoʻjaligi, soliqni saqlash va boshqa sohalarda foydalanish mumkin boʻlsa, u sanoatda qoʻllash mumkin deb hisoblanadi.


2. Qonunning 6-moddasi sakkizinchi qismiga muvofiq mahsulot yoki usulga tegishli boʻlgan har qanday texnik yechim ixtiro sifatida e’tirof etiladi.

a) ixtiro ob’ekti - mahsulot.

Ixtiro ob’ekti sifatida mahsulotga, xususan, qurilma, modda, mikroorganizm shtammi, oʻsimliklar yoki hayvonlar hujayralarining turlari kiritilgan.

Qurilmalarga konstruksiyalar, konstruktiv elementlar yoki konstruktiv elementlar majmui boʻlgan hamda funksional-konstruktiv birlikni tashkil qilgan buyumlar kiradi.

Qurilmalarga mashinalar, asboblar, apparatlar, uskunalar, instrumentlar, mahkamlovchi buyumlar, mashina detallari, aloqa vositalari, qurilish konstruksiyalari va boshqalar kiradi.

Moddalarga:

kimyoviy birikmalar, bularga, shuningdek, shartli ravishda yuqori molekulyar birikmalar va gen injeneriyasi mahsulotlari boʻlgan rekombinant nuklein kislotalar, vektorlar va h.k. kiritilgan;

kompozitsiyalar (tarkiblar, aralashmalar, qotishmalar, eritmalar va boshqalar);

yadroviy parchalanish mahsulotlari kiradi.

Mikroorganizmlar shtammlari, oʻsimliklar yoki hayvonlar hujayralarining turlari (liniyalari)ga:

bakteriyalar, viruslar, bakteriofaglar, mikrosuvoʻtlari, mikroskopik zamburular va boshqalarning shtammlari;

oʻsimliklar yoki hayvonlar hujayralarining turlari (liniyalari), shu jumladan hujayralarning klonlari;

mikroorganizmlar, oʻsimliklar yoki hayvonlar hujayralarining turlari (liniyalari) konsorsiumlari;

xususan mikroorganizmlar, oʻsimliklar va hayvonlarning plazmidlari, vektorlari, barqaror transformasiyalangan hujayralarini oʻz ichiga olgan genetik konstruksiyalar, transgen oʻsimliklar va hayvonlar kiradi.

b) ixtiro ob’ekti - usul.

Usulga moddiy vositalar yordamida moddiy ob’ekt ustida bajariladigan oʻzaro bolangan хatti-harakatlar kiradi.

3. Quyidagilar:

ilmiy nazariyalar va matematika usullari;

tashkil etish va boshqaruv usullari;

shartli belgilar, jadvallar, qoidalar;

aqliy operasiyalarni bajarish qoidalari va usullari;

elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar;

binolar, inshootlar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va sxemalari;

estetika talablarini qanoatlantirishga yoʻnaltirilgan, mahsulotlarning faqat tashqi koʻrinishiga oid yechimlar;

integral mikrosxemalar topologiyalari;

oʻsimlik navlari va hayvon zotlari;

jamoa manfaatlari, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid yechimlar ixtirolar deb tan olinmaydi.


4. Qonunning 15-moddasi birinchi qismiga muvofiq talabnoma bitta ixtiroga yoki yagona ixtirochilik fikrini (ixtiro birligi talabini) tashkil etgan tarzda bir-biri bilan uzviy bolangan ixtirolar guruhiga taalluqli boʻlishi kerak.

Ixtiro birligi talabiga rioya etilgan hisoblanadi, agar:

agar ixtiro formulasida bitta ixtiro tavsiflangan boʻlsa;

agar ixtiro formulasida bir guruhdagi ixtirolar tavsiflangan boʻlsa:

ixtiro formulasida bir turdagi (bir qancha qurilmalar, bir qancha turlar va boshqalar), bir xil maqsadda foydalanishga moʻljallangan, prinsipial aynan bir xil yoʻl (variantlari) bilan aynan bir xil texnika natijasini olishni ta’minlaydigan obektlarga taalluqli ixtirolar guruhi tavsiflangan boʻlsa;

biri ikkinchisini olish (tayyorlash) uchun moʻljallangan boʻlsa (masalan, qurilma yoki modda va qurilma yoki moddani butunlay yoki ularning bir qismini olish usuli);

biri ikkinchisini amalga oshirish uchun moʻljallangan boʻlsa (masalan, usul va usulni butunlay yoki uning amallaridan birini oshirish uchun qurilma);

biri ikkinchisidan (ikkinchisida) foydalanish uchun moʻljallangan boʻlsa (masalan, usulda foydalanish uchun moʻljallangan usul va qurilma; usul yoki qurilma va uning bir qismi; qurilma yoki moddani ulardan yangi maqsadda foydalanish uchun qoʻllash va ushbu maqsadga muvofiq ulardan foydalansh usuli; qurilma yoki moddadan yangi maqsadda foydalanish va tarkibiy qismi boʻlgan qurilma yoki kompozitsiya) ixtiro birligi talabiga rioya qilingan deb hisoblanadi.


§ 2. Talabnoma tarkibi

5. Qonunning 15-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq talabnoma quyidagi hujjatlarni oʻz ichiga olishi kerak:

a) ixtiro muallifi (mualliflari) va nomiga patent berilishi soʻralayotgan shaxs (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb yuritiladi), shuningdek ularning yashash yoki turar joyi koʻrsatilib, patent berilishi soʻralgan ariza (1-ilova);

b) ixtironing uni amalga oshirish uchun yetarli boʻlgan darajada toʻliq bayon etilgan tavsifi;

v) ixtiro mohiyatini aks ettiruvchi va uning tavsifiga toʻla muvofiq boʻlgan ixtiro formulasi;

g) ixtiro mohiyatini tushunish uchun zarur boʻlsa, chizmalar va boshqa materiallar;

d) referat.


6. Talabnomaga belgilangan miqdorda boj toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat yoki boj toʻlashdan ozod qilish yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asos boʻluvchi hujjat ilova qilinadi.


7. Patent vakili yoki boshqa ishonchli vakil orqali berilgan talabnomaga talabnoma beruvchi tomonidan berilgan ishonchnoma yoxud uning kerakli tarzda rasmiylashtirilgan nusxasi ilova qilinadi.


8. Konvension ustuvorlik soʻrab berilgan talabnomaga (bundan buyon matnda konvension talabnoma deb yuritiladi) talabnoma beruvchi tomonidan Sanoat mulki muhofazasi boʻyicha Parij konvensiyasi ishtirokchisi boʻlgan davlatda berilgan birinchi talabnomaning (bundan buyon matnda birinchi talabnoma deb yuritiladi) tasdiqlangan nusxasi va shu talabnomaning oʻzbek yoki rus tiliga tarjimasi ilova qilinadi va ular konvension talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanadan uch oydan kechiktirmay berilishi lozim.

Birinchi talabnoma berilgan sanadan oʻn ikki oy oʻtgandan keyin, lekin oʻn ikki oylik muddatdan ikki oydan kechiktirmay berilgan talabnoma boʻyicha konvension ustuvorlik soʻralganda, talabnomaga quyidagilar ilova qilinadi:

konvension ustuvorlikni soʻrash muddatini uzaytirish uchun belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganligi toʻrisida hujjat;

belgilangan oʻn ikki oylik muddatdan kechikib talabnoma berishning talabnoma beruvchiga boliq boʻlmagan sabablarini koʻrsatuvchi hujjat ilova qilinadi va bu sabablar Vazirlikka ma’lum emas deb hisoblansa, ularni tasdiqlovchi dalillar keltiriladi.

9. Konvension ustuvorlikni belgilash toʻrisidagi iltimos talabnoma berilgan (arizaning tegishli grafasida koʻrsatiladi) yoki talabnoma Vazirlikka kelib tushish sanasidan boshlab ikki oy ichida berilishi mumkin.

10. Yangi mikroorganizm shtammi, oʻsimlik va hayvonlar hujayralari liniyalariga, ularni olish yoki ulardan foydalanishga oid talabnomaga shtammning rasmiy vakolatga ega boʻlgan kolleksiya-depozitariyda deponentlanganligi toʻrisidagi hujjat ilova qilinadi.


11. Nukleotidlar va/yoki aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxatini ichiga olgan talabnomaga aynan ushbu roʻyxatning nusxasi yozilgan va BIMTning ST.25 standarti talablarini qanoatlantiruvchi axborotni mashinada oʻqish mumkin boʻlgan tashuvchi (disketa) (bundan buyon matnda MOʻT deb yuritiladi) hamda talabnoma beruvchi tomonidan imzolangan mashinada oʻqish mumkin boʻlgan shakldagi taqdim etilayotgan axborot bosma ravishda taqdim etilayotgan roʻyxat bilan bir xil ekanligi haqidagi ariza ilova qilinadi.


12. Ushbu Qoidalarning 5-bandida koʻrsatilgan, oʻzbek yoki rus tillarida tuzilgan talabnoma hujjatlari uch nusxada taqdim etiladi: 2 nusxasi qoozda, uchinchi nusxasi sifatida esa axborotni mashinada oʻqish mumkin boʻlgan tashuvchida elektron koʻrinishdagi nusxasi taqdim etilishi mumkin.

Agar aynan ushbu talabnoma hujjatlari boshqa tilda tuzilgan boʻlsa bir nusxada, ularning oʻzbek yoki rus tiliga tarjimasi esa uch nusxada: 2 nusxasi qoozda, uchinchi nusxasi esa elektron koʻrinishda taqdim etilishi mumkin.

Talabnoma hujjatlari yoki qoʻshimcha materiallarning qoozdagi va axborotni mashinada oʻqish mumkin boʻlgan tashuvchidagi mazmuni aynan bir xil boʻlishi kerak. Qoozdagi va axborotni mashinada oʻqish mumkin boʻlgan tashuvchidagi materiallarning aynan bir xil boʻlishiga talabnoma beruvchi javobgardir.

Qolgan hujjatlar va agar hujjatlar boshqa tilda tuzilgan boʻlsa ularning oʻzbek yoki rus tilidagi tarjimalari bir nusxada taqdim etiladi.


13. Patent berish toʻrisidagi ariza ushbu Qoidalarga 1-ilovada keltirilgan shaklda oʻzbek yoki rus tillarida beriladi. Agar biron-bir ma’lumotlarni tegishli grafalarda toʻliqligicha joylashtirish mumkin boʻlmasa, u holda ular tegishli grafada "davomini qoʻshimcha varaqda qarang" yozuvi koʻrsatilgan holda qoʻshimcha varaqda aynan shunday shaklda keltiriladi.

Xorijiy nomlar va korxona nomlari oʻzbek va rus tili transliterasiyasida koʻrsatiladi.

Talabnoma beruvchining nomi, ixtiro nomi oʻzbek va rus tillarida taqdim etiladi.

Arizaga ilova qilinadigan talabnomaning boshqa hujjatlari oʻzbek, rus yoki boshqa tillarda taqdim etiladi.

Agar talabnoma hujjatlari boshqa tilda taqdim etilgan boʻlsa, u holda talabnomaga ularning oʻzbek yoki rus tilidagi tarjimasi ilova qilinadi, ular talabnoma Vazirlikka topshirilgan sanadan boshlab ikki oy ichida taqdim etilishi mumkin.

14. Arizaning (21), (22), (85) kodli grafalari, Vazirlikka kelib tushgandan keyin rekvizitlarni kiritish uchun moʻljallangan boʻlib, talabnoma beruvchi tomonidan toʻldirilmaydi.

15. "Yozishmalar uchun manzil" grafasida pochta orqali tezda etkazib berishning odatdagi talablarini qondiradigan yozishmalar uchun manzil, xat oluvchining ismi-sharifi yoki nomi, va telefon, teleks, faks raqamlari, ye-mail (agar ular boʻlsa) keltiriladi.

Yozishmalar uchun manzil sifatida Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilardan biri) - jismoniy shaxsning turar joyi manzili, yoki Oʻzbekiston Respublikasidagi talabnoma beruvchi - yuridik shaxsning joylashgan joyi manzili, yoki Vazirlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan patent vakilining manzili, yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi boshqa bir manzil koʻrsatilishi mumkin.

Arizada yozishmalar uchun manzil koʻrsatilmaganda ushbu manzil sifatida agar tayinlangan boʻlsa, patent vakili yoki boshqa ishonchli shaxsning joylashgan manzili hisoblanadi, aks holda - Oʻzbekiston Respublikasi hududida manzilga ega boʻlsa, arizaning talabnoma beruvchi toʻrisidagi ma’lumotlarga taalluqli grafalarida talabnoma beruvchining (talabnoma beruvchilar bir qancha boʻlsa, ularning birinchisini) manzili hisoblanadi.

15-1. (86) va (87)-kodlar ostidagi grafalar Patent kooperasiyasi haqidagi shartnomaga (RST) muvofiq topshirilgan ixtiro uchun xalqaro talabnoma Oʻzbekiston Respublikasida milliy fazaga oʻtkazilgan hollarda talabnoma beruvchi tomonidan toʻldiriladi.

(86)-kod ostidagi grafada ixtiroga xalqaro talabnomaning qabul qiluvchi idora tomonidan belgilanadigan roʻyxatdan oʻtish raqami va xalqaro topshirish sanasi keltiriladi.

(87)-kod ostidagi grafada ixtiroga xalqaro talabnomani xalqaro e’lon qilish raqami va sanasi keltiriladi.

16. (54) "Ixtironing nomi" kodi ostidagi grafada talabnoma berilgan ixtiro (ixtirolar guruhi)ning nomi keltiriladi, bu nom ixtironing tavsifidagi nomga mos boʻlishi kerak.

17. (71) Talabnoma beruvchi kodi ostida berilgan grafada talabnoma beruvchi(lar) haqidagi ma’lumotlar: jismoniy shaxsning familiyasi, ismi (otasining ismi), bunda familiyasi ismidan oldin koʻrsatiladi, yoki yuridik shaxsning toʻliq rasmiy nomi (ta’sis hujjatlariga muvofiq) va shuningdek, yashash joyi yoki joylashgan manzili toʻrisidagi ma’lumotlar, mamlakatning rasmiy nomi va toʻliq pochta manzili va mamlakatning Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT)ning  ST.3 standarti boʻyicha kodi koʻrsatiladi (agar belgilangan boʻlsa) keltiriladi.

Agar patent, dastlabki patent bir necha shaxs nomiga soʻralayotgan boʻlsa, yuqorida keltirilgan ma’lumotlar ularning har biri uchun alohida beriladi.

Ixtiro mualliflari boʻlgan talabnoma beruvchilarning yashash joyi toʻrisidagi ma’lumotlar ushbu grafada keltirilmaydi, balki (72) "Muallif(lar)" kodi ostidagi grafada bayon qilinadi.

Ushbu grafada tegishli katakchada "X" belgisi qoʻyilgan holda talabnoma beruvchi ixtiro muallifi, muallifning ish beruvchisi yoki muallifning yoxud muallif ish beruvchisining huquq vorisi ekanligi yoki yoʻqligi belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasining nomiga patent soʻralayotgan korxona, tashkilotlari uchun KTUT kodi koʻrsatiladi.

Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yashovchi yuridik va jismoniy shaxslar uchun nomiga patent soʻralganda BIMTning  ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar belgilangan boʻlsa) koʻrsatiladi.

18. Ustuvorlikni belgilash toʻrisidagi iltimosni oʻz ichiga olgan grafa faqat sanasi talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanadan bir muncha ilgarigi ustuvorlik soʻralayotgan boʻlsagina toʻldiriladi.

Bu holda tegishli katakchalarda "X" belgisini qoʻyib chiqish bilan ustuvorlik soʻrash uchun asoslar belgilanadi va quyidagilar: ancha ilgariroq berilgan talabnomaning raqami, uning asosida yoki unga qoʻshimcha materiallar asosida ustuvorlik soʻraladi va soʻralayotgan ustuvorlik sanasi (ancha ilgariroq berilgan talabnoma yoki u boʻyicha qoʻshimcha materiallar kelib tushgan sana) koʻrsatiladi.

Konvensiya ustuvorligi soʻralayotganda, (33)-kod ostida BIMT ST.3 standarti boʻyicha birinchi talabnoma berilgan mamlakat kodi koʻrsatiladi.

19. Talabnoma beruvchi tomonidan talabnoma topshirilgunga qadar patent vakili tayinlangan holda toʻldiriladigan (74) "Patent vakili" kodi ostidagi grafada u haqidagi ma’lumotlar: familiyasi, ismi (otasining ismi), Vazirlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan raqami, Oʻzbekiston Respublikasidagi yashash manzili, telefon, faks raqamlari, ye-mail (agar boʻlsa) keltiriladi.

20. "Ilova qilinadigan hujjatlarning roʻyxati" grafasi tegishli katakchada "X" belgisi qoʻyilgan va ilova qilinadigan hujjatlar nusxalarining va har bir nusxasidagi varaqlarning soni koʻrsatilgan  holda toʻldiriladi.

Ixtiro tavsifida "Nukleotidlar va/yoki aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxati" boʻlimi mavjud boʻlganida, tegishli grafalarda varaqlarning umumiy miqdori koʻrsatiladi.

Ariza shakli ("boshqa hujjatlar")da nazarda tutilmagan taqdim etiladigan hujjatlar uchun ularning aniq maqsadi koʻrsatiladi.

Talabnomada nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxati va ushbu Qoidalarning 11-bandida koʻzda tutilgan arizaning nusxasi yozilgan MOʻT (disketalar) mavjud boʻlganida "boshqa hujjat" grafasida "Disketa" deb koʻrsatiladi.


21. (72) "Muallif" va "Toʻliq yashash manzili" kodi ostidagi grafalarda ixtiro muallifi (mualliflari) toʻrisidagi ma’lumotlar: familiyasi, ismi (otasining ismi), mamlakatning nomi va uning BIMT ST.3 standarti boʻyicha kodini ichiga olgan toʻliq turar joy pochta manzili keltiriladi.


22. "Muallif" va "Toʻliq yashash manzili" grafalarining bevosita ostida joylashgan grafa muallif (mualliflar) patent berilishi toʻrisidagi ma’lumotlar e’lon qilinganida oʻzini (oʻzlarini) ushbu sifatda koʻrsatilmasligi soʻralgan hollarda toʻldiriladi. Ushbu holda ma’lumotlar e’lon qilinganda nomlari koʻrsatilmasligini istagan har bir muallifning familiyasi, ismi (otasining ismi) va ularning imzosi keltiriladi.


23. Arizaning "Imzo" grafasi hamma hollarda imzolangan sanasi koʻrsatilgan holda toʻldirilishi shart.

Ariza talabnoma beruvchi tomonidan imzolanadi. Yuridik shaxs nomidan ariza korxona, tashkilot rahbari yoki rahbar tomonidan vakil qilingan shaxs tomonidan uning lavozimi koʻrsatilgan holda imzolanadi. Imzo muhr bilan tasdiqlanadi.

Talabnoma patent vakili yoki ishonch bildirilgan shaxs orqali berilganda talabnoma beruvchi yoki patent vakili yoxud ishonch bildirilgan shaxs tomonidan imzolanadi.

Imzolar yoniga imzo chekuvchilarning ismi, familiyasi koʻrsatiladi.

Imzo chekish talab qilingan biror ma’lumotlar qoʻshimcha varaqda keltirilsa, xuddi shu tartibda imzolanadi.

Talabnoma beruvchining yoki patent vakilining yoxud ishonch bildirilgan shaxsning imzosi har bir qoʻshimcha varaqda boʻlishi shart.


24. Ixtiro tavsifi ixtironi amalga oshirish uchun yetarli ravishda toʻliq ochib berishi kerak.


25. Tavsif ixtiro nomini keltirish bilan boshlanadi (talabnoma berilayotgan ixtiro tegishli boʻlgan Xalqaro patent klassifikasiyasining amaldagi tahriri rubrikasi belgilangan holda, ushbu rubrikaning indeksi ixtiro nomi oldida keltiriladi) va quyidagi boʻlimlarni oʻz ichiga oladi:

ixtiro oid boʻlgan texnika sohasi;

texnika darajasi;

ixtiro mohiyati;

chizmalar va boshqa materiallar roʻyxatining (agar ular boʻlsa) qisqacha tavsifi;

ixtironing amalga oshirish mumkinligini tasdiqlovchi ma’lumotlar;

nukleotidlar va/yoki aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxati (agar bunday ketma-ketlikdan ixtironi tavsiflash uchun foydalanilgan boʻlsa).

Tavsif boʻlimi oʻrniga manbaalarda (adabiyotlar, avval topshirilgan talabnomadagi ixtiro tavsifi, muhofaza hujjatidagi ixtiro tavsifi va boshqalarda) keltirilgan ma’lumotlarga izoh koʻrsatish mumkin emas.


26. Ixtiro nomi aniq, qisqa boʻlib, ixtiro mohiyatiga mos kelishi, ixtiro tegishli boʻlgan ob’yektning umumiy tushunchasini aniqlashi va obektning vazifasini xarakterlashi (uning bajaradigan funksiyasini yoki texnikaning qaysi sohasiga oid ekanligini koʻrsatishi) kerak.

Ixtiro nomi XPKning biror rubrikasiga mos kelishi kerak. Ixtiro mohiyatiga mos rubrikani aniqlash mumkin boʻlmasa, ixtironing nomi umumiy qabul qilingan tarmoq, umumiy texnika atamalariga muvofiq koʻrsatiladi.

Agar ixtiro har xil sohalarda qoʻllanilishi mumkin boʻlib, nomi buni ifodalasa, ixtiro nomida "afzal", "ayniqsa" soʻzlarini ishlatib, ixtiro qaysi sohalardan birida ayniqsa koʻp qoʻllanishini aniqlashga ruxsat etiladi.

Ixtiro nomida qoʻllash mumkin boʻlgan sohalarning faqat bittasini ta’kidlovchi "masalan" va "xususan" degan iboralar qoʻllanilmaydi.

Ixtiro nomi atamaga xos yoki tavsifiy boʻlishi mumkin.

Atamaga xos nom, texnikaning shu soha boʻyicha mutaxassisiga ma’lum boʻlgan ob’yektning muhim alomatlari majmuini ular sanab oʻtilganli yoki yoʻqligidan qat’iy nazar xarakterlaydi.

Tavsifiy nom ob’yektning vazifasi va u tomondan texnikaning bir yoki turli xil sohalarida bajaradigan funksiyasi haqida tasavvur beradi, ammo talabnoma berilgan ixtironi tavsiflovchi muhim alomatlarning zarur boʻlgan majmuasi toʻrisida aniq fikr yuritish imkoniyatini bermaydi.

Ixtiro nomi birlikda ifodalanadi. Birlikda ishlatilmaydigan nomlar, umumiy struktura formulasi bilan aniqlanadigan kimyoviy birikmalarga oid ixtirolarning nomlari bundan mustasno.

Individual kimyoviy birikmaga oid ixtiro nomiga kimyoda qabul qilingan nomenklatura boʻyicha nomi kiritiladi; shuningdek uning qanday aniq vazifada ishlatilishiga doir koʻrsatma ham, biologik faol birikmalar uchun esa biologik faollik turi keltiriladi.

Tuzilishi aniqlanmagan yuqori molekulyar birikmalarni olish usullariga oid ixtiro nomiga birikmaning nomi va zarur boʻlsa uning vazifasi toʻrisida koʻrsatma kiritiladi.

Aniqlanmagan tarkibli modda-aralashmani olish usuliga oid ixtiro nomiga vazifasi toʻrisida koʻrsatma yoki ushbu moddaning biologik faollik xususiyatlarini koʻrsatuvchi tushunchalar kiritiladi.

Mikroorganizm shtammi yoki oʻsimlik yoki hayvonlar hujayralari liniyalariga oid ixtirolar nomiga biologik ob’yektning lotin tilidagi oila turkumi va turiga oid nomi, muallif (mualliflar)ning familiyasi (familiyalari) va shtamm turi va vazifasi koʻrsatilgan holda kiritiladi.

Genetik konstruksiyaga taalluqli ixtiro nomiga uning vazifasi koʻrsatilgan holda nomlanishi kiritiladi.

Avvaldan ma’lum boʻlgan qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda qoʻllanilishiga oid boʻlgan ixtiro nomi tegishli ob’yekt uchun qabul qilingan qoidalarga binoan tuziladi va avvaldan ma’lum boʻlgan ob’yektning yangi vazifasini xarakterlaydi.

Biri ikkinchisini olish, amalga oshirish yoki foydalanish uchun moʻljallangan ob’yektlarga oid ixtirolar guruhining nomi bitta ixtironing toʻliq nomi va ikkinchisining qisqartirilgan nomini oʻz ichiga oladi. Biri boshqasida foydalanish uchun moʻljallangan ob’yektlarga oid ixtirolar guruhining nomi, guruhga kirgan ixtirolarning toʻliq nomini oʻz ichiga oladi. Variantlarga oid ixtirolar guruhining nomi bitta ixtironing nomidan iborat boʻlib, "variantlar" degan soʻz bilan toʻldiriladi.

Ixtiro nomi zarur boʻlganda lotin alifbosi belgilarini va arab raqamlarini oʻz ichiga oladi.

Ixtiro nomidan boshqa alifbolarning belgilaridan, maxsus belgilardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Ixtiro nomida shaxsiy nomlar, familiyaga oid nomlar, abbreviaturalar, reklama, firma nomlari, tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari i geografik nomlar, "va boshqalar" soʻzlari va ixtironi aniqlash maqsadlariga xizmat qilmaydigan xuddi shunday soʻzlardan foydalanilmasligi kerak.


27. Tavsifning "Ixtiro mansub boʻlgan texnika sohasi" boʻlimida ixtiro qoʻllaniladigan soha koʻrsatiladi. Bunday sohalar bir necha boʻlsa, ular orasida qaysi birida koʻproq qoʻllanilishi koʻrsatiladi.


28. Tavsifning "Texnika darajasi" boʻlimida talabnoma beruvchiga ma’lum boʻlgan ixtiro analoglari keltiriladi va ular orasidan ixtiroga muhim alomatlar majmui boʻyicha eng yaqin boʻlgan analog ajratib koʻrsatiladi.

Ixtironing analogi sifatida ixtironing ustuvorlik sanasigacha ommaga oshkor boʻlgan ma’lumotlardan ma’lum boʻlgan va ixtironing muhim belgilari majmuiga oʻxshash belgilar bilan tavsiflanadigan ixtiro bajaradigan vazifani bajaradigan vosita koʻrsatiladi.

Analoglarning har birini ta’riflash paytida u ochib berilgan axborot manbalarining bibliografiya ma’lumotlari, analogning belgilapi talabnoma berilayotgan ixtironing muhim belgilari bilan mos keladiganlari ajratib koʻrsatilgangan holda keltiriladi, shuningdek, ariza beruvchiga ma’lum boʻlgan, texnikaviy natija olishga toʻsqinlik qiluvchi sabablar koʻrsatiladi.

Agar ixtiro konkret vazifaga yoki biologik aktiv xususiyatlarga ega boʻlgan aniqlanmagan tarkibli aralashmani olish usuliga oid boʻlsa, analog sifatida xuddi shunday vazifaga va biologik aktiv xususiyatga ega boʻlgan aralashmalar olish usuli koʻrsatiladi.

Agar ixtiro yangi individual kimyoviy, shuningdek, yuqori molekulyar birikma olish usuliga yoki gen injeneriyasi ob’yektiga oid boʻlsa, unga oʻxshash analogni olish usuli haqida ma’lumotlar keltiriladi.

Mikroorganizm shtammi, oʻsimlik va/yoki hayvonlar hujayralari liniyalariga - modda produtsentiga oid boʻlgan ixtironing eng yaqin analogini tavsiflashda hosil boʻladigan modda haqida ma’lumotlar kiritiladi.

Agar ixtiro avval ma’lum boʻlgan qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda qoʻllanilishiga oid boʻlsa, uning analoglariga xuddi shu vazifada ishlatiladigan ma’lum qurilmalar, usullar, moddalar, shtammlar kiradi.

Ixtirolar guruhini tavsiflashda analoglar (shu jumladan eng yaqini) haqidagi ma’lumotlar har bir ixtiro uchun alohida keltiriladi.


29. Tavsifning "Ixtiro mohiyati" boʻlimida ixtiro mohiyati ixtiro orqali texnik natijaga erishish yetarli boʻlgan muhim alomatlar majmui orqali ifodalanadi.

Alomatlar erishiladigan texnik natijaga ta’sir koʻrsasa, ya’ni texnik natija bilan sabab-oqibat bolanishida boʻlsa, muhim alomatlarga kiradi.

Mazkur boʻlimda ixtiro hal qilishi kerak boʻlgan vazifasi ixtiro amalga oshirilganda olinadigan texnik natija koʻrsatilgan holda ochib beriladi.

Ixtironi xarakterlovchi barcha muhim alomatlar keltiriladi, eng yaqin analogdan farqlanuvchi alomatlar ajratiladi, bunda soʻralayotgan huquqiy muhofaza hajmi amal qiladigan barcha hollarda texnik natijani olishni ta’minlaydigan muhim alomatlar majmui va ixtironi xususiy hollarda, bajarilishi aniq shakllarda yoki undan foydalanishning alohida sharoitlarida tavsiflaydigan alomatlar koʻrsatiladi.

