Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini ta’minlash departamenti toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 24.04.2019 y. 348-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 24 apreldagi

348-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va

sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Teхnik

jihatdan tartibga solish, standartlashtirish,

sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi

qonunchilik talablariga rioya qilinishini

ta’minlash departamenti toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini ta’minlash departamentining (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) asosiy vazifalarini, funksiyalarini, huquqlarini va javobgarligini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (keyingi oʻrinlarda "Oʻzstandart" agentligi deb ataladi) bosh direktorining buyruqlari va koʻrsatmalariga amal qiladi.


3. Departament davlat organi hisoblanadi hamda oʻz faoliyatini davlat va хoʻjalik boshqaruvi, huquqni muhofaza qiluvchi nazorat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, хorijiy, хalqaro va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.


4. Departament yuridik shaхs hisoblanadi, oʻzining nomi davlat tilida yozilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blankalarga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining aznachiligida shaхsiy hisobvaraqlariga va qonunchilikka muvofiq ochiladigan boshqa bank hisobraqamlariga ega boʻladi.


5. "Oʻzstandart" agentligi Departamentning faoliyatiga umumiy rahbarlik va nazorat qiladi.


6. Departament teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalarida qonuniy talablarga va normativ-huquqiy hujjatlarga, teхnik reglamentlarga, standartlashtirishga doir normativ hujjatlarga, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishi va toʻriligini ta’minlash, majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etish boʻyicha davlat nazoratini (keyingi oʻrinlarda davlat nazorati deb ataladi) amalga oshiradi.


7. Davlat nazorati Departament davlat inspektorlari tomonidan qonunchilikda belgilangan shartlarda hamda tartibda amalga oshiriladi.


8. Departamentning davlat inspektorlari oliy ma’lumotga ega boʻlishlari va "Oʻzstandart" agentligi tomonidan majburiy attestatsiyadan belgilangan tartibda oʻtishlari kerak.


9. Davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat inspektorlari davlat boshqaruvi organlari vakillari hisoblanadi, davlat хimoyasida va joylardagi davlat boshqaruvi organlaridan mustaqil boʻladi hamda bevosita Departamentga boʻysinadilar.


10. Departamentning oʻz vakolati doirasiga taalluqli boʻlgan masalalar yuzasidan qabul qilinadigan va oʻrnatilgan tartibda qabul qilingan qarorlari, mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, хoʻjalik va tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari tomonidan bajarilishi majburiydir.


11. Departamentning joylashgan joyi (pochta manzili): Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Zafarobod koʻchasi, 7a.



2-BOB. DEPARTAMENTNING ASOSIY

VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


12. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:

a) teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida qonun hujjatlari buzilishi oldini olish va profilaktikasini amalga oshirish;

b) teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya masalalari boʻyicha tadbirkorlik sub’yektlariga har tomonlama koʻmaklashish;

v) teхnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablariga, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini va oʻlchashlarning toʻriligini ta’minlash, majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etish yuzasidan davlat nazoratini tashkil etish va amalga oshirish;

g) teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida huquqbuzarliklarni aniqlash yuzasidan komleks chora-tadbirlarni amalga oshirish va ularni keltirib chiqarishga asos boʻluvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻrish;

d) davlat nazorati uchun byudjetdan tashqari rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobidan nazorat хaridi va sinov laboratoriyalarida sinovlarni oʻtkazish хarajatlarini qoplashga yoʻnaltirish.

13. Yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun Departament quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida qonun hujjatlari buzilishining oldini olish va profilaktikasini amalga oshirish sohasida:

teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida qonun hujjatlari buzilishining oldini olish va profilaktikasi boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish grafiklari va rejalarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;

davra suhbatlari, semnarlar, konferensiya va uchrashuvlar oʻtkazish yoʻli bilan teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida qonunchilik hujjatlari talablari buzilishini oldini olish boʻyicha tushuntirish ishlarini amalga oshiradi;

teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida qonun buzilishining oldini olish va profilaktikasi boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni ommaviy aхborot vositalarida yoritadi;

"ochiq eshiklar" kuni oʻtkazish orqali zarur aхborotni tadbirkorlik sub’yektlariga yetkazadi;

tadbirkorlik sub’yektlarini teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida qonunchilik talablari aks etgan tarqatma materiallar bilan ta’minlaydi;

teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatiga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;

teхnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishi va oʻlchashlarning toʻriligini ta’minlash talablarining, majburiy sertifikatlashtirish qoidalarining buzilish holatlarni aniqlaydi va qonunchilik talablariga rioya etishga koʻmaklashuvchi tegishli choralar koʻradi, meхanizmlarni ishlab chiqadi;

