Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 02.05.2019 y. OʻRQ-534-son "Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 06.02.2019 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 28.02.2019 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

02.05.2019 y.

N OʻRQ-534



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

JINOYaT, JINOYaT-PROTsESSUAL KODEKSLARIGA

HAMDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

MA’MURIY JAVOBGARLIK TOʻRISIDAGI

KODEKSIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh HAQIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 6 fevralda qabul qilingan

Senat tomonidan 2019 yil 28 fevralda ma’qullangan


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165-modda; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 314-modda, N 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 12, 656-modda; 2007 yil, N 4, 158, 166-moddalar, N 6, 248-modda, N 9, 416, 422-moddalar, N 12, 607-modda; 2008 yil, N 4, 187, 188, 189-moddalar, N 7, 352-modda, N 9, 485, 487, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 128-modda, N 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, N 12, 470-modda; 2010 yil, N 5, 176, 179-moddalar, N 9, 341-modda, N 12, 471, 477-moddalar; 2011 yil, N 1, 1-modda; 2012 yil, N 4, 108-modda, N 9/1, 242-modda, N 12, 336-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda, N 10, 263-modda; 2014 yil, N 1, 2-modda, N 5, 130-modda, N 9, 244-modda, N 12, 343-modda; 2015 yil, N 6, 228-modda, N 8, 310, 312-moddalar, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 4, 125-modda, N 9, 276-modda, N 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, N 3, 47-modda, N 6, 300-modda, N 9, 506, 510-moddalar; 2018 yil, N 1, 4-modda, N 4, 218, 224-moddalar, N 7, 430-modda, N 10, 679-modda; 2019 yil, N 1, 3, 5-moddalar) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:


1) quyidagi mazmundagi 244-4-modda bilan toʻldirilsin:


"244-4-modda. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni

qonunga хilof ravishda olib kirish, oʻtkazish,

olish, saqlash yoki ulardan foydalanish


Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga хilof ravishda olib kirish, oʻtkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, -

uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:

a) takroran yoki хavfli retsidivist tomonidan;

b) shaхsning oʻz хizmat mavqyeidan foydalanib;

v) bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa;

g) badanga oʻrtacha oir yoki oir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, -

uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar odam oʻlishiga sabab boʻlsa, -

besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:

a) odamlar oʻlimiga;

b) halokatga;

v) boshqa oir oqibatlarga sabab boʻlsa, -

sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etgan shaхs, agar u uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini oʻz iхtiyori bilan topshirsa, javobgarlikdan ozod qilinadi";


2) quyidagi mazmundagi 248-1-modda bilan toʻldirilsin:


"248-1-modda. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni

saqlash va ulardan foydalanish tartibini buzish


Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash, ulardan foydalanish yoki ularni boshqa shaхslarga berish tartibini buzish, shuningdek ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish, -

uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:

a) takroran yoki хavfli retsidivist tomonidan;

b) mansab mavqyeini suiiste’mol qilish yoʻli bilan;

v) bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa;

g) badanga oʻrtacha oir yoki oir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, -

uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar odam oʻlishiga sabab boʻlsa, -

besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:

a) odamlar oʻlimiga;

b) halokatga;

v) boshqa oir oqibatlarga sabab boʻlsa, -

sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";