Nukleotidlar yoki aminokislotalar ketma-ketligi ulardan alomatni tavsiflash uchun foydalangan hollarda agar ketma-ketliklar tavsifi ketma-ketliklar roʻyxatida bunday matndan foydalanilgan holda berilgan boʻlsa, tegishli erkin matn keltirilgan holda uning ketma-ketliklar roʻyxatidagi raqamini "SEC ID NO …" koʻrinishida koʻrsatish yoʻli bilan taqdim etiladi.

Alomatning tavsifini ushbu alomat ochib berilgan axborot manbaiga ilova qilingan holda almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Texnik natija oʻzi bilan ixtironi namoyon qiluvchi vositani amalga oshirishda (tayyorlashda) yoki undan foydalanishda olinishi mumkin boʻlgan texnik samara, xususiyat, hodisalar va boshqalarning tavsifini ifodalaydi.

Agar ixtiro bir necha texnik natijani olishni ta’minlasa (shu jumladan, uning bajarilishining konkret shakllarida yoki undan foydalanishning alohida hollarida), ularni koʻrsatish tavsiya etiladi.

Texnik natija xususan, ishqalanish koeffitsiyentini kamaytirish (oshirish); qisilib qolishini oldini olish; vibrasiyani kamaytirish; biror organ qon aylanishini yaxshilash; dori-preparat ta’sirini toʻplash, uning zaharligini kamaytirish; quyish tuzilmasi defektlarini yoʻqotish; ishchi organning muhit bilan aloqasini yaxshilash; signal shaklining oʻzgarishini kamaytirish; suyuqlik sizib oʻtib ketishini kamaytirish, hoʻllanishini yaxshilash; yorilishini oldini olish; vaksinaning immunogenligini oshirishda ifodalanishi mumkin.

Agar ixtiro yaratilishida ma’lum vazifaga ega boʻlgan texnik vositalar arsenalini kengaytirish yoki birinchi marta shunday texnik vositalar olish vazifasi hal qilinayotgan boʻlsa, texnik natija shu vazifani amalga oshirishdan iborat boʻladi va buni maxsus ta’kidlash talab qilinmaydi.

Ixtirolar guruhi uchun yuqorida koʻrsatilgan ma’lumotlar, shuningdek texnik natija haqidagi ma’lumotlar har bir ixtiro uchun alohida keltiriladi.

Mikroorganizm shtammi, oʻsimlik va hayvonlar hujayralari turlarini tavsiflashda ularning oʻzlari kelib chiqqan yoki eng yaqin shtammdan farq qiluvchi alomatlari koʻrsatiladi.

Avval ma’lum boʻlgan qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda qoʻllashga oid ixtironi tavsiflashda ma’lum ob’yektning tavsifi keltiriladi va ular koʻrsatilgan adabiyotlarining bibliografik ma’lumotlari beriladi hamda uning ma’lum boʻlgan va yangi vazifasi koʻrsatiladi.


30. Qurilmalarni tavsiflash uchun xususan quyidagi alomatlar ishlatiladi:

konstruktiv element (elementlar) mavjudligi;

elementlar orasidagi boliqlik mavjudligi;

elementlarning oʻzaro joylashishi;

elementning (elementlarning) yoki umuman qurilmaning bajarilish shakli, xususan geometrik shakli;

elementlar orasidagi boliqlik bajarilishi shakli;

elementning (elementlarning) parametrlari va boshqa xarakteristikalari va ular oʻrtasidagi oʻzaro boliqlik;

element (elementlar) yoki umuman qurilma tayyorlangan material;

element funksiyasini bajaruvchi muhit.

Qurilmalarni ta’riflash uchun umuman qurilmada yoki uning biror elementida qurilmaning ishlashi yoki vazifasini bajarishi uchun ta’sir etmaydigan (soʻzli, tasviriy yoki aralash) belgilardan foydalanish mumkin emas.


31. Usulni tavsiflash uchun xususan quyidagi alomatlar ishlatiladi:

harakat yoki harakatlar majmuining mavjudligi;

bunday harakatlarning vaqt boʻyicha bajarish tartiblari (ketma-ket, bir vaqtda, har xil birikmalar va boshqalarda);

harakatlarning bajarish shartlari, rejimi, moddalar, birlamchi xom ashyo, reagentlar, katalizatorlar, qurilmalar (asbob-uskunalar, moslamalar va boshqalar), mikroorganizm shtammlari, oʻsimlik va/yoki hayvonlar hujayralarining liniyalari ishlatilishi.


32. Individual kimyoviy birikmalarni xarakterlash uchun xususan quyidagi alomatlar ishlatiladi:

belgilangan tuzilmaga ega boʻlgan quyi molekulyar birikmalar uchun - sifat tarkibiy qismi (ma’lum elementlar atomlari), miqdoriy tarkibi (har bir elementning atomlar soni), atomlar orasidagi bolanish va ularning molekuladagi kimyoviy tuzilish formulasi orqali ifodalangan oʻzaro joylashganligi;

belgilangan tuzilmaga ega boʻlgan yuqori molekulyar birikmalar uchun kimyoviy tarkibi va makromolekula bir boʻimining tuzilishi, makromolekulaning umuman tuzilishi (chiziqli, tarmoqlangan), boʻimlarning davriyligi, molekulyar massa, molekulyar massa taqsimlanishi, makromolekulaning geometriya va stereometriyasi, uning uchidagi va yonidagi guruhlari;

aniqlanmagan tuzilishga ega boʻlgan individual birikmalar uchun - fizik-kimyoviy va ushbu birikmani boshqalardan farqlash uchun zarur boʻlgan boshqa xarakteristikalari (shu jumladan olish usulining alomatlari);

gen muhandisligi mahsulotlariga taalluqli boʻlgan individual birikmalar uchun nukleotidlar ketma-ketligi (nuklein kislotalar fragmentlari hollarida) yoki tabiiy kartasi (rekombinant nuklein kislotalar va vektorlar hollarida), aminokislotalar ketma-ketligi hamda ushbu birikmani boshqalardan farqlash uchun zarur boʻlgan boshqa fizikaviy-kimyoviy xarakteristikalari.


33. Kompozitsiyalarni xarakterlash uchun xususan quyidagi alomatlar ishlatiladi:

sifat tarkibi (ingrediyentlar);

miqdoriy tarkibi (ingrediyentlar miqdori);

kompozitsiya tuzilishi;

ingrediyentlar tuzilishi.

Tarkibi aniqlanmagan kompozitsiyalarni xarakterlash uchun ularning fizik-kimyoviy, fizik va foydalilik koʻrsatkichlari hamda ularni olish usulining alomatlari ishlatilishi mumkin.


34. Yadroviy parchalanish yoʻli bilan olingan moddalarni xarakterlash uchun xususan quyidagi alomatlar ishlatiladi:

sifat tarkibi (element izotopi (izotoplari), miqdoriy tarkibi (proton va neytronlar soni);

asosiy yadroviy xarakteristikalari: yarim parchalanish davri, nurlanish energiyasi va koʻrinishi (radioaktiv izotoplar uchun).


35. Individual mikroorganizm shtammlarini xarakterlash uchun xususan quyidagi alomatlar ishlatiladi:

shtamning oila va turi nomi (lotin tilida);

kelib chiqishi (ajratib olinish manbasi, uru-aymoi);

gen va xemotaksonometrik xarakteristikalari;

morfologik, fiziologik (shu jumladan, kultural) xarakteristikalari;

biotexnologik xarakteristikasi (yetishtirish sharoitlari; shtammdan hosil qilinadigan foydali moddaning nomi va xususiyati; faollik (mahsuldorlik) darajasi;

virulentlik, antigen tuzilishi, serologik xususiyatlari (meditsina va veterinariya sohasidagi mikroorganizmlar shtammlari uchun);

gibridlash prinsipi (gibrid mikroorganizmlar shtammlari uchun).


36. Oʻsimliklar yoki hayvonlar hujayralari liniyalarini xarakterlash uchun, xususan, quyidagi alomatlar ishlatiladi:

passajlar miqdori;

kariologik xarakteristikasi;

oʻsish (kinetik) xarakteristikalari;

hayvon organizmida oʻstirish xarakteristikasi (gibridlar uchun);

morfogenezga qobiliyati (oʻsimliklar hujayralari uchun).


37. Mikroorganizmlar, oʻsimliklar yoki hayvonlar hujayralari kosorsiumlarini xarakterlash uchun yuqorida sanab oʻtilgan alomatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi alomatlar ishlatiladi: seleksiya va moslashtirish faktorlari va sharoitlari, taksonomik tarkibi, miqdori va ustun boʻlgan komponentlar, umuman konsorsiumning tipi va fiziologik xususiyatlari.


38. Genetik konstruksiyalarni tegishli ravishda xarakterlash uchun ushbu Qoidalarning 30-bandida koʻzda tutilgan alomatlardan foydalaniladi (bunda konstruktiv elementlar boʻlib enxanser, promotor, terminator, initsiirlovchi kodon, linker, oʻzga gen fragmenti, marker, flankirlovchi sohalar boʻlishi mumkin).


39. Transformasiyalangan hujayrani xarakterlash uchun, xususan, quyidagi alomatlardan foydalaniladi:

transformasiyalovchi element;

hujayra tomonidan oʻzlashtirib olinadigan alomatlar (xususiyatlar);

hujayra kelib chiqishiga doir ma’lumotlar (prokariotik hujayra uchun uru, oila turkumi va/yoki turi);

taksonomik alomatlar;

tabiiy genom mutasiyasi;

hujayrani madaniylashtirish sharoitlari va ushbu hujayrani boshqasidan farqlash uchun yetarli boʻlgan boshqa xarakteristikalari.


40. Transgen oʻsimlikni xarakterlash uchun, xususan, quyidagi alomatlardan foydalaniladi:

genomda modifikasiyalangan elementning mavjudligi;

oʻsimlik tomonidan oʻzlashtirib olinadigan alomatlar (xususiyatlar);

oʻsimlikning kelib chiqishi;

taksonomik tegishliligi va ushbu oʻsimlikni boshqasidan farqlash uchun yetarli boʻlgan boshqa xarakteristikalari.


41. Transgen hayvonni xarakterlash uchun, xususan, quyidagi alomatlardan foydalaniladi:

hayvon genomiga transformasiyalangan gen va/yoki DNK va kodlaydigan yoki ekspresslaydigan maqsadli mahsulot;

hayvon tomonidan oʻzlashtirib olinadigan alomatlar (xususiyatlar);

hayvon tomonidan hosil qilinadigan modifikasiyalangan mahsulot;

hayvonning tegishliligi (tipi, zoti va boshqalar) va ushbu hayvonni boshqasidan farqlash uchun yetarli boʻlgan boshqa xarakteristikalari.


42. Mikroorganizmlar, oʻsimlik va hayvonlar hujayralari liniyalarining konsorsiumlarini xarakterlash uchun ushbu Qoidalarning 37-bandida sanab oʻtilganlarga qoʻshimcha ravishda, xususan, quyidagi alomatlardan foydalaniladi:

seleksiya va moslashish faktorlari va sharoitlari, taksonomik tarkibi, miqdori va ustun boʻlgan komponentlari, umuman konsorsiumning oʻrin almashinishi, tipi va fiziologik xususiyatlari hamda ushbu konsorsiumni boshqasidan farqlash uchun imkon beradigan boshqa xarakteristikalari.


43. Avval ma’lum boʻlgan qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda qoʻllashni xarakterlash uchun yangi maqsadda qoʻllanayotgan ob’yektning identifikasiyalash uchun yetarli boʻlgan qisqa xarakteristikasi va uning yangi vazifasiga doir koʻrsatmadan foydalaniladi.


44. Tavsifning "Chizmalar figuralari roʻyxati" boʻlimida figuralar roʻyxatidan tashqari ularning har birida nima tasvirlanganligini qisqacha ta’rifi keltiriladi.

Agar ixtiro mohiyatini tushuntiruvchi boshqa materiallar berilgan boʻlsa, ularning qisqacha mazmuni keltiriladi.


45. "Ixtironi amalga oshirish mumkinligini tasdiqlovchi ma’lumotlar" boʻlimda ixtironi talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan vazifada amalga oshirish mumkinligi koʻrsatiladi.

Mohiyati umumiy tushuncha bilan ifodalangan, xususan funksional umumlashtirish darajasida keltirilgan alomatdan foydalanish bilan xarakterlanuvchi ixtironi amalga oshirish imkoniyati bevosita talabnoma materiallarida bunday alomatni hosil qilish uchun vositalarni yoki uni olish metodlari yoki bunday vosita yoki metodlarning ma’lum ekanligiga koʻrsatmani ifodalash bilan tasdiqlanadi.

Tavsifning ushbu boʻlimida, shuningdek, ixtironi amalga oshirganda olinishi mumkin boʻlgan, hal qilinayotgan vazifa xarakterlanayotganda "Ixtiro mohiyati" boʻlimida koʻrsatilgan texnik natijaga erishishi mumkinligini tasdiqlovchi ma’lumotlar ham keltiriladi. Ixtironi xarakterlash uchun miqdorlar intervali koʻrinishida ifodalangan miqdoriy alomatlardan foydalanilganda texnik natijaga shu intervalda erishishi mumkinligi koʻrsatiladi.


46. Qurilmaga oid ixtiroga uning konstruksiyasining (statik holatdagi) tavsifi chizma figuralariga izoh berilgan holda keltiriladi. Konstruktiv elementlarning tavsifdagi raqamli belgilari chizma figuralaridagi raqamli belgilariga mos kelishi kerak va ularning ketma-ket ta’riflash davomida birdan boshlab oʻsish tartibida keltiriladi.

Qurilma konstruksiyasini tavsiflashdan keyin uning harakati (ishlashi) yoki undan foydalanish usuli konstruktiv elementlar va chizma figuralariga, zarur hollarida esa boshqa izoh beruvchi materiallarga (epyuralar, vaqt boʻyicha diagrammalar va boshqalar) raqam bilan izoh berilgan holda beriladi.

Agar qurilma funksional darajada tavsiflangan boʻlib, koʻrsatilgan amalga oshirish shakli programmalangan (sozlangan) koʻp funksiyali moslamadan foydalanishni koʻzda tutgan boʻlsa, unda qurilmadagi aniq biriktirilgan funksiyani bajarishi mumkinligini tasdiqlovchi ma’lumotlar beriladi. Bunday ma’lumotlar sifatida algoritm, xususan hisoblash algoritmi keltirilsa, uni koʻpincha bloksxema yoki agar mumkin boʻlsa, tegishli matematik ifoda koʻrinishida beriladi.


47. Usulga oid ixtironi tavsiflash uchun moddiy ob’yekt ustida bajariladigan harakatlar ketma-ketligi va shuningdek, harakatlar olib boriladigan shart-sharoitlar, agar zarur boʻlsa aniq rejimlar (harorat, bosim va boshqalar) ishlatiladigan qurilmalar, moddalar, shtammlar koʻrsatiladi. Agar usul biror ustuvorlik sanasigacha ma’lum boʻlgan vositalardan, qurilma, modda va shtammlardan foydalanish orqali tavsiflansa, bu vositalarni ixtironi amalga oshirish mumkin boʻlgan holda ochib berish kifoya. Noma’lum vositalardan foydalanilgan boʻlsa, ularning xarakteristikalari keltiriladi, zarur hollarda grafik tasvirlar ilova qilinadi.

Usulda yangi moddalardan foydalanilsa, ularni olish usuli ochib beriladi.


48. Umumiy tuzilish formulasi bilan tavsiflangan kimyoviy birikmalar guruhini (qatorini) olish usuliga oid ixtirolar uchun, shu usul bilan guruhdagi (qatordagi) birikmalarni olish misollari keltiriladi. Agar guruh (qator) kimyoviy tabiati har xil radikallardan iborat birikmalarni oʻz ichiga olgan boʻlsa, ushbu har xil radikalli birikmalarni olishni tasdiqlash uchun yetarli boʻlgan misollar keltiriladi. Guruhga (qatorga) kirgan birikmalarni olish uchun ma’lum metodlar bilan tasdiqlangan tuzilish formulalari va fizik-kimyoviy xarakteristikalari keltiriladi. Tavsifda shuningdek, yangi birikmalarning vazifasi va biologik faol xususiyatlari haqida ma’lumotlari keltiriladi.

Tuzilishi aniqlanmagan kimyoviy birikmalarni yoki tarkibi va/yoki tuzilishi aniqlanmagan aralashmalarni olish usuliga oid ixtirolar uchun ushbu birikmani boshqalardan farqlash uchun zarur boʻlgan ma’lumotlar keltiriladi. Birikmalarni olish uchun boshlanich reagentlar haqida ma’lumotlar, va shuningdek, birikmaning talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan vazifasini amalga oshirish mumkinligini tasdiqlovchi ma’lumotlar, xususan bu vazifani keltirib chiqaruvchi xususiyatlar keltiriladi.


49. Insonlar yoki hayvonlardagi kasalliklarni davolash, tashhis qoʻyish yoki oldini olish usuliga oid ixtirolar uchun kasallik etiopatogeneziga ta’sir koʻrsatadigan aniqlangan faktorlar yoki etiopatogenez va tashhis koʻrsatkichlari orasidagi bolanishni keltirib chiqaruvchi faktorlar haqida ma’lumotlar keltiriladi. Bunday ma’lumotlar boʻlmasa, usulning koʻrsatilgan holat yoki kasallikni davolash, tashhis yoki oldini olishga yaroqliligini tasdiqlovchi (xususan adekvat modellarda yoki boshqa yoʻl bilan olingan) haqiqiy ma’lumotlar keltiriladi.


50. Tuzilishi aniqlangan yangi individual kimyoviy birikmaga oid ixtiro uchun ma’lum metodlar bilan isbotlangan tuzilish formulasi, fizik-kimyoviy doimiylar keltiriladi va yangi birikma birinchi marta olingan usul ochib beriladi.


51. Gen muhandisligi mahsulotlariga taalluqli boʻlgan individual birikmalar uchun ketma-ketliklar roʻyxatidagi nukleotidlar ketma-ketligining raqamiga doir koʻrsatma (nuklein kislotalar fragmentlarida) yoki tabiiy karta (rekombinant nuklein kislotalar va vektorlar holatida), ketma-ketliklar roʻyxatidagi aminokislotalar ketma-ketligining raqamiga doir koʻrsatma hamda ushbu birikmani boshqalaridan farqlash uchun zarur boʻlgan fizik-kimyoviy va boshqa xarakteristikalar keltiriladi. Yangi birikma birinchi marta olingan usul tavsiflanadi va ushbu birikmadan ma’lum vazifa boʻyicha foydalanish imkoniyati koʻrsatiladi.

Nukleotidlar yoki aminokislotalar ketma-ketligi agar ketma-ketliklar tavsifi ketma-ketliklar roʻyxatida bunday matndan foydalanilgan holda berilgan boʻlsa, tegishli erkin matn keltirilgan holda uning ketma-ketliklar roʻyxatidagi raqamini "SEC ID NO …" koʻrinishida koʻrsatish yoʻli bilan taqdim etiladi.


52. Biologik faol birikma uchun faollik va zaharlilik miqdor xarakteristikalari koʻrsatkichlari, zarur boʻlganda esa amal qilishining tanlanilishi va boshqa koʻrsatkichlari keltiriladi.


53. Agar ixtiro insonlar yoki hayvonlardagi ma’lum holatlari yoki kasalliklarini davolash, tashhis qoʻyish yoki profilaktika qilish vositasiga oid boʻlsa, tavsifda uning ishlatilishi natijasida kasallik etiopatogeneziga koʻrsatiladigan ta’sirini tushuntiradigan omillar haqida ma’lumotlar keltiriladi. Bunday ma’lumotlar boʻlmagan taqdirda, koʻrsatilgan kasalliklarni davolash, tashhis qoʻyish yoki profilaktika qilish uchun yaroqliligini tasdiqlovchi haqiqiy ma’lumotlar keltiriladi.


54. Agar ixtiro tuzilishi aniqlangan kimyoviy birikmaga taalluqli boʻlsa, ma’lum boʻlgan metodlar bilan isbotlangan tuzilish formulasi, fizikaviy-kimyoviy konstantalar keltiriladi, birikma olingan usul tavsiflanadi va ixtirodan koʻrsatib oʻtilgan vazifasi boʻyicha foydalanish imkoniyati koʻrsatiladi.


55. Agar yangi kimyoviy birikma mikroorganizmlar shtammi, oʻsimliklar yoki hayvonlar hujayralari liniyalaridan foydalanish orqali olingan boʻlsa, shu shtamm, liniyalari ishtirokidagi uning olinish usuli, ular haqida ma’lumotlar, va shtammni deoponentlanganligi haqida ma’lumotlar keltiriladi.


56. Agar ixtiro oraliq birikmaga oid boʻlsa, uni avvaldan ma’lum boʻlgan oxirgi mahsulotga aylantirish uchun qayta ishlash imkoniyati yoki undan aniq vazifada ishlatiladigan yoki biologik faol xususiyatga ega boʻlgan yangi mahsulot olish mumkinligini keltiriladi.


57. Agar ixtiro nuklein kislotalar yoki oqsillarga taalluqli boʻlsa, ketma-ketliklar roʻyxatidagi ketma-ketlik raqami (nuklein kislotalar uchun - nukleotidlar, oqsillar uchun - aminokislotalar) hamda ushbu mahsulotni boshqalardan farqlashga imkon beradigan fizik-kimyoviy va boshqa xarakteristikalar keltiriladi. Mahsulot olingan usul bayon qilinadi va ushbu mahsulotdan belgilangan vazifa boʻyicha foydalanish imkoniyati koʻrsatiladi.


58. Agar ixtiro kompozitsiyaga (aralashma, eritma, qotishma, shisha va boshqalarga) oid boʻlsa, kompozitsiya tarkibiga kirgan ingrediyentlar, ularning xarakteristikalari va miqdoriy nisbatlari koʻrsatilgan misollar keltiriladi. Kompozitsiyani olish usuli tavsiflanadi, agar biror ingrediyenti sifatida yangi moddani oʻz ichiga olsa, uning olish usuli ham tavsiflanadi.

Keltirilgan misollarda har bir ingrediyentning miqdori ixtiro formulasida keltirilgan chegaralarda boʻlgan birliklarda beriladi (ixtiro formulasida ingrediyentlar nisbatini foizlarda ifodalanganda (massa yoki hajmi boʻyicha) misolda koʻrsatilgan hamma ingrediyentlar yiindisi 100% ga teng boʻladi).


59. Shtammga taalluqli boʻlgan ixtiro uchun shtammning nomenklatura ma’lumotlari va kelib chiqishi, ozuqa (sepiladigan va fermentasiya) muhitining miqdoriy va sifat tarkibi, madaniy yetishtirish sharoitlari (harorat, rN, O2 ning solishtirma massa oʻtkazilishi, yoritilganligi va boshqalar), fermentasiya vaqti, biosintez xarakteristikasi, foydali (maqsadga muvofiq) mahsulotlar, mahsulot chiqishi, shtammning faollik (sermahsullik) darajasi va uni aniqlash (testlash) usullari toʻrisida ma’lumotlar koʻrsatiladi. Maqsadga oid mahsulotlarning (yangi maqsadga oid mahsulotlar produtsentlari, masalan, antibiotiklar, fermentlar, monoklonal antitanachalar va boshqalar uchun) ajratib olish va tozalash usuli ochib beriladi.

Mikroorganizmlar konsorsiumlari va oʻsimliklar va hayvonlar hujayralari uchun quyidagi ma’lumotlar: komponentlar mavjudligini tekshirish metodi, ajratib olish (seleksiya) metodi va seleksiya olib borilgan alomatlar, uzoq muddat davomida yetishtirilayotganda konsorsiumning barqarorligi, oʻzga mikroorganizmlar tomonidan zararlanishga chidamliligi koʻrsatib oʻtiladi.

Shtamm, oʻsimliklar yoki hayvonlar hujayralari liniyalariga yoxud ular ishlatiladigan usulga taalluqli ixtironi amalga oshirish imkoniyati shtammni olish usulini bayon qilish bilan, yoki agar shtammni olish usulining tavsifi shtammni amalga oshirish uchun yetarli boʻlmasa, shtammning deponentlanganligi (depozitariy kolleksiyasining nomi va kolleksiya tomonidan deponentlangan ob’yektga berilgan roʻyxatdan oʻtkazish raqami) toʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etish bilan tasdiqlanadi. Bunda uning sanasi ixtiro ustuvorligi sanasigacha boʻlishi lozim.

Agar shtamm, hujayralar liniyasi yoki konsorsium ob’yektni eng kamida patent amal qilishi muddati ichida hayotiyligini ta’minlashni kafolatlaydigan xalqaro kolleksiyaga yoki Oʻzbekiston Respublikasi kolleksiyasiga joylashtirilgan boʻlsa, patent amallari maqsadlari uchun deponentlash amalga oshirilgan deb hisoblanadi.


60. Ixtiro tavsifining ushbu boʻlimida agar nukleotidlar va/yoki aminokislotalar ketma-ketligi toʻrtta va undan koʻp aminokislotalardan iborat yoki oʻnta va undan koʻp nukleotidlardan iborat tarmoqlanmagan ketma-ketliklar hisoblansa, ushbu ketma-ketliklar detallarga ajratilgan holda ochib beriladi. Har bir ketma-ketlikka alohida raqam beriladi. Ketma-ketliklar raqamlari birdan boshlanishi va tartib bilan butun songa oshib borishi kerak.

Roʻyxatdagi har bir ketma-ketlikning raqami ixtiro tavsifi, formulasi yoki grafik tasvirlarda koʻrsatilgan uning raqamiga muvofiq boʻlishi kerak.

Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi hech boʻlmaganda quyidagi imkoniyatlarning biri yordamida taqdim etilishi kerak:

faqat nukleotidlar ketma-ketligi bilan;

faqat aminokislotalar ketma-ketligi bilan;

nukleotidlar ketma-ketligining tegishli aminokislotalar ketma-ketligi bilan.

Soʻnggi holatda aminokislotalar ketma-ketligi alohida raqamga ega boʻlgan aminokislotalarning alohida ketma-ketligi sifatida taqdim etilishi kerak. Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligining roʻyxati oʻzi bilan ixtiro tavsifining bevosita tarkibiy qismini namoyon qiladi, shuning uchun ushbu ketma-ketliklarni tavsifning biron-bir joyida boshdan-oyoq bayon qilinishiga zarurat yoʻq.

Yuqorida eslatib oʻtilgan roʻyxat oʻzining bayoniy qismida erkin matn - neytral til leksikasidan foydalanilmaydigan ketma-ketliklar tavsifini bayon qiluvchi jumlalarni oʻz ichiga olgan hollarda ushbu erkin matn ixtiro tavsifining ketma-ketliklar roʻyxatidagi ketma-ketlik raqamini aynan oʻsha koʻrinishda ichiga olgan boshqa boʻlimlarida takrorlanishi kerak.


61. Qurilma, usul, modda, shtammni yangi vazifada qoʻllanilishiga taalluqli ixtiro uchun ushbu vazifani amalga oshirish imkoniyatlarini tasdiqlovchi ma’lumotlar keltiriladi.


62. Ixtironing formulasi, patent orqali beriladigan huquqiy muhofaza hajmini belgilash uchun moʻljallangan.


63. Ixtironing formulasi tavsifga va chizmalarga toʻliq asoslangan boʻlishi, ya’ni ixtironi uning tavsifida mavjud boʻlgan va chizmalarda koʻrsatilgan tushunchalar bilan ta’riflab berishi lozim.


64. Ixtironing formulasi uning mohiyatini ifodalashi kerak, ya’ni talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan texnikaviy natijaga erishish uchun yetarli darajada ixtironing muhim alomatlari majmuini oʻz ichiga olishi lozim.


65. Ixtironing alomatlari ixtiro formulasida shunday ifoda etilishi lozimki, ularni aynanlashtirish, ya’ni ma’lum boʻlgan texnika taraqqiyoti darajasi asosida ularning ma’nosi va mazmuni mutaxassislar tomonidan bir xil ma’noda tushunilishi imkoniyatini ta’minlansin.


66. Ixtiro formulasidagi alomat ta’rifini axborot manbaiga havola qilish bilan almashtirilishi mumkin emas. Alomatni talabnoma tavsifi yoki chizmalariga havola qilmasdan ta’riflashning iloji boʻlmasa, ushbu Qoidalarning 65-bandi talablarini buzmagan holda, alomat ta’rifi bunday havola qilish bilan almashtirilishi mumkin.


67. Nukleotidlar yoki aminokislotalarning ketma-ketligi undan ixtiro formulasidagi alomatni xarakterlash uchun foydalangan holda ketma-ketliklar roʻyxatidagi uning raqamini "SEC ID NO..." koʻrinishida koʻrsatish yoʻli bilan taqdim etiladi.


68. Agar umumiy tushunchadagi ta’riflar boshqa alomatlar bilan birgalikda talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan texnikaviy natijani olishni ta’minlasa, ixtironing alomati uning xususiy hollarda amalga oshirish shakllarini oʻz ichiga olgan umumiy (funksiyasi, xususiyatini ifodalaydigan) tushunchalar bilan tavsiflanishi mumkin.

Agar, koʻrsatilgan alternativadan tanlab olingan har bir alomat ixtironing boshqa alomatlari bilan birgalikda birdan-bir texnikaviy natijani olishni ta’minlasa, alomat alternativ tushunchalar koʻrinishida ifoda etilishi mumkin.


69. Ixtironing formulasi bir zvenoli va koʻp zvenoli boʻlishi hamda tegishlicha bir yoki bir necha bandlarni oʻz ichiga olishi mumkin.