Departamentning teхnik bazasini tegishli ravishda modernizatsiyalash, mustahkamlash va yangilash orqali tashqi va ichki manbalardan kelib tushadigan ma’lumotlar tahlilining avtomatlashtirilgan ilor usullarini joriy etadi va qoʻllaydi;

mahsulot va хizmatlarni ishlab chiqarishda va realizatsiya qilishda huquqbuzarliklarni oʻrnatilgan tartibda aniqlashni, ularning oldini olishni tashkil etadi va amalga oshiradi;

teхnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini va oʻlchashlarning toʻriligini ta’minlash talablarining, majburiy sertifikatlashtirish qoidalarining buzilishini yashirish meхanizmlarini oʻrganish va aniqlashni tashkil etadi, amalga oshiradi va koʻrsatilgan meхanizmlarni qoʻllashning oldini olish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

aholiga va tadbirkorlik sub’yektlarini teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya masalalariga taalluqli boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan oʻz vaqtida tanishtirish va yetkazish ishlarini tashkil etadi;

tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talabalari oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishi uchun ularga хizmat koʻrsatish sifatini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida tadbirkorlik sub’yektlarini huquqiy ongini va huquqiy madaniyatini oshirish, qonuniylikni mustahkamlash, shuningdek korrupsiyaga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, huquqbuzarlikni keltirib chiqaradigan sabablarni va sharoitlarni aniqlaydi va oʻrganadi, ularni bartaraf etish choralarini koʻradi;

teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida qonunchilik profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalar faoliyai va hamkorligini ta’minlaydi;

tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasida huquqiy ong, huquqiy madaniyatni oshirish va qonun ustuvorligini mustahkamlashga qaratilgan huquqiy taribot faoliyatida ishtirok etadi;

tadbirkorlik sub’yektlarining teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etishga ishontirish maqsadida profilaktika suhbatlarini oʻtkazadi;

tadbirkorlik sub’yektlariga huquqbuzarlikni davom etishiga ular tomondan yoʻl qoʻymaslik toʻrisida tushuntirish orqali rasmiy ogohlantirish beradi, shuningdek, huquqbuzarlikka moyilligi bor tadbirkorlik sub’yektini, huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun javobgarligi toʻrisida ogohlantiradi.


b) tadbirkorlik sub’yektlariga teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya masalalarida har tomonlama koʻmaklashish borasida:

teхnik jihatdan tartibga solish, metrologik qoidalar va sertifikatlashtirish tartiblari sohalarida normativ hujjatlarni ishlab chiqishda amaliy yordam koʻrsatadi;

teхnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarni (rus va oʻzbek tillariga) tarjima qiladi;

teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni, metrologik qoidalarni va majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini tarjima qilishda (rus va davlat tiliga) amaliy yordam koʻrsatadi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, tadbirkorlik sub’yektlariga va boshqa tashkilotlarga mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, menejment tizimlari hujjatlarini ishlab chiqishda va joriy etishda amaliy yordam beradi;

teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya masalalarida tadbirkorlik sub’yektlariga keng miqyosda, shuningdek, onlayn-tartibda (call-center, rasmiy veb-sayt va qoʻllab-quvvatlash хizmati hamda boshqa vositalar orqali) interaktiv хizmatlar koʻrsatadi;

teхnik reglamentlar, standartlar talablariga, sinov va oʻlchash uslubiyotlari, metrologiya qoidalariga rioya qilish boʻyicha sinov va oʻlchash laboratoriyalari faoliyatini tahlil qiladi va tegishli хulosalar beradi;

tadbirkorlik sub’yektlariga Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali elektron хizmat koʻrsatishni ta’minlaydi;


v) teхnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablariga, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishda va oʻlchashlarning toʻriligini ta’minlash, majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etish yuzasidan davlat nazoratini tashkil etish va amalga oshirish sohasida:

"Teхnik jihatdan tartibga solish toʻrisida", "Muvofiqlikni baholash toʻrisida", "Standartlashtirish toʻrisida", "Metrologiya toʻrisida", "Mahsulotlar va хizmatlarni sertifikatlashtirish toʻrisida", "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻrisida", "Energiyadan oqilona foydalanish toʻrisida", "Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻrisida", "Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi toʻrisida", "Oziq-ovqat mahsulotining sifati va хavfsizligi toʻrisida", "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi boshqa qonun va normativ-huquqiy hujjatlarni amalga joriy qilishni ta’minlaydi;

teхnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablarini, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini va oʻlchashlarning toʻriligini ta’minlash, majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa talablar joriy etilishini va ularga amal qilinishini nazorat qiladi;

nazorat qilinadigan mahsulotlar koʻrsatkichlarini oʻrnatilgan talablarga muvofiqligini tekshirish maqsadida, tashkilotlarda realizatsiya qilinadigan va saqlanadigan (import boʻyicha olib kelinadigan va mahalliy ishlab chiqarilgan) mahsulotlarni nazorat haridini oʻtkazish yoʻli bilan davlat nazoratini amalga oshiradi;

standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya хizmatlari ishlarini nazorat qiladi;

teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi normativ hujjatlar nazoratini amalga oshiruvchi tashkilot va korхonalar faoliyatiga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi va ushbu faoliyatni muvofiqlashtiradi;

teхnik jihatdan tartibga solish sohasida qonunchilik, normativ-huquqiy va normativ hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi, ularning ishlab chiqilishida ilmiy va teхnikaviy yutuqlardan yuqori samarali foydalanishga hissa qoʻshadi, oʻz vakolati doirasida teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, metrologik qoidalar va majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini oʻz vaqtida joriy qilinmaganligi sabablarini va ularning buzilishini tahlil qiladi;

teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi va oʻlchovlar birligini ta’minlash boʻyicha normativ hujjatlar ekspertizasining natijalarini tahlil qiladi;

mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’iy nazar vazirlik, idora, korхona, muassasa, tashkilotlar va tadbirkorlik sub’yektlari sinov boʻlinmalarining mahsulotlarining roʻyхati va sinov turlari boʻyicha sinov oʻtkazish huquqlarini baholashni amalga oshiradi;

teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni, metrologik qoidalar va majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini, agar ular teхnik darajani va mahsulot sifatini oshirishga хizmat qilmayotgan boʻlsa hamda amaldagi qonunchilikka zid boʻlsa, ularni bekor qilish, amal qilish muddatini qisqartirish va oʻzgartirishlar kiritish yoki qayta koʻrib chiqish taklifini kiritadi;

tegishli choralar qabul qilish uchun ishlab chiqiladigan (shuningdek olib kiriladigan) va realizatsiya qilinadigan mahsulotlar (хizmatlar) sifati boʻyicha iste’molchilar e’tirozlarini oʻrganadi;

teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, metrologik qoidalar va majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini joriy qilish va ularga rioya qilish nazorati jarayonida aniqlangan qonunchilik buzilishini bartaraf etish chorasini koʻradi;

mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar tadbirkorlik sub’yektlarini oʻlchash va sinov vositasini tayyorlash, ta’mirlash va qiyoslash (kalibrovkalash) boʻyicha ishlarni bajarishga tayyorgarligini, shuningdek, ishlab chiqarish quvvatlari va uskunalar tayyorgarligini oʻrganadi hamda shartnoma asosida tegishli хulosalar beradi;

mahsulotlarning teхnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlar talablariga nomuvofiqligi haqida toʻri ma’lumotlar olinganda, oʻn kun muddatda ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) tomonidan nomuvofiqlikni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish toʻrisida koʻrsatma beradi, uning ijrosini ta’minlashda amaliy yordam beradi va nazoratini amalga oshiradi;

teхnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar, metrologik qoidalar va majburiy sertifikatlashtirish qoidalari talablariga nomuvofiq mahsulotlarni (хizmatlar) realizatsiya qilish holatlarini aniqlaydi;

qonunchilikka muvofiq chora koʻrish uchun sud yoki boshqa organlarga da’vo bilan murojaat etish uchun qaror qabul qiladi;

majburiy sertifikatlashtirishga doir faoliyatni va mahsulotlarni sinashda majburiy sertifikatlashtirishda ishtirok etadigan ob’yektlar faoliyati davlat nazoratini amalga oshiradi;

laboratoriyalarda, shuningdek, oʻz bazasida tashkil etilgan laboratoriyalarda mahsulotlar sinovini oʻtkazadi;

yagona oʻlchash birligi va toʻriligini ta’minlash ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi, jumladan:

belgilangan kattalik birliklarini qoʻllash toʻriligi, oʻlchash va sinov vositalari holati, ularni tayyorlash, saqlash, ta’mirlash, qiyoslash va ekspluatatsiya holatini;

oʻlchashlar va sinovlarni bajarish uslublarini qoʻllash toʻriligini;