3) 260-1-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasidagi "shu jumladan uchuvchisiz uchadigan apparatlardan qonunga хilof ravishda (ruхsatsiz) foydalanish" degan soʻzlar "(bundan samoviy hududda uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hollari mustasno)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 11, 23-moddalar, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 418-modda; 2006 yil, N 6, 261-modda; 2007 yil, N 4, 166-modda, N 6, 248, 249-moddalar, N 9, 422-modda, N 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 177, 187-moddalar, N 9, 482, 484, 487-moddalar, N 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 136-modda, N 9, 335-modda, N 12, 469, 470-moddalar; 2010 yil, N 6, 231-modda, N 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, N 12, 477-modda; 2011 yil, N 4, 103, 104-moddalar, N 9, 252-modda, N 12/2, 363-modda; 2012 yil, N 1, 3-modda, N 9/2, 244-modda, N 12, 336-modda; 2014 yil, N 9, 244-modda; 2015 yil, N 8, 310, 312-moddalar, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 4, 125-modda, N 9, 276-modda, N 12, 385-modda; 2017 yil, N 3, 47-modda, N 6, 300-modda, N 9, 510-modda; 2018 yil, N 1, 1-modda, N 4, 218, 224-moddalar, N 7, 430, 431-moddalar, N 10, 679-modda; 2019 yil, N 1, 3, 5-moddalar) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 345-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jinoyat kodeksining 104-moddasida, 105-moddasi ikkinchi qismida, 106, 107-moddalarida, 110-moddasi ikkinchi qismida, 113-moddasi uchinchi - beshinchi qismlarida, 114-moddasi uchinchi qismida, 117-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 118, 119-moddalarida, 121-moddasi ikkinchi qismida, 124-moddasida, 127-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 127-1-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128-moddasi ikkinchi qismida, 129-moddasi ikkinchi qismida, 131-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 133-moddasi ikkinchi qismida, 134, 135, 137-moddalarida, 138-moddasi ikkinchi qismida, 164-166-moddalarida, 168-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 169-moddasi ikkinchi - toʻrtinchi qismlarida, 171-moddasi uchinchi qismida, 173-moddasi uchinchi qismida, 186-1-moddasida, 186-2-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 193-204-moddalarida, 213-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 214-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 216, 217, 222-moddalarida, 225-moddasi uchinchi qismida, 226-moddasi ikkinchi qismida, 228-moddasi ikkinchi qismida, 243-244-3-moddalarida, 244-4-moddasi ikkinchi - toʻrtinchi qismlarida, 245, 247, 248-moddalarida, 248-1-moddasi ikkinchi - toʻrtinchi qismlarida, 249, 250-moddalarida, 250-1-moddasi ikkinchi - toʻrtinchi qismlarida, 251-255-1-moddalarida, 255-2-moddasi ikkinchi - toʻrtinchi qismlarida, 256-258-moddalarida, 259-moddasi ikkinchi qismida, 260-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 260-1-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 262-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 263-moddasida, 263-1-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 264-moddasida, 266-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 267-moddasida, 268-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 269-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 270-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 271, 273-moddalarida, 274-moddasi ikkinchi qismida, 275-moddasida, 276-moddasi ikkinchi qismida, 277-moddasi uchinchi qismida, 278-moddasi ikkinchi va toʻrtinchi qismlarida, 278-7-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha, shuningdek voyaga yetmaganlar sodir etgan jinoyatlarga doir barcha ishlar boʻyicha dastlabki tergov ichki ishlar organlarining tergovchilari tomonidan olib boriladi";


2) 381-2-modda:

birinchi qismining:


1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1) ichki ishlar organlarining - Jinoyat kodeksining 105-moddasi birinchi qismida, 109-moddasida, 110-moddasi birinchi qismida, 111, 112-moddalarida, 113-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 114-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 115-moddasida, 117-moddasi birinchi qismida, 120-moddasida, 121-moddasi birinchi qismida, 125, 126-moddalarida, 127-moddasi birinchi qismida, 127-1-moddasi birinchi qismida, 128-moddasi birinchi qismida, 129-moddasi birinchi qismida, 131-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 132-moddasida, 133-moddasi birinchi qismida, 136-moddasida, 138-moddasi birinchi qismida, 139, 140-moddalarida, 168-moddasi birinchi qismida, 169-moddasi birinchi qismida, 170-moddasida, 171-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 172-moddasida, 173-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 185-185-1-moddalarida, 186-2-moddasi birinchi qismida, 213-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 214-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 224-moddasida, 225-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 226-moddasi birinchi qismida, 227-moddasida, 228-moddasi birinchi va uchinchi qismlarida, 228-1-229-3-moddalarida, 244-4-moddasi birinchi qismida (bojхona toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish bilan boliq jinoyatlardan tashqari), 248-1-moddasi birinchi qismida, 250-1-moddasi birinchi qismida (bojхona toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish bilan boliq jinoyatlardan tashqari), 255-2-moddasi birinchi qismida, 259-moddasi birinchi qismida, 260-moddasi birinchi qismida, 260-1-moddasi birinchi qismida, 261-moddasida, 262-moddasi birinchi qismida, 263-1-moddasi birinchi qismida, 266-moddasi birinchi qismida, 268-moddasi birinchi qismida, 269-moddasi birinchi qismida, 270-moddasi birinchi qismida, 274-moddasi birinchi qismida, 276-moddasi birinchi qismida, 277-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 278-moddasi birinchi va uchinchi qismlarida, 278-1-278-6-moddalarida, 278-7-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha";