70. Bir zvenoli formula, ixtironing tayyorlanishi yoki undan foydalanishning xususiy hollarida rivojlantirishlar va aniqlashtirishlarga ega boʻlmagan muhim alomatlar majmui bilan bitta ixtironi tavsiflash uchun qoʻllaniladi. 


71. Ixtironing koʻp zvenoli formulasi, ixtironing tayyorlanishi va/yoki undan foydalanishning xususiy hollarida rivojlantirishlar va aniqlashtirishlarga ega boʻlgan muhim alomatlar majmui bilan bitta ixtironi yoki ixtirolar guruhini tavsiflash uchun qoʻllaniladi.

Bitta ixtironi tavsiflovchi koʻp zvenoli formula, bir mustaqil bandga va undan keyin keluvchi unga boliq band(bandlar) ga ega.

Ixtirolar guruhini tavsiflovchi koʻp zvenoli formula bir necha mustaqil bandlarga ega boʻlib, ulardan har biri, guruhning ixtirolaridan birini tavsiflaydi. Shuning bilan birga guruhning har bir ixtirosi tegishli mustaqil bandga boʻysunuvchi boliq bandlarni jalb etish bilan tavsiflangan boʻlishi mumkin.

Koʻp zvenoli formula bandlari birdan boshlab ularni bayon etish tartibida ketma-ket arab raqamlari bilan raqamlanadi.


72. Ixtirolar guruhini tavsiflovchi formulani bayon etishda quyidagi qoidalarga amal qilinadi:

alohida ixtirolarni tavsiflovchi mustaqil bandlarda, odatda, formulaning boshqa bandlariga havola qilinmaydi (shu mustaqil bandni unda boshqa bandning mazmunini butunlay takrorlamasdan bayon etishga imkon bersagina, bunday havola qilishga yoʻl qoʻyiladi);

boliq bandlar, oʻzlari boʻysungan mustaqil bandlar bilan birga guruhlarga birlashtiriladi, shu jumladan guruhdagi har xil ixtirolarni ta’riflash uchun bir xil mazmundagi boliq bandlar jalb qilingan holatlarni oʻz ichiga olganda ham;


73. Formulaning bandi, odatda, eng yaqin analogning belgilari bilan mos keluvchi, shu jumladan ixtironing vazifasini koʻrsatuvchi umumlashtiruvchi tushunchani oʻz ichiga oladigan muhim belgilarga ega boʻlgan cheklovchi qismdan va ixtironi eng yaqin analogidan farqlaydigan muhim belgilarni oʻz ichiga oladigan farqlovchi qismdan iborat.

Formula bandini cheklovchi va farqlovchi qismlarga boʻlib tuzilganda cheklovchi qismi bayon etib boʻlingandan soʻng "shu bilan farqlanadiki" soʻz birikmasi kiritiladi, bundan keyin bevosita farqlovchi qism bayon etiladi.


74. Ixtiro formulasi, xususan, agar u quyidagilarni:

kimyoviy birikma;

mikroorganizm shtammi, oʻsimlik va hayvon hujayralari liniyasi;

avval ma’lum boʻlgan qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda qoʻllanilishi;

analoglarga ega boʻlmagan ixtironi xarakterlasa, bandni cheklovchi va farqlovchi qismlarga boʻlinmay tuziladi.


75. Formulaning bandi bitta gap koʻrinishida bayon etiladi.


76. Ixtiro formulasining mustaqil bandi faqat bir ixtiroga taalluqli boʻlishi va bitta gap koʻrinishida bayon etilishi lozim. Agar ixtirolar - variantlar faqat muqobil koʻrinishda ifodalangan alomatlar bilan farqlansa, formulaning bitta mustaqil bandida bir qancha ixtirolarni - variantlarni tavsiflashga yoʻl qoʻyiladi.

Agar formulaning mustaqil bandida muqobil koʻrinishda faqat funksional mustaqil boʻlmagan (ya’ni, qurilmaning boʻimi yoki detali; usul operasiyasi; usulda qoʻllaniladigan modda, material, moslama; kompozitsiya ingrediyenti hisoblanmagan) alomatlar ifodalangan boʻlsa, bunday mustaqil band faqat bitta ixtiroga taalluqli deb hisoblanadi.


77. Formulaning mustaqil bandi, agap undagi mavjud alomatlar majmui turli ob’yektlarga yoki har biri oʻz vazifasiga ega boʻlgan vositalar majmuiga oid boʻlgan ixtirolarning tavsifini umumiy vazifadagi vositalarning koʻrsatilgan majmuini amalga oshirilmagan holda, ta’rifini oʻz ichiga olgan boʻlsa, bir ixtiroga taalluqli deb e’tirof etilmaydi.


78. Ixtironing bolangan bandi mustaqil bandda keltipilgan ixtironi faqat uni bajarish yoki foydalanishning xususiy hollarida tavsiflaydigan alomatlar bilan ixtiro alomatlari majmuini pivojlantirish va/yoki aniqlashtirishni oʻz ichiga oladi.


79. Formula bolangan bandning cheklovchi qismi ixtironing nomini aks ettiruvchi, odatda, mustaqil bandda keltirilganiga nisbatan qisqartirilgan holda keltirilgan va ushbu bolangan band mansub boʻlgan mustaqil band va/yoki bolangan bandga havola qilingan umumlashtipma tushunchadan iborat. Bolangan band formulaning bir necha bandlariga boʻysungan hollarda, ularga havola qilish muqobilidan foydalanilgan holda koʻrsatiladi. Soʻngra ixtironi bajarilishi yoki undan foydalanishining xususiy hollarida ixtironi tavsiflovchi alomatlar keltiriladi.

Agap ixtironi tavsiflash uchun uning bajapilishi yoki foydalanishining xususiy hollarida, bolangan bandning alomatlari bilan bir qatorda mustaqil bandning alomatlari bilan va bu bolangan bandning mustaqil bandga boʻysunishidan foydalaniladi. Agar koʻrsatib oʻtilgan ta’riflash uchun formulaning boshqa bir yoki bir necha bolangan bandlarining alomatlari zarur boʻlsa, shu bolangan bandning mustaqil bandga tegishli bolangan bandlari orqali boʻysunishidan foydalaniladi. Bunda ushbu bolangan bandda u bevosita boʻysungan bolangan bandgagina havolalar keltiriladi.


80. Ixtiro formulasining bolangan bandini formulaning oʻzi boʻysungan oʻsha bandining alomatlarini almashtiradigan yoki chiqarib tashlaydigan holda bayon etish kerak emas.

Agar ixtiro formulasining bolangan bandi mustaqil  bandning belgilari almashtirilgan yoki chiqarib tashlangan holda shakllantirilgan boʻlsa, ushbu bolangan band oʻzi buysungan mustaqil band bilan birga bitta ixtironi ta’riflaydi deb e’tirof etilishi mumkin emas.


81. Qurilma alomatlari formulada uni statik holatda tavsiflash uchun bayon qilinadi. Qurilmaning konstruktiv elementi bajarilishini tavsiflashda uning harakatlanuvchanligi, uning tomonidan ma’lum bir funksiya (masalan, aylanish imkoniyati, siljish imkoniyati) va boshqalarni amalga oshirilishi imkoniyatini koʻrsatishga yoʻl qoʻyiladi.

Agar talabnoma chizmalarni ichiga olgan boʻlsa, formulada eslatib oʻtilgan va ekvivalent konstruktiv elementlarni ifodalaydigan alomatlar ularga taalluqli boʻlgan izohli belgilar bilan birga berilishi mumkin. Izohli belgilar soʻralayotgan huquqiy muhofaza hajmiga ta’sir etmaydi va faqat formulani toʻliqroq va aniqroq tushunish maqsadlarida keltiriladi.


82. Amalni (usulni, operasiyani) usul alomati sifatida tavsiflash uchun fe’llardan foydalanilganda, ularni aniqlik nisbatida, aniqlik maylida uchinchi shaxsda, koʻplikda bayon qilinadi (qizdiriladi, namlanadi, kuydiriladi va boshqalar).


83. Kelib chiqish tuzilmasi aniq boʻlgan kimyoviy birikmani tavsiflovchi ixtiro formulasiga birikmaning nomlanishi yoki belgilanishi kiritiladi. Gen muhandisligi mahsulotlariga taalluqli birikmalar uchun ixtiro formulasiga ketma-ketliklar roʻyxatidagi nukleotidlar ketma-ketligi (nuklein kislotalar fragmenti holatida) raqamiga koʻrsatma va tabiiy kartaning (rekombinant nuklein kislotalar va vektorlar holatida) soʻzli tavsifi, ketma-ketliklar roʻyxatidagi aminokislotalar ketma-ketligi raqamiga koʻrsatma hamda fizik-kimyoviy va ushbu birikmani boshqalardan farqlash uchun zarur boʻlgan boshqa xarakteristikalar kiritiladi. Tuzilishi aniqlanmagan birikmalar uchun ixtiro formulasiga nomlanishi, fizik-kimyoviy va ushbu birikmani boshqalardan farqlash uchun zarur boʻlgan boshqa xarakteristikalar, masalan, uni olish usulining alomatlari kiritiladi.


84. Kompozitsiyani xarakterlaydigan ixtiro formulasiga kompozitsiyaga kiradigan ingrediyentlar va zarur boʻlganda ingrediyentlarning miqdoriy qiymatlariga tegishli alomatlari kiritiladi.

Kompozitsiyani xarakterlaydigan formulaga ingrediyentlarning miqdorini koʻrsatadigan alomatlar kiritilsa, ular bir xil birliklarda, odatda ikkita qiymatlarda, eng koʻp va eng kam miqdordagi (quyi va yuqori) chegaralarda ifodalanadi.

Kompozitsiya elementlari bittasining miqdorini bitta qiymat orqali, boshqalarini esa uning qiymatiga nisbatan interval koʻrinishida berish mumkin (masalan, ingrediyentlar miqdori kompozitsiya asosiy ingrediyentining 100 massa qismiga yoki 1 l eritmaga nisbatan keltiriladi).

Kompozitsiya tarkibidagi antibiotiklar, fermentlar, anatoksinlar va boshqalar miqdorini kompozitsiyasining boshqa komponentlari birliklaridan boshqa birliklarda koʻrsatish mumkin (masalan, boshqa komponentlar massa soniga nisbatan ming birliklarda).

Agar kompozitsiyalarga oid ixtiro qoʻshimcha ingrediyent kiritish bilan xarakterlansa, formulada farqlovchi alomatdan oldin "qoʻshimcha ravishda oʻz ichiga oladi" degan ibora kiritiladi.

Vazifasi yangi aktiv komponent bilan belgilanadigan boshqa komponentlar an’anaviy qoʻllaniladigan neytral qismlar boʻlsa, formulada shu aktiv komponentni va uning miqdorini "samarali miqdori" koʻrinishida keltirish mumkin.

Bunday kompozitsiyalarni xarakterlaydigan yana bir varianti undagi aktiv komponentdan tashqari boshqa komponentlarni (neytral qismlarni) umumlashtirma tushuncha "maqsadli qoʻshimchalar" koʻrinishida ifodalanadi. Bu holda aktiv komponentlar va maqsadli qoʻshimchalarning miqdoriy nisbatlari koʻrsatiladi.

Agar ixtiro alomati sifatida murakkab tarkibli ma’lum modda koʻrsatilgan boʻlsa, shu moddaning funksiyasini va xususiyatini koʻrsatib maxsus nomini keltirish mumkin. Bu holda ixtiro tavsifida shu modda tavsiflanagan adabiyot koʻrsatiladi.


85. Mikroorganizm shtammi, oʻsimliklar va hayvonlar hujayralari liniyalarini xarakterlaydigan formulaga muallifning (mualliflarning) familiyasi (familiyalari), rasmiy kolleksiya -depozitariyning bosh harflari, deponentlangan ob’yektga berilgan roʻyxat nomeri va shtamm vazifasi koʻrsatilgan holda biologik ob’yektning oila turkumlari va turlariga oid lotin tilidagi nomini oʻz ichiga oladi.


86. Ixtiro obekti avvaldan ma’lum qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda qoʻllash boʻlgan hollarda, quyidagi tuzilishdagi formula ishlatiladi: "(ma’lum qurilma, usul, modda, shtammning nomi yoki xarakteristikasi keltiriladi) (koʻrsatilgan qurilma, usul, modda, shtammning yangi vazifasi keltiriladi) sifatida ishlatilishi".


87. Ixtiro mohiyatini tushuntiradigan materiallar, grafik tasvirlar (chizmalar, sxemalar, grafiklar, eryupalar, rasmlar, ossilogrammalar va h.k.), tasvirlar va jadvallar koʻrinishida bajarilishi mumkin.

Tavsifni chizmalar yoki sxemalar bilan tasvirlashning iloji boʻlmagan holda rasmlar topshiriladi.

Fotosuratlar grafik tasvirlarga qoʻshimcha sifatida topshirilishi mumkin.

Chizmalar, sxemalar, rasmlar alohida varaqlarda va har bir varaining yuqorisidan oʻng burchagida ixtironing nomi koʻrsatilgan holda taqdim etiladi.


88. Referat ixtiro haqida ma’lumot olish uchun xizmat qiladi va ixtiro tavsifining qisqartirilgan bayoni boʻlib, ixtiro nomi, ixtiro mansub boʻlgan texnika sohasining xarakteristikasi, mohiyat xarakteristikasi, u va/yoki qoʻllanilish sohasi, agar bu nomidan aniq boʻlmasa erishiladigan texnik natijani mohiyat xarakteristikasini oʻz ichiga oladi. Referatda ixtiro mohiyati ixtiro formulasining mustaqil punktidagi hamma muhim alomatlarini saqlagan holda erkin ifodalanishi orqali xarakterlanadi.

Zarur hollarda ixtiro referatiga chizma yoki kimyoviy formula kiritiladi. Referatga kiritilgan chizma alohida varaqda, referat matni miqdoridagi nusxalar sonida, shu jumladan tavsifga ilova qilingan chizmalar figuralaridan biriga mos kelgan hollarda ham beriladi.

Referatda qoʻshimcha ma’lumotlar, xususan bolangan bandlar, grafik tasvirlar, jadvallar mavjudligi va soni koʻrsatilishi mumkin.

Referat matnining tavsiya etiladigan oʻrtacha hajmi 1000 ta bosma belgigacha.



§ 3. Yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan elementlar

89. Talabnomada, ahloq-odob va ijtimoiy tartibga zid iboralar, chizmalar, pasmlar, fotosupatlar va boshqa materiallar; boshqa shaxslarning mahsulotlari yoki texnologik jarayonlariga, shuningdek talabnomalari va patentlariga (guvohnomalariga) nisbatan bayon qilingan iltifosiz fikrlar; ixtiroga ochiqdan-ochiq taalluqli boʻlmagan yoxud talabnoma hujjatlarini ushbu Qoidalarning talablariga muvofiq deb e’tirof etish uchun zarur boʻlmagan ma’lumotlar va fikplar boʻlmasligi lozim. "Texnika darajasi" boʻlimida ma’lum qurilmalarning kamchiligini oddiy tarzda koʻrsatish yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan element deb hisoblanmaydi.


§ 4. Atamalar va belgilar


90. Ixtironing formulasida, tavsiflarda va uni tushuntirib bepuvchi matepiallarda, shuningdek, referatda, standartlashtirilgan atamalar va qisqartmalar, ular mavjud boʻlmagan hollarda esa ilmiy va texnikaviy adabiyotda hamma qabul qilgan atamalar va qisqartmalar qoʻllaniladi.

Ilmiy-taxnika adabiyotlarida keng qoʻllanilmaydigan atama va qisqartmalar ishlatilganda, ularning ma’nosi matnda birinchi marta qoʻllanilganda tushuntirib beriladi.

Ilmiy-texnika adabiyotlarida ilmiy boʻlmagan deb e’tirof etilgan terminlar, xarakterlovchi tushunchalardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Hamma shartli belgilar rasshifrovka qilinadi. Tavsifda va formulada yagona atamalarga rioya qilinadi, ya’ni birdan-bir belgilar tavsifning matnida va formulada bir xil ataladi. Atamaning yagonalik talabi, shuningdek, fizikaviy birliklar va foydalaniladigan shartli belgilarga ham taalluqlidir.

Fizikaviy miqdorlar amaldagi Xalqaro birliklar tizimi birliklari bilan ifoda etiladi.


§ 5. Talabnoma materiallarini

rasmiylashtirish

91. Hamma hujjatlar, zarur boʻlgan hollarda ularni bevosita reproduksiya qilinib, cheklanmagan miqdorda nusxa koʻchirish imkoniyati boʻlgan tarzda rasmiylashtiriladi.

Har bir varaqning faqat bir tomonidan, qatorlarni varaqning kichik tomoniga parallel joylashtirilgan holda foydalaniladi.


92. Talabnomaning hujjatlari pishiq, oq, tekis, yarqiramaydigan qoozda bajariladi. Talabnoma hujjatlarini MOʻT da ham berish mumkin.


93. Talabnomaning har bir hujjati alohida varaqdan boshlanadi. Varaqlar 210x297 mm formatga ega boʻladi. Tavsif, formula, chizma va referatlarni oʻz ichiga olgan varaqning hoshiyasi quyidagicha bajariladi, mm:

yuqorigi - 20;

oʻngdagi - 20;

pastki - 20;

chapdagi - 25.

Chizmalar chizilgan varaqlardagi foydalaniladigan sathning oʻlchami 170-262 mm dan oshmasligi lozim, hoshiyalarning oʻlchami quyidagilardan kam boʻlmasligi kerak, (mm):

yuqorigi - 25;

chapdagi - 25;

oʻngdagi - 15;

pastki - 10.

Bu varaqlarda foydalanilgan yoki foydalanishga yaroqli sath atrofida ramka chizilmasligi lozim.

Tasvirlar formati talabnoma hujjatlari varaqlarining belgilangan oʻlchamlaridan oshmagan holda tanlab olinadi. Kichik formatdagi tasvirlar (fotosuratlar) varaq formati va sifatiga qoʻyilgan talablarga rioya qilgan holda qooz varaqlariga yopishtirilgan holda taqdim etiladi.


94. Talabnoma har bir hujjatining varaqlari va nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxati bir-biriga boliq boʻlmagan birdan boshlanadigan varaqlar raqamiga ega. Varaqlarning raqamlari ikkinchi varaqdan boshlab arab raqamlari bilan qoʻyiladi.


95. Hujjatlar qora rangli shriftda bosma harflar bilan mashinkada yoziladi. Tavsif, formula, referat matni 1,5 intervalda yoziladi, bosh harf kattaligi 2,1 mm dan kam boʻlmasligi kerak.

Grafik belgilar, lotincha nomlar, lotin va yunoncha harflar, matematik va kimyoviy formulalar va belgilar qora siyoh, tush bilan yozilishi mumkin. Formulani bosma harfda va qoʻlda aralash yozish mumkin emas.

MOʻTda taqdim qilinadigan materiallarga boʻlgan talablar Vazirlik tomonidan belgilanadi.

96. Ixtiro tavsifi formulasida va referatda kimyoviy formulalardan foydalanish mumkin.

Kimyoviy birikmalarning tuzilish formulalari odatda alohida figura sifatida (grafik materiallar kabi) nomerlanib, izohli belgilarni koʻrsatib, alohida varaqda beriladi.

Kimyoviy tuzilish formulalarini yozishda umumiy qoʻllanadigan belgilar ishlatiladi, elementlar va radikallar oʻrtasidagi bolanish aniq koʻrsatiladi.

Bosma shaklda taqdim etilayotgan nukleotidlar va/yoki aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxati BIMT ST.25 standartiga muvofiq rasmiylashtirilishi kerak.


97. Ixtironing tavsifida, fopmulasida va referatida matematik ifodalar (formulalar) va belgilar ishlatilishi mumkin.

Matematik formulalardagi mavjud hamma harfiy belgilar deshifpovka qilinadi. Fopmulalarga beriladigan tushuntipishlarni ustun shaklida yozish lozim hamda har bir qatordan soʻng nuqta vergul qoʻyish lozim. Bunda harfiy ifodalarning deshifrovkasi, formulada qoʻllanilgan tartib boʻyicha beriladi.

Quyidagi >, <, = matematik belgilar va boshqalar, faqat matematik formulalarda qoʻllaniladi, matnda ularni soʻzlar bilan yozish lozim (katta, kichik, teng va h.k.)

Miqdorlar orasidagi intervallarni "...dan" va "...gacha" soʻzlari bilan belgilash lozim.

Miqdorlarni foizlar bilan ifodalashda, foiz (%) belgisi sondan soʻng qoʻyiladi. Agap miqdorlar bir nechta boʻlsa, u holda foiz belgisi, ularni sanab oʻtishdan oldin qoʻyilib, ikki nuqta bilan ajratiladi.

Matematik formulalarda koʻchirish, faqat belgi boʻyicha amalga oshiriladi.


98. Grafik tasvirlar (chizmalar, sxemalar, grafiklar, rasmlar va h.k.) chizmachilik asboblari yordamida oʻchirilmaydigan, qora, aniq chiziqlar va shtpixlar bilan tushlanmasdan va boʻyalmasdan bajariladi.


99. Tasvirlarning masshtabi va aniqligi rerpoduksiya qilish paytida oʻlchamlar 2/3 gacha chiziqli kichraytirilganda, hamma detallarni farqlab aniqlash mumkin boʻladigan tarzda tanlanadi.


100. Raqamlar va harflar qavslar yoki qoʻshtirnoqlar ichiga olinmaydi. Raqamlar va harflarning balandligi 3,2 mm dan kam boʻlmagan holda tanlanadi. Raqamli va harfli belgilar aniq qilib bajariladi, ularning chiziqlari qalinligi tasvir chiziqlarining qalinligiga mos boʻlishi lozim.


101. Har bir grafik tasvirning turidan qat’iy nazar arab raqamlari bilan figura sifatida (fig. 1, fig. 2 va boshqalar), ularning tavsif matnida eslatib oʻtilishi navbatiga muvofiq yagona raqamlash tartibida raqamlanadi. Agar tavsif bitta figura bilan tavsiflansa, bunda u raqamlanmaydi.


102. Chizmaning bir varaida bir necha figuralar joylashtirilishi mumkin, bunday hollarda ular bir-birlaridan aniq chegaralab qoʻyiladi. Agar ikki va undan ortiq varaqlarda joylashgan figuralar bitta figuraning boʻlaklarini tashkil etsalar, har xil varaqlarda tasvirlangan figuralardan birortasi tushirib qoldirilmay kompanovka qilinishi mumkin boʻlgan holda joylashtiriladi.

Alohida figuralar varaqda yoki varaqlarda varaqlar maksimal holda toʻldirilgan va varaqning uzun tomoni vertikal holatda joylashtirilganda, chizmalarni oʻqish mumkin boʻlgan holda joylashtirilishi lozim.


103. Chizmalar texnikaga oid chizmalarni tayyorlash qoidalariga muvofiq bajariladi.


104. Chizmada toʻri burchakli (ortogonal) proyeksiyalardan (turli koʻrinishlarda, kesmalarda va kesimlarda) foydalanish afzalroq hisoblanadi; shuningdek, aksonometrik proyeksiyalardan ham foydalanish mumkin.


105. Kesimlar izohli belgilar asosiy chiziqlarni bemalol oʻqishga toʻsqinlik qilmaydigan tarzda qiya shtrixli chiziq bilan bajariladi.


106. Chizmadagi har bir element hamma boshqa elementlarga nisbatan proporsional holda bajariladi, elementni aniq tasvirlash uchun proporsiyalarning bir-biridan farqlanishining zarur boʻlgan hollari bundan mustasno.


107. Chizmalar hech bir qandaydir yozuvlarsiz bajariladi, "suv", "bu", "ochiq", "yopiq", "A-A" (kesimni koʻrsatish uchun)  va h.k. kabi zarur soʻzlar, bundan mustasno.


108. Chizmalarda oʻlchamlar koʻrsatilmaydi, zarur boʻlgan hollarda ular tavsifda keltiriladi.


109. Chizmalarda tasvirlangan elementlar ixtironing tavsifiga muvofiq holda arab raqamlari bilan belgilanadi.

Bir necha figuralarda keltirilgan bir xil elementlar, bir xil raqamlar bilan belgilanadi. Turli figuralarda keltirilgan turli elementlarni bir xil raqamlar bilan belgilash mumkin emas. Tavsifda koʻrsatilmagan belgilar chizmaga qoʻyilmaydi.


110. Agar grafik tasvir sxema shaklida keltirilsa, u holda uni bajarishda standartlashtirilgan shartli grafik belgilar qoʻllaniladi.

Bir turdagi sxemada boshqa turdagi sxemaning alohida elementlarini (masalan, elektr sxemada - kinematika va gidravlika sxemalarining elementlarini) tasvirlashga yoʻl qoʻyiladi.

Agar sxema toʻri burchaklar koʻrinishida elementlarning grafik belgilanishi sifatida taqdim etilgan boʻlsa, u holda bevosita toʻri burchakka raqamli belgidan tashqari elementning nomi yozib qoʻyiladi. Agar elementning grafik tasviri oʻlchamlari buni qilishga yoʻl qoʻymasa, u holda element nomini tashqariga chiqariladigan liniyada (zarur boʻlganda sxema maydoniga joylashtirilgan rasm ostiga yoziladigan yozuv koʻrinishida) koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyiladi.


111. Rasmlar ularni bevosita reproduksiya qilish imkoniyati bilan aniq bajarilishi kerak.


112. Chizmalar, sxemalar, rasmlar ixtiro tavsifi va formulasida keltirilmaydi.


113. Axborot manbalarining bibliografiya ma’lumotlari ular boʻyicha axborot manbai topish mumkin boʻlgan holda koʻrsatiladi.


§ 6. Talabnomani topshirish

114. Ixtiro muallifi, ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorislari talabnoma topshirish va patent olish huquqiga ega.


115. Talabnoma bevosita Vazirlikka topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi.

116. Talabnoma bevosita talabnoma beruvchi tomonidan yoki Vazirlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan patent vakillari yoxud boshqa vakil orqali topshirilishi mumkin.

117. Qonunning 35-moddasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yashaydigan jismoniy shaxslar yoki xorijiy yuridik shaxslar, agar Oʻzbekiston Respublikasi ishtirok etgan xalqaro shartnomada boshqacha koʻzda tutilmagan boʻlsa, talabnoma berish va patent olish bilan boliq ishlarni Vazirlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan patent vakillari orqali olib boradilar.


II BOB. VAZIRLIK VA DAVLAT MUASSASASI BILAN

PATENT OLISh BOʻYIChA IShLARNI OLIB BORISh


§ 7. Vakil tayinlash

118. Talabnoma boʻyicha ishlarni olib borish va talabnomani koʻrib chiqishda oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun talabnoma beruvchi ishonchnoma berish orqali vakil tayinlashi mumkin.

Vazirlik va Davlat muassasasi oldida vakillik qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasida rasmiylashtiriladigan ishonchnoma, oddiy yozma shaklda tuziladi.

Agar ishonchnoma oʻzbek yoki rus tilidan boshqa tilda berilgan boʻlsa, tarjimasi ilova qilinadi.

Ishonchnoma talabnomani topshirishda taqdim etiladi.

Agar ishonchnoma, Vazirlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan bir necha patent vakili nomiga berilgan boʻlsa, u holda talabnoma boʻyicha patent olish ishlari ularning har biri tomonidan olib borilaveradi.


§ 8. Vazirlik va Davlat muassasasi bilan yozishmalarni olib borish

119. Yozishma talabnoma beruvchi bilan yoki ushbu ishga vakolat berilgan uning vakili bilan har bir talabnoma boʻyicha alohida olib boriladi.


120. Talabnoma topshirilgandan keyin yuboriladigan materiallarda talabnoma raqami va talabnoma beruvchi yoki uning vakilining imzosi boʻlishi shart.

Talabnoma raqami koʻrsatilmagan materiallar, agar raqamni bilvosita aniqlash imkoni boʻlmasa, qaytarib yuboriladi.


121. Talabnoma boʻyicha ish yuritish jarayonida yuboriladigan materiallar Qonunda belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.


122. Vazirlikka talablarga javob bermaydigan tarzda topshirilgan materiallar boʻyicha, soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida tuzatilgan va yetishmagan materiallarni taqdim etish taklif qilingan soʻrovnoma yuboriladi. Talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili yoki ishonchli vakili boʻlmagan shaxslar tomonidan berilgan materiallar koʻrilmaydi. Bunday materiallarni yuborgan shaxsga tegishli bildirishnoma yuboriladi.


§ 9. Talabnoma hujjatlariga tuzatishlar,

aniqliklar va qoʻshimchalar kiritish

123. Qonunning 20-moddasiga koʻra talabnoma beruvchi talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran ikki oy mobaynida talabnomada koʻrsatilgan sanoat mulki ob’yektining mohiyatini oʻzgartirmagan holda tuzatishlar, aniqliklar yoki qoʻshimcha materiallar kiritish huquqiga ega.


124. Belgilangan miqdordagi patent boji toʻlangan taqdirda talabnoma boʻyicha tuzatishlar, aniqliklar yoki qoʻshimcha materiallar koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin ham, lekin patent berish haqidagi qaror qabul qilingunga qadar tegishli ariza berish yoʻli bilan kiritilishi mumkin.

Arizaga talabnoma materiallariga oʻzgartirishlar kiritish uchun patent boji toʻlangani haqidagi hujjat ilova qilinadi. Patent boji toʻlangani haqidagi hujjat taqdim etilmagan taqdirda yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi. Toʻlangan patent bojining summasi belgilangan miqdorga mos boʻlmaganda talabnoma beruvchi Davlat muassasasi tomonidan bojning yetishmagan qismini toʻlash haqidagi bildirishnoma yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida kerakli summani toʻlash huquqiga ega.