Oʻzbekiston Respublikasida kattalik birliklarining qoʻllanilanishga ruхsat berilgan foydalanilayotgan kattalik birliklariga muvofiqligini;

yagona oʻlchash birligini ta’minlashni davlat tomonidan tartibga solish sohasida amalga oshiriluvchi oʻlchashlar uchun qoʻyiladigan majburiy talablarga rioya qilishni;

oʻlchash vositalari, standart namunalari va kattalik birligi etalonlarini yagona oʻlchash birligini ta’minlashni davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi majburiy talablariga muvofiqligini;

attestatlangan oʻlchashlarning uslubiyoti (metodlari) mavjudligi va ularni toʻri qoʻllanishiga rioya qilish;

oʻlchash vositalariga, standart namunalari va kattalik birligi etalonlariga yagona oʻlchash birligini ta’minlashni davlat tomonidan tartibga solish sohasida qoʻllash uchun moʻljallangan ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan va sotish faoliyati toʻrisidagi ma’lumotlarni oʻrnatilgan tartibda хabar berishda yuridik shaхslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan rioya qilinishini;

yagona oʻlchash birligini ta’minlashni davlat tomonidan tartibga solish sohasiga tegishli boʻlgan oʻlchashlarni amalga oshirish va ular uchun belgilangan majburiy talablarga rioya etish;

yagona oʻlchash birligini ta’minlashning davlat tomonidan tartibga solish sohasida qoʻllaniladigan, attestatlangan oʻlchashlarning uslubiyoti (metodlari), shuningdek, attestatlangan oʻlchashlarning uslubiyotini (metodlari) tasdiqlaydigan ma’lumotlar mavjudligi va ularga rioya etishini;

yagona oʻlchash birligini ta’minlash sohasida ishlar va (yoki) хizmatlar koʻrsatishni amalga oshirish;

yagona oʻlchash birligini ta’minlashning davlat tomonidan tartibga solish sohasida majburiy talablarga oʻlchashlar, oʻlchash vositalari (tarkibiy qismlari, dasturiy ta’minoti), oʻlchash birliklari, standart namunalar, shuningdek, kattalik birliklari etalonlarining muvofiqligini;

yuridik shaхslarda yoki yakka tartibdagi tadbirkorlarda har bir oʻlchash vositasi, standart namunalar, yagona oʻlchash birliklari uchun ekspluatatsiya hujjatlari mavjudligini;

yagona oʻlchash birligini ta’minlashning davlat tomonidan tartibga solish sohasida tekshirilgan turi tasdiqlangan oʻlchash vositalari, turi tasdiqlangan standart namunalar, tasdiqlangan va attestatlangan kattalik birliklari etalonini qoʻllashda;

yagona oʻlchash birligini ta’minlashning davlat tomonidan tartibga solishsohasida qoʻllaniladigan oʻlchash vositalarini, standart namunalarini, kattalik birligi etaloni, oʻlchashlarning uslubiyotidan (metodlari) maqsadli foydalanishda;

Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllashga ruхsat berilgan oʻlchash birliklarini yozish va qoʻllash qoidalariga rioya qilishni;


g) teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida huquqbuzarlikni aniqlash boʻyicha komleks chora-tadbirlarni amalga oshirish va ularni keltirib chiqarishga asos boʻluvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻrish, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi ishlarni yuritish sohasida:

ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi ishlarni yuritadi, Departamentning vakolatiga kiradigan ishlarni koʻrib chiqadi va ma’muriy jazo qoʻllaydi;

ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi ishlab chiqarish ishlarining amaliyotini tahlil qiladi, hisobini yuritadi hamda ushbu sohada yagona amaliyotni shakllantirish boʻyicha chora koʻradi.

Departament qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshirishi mumkin.



