Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.04.2019 y. 362-son "Vazirlar Mahkamasining "Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini loyihalashtirish ishlarini va ekspertizadan oʻtkazishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2016 yil 22 yanvardagi 15-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.04.2019 y.

N 362



VAZIRLAR MAHKAMASINING

"MARKAZLAShTIRILGAN INVESTITsIYaLAR

HISOBIGA MOLIYaLAShTIRILADIGAN INVESTITsIYa

LOYIHALARINI LOYIHALAShTIRISh IShLARINI VA

EKSPERTIZADAN OʻTKAZIShNI TAKOMILLAShTIRIShGA

DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA"

2016 YIL 22 YaNVARDAGI 15-SON QARORIGA

OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChA

KIRITISh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 14 noyabrdagi PF-5577-son Farmoniga muvofiq hamda qurilish sohasida davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini loyihalashtirish ishlarini va ekspertizadan oʻtkazishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2016 yil 22 yanvardagi 15-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016 y., 1-son, 6-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy хujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri A.X. Tuхtayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               A. Aripov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 29 aprel