125. Talabnoma materiallariga tuzatish, aniqliklar kiritish talabnoma beruvchi tomonidan yozma ravishda tegishli ariza berish va almashtiradigan varaqlarni taqdim etish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Ariza shakllari ushbu Qoidalarga berilgan 2, 3, 4-ilovalarda keltirilgan. Almashtiradigan varaqlar talabnomaning tegishli hujjatining har bir nusxasi uchun oʻzbek yoki rus tilida beriladi.

Talabnoma beruvchi ariza Vazirlikka kelib tushganligi va uni koʻrib chiqish natijalari haqida хabardor qilinadi.

126. Talabnoma beruvchi - yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi) oʻzgartirilganda Vazirlik va Davlat muassasasiga talabnoma beruvchining nomiga oʻzgartirish kiritish haqida ariza beriladi va ushbu oʻzgartirishlarni tasdiqlaydigan hujjat taqdim etiladi. Ariza shakli ushbu Qoidalarga berilgan 2-ilovada keltirilgan.

127. Talabnomaga boʻlgan huquq boshqa shaxsga oʻtkazilgan holda Vazirlik va Davlat muassasasiga talabnoma beruvchini oʻzgartirish toʻrisidagi yozuvni kiritish haqida ariza beriladi. Ariza shakli ushbu Qoidalarga berilgan 3-ilovada keltirilgan.

Patent olish uchun huquq boshqa shaxsga oʻtkazilgan holda yoki talabnoma beruvchining nomi oʻzgartirilishi natijasida talabnoma beruvchini oʻzgartirish ixtiro tegishli Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgunga qadar amalga oshirilishi mumkin.

Arizada talabnomaga boʻlgan huquq boshqa shaxsga - huquqiy vorisga oʻtkazilishi haqida koʻrsatma, bu shaxs haqidagi ushbu Qoidalarning 15-bandida koʻzda tutilgan ma’lumotlar keltirilishi lozim. Ariza talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisi tomonidan ushbu Qoidalarning 23-bandida koʻzda tutilgan tartibda imzolanadi. Ariza faqat talabnoma beruvchi tomonidan imzolangan holda, unga talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisi tomonidan imzolangan huquq oʻtkazilganligini tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi. Ariza shakli ushbu Qoidalarga berilgan 3-ilovada keltirilgan.


128. Belgilangan talablar bajarilgan holda talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisi talabnoma materiallariga talabnoma beruvchi oʻzgartirilganligi toʻrisidagi yozuv kiritilganligi haqida xabardor qilinadi. Keyingi barcha yozishmalar yangi talabnoma beruvchi bilan olib boriladi.

Talabnomaga boʻlgan huquq oʻtgan sana deb talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisiga talabnoma beruvchi oʻzgartirilganligi toʻrisidagi yozuv kiritilganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan sana hisoblanadi. Belgilangan talablar bajarilmagan holda talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisi taqdim etilgan hujjatlarni aniqlashtirish va/yoki tuzatish haqida yoki tegishli sabablarni koʻrsatgan holda talabnoma materiallariga talabnoma beruvchi oʻzgartirilganligi toʻrisidagi yozuv kiritish mumkin emasligi haqida xabardor qilinadi.


129. Vazirlik va Davlat muassasasi talabnoma hujjatlarida yoʻl qoʻyilgan xatolarni tuzatish haqidagi tegishli talabnoma raqami va tuzatilishi lozim boʻlgan xato koʻrsatilgan talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili tomonidan imzolangan arizani qabul qiladi. Ariza shakli ushbu Qoidalarga berilgan 4-ilovada keltirilgan.

Talabnoma hujjatlaridagi yaqqol koʻrinib turgan texnik xatolarni tuzatish, aniqlik yoki koʻshimchalar kiritish ixtiro tegishli Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgunga qadar amalga oshirilishi mumkin. Agar mutaxassis uchun ommaga oshkor boʻlgan ma’lumotlardan taklif qilingan tuzatishdan boshqacha boʻlishi mumkin emasligi kelib chiqsa, tuzatish yaqqol koʻrinib turgan deb hisoblanadi.

Agar tuzatishlar harfiy xatolarga, bibliografiya ma’lumotlarini koʻrsatishdagi xatoliklarga va boshqa shu kabi xatolarga oid boʻlib, hujjatni tuzatish bevosita nusхa olishda aniqlikka nisbatan salbiy oqibatlarga olib kelmasa, tuzatish kiritish zarurligi almashtiradigan varaqlarni taqdim etmasdan talabnoma beruvchining xatida bayon qilinishi mumkin.


130. Talabnomaga ushbu Qoidalarning 11-bandiga muvofiq nukleotidlar va/yoki amnokislotalar ketma-ketligi roʻyxatining nusxasi yozilgan MOʻT ilova qilingan boʻlsa, koʻrsatilgan roʻyxat talabnoma beruvchi tomonidan bosma shaklda istalgancha  oʻzgartirilganda, albatta MOʻT da ham ilova qilinishi lozim. Topshirilayotgan MOʻTning yorliida qoʻshimcha ravishda talabnomaning kelib tushish sanasi va raqami koʻrsatilishi lozim.


131. Belgilangan talablar bajarilmagan holda, talabnoma beruvchi taqdim etilgan hujjatlarga aniqliklar kiritish va/yoki tuzatish lozimligi haqida yoki tegishli sabablarni koʻrsatib, talabnoma materiallariga oʻzgartirish kiritish mumkin emasligi haqida xabardor qilinadi.


132. Ixtiro birligi talabi buzilgan holda topshirilgan talabnoma, talabnoma beruvchining iltimosiga koʻra ikki yoki bir necha talabnomalarga ajratilishi mumkin (bundan buyon - ajratilgan alohida talabnoma).


133. Ajratilgan alohida talabnomalar boʻyicha birinchi talabnomaning topshirish sanasi va ixtiro ustuvorligi, birinchi talabnoma boʻyicha bir muncha ilgariroq ustuvorlikni belgilash huquqi mavjud boʻlgan holda esa, ushbu ustuvorlik saqlab qolinadi.


134. Iltimosnoma bilan birga ushbu Qoidalarning 5-113-bandlariga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjatlar va belgilangan miqdorda patent boji toʻlangani haqidagi hujjat yoki patent bojini toʻlashdan ozod etish yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlaydigan hujjat taqdim etiladi.


§ 10. Soʻralgan materiallarni taqdim

etish muddatlarini uzaytirish


135. Qonunning 30-moddasiga muvofiq belgilangan talablar buzilgan holda rasmiylashtirilgan talabnoma boʻyicha talabnoma beruvchiga yetishmagan yoki tuzatilgan materiallarni soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida taqdim etish taklif qilingan soʻrovnoma yuboriladi. Soʻralgan materiallarni taqdim etish muddati talabnoma beruvchi tomonidan tegishli iltimosnoma berilgan holda, 12 oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.

Iltimosnomaga muddatni uzaytirish uchun belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi. Agar bunday hujjat taqdim etilmagan boʻlsa, yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.


136. Muddatni uzaytirish haqidagi iltimosnoma talabnoma beruvchiga soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida taqdim etiladi.


137. Soʻralgan materiallarni taqdim etish muddati uzaytirilganligi haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.


138. Iltimosnomani taqdim etish muddatiga rioya qilinmagan holda talabnoma beruvchining iltimosnomasi qanoatlantirilmaydi va talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.


§ 11. Oʻtkazib yuborilgan muddatlarini tiklash

139. Qonunning 20-moddasiga muvofiq talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazib yuborilgan ekspertiza soʻrovnomasi boʻyicha qoʻshimcha materiallarni taqdim etish muddatlari tiklanishi mumkin.


140. Oʻtkazib yuborilgan muddatlarni tiklash toʻrisidagi iltimosnoma talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etish muddati oʻtkazib yuborilgan hujjat bilan birga muddat oʻtkazib yuborilgan kundan e’tiboran oʻn ikki oydan kechikmagan muddatda, uning oʻtkazib yuborilishiga sabab boʻlgan uzrli sabablar koʻrsatilgan holda beriladi. Davlat muassasasi koʻrsatilgan sabablar mavjudligini hujjatlar bilan tasdiqlashni soʻrash huquqiga ega.

141. Iltimosnomaga belgilangan miqdorda tegishli patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi. Koʻrsatilgan muddatda belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat, taqdim etilmagan taqdirda yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga talabnoma beruvchiga xabar beriladi.


142. Oʻtkazib yuborilgan muddat tiklangani toʻrisida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.


143. Agar yuqorida koʻrsatilgan talablardan birortasiga rioya qilinmagan holda iltimosnoma qanoatlantirilmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.


§ 12. Talabnoma materiallari

bilan tanishishtirish

144. Talabnoma beruvchi (uning vakili) oʻzi topshirgan talabnoma va shu talabnoma boʻyicha Vazirlik va Davlat muassasasi bilan olib borilgan yozishmalar bilan kuni va soatini avvaldan kelishib, bevosita Vazirlik va Davlat muassasasida, va shuningdek, talabnoma, koʻrsatilgan materiallar yoki ularning qismlari nusxasini soʻrovnoma orqali olib tanishishi mumkin.

Talabnoma haqidagi ma’lumotlar chop etilgandan soʻng, iхtiyoriy shaхs ushbu talabnoma hujjatlari (tavsifi, formulasi, chizmasi yoki grafigiga oid materiallar) bilan Vazirlik va Davlat muassasasi bilan kuni va soatini avvaldan kelishib, bevosita Vazirlik va Davlat muassasasida, va shuningdek, talabnoma, koʻrsatilgan materiallari nusxasini soʻrovnoma orqali olib tanishishi mumkin.

Hujjatlar nusхasi muayyan toʻlovlar amalga oshirilgandan soʻng taqdim etilishi mumkin.

145. Huquqni muhofaza qilish organlari talabnoma materiallari bilan faqat tergov olib borish zaruriyati munosabati bilan bepul tanishish huquqiga egalar.


§ 13. Talabnomani talabnoma beruvchining

ishtirokida koʻrib chiqish

146. Talabnoma bilan boliq savollarni talabnoma beruvchining ishtirokida koʻrib chiqish, Davlat muassasasining taklifi boʻyicha yoki talabnoma beruvchining iltimosiga koʻra ikkala tomon bu savollar bilan tanishib chiqqanidan soʻng, amalga oshiriladi.

147. Ekspertizaning savollari uchrashish maqsadga muvofiqligi ma’lum qilingan soʻrovnomada, talabnoma beruvchining savollari esa, uchrashuv oʻtkazish haqidagi iltimosnomada bayon qilinishi mumkin.


148. Soʻrovnoma berilgan holda talabnoma beruvchi talabnomani koʻrib chiqishda ishtirok etishidan qat’iy nazar javob soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida taqdim etiladi. Talabnomani koʻrib chiqish sanasi va vaqti oldindan kelishib olinadi. Sharoit oʻzgargan holda belgilangan vaqtda talabnomani koʻrib chiqishda ishtirok etish imkoniyati boʻlmagan tomon darhol bu haqida ikkinchi tomonni xabardor qiladi.


149. Bir oʻzi talabnoma beruvchi boʻlmagan shaxs faqat vakillik qilish uchun ishonchnomasi boʻlgan taqdirda boshqa talabnoma beruvchilarsiz oʻzi talabnomani koʻrib chiqishda ishtirok etishi mumkin.


150. Talabnomani talabnoma beruvchining ishtirokida koʻrib chiqish muzokara yoʻli bilan yoki ekspert kengashida amalga oshiriladi.

Agar savollar bevosita ekspert va talabnoma beruvchi tomonidan hal qilingan holda muzokaralar, agar savollarni hal qilish uchun ekspertiza tomonidan bir necha mutaxassislar ishtirok etishi talab etilsa, ekspert kengashi oʻtkaziladi.

Muzokaralar va ekspert kengashi natijalari boʻyicha belgilangan shaklda ikki nusxada ishtirokchilar haqidagi ma’lumotlarni, tomonlar tarafidan keltirilgan dalillar va takliflar va keyingi ish yuritish haqidagi xulosalarni ichiga olgan  bayonnoma tuziladi.

Bayonnomada ixtiro formulasining talabnoma beruvchi (uning vakili) tomonidan taklif etilgan yangi tahriri, talabnomani chaqirib olish haqidagi ariza, ekspertizaning yozma tushuntirishlar talab qilgan savollari va hokazolar keltirilishi mumkin.

Bayonnoma koʻrib chiqishning barcha ishtirokchilari tomonidan imzolanadi. Bir nusxasi talabnoma materiallariga qoʻshib qoʻyiladi, ikkinchisi esa talabnoma beruvchiga (uning vakiliga) beriladi.

Muhokama qilingan savollar boʻyicha kelishuvga erishilmagan holda, bayonnomada koʻrib chiqish ishtirokchilarining alohida fikri qayd etilishi mumkin. Talabnoma beruvchiga beriladigan tegishli xulosalarni ichiga olgan bayonnoma nusxasi ish yuritishni toʻxtatish haqidagi bildirishnomaning (talabnoma chaqirib olingan holda) yoki ekspertiza soʻrovnomasining oʻrnini bosishi mumkin, bu haqida tegishli yozuv qayd etib qoʻyiladi.


151. Bayonnoma talabnoma beruvchining ekspertiza soʻrovnomasiga javobining oʻrnini bosadi (agar, bu holda javob berish uchun belgilangan muddatlar buzilmagan boʻlsa). Bu holda bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi.


§ 14. Talabnoma beruvchi tomonidan

talabnomani chaqirib olish

152. Qonunning 20-moddasiga muvofiq talabnoma beruvchi talabnomani davlat ekspertizasining istalgan bosqichida, tegishli davlat reyestrida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgunga qadar chaqirib olish huquqiga ega. Chaqirib olish toʻrisidagi ariza qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma talabnoma beruvchiga joʻnatilgan sanadan e’tiboran  talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.

Talabnomani koʻrib chiqish tugallangunga qadar chaqirib olingan holda, talabnoma boʻyicha ish yuritish toʻxtatiladi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi. Talabnoma koʻrsatilgan muddatda talabnoma beruvchi tomonidan ixtiroga talabnomaga oʻzgartirilgan holda, uni ixtiroga talabnoma sifatida koʻrib chiqish toʻxtatiladi va shuningdek, bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.


153. Chaqirib olingan va chaqirib olingan deb hisoblanadigan talabnoma yuridik oqibatlarga olib kelmaydi, ya’ni u boʻyicha hech qanday yuridik ahamiyatga molik amallar olib borilishi mumkin emas (bunday talabnoma boʻyicha ekpertiza oʻtkazilmaydi, patent berilmaydi, foydali modelga talabnomaga oʻzgartirilishi mumkin emas va x.k.) va kelgusida talabnoma beruvchining huquqlari ushbu talabnomaga asoslanishi mumkin emas (xususan, keyingi talabnomani topshirishda chaqirib olingan va chaqirib olingan deb hisoblanadigan talabnoma yoki unga qoʻshimcha materiallar kelib tushgan sanasi boʻyicha ustuvorlik soʻrash mumkin emas); boshqa talabnomalar boʻyicha ekspertiza oʻtkazish jarayonida yangilikka tekshirilganda bunday talabnoma texnika taraqqiyoti darajasiga kiritilmaydi.


154. Talabnoma beruvchining talabnomani chaqirib olish toʻrisidagi arizasi ma’lumot uchun qabul qilingani haqidagi bildirishnoma joʻnatilgandan keyin kelib tushgan ushbu arizani haqiqiy emas deb hisoblash haqidagi iltimosi ushbu Qoidalarning 153-bandida koʻrsatilgan talabnomani chaqirib olish oqibatlarini bekor qilishga asos boʻlmaydi.


III BOB. TALABNOMANI KOʻRIB ChIQISh


§ 15. Kelib tushgan talabnomani roʻyxatga olish

155. Vazirlikka kelib tushgan talabnoma materiallari, agar eng kamida oʻzbek yoki rus tilida patent berish toʻrisidagi ariza va belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan yoki miqdorda patent bojini toʻlashdan ozod etish uchun yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlaydigan hujjatdan iborat boʻlsa, ular kelib tushgan sanasi koʻrsatilgan holda roʻyxatga olinadi.

156. Talabnomaga Vazirlikning roʻyxat raqami beriladi.

Talabnoma beruvchi roʻyxat raqami va kelib tushgan sanasini ma’lum qilgan holda talabnoma materiallari kelib tushganlik fakti haqida xabardor qilinadi.


157. Agar talabnoma hujjatlari oʻzbek yoki rus tilidan boshqa tilda berilgan holda, talabnoma materiallarida rasmiy ekspertizani muddatdan ilgari boshlash haqidagi iltimosnoma boʻlsa, talabnoma beruvchi talabnoma hujjatlarining tarjimasi olinmagunga qadar rasmiy ekspertizani oʻtkazish mumkin emasligi haqida xabardor qilinadi.

Roʻyxatdan oʻtkazilgan talabnoma materiallari qaytarilmaydi.


158. Talabnoma materiallari Vazirlikka kelib tushgandan talabnoma toʻrisidagi yoki patent berilganligi toʻrisidagi ma’lumotlar rasmiy nashrda chop etilgunga qadar konfidensial hisoblanadi va talabnoma beruvchining roziligisiz e’lon qilinishi mumkin emas.


§ 16. Rasmiy ekspertiza

159. Davlat muassasasi patent berishga talabnoma boʻyicha Qonunnning 20-moddasiga muvofiq rasmiy ekspertiza va ixtiroga talabnomaning mohiyati boʻyicha ilmiy texnik ekspertizadan iborat boʻlgan davlat ekspertizasini oʻtkazadi.

160. Qonunnning 21-moddasiga muvofiq talabnomaning rasmiy ekspertizasi u Vazirlikka kelib tushgan sanasidan ikki oy oʻtgandan soʻng oʻtkaziladi.

161. Talabnoma beruvchining yozma iltimosnomasiga koʻra rasmiy ekspertiza koʻrsatilgan muddat oʻtmasdan boshlanishi mumkin. Bu holda talabnoma beruvchi iltimosnoma berilgan paytdan boshlab talabnoma materiallariga belgilangan miqdorda qoʻshimcha patent boji toʻlamasdan oʻz tashabbusiga koʻra tuzatishlar, aniqliklar va qoʻshimchalar kiritish imkoniyatidan mahrum boʻladi. Agar talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan muddatda talabnoma foydali modelga talabnomaga oʻzgartirilgan holda uni ixtiroga talabnoma sifatida koʻrish toʻxtatiladi va talabnoma beruvchi bu haqida xabardor qilinadi.

Talabnoma beruvchining iltimosnomasini berilmagan deb hisoblash haqidagi iltimosi kelib tushgan taqdirda (rasmiy ekspertizani koʻrsatilgan muddat oʻtmasdan boshlash haqidagi iltimosnomani chaqirib olish) Qonunnning 20-moddasi ikkinchi qismida koʻzda tutilgan talabnoma beruvchining patent boji toʻlamasdan oʻz tashabbusiga koʻra tuzatishlar, aniqliklar va qoʻshimchalar kiritish huquqi tiklanmaydi.


162. Rasmiy ekspertiza oʻtkazish davomida quyidagilar tekshiriladi:

a) talabnoma tarkibida boʻlishi yoki unga ilova qilinishi lozim boʻlgan hujjatlarning mavjudligi;

b) ixtiro mohiyatini tahlil qilmasdan turib aniqlanadigan belgilangan talablarga rioya qilinganligi;

v) Qonunnning 14-moddasi toʻrtinchi qismida koʻzda tutilgan hollarda talabnoma topshirish tartibiga, jumladan patent vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnomaning mavjudligi va toʻri rasmiylashtirilishiga rioya qilinganligi;

g) talabnoma ixtiro sifatida muhofazalanadigan ob’yektlarga oid taklifga berilganligi;

d) talabnoma boʻyicha Vazirlikka kelib tushgan sanasidan avvalroq ustuvorlikni soʻrash asoslanganligi;

ye) ixtironi XPTning amal qilayotgan tahriridagi tasniflanishi toʻriligi (agar talabnoma beruvchi tomonidan tasniflanmagan boʻlsa tasniflanadi).


163. Roʻyxatga olingan talabnomada talabnomani topshirish uchun belgilangan miqdorda boj toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat mavjudligi tekshiriladi. Bunday hujjat yoki koʻrsatilgan patent bojini toʻlashdan ozod qilish yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslar mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat boʻlmagan taqdirda talabnoma beruvchiga tegishli hujjatni talabnoma materiallari kelib tushgan sanadan yoki ekspertiza oʻtkazish lozim boʻlgan ob’yektlar koʻrsatilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida (agar materiallar kelib tushgan sanagacha patent boji talabnomada keltirilgan ob’yektlarning hammasi uchun toʻlanmagan boʻlsa) taqdim etish zarurligi haqida bildirishnoma yuboriladi.


164. Agar ariza topshirilganda, patent boji belgilangan miqdordan kam toʻlagan boʻlsa, talabnoma beruvchiga bildirishnoma joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida talabnomani topshirish uchun toʻlagan patent bojini va formulaning mustaqil bandlari sonini muvofiqlashtirish haqida bildirishnoma yuboriladi. Talabnoma beruvchiga, shuningdek, belgilangan miqdordagi patent bojini belgilangan muddatda toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilmagan taqdirda, bitta ixtiro uchun talabnoma boʻyicha yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmasligi, ixtirolar guruhiga talabnoma boʻyicha esa ekspertiza talabnoma beruvchi tomonidan tanlab olingan bandlar boʻyicha yoki agar u tanlagan bandlar haqida koʻrsatilgan muddatda xabar bermagan holda formulada birinchi boʻlib koʻrsatilgan bandlar boʻyicha oʻtkazilishi haqida xabar beriladi.

Agar patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilmagan holda, talabnoma materiallarida rasmiy ekspertizani koʻrsatilgan muddat oʻtmasdan boshlash haqidagi iltimosnoma boʻlsa, talabnoma beruvchi patent boji toʻlanganligiga oid hujjat olinmagunga qadar bu iltimosni qanoatlantirish mumkinmasligi haqida xabardor qilinadi.

Patent bojini toʻlashga oid bilidirishnoma talabnoma beruvchiga talabnoma materiallari roʻyxatga olingani haqidagi bildirishnoma bilan birga yuborilishi mumkin.


165. Agar rasmiy ekspertiza jarayonida talabnoma hujjatlari qoʻyilgan talablarga rioya qilinmagan holda rasmiylashtirilgani aniqlansa, talabnoma beruvchiga kamchiliklarni koʻrsatib, zarur huquqiy asoslarni keltirgan holda va yetishmagan yoki tuzatilgan hujjatlarni soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida taqdim etish taklif etilgan soʻrovnoma yuboriladi.

Quyidagilar soʻrovnoma yuborish uchun asos boʻladi:

a) talabnomada ushbu Qoidalarnng 5-bandida koʻzda tutilgan hujjatlardan birortasi boʻlmasa;

b) talabnoma patent vakili orqali topshirilganda ishonchnoma yoʻqligi yoki uni rasmiylashtirish qoidalari buzilganligi;

v) talabnoma hujjatlari belgilangandan kam nusxada topshirilganda;

g) Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yashovchi jismoniy shaxslar yoki xorijiy yuridik shaxslar tomonidan talabnoma Vazirlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan patent vakillari orqali topshirilmaganda, agar Oʻzbekiston Respublikasi ishtirok etgan xalqaro bitimlarda talabnomani bunday topshirish koʻzda tutilgan tartib oʻrnatilmagan boʻlsa;

d) patent berish toʻrisidagi arizada ushbu Qoidalarda koʻzda tutilgan rekvizitlar, imzolar, muhr(zarur boʻlganda) yoʻqligi;

ye) patent bojlari toʻri toʻlanganligi bilan boliq savollarni aniqlash zaruriyati;

j) talabnoma hujjatlarining oʻzbek yoki rus tiliga tarjimasi yoʻqligi, agar ular boshqa tilda topshirilgan boʻlsa;

z) mikroorganizm, oʻsimliklar va hayvonlar hujayralari liniyasi shtammi vakolatli kolleksiya-depozitariyda deponentlangani haqidagi hujjat yoʻqligi;

i) hujjatlardan bevosita nusxa koʻchirishga, ularni saqlashga toʻsqinlik qiladigan va/yoki patent tavsifini nashr etishga tayyorlash imkoniyatini bermaydigan kamchiliklar (varaqlar formatiga, hoshiyalarning oʻlchamlariga va h.k.larga qoʻyilgan talablar buzilganda, talabnoma materiallarini oʻqishni qiyinlashtiradigan bosma sifati va h.k.) aniqlanganda;

k) ixtiro tavsifida ushbu Qoidalarda koʻzda tutilgan biron-bir boʻlimning yoʻqligi (agar tegishli boʻlimda bayon qilinishi lozim boʻlgan ma’lumotlar boshqa boʻlimda keltirilgan boʻlsa soʻrovnoma yuborilmaydi), va shuningdek, ixtiro formulasida yoki tavsifida biron-bir belgi ta’rifini ushbu belgi ochib berilgan adabiyot manbaiga havola qilish bilan almashtirish;

l) talabnomada hamma tanisha olmaydigan adabiyot manbaiga berilgan izohlar yoki undagi ba’zi ma’lumotlarni nashr etish mumkin emasligi haqida koʻrsatmalar mavjud boʻlgan holda;

m) formula bandini bitta gap koʻrinishida bayon qilish talabi buzilganligi;

n) ixtiro formulasida huquqiy muhofaza soʻralayotgan ixtiro turi koʻrsatilmaganligi;

o) ixtiro formulasida tegishli ob’yekt belgilari oʻrniga uning ishlatishdagi koʻrsatkichlari va iste’mol xususiyatlari, uni amalga oshirish va/yoki undan foydalanishda kelib chiqadigan effekt va hodisalar haqida ma’lumotlar mavjudligi;

p) talabnoma hujjatlarining bir-biriga mos emasligi (arizada keltirilgan ixtiro nomi tavsifda va formulada keltirilgan nomiga mos emasligi; chizmalar ixtiro tavsifiga mos emasligi va h.k.).

r) talabnomada avvalroq ustuvorlik soʻrash bilan boliq savollarni aniqlash zaruriyati;


166. Agar talabnoma beruvchi belgilangan muddatda soʻralgan materiallarni yoki ularni topshirish muddatlarini uzaytirish haqidagi iltimosnomani ushbu Qoidalarning 10-paragrafida koʻzda tutilgan shartlarga rioya qilingan holda taqdim etmasa, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi. Talabnoma boʻyicha ish yuritish toʻxtatiladi.


167. Oʻtkazib yuborilgan muddat Davlat muassasasi tomonidan tiklangan holda ish yuritish davom ettirilishi mumkin.

168. Talabnoma mohiyatini biron-bir texnika sohasiga oidligini aniqlash maqsadida Davlat muassasasi talabnoma berilgan ixtironi XPTning amaldagi tahriri boʻyicha tasniflaydi.

Tasniflash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

talabnoma rasmiy ekpertizasini oʻtkazishda;

talabnomaning mohiyati boʻyicha  ekspertiza oʻtkazishda;

tasniflash "XPTga Kirish" da belgilangan qoidalarga muvofiq oʻtkaziladi.

Talabnoma berilgan ixtiro formulasi tasniflashda tasnif indekslarini tanlash uchun asos boʻladi. Ixtiro mohiyatini toʻliqroq tushunish uchun tavsif va chizmalardan foydalaniladi. Agar talabnoma XPTning turli rubrikalariga tegishli bir necha ob’yektlarni ichiga olgan boʻlsa, barcha mos tasnif indekslari aniqlanadi. Bu holda birinchi indeks ixtiro nomi bilan aniqlanadi. Rasmiy ekspertiza bosqichida aniqlangan tasnif indekslari talabnomaning mohiyati boʻyicha ekspertiza oʻtkazish jarayonida oʻzgartirilishi mumkin.


169. Rasmiy ekspertiza natijasida talabnoma patentga layoqatli ob’yektlarga oid boʻlmagan taklifga berilganligi aniqlanganda, talabnoma beruvchiga patent berishni rad etish uchun asos boʻladigan dalillarni keltirgan holda va ularni rad etish taklif etilgan soʻrovnoma yuboriladi. Talabnoma beruvchi, shuningdek, soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida koʻrsatilgan mazmundagi javobni taqdim etmagan taqdirda talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanishi haqida xabardor etiladi.

Oʻtkazib yuborilgan muddat Davlat muassasasi tomonidan tiklangan holda ish yuritish davom ettirilishi mumkin.

Agar talabnoma beruvchi oʻz javobida ekspertizaning dalillarini rad etmagan boʻlsa, patent berishni rad etish toʻrisidagi qaror qabul qilinadi.


170. Talabnoma berilgan taklif formulaning mustaqil bandida ifodalangan koʻrinishida ushbu Qoidalarning 3-bandida keltirilgan takliflar roʻyxatiga mos boʻlsa, patentga layoqatli ixtiro deb tan olinmaydi.

Agar talabnoma berilgan taklif koʻp zvenoli formulada ta’riflangan boʻlib, boliq bandning mazmuni ushbu ob’yektning jamiyat manfaatlariga, insonparvarlik va odob-axloq prinsiplariga zid boʻlsa, bunday ob’yekt ham patentga layoqatli ixtiro deb tan olinmaydi.