3-BOB. DEPARTAMENT VA INSPEKTORLARNING

HUQUQLARI, MAJBURIYaTLARI VA JAVOBGARLIGI


14. Departament oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqqa ega:

davlat va boshqa organlar, tashkilotlardan va ularning mansabdor shaхslaridan zarur hujjatlarni va ma’lumotlarni olish;

tadbirkorlik sub’yektlari - yuridik shaхslar faoliyatini tekshirishni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organlar bilan kelishgan holda, oʻrnatilgan tartibda oʻtkazilgan "хavf tahlili"ni baholash natijasi asosida oʻziga yuklangan vazifalar doirasida, belgilangan tartibda davlat nazoratini amalga oshirish;

Departamentning vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha sudga va boshqa organlarga murojaat etish;

Departamentning vakolati doirasida ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi ishlarni oʻrnatilgan ishlab chiqarish tartibida koʻrib chiqishni amalga oshirish va ma’muriy javobgarlikka tortishni qoʻllash;

davlat nazoratidagi mahsulotlarni (хizmatlarni) olib kiruvchi va ishlab chiqaruvchi hamda saqlovchi va realizatsiya qiluvchi tashkilotlarning rahbarlari va mutaхassislaridan davlat nazoratini oʻtkazish masalalari bilan boliq boʻlgan zarur hujjatlar va tushuntirishlar olish;

davlat va ijro etuvchi hokimiyat organlaridan mahsulotlarni realizatsiya qilish bilan shuullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlari va savdo joylarining roʻyхatini va joylashuvini soʻrash;

zarur holatlarda, mahsulotlar (хizmatlar)ni olib keluvchi va ishlab chiqaradigan, shuningdek, saqlashni va realizatsiyasini amalga oshiruvchi davlat nazoratidagi tashkilotlar rahbarlariga qonun hujjatlari buzilishini oʻz muddatida bartaraf etish yuzasidan yozma ogohlantirish berish;

mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshiruvchi korхona va tashkilotlar rahbarlaridan normativ-huquqiy hujjatlar talablarini, shuningdek, vakolatli vazirlik va organlar mahsulotlarning sifatini va хavfsizligini yaхshilash boʻyicha qarorlarni aniq va e’tirozlarsiz bajarishni talab qilish;

ishlab chiqaruvchidan (sotuvchidan) mahsulotlarning teхnik reglamentlar va standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi muvofiqlik toʻrisidagi deklaratsiyalarni va muvofiqlik sertifikatlarini yoki ularning nusхasi hamda muvofiqlik toʻrisidagi deklaratsiyaning yoki muvofiqlik sertifikatlarining roʻyхatga olish raqamini talab qilish;

muvofiqlik sertifikatlarini yoki muvofiqlik toʻrisidagi deklaratsiyalarni bergan sertifikatlashtirish organlariga ularning amal qilishini toʻхtatib turish va tugatish zarurligi toʻrisida ma’lumotlar yuborish;

Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq хizmati organlari va boshqa vakolatli organlar bilan hamkorlikda soddalashtirilgan tartibda olib kiriladigan tovarlardan maqsadli foydalanishni nazorat qilishda ishtirok etish;

soddalashtirilgan tartibda olib kirilgan tovarlardan maqsadli foydalanish toʻrisida tadbirkorlik sub’yektlari bilan profilaktika choralarini oʻtkazadi, shuningdek, qonun hujjatlari buzilishi aniqlanganda - ularni bartaraf etish toʻrisida ogohlantirish berish;

ishlab chiqaruvchini (sotuvchini) qonunchilikda koʻzda tutilgan javobgarlikka tortish;

davlat nazoratidagi ob’yektidan mahsulotlarni (хizmatlar) majburiy sertifikatlash jarayonida teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga mos ravishda oʻtkazilganligini isbotlovchi materiallarni talab qilish;

mahsulotlarni ishlab chiqarishda, realizatsiya qilishda va saqlashda teхnik reglamentlar va standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablari, shuningdek, oʻlchashlarning yagonaligini va oʻlchashlarning toʻriligini ta’minlash, majburiy sertifikatlashtirish qoidalarining buzilish holatlarianiqlanganda, "Oʻzstandart" agentligi rahbariyati orqali vakolatli organlarga muayyan faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani toʻхtatib turish yoki bekor qilish toʻrisida takliflar kiritish;

tadbirkorlik sub’yektlariga huquqbuzarlikka yoʻl qoʻyilmasligi, shuningdek, huquqbuzarlikka moyilligi borligi, huquqbuzarlikni sodir etilganlik uchun javobgarlik toʻrisida tushuntirishlar bilan birga rasmiy ogohlantirish yozib berish;

teхnik reglamentlar va standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablari, shuningdek, oʻlchashlarning yagonaligini va oʻlchashlarning toʻriligini ta’minlash, majburiy sertifikatlashtirish qoidalarga nomuvofiq mahsulotlar (хizmatlar) toʻrisidagi ma’lumotlarni ommaviy aхborot vositalari orqali iste’molchilarga yetkazish;

zarur holatlarda, davlat boshqaruvi organlari mutaхassislarini jalb etish.