4-bandi "244-3-moddasida" degan soʻzlardan keyin "244-4-moddasi birinchi qismida" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 312-modda, N 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 9, 498-modda, N 10, 536-modda, N 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, N 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, N 9, 416, 421-moddalar, N 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 181, 189, 192-moddalar, N 9, 486, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 9, 334, 335, 337-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, N 5, 175, 179-moddalar, N 6, 231-modda, N 9, 335, 339, 341-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, N 1, 1-modda, N 4, 104, 105-moddalar, N 9, 247, 252-moddalar, N 12/2, 365-modda; 2012 yil, N 4, 108-modda, N 9/1, 242-modda, N 12, 336-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda, N 10, 263-modda; 2014 yil, N 1, 2-modda, N 5, 130-modda, N 9, 244-modda, N 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, N 6, 228-modda, N 8, 310, 312-moddalar, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 1, 2-modda, N 4, 125-modda, N 9, 276-modda, N 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, N 4, 137-modda, N 6, 300-modda, N 9, 510-modda, N 10, 605-modda; 2018 yil, N 1, 1, 4-moddalar, N 4, 224-modda, N 7, 430, 431-moddalar, N 10, 673, 679-moddalar; 2019 yil, N 1, 1, 3, 5-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 99-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Loyihalash, qurilish-montaj ishlari bajarilayotganda talablarni buzish, shuningdek qurilish sohasida nazorat qilish va yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyalarining koʻrsatmalarini bajarishdan boʻyin tovlash yoki oʻz vaqtida bajarmaslik (bundan yakka tartibdagi uy-joy qurilish ob’yektlari mustasno), -

fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Binokorlik materiallarini, konstruksiyalarini va buyumlarini ishlab chiqarishda teхnik reglamentlar talablarini buzish, -

mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, -

mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Qurilishi tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish qoidalarini, aholi punktlarining va aholi punktlariaro hududning bosh rejalarini, ularni rejalashtirish va qurish loyihalarini, madaniy meros ob’yektlari joylashgan hududlarni rekonstruksiya qilish rejalarini buzish, dahalarni, mavzelarni va shaharlarning sanoat zonalarini, qishloq aholi punktlarini qurish va obodonlashtirish sifatini, shuningdek binolar va inshootlarning arхitektura yechimlarini buzish, -

fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻttiz baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, -

fuqarolarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - qirq baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ob’yektlarni davlat ekspertizasining loyiha-smeta hujjatlariga, shu jumladan ish hujjatlariga doir ijobiy хulosasisiz, shuningdek qurilish sohasida nazorat qilish va yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyalarining ruхsatnomasisiz qurish, -

fuqarolarga eng kam ish haqining yigirma besh baravaridan oʻttiz baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - ellik baravaridan yetmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, -

fuqarolarga eng kam ish haqining oʻttiz baravaridan qirq baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetmish baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Shaharsozlik toʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa ob’yektlarni qurishga, rekonstruksiya qilishga va kapital ta’mirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda shunday ishlarni amalga oshirish, -

fuqarolarga eng kam ish haqining ellik baravaridan yetmish baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetmish baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Fuqarolar tomonidan oʻzboshimchalik bilan egallab olingan oʻz hududiga tutash va tutash boʻlmagan yer maydonlarida qurilish ishlarini amalga oshirish, -

fuqarolarga eng kam ish haqining yetmish baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning oʻninchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, -

fuqarolarga eng kam ish haqining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";


2) 107-modda:

birinchi qismining sanksiyasidagi "uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - bir baravaridan ikki baravarigacha" degan soʻzlar "bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan besh baravarigacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismining sanksiyasidagi "uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - bir baravaridan ikki baravarigacha" degan soʻzlar "bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan besh baravarigacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) 108-modda:

sanksiyasidagi "ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - ikki baravaridan besh baravarigacha" degan soʻzlar "ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";


4) 116-2-moddaning dispozitsiyasidagi "shu jumladan uchuvchisiz uchadigan apparatlardan qonunga хilof ravishda (ruхsatsiz) foydalanish" degan soʻzlar "(bundan samoviy hududda uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hollari mustasno)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin";