171. Agar talabnoma tarkibida barcha zarur hujjatlar boʻlib, ularga qoʻyilgan talablarga rioya qilingan va talabnoma berilgan taklif patentga layoqatli ixtiro deb tan olinmaydigan roʻyxatga oid boʻlmagan taqdirda talabnoma beruvchiga talabnoma koʻrib chiqishga qabul qilinganligi toʻrisida qaror yuboriladi.

Agar talabnoma topshirilganda patent boji formuladagi bandlar uchun belgilangan miqdordan kam toʻlangan boʻlsa, talabnoma beruvchi tomonidan toʻlangan patent boji va formulaning mustaqil bandlari sonini muvofiqlashtirish natijasida dastlab formula tarkibida boʻlgan ba’zi bandlar chiqarib tashlanganda, qarorda, shuningdek talabnoma faqat tuzatilgan formulaga oid boʻlgan talabnoma berilgan deb hisoblangan ixtiroga (ixtirolarga) nisbatan koʻrib chiqishga qabul qilinganligi koʻrsatiladi va ushbu talabnoma Davlat muassasasida keyinchalik koʻrib chiqish davomida talabnoma beruvchi tomonidan tuzatilgan taqdirda unda boshqa ixtiroga oid mustaqil bandlar paydo boʻlishiga olib kelmasligi lozim.


§ 17. Talabnoma mohiyati boʻyicha

ilmiy-texnik ekspertizasi


172. Qonunning 23-moddasiga muvofiq talabnomaning mohiyat boʻyicha ilmiy-texnik ekspertizasi (bundan buyon mohiyat boʻyicha ekspertiza deb yuritiladi) talabnoma beruvchi yoki har qanday boshqa shaxs tomonidan berilgan iltimosnomaga binoan va belgilangan miqdordagi patent bojini toʻlangan taqdirda oʻtkaziladi.

Mohiyat boʻyicha talabnoma ekspertizasini oʻtkazish toʻrisidagi iltimosnoma talabnoma bilan bir paytning oʻzida yoki talabnoma Vazirlikka topshirilgan sanadan e’tiboran uch yil mobaynida topshirilishi mumkin.

Talabnoma beruvchining iltimosiga binoan koʻrsatilgan muddat Davlat muassasasi tomonidan uzaytirilishi mumkin, biroq bu muddat ikki oydan oshmaydi. Belgilangan muddatni uzaytirish toʻrisidagi iltimosnoma ixtiroga talabnoma berilgan sanadan e’tiboran uch yil oʻtmasdan turib ham topshirilishi mumkin. Belgilangan muddatni uzaytirish toʻrisidagi iltimosnoma bilan bir vaqtda koʻrsatilgan muddat uzaytirilgani uchun belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etiladi.

Ixtiro xaqidagi talabnomaning mohiyati boʻyicha ilmiy-texnik ekspertizasi oʻtkazish toʻrisidagi iltimosnoma uch yillik muddatda kelib tushmagan taqdirda, ixtiro haqidagi talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi va talabnoma beruvchi bu toʻrida xabardor qilinadi.

Talabnomaning mohiyat boʻyicha ekspertizasini oʻtkazish toʻrisidagi iltimosnoma bilan birga belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganligini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etiladi.

Talabnoma beruvchi iltimosnoma va belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganligi toʻrisidagi hujjat Davlat muassasasiga kelib tushgani haqida xabardor qilinadi.

Shuningdek talabnoma beruvchi har qanday boshqa shaxs tomonidan topshirilgan iltimosnoma va belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat toʻrisida ham xabardor qilinadi.

Agar talabnoma beruvchi tomonidan mohiyat boʻyicha talabnoma ekspertizasini oʻtkazish toʻrisida ariza topshirilganda, patent boji belgilangan miqdordan kam toʻlangan boʻlsa, talabnoma beruvchiga toʻlangan patent bojini va formulaning mustaqil va boli bandlari sonini bildirishnoma joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida muvofiqlashtirish zarurligi xaqida bildirishnoma yuboriladi. Talabnoma beruvchi ekspertiza oʻtkazilishi lozim boʻlgan ixtirolarga tegishli formula bandlarini koʻrsatish, yo ekspertiza oʻtkazilmaydigan bandlar chiqarib tashlangan formulani va/yoki qoʻshimcha patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjatni taqdim etishi lozim.

Agar talabnomaning mohiyat boʻyicha ekspertizasini oʻtkazish toʻrisidagi iltimosnoma har qanday boshqa shaxs tomonidan topshirilgan boʻlib, patent boji belgilanganidan kam miqdorda toʻlangan boʻlsa, talabnomaning mohiyat boʻyicha ekspertizasini oʻtkazish toʻrisidagi iltimosnoma qondirilmaydi va bu haqda iltimosnoma beruvchi va talabnoma beruvchiga xabar qilinadi.

Bir nechta shaxsdan iltimosnoma tushgan hollarda Davlat muassasasiga keyinroq kelib tushgan iltimosnoma egasi avvalroq kelib tushgan iltimosnomalar xaqida xabardor qilinadi.

Talabnomaning mohiyat boʻyicha ekspertizasini oʻtkazish toʻrisida iltimosnoma bilan murojaat qilgan talabnoma beruvchi boʻlmagan har qanday shaxs talabnomani koʻrib chiqishda qatnashmaydi.

Talabnoma boʻyicha yozishma talabnoma beruvchi yoki uning vakili bilan olib boriladi.

Iltimosnoma bilan murojaat qilgan har qanday shaxsga talabnomani koʻrib chiqish natijalari buyicha qabul qilingan qaror nusxasi yuboriladi.

Talabnoma beruvchi ixtiro uchun talabnomani foydali model uchun talabnomaga oʻzgartirgan hollarda uning ixtiro uchun talabnoma sifatida koʻrib chiqilishi toʻxtatiladi.

173. Bildirishnomada koʻrsatilgan belgilangan miqdordagi patent bojini belgilangan muddatda toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilmagan taqdirda, bitta ixtiro uchun talabnoma boʻyicha yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmasligi, ixtirolar guruhiga talabnoma boʻyicha esa mohiyati boʻyicha ekspertiza talabnoma beruvchi tomonidan tanlab olingan bandlar boʻyicha yoki agar u tanlagan bandlar haqida koʻrsatilgan muddatda xabar bermagan holda formulada birinchi boʻlib koʻrsatilgan bandlar boʻyicha oʻtkaziladi.


174. Ixtiroga talabnoma ekspertizasida quyidagilar amalga oshiriladi:

ixtiro ustuvorligini belgilash, agar u Qonunning 18-moddasi ikkinchi-toʻrtinchi qismlariga koʻra soʻralayotgan boʻlsa;

talabnoma beruvchi tomonidan ixtiro formulasining ushbu Qoidalarning 62-85-bandlarida keltirilgan talablarga muvofiqligini tekshirish;

qoʻshimcha materiallarni ushbu Qoidalarning 22-paragrafiga muvofiq tekshirish, agar talabnoma beruvchi tomonidan bunday materiallar taqdim etilgan boʻlsa;

talabnoma beruvchi tomonidan talabnomaning dastlabki materiallarida yoki talabnomani koʻrib chiqishda e’tiborga olingan qoʻshimcha materiallarda taklif qilingan formulada ta’riflangan ixtironing patentga layoqatlilik shartlariga muvofiqligini tekshirish.


§ 18. Ixtiro ustuvorligini belgilash

175. Sanoat mulki obektining ustuvorligi patent berish uchun talabnoma Vazirlikka topshirilgan sana boʻyicha belgilanadi.

Agar talabnomada ixtironing ustuvorligi Qonunning 18-moddasi ikkinchi-toʻrtinchi qismlariga koʻra soʻralmayotgan boʻlsa, u holda ustuvorlik, tarkibida patent berish toʻrisidagi ariza, tavsif, formula va chizmalar, agar ular ixtiro mohiyatini tushunish uchun zarur boʻlsa, boʻlgan talabnoma Vazirlikka topshirilgan sana boʻyicha belgilanadi.

Koʻrsatilgan hujjatlar bir vaqtda topshirilmagan taqdirda, ustuvorlik eng oxirida topshirilgan hujjat kelib tushgan sana boʻyicha belgilanadi.


176. Talabnoma beruvchi tomonidan konvension ustuvorlik soʻralayotgan holda quyidagilar tekshiriladi:

talabnoma beruvchi tomonidan Parij konvensiyasiga a’zo-davlatda topshirilgan birinchi talabnomaning nusxasi mavjudligi. Agar koʻrsatilgan nusxa talabnoma Vazirlikka topshirilgan sanadan keyin topshirilgan boʻlsa, talabnoma beruvchi tomonidan birinchi talabnomaning nusxasi taqdim etilishi lozim boʻlgan koʻrsatilgan sanadan e’tiboran uch oylik muddatga rioya qilinganligi aniqlanadi (agar birinchi talabnomalar bir nechta boʻlsa koʻrsatilgan koʻrsatilgan shartlar har bir talabnomaning nusxasi uchun bajarilishi lozim);

talabnoma beruvchi tomonidan Vazirlikka kelib tushishi lozim boʻlgan konvensiya ustuvorligi soʻralayotgan talabnoma, birinchi talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran oʻn ikki oylik muddatda topshirilishiga rioya qilinganligi aniqlanadi. Agar talabnoma koʻrsatilgan muddatdan kechiktirib, lekin u tugagan sanadan ikki oy oʻtmasdan kelib tushgan boʻlsa, talabnoma beruvchi tomonidan talabnomani, koʻrsatilgan oʻn ikki oylik muddatda topshirish uchun toʻsqinlik qilgan va unga boliq boʻlmagan shart-sharoitlar koʻrsatib oʻtilganligi tekshiriladi hamda ularni hujjat bilan tasdiqlash zarurati aniqlanadi, bunday tasdiq boʻlmagan taqdirda, koʻrsatilgan muddatlar ushbu Qoidalarning 9-paragrafida belgilangan tartibda hisoblanadi;

konvensiya ustuvorligini belgilash toʻrisidagi ariza talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanadan e’tiboran uch oydan kechiktirmay taqdim etilishi;

talabnoma berilgan ixtiro birinchi talabnomada ochib berilganligi.


177. Talabnoma beruvchi tomonidan ixtiro ustuvorligini xuddi oʻsha talabnoma beruvchining bir muncha ilgariroq topshirilgan talabnomasiga berilgan qoʻshimcha materiallar boʻyicha belgilash soʻralayotgan holda quyidagi talablarga rioya qilinganligi tekshiriladi:

sanasi boʻyicha ustuvorlik soʻralayotgan talabnoma, Davlat muassasasiga qoʻshimcha materiallar talabnoma berilgan ixtiro mohiyatini oʻzgartirishi tufayli e’tiborga olinishi mumkin emasligi haqidagi bildirishnoma talabnoma beruvchiga joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida kelib tushishi lozimligi. Qoʻshimcha materiallarni ixtiro mohiyatini oʻzgartiradi deb tan olish haqidagi xulosaga talabnomani ekspert kegashida koʻrib chiqish natijasida kelingan va bayonnomada qayd etilgan holda, yangi talabnomani taqdim etish uchun beriladigan uch oylik muddat talabnoma beruvchiga (uning vakiliga) bayonnoma nusxasi joʻnatilgan yoki bevosita qoʻliga berilgan sanadan hisoblanadi;

kelib tushgan sanasi boʻyicha ustuvorlik soʻralayotgan qoʻshimcha materiallarda (qoʻshimcha materiallar taqdim etilgan birinchi talabnomaning mazmunini hisobga olgan holda) talabnoma berilgan ixtiro mohiyati ochib berilgan boʻlishi lozim.


178. Talabnoma beruvchi tomonidan ixtiro ustuvorligini Vazirlikka bir muncha ilgariroq topshirilgan talabnoma topshirilgan sanadan belgilash soʻralganda quyidagi talablarga rioya qilinganligi tekshiriladi:

bunday ustuvorlik soʻralayotgan talabnoma xuddi oʻsha avvalgi talabnomani topshirgan talabnoma beruvchi tomonidan topshirilishi lozimligi;

bunday ustuvorlik soʻralayotgan talabnoma Vazirlikka avvalgi talabnoma topshirilgan sanadan 12 oy mobaynida kelib tushishi lozimligi;

talabnoma berilgan ixtiro mohiyati avvalroq topshirilgan talabnomada ochib berilgan boʻlishi lozimligi;

avvalroq topshirilgan talabnoma boʻyicha undan ilgariroq ustuvorlik soʻralmagan boʻlishi lozimligi.

Ustuvorlik bir necha avvalroq topshirilgan talabnomalar boʻyicha soʻralganda koʻrsatilgan talablarga rioya qilinganligi ularning har biriga nisbatan aniqlanadi.

Koʻrsatilgan ustuvorlik soʻralganda avvalroq topshirilgan talabnoma (yoki hammasi, agar ular bir nechta boʻlsa) chaqirib olingan deb hisoblanadi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.


179. Talabnoma beruvchi tomonidan ixtiro ustuvorligini ajratilgan talabnoma boʻyicha belgilash soʻralganda quyidagi talablarga rioya qilinganligi tekshiriladi:

ajratilgan talabnoma Vazirlikka ixtiroga yoki foydali modelga birinchi talabnoma boʻyicha ustidan shikoyat berish imkoniyati qolmagan patent berishni rad etish toʻrisidagi qaror qabul qilingunga qadar (ya’ni talabnoma boʻyicha ish yuritishni davom ettirish mumkinligi davrida) yoki birinchi talabnoma boʻyicha patent berish toʻrisidagi qaror qabul qilingan holda ixtiro yoki foydali modelni Oʻzbekiston Respublikasining tegishli davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish sanasigacha kelib tushishi lozim;

birinchi talabnoma ajratilgan talabnomani topshirish sanasigacha chaqirib olinmagan boʻlishi va chaqirib olingan deb hisoblanmasligi lozim;

ajratilgan talabnomada berilgan ixtiro mohiyati avvalgi talabnomada, agar talabnoma konvensiya talabnomasidan ajratib olingan va ustuvorlik uning ustuvorlik sanasi boʻyicha soʻralayotgan boʻlsa, birinchi talabnomada ochib berilgan boʻlishi lozim.


180. Ushbu Qoidalarning 176-179-bandlariga muvofiq ixtiro ustuvorligini belgilash shartlariga rioya qilinganligini tekshirishda, asosida ustuvorlik soʻralayotgan talabnoma yoki ustuvorlik soʻrash uchun asos boʻlgan qoʻshimcha materiallar berilgan talabnoma chaqirib olinmagan va chaqirib olingan deb hisoblanmaganligiga ishonch hosil qilish lozim.


181. Ustuvorlik soʻrash uchun asos boʻlgan avval berilgan materiallarda (avval topshirilgan talabnomada, qoʻshimcha materiallarda) talabnoma berilgan ixtiro mohiyati ochib berilgan boʻlishi lozimligi bilan boliq talabga rioya qilinganligini belgilashda quyidagilar tekshiriladi:

ushbu materiallarda (avval topshirilgan talabnomaning tavsifi, formulasida, qoʻshimcha materiallarning matnli qismida) talabnoma berilgan ixtironing formulasiga kiritilgan barcha belgilar koʻrsatilganligi;

soʻralayotgan ustuvorlik sanasida bu materiallarda ixtiro mohiyati amalga oshirish uchun yetarli darajada ochib berilganligi. Konvensiya ustuvorligi soʻralayotgan holda ushbu shartning bajarilganligini tekshirishda talabnoma beruvchiga Parij konvensiyasiga a’zo davlatda berilgan birinchi talabnomaning oʻzbek yoki rus tiliga tarjimasini taqdim etish taklif qilinishi mumkin.


182. Agar ustuvorlikni belgilashda kelib chiqadigan savollar talabnomaning mohiyati boʻyicha ekspertizani tugallash uchun toʻsqinlik qilmasa, ular talabnomani koʻrib chiqish bilan boliq boshqa savollar bilan bir vaqtda aniqlanadi.


183. Talabnoma beruvchi tomonidan ushbu Qoidalarning 176-179-bandlarida koʻrsatilgan talablar bajarilgan holda talabnoma berilgan ixtiroga nisbatan soʻralgan ustuvorlik belgilanadi.


184. Talabnoma beruvchi tomonidan ushbu Qoidalarning 176-179-bandlarida koʻrsatilgan talablarning birortasi bajarilmagan holda, ixtiro ustuvorligi Qonunning 18-moddasi birinchi qismiga muvofiq talabnoma Vazirlikka topshirilgan sana boʻyicha belgilanadi.

185. Ustuvorlik belgilangandan soʻng talabnoma beruvchi tomonidan ixtironing oʻzgartirilgan fomulasi taqdim etilgan holda, soʻralayotgan ustuvorlikni belgilashga asoslar mavjudligini aniqlash uchun takroran tekshirish oʻtkaziladi.


§ 19. Ixtiro formulasini tekshirish

186. Tekshirish ixtironing talabnoma rasmiy ekspertizasi tugagan vaqtdagi dastlabki materiallardagi formulasiga nisbatan oʻtkaziladi, agar u talabnoma beruvchi tomonidan bundan keyin oʻzgartirilgan holda, ushbu Qoidalarning 20-paragrafida koʻrsatilgan talablar bajarilgan boʻlsa, oʻzgartirilgan formula tekshiriladi.

Formulani tekshirishda ixtiro birligi talabi bajarilganligi aniqlanadi.

Ixtiro birligi talabi buzilganligi aniqlangan holda, talabnoma beruvchiga soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida bitta ixtiroga yoki yagona ijodkorlik fikrini tashkil etgan ixtirolar guruhiga tegishli aniqliklar kiritilgan tavsif va formulani taqdim etish taklif qilinishi mumkin. Bu holda, tuzatilgan formula tarkibiga yangi bandlar kiritilganda qoʻshimcha patent boji toʻlash zarurligini koʻrsatib oʻtiladi.

Talabnomani topshirish uchun patent boji formuladagi bandlar soni uchun belgilangan miqdordan kam toʻlanganda, talabnoma beruvchiga yuborilgan soʻrovnomada patent boji miqdori va formula bandlari sonini formula bandlariga tuzatish kiritish va/yoki patent bojiga qoʻshimcha toʻlash yoʻli bilan muvofiqlashtirish taklif qilinadi.

Talabnoma beruvchi belgilangan muddatda topshirilgan talabnoma doirasida qaysi ixtiro (lar)ni koʻrib chiqish lozimligi haqida ma’lum qilgan holda, tekshirish shu ixtiro(lar)ning formulasiga nisbatan oʻtkaziladi.

Agar talabnoma beruvchidan belgilangan muddatda bunday xabar kelmagan taqdirda, tekshirish ixtiro formulasida birinchi boʻlib koʻrsatilgan ixtiroga yoki yagona ijodkorlik fikrini tashkil etgan ixtirolar guruhiga nisbatan oʻtkaziladi.


187. Ixtiro formulasini tekshirishda unda talabnoma berilgan ixtironing majmui talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan texnik natijaga erishish uchun yetarli boʻlgan muhim belgilari mavjudligi aniqlanadi.

Agar biron-bir muhim belgi formulaga kiritilmagan, lekin tavsifda yoki formulaning boliq bandida keltirilgan boʻlib, usiz texnik natijaga (natijalardan birortasiga, agar talabnoma beruvchi texnik natijasining bir necha turini koʻrsatgan boʻlsa) erishilmasa, talabnoma beruvchiga bunday belgini formulaning tegishli mustaqil bandiga kiritish taklif etiladi. Bu holda texnik natijaga erishish uchun formulaga ushbu belgini kiritish zarurligini tasdiqlaydigan dalillar keltiriladi. Bunday dalillar tavsifda ochib berilgan belgilar va texnik natija orasidagi sabab-oqibat bolanishiga yoki ekspertiza tomonidan oʻtkazilgan ilmiy-nazariy tahlilga asoslanishi mumkin.


188. Ixtiro formulasini tekshirish undagi belgilarni ushbu Qoidalarnin 81-85-bandlariga muvofiq aynanlashtirish mumkinligini aniqlashni ichiga oladi.

Agar belgini aynanlashtirish mumkin boʻlishi uchun uning ta’rifini ixtiro tavsifiga asosan tuzatish zarur boʻlsa, talabnoma beruvchiga bunday tuzatishni oʻtkazish taklif etiladi.

Belgini aynanlashtirish mumkinlik sharti bajarilgan boʻlib, lekin uni ta’riflash uchun eskirgan yoki ma’lum bir texnika sohasida qabul qilingan atamalarga mos boʻlmagan atamalar qoʻllanilgan boʻlsa, talabnoma beruvchiga ixtiro formulasiga tegishli tuzatishlarni kiritish tavsiya qilinadi.

Ixtiro formulasini tekshirish formulada faqat texnikaviy boʻlmagan yoki ushbu Qoidalarning 29-bandida keltirilgan nizomlarni hisobga olgan holda, ixtironi aks ettiradigan vositaga oid deb tan olinmaydigan natijani (elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni yoki bunday dasturlarda ishlatiladigan algoritmlarni jalb qilgan holda ta’riflanadigan ixtirolar uchun) olish uchun zarur boʻlgan belgilarni aniqlashni oʻz ichiga oladi.

Ixtiro formulasida faqat texnikaviy boʻlmagan yoki ushbu Qoidalarning 29-bandida keltirilgan nizomlarnii hisobga olgan holda, ixtironi aks ettiradigan vositaga oid deb tan olinmaydigan natijani olish uchun zarur boʻlgan belgilar majud boʻlgan holda talabnoma beruvchiga bunday belgini formuladan olib tashlash uchun tegishli tuzatishni oʻtkazish taklif etiladi. Bu holda, unga ixtironi ixtirolik darajasi shartiga muvofiqligini tekshirishda bunday belgilar e’tiborga olinmasligi va shu bilan birga patent berilgan holda ularni formulasida saqlab qolinishi huquqiy muhofaza hajmini torayishiga olib kelishi mumkinligi ma’lum qilinadi.

Ixtiro formulasida ixtiro obekti boʻlgan qurilmada yoki usulga oid ixtiroda foydalaniladigan soʻzli, tasviriy yoki aralash belgilar turiga kiradigan belgilar mavjud boʻlgan holda talabnoma beruvchining diqqatini ushbu holatga qaratiladi. Bu holda, unga bunday belgilar qurilma bilan bir xil vazifada ishlatiladigan tovarlar yoxud tegishli xizmat turlari uchun boshqa shaxslar tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin boʻlgan tovar belgilari (xizmat koʻrsatish belgilari) bilan, tovarlar kelib chiqqan joy nomlari bilan mos kelib qolishi yoki aralashtirish darajasida oʻxshash boʻlishi mumkinligi, ixtirodan foydalanganda esa, patent egasi va tovar belgisi (xizmat koʻrsatish belgisi) egasi orasida toʻqnashuvga olib kelishi yoxud tovarlar kelib chiqqan joy nomlaridan qonunga zid ravishda foydalanishga olib kelishi mumkinligi haqida ma’lum qilinadi va bunday belgilarnini formuladan olib tashlash uchun tegishli tuzatishni oʻtkazish taklif etiladi.


189. Agar ixtiro formulasi tarkibida umumiy tushuncha bilan ifodalangan belgi boʻlsa, ushbu Qoidalarning 71-bandiga muvofiq undan foydalanish qonuniyligi aniqlanadi.

Xususan, agar belgi funksiya, xususiyat darajasida ta’riflangan boʻlsa, ixtiro tavsifi ushbu umumiy tushunchaga kiradigan belining ixtironing mustaqil bandiga kiritilgan boshqa muhim belgilar bilan birgalikda talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan texnik natijani olishni ta’minlash uchun yetarli ekanligini tasdiqlaydigan ma’lumotlar mavjudligi tekshiriladi.


190. Agar talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan texnik natijani olish imkoniyatini faqat eksperimental ma’lumotlar tasdiqlashi mumkin boʻlsa, ixtiro tavsifida misollar keltirilganligi, va shuningdek texnikaviy natijaga faqat misollar bilan qamrab olingan xususiy hollarda erishish imkoniyati haqida xulosa qilish uchun yetarli ekanligi emas, balki talabnoma beruvchi tomonidan ixtironing belgilarini ta’riflashda foydalanilgan umumlashtirish darajasi qonuniyligi tekshiriladi.

Ekspertiza tomonidan belgining ushbu umumiy tushunchaga kiradigan, lekin boshqa muhim belgilar bilan birgalikda talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan texnik natijani olishni ta’minlamaydigan xususiy hollarda amalga oshirilganligi aniqlangan boʻlsa, talabnoma beruvchiga tegishli dalillar keltiriladi va ularni rad etish yoki formulaga tavsif asosida tuzatish.

Agar talabnoma beruvchi tomonidan belgini ta’riflashda foydalanilgan tushunchalar formulaga kiritilgan boʻlib, tavsifda keltirilmagan boʻlsa, talabnoma beruvchiga formula tavsifga chizmalarni hisobga olgan holda asoslanmaganligi ma’lum qilinadi va bu tushunchalarni tavsifga kiritish taklif qilinadi.


191. Formulani ushbu Qoidalarning 81-bandi talabiga muvofiqligini tekshirishda ixtiro ta’riflangan tushunchalar uning tavsifida keltirilganligi yoki chizmada ifodalanganligi aniqlanadi.


192. Agar talabnomada bir zvenoli formula yoki bitta mustaqil bandli koʻp zvenoli formula keltirilgan boʻlsa, bunday formulada (ushbu Qoidalarning 4-bandi talablariga muvofiq) bitta ixtiro ta’riflanishi lozimligi tekshiriladi.


193. Koʻrsatilgan talablar buzilganligi aniqlangan holda talabnoma beruvchiga yuboriladigan soʻrovnomada bu haqida ma’lum qilinadi va tegishli patent bojini toʻlab, formulani tuzatish taklif qilinadi. Bu holda, shuningdek tuzatilgan formulada ixtiro birligi talabi bajarilishi va tuzatilgan formulaga avval mustaqil band sifatida koʻrsatilmagan yangi mustaqil bandlar kiritilgan holda, tegishli patent bojini toʻlash, yoxud talabnoma beruvchi formulani tuzatishni rad etgan holda, keyingi koʻrib chiqishda e’tiborga olinadigan ixtironi koʻrsatish zarurligi keltiriladi.

Agar talabnoma beruvchi tomonidan belgini ta’riflash uchun alternativ tushunchalardan foydalanish sharti bajarilmaganligi koʻrsatilgan xulosaga kelish uchun asos boʻlsa, yoʻl qoʻyilgan xatoga oid boʻlgan aniq alternativ ta’riflarni (talabnoma beruvchi tomonidan keltirilgan hammasi yoki ba’zi birlarini) keltirgan holda koʻrsatiladi.


194. Agar talabnoma beruvchi tomonidan bir nechta mustaqil bandli koʻp zvenoli formula taklif qilingan boʻlsa, ularning har biri (oʻziga boliq bandlar bilan birgalikda, agar ular boʻlsa) ushbu Qoidalarning 71-bandida bayon qilingan talablarga muvofiq tahlil qilinadi.


195. Formulani tekshirish, shuningdek quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

a) ixtiro koʻp zvenoli formulasining boliq bandlarida ixtironing tegishli xususiy bajarilish hollaridagi yoki jamiyat manfaatlari, insonparvarlik yoki axloq-odob qoidalariga zid belgilar mavjudligini aniqlash;

b) ixtiro formulasida oʻzi boliq boʻlgan bandning belgilarini chiqarib tashlashni yoki almashtirishni koʻzda tutadigan boliq bandning mavjudligi.


196. Har bir mustaqil bandi (oʻziga boliq bandlar bilan birgalikda, agar ular boʻlsa) bitta ixtironi ta’riflaydigan koʻp zvenoli formulaga nisbatan unga kiritilgan ixtirolar yagona ixtirochilik fikrini tashkil qilgan ixtirolar guruhidan iboratligi aniqlanadi.

Agar formulaning mustaqil bandlarida ta’riflangan ixtirolar oʻzaro yagona ixtirochilik fikrini tashkil qilgan holda boliq boʻlsa, yagona ixtirochilik fikri sharti bajarilgan deb e’tirof etiladi.


197. Mustaqil bandlarida ta’riflangan ixtirolarni variantlarga tegishliligi toʻriligini tekshirishda ixtirolarning talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan vazifasi va texnik natijalar mos tushishiga ishonch hosil qilish lozim.

Agar guruhdagi ixtirolarning har biri uchun bir necha texnik natijalar koʻrsatilgan boʻlib, mos tushishlik faqat ba’zilariga nisbatan aniqlangan boʻlsa, texnik natijalarning mos tushishlik sharti buzilgan deb hisoblanmaydi.

Texnik natijaning barcha ixtirolar uchun umumiy ta’rifidan tashqari birortasining ta’rifida oʻziga xos alohida xususiyati ("ishqalanishning kamayishi" va "yuqori namlik sharoitlarida ishqalanishning kamayishi") koʻrsatilgan holda texnik natijalarning mos tushishlik sharti buzilgan deb hisoblanmaydi.


198. Agar talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan ixtiro formulasini tekshirishda u formulaning tuzilishi va bayon qilinishiga belgilangan talablarga muvofiq emasligi aniqlangan boʻlsa, shu jumladan bunday muvofiq emaslik rasmiy ekspertiza oʻtkazishda aniqlanmagan holda ham ixtiro formulasini tuzatish taklif qilinadi.