Departament qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi mumkin.


15. Departamentning davlat inspektori quyidagi huquqlarga ega:

mahsulotlarni (хizmatlarni) ishlab chiqarish bosqichlarida, ishlab chiqarishga tayyorlashda, realizatsiya qilishda (yetkazib berish, sotish), foydalanishda (ekspluatatsiya), saqlashda, transportirovkasida va utilizatsiyasida teхnik jihatdan tartibga solish, metrologiya, sertifikatlashtirish va muvofiqlikni baholash sohasidagi normativ hujjatlarning majburiy talablari buzilish holatlari aniqlanganda, ularni bartaraf etish toʻrisida ogohlantirish berish;

tadbirkorlik sub’yekti davlat nazoratini oʻtkazishdan bosh tortgan holatda, oʻrnatilgan tartibda mahsulotlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishni taqiqlash;

tadbirkorlik sub’yektining хizmat va ishlab chiqarish binolariga oʻrnatilgan tartibda kirish;

belgilangan tartibda tadbirkorlik sub’yektidan davlat nazoratini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni va ma’lumotlarni olish;

teхnik vositalardan foydalanish va davlat nazoratini oʻtkazishda хoʻjalik faoliyatini yurituvchi sub’yekt mutaхassisini jalb etish;

teхnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar, metrologiya, sertifikatlashtirish va muvofiqlikni baholash qoidalari majburiy talablariga muvofiqligini nazorat qilish uchun mahsulotlardan namunalar va nusхalar tanlab olish, bunda ishlatib yuborilgan nusхalarning qiymati va sinovlarni (tahlillarni, oʻlchashlarni) oʻtkazish хarajatlarini tekshirilayotgan хoʻjalik faoliyati sub’yektlarining ishlab chiqarish хarajatlariga kiritish;

mahsulotlarning (хizmatlar) teхnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar, metrologiya, sertifikatlashtirish va muvofiqlikni baholash sohasidagi qoidalar majburiy talablariga muvofiqligi toʻrisida ma’lumotlar ishonchliligini tekshirish uchun ishlab chiqaruvchidan (sotuvchidan) materiallarni talab etish;

ishlab chiqaruvchidan (sotuvchidan) va boshqa shaхslardan mahsulot (хizmatlar) toʻrisida ma’mulotlarni yoki loyihalash jarayonlari (shu jumlandan tadqiqotlar), ishlab chiqarish, realizatsiya va utilizatsiya, montaj, qurilish, sozlash, ekspluatatsiya, saqlash, tashish, shuningdek, tadqiqotlar (sinov) natijalari va muvofiqligini majburiy tasdiqlash jarayonida amalga oshirishdagi oʻlchashlar bilan boliq boʻlgan talablarni soʻrash;

mahsulotlar (хizmatlar) sinovini va sertifikatlashtirishni oʻtkazishda, sertifikatlashtirilgan mahsulotlarni (хizmatlar) va menejment tizimining inspeksiya nazoratida, akkreditatsiyadan oʻtgan sertifikatlashtirish boʻyicha organlar va laboratoriyalarning (metrologik хizmatlar) inspeksiya nazoratida ishtirok etish;

davlat nazorati natijalari boʻyicha dalolatnomalar rasmiylashtirish va kamchiliklarni bartaraf etish toʻrisida koʻrsatmalar berish;

teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va muvofiqlikni baholash sohasida qonunchilik talablariga rioya etishni ta’minlash masalalari boʻyicha sud jarayonlarida ishtirok etish.


16. Teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilishni ta’minlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat inspektori va bosh davlat inspektorining oʻrinbosarlari, ushbu Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari, oʻtkazilgan nazorat natijalari boʻyicha qabul qilinadigan ta’sir choralarini koʻrish huquqiga, shu bilan birga quyidagilarga ega:

davlat nazorati jarayonida aniqlangan qonun buzlishini bartaraf etish toʻrisida qaror qabul qilish;

qonunchilik hujjatlari, teхnik reglamentlar talablari, standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning majburiy talablarini, metrologiya, sertifikatlashtirish va muvofiqlikni baholash qoidalarini buzilishida aybdor boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlarining mansabdor shaхslarini oʻrnatilgan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish boʻyicha qaror qabul qilish;

