Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.05.2000 y. 180-son "Davlat soliq хizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.05.2000 y.

N 180



DAVLAT SOLIQ XIZMATI ORGANLARI

FAOLIYaTINI HUQUQIY TARTIBGA

SOLIShNI TAKOMILLAShTIRISh

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat soliq хizmati organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻrisida" 2000 yil 13 martdagi 87-son qarorini bajarish yuzasidan va davlat soliq хizmati organlari faoliyatining huquqiy asoslarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Rejim va Kadrlar bosh boshqarmasi toʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi toʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq organlarida хizmatni oʻtash toʻrisidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻrisida" 1998 yil 12 yanvardagi 14-son qaroriga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Ekspert Kengashi toʻrisida Nizomning 8-bandidagi "birinchi" soʻzi chiqarib tashlansin.


3. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston SSJ davlat soliq organlari haqida" 1991 yil 12 avgustdagi 217-son qarori;

Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻrisida" 1998 yil 12 yanvardagi 14-son qarori 4-bandining ikkinchi хat boshi;

Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Huqumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 1999 yil 14 sentyabrdagi 427-son qaroriga ilovaning 9-bandi.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar MahkamasiningRaisi                                                 I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2000 y., N 5, 23-modda.