Agar talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan ixtiro formulasini tekshirishda u ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga muvofiq emasligi aniqlangan boʻlsa, lekin bu kamchiliklar ixtironing patentga layoqatliligini tekshirishga toʻsqinlik qilmasa, ixtiro formulasinini tuzatish bilan boliq barcha savollar ixtironing patentga layoqatliligi haqida dastlabki xulosa olingandan soʻng xal qilinadi.


199. Ekspertiza soʻrovnomasiga koʻra yoki talabnoma beruvchining oʻz tashabbusiga koʻra oʻzgartirilgan formulaga nisbatan ushbu Qoidalarning 187-197-bandlariga muvofiq tekshirish oʻtkaziladi.

Ixtironing patentga layoqatliligini tekshirish uchun talabnoma beruvchi tomonidan tasdiqlangan, oʻzgartirilgan formula qabul qilinadi.


200. Tekshirishda bir zvenoli formula yoki bitta mustaqil bandli koʻp zvenoli formula bittadan ortiq ixtiroga oidligi aniqlangan boʻlsa va talabnoma beruvchi formulani tuzatishdan bosh torsa, ekspertizani davom ettirish talabnoma beruvchi tomonidan keyingi koʻrib chiqish lozim boʻlgan ixtiro koʻrsatilgan holda mumkin boʻladi va bu holda patentga layoqatlilikni baholash faqat ushbu ixtiroga nisbatan amalga oshiriladi.


201. Talabnoma berilgan ixtironing patentga layoqatliligini tekshirish uchun ushbu paragrafga muvofiq tekshirish oʻtkazilgan formula qabul qilinadi.


§ 20. Ixtironing patentga

layoqatliligini tekshirish

202. Talabnoma berilgan ixtironing patentga layoqatliligini tekshirishda qoʻshimcha ravishda u patentga layoqatli deb, tan olinmaydigan takliflar roʻyxatiga oid emasligi tekshiriladi va ixtironing sanoatda qoʻllash mumkinlik, yangilik va ixtirolik darajasi shartlariga muvofiqligi aniqlanadi. Talabnoma berilgan obekt muhofaza qilinmaydigan takliflar roʻxatiga oid deb, taxmin qilingan holda, talabnoma beruvchiga tegishli dalillarni bayon qilib soʻrovnoma yuboriladi.


203. Ushbu Qoidalarning 3-bandiga asosan muhofaza qilinmaydigan obektlarga oid emas deb, xulosa chiqarilgan talabnoma berilgan taklifning sanoatda qoʻllash mumkinlik, yangilik va ixtirochilik darajasi shartlariga muvofiqligi tekshiriladi.


204. Talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan formulada alternativ tushunchalar bilan ifodalangan belgi boʻlsa, patentga layoqatliligini tekshirish bunday tushunchalardan birini ichiga olgan belgilarning har bir majmuiga nisbatan oʻtkaziladi. Agar ixtironing patentga layoqatli emasligi haqidagi xulosa koʻrsatilgan majmuining bittasiga nisbatan olingan boʻlsa, keyingi koʻrib chiqishda ushbu Qoidalarning 226-227-bandiga asoslanish lozim.


205. Talabnoma berilgan ixtironing patentga layoqatliligini tekshirishda muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yohud bilvosita shu axborotni olgan har qanday shaxs tomonidan ixtiro mohiyati ommaviy tarzda oshkor etilgan axborotni ichiga olgan manba, agar ixtiroga talabnoma axborot oshkor etilgan sanadan e’tiboran olti oydan kechikmagan muddat ichida Vazirlikka topshirilgan boʻlsa, texnika taraqqiyoti darajasiga kiritilmaydi.

206. Qonunning 6-moddasi oltinchi qismiga koʻra agar ixtirodan sanoatda, qishloq xoʻjaligida, soliqni saqlashda va boshqa sohalarda amaliy jihatdan foydalanish mumkin boʻlsa, uni sanoatda qoʻllash mumkin deb hisoblanadi.


207. Talabnoma berilgan taklifni ta’riflanishi boʻyicha uni tushunish mumkin boʻlmasa yoki uni Qonunning 6-moddasi toʻqqizinchi qismiga koʻra patentga layoqatlilik ixtiro sifatida e’tirof etilmaydigan ob’yektlarga oid deb, hisoblashga asos boʻlsa talabnoma beruvchiga aniqlangan kamchiliklarni koʻrsatib, huquqiy xarakterdagi zarur dalil-isbotlarni keltirgan holda va soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida etishmagan yoki tuzatilgan hujjatlarni yuborish taklif etilgan soʻrovnoma yuboriladi.


208. Agar talabnoma beruvchi belgilangan muddatda soʻralgan materiallarni ularni taqdim etish muddatini uzaytirish haqidagi iltimosnoma yubormasa, talabnoma chaqirib olingan deb, hisoblanadi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi. Talabnoma boʻyicha ish yuritish toʻxtatiladi.


209. Davlat muassasasi tomonidan oʻtib ketgan muddatlar tiklangan holda ish yuritish davom ettirilish mumkin (ushbu Qoidalarning 11-paragrafi).

210. Ixtirodan foydalanish mumkinligini aniqlashda talabnoma materiallarida ixtironing talabnoma berilgan ob’yektining vazifasi koʻrsatilganligi tekshiriladi.

Talabnomaning birinchi materiallarida shuningdek, ixtironi formula bandlarining har birida tariflangan koʻrinishida amalga oshirish uchun kerak boʻlgan vositalar va usullar bayon qilinganligi tekshiriladi. Talabnoma materiallarida bunday materiallar boʻlmagan holda, koʻrsatilgan vositalar va usullar ixtiro ustuvorligi sanasigacha ommaviy tarzda oshkor boʻlgan adabiyot manbaida bayon qilingan boʻlishi mumkin.

Bundan tashqari, ixtironi amalga oshirgan holda talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan vazifasi haqiqatdan ham bajarilishi mumkinligiga ishonch hosil qilish lozim.

Agar ixtironi amalga oshirish va koʻrsatilgan vazifani bajarish imkoniyatini faqat eksperimental ma’lumotlar tasdiqlashi mumkin boʻlsa, ixtiro tavsifida keltirilgan misollar yetarliligi, va shuningdek koʻrsatilgan talabga rioya kilinganligi haqida xulosa belgining talabnoma beruvchi tomonidan ixtiro formulasida keltirilgan tushunchalar bilan qamrab olingan turli xususiy hollarga ta’sir etishi uchun yetarli ekanligi aniqlanadi.


211. Agar ixtiro ustuvorlik sanasigacha barcha koʻrsatilgan talablarga rioya qilinganligi aniqlangan holda, formulaning ushbu mustaqil bandida ta’riflangan ixtiro sanoatda qoʻllash mumkinlik shartiga muvofiq deb e’tirof etiladi.

Koʻrsatilgan talablarning birortasi bajarilmagan holda, ixtiro sanoatda qoʻllash mumkinlik shartiga muvofiq emasligi haqida xulosa chiqariladi. Bu holda, talabnoma beruvchiga tegishli dalillar bayon qilinganda, bu dalillarga nisbatan oʻz fikrini bildirish va ixtiro formulasini tuzatish taklif qilingan (agar ekspertiza fikriga koʻra talabnoma materiallarini tuzatish natijasida koʻrsatilgan xulosani oʻzgartirish mumkin boʻlsa) soʻrovnoma yuborilishi mumkin.


212. Sanoatda qoʻllash mumkinlik shartiga muvofiq emasligi aniqlangan ixtiroga nisbatan yangilik shartiga muvofiqligi tekshirilmaydi.


213. Qonunning 6-moddasi ikkinchi qismiga koʻra ixtiro agar texnika taraqqiyoti darajasidan ma’lum boʻlmasa, yangi deb hisoblanadi.

Ixtironing yangiligini tekshirish ixtiro formulasining mustaqil bandidagi barcha belgilar majmuiga nisbatan oʻtkaziladi.


214. Axborot qidiruvi ixtiro formulasi asosida tavsif va chizmalarni hisobga olgan holda, va shuningdek ixtiro formulasining ushbu Qoidalarning 22-paragrafiga muvofiq mumkin boʻlgan oʻzgarishlarini hisobga olgan holda oʻtkaziladi.


215. Agar talabnoma boʻyicha ekspertiza oʻtkazish hakidagi iltimosnoma ariza kelib tushgan sanagacha talabnoma beruvchi ixtiro birligi talabi buzilganligi haqidagi xabarga belgilangan muddatda javob bermagan boʻlsa, axborot qidiruvi formulada birinchi koʻrsatilgan ixtiro (yagona ixtirochilik fikrini tashkil qilgan ixtirolar guruhi) boʻyicha oʻtkaziladi.

216. Texnika taraqqiyoti darajasini aniqlashda har bir shaxs oʻzi tanishishi mumkin boʻlgan yoki mazmuni qonuniy yoʻl bilan ma’lum qilinishi mumkin boʻlgan axborot manbaidagi ma’lumotlar ommaviy tarzda oshkor etilgan ma’lumotlar deb, hisoblanadi.

Quyidagilar axborot manbaini texnika taraqqiyoti darajasiga kiritishni belgilaydigan sana boʻlib hisoblanadi:

muhofaza hujjatlariga nashr qilingan tavsiflar uchun - ularda koʻrsatilgan nashr etish sanasi;

milliy bosma nashrlar va sobiq SSSR bosma nashrlari uchun - ularda koʻrsatilgan nashr etishga imzo qoʻyilgan sana;

nashr etishga imzo qoʻyilgan sana koʻrsatilmagan milliy bosma nashrlar va sobiq SSSR bosma nashrlari uchun va shuningdek boshqa bosma nashrlar uchun - ular e’lon qilingan kun, uni aniqlash imkoniyati boʻlmaganda esa - agar  e’lon qilingan vaqti faqat yil va oy bilan aniqlangan boʻlsa, oyning oxirgi kuni yoki nashrda koʻrsatilgan yilning 31 dekabri;

deponentlangan maqola, obzor, monografiya va boshqa materiallar uchun - ularni deponentlash sanasi;

ilmiy-tadqiqot ishlari haqidagi hisobotlar, tajriba-konstruktorlik ishlariga tushuntirish xatlari, va ilmiy-texnik axborot tashkilotlarida boʻlgan boshqa konstruktorlik, texnologik va loyiha hujjatlari uchun - ular ushbu tashkilotlarga kelib tushgan sana;

me’yoriy-texnik hujjatlari uchun - ularni vakolatli tashkilotda roʻyxatdan oʻtkazilgan sana;

qoʻlyozma huquqida chop etilgan dissertasiya materiallari va dissertasiya avtoreferatlari uchun - ular kutubxonaga kelib tushgan sana;

tanlovga qabul qilingan ishlar uchun - ular tanishish uchun ochiq namoyish qilingan va tanlov oʻtkazishga oid hujjatlar bidlan tasdiqlangan sana;

koʻz bilan qabul qilinadigan axborot manbalari (plakatlar, modellar, mahsulotlar va h.k.) uchun - ularni koʻrish mumkin boʻlgan va hujjat bilan tasdiqlangan sana;

koʻrgazmaga qoʻyilgan eksponatlar uchun - ularni koʻrstish boshlangan va hujjat bilan tasdiqlangan sana;

ozaki ma’ruzalar, leksiyalar, soʻzga chiqishlar uchun - ma’ruzalar, leksiyalar, soʻzga chiqishlar sanasi, agar ular koʻrsatilgan sanagacha amal qilgan tegishli tadbirlarni oʻtkazish qoidalariga muvofiq, belgilangan tartibda ovoz yozish apparaturasida yoki stenografiya yoʻli bilan qayd etilgan boʻlsa;

radio, televideniye, kino orqali ma’lumotlar uchun - bunday ma’lumot berilgan sana, agar u koʻrsatilgan sanagacha amal qilgan belgilangan tartibda mos axborot manbaida qayd etilgan boʻlsa;

texnika vositasi haqidagi, undan foydalanish natijasida ma’lum boʻlgan ma’lumotlar uchun - ushbu ma’lumotlar hamma tanishish imkoniyatiga ega boʻlgan va hujjat bilan tasdiqlangan sana.

Quyidagi shartlar majmui bajarilgan holda birmuncha oldinroq ustuvorlikka ega boʻlgan ixtiro yoki foydali modelga talabnoma texnika taraqqiyoti darajasiga ustuvorlik sansidan e’tiboran kiritiladi:

talabnoma Oʻzbekiston Respublikasida topshirilgan holda;

talabnoma boshqa shaxs, ya’ni boshqa talabnoma beruvchi tomonidan  topshirilgan holda;

talabnoma chaqirib olinmagan va chaqirib olingan deb hisoblanmagan holda.

Texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida (shuningdek oʻsha shaxs tomonidan) patentlangan barcha ixtirolar va foydali modellar ustuvorlik sanasidan e’tiboran kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasida patentlangan ixtirolar va ixtirolar tegishli reyestrda roʻyxatdan oʻtkazilgan ixtirolar va ixtirolar formulasiga nisbatan texnika taraqqiyoti darajasiga kiritiladi.


217. Patent hujjatlaridagi qidiruv sohasining ta’rifi sifatida XPT rubrikalarining indekslaridan foydalaniladi.

Qidiruv sohasini aniqlashda ixtiro obekti va eng yaqin analogdan farqlanuvchi funksional mustaqil belgilari hisobga olinadi. Qidiruv sohasini aniqlashda, shuningdek agar ularga tegishli funksional mustaqil boʻlmagan farqlanuvchi belgilar boʻlsa, ixtiro va eng yaqin analog uchun umumiy boʻlgan funksional mustaqil belgilari hisobga olinadi. Ushbu belgilarning qidiruvi ham ma’lum obektlarda, ham ushbu ob’yektlar va ularning qismlarining vazifasidan qat’iy nazar qismlarida oʻtkaziladi.


218. Qidiruv jarayonida xuddi shunday vazifani bajaradigan qidiruv oʻtkazilayotgan ixtiro belgilariga aynan oʻxshash boʻlgan belgilar bilan ta’riflanadigan vosita topilgan taqdirda ham axborot qidiruvi toʻxtatilmaydi va oxirigacha toʻliq hajmda olib boriladi. Qidiruv jarayonida topilgan analoglar soni texnika taraqqiyoti darajasi haqidagi takrorlashsiz va keraksiz qaytarishlarsiz toʻliq va mazmunli axborot olish sharti bilan aniqlanadi.


219. Agar texnika taraqqiyoti darajasidan talabnoma beruvchi tomonidan taklif etilgan ixtiro formulasida boʻlgan barcha belgilarga aynan oʻxshash belgilarga ega boʻlgan vosita aniqlangan boʻlsa, ixtiro yangilik shartiga muvofiq emas deb, e’tirof etiladi.

Agar talabnoma berilgan ixtiro qurilma, usul, modda, shtammni yangi vazifada qoʻllashga oid boʻlsa, xuddi oʻsha qurilma, usul, modda, shtammni talabnoma beruvchi koʻrsatgan vazifada ishlatilgani ma’lum boʻlgan adabiyot manbai topilgan holda bunday qoʻllash yangilik shartiga muvofiq emas deb, e’tirof etiladi.


220. Texnika taraqqiyoti darajasidan aniqlangan, koʻrilayotgan ixtiro ma’lum boʻlgan axborot manbai bir muncha oldinroq ustuvorlikka ega boʻlgan talabnoma boʻlgan holda, bu talabnoma chaqirib olinmagan va chaqirib olingan deb hisoblanmasligiga ishonch hosil qilish lozim.

Agar talabnoma chaqirib olinmagan va chaqirib olish muddati oʻtmagan boʻlsa, koʻrilayotgan ixtironing talabnoma beruvchisiga  shunday talabnoma mavjudligi haqida (uning talabnoma beruvchisini koʻrsatmasdan va mazmunini ochmasdan) va uning talabnomasini koʻrish bir muncha oldinroq ustuvorlikka ega boʻlgan talabnoma boʻyicha bir qarorga kelingunga qadar toʻxtatib turilishi haqida ma’lum qilinadi.

Talabnoma beruvchi talabnomani koʻrish toʻxtatib turilishiga norozi boʻlgan holda, talabnoma berilgan ixtironing yangilik shartiga muvofiq emasligi belgilanadi.


221. Agar formulaning boliq bandlariga ega boʻlgan mustaqil bandida ta’riflangan ixtiro yangilik shartiga muvofiq boʻlsa, boliq bandlarga nisbatan texnika taraqqiyoti darajasini tahlili oʻtkazilmaydi.


222. Boliq bandlarga ega boʻlgan formulaning mustaqil bandida ta’riflangan ixtironing yangilik shartiga muvofiq emasligi e’tirof etilganda talabnomani keyingi koʻrib chiqish ushbu Qoidalarning 230-233-bandlariga muvofiq oʻtkaziladi.


223. Boliq bandlarga ega boʻlmagan formula bilan ta’riflangan ixtironing yangilik shartiga muvofiq  emasligi aniqlangan holda, talabnoma beruvchiga ekspertiza dalillarini bayon qilgan holda va bu dalillarga nisbatan oʻz fikr-mulohazalarini va zarur holda talabnomaning dastlabki materiallari asosida ixtironing tuzatilgan formulasini taqdim etish taklif qilingan soʻrovnoma yuborilishi mumkin.


224. Yangilik shartiga muvofiq emasligi aniqlangan ixtiroga nisbatan ixtirolik darajasiga muvofiqligi boʻyicha tekshirish oʻtkazilmaydi.


225. Qonunning 6-moddasi uchinchi qismiga koʻra ixtiro agar mutaxassis uchun texnika taraqqiyoti darajasidan yaqqol kelib chiqmasa, ixtirolik darajasiga ega deb hisoblanadi.

Ixtirolik darajasini tekshirish ixtiro formulasining mustaqil bandida keltirilgan ixtiroga nisbatan oʻtkaziladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

ushbu Qoidalarning 28-bandiga muvofiq eng yaqin analogni aniqlash;

talabnoma berilgan ixtiro eng yaqin analogdan farqlanadigan belgilarni (farqlanuvchi belgilar) aniqlash;

texnika taraqqiyoti darajasidan ixtironing farqlanuvchi belgilari bilan mos boʻlgan texnikaviy yechimlarni aniqlash;


226. Agar ixtironing farqlanuvchi belgilari bilan mos boʻlgan texnikaviy yechimlarni aniqlanmasa yoki bunday yechimlar aniqlangan holda ular talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan texnikaviy natijaga erishishga ta’sir etishi tasdiqlanmagan boʻlsa, ixtirolik darajasiga muvofiq deb e’tirof etiladi.

Xususan, quyidagilar ixtirolik darajasiga muvofiq boʻladi:

belgilangan strukturali yangi kimyoviy birikmalarni (sinflar, guruhlarni) olish usullari;

ma’lum kimyoviy birikmalarni (sinflar, guruhlarni) olish usullari, agar ular ushbu sinf yoki guruh birikmalari uchun yangi reaksiyaga yoki ushbu sinf yoki guruh birikmalari uchun ma’lum boʻlib, lekin uni oʻtkazish shartlari ma’lum boʻlmagan reaksiyaga asoslangan boʻlsa; erishish imkoniyati texnika taraqqiyoti darajasidan kelib chiqmaydigan sinergetik effektni ta’minlaydigan kamida ikkita ingrediyentdan tashkil topgan kompozitsiya (ya’ni ikkala ingrediyentning xususiyatlarini namoyon qiladigan, lekin shu xususiyatlardan kamida bittasining miqdoriy koʻrsatkichlari alohida ingrediyentning xususiyatlarining koʻrsatkichlaridan yuqori);

erishish imkoniyati texnika taraqqiyoti darajasidan kelib chiqmaydigan sinergetik effektni ta’minlaydigan kamida ikkita ma’lum ingrediyentdan tashkil topgan kompozitsiya (ya’ni ikkala ingrediyentning xususiyatlarini namoyon qiladigan, lekin shu xususiyatlardan kamida bittasining miqdoriy koʻrsatkichlari alohida ingrediyentning xususiyatlarining koʻrsatkichlaridan yuqori);

ma’lum birikmalar guruhining umumiy struktura formulasiga mos, lekin maxsus olingan va tekshirilgan hamda ushbu guruh uchun sifat va miqdoriy jihatdan yangi ma’lum boʻlmagan kimyoviy birikmalar ( selektiv ixtiro).

Agar boliq bandlarga ega boʻlgan koʻp zvenoli formula bilan ta’riflangan talabnoma berilgan mustaqil bandiga nisbatan ixtiro ixtirolik darajasi shartiga muvofiq boʻlsa, boliq bandlarga nisbatan tekshirish oʻtkazilmaydi.


227. Xususan, quyidagilarga asoslangan ixtirolar ixtirolik darajasi shartiga muvofiq deb e’tirof etilmaydi:

Texnikaviy natijaga erishish uchun xuddi shunday toʻldirishlar ta’siri aniqlangan holda, ma’lum vositani unga ma’lum qoidalar asosida biriktiriladigan biron-bir ma’lum  qism (qismlar) bilan toʻldirishga;

Texnikaviy natijaga erishish uchun xuddi shunday almashtirishlar ta’siri aniqlangan holda, ma’lum vositaning biron-bir qismini (qismlarini) boshqa ma’lum qism (qismlar) bilan almashtirishga;

Vositaning (elementni, harakatning) biron-bir qismini ushbu qism mavjudligi hisobiga hosil boʻladigan funksiyasi bilan bir vaqtda chiqarib tashlash va shu bilan birga bunday chiqarib tashlash uchun xos boʻlgan natijaga erishish (konstruksiyani soddalashtirish, massani, oʻlchamlarni, material sarfini kamaytirish, ishonchlilikni oshirish, jarayon vaqtini qisqartirish va h.k.);

Vositada xuddi shunday elementlar mavjudligi hisobiga hosil boʻladigan texnikaviy natijani kuchaytirish uchun bir xil tipdagi elementlar, harakatlar sonini oʻzgartirishga;

Ushbu materialning xususiyatlari hisobiga hosil boʻladigan texnikaviy natijaga erishish uchun ma’lum vositani yoki uning qismini ma’lum materaldan bajarilishiga;

turi va ular orasidagi munosabatlar ma’lum qoidalar, tavsiyanomalar asosida amalga oshirilgan ma’lum qismlardan tashkil topgan vositani yaratishga, bu holda texnikaviy natija faqat ushbu vosita qismlarining ma’lum xususiyatlari va ular orasidagi munosabatlari natijasida hosil boʻlsa;

ma’lum qurilma, usul, modda, shtamm yangi vazifada qoʻllanishiga, agar yangi vazifada qoʻllash uning ma’lum xususiyatlari, strukturasi, bajarilishi natijasida mumkin boʻlsa va ushbu vazifani amalga oshirish uchun aynan shunday  xususiyatlar, struktura, bajarilish zarurligi ma’lum boʻlsa.

Shuningdek, miqdoriy belgilarning oʻzgarishiga, bunday belgilarning oʻzaro boliqlikda taqdim etish yoki uning koʻrinishini oʻzgartirishga asoslangan ixtirolar ixtirolik darajasiga muvofiq deb e’tirof etilmaydi, agar ularning har birining texnikaviy natijaga ta’sir etishi ma’lum boʻlsa va bu belgilarning yangi qiymatlari yoki ularning oʻzaro bolanishi ma’lum bolanishlar, qonuniyatlardan kelib chiqqan holda olinishi mumkin boʻlsa.

Talabnoma berilgan ixtiro farqlanuvchi belgilarining texnikaviy natijaga ta’sirining ma’lumligi bir yoki bir necha axborot manbai bilan tasdiqlanishi mumkin. Aniq texnika sohasidagi umum e’tirof etilgan bilimlarga asoslangan dalillarni biror axborot manbaini koʻrsatmasdan jalb qilishga yoʻl qoʻyiladi. Lekin bu agar talabnoma beruvchi talab qilgan holda talabnomani keyingi koʻrib chiqishda ekspertizani bunday manbalarni koʻrsatish majburiyatidan xalos etmaydi.

Texnika taraqqiyoti darajasidan ixtironing farqlanuvchi belgilari bilan mos belgilari boʻlgan yechimlar aniqlangan holda, agar ular talabnoma beruvchi tomonidan aniqlanmagan boʻlsa yoki talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan texnikaviy natijaga erishilmagani aniqlangan holda ularning texnikaviy natijaga ta’siri ma’lumligini tasdiqlash talab qilinmaydi.


228. Agar boliq bandlarga ega boʻlgan mustaqil band boʻyicha ixtiro ixtirolik darajasi shartiga muvofiq emasligi aniqlangan holda talabnomani keyingi koʻrib chiqish ushbu Qoidalarning 236-bandiga muvofiq oʻtkaziladi.


229. Agar boliq bandlarga ega boʻlmagan formula bilan ta’riflangan ixtiro ixtirolik darajasiga ega emasligi aniqlangan holda talabnoma beruvchiga, tegishli dalillarni bayon qilib soʻrovnoma yuboriladi va ushbu dalillarga nisbatan oʻz fikrini bildirish taklif etiladi.


230. Agar ixtiro tarkibida boliq bandlar boʻlgan koʻp zvenoli formula bilan ta’riflangan boʻlsa va mustaqil bandning yangilik yoki ixtirolik darajasi shartiga javob bermasligi sababli patentga layoqatli emasligi  haqida xulosa olingan holda, talabnoma beruvchiga bu haqida ma’lum qilinadi va talabnomani koʻrib chiqishni davom ettirish maqsadga muvofiqligi haqidagi fikrini bildirishni va agar koʻrib chiqish maqsadga muvofiqligini tasdiqlagan holda, ixtironing tuzatilgan formulasini taqdim etish taklif etiladi. Mustaqil bandga boliq bandlarning mazmunini qoʻshganda e’tiborga olinishi mumkin boʻlgan axborot manbalari ekspertga ma’lum boʻlganda talabnoma beruvchiga bu haqida ma’lum qilinishi mumkin.


231. Boliq bandlarga ega boʻlgan mustaqil bandga nisbatan ixtironing patentga layoqatliligi aniqlangan holda, ushbu boliq bandlardagi ixtiro belgilarining ta’rifi ixtironi amalga oshirishga yoki talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan vazifasini bajarishiga toʻsqinlik qilmasligiga ishonch hosil qilishi lozim. Bundan tashqari, boliq bandlardagi belgilarni jalb qilgan holda ta’riflangan ixtiro jamiyat manfaatlariga, axloq-odob qoidalariga zid emasligiga ishonch hosil qilishi lozim.


232. Boliq bandlarga ega boʻlgan koʻp zvenoli formula bilan ta’riflangan ixtironi yuqorida koʻrsatilgan barcha shartlarga nisbatan tekshirish natijasi ijobiy boʻlgan holda patentga layoqatli deb tan olinadi va patent berish toʻrisida qaror qabul qilinadi.

233. Shartlardan birortasiga nisbatan tekshirish natijasi salbiy boʻlgan holda talabnoma beruvchiga bu haqida soʻrovnomada ma’lum qilinadi va ekspertiza xulosasini rad etuvchi dalillarini taqdim etish yoki formulani tuzatish yohud ixtiro formulasidan bunday boliq bandlarni chiqarib tashlash taklif etiladi.


234. Agar talabnoma ixtirolar guruhiga berilgan boʻlsa, patentga layoqatlilikni tekshirish guruhga kirgan har bir ixtiroga nisbatan oʻtkaziladi. Guruhning patentga layoqatliligi undagi barcha ixtirolar patentga layoqatli boʻlgan holda tasdiqlanadi.

Agar guruhning barcha ixtirolari patentga layoqatli emasligi aniqlangan holda talabnoma beruvchiga bu haqida ma’lum qilinadi va keltirilgan dalillar haqida oʻz fikrini bildirish, hamda zarur holda patentga layoqatli boʻlmagan ixtirolar ta’riflangan bandlarni formuladan chiqarib tashlash yoki bu bandlarni tuzatilgan holda taqdim etish taklif etiladi.


235. Agar yuqorida keltirilgan hollarda talabnoma beruvchi tomonidan ixtironing oʻzgartirilgan formulasi taqdim etilgan boʻlsa, talabnomani koʻrib chiqishni davom ettirish ushbu formulada ta’riflangan ixtiroga (ixtirolarga) nisbatan ushbu Qoidalarning 186-201-bandlariga muvofiq oʻtkaziladi.

Talabnoma beruvchi ekspertiza xulosasini rad etuvchi dalillarni yoki oʻzgartirilgan formulani keltirmasdan avvalgi formula bilan patent berishni talab qilgan holda talabnomani koʻrib chiqish davom ettirilmaydi va patent berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilinadi.


§ 21. Talabnoma mohiyati boʻyicha ekspertiza

oʻtkazishda qoʻshimcha materiallarni

soʻrab olish

236. Qonunning 20-moddasiga koʻra talabnoma beruvchiga qoʻshimcha materiallarni, shu jumladan ixtironing oʻzgartirilgan formulasi soʻralgan soʻrovnoma, bunday materiallarsiz ixtiroga talabnoma ekspertizasini oʻtkazish mumkin boʻlmagan holda yuboriladi.

Soʻrovnoma yuborish uchun quyidagilar asos boʻlishi mumkin:

patent bojining toʻri toʻlanganligi bilan boliq savollarni aniqlash zaruriyati;

ixtiro formulasini ushbu Qoidalarning 21-paragrafiga muvofiq tekshirish natijalari boʻyicha aniqlash zaruriyati;

talabnoma berilgan ixtironing patentga layoqatliligini ushbu Qoidalarning 20-paragrafiga muvofiq tekshirish bilan boliq savollarni hal qilish zaruriyati;

talabnoma berilgan ixtironing patentga layoqatliligini tekshirish natijalari boʻyicha ixtiro formulasiga aniqliklar kiritish zaruriyati;

bir xil ustuvorlik sanasiga ega boʻlgan aynan oʻxshash sanoat mulki ob’yektlariga talabnomalarni koʻrib chiqish bilan boliq savollarni hal qilish zaruriyati.