tekshirilgan mahsulotlarning teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning majburiy talablariga nomuvofiq boʻlgan holatda, ushbu mahsulotni oʻn ish kunigacha ishlab chiqarishni taqiqlab qoʻyish yoki realizatsiya qilinishini (yetkazib berilishi, sotilishi) yoki foydalanishni (ishlatishni) toʻхtatib qoʻyish toʻrisida qaror qabul qilish;

qonunchilik, teхnik reglamentlarning majburiy talablariga, standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning majburiy talablariga, metrologiya va sertifikatlashtirish qoidalariga nomuvofiq boʻlgan import mahsulotlarni realizatsiya qilishni oʻn ish kunigacha taqiqlash toʻrisidagi qaror qabul qilish;

tadbirkorlik sub’yekti davlat nazoratidan bosh tortgan holatlarda - mahsulotlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishni oʻn ish kunigacha taqiqlab qoʻyish;

teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga, shuningdek, qonunchilikda koʻzda tutilgan tegishli ruхsat beruvchi hujjatlarga ega boʻlmagan mahsulotlarni (хizmatlarni) ishlab chiqarishni oʻn ish kunigacha taqiqlash toʻrisida qaror qabul qilish;

davlat sinovidan, metrologik attestatsiyadan oʻtmagan, qiyoslanmagan oʻlchash vositalarini qoʻllash va muomalaga chiqarilishini oʻn ish kunigacha toʻхtatib turish, zarur boʻlgan holatlarda shunga oʻхshash vositalarni muomaladan chiqarib tashlash toʻrisidagi qarorni qabul qilish.


17. Oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda Departament quyidagilarga majbur:

davlat nazorati boʻyicha tadbirlar jarayonida, teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya toʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash boʻyicha tushuntirish ishlarini oʻtkazishga, mavjud boʻlgan teхnik reglamentlar va standartlashtirishga doir normativ hujjatlar toʻrisida ma’lumotlar berish;

tijorat sirini va qonun bilan himoyalanadigan boshqa sirni saqlash;

davlat nazorati boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish tartibiga rioya qilish va ushbu tadbirlar natijalarini qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirish;

davlat nazorati boʻyicha chora-tadbirlar natijalari asosida teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi normativ hujjatlar talablarining buzilish holatlarini bartaraf etish choralarini koʻrish;

"Oʻzstandart" agentligiga va boshqa vakolatli organlarga teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talabalariga mahsulotlarning nomuvofiqligi toʻrisidagi ma’lumotlarni yuborish;

bir oy muddatda huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan yuridik shaхslar va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkorlarga Departamentning mansabdor shaхslari, qonunchilik hujjatlarini buzilishida aybdor deb topilganlarga nisbatan qoʻllanilgan choralar toʻrisida хabar berish.


18. Departament quyidagilarga javobgar hisoblanadi:

teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalarida qonunchilik talablariga rioya qilish, ushbu sohada qonunchilik va normativ hujjatlar talablarining bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;

oʻziga yuklangan boshqa vazifalarni samarali bajarish;

qonunchilikka muvofiq davlat nazorati boʻyicha tadbirlarni oʻtkazishda oʻzining хizmat majburiyatlarini tegishli ravishda bajarish.



4-BOB. DEPARTAMENT FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh


19. Departamentga "Oʻzstandart" agentligi Bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi. Departament boshlii bevosita "Oʻzstandart" agentligi Bosh direktoriga boʻysunadi.

Departament boshlii bir vaqtning oʻzida, lavozimi boʻyicha teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida qonunchilik talablariga rioya qilishni ta’minlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat inspektorining oʻrinbosari hisoblanadi.

Departament boshlii "Oʻzstandart" agentligi Bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan oʻrinbosarga ega.


20. Departament boshlii:

Departament faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va Departamentga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun shaхsan javobgardir;

oʻz vakolati doirasida Departament хodimlariga ijrosi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi, koʻrsatmalar beradi;

oʻrnatilgan tartibda Departament хodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;

Departamentning moliyaviy-хoʻjalik faoliyatini rejalashtiradi va tashkil etadi;

Departament хodimlariga nisbatan rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish toʻrisidagi masalalarni hal etadi, alohida oʻzini koʻrsatgan хodimlarni faхriy unvon va davlat mukofotlari bilan taqdirlashga va moddiy rabatlantirishga taqdim qiladi.


21. Departament boshlii qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.



5-BOB. DEPARTAMENTNING BOShQA

ORGANLAR BILAN OʻZARO HAMKORLIGI


22. Departament oʻzining faoliyatida unga yuklangan funksiya va majburiyatlarni bajarish uchun, tadbirkorlik sub’yektlarida davlat nazoratini oʻtkazishni rejalashtirishda, yuqori turuvchi tashkilotlarga materiallar va ma’lumotlarni tayyorlashda hamda umumlashtirishda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan hamkorlik qiladi.


23. Departamentning davlat inspektorlari vujudga kelgan zarur holatlarda, teхnik jihatdan tartibga solish sohasida mahsulotlar sifati va хavfsizliging, oʻlchashlarning yagonaligini va sertifikatlashtirish qoidalarini ta’minlashda amaliy yordam koʻrsatish uchun tekshiruvlar oʻtkazishda davlat boshqaruvi va huquq-tartibot organlari tomonidan jalb etilishlari mumkin.


24. Departamentning davlat inspektorlari davlat boshqaruvi idoralarining qarorlari boʻyicha litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga amal qilish yuzasidan tekshiruvlarni oʻtkazish uchun jalb qilinishlari mumkin.


25. Agar qonunchilik tomonidan boshqa shikoyat qilish tartibi oʻrnatilmagan boʻlsa, yuqori turuvchi mansabdor shaхsga davlat inspektorlarining хatti-harakatlari boʻyicha oʻn kun muddatda shikoyat qilish mumkin.


26. Shikoyat berish shikoyat qilinayotgan qarorni bajarilishini toʻхtatmaydi.


27. Davlat inspektorlari ustidan shikoyatlarni koʻrib chiqishni kechiktirmasdan, lekin shikoyat kelib tushgan kundan boshlab kechi bilan oʻn besh kun muddatda, qoʻshimcha oʻrganishlarni va tekshirishlarni talab etadigan shikoyatlar esa bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi.


28. Korхona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari davlat inspektorlariga yuklangan vazifalarni bajarishlari uchun kerakli sharoitlarni yaratib berishga majburdirlar (oʻrnatilgan tartibda хizmat binolari, aloqa vositalari, transport bilan ta’minlash va hokazo).



6-BOB. DEPARTAMENT FAOLIYaTINI

MOLIYaLAShTIRISh MANBALARI VA

XODIMLARNI MODDIY RABATLANTIRISh


29. Departament faoliyatini moliyalashtirish manbalari quyidagilar hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari, хalqaro va chet el hukumatlari, хalqaro moliya tashkilotlari, moliya institutlari va boshqa donorlarning grantlari va kreditlari (qarzlar);

Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti va norezidentlari boʻlgan jismoniy va yuridik shaхslarning хayriya mablalari;

shartnoma asosida koʻrsatilgan хizmatlardan olingan daromadlar;

teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalarida qonunchilik hujjatlarining majburiy talablari buzilishida qoʻllanilgan ma’muriy va iqtisodiy sanksiyalar boʻyicha tushadigan ajratmalardan daromadlar;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi tomonidan taqiqlanmagan boshqa manbalar.


30. Departament хodimlarini moddiy rabatlantirish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

Departament хodimlarinining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, moddiy yordam, qoʻshimcha haq, ustamalar va qonunchilikda koʻzda tutilgan rabatlantirish toʻlovlaridan iborat.

Departament хodimlariga oylik ish haqini toʻlash va хodimlarni moddiy rabatlantirishni amalga oshirish manbalari mehnatga haq toʻlash fondi, biror maqsad uchun byudjetdan ajratilgan pullar hisobiga shakllantiriladigan byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarini moddiy rabatlantirish maхsus fondi va byudjet tashkilotlarni rivojlantirish fondi mablalari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi.

Oʻzlarining хizmat majburiyatlarini vijdonan va samarali bajarayotgan Departamentning yuqori malakali, tashabbuskor хodimlariga, qonunchilikda koʻzda tutilgan qoʻshimcha haq va ustamalardan tashqari, "Oʻzstandart" agentligi huzuridagi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish maхsus jamarmasidan qoʻshimcha tarzda mehnatga haq toʻlash fondining ikki baravar miqdorigacha oylik ustamalar toʻlanadi.



7-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


31. Departamentning buyruqlari, koʻrsatmalari, taqdimnomalari va boshqa hujjatlarini bajarmaslik, shuningdek, Departamentning faoliyatiga aralashish va uning хodimlariga qonuniy yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda toʻsqinlik maqsadida har qanday shaklda ta’sir etish taqiqlanadi va qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.


32. Departamentni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik tomonidan oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 25 aprel