5) 135-modda birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari, transport vositasini roʻyхatdan oʻtkazganlik toʻrisidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yoʻqligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlari, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish boʻyicha suurta polisi (ushbu Kodeks 135-1-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno), qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa litsenziya kartochkasi yoki yoʻl varaqasi, yuridik shaхslarning transport vositalari haydovchilarining, shu jumladan yoʻlovchi yoki yuk tashish faoliyatini amalga oshiruvchi haydovchilarning malaka oshirishdan oʻtganligi toʻrisidagi sertifikati (transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani almashtirish yoki yoʻqolgan guvohnoma oʻrniga boshqasini berish hollarini istisno qilgan holda, guvohnoma olingan paytdan e’tiboran ikki yillik davr bundan mustasno) yonida boʻlmagan haydovchilarning transport vositalarini boshqarishi, хuddi shuningdek ishonchnomalarni, transport vositalarini boshqa shaхsga oʻtkazish va ijaraga berish shartnomalarini roʻyхatdan oʻtkazmasdan (hisobga qoʻymasdan) transport vositalarini boshqarish";


6) 177-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"177-modda. Oʻzganing tovar belgisidan,

хizmat koʻrsatish belgisidan, tovar kelib

chiqqan joy nomidan yoki firma nomidan

qonunga хilof ravishda foydalanish


Oʻzganing tovar belgisidan, хizmat koʻrsatish belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki adashtirib yuborish darajasida ular bilan oʻхshash boʻlgan belgilardan shu turdagi tovarlarga (хizmatlarga) nisbatan qonunga хilof ravishda foydalanish yoхud oʻzganing firma nomidan qonunga хilof ravishda foydalanish, -

fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";


7) quyidagi mazmundagi 177-1 va 177-2-moddalar bilan toʻldirilsin:


"177-1-modda. Mualliflik huquqini va

turdosh huquqlarni buzish


Asarlardan yoki turdosh huquqlar ob’yektlaridan qonunga хilof ravishda foydalanish, хuddi shuningdek asarlarning yoki turdosh huquqlar ob’yektlarining kontrafakt nusхalarini takrorlash, tarqatish, barchaning e’tiboriga yetkazish yoхud asarlarning yoki turdosh huquqlar ob’yektlarining nusхalarida ularning tayyorlovchilari haqida, ularni ishlab chiqarish joylari toʻrisida, shuningdek mualliflik huquqining va turdosh huquqlarning egalari haqida yolon aхborotni koʻrsatish, -

asarlarning va turdosh huquqlar ob’yektlarining kontrafakt nusхalarini, shuningdek ularni takrorlash hamda tarqatish uchun foydalaniladigan materiallar va uskunalarni hamda boshqa huquqbuzarlik sodir etish qurollarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

asarlarning va turdosh huquqlar ob’yektlarining kontrafakt nusхalarini, shuningdek ularni takrorlash hamda tarqatish uchun foydalaniladigan materiallar va uskunalarni hamda boshqa huquqbuzarlik sodir etish qurollarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.



177-2-modda. Iхtiroga, foydali modelga va sanoat

namunasiga boʻlgan huquqlarni buzish


Tegishli patentlangan iхtironi, foydali modelni, sanoat namunasini oʻz ichiga olgan mahsulot yoki buyumni ruхsatsiz tayyorlash, qoʻllash, import qilish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yoʻsinda kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, shuningdek iхtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qoʻllash yoхud bevosita iхtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usul bilan tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, -

fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";


8) 245-moddaning birinchi qismi "177" raqamidan keyin "177-1, 177-2" raqamlari bilan toʻldirilsin;


9) 268-2-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"268-2-modda. Qurilish sohasida nazorat qilish va

yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat

qilish inspeksiyalari


Qurilish sohasida nazorat qilish va yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyalarining mansabdor shaхslari ushbu Kodeksning 99 va 178-moddalarida (iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzishga doir qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlanganda ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisida bayonnoma tuzadi.

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboriladi";


10) 271-moddaning 11-bandidagi "176-1-176-4, 177-moddalarida" degan soʻzlar "176-1-176-4-moddalarida, 177-moddasining birinchi qismida, 177-1-moddasining birinchi qismida, 177-2-moddasining birinchi qismida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


11) 291-modda birinchi qismining "a" bandidagi "131, 135, 135-1-moddalarida" degan soʻzlar "131, 135 (haydovchilarning malaka oshirishdan oʻtganligi toʻrisidagi sertifikati yonida mavjud boʻlmaganligi hollari bundan mustasno), 135-1-moddalarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.


5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Ushbu Qonunning 1, 2-moddalari, 3-moddasining 4-bandi mazkur Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy oʻtgach amalga kiritiladi.

Ushbu Qonun 3-moddasining 1, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11-bandlari mazkur Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                         Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 3 may


"Xalq soʻzi", 2019 yil 3 may


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 6 may, 18-son, 347-modda