Talabnomani koʻrib chiqishda yuzaga keladigan boshqa turdagi savollar, masalan, ustuvorlikni belgilash, ixtironing muhim belgisi ta’rifini aniqlashtirish bilan va hokazolar boliq savollar, va shuningdek taklif va mulohazalar yuqoridagi asoslarga koʻra yuboriladigan soʻrovnomaga kiritilishi mumkin.

Soʻrovnoma yuborish uchun yuqorida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlmagan holda talabnoma beruvchiga paydo boʻlgan taklif va mulohazalar haqida bildirishnoma yuboriladi.

Ushbu Qoidalarning 200-201-bandlariga muvofiq koʻrib chiqilgan ixtironing (ixtirolarnng) patentga layoqatliligi aniqlangan holda, bu haqida yuborilgan soʻrovnomada talabnoma beruvchiga ma’lum qilinadi va undan patentga layoqatliligi baholanmagan ixtironing (ixtirolarning) ta’rifini chiqarib tashlash yoʻli bilan, yoki bunday ixtironing (ixtirolarning har birini) tegishli patent bojini toʻlab mustaqil bandga ajratish yoʻli bilan formulani tuzatish taklif etiladi. Bu holda, talabnoma beruvchi belgilangan muddatda soʻralgan materiallarni yoki koʻrsatilgan muddatni uzaytirish haqidagi iltimosnomani taqdim etmasa, talabnoma Qonunning 20-moddasiga muvofiq chaqirib olingan deb hisoblanadi.


237. Ekspertizaning soʻrovnomada yoki xatda keltiriladigan fikr va mulohazalari ilmiy-texnik yoki huquqiy xarakterdagi isbot-dalillar bilan asoslanadi. Zarur hollarda ilmiy-texnik adabiyotlarga, Qonun, Qoidalar va boshqa me’yoriy hujjatlarning moddalariga izohlar beriladi.


238. Talabnoma beruvchi formulaga patentga layoqatli emasligi haqida xulosa chiqarilgan ixtironi, aynanlashtirilmagan yoki talabnomaning dastlabki materiallarida boʻlmagan belgilarni yohud ta’rifi axborot manbaiga izoh bilan almashtirilgan belgini kiritishni yoki talabnoma topshirilgandan keyin taklif etilgan va 201-bandga muvofiq e’tiborga olinmagan yangi mustaqil bandni kiritishni talab qilgan holda talabnoma beruvchiga koʻrsatilgan belgilarni ichiga olmagan formulani va/yoki bandni taqdim etish taklif qilingan soʻrovnoma yuboriladi, talabnoma beruvchiga, shuningdek, belgilangan muddatda soʻralgan materiallar yoki ularni taqdim etish muddatini uzaytirish haqidagi iltimonoma berilmasa, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.


239. Soʻrovnomada axborot manbai keltirilgan holda shu manbani topish uchun zarur boʻlgan barcha bibliografiya ma’lumotlari, va shuningdek talbnomani koʻrib chiqishda e’tiborga olingan ma’lumotlarni ushbu manbadan topish uchun kerak boʻladigan boshqa ma’lumotlar (betlari, xatboshisi, grafik tasvirlarning figura raqami va h.k.) koʻrsatilishi lozim.


240. Soʻrovnoma yuborish uchun talabnoma berilgan ixtironi patentga layoqatlilikka tekshirish natijalari boʻyicha ixtiro formulasini aniqlashtirish zaruriyati asos boʻlgan holda tavsif va/yoki chizmalarni tuzatishlar kiritish zarur boʻlsa tuzatilgan tavsif va/yoki chizmalarni (yoki almashtiradigan varaqlarni) ham taqdim etish taklif qilinishi mumkin.

Tavsif va/yoki chizmalarda kamchiliklar, shu jumladan ekspertiza tomonidan avval koʻrsatilgan, lekin tuzatilmagan kamchiliklar mavjud boʻlgan holda ham shunday taklif qilinishi mumkin.

Yuqorida koʻrsatilgan xabarlarda talabnoma materiallarini tuzatishga oid toʻliq tushuntirishlar keltiriladi.


241. Oʻzgartirilgan formula (talabnoma beruvchining tashabbusiga yoki ekspertiza taklifiga koʻra) bilan patent berish toʻrisidagi qaror tayyorlangan holda, formulani oʻzgartirish tavsifga ham tuzatishlar kiritishni taqozo etsa, va shuningdek, tavsif va/yoki chizmalarda kamchiliklar, shu jumladan ekspertiza tomonidan avval koʻrsatilgan, lekin tuzatilmagan kamchiliklar mavjud boʻlgan holda ham aniqliklar kiritilgan tavsif va/yoki chizmalarni (oʻrnini bosuvchi varaqlarni) ham shunday taklif joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida taqdim etish taklif qilinishi mumkin.


242. Soʻralgan materiallar yoki belgilangan muddatni uzaytirish haqidagi iltimosnoma belgilangan muddatda taqdim etilmasa talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi.


243. Agar talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan javobda barcha soʻralgan ma’lumotlar yoki hujjatlar taqdim etilmagan boʻlsa, etishmagan va tuzatilgan materiallarni taqdim etish haqidagi soʻrovnoma talabnoma beruvchiga talabnoma uning hujjatlaridagi kamchiliklarni yoʻqotish uchun necha marta zarur boʻlsa, shuncha marta yuborilishi mumkin.



§ 22. Qoʻshimcha materiallarni tekshirish

244. Talabnoma beruvchining tashabbusiga koʻra talabnoma rasmiy ekspertizasini muddatidan oldin boshlash haqidagi iltimosnoma berilgandan soʻng yoki bunday iltimosnoma berilmagan boʻlsa, talabnoma kelib tushgan sanadan ikki oy oʻtgandan keyin talabnoma hujjatlariga tuzatishlar yoki aniqliklar kiritadigan (ya’ni ularning tarkibiga kiritilishi lozim boʻlgan) qoʻshimcha materiallar kelib tushgan taqdirda, ular bilan birga belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat ham taqdim etilganligini tekshirish lozim. Qoʻshimcha materiallar bilan birga bunday hujjat taqdim etilmagan holda, ular talabnomani koʻrib chiqishda e’tiborga olinmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.


245. Talabnoma hujjatlaridagi oʻzgartirishlar talabnoma beruvchining tashabbusiga koʻra kiritilgan oʻzgartirishlarga oidligi masalasini hal qilishda quyidagilarni e’tiborga olish kerak:

agar talabnoma hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar ularni tayyorlashda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni yoʻqotishga qaratilgan boʻlib, talabnoma beruvchi tomonidan ekspertizaning yozma ravishda berilgan xabari, shu jumladan soʻrovnomasini olgandan soʻng, va shuningdek bunday xabarni olmasdan taqdim etilgan oʻzgartirishlar talabnoma beruvchining tashabbusiga koʻra kiritilgan deb hisoblanmaydi;

agar talabnoma beruvchi tomonidan talabnoma hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar ekspertizaning yozma ravishda berilgan xabari, shu jumladan soʻrovnomasining mazmuni bilan boliq boʻlib, uni olgandan soʻng taqdim etilgan boʻlsa, oʻzgartirishlar talabnoma beruvchining tashabbusiga koʻra kiritilgan deb hisoblanmaydi.

Talabnoma beruvchi tomonidan ekspertizaning yozma ravishda berilgan xabari, shu jumladan soʻrovnomasini olgandan soʻng, va shuningdek bunday xabarni olmasdan taqdim etilgan barcha boshqa oʻzgartirishlar talabnoma beruvchining tashabbusiga koʻra kiritilgan deb hisoblanadi.


246. Qoʻshimcha materiallar tarkibida ixtironing oʻzgartirilgan  formulasi boʻlgan holda ular formulani ixtironing dastlabki formulada mustaqil band sifatida ajratib koʻrsatilmagan bir yoki bir necha mustaqil bandlarni kiritishi yoʻli bilan oʻzgartirishni koʻzda tutishi va qoʻshimcha materiallar bilan birga tegishli patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat muddatlarga rioya qilingan holda taqdim etilganligi aniqlanadi.


247. Talabnoma beruvchi tomonidan Davlat muassasasining soʻrovnomasiga koʻra taqdim etilgan qoʻshimcha materiallar boʻyicha ularni taqdim etish muddatlariga rioya qilinganligi tekshiriladi.

Talabnoma beruvchi tomonidan talabnomaga qarshi qoʻyilgan materiallar nusxasi soʻralgan holda, agar ular ekspertiza soʻrovnomasi olingan sanadan e’tiboran bir oy ichida soʻralgan boʻlsa, qoʻshimcha materiallar koʻrsatilgan nusxalar talabnoma beruvchiga joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida taqdim etilishi mumkin.


248. Talabnoma beruvchining tashabbusiga koʻra yoki Davlat muassasasining soʻrovnomasiga koʻra taqdim etilgan va koʻrib chiqishga qabul qilingan qoʻshimcha materiallar kelib tushganda, ular talabnoma berilgan ixtiro mohiyatini oʻzgartirmasligi tekshiriladi. Agar tarkibida talabnomaning dastlabki materiallarida boʻlmagan va formulaga kiritish talab etilgan belgilar boʻlgan qoʻshimcha materiallar talabnoma berilgan ixtiro mohiyatini oʻzgartiradi deb e’tirof etiladi.

Belgilarni ixtiro formulasiga faqat talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan aniqlik kiritilgan formula tarkibida boʻlgan holda emas balki talabnoma beruvchi ularni formulaga kiritishni soʻragan holda ham kiritish lozim deb hisoblanadi.

Qoʻshimcha materiallarda keltirilgan va formulaga kiritilishi lozim boʻlgan belgilar, agar patent berish uchun ariza, ixtiro tavsifi, formulasi va chizmalar Davlat muassasasiga kelib tushgan sanada formulada yoki tavsifda ochib berilmagan boʻlsa, talabnomaning dastlabki materiallarida boʻlmagan deb e’tirof etiladi.

Agar talabnomaning dastlabki materiallarida ixtiro belgisi bajarilishining xususiy hollari ochilmagan holda umumiy tushuncha bilan berilgan boʻlsa, formulaga kiritilishi lozim boʻlgan belgi jumlasidan deb hisoblangan bunday xususiy holni qoʻshimcha materiallarda taqdim etilishi talabnoma berilgan ixtironing mohiyatini oʻzgartiradi deb e’tirof etish uchun asos boʻladi.

Tavsifda texnika darajasiga, shu jumladan eng yaqin analogga nisbatan keltirilgan belgilar talabnoma berilgan ixtironing talabnomaning dastlabki materiallari tarkibida boʻlgan belgilari jumlasiga kirmaydi. 

Talabnoma ixtirolar guruhiga oid boʻlgan holda, tavsifda guruhning biron-bir ixtirosiga tegishli deb koʻrsatilgan belgilar guruhdagi ayni shu ixtironing talabnomaning dastlabki materiallari tarkibida boʻlgan belgilari deb hisoblanadi.

Biri ikkinchisida foydalanish uchun moʻljallangan ixtirolar guruhi bundan mustasno. Bu holda boshqasida foydalanish uchun moʻljallangan bir ixtironing talabnomaning dastlabki materiallari tarkibida boʻlgan belgilari ikkinchi ixtironing ham belgilari deb hisoblanadi.

Agar talabnoma berilgan ixtiro ma’lum boʻlgan qurilma, usul, modda yoki shtammni qoʻllashga oid boʻlsa, obekning talabnomaning birinchi materiallarida koʻrsatilganidan boshqa vazifasi yoki ma’lum obektni ta’riflash uchun foydalaniladigan boshqa belgilari koʻrsatilgan qoʻshimcha materiallar ixtironing mohiyatini oʻzgartiradi deb e’tirof etiladi.


249. Talabnoma berilgan ixtiro haqidagi formulaga kiritilishi lozim boʻlgan belgilar jumlasiga kirmagan va talabnomaning dastlabki materiallari tarkibida boʻlmagan ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan qoʻshimcha materiallar ixtironing mohiyatini oʻzgartiradi deb hisoblanmaydi. Bunday ma’lumotlarga, xususan, ixtironi amalga oshirish sharoitlari haqidagi yangi (qoʻshimcha) ma’lumotlar, ixtironi amalga oshirishdagi misollar, qoʻshimcha texnikaviy natija olish imkoniyatini koʻrsatish, aniqliklar kiritilgan grafik materiallar va h.k. kiritilishi mumkin.

Talabnomaning dastlabki materiallari tarkibida boʻlmagan formulaga kiritilishi lozim boʻlgan belgilar jumlasiga kirgan ma’lumotlar bilan bir qatorda talabnomani koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan boshqa ma’lumotlarni ichiga olgan qoʻshimcha materiallar faqat koʻrsatilgan belgilarga tegishli qismida mohiyatni oʻzgartiradi deb e’tirof etiladi.

Boshqa ma’lumotlar ekspertiza oʻtkazishda e’tiborga olinadi.


250. Qoʻshimcha materiallar talabnoma berilgan ixtironing mohiyatini oʻzgartiradi deb e’tirof etilgan holda talabnoma beruvchiga (ekspertizaning unga yuborilgan navbatdagi hujjatida) bunday xulosaga kelish uchun qoʻshimcha materiallarga kiritilgan ma’lumotlarning qaysilari asos boʻlganligi haqida ma’lum qilinadi.

Bu holda talabnomani keyingi koʻrib chiqish qoʻshimcha materiallarda berilgan ixtiro formulasiga nisbatan, lekin talabnoma topshirilgan sanadagi ixtiro tavsifida, va shuningdek, agar talabnoma topshirilgan sanada tarkibida boʻlgan boʻlsa, formulada ochib berilmagan belgilarni hisobga olmagan holda davom ettiriladi.


251. Talabnoma beruvchi tomonidan qoʻshimcha materiallarda taqdim etilgan ixtironing oʻzgartirilgan formulasini tekshirishda oʻzgartirishlar talabnoma berilgan ixtiroga tegishliligi aniqlanadi.

Agar talabnomani topshirish uchun toʻlangan patent boji formuladagi bandlar soniga muvofiq boʻlsa, dastlabki formula tegishli boʻlgan ixtirolar, patent boji kam toʻlangan holda esa, koʻrib chiqishga qabul qilingan talabnomaga tegishli ixtirolar talabnoma berilgan ixtirolar deb hisoblanadi.

Ixtironing vazifasini ifodalaydigan dastlabki umumiy tushunchani formuladagi boshqa oʻzgartirish bilan almashtirilganda, agar koʻrsatilgan tushunchalar bir xil ma’noli boʻlib, bir-biriga boliq yoki oʻxshash boʻlsa, ya’ni ularning hajmlari toʻliq yoki qisman mos tushsa, talabnoma berilgan ixtiroga tegishli deb e’tirof etiladi.

Ixtiro formulasiga talabnoma berilgan ixtiroga tegishli boʻlmagan mustaqil bandlarni kiritishni koʻzda tutadigan oʻzgartirishlar e’tiborga olinmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi. 

Ixtiro formulasini oʻzgartirilishi, shuningdek quyidagi hollarda talabnoma berilgan ixtiroga tegishli deb hisoblanadi:

ixtiro sifatida talabnoma berilgan ob’yektning turi (qurilma, usul, modda) oʻzgartirilganda, agar yangi koʻrsatilgan turi dastlabkisiga qaraganda ixtironing dastlabki formulasidagi belgilar ta’rifiga qoʻproq darajada mosroq boʻlsa;

birinchi talabnoma berilgan ixtiro ob’yekti "yangi vazifada qoʻllash" ni koʻrsatilgan yangi vazifadagi ob’yekt bilan almashtirilganda, agar ma’lumotlari ustuvorlik sanasigacha ommaga ma’lum boʻlmagan ob’yektga talabnoma berilgan boʻlsa;

birinchi talabnoma berilgan ixtiro ob’yektini "yangi vazifada qoʻllash" ixtiro ob’yektiga almashtirilganda, agar ustuvorlik sanasigacha ommaga ma’lum boʻlgan ma’lumotlardan talabnoma berilgan ob’yektdan faqat vazifasi bilan farqlanuvchi vosita ma’lumligi aniqlangan boʻlsa.


252. Qoʻshimcha materiallar talabnoma berilgan ixtironing mohiyatini oʻzgartiradi deb e’tirof etilgan holda talabnoma beruvchiga (ekspertizaning unga yuborilgan navbatdagi hujjatida) bunday xulosaga kelish uchun qoʻshimcha materiallarga kiritilgan ma’lumotlarning qaysilari asos boʻlganligi haqida ma’lum qilinadi.

Talabnoma berilgan ixtiroga tegishli boʻlmagan ixtiro formulasidagi oʻzgartirishlar e’tiborga olinmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.


§ 23. Talabnomani oʻzgartirish

253. Qonunning 19-moddasiga muvofiq ixtiroga talabnoma foydali modelga patent berish uchun talabnomaga oʻzgartirilishi mumkin.

Bunday oʻzgartirish haqidagi ariza kelib tushganda uning toʻri rasmiylashtirilganligi, patent berish toʻrisidagi qaror qabul qilingunga qadar taqdim etilganligi va ariza bilan birga belgilangan miqdorda tegishli patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat mavjudligi tekshiriladi.


254. Ariza belgilangan talablarga rioya qilinmagan holda rasmiylashtirilgan boʻlsa, talabnoma beruvchiga bu haqida ma’lum qilinadi.


255. Ariza bilan birga belgilangan miqdorda tegishli patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilmagan holda yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi va talabnoma beruvchiga xabar beriladi.


256. Oʻzgartirish amalga oshirilmagan talabnoma ixtiroga talabnomaligicha qoladi va unga nisbatan keyinchalik ushbu Qoidalar qoʻllaniladi.


257. Agar ariza belgilangan talablarga rioya qilingan holda rasmiylashtirilgan boʻlib, u bilan birga belgilangan miqdorda tegishli patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilgan boʻlsa, talabnoma beruvchiga talabnomani oʻzgartirish amalga oshirilganligi haqida bildirishnoma yuboriladi, unda shuningdek keyingi koʻrib chiqish belgilangan tartibda olib borilishi ma’lum qilinadi.

Ariza patent berish toʻrisidagi qaror qabul qilingandan keyin kelib tushgan holda, talabnoma beruvchiga talabnomani oʻzgartirib boʻlmasligi haqida xabar qilinadi.


258. Talabnomani oʻzgartirish haqidagi ariza topshirilgan sanagacha talabnoma beruvchi tomonidan ixtiroga talabnoma boʻyicha tuzatishlar yoki aniqliklar kiritish uchun qoʻshimcha materiallar yohud ixtironing oʻzgartirilgan formulasi taqdim etilgan boʻlsa, bu materiallarni ushbu Qoidalarga muvofiq tekshiriladi va tekshirish natijalari haqida talabnoma beruvchiga talabnomani oʻzgartirish haqidagi arizani koʻrib chiqish natijalari haqidagi bildirishnomada ma’lum qilinadi.


259. Chaqirib olingan yoki chaqirib olingan deb hisoblangan talabnomalar boʻyicha talabnomani oʻzgartirish oʻtkazilmaydi.


260. Agar talabnomani oʻzgartirish haqidagi ariza Qonunning 20-moddasi uchinchi qismiga koʻra chaqirib olingan deb hisoblangan talabnoma boʻyicha kelib tushgan boʻlsa, va ariza bilan birga oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻrisidagi iltimosnoma taqdim etilgan boʻlsa, iltimosnoma ushbu Qoidalarning 11-paragrafiga muvofiq koʻrib chiqiladi. Muddatni tiklash imkoniyati borligi aniqlangan holda, talabnoma beruvchi bu haqida va talabnomani oʻzgartirish oʻtkazilganligi haqida xabardor qilinadi.


261. Talabnoma oʻzgartirilganligi haqidagi bildirishnoma joʻnatilgunga qadar talabnoma beruvchidan uning arizasini topshirilmagan deb hisoblash haqidagi iltimos (talabnomani oʻzgartirish haqidagi arizani chaqirib olish) kelib tushgan taqdirda oʻzgartirish oʻtkazilmagan deb hisoblanadi, talabnomani oʻzgartirish uchun toʻlangan patent boji qaytarilishi yoki belgilangan tartibda hisobga olinishi mumkin.

Ixtiroga talabnomani foydali modelga patent berish uchun talabnomaga oʻzgartirilganligi haqidagi bildirishnoma joʻnatilgandan keyin uning arizasini topshirilmagan deb hisoblash haqida talabnoma beruvchidan kelib tushgan iltimos talabnomani yana qayta oʻzgartirish va toʻlangan patent boji qaytarilishi uchun asos boʻla olmaydi.


262. Ixtiroga talabnomani oʻzgartirish natijasi boʻlgan ixtiroga talabnoma ushbu Qoidalarning 16-paragrafiga muvofiq koʻrib chiqiladi.

Ixtiroga talabnoma boʻyicha uni ixtiroga talabnomaga oʻzgartirish haqidagi ariza topshirilgan sanagacha takdim etilgan qoʻshimcha materiallar ixtiroga talabnoma ekspertizasini oʻtkazishda ularni tekshirish natijalarini e’tiborga olish bilan hisobga olinadi.


§ 24. Patent berish toʻrisidagi qaror

263. Talabnoma beruvchi tomonidan taklif etilgan formula bilan ifodalangan talabnoma berilgan ixtiro (agar ixtirolar guruhiga talabnoma berilgan boʻlsa, guruhdagi har bir ixtiro) hamma patentga layoqatlilik shartlariga muvofiqligii aniqlangan holda, talabnoma beruvchiga shu formula bilan ixtiroga patent berilishi mumkinligi haqida va ushbu bildirishnoma joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida ekspertiza xulosalariga nisbatan oʻz fikrini ma’lum qilish taklif etilgan bildirishnoma yuboriladi.

Agar tavsif va chizmalarda kamchiliklar boʻlib, avval talabnoma beruvchi ularni yoʻqotish haqida ogohlantirilmagan boʻlsa, taklif joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida aniqliklar kiritilgan tavsif va/yoki chizmalarni takdim etish haqidagi taklif yuboriladi.

Bu holda, talabnoma beruvchiga bu muddat kamlik qilsa, u ushbu muddat oʻtgunga qadar patent bojini toʻlash sharti bilan boshqa, mobaynida aniqliklar kiritilgan tavsif va/yoki chizmalarni taqdim etadigan, muddat haqidagi taklif joʻnatilgan sanadan e’tiboran olti oydan oshmagan muddat haqida ma’lum qilishi mumkinligi xabar qilinadi.

Talabnoma beruvchi, shuningdek agar eslatib oʻtilgan uch oylik muddat ichida aniqlik kiritilgan tavsifni yoki koʻrsatib oʻtilgan mazmundagi xabarni taqdim etmasa, bunday xabar kelgan holda esa, aniqlik kiritilgan tavsifni ushbu xabarda koʻrsatilgan muddatda taqdim etmasa, talabnoma boʻyicha ushbu soʻrovnomada bayon qilingan ixtiro formulasi bilan qaror qabul qilinishi va nashr etishda birinchi berilgan ixtiro tavsifidan foydalaniladi.


264. Talabnoma beruvchidan ekspertizaning fikriga nisbatan roziligi kelib tushganda unga ixtiroga soʻrovnomada koʻrsatilgan formula bilan patent berish toʻrisidagi qaror yuboriladi.

Agar talabnoma berilgan formula ixtiro mohiyatini ifodalasa va tavsifga toʻliq asoslangan boʻlsa, lekin eng yaqin analogni (yoki umuman analogni) hisobga olmay toʻzilgan boʻlsa yoki tarkibida talabnoma berilgan obekt belgilari bilan bir qatorda boshqa obekt belgilari boʻlib, talabnoma beruvchi oʻzi tuzgan tahrirdagi formulani qoldirishni qattiq turib talab qilsa, patent berish toʻrisidagi qarorda talabnoma beruvchining tahriridagi formula keltiriladi.

Talabnoma beruvchi taklif qilgan tahrirdagi formula, shuningdek formuladagi belgilar standart boʻlmagan yoki hamma qabul qilmagan atamalardan foydalangan holda ta’riflangan boʻlsa (lekin bu ularni aynanlashtirishga toʻsqinlik qilmasa) va talabnoma beruvchi formulani tuzatishdan bosh tortgan boʻlsa, va shuningdek agar, Qonunning 23-moddasi ikkinchichi qismiga muvofiq koʻrib chiqilgan barcha ixtirolarning patentga layoqatliligi aniqlangan holda ham keltiriladi.

Talabnoma beruvchi tomonidan taklif etilgan ixtiro formulasida orfografiyaga, tinish belgilariga oid va boshqa xatolar boʻlgan taqdirda patent berish toʻrisidagi qarorni tayyorlashda formulaga tegishli tuzatishlar kiritiladi.


265. Belgilangan patent boji toʻlangan taqdirda Vazirlik Qonunning 24-moddasiga koʻra ixtironi Ixtirolar davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazadi va Qonunning 25-moddasiga muvofiq ixtiro roʻyxatdan oʻtkazilganligi xaqidagi ma’lumotlarni nashr qiladi.


§ 25. Patent berishni rad etish toʻrisidagi qaror

266. Talabnoma beruvchi tomonidan taklif etilgan formula bilan ifodalangan talabnoma berilgan ixtiro patentga layoqatlilikning hech boʻlmaganda birorta shartiga ("sanoatda qoʻllash mumkinlik", "yangilik", "ixtirolik darajasi") muvofiq emasligii aniqlangan holda talabnoma beruvchiga ixtiroga patent berilishi mumkin emasligi haqida, ushbu soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida ekspertiza xulosalariga nisbatan oʻz fikrini ma’lum qilish taklif etilgan soʻrovnoma yuboriladi.

Talabnoma beruvchiga, shuningdek agar, eslatib oʻtilgan uch oylik muddat ichida koʻrsatib oʻtilgan mazmundagi xabarni taqdim etmasa, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanishi haqida xabar qilinadi.


267. Talabnoma beruvchining iltimosnomasiga asosan Davlat muassasasi tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddat tiklangan holda ish yuritish davom ettirilishi mumkin.

268. Talabnoma beruvchidan ekspertizaning fikriga nisbatan roziligi kelib tushganda patent berishni rad etish toʻrisidagi qaror yuboriladi.

Patent berishni rad etish uchun sabab boʻlgan holatlar bilan tanishgandan soʻng talabnoma beruvchi tomonidan talabnoma berilgan ixtironing patentga layoqatliligi haqidagi dalillar taqdim etilgan boʻlib, ammo ular ekspertiza xulosasini oʻzgartirmagan holda qarorda koʻrsatib oʻtilgan dalillarning tahlili keltiriladi.

Agar qarorda axborot manbaiga izoh keltirilgan boʻlsa, uning bibliografiya ma’lumotlarini koʻrsatishda ushbu Qoidalarning 216-bandida koʻrsatilgan shartlarga amal qilinishi lozim.


269. Agar bitta mustaqil band va boliq bandlarga ega boʻlgan koʻp zvenoli formulada ta’riflangan talabnoma berilgan ixtiro mustaqil bandga nisbatan patentga layoqatlilikning birorta shartiga muvofiq emasligii aniqlangan holda va talabnoma beruvchi formulaning ushbu bandni tuzatishdan bosh tortgan holda patent berishni rad etish toʻrisida qaror chiqariladi.

270. Agar talabnoma berilgan ixtirolar guruhining koʻp zvenoli formulasida (uning turli mustaqil bandlarida yoki bittasida) ta’riflangan ixtirolardan biri yoki har xil alternativ belgilarni ichiga olgan belgilar majmui patentga layoqatlilikning shartlaridan biriga muvofiq emasligii aniqlangan boʻlsa va talabnoma beruvchi formulani tuzatishdan  yoki ushbu ixtiro ta’rifini formuladan chiqarib tashlashdan bosh tortgan holda koʻrsatilgan belgilar majmuiga patent berishni rad etish toʻrisida qaror chiqariladi.

Bu holda qarorda patentga layoqatli deb xulosa olingan boshqa ixtironing (ixtirolarning) patentga layoqatliligi tasdiqlanadi.


271. Agar koʻrilayotgan talabnoma boʻyicha ixtironing patentga layoqatliligi aniqlangan boʻlib, lekin unga aynan oʻxshash ixtiro yoki ixtiroga, xuddi shunday ustuvorlik sanasiga ega boʻlgan va chaqirib olinmagan yoki chaqirib olingan deb hisoblanmagan boshqa talabnoma boʻlsa, koʻrilayotgan talabnomaning talabnoma beruvchisiga bu haqida  va uning talabnomasi boʻyicha Qonunning 18-moddasi uchinchi qismida belgilangan shartlar bajarilgan holda patent berish mumkinligi haqida ma’lum qilinadi.

Boshqa talabnomaning talabnoma beruvchisi roziligi boʻlgan holda, koʻrilayotgan talabnomaning talabnoma beruvchisiga aynan oʻxshash ixtiro yoki ixtiroga talabnomaning bibliografiya ma’lumotlarini patent berish haqidagi ma’lumotlar chop etilgunga qadar ma’lum qilishga va uning mazmunini ochishga yoʻl qoʻyiladi.

Agar aynan oʻxshash ixtiroga yoki ixtiro va foydali modelga talabnoma bitta talabnoma beruvchi tomonidan topshirilgan boʻlsa, unga yuborilgan bildirishnomada oʻzi koʻrsatgan bitta talabnoma boʻyicha patent berilishi mumkinligi ma’lum qilinadi


272. Ixtirolarning (yoki ixtiro va foydali modelning) aynan oʻxshashligi talabnoma beruvchi tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan formulaning oxirgi tahririga asosan belgilanadi.

Ixtirolar (yoki ixtiro va foydali model), agar formuladagi mustaqil bandlarning mazmunlariga toʻliq mos tushsa, aynan oʻxshash deb e’tirof etiladi.



IV BOB. XALQARO TALABNOMANI

TOPShIRISh VA KOʻRIB ChIQISh


§ 26. Xalqaro talabnomani topshirish


273. RSTning 2(xv) moddasiga muvofiq Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasida qabul qiluvchi idora funksiyasini bajaradi, bunda u RST shartnomasi, Yoʻriqnomasi, BIMT Xalqaro byurosi tomonidan chop etiladigan tegishli qoʻllanmalar, va shuningdek, Qonun va ushbu Qoidalarga amal qiladi.

274. Xalqaro talabnoma Vazirlikka rus yoki ingliz tilida topshiriladi.

Xalqaro talabnoma uch nusхada topshirladi. Hamma hujjatlar, zarur boʻlgan hollarda ularni bevosita reproduksiya qilinib, cheklanmagan miqdorda nusxa koʻchirish imkoniyati boʻlgan tarzda rasmiylashtiriladi.

Har bir varaqning faqat bir tomonidan, qatorlarni varaqning kichik tomoniga parallel joylashtipilgan holda foydalaniladi.

Agar xalqaro talabnoma talab qilingandan kam nusхada topshirilgan boʻlsa, Yoʻriqnomaning 21.1(s) qoidasiga koʻra talabnoma beruvchi belgilangan tarifni toʻlagan  holda qabul qiluvchi idora nusхalarning kerakli sonini tayyorlab beradi.

Xalqaro talabnoma arizasi mahsus blankda yoki kompyuterdan chiqarilgan holda topshiriladi.

Agar xalqaro talabnoma PCT-SAVE dasturiy ta’minotidan foydalangan holda rasmiylashtirilgan boʻlsa, qoozda berilgan xalqaro talabnomaga PCT-SAVE formatidagi ariza va txt formatidagi referatni oʻz ichiga olgan mashinada oʻqiladigan axborot tashuvchi ilova qilinadi.

Tarkibida nukleotidlar va/yoki aminokislotalarning ochilgan ketma-ketligi boʻlgan xalqaro talabnomada ST.25 BIMT standarti talablariga javob beradigan ketma-ketliklar roʻyxati talabnoma tavsifining alohida qismi koʻrinishida beriladi.


275. Oʻzbekiston Respublikasida yaratilgan ixtiroga xalqaro talabnoma quyidagi shartlardan biri bajarilgan holda topshirilishi mumkin:

xalqaro talabnoma topshirilgunga qadar ixtiro yoki foydali modelga Oʻzbekiston Respublikasi patentini berish uchun milliy talabnoma Vazirlikka topshirilgan;

xalqaro talabnoma arizasida Oʻzbekiston Respublikasi talabnoma beruvchi patentini olishni istagan davlat sifatida koʻrsatilgan.


276. Xalqaro talabnoma RST shartnomasining 11(1) va 14-moddalarining talablariga muvofiqligi tekshiriladi. Tekshirishi ijobiy natija bilan yakunlangan xalqaro talabnoma boʻyicha xalqaro topshirish sanasi belgilanadi.



§ 27. Xalqaro talabnomani joʻnatish


277. Xalqaro topshirish sanasi belgilangan xalqaro talabnoma Vazirlik tomonidan RST shartnomasining 12-moddasi talablariga koʻra BIMT Xalqaro byurosiga  va Xalqaro patent qidiruvi organiga joʻnatiladi.


§ 28. Milliy faza


278. RST shartnomasining 2-moddasiga koʻra Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasida koʻrsatilgan va tanlangan idoralar funksiyasini bajaradi, bunda u RST shartnomasi, Yoʻriqnomasi, BIMT Xalqaro byurosi tomonidan chop etiladigan tegishli qoʻllanmalar, va shuningdek, Qonun va ushbu Qoidalarga amal qiladi.

279. RST shartnomasining 25(2)-moddasi va Yoʻriqnomaning 51-qoidasiga  muvofiq Vazirlik istalgan qabul qiluvchi idoraning yoki BIMT Xalqaro byurosining xalqaro talabnomaga nisbatan qarorini qaytadan koʻrib chiqishi va shuningdek, RST shartnomasining 24(2) yoki 39(3)-moddalariga muvofiq talabnoma beruvchining iltimosnomasiga binoan, agar uning iltimosnomada keltirgan dalillari asoslangan deb hisoblasa, xalqaro talabnomaning amal qilishini saqlab qolishi mumkin.

280. Oʻzbekiston Respublikasi talabnoma beruvchi patentini olishni istagan davlat sifatida koʻrsatilgan, RST shartnomasining 11(1) moddasiga muvofiq xalqaro topshirish sanasi belgilangan hamda RST shartnomasining 24-moddasiga koʻra chiqarib tashlangan deb hisoblanmaydigan va Oʻzbekiston Respublikasida amal qilishi saqlangan xalqaro talabnoma Qonunga muvofiq koʻrib chiqiladi.


281. RST shartnomasining 22(1), 39(1)-moddalariga muvofiq xalqaro talabnomani koʻrib chiqish boshlanadigan sana sifatida 2(xv) moddada koʻrsatilgan xalqaro talabnomaning ustivorlik sanasidan e’tiboran oʻttiz bir oylik muddat oʻtadigan sana hisoblanadi. RST shartnomasining 23(2)-moddasiga muvofiq talabnoma beruvchining iltimosnomasiga binoan xalqaro talabnomani koʻrib chiqish belgilangan muddatdan avval boshlanishi mumkin.


282. Xalqaro talabnomani milliy fazaga oʻtkazish uchun talabnoma beruvchi tomonidan xalqaro talabnomaning ustivorlik sanasidan e’tiboran oʻttiz bir oylik muddat oʻtgunga qadar kamida xalqaro talabnomaning oʻzbek yoki rus tilidagi arizasi yoki boshqa tilda topshirilgan xalqaro talabnoma tarkibidagi arizaning oʻzbek yoki rus tiliga tarjimasi, xalqaro talabnomaning nashr varai, ixtiro formulasining oʻzbek yoki rus tiliga tarjimasi taqdim etiladi. Xalqaro talabnoma tarkibidagi arizaning oʻzbek yoki rus tiliga tarjimasi oʻrniga Qonunda koʻzda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasida patent berish toʻrisidagi ariza topshirilishi mumkin.


283. Xalqaro talabnoma hujjatlariga talabnomani topshirish uchun belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat yoki uni toʻlashdan ozod etish, yoki miqdorini kamaytirishga asoslar mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi.


284. Xalqaro talabnoma arizasining oʻzbek yoki rus tiliga tarjimasiga talabnoma tavsifi (tavsifning nukleotidlar va/yoki aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxatini oʻz ichiga olgan qismidan tashqari), ixtiro formulasi, chizmalarga oid matnlar va referatning oʻzbek yoki rus tiliga tarjimasi xalqaro talabnomani topshirish sanasida topshirilgan koʻrinishda ilova qilinadi.

RST shartnomasining 19-moddasiga muvofiq oʻzgartirilgan formulali xalqaro talabnoma milliy fazaga oʻtkazilgan holda oʻzgartirilgan formulaning oʻzbek yoki rus tiliga tarjimasi, kiritilgan oʻzgartirishlarga nisbatan tushuntirishlarning tarjimasi bilan birga beriladi.

Xalqaro talabnoma ixtiro formulasi, tavsif va chizmalarga RST shartnomasining 34(2b)-moddasiga muvofiq kiritilgan oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda milliy fazaga oʻtkazilganda Xalqaro dastlabki ekspertiza organi tomonidan qabul qilingan oʻzgartishlar hisobga olingan xalqaro talabnomaning oʻzbek yoki rus tiliga tarjimasi taqdim etiladi.

Tarkibida nukleotidlar va/yoki aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxati boʻlgan xalqaro talabnomaga ushbu ketma-ketliklar roʻyxati yozilgan BIMT ST.25 standarti talablarini qanoatlantiradigan mashinada oʻqiladigan axborot tashuvchi (disketa) va mashinada oʻqiladigan shakldagi axborot qoozda berilgan ketma-ketliklar roʻyxati bilan aynan bir xil ekanligi haqida talabnoma beruvchi yoki uning vakili tomonidan imzolangan ariza ilova qilinadi.



§ 29. Xalqaro talabnomani koʻrib chiqish


285. RST shartnomasining 23 va 40-moddalariga muvofiq xalqaro talabnomani koʻrib chiqish  xalqaro talabnomada soʻralgan ustivorlik sanasidan oʻttiz bir oy oʻtgandan soʻng talabnoma beruvchi tomonidan ushbu Qoidalarning 282-284-bandlarida keltirilgan hujjatlar taqdim etilgan holda boshlanadi.


286. Talabnoma beruvchining iltimosnomasiga binoan xalqaro talabnomani koʻrib chiqish belgilangan muddatdan avval boshlanishi mumkin.

Xalqaro talabnomani koʻrib chiqishni koʻrsatilgan muddatdan avval boshlash haqidagi iltimosnoma talabnoma beruvchi tomonidan xalqaro chop etish sanasigacha berilgan holda talabnomaning oʻzbek yoki rus tiliga tarjimasi bilan birga xalqaro talabnomaning qabul qiluvchi idora tomonidan tasdiqlangan va xalqaro topshirish sanasi belgilangan nushasi taqdim etiladi.


287. Talabnoma beruvchiga xalqaro talabnoma hujjatlari kelib tushgani haqida talabnomaga berilgan roʻyxat raqami va  hujjatlar kelib tushgan sana koʻrsatilgan holda bildirishnoma yuboriladi.


288. Agar Qoidalarning 282-bandida koʻrsatilgan hujjatlar talabnoma beruvchi tomonidan belgilangan muddatda taqdim etilmaganligi aniqlangan holda RST shartnomasining 24(1)(iii), 39(2)-moddalariga muvofiq xalqaro talabnomaning Oʻzbekiston Respublikasida amal qilishi toʻxtatiladi.

Belgilangan muddat oʻtgandan keyin taqdim etilgan hujjatlar Yoʻriqnomaning 49.6-qoidasida koʻzda tutilganidek talabnoma beruvchi tomonidan belgilangan muddat oʻtkazib yuborilishiga uzrli sabablar tasdiqlanishi va belgilangan boj toʻlanishi sharti bilan koʻrib chiqishga qabul qilinishi mumkin.



§ 30. Xalqaro talabnoma rasmiy ekspertizasi


289. RST shartnomasining 11(3)-moddasiga muvofiq xalqaro talabnoma topshirilgan sana sifatida uning xalqaro topshirish sanasi qabul qilinadi. 


290. Rasmiy ekspertiza oʻtkazishda ushbu Qoidalarning 159-170-bandlaridagi talablarga rioya qilingani, va shuningdek quyidagilar:

arizada keltirilgan ma’lumotlar xalqaro talabnomaning nashr varaida koʻrsatilgan bibliografiya ma’lumotlariga mosligi;

talabnoma beruvchining nomi oʻzgargani haqidagi, mualliflar, soʻralayotgan ustivorlik haqidagi hujjatlar mavjudligi;

Xalqaro patent qidiruvi hisoboti va/yoki Xalqaro dastlabki ekspertiza xulosasi mavjudligi tekshiriladi.


291. Agar Xalqaro patent qidiruvi hisoboti va yoki Xalqaro dastlabki ekspertiza xulosasida ixtiro birligi talabi buzilgani haqida xulosa va ularning asoslanishi berilgan boʻlib, talabnoma beruvchi tomonidan RST shartnomasining 17(3a) va 34(3a)-moddalarida koʻzda tutilgan qoʻshimcha bojlar toʻlanmagani sababli xalqaro talabnomaning biron-bir qismlari boʻyicha Xalqaro patent qidiruvi hisoboti va/yoki Xalqaro dastlabki ekspertiza xulosasi tuzilmagan boʻlsa, koʻrsatilgan qismlar qoʻshimcha boj toʻlanishi sharti bilan koʻrib chiqishga qabul qilinishi mumkin.

Qoʻshimcha boj toʻlanmagan holda xalqaro talabnomaning faqat Xalqaro patent qidiruvi hisoboti berilgan va/yoki Xalqaro dastlabki ekspertiza oʻtkazilgan qismlari koʻrib chiqishga qabul qilinadi.


292. Agar xalqaro talabnoma rasmiy ekspertizasini oʻtkazish jarayonida talabnoma uning hujjatlariga qoʻyilgan talablar buzilgan holda rasmiylashtirilgani aniqlansa, mavjud boʻlmagan yoki tuzatilgan hujjatlarni soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida taqdim etish taklif qilingan soʻrovnoma yuboriladi.


293. Agar talabnoma tarkibida barcha kerakli hujjatlar mavjud boʻlib, ularga nisbatan ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga rioya qilingan boʻlib, talabnoma berilgan taklif patentga layoqatli deb e’tirof etilmaydigan ob’ektlar roʻyxatiga kirmagan holda talabnoma beruvchiga talabnoma koʻrib chiqishga qabul qilingani toʻrisida qaror yuboriladi.



§ 31. Xalqaro talabnomaning mohiyati

boʻyicha ekspertizasi


294. Xalqaro talabnomaning mohiyati boʻyicha ekspertizasi ushbu Qoidalarning 17-22, 24, 25-paragraflariga muvofiq oʻtkaziladi.

RST shartnomasining 27(5)-moddasiga muvofiq texnika taraqqiyoti darajasini aniqlash va talabnoma berilgan ixtironing patentga layoqatlik shartlariga muvofiqligini tekshirishda Vazirlik va Davlat muassasasi Qonun va ushbu Qoidalarning tegishli talablariga amal qiladi.

295. Mohiyati boʻyicha ekspertiza oʻtkazishda qoʻshimcha ravishda quyidagilar amalga oshiriladi:

xalqaro talabnomani milliy fazaga oʻtkazishda talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan ixtiro formulasini, agar u mohiyati boʻyicha ekspertiza oʻtkazilgunga qadar oʻzgartirilgan boʻlsa, oʻzgartirilgan ixtiro formulasini ushbu Qoidalarning 174-bandiga muvofiq tekshirish;

talabnoma hujjatlariga oʻzgartishlar qoʻshimchalar kiritishni koʻzda tutadigan qoʻshimcha materiallarni ushbu Qoidalarning 22- paragrafiga muvofiq tekshirish. 


296. Mohiyati boʻyicha ekspertiza oʻtkazishda Yoʻriqnomaning 13-qoidasiga muvofiq ixtiro birligi talabi buzilganligi aniqlangan holda, RST shartnomasining 27(4)-moddasiga koʻra ixtiro birligi talabiga mosligi ushbu Qoidalarning 4-bandiga muvofiq oʻtkaziladi. Agar ushbu Qoidalarning 4-bandiga muvofiq tekshirish natijasi ijobiy boʻlgan holda talabnoma beruvchiga xabar beriladi.

Agar talabnoma beruvchi RST shartnomasi va Yoʻriqnoma talablarini qoʻllashni qat’iy talab qilsa, yakuniy xulosa ixtiro birligi talablarini Yoʻriqnomaga muvofiq tekshirish natijalari boʻyicha talabnoma beruvchi tomonidan asos va dalillarni hisobga olgan holda chiqariladi.


297. Agar xalqaro talabnoma talabnoma beruvchi tomonidan milliy fazaga RST shartnomasining 19-moddasiga muvofiq oʻzgartirilgan va BIMT Xalqaro byurosi tomonidan xalqaro talabnoma bilan birga yoki unga qoʻshimcha ravishda, va/yoki RST shartnomasining 34-moddasiga muvofiq oʻzgartirilgan formula, tavsif, chizmalarni hisobga olgan holda chop etilgan hamda Halqaro dastlabki ekspertiza organi tomonidan qabul qilingan ixtiro formulasini hisobga olgan holda oʻtkazilgan boʻlsa, ushbu oʻzgartishlar xalqaro talabnomaning birinchi materiallari doirasidan chiqib ketmaganligi tekshiriladi, bunday materiallar sifatida xalqaro topshirish sanasida talabnoma tarkibida mavjud boʻlgan materiallar  hisobga olinadi.

Xalqaro talabnomaga milliy fazada kiritilgan (xususan, Vazirlikka xalqaro talabnomaning oʻzbek yoki rus tiliga tarjimasi bilan bir vaqtda taqdim etilgan) oʻzgartishlarni tekshirish Qonunga va ushbu Qoidalarning 22-paragrafiga muvofiq oʻtkaziladi.

Xalqaro talabnomaga kiritilgan oʻzgartishlarga yoʻl qoʻyilishi mumkinligini tekshirishda Davlat muassasasi zarur hollarda talabnoma beruvchidan xalqaro topshirish sanasida xalqaro talabnoma tarkibida mavjud boʻlgan hujjatlarni soʻrab olishi mumkin.

298. Qonunning 20-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq talabnoma beruvchining oʻz tashabbusiga koʻra xalqaro talabnomaga boj toʻlamasdan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish huquqi boʻlgan muddat xalqaro talabnomani Qonunga muvofiq koʻrib chiqish boshlangan sanadan e’tiboran hisoblanadi.






Qoidalarga

1-ILOVA

(21) TALABNOMA RAQAMI

(22) Talabnoma hujjatlarini

TOPSHIRISH SANASI

YOZISHMALAR UCHUN MANZIL

(Xat oluvchining to`liq pochta

manzili, ismi va nomi)



Tyelyefon:                Faks: 

E-mail:

(85) Xalqaro talabnomani milliy fazaga

O`TKAZISH SANASI

(O`zbyekiston Ryespublikasi Adliya vazirligi  tomonidan to`ldiriladi)

(86)          


(Xalqaro talabnomaning qabul qiluvchi idora  tomonidan ro`yхatdan o`tkazish raqami va topshirish sanasi)


(87)


(Xalqaro talabnomani хalqaro e`lon qilish

byelgilangan raqami va sanasi)

Iхtiroga O`zbyekiston Ryespublikasi

patyentini byerish to`g`risida

ARIZA

O`zbyekiston Ryespublikasi

Adliya vazirligi (pochta aloqasi),

Tel.: ______ E-mail: ___________

(54) IXTIRO NOMI

(71) TALABNOMA BYeRUVCHI

q jismoniy shaхs                                              q yuridik shaхs




(To`liq nomi yoki nomlanishi va mamlakatning nomi va to`liq pochta manzilini ham ichiga olgan holda yashash joyi yoki joylashgan yeri ko`rsatiladi. Muallif-talabnoma byeruvchilarning yashash joyi to`g`risidagi ma`lumotlar "Mualliflar" grafasida kyeltiriladi)


Ushbu shaхs quyidagi bo`lib hisoblanadi:

q muallif                                                           q muallifning huquqiy vorisi

q ish byeruvchi                                                  q ish byeruvchining huquqiy vorisi

OKPO bo`yicha tashkilot KODI





BIMT ST.3 standarti bo`yicha mamlakat KODI

USTUVORLIKNI BYeLGILASH UCHUN ARIZA

(Patyent idorasiga talabnoma kyelib tushgan sanadan avvalroq ustuvorlik so`ralganda to`ldiriladi)

Iхtiro ustuvorligini quyidagi sana bo`yicha byelgilashingizni so`rayman:

q Sanoat mulki muhofazasi bo`yicha Parij konvyensiyasi ishtirokchisi bo`lgan mamlakatda birinchi talabnomani topshirish sanasi bo`yicha ("Iхtirolar, foydali modyellar va sanoat namunalari to`g`risida"gi


O`zbyekiston Ryepsublikasi Qonunining (bundan kyeyin - Qonun) 2-qism, 18-moddasining birinchi хatboshisi)

q Patyent idorasiga avvalroq topshirilgan talabnomaning kyelib tushish sanasi bo`yicha (Qonunning 2-qism, 18-moddasining ikkinchi хatboshisi)


q avvalroq topshirilgan talabnomaga qo`shimcha matyeriallarning kyelib tushish sanasi bo`yicha (Qonunning 2-qism, 18-moddasining uchinchi хatboshisi)

(31) Birinchi (avvalroq topshirilgan, dastlabki) talabnoma raqami

(32) So`ralayotgan ustuvorlik sanasi

(33) BIMT ST.3 standarti bo`yicha talabnoma topshirayotgan tomonning mamlakat kodi

(konvyension ustuvorlik so`ralganda)













Talabnoma byeruvchining vakili etib tayinlangan

q (74) Patyent VAKILI (to`liq ismi, ro`yхatdan o`tish raqami, turar joyi)



Tyelyefon:                                                     Faks:                                                   ye-mail:

ILOVA QILINAYOTGAN HUJJATLAR RO`YXATI

1 nushadagi varaqlar soni

Nushalar soni

q iхtiro tavsifi

q kyetma-kyetliklar ro`yхati



q iхtiro formulasi (mustaqil bandlar soni)



q chizma(lar) va boshqa matyeriallar



q Iхtiro ryefyerati



q talabnomani topshirish uchun patyent boji to`langanligi to`g`risidagi hujjat



q patyent bojini to`lashdan ozod etish uchun asoslar mavjudligini tasdiqlovchi hujjat



q birinchi talabnomaning nushasi (konvyension ustuvorlik so`ralganida)



q talabnomaning o`zbyek yoki rus tillaridagi tarjimasi



q patyent vakili vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma



q Boshqa hujjat (ko`rsatilsin)




(72) Muallif(lar)

(familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, ilmiy darajasi va ish joyi ko`rsatiladi)

To`liq uy manzili, mamlakatning rasmiy nomini va uning BIMT ST.3 standarti bo`yicha kodini o`z ichiga oladi


Myen, ______________________________________________________________________

                                                                          (to`liq ismi)


q talabnoma to`g`risida               q patyent byerilishi to`g`risidagi ma`lumotlar e`lon qilinganda myeni muallif sifatida ko`rsatmasligingizni so`rayman.



Muallif imzosi:

      

Imzo:


Talabnoma byeruvchi yoki patyent vakilining imzosi va imzolash sanasi (yuridik shaхs nomidan imzolanganda rahbarning yoki boshqa vakolatli shaхsning imzosi muhr bilan tasdiqlanadi)





Qoidalarga

2-ILOVA

Kelib tushish sanasi

Kirish raqami N

(O`zbyekiston Ryespublikasi Adliya vazirligi tomonidan to`ldiriladi)

O`zgartirish(lar) kiritish to`grisida

ARIZA

O`zbyekiston Ryespublikasi

Adliya vazirligi (pochta aloqasi),

Tel.: ______ E-mail: ___________

(21) Talabnoma raqami N


(22) Talabnoma topshirilgan sana


(71) Talabnoma beruvchi

(98) Yozishmalar uchun manzil (to`liq pochta manzili , oluvchining ismi yoki nomlanishi)



Telefon:                                                      Faks:                                             E-mail

(74) Patent vakili (to`liq ismi, ro`yxatdan o`tkazilgan raqami)

Patent vakilining manzili (to`liq pochta manzili)


Telefon:                                                      Faks:                                             E-mail:

Ushbu arizani taqdim etgan holda talabnoma materiallaridagi quyidagilarga o`zgartirish(lar) kiritishingizni so`rayman

q talabnoma beruvchining ismi (nomlanishi)

q talabnoma beruvchining manzili

q yozishmalar uchun manzil

q talabnoma materiallari

Tuzatilishi kerak bo`lgan malumotlar:

Tuzatilgan qurinishdagi malumotlar:

q Davomini alohida varaqda ko`ring

       Arizaga ilova(lar):

q patent bojini belgilangan miqdorda to`langanligini

     tasdiqlovchi hujjat

q davomi uchun varaqlar

q boshqa hujjatlar (ko`rsatilsin)

nusxalar soni

betlar soni




Imzo (lar):

Talabnoma beruvchi(lar) yoki patent vakilining yoki talabnoma beruvchining boshqa vakili imzosi, imzo(lar) qo`yilgan sana (yuridik shaxs nomidan imzolanganda rahbarning yoki boshqa vakolatli shaxsning imzosi muhr bilan tasdiqlanadi)





Qoidalarga

3-ILOVA

Kelib tushish sanasi

Kirish raqami N

(O`zbyekiston Ryespublikasi Adliya vazirligi tomonidan to`ldiriladi)

Talabnoma beruvchini o`zgartirish to`grisidagi yozuvni kiritish to`grisida

ARIZA

O`zbyekiston Ryespublikasi

Adliya vazirligi (pochta aloqasi),

Tel.: ______ E-mail: ___________

(21) Talabnoma raqami N


(22) Talabnoma topshirilgan sana


(71) Talabnoma beruvchi

(98) Yozishmalar uchun manzil (to`liq pochta manzili , oluvchining ismi yoki nomlanishi)


Telefon:                                                Faks:                                             E-mail:

(74) Patent vakili (to`liq ismi, ro`yxatdan o`tkazilgan raqami)

Patent vakilining manzili (to`liq pochta manzili)


Telefon:                                                 Faks:                                             E-mail:

Ushbu arizani taqdim etgan holda Talabnoma materiallariga talabnoma beruvchini o`zgartirish to`grisidagi yozuvni kiritishingizni so`rayman.

Talabnoma beruvchini o`zgartirish uchun asoslar:


q talabnoma beruvchining o`zgartirilishi kontrakt, shartnomani imzolash natijasi bolib hisoblanadi; quyidagi hujjatlardan biri ilova qilinadi:


q kontrakt, shartnomaning tasdiqlangan nusxasi

q kontrakt, shartnomadan tasdiqlangan kochirma

q huquqni berish to`grisidagi hujjat


q talabnoma beruvchining o`zgartirilishi qayta tashkil qilish natijasi b`olib hisoblanadi;

q qayta tashkil qilishni tasdiqlaydigan hujjatning nusxasi ilova qilinadi va u quyidagi hujjatlardan birining asliga muvofiqligi bo`yicha tasdiqlangan bo`lishi kerak:


q talabnoma beruvchining o`zgartirilishi kontrakt, shartnomani imzolash yoki qayta tashkil qilish natijasi bo`lib hisoblanadi


q ushbu o`zgarishni isbotlaydigan hujjatning nusxasi ilova qilinadi va hujjatning asliga muvofiqligi bo`yicha tasdiqlangan bo`lishi kerak

Yangi talabnoma beruvchi

Talabnoma beruvchining pochta manzili



Telefon:                                                 Faks:                                             E-mail:

Yozishmalar uchun manzil (to`liq pochta manzili , oluvchining ismi yoki nomlanishi)



Telefon:                                                Faks:                                             E-mail:

Patent vakili (to`liq ismi, ro`yxatdan o`tkazilgan raqami)


Patent vakilining manzili (to`liq pochta manzili)

Telefon:                                                Faks:                                             E-mail:

Arizaga ilova(lar):


q patent bojini belgilangan miqdorda to`langanligini

tasdiqlovchi hujjat

q davomi uchun varaqlar

q boshqa hujjatlar (ko`rsatilsin)

nusxalar soni

betlar soni



Imzo va muhr



Avvalgi talabnoma beruvchi:                    Imzolangan sanasi:



Yangi talabnoma beruvchi:                          Imzolangan sanasi:



Patent vakili:                                           Imzolangan sanasi:





Qoidalarga

4-ILOVA

Kelib tushish sanasi


Qayd etish raqami N


(O`zbyekiston Ryespublikasi Adliya vazirligi tomonidan to`ldiriladi)

Tuzatish(lar) kiritish to`grisida

ARIZA


O`zbyekiston Ryespublikasi

Adliya vazirligi (pochta aloqasi),

Tel.: ______ E-mail: ___________

(21) Talabnoma raqami N


(22) Talabnoma topshirilgan sana


(71) Talabnoma beruvchi

(98) Yozishmalar uchun manzil (to`liq pochta manzili , oluvchining ismi yoki nomlanishi)


Telefon:                                                Faks:                                          E-mail:

(74) Patent vakili (to`liq ismi, ro`yxatdan o`tkazilgan raqami)

Patent vakilining manzili (to`liq pochta manzili)


Telefon:                                                Faks:                                          E-mail:

Ushbu Arizani taqdim etgan holda Talabnoma materiallariga quyida bayon qilinganlarga muvofiq tuzatishlar kiritishingizni so`rayman:

Tuzatilishi kerak bo`lgan malumotlar:

q Davomini alohida varaqda ko`ring

Tuzatilgan qurinishdagi malumotlar:

q Davomini alohida varaqda ko`ring

q Arizaga ilova(lar):

q patent bojini belgilangan miqdorda to`langanligini

     tasdiqlovchi hujjat

q davomi uchun varaqlar

q  boshqa hujjatlar (ko`rsatilsin)

nusxalar soni

betlar soni



Imzo (lar):

Talabnoma beruvchi(lar) yoki patent vakilining yoki talabnoma beruvchining boshqa vakili imzosi, imzo(lar) qo`yilgan sana (yuridik shaxs nomidan imzolanganda rahbarning yoki boshqa vakolatli shaxsning imzosi muhr bilan tasdiqlanadi)


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz)