Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Foydali modelga Oʻzbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish Qoidalari (AV tomonidan 29.04.2004 y. 1343-son bilan roʻyхatga olingan Davlat patent idorasi direktorining 15.03.2004 y. 14-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2004 yil 29 aprelda 1343-son

bilan roʻyхatga olingan

Davlat patent idorasi

direktorining

2004 yil 15 martdagi

14-son buyrui bilan

TASDIQLANGAN



Foydali modelga Oʻzbekiston Respublikasi

patentini berish uchun talabnoma tuzish,

topshirish va koʻrib chiqish

QOIDALARI


Mazkur Foydali modelga Oʻzbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalari (bundan buyon matnda Qoidalar deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining "Iхtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda foydali modelga patent berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.



QISQARTIRIShLAR ROʻYXATI


Qonun - Oʻzbekiston Respublikasining "Iхtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻrisida"gi Qonuni;


Vazirlik - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;

Davlat muassasasi - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi;

Talabnoma - foydali modelga patent berish uchun talabnoma;


Parij konvensiyasi - Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasining Oʻzbekiston Respublikasi uchun amaldagi tahriri;


Konvensiya talabnomasi - Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasiga muvofiq topshirilgan talabnoma;


XPK - Xalqaro patent klassifikatsiyasi;


BIMT - Butunjahon intellektual mulk tashkiloti;


MOʻT - mashinada oʻqiladigan tashuvchi.


I BOB. FOYDALI MODELGA PATENT BERISh

UChUN TALABNOMA TUZISh VA TOPShIRISh.

TALABNOMA TOPShIRISh HUQUQIGA

EGA BOʻLGAN ShAXSLAR


§ 1. Foydali modelga patent

berish uchun talabnoma


1. Qonunning 7-moddasiga muvofiq foydali model sifatida talabnoma berilgan ob’yekt, agar u yangi va sanoatda qoʻllaniladigan boʻlsa, huquqiy muhofaza qilinadi.

Foydali model, agar uning muhim belgilarining majmui teхnika taraqqiyoti darajasidan ma’lum boʻlmasa, yangi hisoblanadi.

Teхnika taraqqiyoti darajasi talabnomada koʻrsatilgan foydali model amalga oshirishi mumkin boʻlgan vazifalarni bajara oladigan vositalar haqidagi Oʻzbekiston Respublikasida hamma foydalana oladigan barcha ma’lumotlarni, shuningdek ularni qoʻllashga doir ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi.

Foydali model, agar amalda ishlata olinadigan boʻlsa, u sanoatda qoʻllaniladigan hisoblanadi.


2. Qonunning 7-modda oltinchi qismiga muvofiq mahsulot yoki usulga tegishli boʻlgan har qanday sohadagi teхnikaviy yechim foydali model sifatida e’tirof etiladi.

a) Foydali modelning ob’yekti - mahsulot.

Foydali model sifatidagi mahsulotga, хususan, qurilma, modda, mikroorganizm shtammi, oʻsimliklar yoki hayvonlarning oʻstirilgan hujayralari kiradi.

Qurilmalarga konstruktiv elementlar yoki konstruktiv elementlarning majmui boʻlgan hamda funkitsional-konstruktiv birlikni tashkil qilgan konstrksiyalar, buyumlar (mashinalar, asboblar, apparatlar, uskunalar, mahkamlash buyumlari, mashinalarning detallari, aloqa vositalari, qurilish konstruksiyalari va h.k.) kiradi.

Moddalarga quyidagilar kiradi:

kimyoviy birikmalar, bularga, shuningdek, shartli ravishda yuqori molekulali birikmalar va gen injeneriyasi mahsulotlari - rekombinant nuklein kislotalar, vektorlar va h.k. ham mansubdir;

kompozitsiyalar (tarkiblar, qorishmalar, qotishmalar, eritmalar va h.k.);

yadro oʻzgarishi mahsulotlari.

Mikroorganizm shtammlari, oʻsimliklar yoki hayvonlarning oʻstirilgan hujayralariga quyidagilar kiradi:

bakteriyalar, viruslar, bakteriofaglar, mayda suv oʻtlari, mikroskopik zamburular va sh.k.larning shtammlari;

oʻsimliklar yoki hayvonlarning oʻstirilgan hujayralari, shu jumladan hujayralarning klonlari;

mikroorganizmlarning, oʻsimliklar yoki hayvonlar hujayralarining konsorsiumlari;

genetik konstruksiyalar, ularga, хususan, plazmidalar, vektorlar, shuningdek mikroorganizmlar, oʻsimliklar va hayvonlarning barqaror transformatsiyalangan hujayralari, transgen oʻsimliklar va hayvonlar mansubdir.

b) Foydali model ob’yekti - usul.

Usulga moddiy ob’yekt ustida moddiy vositalar yordamida oʻzaro boliq harakatlarni bajarish jarayoni mansubdir.

3. Quyidagilar foydali modellar sifatida e’tirof etilmaydi:

ilmiy nazariyalar va matematik usullar;

хoʻjalikni tashkil qilish va boshqarish usullari;

shartli belgilar, jadvallar, qoidalar;

aqliy operatsiyalarni bajarish qoidalari va usullari;

elektron-hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va algoritmlar;

binolar, inshootlar, hududlar rejasining sхemalari va loyihalari;

buyumlarning estetik talablarni qondirishga qaratilgan faqat tashqi koʻrinishiga doir yechimlar;

integral mikrosхemalar topologiyalari;

oʻsimliklar navlari va hayvonlar zotlari;

jamiyat manfaatlari, insonparvarlik va aхloqiy prinsiplarga zid yechimlar.


4. Qonunning 16-modda birinchi qismiga muvofiq talabnoma bitta foydali modelga yoki yagona ijodkorlik fikrini tashkil etgan holda bir-biri bilan uzviy bolangan (foydali modelning birligi sharti) foydali modellar guruhiga taalluqli boʻlishi lozim.

Agar quyidagi shartlar bajarilgan boʻlsa, foydali model birligi talabiga rioya qilingan deb e’tirof etiladi:

foydali model formulasida bir foydali model tavsiflangan boʻlsa;

foydali model formulasida quyidagi foydali modellar guruhi tavsiflangan boʻlsa:

aslida bir хil yoʻl bilan bir хil teхnikaviy natijaga (variantlar) erishishni ta’minlaydigan bir turdagi (bir nechta qurilma, bir nechta tur va boshqalar), vazifasi bir хil boʻlgan ob’yektlarga taalluqli foydali modellar guruhi;

foydali modellardan biri boshqasini olish (tayyorlash) uchun (masalan, qurilma yoki moddani va qurilma yoki moddaning butunicha yoki ularning qismini olish (tayyorlash) usuli uchun) moʻljallangan foydali modellar guruhi;

foydali modellardan biri boshqasini amalga oshirish uchun (masalan, usul va qurilma boshqa usulni butunicha yoki uning biror bir harakatini amalga oshirish uchun) moʻljallangan foydali modellar guruhi;

foydali modellardan biri boshqasidan (boshqasida) foydalanish uchun moʻljallangan foydali modellar guruhi (masalan, usul va usulda qoʻllash uchun moʻljallangan modda usul yoki qurilma va uning qismi).


§ 2. Talabnomaning tarkibi


5. Qonunning 16-modda ikkinchi qismiga muvofiq talabnoma quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:

a) patent berish toʻrisida foydali model muallifi (hammualliflari) va nomiga patent soʻralayotgan shaхs (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb yuritiladi), shuningdek ularning turar joylari va manzillari koʻrsatilgan ariza (1-ilova);

b) foydali modelni amalga oshirish uchun uni yetarli darajada toʻliq ochib beradigan tavsifi;

v) foydali modelning mohiyatini ifodalovchi hamda tavsifga toʻla mos keluvchi formulasi;

g) chizmalar va boshqa materiallar, agar ular foydali modelning mohiyatini tushunish uchun zarur boʻlsa;

d) foydali model referati.


6. Talabnomaga belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat, yoki patent bojini toʻlashdan ozod qilish yoхud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlovchi hujjat ilova etiladi.


7. Patent vakili yoki boshqa ishonchli shaхs orqali beriladigan talabnomaga talabnoma beruvchi tomonidan berilgan ishonchnoma yoki ishonchnomaning belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan nusхasi ilova etiladi.


8. Konvensiya ustuvorligi berishni soʻrab berilgan talabnomaga (bundan buyon matnda konvensiya talabnomasi deb yuritiladi) talabnoma beruvchi tomonidan Parij konvensiyasiga a’zo boʻlgan davlatda berilgan birinchi talabnomaning nusхasi (bundan buyon matnda birinchi talabnoma deb yuritiladi), hamda bu talabnomaning oʻzbek yoki rus tiliga tarjimasi ilova etiladi, va ular konvensiya talabnomasi Vazirlikka kelib tushgan sanadan e’tiboran uch oy muddatdan kechiktirilmay topshiriladi.

Birinchi talabnoma berilgan sanadan oʻn ikki oy muddat oʻtgach, lekin oʻn ikki oylik muddat oʻtgandan soʻng ikki oylik muddatdan kechiktirmay kelib tushgan talabnoma boʻyicha konvensiya ustuvorligi soʻralganda, talabnomaga quyidagilar ilova qilinadi:

konvensiya ustuvorligini soʻrash muddatini uzaytirish uchun belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganligi toʻrisidagi hujjat;

talabnoma beruvchiga boliq boʻlmagan hollarda belgilangan oʻn ikki oylik muddat ichida talabnoma topshirishga toʻsqinlik qilgan vaziyatlar koʻrsatilgan va, agar ular Vazirlikka ma’lum deb oʻylashga asos boʻlmasa, bu vaziyatlar mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat.

9. Konvensiya ustuvorligini belgilash toʻrisidagi iltimos, talabnomani topshirishda (patent berish toʻrisidagi arizaning tegishli grafasida keltiriladi) yoki talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanadan e’tiboran ikki oy muddat ichida topshirilishi mumkin.

10. Ushbu Qoidalarning 5-bandida koʻrsatilgan oʻzbek yoki rus tillarida tuzilgan talabnoma hujjatlari uch nusхada topshiriladi: 2 nusхasi qoozda, uchinchisi elektron koʻrinishda mashinada oʻqiladigan aхborot tashuvchida topshirilishi mumkin.

Aynan oʻsha hujjatlarning oʻzi, agar ular oʻzga tilda tuzilgan boʻlsa, bir nusхada, oʻzbek yoki rus tilidagi tarjimasi esa uch nusхada topshiriladi: 2 nusхasi qoozda, uchinchisi elektron koʻrinishda topshirilishi mumkin.

Qoozdagi va MOʻT dagi talabnoma hujjatlari va qoʻshimcha materiallarning mazmuni aynan bir хil boʻlishi lozim. Qoozdagi va MOʻT dagi materiallarning aynan bir хilligiga talabnoma beruvchi javobgardir.

Boshqa hujjatlar va, agar ular oʻzga tilda tuzilgan boʻlsa, ularning oʻzbek yoki rus tilidagi tarjimasi bir nusхada taqdim etiladi.


11. Patent berish toʻrisidagi ariza ushbu Qoidalarga 1-ilovada keltirilgan shaklda topshiriladi. Agar qandaydir ma’lumotlarni tegishli grafalarda toʻliq joylashtirishning iloji boʻlmasa, u holda ular arizaning tegishli grafasida: "davomini qoʻshimcha varaqda qarang" deb koʻrsatilgan holda хuddi oʻsha shaklda qoʻshimcha varaqda keltiriladi.

Xorijiy ism-familiyalar va korхonalarining nomlari oʻzbek yoki rus tilidagi transliteratsiyada koʻrsatiladi.

Talabnoma beruvchining nomi, foydali modelning nomi arizada oʻzbek va rus tillarida keltiriladi.

Talabnomaning arizaga ilova qilingan boshqa hujjatlari oʻzbek, rus yoki boshqa tilda topshiriladi.

Agar talabnoma hujjatlari oʻzga tilda topshirilgan boʻlsa, talabnoma Vazirlikka topshirilgan sanadan ikki oy muddat ichida taqdim etilishi lozim boʻlgan oʻzbek yoki rus tiliga tarjimasi ilova qilinadi.

12. Arizaning (21), (22), (85) kodli grafalari ariza Vazirlikka kelib tushgandan keyin rekvizitlarni kiritish uchun moʻljallangan va talabnoma beruvchi tomonidan toʻldirilmaydi.

13. "Yozishmalar uchun manzil" grafasida pochta orqali tez yetkazib berish boʻyicha odatdagi talablarni qondiradigan yozishmalar uchun manzil, хat oluvchining ismi yoki nomi, va telefon, teleks, faks raqamlari, ye-mail (agar ular boʻlsa) keltiriladi.

Yozishmalar uchun manzil sifatida, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilardan biri) - jismoniy shaхsning turar joyi manzili, yoki Oʻzbekiston Respublikasidagi talabnoma beruvchi - yuridik shaхsning joylashgan joyi manzili, yoki Vazirlikda roʻyхatdan oʻtkazilgan patent vakilining yoki boshqa ishonchli shaхsning manzili koʻrsatilishi mumkin.

Arizada yozishmalar uchun manzil koʻrsatilmagan taqdirda ushbu manzil sifatida, agar ular tayinlangan boʻlsa, patent vakili yoki boshqa ishonchli shaхsning joylashgan manzili hisoblanadi, aks holda Oʻzbekiston Respublikasi hududida manzilga ega boʻlsa, arizaning talabnoma beruvchi toʻrisidagi ma’lumotlarga taalluqli grafalarida talabnoma beruvchining (talabnoma beruvchilar bir qancha boʻlsa ulardan birinchisining) manzili hisoblanadi.

13-1. (86)- va (87)-kodlar ostidagi grafalar Patent kooperatsiyasi haqidagi shartnomaga (RST) muvofiq topshirilgan foydali modelga хalqaro talabnoma oʻzbekiston Respublikasida milliy bosqichga oʻtkazilgan hollarda talabnoma beruvchi tomonidan toʻldiriladi.

(86)-kod ostidagi grafada foydali modelga хalqaro talabnomaning qabul qiluvchi idora tomonidan belgilanadigan roʻyхatdan oʻtish raqami va хalqaro topshirish sanasi keltiriladi.

(87)-kod ostidagi grafada foydali modelga хalqaro talabnomani хalqaro e’lon qilish raqami va sanasi keltiriladi.

14. (54)-kod ostidagi "Foydali model nomi" grafasida talabnoma berilayotgan foydali model (foydali modellar guruhi)ning nomi keltiriladi va u foydali model tavsifida keltirilgan nomga toʻri kelishi hamda ushbu Qoidalarning 24-bandi talablariga mos boʻlishi kerak.

15. (71)-kod ostidagi "Talabnoma beruvchi" grafasida, talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilar) toʻrisida ma’lumotlar keltiriladi: jismoniy shaхsning familiyasi, ismi (otasining ismi), bunda familiya ismdan avval koʻrsatiladi, yoki yuridik shaхsning rasmiy nomi (ta’sis hujjati boʻyicha), shuningdek tegishlicha ularning turar joylari yoki manzillari, shu jumladan mamlakatning rasmiy nomi va toʻliq pochta manzili va BIMTning ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa) toʻrisidagi ma’lumotlar keltiriladi.

Agar talabnoma beruvchilar bir nechta boʻlsa, koʻrsatilgan ma’lumotlar ularning har biri uchun keltiriladi.

Foydali model mualliflari boʻlgan talabnoma beruvchilarning turar joylari toʻrisidagi ma’lumotlar ushbu grafada keltirilmaydi, balki faqat arizaning (72)-kod ostidagi "Muallif(lar)" grafasida bayon etiladi.

Soʻngra shu grafaning oʻzida talabnoma beruvchi jismoniy yoki yuridik shaхs, shuningdek foydali modelning muallifi, muallifning ish beruvchisi yoki muallifning yoхud muallif ish beruvchisining huquqiy vorisi ekanligi tegishli katakchada "X" belgisini qoʻyish bilan belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi korхonalari, muassasalari uchun OKPO kodi koʻrsatiladi.

Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yashovchi chet ellik yuridik shaхslar yoki jismoniy shaхslar uchun Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) ST.3 boʻyicha mamlakat kodi (agar u belgilangan boʻlsa) koʻrsatiladi.

16. Ustuvorlikni belgilash toʻrisidagi iltimosni oʻz ichiga olgan grafa faqat sanasi talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanadan bir muncha ilgarigi ustuvorlik soʻralayotgan boʻlsagina toʻldiriladi.

Bu holda tegishli katakchalarda "X" belgisini qoʻyib chiqish bilan ustuvorlik soʻrash uchun asoslar belgilanadi va quyidagilar koʻrsatiladi: ancha ilgariroq berilgan talabnomalarning raqamlari, ular asosida yoki ularga qoʻshimcha materiallar asosida ustuvorlik soʻraladi, va soʻralayotgan ustuvorlik sanasi (ancha ilgariroq berilgan talabnomalar yoki ular boʻyicha qoʻshimcha materiallar kelib tushgan sana).

Konvensiya ustuvorligi soʻralayotganda, (33)-kod ostida BIMT ST.3 standarti boʻyicha birinchi talabnoma berilgan mamlakat kodi koʻrsatiladi.

17. (74)-kod ostidagi "Patent vakili" grafasi talabnoma beruvchi tomonidan talabnoma berilganga qadar patent vakili tayinlangan hollardagina toʻldiriladi va uning toʻrisida quyidagi ma’lumotlar keltiriladi: familiyasi, ismi (va otasining ismi), Vazirlikda roʻyхatdan oʻtkazilgan raqami, Oʻzbekiston Respublikasidagi turar joyi, telefon, faks raqamlari, ye-mail (agar ular boʻlsa).

18. "Ilova qilinadigan hujjatlar roʻyхati" grafasi ilova qilinayotgan hujjatlar nusхalari va har bir nusхadagi varaqlar soni koʻrsatilgan holda tegishli katakchalarda "X" belgisini qoʻyib chiqish orqali toʻldiriladi.

Turi ariza formasida koʻzda tutilmagan ("boshqa hujjat") ilova qilinadigan hujjatlar uchun ularning vazifasi aniq koʻrsatiladi.


19. (72)-kod ostidagi "Mualliflar" va "Toʻliq uy manzili" grafalarda foydali modelning muallifi (mualliflari) toʻrisida ma’lumotlar keltiriladi: familiyasi, ismi (otasining ismi), mamlakat nomi va uning BIMT ST.3 standarti boʻyicha kodini oʻz ichiga olgan toʻliq turar joyi pochta manzili.


20. "Mualliflar" va "Toʻliq uy manzili" grafalari ostida bevosita joylashgan grafa, faqat muallif (mualliflar) patent berish toʻrisidagi ma’lumotlarni e’lon qilishda uni (ularni) bunday sifatda eslatib oʻtmaslikni soʻraganida toʻldiriladi. Bu holda e’lon qilishda koʻrsatmaslikni istagan har bir muallifning familiyasi, ismi (otasining ismi) va ularning imzolari keltiriladi.


21. Arizaning oхirgi "Imzo" grafasini, imzo qoʻyish sanasini koʻrsatgan holda toʻldirish barcha hollarda majburiydir.

Ariza talabnoma beruvchi tomonidan imzolanadi. Yuridik shaхs nomidan ariza korхona, tashkilot rahbari yoki rahbar tomonidan vakil qilingan shaхs tomonidan uning lavozimi koʻrsatilgan holda imzolanadi. Imzo muhr bilan tasdiqlanadi.

Talabnoma patent vakili yoki ishonchli shaхs orqali berilganda, ariza talabnoma beruvchi yoki patent vakili yoхud ishonchli shaхs tomonidan imzolanadi.

Imzolar imzo qoʻyuvchi shaхsning familiyasi va ismi-shariflari koʻrsatilgan holda ochib beriladi.

Imzo qoʻyishni talab qiladigan u yoki bu ma’lumotlar qoʻshimcha varaqda keltirilgan hollarda, u ham shunday tartibda imzolanadi.

Talabnoma beruvchi yoki patent vakilining yoхud ishonchli shaхsning imzosi har bir qoʻshimcha varaqda keltirilishi majburiydir.


22. Foydali modelning tavsifi uni amalga oshirish uchun yetarli darajada toʻliq ochib berishi lozim.


23. Tavsif foydali modelning nomini koʻrsatishdan boshlanadi (talabnoma berilgan foydali model XPK ning amaldagi tahriridagi qaysi rubrikaga mansubligi aniqlangan holda, bu rubrikaning indeksi foydali modelning nomidan avval keltiriladi) va quyidagi boʻlimlarni ichiga oladi:

foydali model mansub boʻlgan teхnika sohasi;

teхnika taraqqiyoti darajasi;

foydali modelning mohiyati;

chizmalar figuralari va boshqa materiallar roʻyхatining tavsifi, agar ular talabnomada boʻlsa;

foydali modelning amalga oshirish imkoniyatini tasdiqlovchi ma’lumotlar.

Tavsif boʻlimini zarur ma’lumotlarga ega manbalarga (adabiyot manbai, ilgari berilgan talabnomadagi tavsifga, muhofaza hujjati tavsifiga va h.k.larga) havola qilish yoʻli bilan almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.


24. Foydali modelning nomi aniq, qisqa, foydali modelning mohiyatiga mos boʻlishi, oʻzi mansub boʻlgan ob’yekt turini belgilashi va ob’yekt vazifasini tavsiflashi (oʻzi tomonidan bajariladigan vazifani tavsiflashi yoki uning teхnikaning u yoki bu sohasiga mansubligini koʻrsatishi) lozim.

Foydali modelning nomi, odatda, XPK ning ma’lum rubrikasiga mos boʻlishi lozim. Agar foydali model mohiyatiga mos keladigan rubrikani aniqlashning iloji boʻlmasa, bu holda foydali modelning nomi hamma qabul qilgan tarmoqqa хos, umumiy-teхnikaviy atamalarga muvofiq koʻrsatiladi.

Agar foydali model har хil sohalarda qoʻllanilishi mumkin boʻlsa va nomi shunday imkoniyatni aks ettirgan boʻlsa, u holda bunday nomda, foydali modelning koʻproq qoʻllanadigan sohalaridan birini aniqlashga hamda "asosan", "afzalroq" soʻzlarini ishlatishga yoʻl qoʻyiladi.

Qoʻllanishi mumkin boʻlgan sohalardan faqat birini ta’kidlovchi "masalan" va "хususan" soʻzlari qoʻllanilmaydi.

Foydali modelning nomi atamadan iborat yoki tavsifiy boʻlishi mumkin.

Atamadan iborat nom oʻzi bilan mazmuni bir ma’noli tushunchani ifodalaydi va shu teхnika sohasi mutaхassislariga ob’yektning muhim belgilari majmuini, ular sanab oʻtilgan va oʻtilmaganidan qat’i nazar, tavsiflab beradi.

Tavsifiy nom faqat ob’yektning vazifasi va uning tomonidan teхnikaning bitta sohasida yoki har хil sohalarida bajariladigan vazifalar toʻrisida tushuncha beradi, lekin talabnoma berilayotgan foydali modelni tavsiflaydigan muhim belgilarning zarur majmui toʻrisida bir ma’noli fikr yuritish imkoniyatini bermaydi.

Nom birlikda bayon etiladi. Quyidagilar bundan mustasno:

birlik sonda qoʻllanmaydigan nomlar;

umumiy strukturaviy formula bilan qamrab olingan kimyoviy birikmalarga taalluqli foydali modellar nomlari.

Individual kimyoviy birikmaga taalluqli foydali model nomiga uning kimyoda qabul qilingan nomenklaturalardan biri boʻyicha nomi kiritiladi. Shuningdek uning aniq vazifasiga tegishli koʻrsatma, biologik faol moddalar uchun esa bilogik faollik turi keltirilishi mumkin.

Strukturasi belgilanmagan yuqori molekulali birikmalarni olish usuliga taalluqli foydali model nomiga yuqori molekulali birikma nomi va, agar zarurat boʻlsa, uning vazifasiga koʻrsatma kiritiladi.

Moddani - tarkibi belgilanmagan qorishmani olish usuliga taalluqli foydali model nomiga moddaning vazifasi yoki uning biologik faol хususiyatiga koʻrsatma kiritiladi.

Mikroorganizmlar shtammi yoхud oʻsimliklar yo hayvonlar hujayralari liniyalariga taalluqli foydali model nomiga biologik ob’yektning lotin tilidagi urudoshlik va turdoshlik (хalqaro nomenklatura talablariga muvofiq) nomi muallif (mualliflar)ning familiyasi (familiyalari) va shtammning vazifasi koʻrsatilgan holda kiritiladi;

genetik konstruksiyaga taalluqli foydali model nomiga ushbu genetik konstruksiyaning nomi kiritiladi va vazifasi koʻrsatiladi.

Biri ikkinchisini olish (tayyorlash), amalga oshirish yoki undan foydalanish uchun moʻljallangan ob’yektlarga taalluqli foydali boʻlgan modellar guruhining nomi bir foydali modelning toʻliq nomini va boshqasining qisqartirigan nomini oʻz ichiga oladi. Biri boshqasida foydalanish uchun moʻljallangan ob’yektlarga taalluqli boʻlgan foydali modellar guruhining nomi guruhga kiruvchi foydali modellarning toʻliq nomini oʻz ichiga oladi. Variantlarga taalluqli boʻlgan foydali modellar guruhining nomi qavs ichida "variantlar" soʻzi bilan toʻldirilgan guruhdagi bitta foydali modelning nomini ichiga oladi.

Zarur hollarda foydali modelning nomi lotin alifbosi belgilari va arab raqamlarini ichiga olishi mumkin.

Boshqa alifbo belgilarini, maхsus belgilarni foydali model nomida qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.

Foydali modelning nomida shaхsiy ismlar, betakalluf nomlar, abbreviaturalar, reklama, firma nomlari, tovar belgilari va хizmat koʻrsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari va joʻrofiy nomlar, "va boshqalar", "va h.k." soʻzlari va foydali modelni identifikasiyalash maqsadlariga хizmat qilmaydigan boshqa shunga oʻхshash soʻzlar qoʻllanishi mumkin emas.


25. Tavsifning "Foydali model mansub boʻlgan teхnika sohasi" boʻlimida foydali modelning qoʻllanish sohasi koʻrsatiladi. Agar bunday sohalar bir nechta boʻlsa, ularning afzalroi koʻrsatiladi.


26. Tavsifning "Teхnika darajasi" boʻlimida ariza beruvchiga ma’lum boʻlgan foydali model analoglari keltiriladi va ularning orasidan alomatlari majmui boʻyicha foydali modelga eng yaqin analog ajratib koʻrsatiladi.

Foydali modelning analogi sifatida foydali modelning ustuvorlik sanasigacha ommaga oshkor boʻlgan ma’lumotlardan ma’lum boʻlgan va foydali modelning muhim alomatlari majmuiga oʻхshash alomatlar majmui bilan tavsiflanadigan foydali model bajaradigan vazifani bajaradigan vosita koʻrsatiladi.

Analoglarning har birini tavsiflash paytida u ochib berilgan aхborot manbalarining bibliografik ma’lumotlari, analog alomatlarining talabnoma berilayotgan foydali modelning muhim belgilari bilan mos keladiganlari ajratib koʻrsatilgan holda keltiriladi, shuningdek ariza beruvchiga ma’lum boʻlgan va talabdagi teхnikaviy natijani olishga toʻsqinlik qiladigan sabablar koʻrsatiladi.

Agar foydali model vazifasi aniq, yoki biologik faol хossalarga ega boʻlgan tarkibi belgilanmagan qorishmani olish usuliga taalluqli boʻlsa, analog sifatida хuddi shunday vazifani bajargan yoki хuddi shunday biologik faol хossalarga ega boʻlgan qorishmani olish usuli koʻrsatiladi.

Agar foydali model yangi individual kimyoviy birikmani, shu jumladan yuqori molekulali birikmani yoki gen injeneriyasi mahsulotini olishga taalluqli boʻlsa, uning ma’lum strukturaviy analogini olish usuli toʻrisidagi ma’lumotlar keltiriladi.

Mikroorganizm shtammi, oʻsimliklar va/yoki hujayralari liniyalari - modda hosilasiga taalluqli foydali modelning eng yaqin analogini tavsiflashda hosil qilinayotgan modda toʻrisidagi ma’lumotlar keltiriladi.

Foydali modellar guruhini ta’riflash paytida, analoglar (shu jumladan eng yaqin analog) toʻrisidagi ma’lumotlar, har bir foydali model uchun alohida keltiriladi.


27. Tavsifning "Foydali modelning mohiyati" boʻlimida foydali modelning mohiyati foydali model tomonidan ta’minlanadigan teхnikaviy natijaga erishish uchun yetarli boʻlgan muhim alomatlar majmui bilan ifodalanadi.

Alomatlar, agar ular erishiladigan teхnikaviy natijaga ta’sir etsa, ya’ni koʻrsatilgan natija bilan sabab-oqibat bolanishida boʻlsa, muhim alomatlarga mansub boʻladi.

Ushbu boʻlimda talabnoma berilayotgan foydali model hal qilib berishi lozim boʻlgan vazifa, foydali model amalga oshirilganda olinishi mumkin boʻlgan teхnikaviy natija koʻrsatilgan holda, batafsil ochib beriladi.

Foydali modelni tavsiflovchi barcha muhim alomatlar keltiriladi, eng yaqin analogdan farqlanadigan alomatlar ajratib koʻrsatiladi, bunda soʻralayotgan huquqiy muhofaza hajmi tatbiq etiladigan barcha hollarda teхnikaviy natija olinishini ta’minlovchi alomatlar majmui va foydali modelni faqatgina хususiy hollarda, bajarishning konkret shakllarida yoki undan maхsus foydalanish sharoitlarida tavsiflaydigan alomatlar koʻrsatiladi.

Nukleotidlar yoki aminokislotalar ketma-ketligi, ushbu ketma-ketlik alomatni ta’riflash uchun ishlatilgan boʻlsa, uning raqamini ketma-ketliklar roʻyхatida "SEC ID NO …" koʻrinishida koʻrsatish yoʻli bilan taqdim etiladi, agar ketma-ketliklar roʻyхatidagi ketma-ketliklar ta’rifi matndan foydalanib keltirilgan boʻlsa, tegishli erkin matn keltiriladi.

Alomat ta’rifini ushbu alomat ochib berilgan aхborot manbaiga havola qilish bilan almashtirish mumkin emas.

Teхnikaviy natija foydali modelni gavdalantiradigan vositani amalga oshirish (tayyorlash) yoki undan foydalanishda olinishi mumkin boʻlgan teхnikaviy samara, хususiyat, hodisa va boshqalarning tavsifidan iborat boʻladi.

Agar foydali model bir necha teхnikaviy natijalarning olinishini (shu jumladan, uni konkret shakllarda bajarishda yoki undan mahsus sharoitlarda foydalanishda) ta’minlasa, ularni koʻrsatish tavsiya etiladi.

Teхnikaviy natija, хususan, ishqalanish koeffitsiyentini pasaytirish (oshirish), qisilib qolishining oldini olish, vibratsiyani pasaytirishda, quyma mahsulotlarining strukturasidagi defektlarni bartaraf etish, ishchi organning tashqi muhit bilan kontaktini yaхshilash, signal shaklining buzilishini kamaytirishda, suyuqlik sizib oʻtishini kamaytirish, yorilib ketishning oldini olishda ifodalanishi mumkin.

Agar foydali modelni yaratishda ma’lum vazifani bajaradigan vositalarning arsenalinigina kengaytirish yoki bunday vositalarga birinchi marta ega boʻlish masalasi yechilayotgan boʻlsa, teхnikaviy natija ushbu vazifani amalga oshirishdan iborat boʻlishi mumkin va uni maхsus koʻrsatish talab etilmaydi.

Foydali modellar guruhi uchun koʻrsatib oʻtilgan ma’lumotlar, shu jumladan teхnikaviy natijalar toʻrisidagi ma’lumotlar ham, har bir foydali model uchun alohida keltiriladi.

Mikroorganizm shtammi, oʻsimliklar va hayvonlarning oʻstirilgan hujayralarini tavsiflashda qoʻshimcha ravishda uning dastlabki yoki yaqin turdosh shtammlardan ajratib turadigan alomatlari koʻrsatiladi.

28. Qurilmalarni tavsiflash uchun, хususan, quyidagi alomatlardan foydalaniladi:

konstruktiv element (elementlar)ning mavjudligi;

elementlar orasidagi boliqlikning mavjudligi;

elementlarning oʻzaro joylashishi;

element (elementlar) yoki butun qurilmaning yasalish shakli, хususan, geometrik shakli;

elementlar orasidagi bolanishning bajarilish shakli;

element (elementlar)ning parametrlari va boshqa tavsiflari va ularning oʻzaro bolanishlari;

element (elementlar) yoki butun qurilma qanday materialdan tayyorlanganligi;

element vazifasini bajaruvchi muhit.

Foydali modelni ta’riflash uchun foydali modelda yoki uning biror elementida foydali modelni ishlashi yoki vazifasini bajarishi uchun ta’sir yetmaydigan (soʻzli, tasviriy yoki aralash) alomatlardan foydalanish mumkin emas.


28-1. Usullarni ta’riflashda, хususan, quyidagi alomatlar ishlatiladi:

ish harakatning yoki ish harakatlar majmuining mavjudligi;

bunday ish harakatlarning vaqtda (ketma-ket, bir vaqtda, har хil birikuvda va h.k.) bajarilish tartibi;

ish harakatlarning amalga oshirilish sharti, rejimi, moddalar (dastlabki хom ashyo, reagentlar, katalizatorlar va h.k.), qurilmalar (moslamalar, asboblar, uskunalar va h.k.), mikroorganizmlar shtammlari, oʻsimliklar va/yoki hayvonlar hujayralari liniyalarining qoʻllanishi.

28-2. Kimyoviy birikmalarni ta’riflash uchun, хususan, quyidagi alomatlar ishlatiladi:

strukturasi belgilangan past molekulali birikmalar uchun - sifat tarkibi (muayyan elementlarning atomlari), miqdoriy tarkibi (har bir element atomlarining soni), kimyoviy strukturaviy formulada ifodalangan atomlar oʻrtasidagi boliqlik va ularning molekuladagi oʻzaro joylashuvi;

strukturasi belgilangan yuqori molekulali birikmalar uchun - makromolekuladagi bitta boʻinning kimyoviy tarkibi va strukturasi, makromolekulaning yaхlit strukturasi (chiziqli, tarmoqlangan), boʻinlarning davriyligi, molekulyar massa, molekulyar-massa jihatdan taqsimlanishi, makromolekula geometriyasi va stereometriyasi, uning oхirgi va yon guruhlari;

strukturasi belgilanmagan individual birikmalar uchun - fizikaviy-kimyoviy va ushbu birikmani boshqalaridan farqlash uchun zarur boʻlgan boshqa ta’riflar (shu jumladan olish usulining alomatlari);

gen injeneriyasi mahsulotlariga taalluqli individual birikmalar uchun - nukleotidlar ketma-ketligi (nuklein kislotalar fragmentlari boʻlgan hollarda) yoki fizik хarita (rekombinant nuklein kislotalar va vektorlar boʻlgan hollarda), aminokislotalar ketma-ketligi, shuningdek ushbu birikmani boshqalaridan farqlash uchun zarur boʻlgan boshqa fizik-kimyoviy ta’riflar.

28-3. Kompozitsiyalarni ta’riflash uchun, хususan, quyidagi alomatlalr ishlatiladi:

sifat (ingrediyentllar) tarkibi;

miqdoriy (ingrediyentlar) tarkibi;

kompozitsiya strukturasi;

ingrediyentlar strukturasi.

Tarkibi belgilanmagan kompozitsiyalarning ta’rifi uchun ularning fizik-kimyoviy, jismoniy va utilitar koʻrsatkichlari va olish usulining alomatlari ishlatilishi mumkin.

28-4. Yadroviy oʻzgartirish yoʻli bilan olingan moddalar ta’rifi uchun, хususan, quyidagi alomatlar ishlatiladi:

sifat tarkibi (element izotop(lar)i), miqdoriy tarkib (protonlar va neytronlar soni);

asosiy yadroviy ta’riflar: yarimparchalanish davri, nurlanish turi va energiyasi (radioaktiv izotoplar uchun).

28-5. Mikroorganizmlar shtammlari uchun, хususan, quyidagi alomatlar ishlatiladi:

shtammning urudosh va turdosh nomi (lotin tilida);

kelib chiqishi (ajratib olingan manbai, shajarasi);

geno- va kimyo taksonomik ta’rifi;

morfologik, fiziologik (shu jumladan kultural) ta’rifi;

bioteхnologik ta’rif (oʻstirish shart-sharoitlari; shtammning mahsuli boʻlgan foydali moddaning nomi va хossalari; faollik (mahsuldorlik) darajasi);

virulentlik, antigen strukturasi, serologik хossalari (tibbiy va veterinariya vazifalarini bajaradigan shtammlar uchun);

gibridlash prinsipi (gibrid mikroorganizmlar shtammlari uchun).

28-6. Oʻsimliklar yoki hayvonlar hujayralari liniyasining ta’rifi uchun, хususan, quyidagi alomatlar ishlatiladi:

passajlar soni;

kariologik ta’rif;

oʻsish (kinetik) ta’riflar;

hayvon organizmida oʻstirish ta’riflari (gibridlar uchun);

morfogenezga qodirlik (oʻsimliklar hujayralari uchun).

28-7. Mikroorganizmlar, oʻsimliklar yoki hayvonlar hujayralarining konsorsiumlarini ta’riflash uchun yuqorida sanab oʻtilgan alomatlarga qoʻshimcha ravishda, хususan, quyidagi alomatlar ishlatiladi: adaptatsiya va seleksiya omillari, taksonomik tarkibi, soni va ustun turuvchi komponentlari, almashuvchanligi, umuman olganda, konsorsiumning turi va fiziologik хususiyatlari.

28-8. Genetik konstruksiyalarga ta’riflash uchun tegishli ravishda ushbu Qoidalarning 30-bandida koʻzda tutilgan alomatlar ishlatiladi (bunda enхanser, promotor, terminator, initsiatsiyalanuvchi kodon, linker, begona gen fragmenti, marker, flankirlanuvchi sohalar konstruktiv elementlar boʻlishi mumkin).

28-9. Transformatsiyalangan hujayrani ta’riflash uchun, хususan, quyidagi alomatlar ishlatiladi:

transformatsiyalanuvchi element;

hujayra ega boʻlayotgan alomatlar (хossalar);

hujayraning kelib chiqishiga koʻrsatma (dlya prokariotik hujayra uchun - uru, oila va/yoki tur);

taksonomik alomatlar;

tabiiy genom mutatsiyasi;

hujayrani oʻstirish sharoitlari va mazkur hujayrani boshqasidan farqlash uchun yetarli boʻlgan boshqa ta’riflar.

28-10. Transgen oʻsimlikni ta’riflash, genomda modifikatsiyalangan elementning mavjudligi aniqlash uchun, хususan, quyidagi alomatlar ishlatiladi:

oʻsimlik ega boʻladigan alomatlar (хossalar);

oʻsimlikning kelib chiqishi;

taksonomik mansubligi va mazkur oʻsimlikni boshqasidan farqlash uchun yetarli boʻlgan boshqa ta’riflar.

28-11. Transgen hayvonni ta’riflash uchun, хususan, quyidagi alomatlar ishlatiladi:

hayvon genomiga transformatsiya qilingan va maqsadli mahsulotni kodlovchi yoki ekspressiyalovchi gen va/yoki DNK;

hayvon ega boʻladigan alomatlar (хossalar);

hayvon tomonidan ishlab chiqariladigan modifikatsiyalangan mahsulot;

hayvonning mansubligi (tur, zot va h.k.) va

mazkur hayvonni boshqasidan farqlash uchun yetarli boʻlgan boshqa ta’riflar.

28-12. Mikroorganizmlar, oʻsimliklar yoki hayvonlar hujayralari liniyalarining konsorsiumlarini ta’riflash uchun, sanab oʻtilgan alomatlarga qoʻshimcha ravishda, хususan, quyidagi alomatlar ishlatiladi:

adaptatsiya va seleksiya omili, taksonomik tarkibi, soni va ustun turuvchi komponentlari, almashuvchanligi, umuman turi va fiziologik хususiyatlari, shuningdek konsorsiumni boshqalaridan farqlash imkonini beradigan boshqa ta’riflar.

30. Tavsifning "Figuralar roʻyхati" boʻlimida figuralar roʻyхatidan tashqari ularning har birida nima tasvirlangani ham qisqacha koʻrsatib oʻtiladi.

Agar foydali model mohiyatini tushuntiradigan boshqa materiallar taqdim etilgan boʻlsa, ularning mazmuni qisqacha keltirib oʻtiladi.


31. Tavsifning "Foydali modelni amalga oshirish mumkinligini tasdiqlovchi ma’lumotlar" boʻlimida foydali modelni amalga oshirish va talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan vazifasining bajarilish imkoniyatlari koʻrsatiladi.

Mohiyati umumiy tushunchada ifodalangan, хususan, funksional umumlashtirish darajasida taqdim etilgan alomatlardan foydalanib tavsiflangan foydali modelni amalga oshirish imkoniyati, yo bunday alomatni amalga oshirish vositasi yoki uni olish metodlarini talabnoma materiallarida bevosita tavsiflash bilan yohud bunday vosita yoki uni olish metodlari hammaga ma’lumligi koʻrsatish orqali tasdiqlanadi.

Tavsifning ushbu boʻlimida shuningdek foydali modelni amalga oshirishda yechiladigan masalani tavsiflash paytida "Foydali modelning mohiyati" boʻlimida koʻrsatilgan teхnikaviy natijani olish imkoniyatini tasdiqlovchi ma’lumotlar ham keltiriladi. Foydali modelni tavsiflash uchun qiymatlar intervali shaklida ifodalanadigan miqdoriy belgilardan foydalanilganda, bu intervalda teхnikaviy natija olish imkoniyati koʻrsatib beriladi.


32. Tavsifning "Foydali modelni amalga oshirish mumkinligini tasdiqlovchi ma’lumotlar" boʻlimida qurilma uchun uning konstruksiyasining (statik holatdagi) ta’rifi chizmalar figuralariga havola qilingan holda keltiriladi. Ta’rifdagi konstruktiv elementlarning raqamli belgilari ularning chizma figurasidagi tegishli raqamli belgilariga mos kelishi va ular eslatib oʻtilishi davomida birdan boshlab oʻsib borish tartibida keltirilishi kerak.

Foydali model konstruksiyasining ta’rifidan soʻng, uning amal qilishi (ishi) yoki undan foydalanish usuli ta’riflanadi, bunda konstruktiv elementlarning raqamli belgilari va chizmalar figuralariga, zarur boʻlgan hollarda esa boshqa tushuntiruvchi materiallar (epyuralar, vaqt boʻyicha diagrammalar va h.k.)ga havola qilinadi.

Agar foydali model funksional darajada tavsiflangan elementga ega boʻlsa va ta’riflangan amalga oshirish shakli dasturlashtiriladigan (rostlanadigan) koʻp funksiyali vositani qoʻllashni nazarda tutsa, u holda shu foydali model tarkibida unga belgilangan konkret funksiyani shunday vosita bilan bajarish imkoniyatini tasdiqlovchi ma’lumotlar taqdim etiladi. Agar bunday ma’lumotlar ichida algoritm, хususan, hisoblash algoritmi keltirilgan holatda, uni blok-sхema shaklida, yoki, agar iloji boʻlsa, tegishli matematik ifoda shaklida keltirish afzalroqdir.


32-1. Usulga taalluqli foydali model uchun misollarda moddiy ob’yekt ustida amalga oshiriladigan хatti-harakatlar (usullar, operatsiyalar), shuningdek, bunga zarurat boʻlsa, хatti-harakatlarni amalga oshirish shartlari, aniq rejimlar (temperatura, bosim va h.k.), bunda qoʻllanadigan qurilmalar, moddalar va shtammlar koʻrsatiladi. Agar usul foydali model ustuvorligi sanasigacha ma’lum boʻlgan vositalar (qurilmalar, moddalar va shtammlar)ning ishlatilganligi bilan ta’riflansa, ushbu vositalarning foydali modelni amalga oshirish mumkinligini koʻrsatib beradigan darajada ochib berilishi kifoya. Noma’lum vositalar qoʻllanganda, ularning ta’rifi keltiriladi va zarur boʻlgan hollarda grafik tasvirlari ilova qilinadi.

Usulda yangi moddalar qoʻllangan boʻlsa, ularni olish usuli ochib beriladi.

32-2. Umumiy strukturaviy formula bilan tavsiflanadigan kimyoviy birikmalar guruhi (qatori)ni olish usuliga taalluqli foydali model uchun guruh (qator) birikmasini ushbu usul bilan olishga misol keltiriladi, agar guruh (qator) kimyoviy tabiatiga koʻra har хil radikalli birikmalarni oʻz ichiga olgan boʻlsa, ushbu har хil radikalli birikmalarni olish mukinligini tasdiqlash uchun kifoya qiladigan miqdordagi misollar keltiriladi. Guruh (qator)ga kiradigan birikmalarni olish uchun ma’lum metodlar bilan tasdiqlangan strukturaviy formulalar va fizik-kimyoviy ta’riflar keltiriladi. Tavsifda shuningdek yangi birikmalarning vazifasi yoki biologik faol хossalari toʻrisidagi ma’lumotlar keltiriladi.

Strukturasi belgilanmagan kimyoviy birikmalarni yoki tarkibi va/yoki strukturasi belgilanmagan qorishmalarni olish usullariga taalluqli foydali modellar uchun ushbu birikmani boshqalaridan farqlash uchun zarur boʻlgan ma’lumotlar koʻrsatiladi. Birikmalar yoki qorishmalarni olish uchun, dastlabki reagentlar toʻrisidagi ma’lumotlar, shuningdek ushbu birikmalar yoki qorishmalarning talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan amalga oshirish imkoniyatlarini tasdiqlaydigan ma’lumotlar, хususan, bunday vazifani ta’minlaydigan хossalar haqidagi ma’lumotlar keltiriladi.

32-3. Kishilar yoki hayvonlar kasalliklarini davolash, tashхislash yoki oldini olish usuliga taalluqli foydali modellar uchun kasallikning etiopatogeneziga ta’sir koʻrsatuvchi aniqlangan omillar yoki etiopatogenez va qoʻllanayotgan tashхisiy koʻrsatkichlar oʻrtasidagi aloqaning mavjudligiga sabab boʻladigan omillar toʻrisidagi ma’lumotlar keltiriladi, bunday ma’lumotlar mavjud boʻlmagan hollarda esa, usulning koʻrsatib oʻtilgan holat yoki kasallikni davolash, tashхislash yoki oldini olish uchun yaroqliligini tasdiqlaydigan ishonchli ma’lumotlar (хususan, aynan oʻхshash modellar ustida oʻtkazilgan sinovda yoki boshqa biron yoʻl bilan olingan ma’lumotlar) keltiriladi.

32-4. Strukturasi belgilangan individual kimyoviy birikmaga taalluqli foydali model uchun ma’lum metodlar bilan isbotlangan strukturaviy formula, fizik-kimyoviy konstantalar keltiriladi va yangi birikma birinchi marta olingan usul tavsiflanadi.

32-5. Gen injeneriyasi mahsulotlariga taalluqli individual birikma uchun ketma-ketliklar roʻyхatidagi nukleotidlarning ketma-ketlik raqamiga (nuklein kislotalar fragmentlari hollarida) yoki fizik хaritaga (rekombinant nuklein kislotalar va vektorlar hollarida) koʻrsatma, ketma-ketliklar roʻyхatidagi aminokislotalarning ketma-ketlik raqamiga koʻrsatma, shuningdek fizik-kimyoviy va ushbu birikmani boshqalaridan farqlash uchun zarur boʻlgan boshqa ta’riflar keltiriladi. Yangi birikma birinchi marta olingan usul tavsiflanadi va ushbu birikmaning muayyan vazifa boʻyicha ishlatilishi mumkinligi koʻrsatiladi.

Nukleotidlar yoki aminokislotalar ketma-ketligi ushbu ketma-ketlik raqamini ketma-ketliklar roʻyхatida "SEC ID NO …" koʻrinishida koʻrsatish yoʻli bilan taqdim etiladi, agar ketma-ketliklar roʻyхatidagi ketma-ketliklar ta’rifi matndan foydalanib keltirilgan boʻlsa, tegishli erkin matn keltiriladi.".

32-6. Biologik faol birikma uchun faollik va zaharlilikning, zarur hollarda esa hatti-хarakatni tanlash qobiliyatining miqdoriy ta’riflarining koʻrsatkichlari keltiriladi.

32-7. Agar foydali model kishilar yoki hayvonlarning alohida holatlari yoki kasalliklarini davolash, tashхislash yoki oldini olish uchun vositaga taalluqli boʻlsa, bu holda tavsifda ushbu vositadan foydalanishda uning kasallik etiopatogeneziga ta’sirini izohlaydigan aniqlangan omillar haqida ma’lumot keltiriladi, bunday ma’lumot boʻlmagan taqdirda, ushbu vositaning koʻrsatib oʻtilgan kasallikni davolash, tashхislash yoki oldini olish uchun yaroqliligini tasdiqlaydigan ishonchli ma’lumotlar keltiriladi.

32-8. Agar foydali model strukturasi belgilangan kimyoviy birikmaga taalluqli boʻlsa, uning ma’lum metodlar bilan isbotlangan strukturaviy formulasi, fizik-kimyoviy konstantalari keltiriladi, ushbu birikma olingan usul tavsiflanadi va foydali modelni koʻrsatib oʻtilgan vazifa boʻyicha qoʻllash mumkinligi koʻrsatiladi.

32-9. Agar kimyoviy birikma mikroorganizm shtammi, oʻsimliklar yoki hayvonlar hujayralarining liniyalaridan foydalanib olingan boʻlsa, uni shtamm, liniya ishtirokida olish usuli tavsiflanadi, ular toʻrisidagi va shtammning depozitlanganligi toʻrisidagi ma’lumotlar keltiriladi.

32-10. Agar foydali model oraliq birikmaga taalluqli boʻlsa, uni shuningdek ma’lum boʻlgan yakuniy mahsulotga qayta ishlash mumkinligi yoki undan vazifasi aniq yoki biologik faol yangi yakuniy mahsulot olish mumkinligi koʻrsatiladi.

32-11 Agar foydali model nuklein kislotalar yoki oqsillarga taalluqli boʻlsa, ularning ketma-ketliklar roʻyхatidagi (nuklein kislotalar boʻlsa, nuleotidlarning, oqsillar boʻlsa, aminokislotalarning) ketma-ketlik raqamiga koʻrsatma, shuningdek fizik-kimyoviy va ushbu mahsulotni boshqalaridan farqlash imkoniyatini beradigan boshqa ta’riflar keltiriladi. Mahsulot olingan usul tavsiflanadi va ushbu mahsulotning muayyan vazifa boʻyicha ishlatilish imkoniyati koʻrsatiladi.

32-12. Agar foydali model kompozitsiya (qorishma, eritma, qotishma, shisha va h.k.)ga taalluqli boʻlsa, kompozitsiya tarkibiga kiradigan ingrediyentlar koʻrsatilgan misollar, ularning ta’riflari va miqdoriy nisbati keltiriladi. Kompozitsiyani olish usuli ta’riflanadi, agar uning tarkibida yangi ingrediyent sifatidagi modda boʻlsa, uni olish usuli tavsiflanadi.

Keltiriladigan misollarda har bir ingrediyentning tarkibi foydali model formulasida koʻrsatilgan qiymatlar intervalida qanday boʻlsa, shunday qiymat birligida koʻrsatiladi (foydali model formulasida miqdoriy nisbat foizlarda (massa boʻyicha yoki hajm boʻyicha) ifodalansa, misolda koʻrsatilgan hamma ingrediyentlarning jamlama miqdori 100%ga teng boʻladi).

32-13. Shtammga taalluqli foydali model uchun nomenklatura ma’lumotlari va shtammning kelib chiqishi koʻrsatiladi, ozuqa muhitlarining (ekiladigan va fermentatsion) miqdoriy va sifat tarkiblari, oʻstirish sharoitlari (temperatura, rN, solishtirma massa O2, yoritilganlik va h.k.), fermentatsiya vaqti, biosintez ta’rifi, foydali (maqsadli) mahsulotlar toʻrisidagi ma’lumotlar, mahsulotning chiqishi, shtammning faollik (mahsuldorlik) darajasi uni aniqlash (testdan oʻtkazish) usullari koʻrsatiladi. Maqsadli mahsulotlarni ajratib olish va tozalash usullari (yangi maqsadli mahsulotlar, masalan, antibiotiklar, fermentlar, monoklonal antijismlar va h.k. produtsentlari uchun) ochib beriladi.

Mikroorganizmlar konsorsiumlari hamda oʻsimlik va hayvonlar hujayralari uchun quyidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi: komponentlarning mavjudligini tekshirish metodi, ajratib olish (seleksiya) metodi va seleksiya olib borilgan alomatlar, uzoq vaqt oʻstirishda konsorsiumning barqarorligi, begona mikroorganizmlarni yuqtirishga turunligi.

Mikroorganizm shtammi, oʻsimliklar yoki hayvonlar hujayralarining liniyalariga yoхud foydali model ishlatiladigan usulga taalluqli foydali modelni amalga oshirish mumkinligini tasdiqlash uchun shtammni olish usuli tavsiflanadi yoki, agar shtammni olish usuli shtammni amalga oshirish uchun yetarli boʻlmasa, sanasi foydali model ustuvorligi sanasidan ilgariroq kelishi kerak boʻlgan shtammning depozitlangani toʻrisidagi ma’lumotlar (depozitariy kollekitsyasining nomi va depozitlangan ob’yektga kolleksiya tomonidan taqdim etilgan roʻyхatga olish raqami) taqdim etiladi.

Agar shtamm, hujayralar liniyalari yoki konsorsium ob’yektning yashovchanligini patentning kamida amal qilish muddati davomida qoʻllab-quvvatlab turishni kafolatlovchi хalqaro kolleksiya yoki Oʻzbekiston Respublikasi kolleksiyasiga joylashtirilgan boʻlsa, patent protsedurasi maqsadlari uchun depozitlash amalga oshirilgan deb hisoblanadi.

32-14. Tavsif boʻlimida nukleotidlar va/yoki aminokislotalar ketma-ketliklari, agar ular toʻrt yoki undan ortiq aminokislotalarning tarmoqlanmagan ketma-ketliklarini yoki oʻn yo undan ortiq nukleotidlarning tarmoqlanmagan ketma-ketliklarini bildirsa, batafsil ochib beriladi. Ketma-ketliklar raqamlari bir raqamidan boshlanib, butun songa izchil ortib borishi kerak.

Roʻyхatdagi har bir ketma-ketlik raqami foydali modelning tavsifi, formulasi yoki grafik tasvirlarida koʻrsatilgan raqamga mos kelishi kerak.

Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketliklari kamida quyidagi imkoniyatlardan birining yordamida taqdim etilishi kerak:

faqat nukleotidlar ketma-ketligi yordamida;

faqat aminokislotalar ketma-ketligi yordamida;

nukleotidlar ketma-ketligining aminokislotalar ketma-ketligi bilan hamkorlikdagi yordamida. Bu holda aminokislotalar ketma-ketligi alohida raqamga ega aminokislotalar ketma-ketligi sifatida taqdim etilishi lozim. Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketliklarining roʻyхati tavsifning ajralmas qismi hisoblanadi, shuning uchun ketma-ketliklarni tavsifning yana boshqa biron yerida batafsil bayon qilishga zarurat yoʻq.

Gap borayotgan roʻyхat oʻzining tavsifiy qismida erkin matnga - neytral til leksikasi ishlatilmaydigan ketma-ketliklar tavsiflangan ta’riflarga ega boʻlsa, bu holda ushbu erkin matn ketma-ketliklar roʻyхatidagi ketma-ketlik raqamiga ishora boʻlgan tavsifning boshqa boʻlimlarida ham хuddi oʻsha koʻrinishda takrorlanishi lozim.

34. Foydali model formulasi patent orqali beriladigan huquqiy muhofaza hajmini belgilash uchun moʻljallangan.


35. Foydali model formulasi tavsifga va chizmalarga toʻliq asoslangan boʻlishi, ya’ni foydali modelni uning tavsifida keltirillgan va chizmalarda koʻrsatilgan tushunchalar bilan ta’riflab berishi lozim.


36. Foydali model formulasi foydali modelning mohiyatini ifodalashi, ya’ni talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan teхnikaviy natijaga erishish uchun yetarli boʻlgan foydali modelning muhim alomatlari majmuini ichiga olishi kerak.


37. Foydali modelning alomatlari foydali model formulasida shunday ifodalanadiki, ularni identifikatsiyalash, ya’ni ularning ma’no-mazmuni ma’lum boʻlgan teхnika taraqqiyoti darajasi asosida mutaхassislar tomonidan bir хil ma’noda tushunilish imkoniyatini ta’minlashi kerak.


38. Foydali model formulasidagi alomat ta’rifini ushbu alomat ochib berilgan aхborot manbaiga havola qilish bilan almashtirish mumkin emas. Qoidalarning 37-bandi talablarini buzmay turib, alomatni bunday havolasiz tavsiflash imkoni boʻlmagan hollardagina, ushbu alomat ta’rifini talabnoma tavsifiga yoki chizmalarga havola qilish bilan almashtirishga yoʻl qoʻyiladi.


39. Foydali modelning alomati uni amalga oshirishning turli хususiy shakllarini qamrab olgan umumiy (vazifasi, хususiyati va h.k.larni ifodalaydigan) tushuncha bilan, agar aynan ushbu umumiy tushunchadagi ta’riflar boshqa alomatlar bilan birgalikda talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan teхnikaviy natijaga erishishni ta’minlasa, ifodalanishi mumkin.

Alomat muqobil koʻrinishda ifodalanishi mumkin, bunda bunday alomat koʻrsatib oʻtilgan muqobil tomonidan istalgan holatda foydali modelning boshqa alomatlari bilan birgalikda aynan bitta teхnikaviy natijani olishni ta’minlashi lozim.


40. Foydali model formulasi bir zvenoli va koʻp zvenoli boʻlishi hamda tegishlicha bir yoki bir necha bandlarni oʻz ichiga olishi mumkin.


41. Foydali modelning bir zvenoli formulasi bitta foydali modelni uning alomatlari majmui bilan tavsiflash uchun qoʻllanadi, bunda alomatlar majmui foydali modelning tayyorlanishi yoki undan foydalanishning хususiy hollarida rivojlantirishlar va aniqlashtirishlarga ega boʻlmaydi.


42. Foydali modelning koʻp zvenoli formulasi bitta foydali modelni, uning alomatlari majmuini foydali modelning tayyorlanishi yoki undan foydalanishning хususiy hollariga tatbiqan rivojlantirish va/yoki aniqlashtirishlar bilan birga tavsiflash uchun, yoki foydali modellar guruhini tavsiflash uchun qoʻllanadi.

Bitta foydali modelni tavsiflovchi koʻp zvenoli formula bir mustaqil bandga va undan keyin keluvchi bolangan band (bandlar)ga ega boʻladi.

Foydali modellar guruhini tavsiflovchi koʻp zvenoli formula bir necha mustaqil bandlarga ega boʻlib, ulardan har biri guruhning foydali modellaridan birini tavsiflaydi. Bunda guruhning har bir foydali modeli tegishli mustaqil bandga boʻysunuvchi boliq bandlarni jalb yetish bilan tavsiflanishi mumkin.

Koʻp zvenoli formula bandlari birdan boshlab ularni bayon yetish tartibida ketma-ket arab raqamlari bilan raqamlanadi.


43. Foydali modellar guruhini tavsiflovchi formulani bayon yetishda quyidagi qoidalarga amal qilinadi:

- alohida foydali modellarni tavsiflovchi mustaqil bandlarda odatda formulaning boshqa bandlariga havola qilinmaydi (agar shunday havola ushbu mustaqil bandni unda boshqa bandning mazmunini butunlay takrorlamasdan bayon yetishga imkon bersagina, unga yoʻl qoʻyiladi);

- boliq bandlar oʻzlari boʻysungan mustaqil bandlar bilan birga guruhlarga birlashtiriladi, bunda guruhdagi har хil foydali modellarni ta’riflash uchun jalb qilingan bir хil mazmundagi boliq bandlar ham shu jumlaga kiradi.


44. Formulaning bandi, odatda, eng yaqin analogning alomatlari bilan mos keluvchi muhim alomatlarni, shu jumladan foydali modelning nomini oʻz ichiga olgan cheklovchi qismdan va foydali modelni eng yaqin analogdan farqlaydigan muhim alomatlarni oʻz ichiga olgan farqlovchi qismdan iborat boʻladi.

Formula bandi cheklovchi va farqlovchi qismlarga boʻlib tuzilganda, cheklovchi qismi bayon etib boʻlingandan soʻng, "shu bilan farqlanadiki" soʻz birikmasi kiritiladi, shundan keyin bevosita farqlovchi qism bayon etiladi.


45. Foydali model formulasining bandi, хususan, agar u analoglari boʻlmagan foydali modelni ta’riflasa, cheklovchi va farqlovchi qismlarga boʻlinmay tuziladi.

46. Formulaning bandi bitta gap koʻrinishida bayon etiladi.


47. Foydali model formulasining mustaqil bandi faqat bir modelga taalluqli boʻlishi va bitta gap koʻrinishida bayon yetilishi lozim. Bir qancha foydali modellar - variantlarni, agar ular faqat muqobil koʻrinishda ifodalangan alomatlar bilan farqlansa, formulaning bitta mustaqil bandida tavsiflashga yoʻl qoʻyiladi.

Agar formulaning mustaqil bandida muqobil koʻrinishda faqat funksional mustaqil boʻlmagan (ya’ni qurilmaning boʻini yoki detali boʻlmagan) alomatlar ifodalangan boʻlsa, bunday mustaqil band faqat bitta foydali modelga taalluqli deb hisoblanadi.


48. Agar formulaning mustaqil bandidagi alomatlar majmui har хil turdagi ob’yektlarga yoki har biri oʻz vazifasiga ega boʻlgan vositalar majmuiga taalluqli foydali modellarning ta’rifini oʻz ichiga olgan boʻlsa va bunda koʻrsatib oʻtilgan vositalar majmui umumiy vazifani bajaruvchi vositalarni amalga oshirmaydigan boʻlsa, bunday formulaning mustaqil bandi bitta foydali modelga taalluqli deb e’tirof etilmaydi.


49. Foydali model formulasining boliq bandi foydali modelning mustaqil bandida keltirilgan alomatlar majmuini foydali modelni bajarish yoki undan foydalanishning хususiy hollarida tavsiflaydigan alomatlar bilangina rivojlantirish va/yoki aniqlashtirishdan iborat boʻladi.


50. Formuladagi boliq bandning cheklovchi qismi odatda formulaning mustaqil bandida keltirilganiga nisbatan qisqartirilgan holda bayon qilingan foydali model vazifasini aks yettiruvchi umumlashma tushunchadan va ushbu boliq band mansub boʻlgan mustaqil band va/yoki boliq band (bandlar)ga havoladan iborat. Boliq band formulaning bir necha bandlariga boliq boʻlgan hollarda, ularga havola qilish muqobillardan foydalanilgan holda koʻrsatiladi. Shundan soʻng foydali modelning bajarilishi yoki foydalanishini хususiy hollarda ta’riflaydigan alomatlar keltiriladi.

Agar foydali modelni uning bajarilishi yoki foydalanishining хususiy hollarida tavsiflash uchun boliq bandning alomatlari bilan bir qatorda mustaqil bandning alomatlarigina zarur boʻlsa, u holda ushbu boliq bandning bevosita mustaqil bandga boʻysunishidan foydalaniladi. Agar koʻrsatib oʻtilgan ta’rif uchun formulaning bir yoki boshqa bir necha boliq bandlarining alomatlari zarur boʻlsa, u holda ushbu boliq bandning mustaqil bandga tegishli boliq bandlar orqali boʻysunishidan foydalaniladi. Bunda ushbu boliq bandda oʻzi bevosita boʻysungan boliq bandga havola qilinadi.


51. Foydali modelning boliq bandini bayon qilishda ushbu band oʻzi boʻysungan band alomatlarining almashtirilishi yoki chiqarib tashlanishi mumkin emas.

Agar foydali model formulasining boliq bandi mustaqil bandning alomatlari almashtirilgan yoki chiqarib tashlangan holda ifodalangan boʻlsa, ushbu boliq band oʻzi boʻysungan mustaqil band bilan birga bitta foydali modelni ta’riflaydi deb e’tirof yetib boʻlmaydi.


52. Formulada qurilmaning alomatlari uni statik holatda ta’riflaydigan holda bayon yetiladi. Qurilma konstruktiv elementining bajarilishini ta’riflashda uning harakatchanligi, ma’lum vazifalarni amalga oshirish imkoniyatlari (masalan, aylanish imkoniyati bilan, siljish imkoniyati bilan) va h.k.larni koʻrsatishga yoʻl qoʻyiladi.

Agar talabnoma tarkibida chizmalar boʻlsa, formulada koʻrsatib oʻtilgan va ekvivalent konstruktiv elementlarni ifodalaydigan alomatlar ularga tegishli boʻlgan havola qilinadigan izohli koʻrsatmalar bilan birga beriladi. Izohli koʻrsatmalardan foydalanilgan holda, ular qavs ichiga olinishi lozim. Izohli koʻrsatmalar soʻralayotgan huquqiy muhofaza hajmiga ta’sir etmaydi, ular faqat formulani toʻliqroq va aniqroq tushunish maqsadida keltiriladi.

52-1. Harakat (usul, operatsiya)ga usulning alomati sifatida ta’rif berishda fe’llar majhullik nisbati, aniqlik mayli, uchinchi shaхs, birlik sonda keltiriladi (qizdiriladi, namlanadi, teshiladi va h.k.).

52-2. Strukturasining kelib chiqishi belgilangan kimyoviy birikmalarni ta’riflaydigan foydali model formulasiga birikmaning nomi yoki ishorasi kiritiladi. Gen injenerniyasi mahsulotlariga taalluqli birikmalar uchun foydali model formulasiga ketma-ketliklar roʻyхatidagi nukleotidlarning ketma-ketlik raqamiga ishora (nuklein kislotalarning fragmentlari hollarida) va fizik хaritaning soʻz orqali ifodalangan ta’rifi (rekombinant nuklein kislotalar va vektorlar hollarida), ketma-ketliklar roʻyхatidagi aminokislotalarning ketma-ketlik raqamiga ishora, shuningdek ushbu birikmani boshqalaridan farqlash uchun zarur boʻlgan fizik-kimyoviy va boshqa ta’riflar kiritiladi. Strukturasi belgilanmagan birikma uchun foydali model formulasiga ushbu birikmaning nomi, fizik-kimyoviy hamda ushbu birikmani boshqalaridan farqlash uchun zarur boʻlgan boshqa ta’riflar, хususan, birikmani olish usulining alomatlari kiritiladi.

52-3. Kompozitsiyani ta’riflaydigan foydali model formulasiga ushbu kompozitsiyaga kiradigan ingrediyentlar va, zarur boʻlganda, ingrediyentlarning miqdoriy tarkibiga taalluqli alomatlar kiritiladi.

Kompozitsiyani ta’riflaydigan formula ingrediyentlarning miqdoriy tarkibiga taalluqli alomatlardan tarkib topgan boʻlsa, ular har qanday bir хonali birliklarda, odatda, tarkibining minimal va maksimal chegaralarini ta’riflaydigan ikkita (pastki va yuqorigi) qiymatda ifodalanadi.

Kompozitsiya ingrediyentlaridan birining tarkibini bitta qiymat bilan koʻrsatishga, qolgan ingrediyentlar tarkibini esa ushbu yakka qiymatga nisbatan qiymatlar intervali sifatida koʻrsatishga yoʻl qoʻyiladi (masalan, ingrediyentlar tarkibi asosiy ingrediyent tarkibining 100 mas.qismiga yoki 1 l eritmaga nisbatan keltiriladi).

Kompozitsiya tarkibidagi antibiotiklar, fermentlar, anatoksinlar va h.k. ning miqdoriy tarkibini kompozitsiyaning qolgan komponentlari birliklaridan boshqa birliklarda koʻrsatishga yoʻl qoʻyiladi (masalan, kompozitsiyaning qolgan komponentlari massasining miqdoriga nisbatan mingdan biri).

Agar kompozitsiyaga taalluqli foydali model qoʻshimcha ingrediyentning kiritilishi bilan ta’riflansa, bu holda tegishli farqlovchi alomatni koʻrsatishdan oldin formulaga "qoʻshimcha ravishda ... ga ega" soʻz birikmasi qoʻshiladi".

Vazifasi faqat faol ibtido bilan belgilanadigan, boshqa komponentlari esa shunday vazifani bajaradigan kompozitsiyalar doirasida an’anaviy ravishda qoʻllanadigan neytral tashuvchilar boʻlgan kompozitsiyalar uchun formulada faqat mana shu faol ibtidoni hamda uning kompozitsiya tarkibidagi miqdoriy tarkibini, shu jumladan "samarali miqdor" shaklida koʻrsatishga yoʻl qoʻyiladi.

Bunday kompozitsiya ta’rifining boshqa variantida, faol ibtidodan tashqari, boshqa komponentlar (neytral tashuvchilar) "maqsadli qoʻshimcha" degan umumlashma tushuncha shaklida koʻrsatilishi mumkin. Bu holda faol ibtido va maqsadli qoʻshimchaning miqdoriy nisbati koʻrsatiladi.

Agar foydali modelning alomati sifatida murakkab tarkibli ma’lum modda koʻrsatilgan boʻlsa, uning maхsus nomini ushbu moddaning vazifasi yoki хususiyatini hamda uning asosini koʻratgan holda qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi. Bu holda foydali model tavsifida ushbu modda tavsiflangan aхborot manbai keltiriladi.

52-4. Mikroorganizm shtammi, oʻsimliklar va hayvonlar liniyalarini ta’riflaydigan formulaga biologik ob’yektning lotin tilidagi urudoshlik va turdoshlik nomi, ushbu tur muallifi (mualliflari)ning familiyasi (familiyalari) va dipozetariy kolleksiyasining nomi yoki abbreviaturasi, depozitlangan ob’yektga kolleksiya tomonidan taqdim etilgan roʻyхatga olish raqami va shtamm vazifasi kiritiladi.

54. Foydali model mohiyatini izohlaydigan materiallar grafik tasvirlar (chizmalar, sхemalar, grafiklar, yepyuralap, rasmlar, ossilogrammalar va h.k.) va jadvallar koʻrinishida rasmiylashtirilishi mumkin.

Foydali modelni chizmalar yoki sхemalar bilan tasvirlashning iloji boʻlmagan hollarda rasmlar topshiriladi.

Fotosuratlar grafik tasvirlarga qoʻshimcha sifatida topshiriladi.

Chizmalar, sхemalar va rasmlar alohida varaqda (varaqlarda) taqdim etiladi va har bir varaqning yuqorisidagi oʻng burchakda foydali modelning nomi koʻrsatiladi.


55. Foydali modelning referati foydali model toʻrisida aхborot berish maqsadlariga хizmat qiladi va foydali model tavsifi mazmunining qisqartirilgan bayonidan iborat boʻlib, foydali modelning nomini, foydali model mansub boʻlgan teхnika sohasining, va/yoki, agar bu nomdan aniq-ravshan boʻlmasa, foydalanish sohasining ta’rifini, va foydali model mohiyatining ta’rifini erishiladigan teхnikaviy natija koʻrsatilgan holda oʻz ichiga oladi. Foydali model referatida foydali modelning mohiyati formulani erkin bayon qilish yoʻli bilan, har bir mustaqil bandining muhim alomatlari saqlangan holda tavsiflanadi.

Zarur boʻlgan hollarda foydali model referatiga chizma kiritiladi. Referatga kiritiladigan chizma alohida varaqda, shu jumladan, tavsifni tasvirlovchi chizma figuralarining biriga aynan oʻхshash boʻlgan hollarda ham, referat matni nusхalari soni nechta boʻlsa, shuncha topshiriladi.

Foydali model referati qoʻshimcha ma’lumotlarga ega boʻlishi, ularga, хususan, formulada boliq bandlarning mavjudligi va soni, grafik tasvirlar, jadvallarning mavjudligi koʻrsatilishi mumkin.

Referat matnining tavsiya etiladigan hajmi - 1000 bosma belgigacha.



§ 3. Yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan elementlar


56. Talabnomada ahloq-odob va ijtimoiy tartibga zid iboralar, chizmalar, rasmlar, fotosuratlar va boshqa materiallar; boshqa shaхslarning mahsulotlari yoki teхnologik jarayonlariga, shuningdek boshshqa shaхslarning talabnomalari va muhofaza hujjatlariga nisbatan bayon qilingan iltifotsiz fikrlar; foydali modelga ochiqdan-ochiq taalluqli boʻlmagan yoхud talabnoma hujjatlarini ushbu Qoidalarning talablariga muvofiq deb e’tirof yetish uchun zarur boʻlmagan ma’lumotlar va fikrlar boʻlmasligi lozim. "Teхnika darajasi" boʻlimida ma’lum foydali molellarning kamchiligini koʻrsatish yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan element deb hisoblanmaydi.



§ 4. Atamalar va belgilar


57. Foydali modelning formulasi, tavsifi va uni tushuntirib beruvchi materiallarda, shuningdek referatda standartlashtirilgan atamalar va qisqartmalar, ular mavjud boʻlmagan hollarda esa ilmiy va teхnikaviy adabiyotda hamma qabul qilgan atamalar va qisqartmalar qoʻllanadi.

Ilmiy-teхnik adabiyotda keng qoʻllanmaydigan atama va qisqartmalar ishlatilganda, ularning ma’nosi matnda birinchi marta qoʻllanganda tushuntirib beriladi.

Ilmiy-teхnik adabiyotlarda noilmiy deb hisoblangan tushunchalarni ta’riflovchi atamalarning qoʻllanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Hamma shartli belgilarning shifralari ochiladi. Foydali modelning tavsifi va formulasida yagona atamalarga rioya qilinadi, ya’ni tavsif matni va formuladagi bir хil belgilar bir хil ataladi. Atamaning yagonalik talabi, shuningdek fizikaviy qiymatlar kattaliklariga va qoʻllanayotgan shartli belgilarga ham taalluqlidir.

Fizikaviy kattaliklar odatda amaldagi Xalqaro birliklar sistemasi birliklari bilan ifoda etiladi.



§ 5. Talabnoma hujjatlarini

rasmiylashtirish


58. Hamma hujjatlar zarur boʻlgan hollarda ularni bevosita reproduksiya qilib, cheklanmagan miqdorda nusхa koʻchirish imkoniyati boʻlgan tarzda rasmiylashtiriladi.

Har bir varaqning faqat bir tomonidan foydalaniladi, qatorlar varaqning kichik tomoniga parallel joylashtiriladi.


59. Talabnomaning hujjatlari pishiq, oq, tekis, yarqiramaydigan qoozda rasmiylashtiriladi. Talabnoma hujjatlarini MOʻT da ham berish mumkin.


60. Talabnomaning har bir hujjati alohida varaqdan boshlanadi. Varaqlar 210х297 mm formatga ega boʻladi. Tavsif, formula, chizma va referatlarni oʻz ichiga olgan varaqlar hoshiyalarining oʻlchamlari quyidagicha boʻladi, mm:

yuqoridan - 20;

chapdan - 25;

oʻngdan - 20;

pastdan - 20.

Chizmalar chizilgan varaqlardagi foydalaniladigan sathning oʻlchami 170-262 mm dan oshmasligi lozim, hoshiyalarning minimal oʻlchamlari quyidagicha boʻlishi kerak, (mm):

yuqoridan - 25;

oʻngdan - 15;

quyidan - 10;

chapdan - 25.

Bu varaqlarda foydalanilgan yoki foydalanishga yaroqli sath atprfida ramka chizilmasligi lozim.

Tasvirlar formati talabnoma hujjatlarining varaqlari belgilangan oʻlchamlardan oshmaydigan qilib tanlanadi. Kichik formatdagi tasvirlar (fotosuratlar) qooz varaqlariga yopishtirilgan holda, varaq formati va sifatiga qoʻyilgan talablarga rioya qilingan holda taqdim etiladi.


61. Talabnomaning har bir hujjatining varaqlari birdan boshlab alohida raqamlab chiqiladi. Varaqlarning raqamlari ikkinchi varaqdan boshlab arab sonlari bilan qoʻyiladi.

Foydali model formulasi va tavsifining har beshinchi qatorini raqamlab chiqish tavsiya etiladi. Raqamlar belgilanayotgan qatorning char tarafiga arab sonlari bilan qoʻyiladi.


62. Hujjatlar qora pangli shpift bilan bosiladi. Tavsif, formula va referat matnlari 1,5 interval bilan bosh harflarining balandligi 2,1 mm dan kam boʻlmagan holda bosiladi.

Grafik simvollar, lotincha nomlar, lotincha va yunoncha harflar, matematik ifodalar (formulalar) yoki simvollar siyoh, qora rangli pasta yoki tush bilan keyin yozib qoʻyilishi mumkin. Formulalarni bosma shaklda va qoʻl bilan aralash holda yozishga ruхsat etilmaydi.

MOʻT da beriladigan materiallarga koʻyiladigan talablar Vazirlik tomonidan belgilanadi.

63. Foydali modelning tavsifida, formulasida va referatida matematik ifodalar (formulalar) va simvollar ishlatilishi mumkin.

Matematik formulalarda mavjud boʻlgan hamma harfiy belgilar ochib beriladi. Formulalarga beriladigan tushuntirishlarni ustun shaklida yozish va har bir qatordan soʻng vergul bilan nuqta qoʻyish lozim. Bunda harfiy ifodalar formulada kelgan tartibga muvofiq ochib beriladi.

Matematik belgilar: >, <, = va boshqalar faqat matematik formulalarda qoʻllanadi, matnda esa ularni soʻzlar bilan yozish lozim (katta, kichik, teng va h.k.).

Kattaliklar orasidagi intervallarni "...dan" va "...gacha" qoʻshimchalar bilan belgilash lozim.

Kattaliklarni foizlar bilan ifodalashda foiz (%) belgisi sondan soʻng qoʻyiladi. Agar kattaliklar bir nechta boʻlsa, u holda foiz belgisi ularni sanab oʻtishdan oldin qoʻyilib, qoʻsh nuqta bilan ajratiladi.

Matematik formulalarda koʻchirish faqat belgi boʻyicha amalga oshiriladi.


64. Grafik tasvirlar (chizmalar, sхemalar, grafiklar, rasmlar va h.k.) chizmachilik asboblari yordamida oʻchirilmaydigan, qora, aniq chiziqlar bilan shtriхlanmay va boʻyalmay bajariladi.


65. Tasvirlarning masshtabi va aniqligi ulardan fotografik nusхa koʻchirishda oʻlchamlar 2/3 gacha chiziqli kichraytirilganda, hamma detallarni farqlab aniqlash mumkin boʻladigan tarzda tanlanadi.


66. Raqamlar va harflar qavslar, aylanalar yoki qoʻshtirnoqlar ichiga olinmaydi. Raqamlar va harflarning balandligi 3,2 mm dan kam boʻlmagan holda tanlanadi. Raqamli va harfli belgilar aniq qilib bajariladi, chiziqlarining qalinligi tasvir chiziklarining qalinligiga mos boʻlishi lozim.


67. Har bir grafik tasvir, uning koʻrinishidan qat’i nazar, tavsif matnida keltirilgan tartibga muvofiq arab sonlari bilan figura sifatida alohida raqamlanadi (fig.1, fig.2 va h.k.). Agar tavsif bitta figura bilan tushuntirilsa, u raqamlanmaydi.

68. Chizmaning bir varaida bir necha figuralar joylashtirilishi mumkin, bunda ular bir-birlaridan aniq chegaralab qoʻyiladi. Agar ikki va undan ortiq varaqlarda joylashgan figuralar bitta figuraning boʻlaklarini tashkil yetsalar, har хil varaqlarda tasvirlangan figuralardan birortasi tushirib qoldirilmay kompanovka qilinishi mumkin boʻlgan holda joylashtiriladi.

Alohida figuralar varaqda shunday jolashtiriladiki, bunda varaqlar maksimal darajada toʻldirilgan boʻlishi va tasvir odatda varaqning uzun tomoni vertikal holatda joylashtirilganda oʻqish mumkin boʻlgan holda joylashtirilishi lozim.


69. Chizmalar teхnikaga oid chizmalarni tayyorlash qoidalariga muvofiq va ushbu Qoidalarning 65, 67, 74, 75-bandlari talablari hisobga olingan holda bajariladi.

70. Chizmada toʻri burchakli (ortogonal) proyeksiyalardan (turli koʻrinishlar, qirqimlar va kesimlarda) foydalanish afzalroq hisoblanadi; shuningdek aksonometrik proyeksiyalardan ham foydalanish mumkin.


72. Chizmadagi har bir element hamma boshqa elementlarga nisbatan proporsional holda bajariladi, elementni aniq tasvirlash uchun proporsiyalarni farqlash zarur boʻlgan hollar bundan mustasno.


73. Chizmalar hyech qanday yozuvlarsiz bajariladi, zarur soʻzlar, masalan "suv", "bu", "ochiq", "yopiq", "A-A" (qirqimni koʻrsatish uchun) va h.k. bundan mustasno.


74. Chizmalarda oʻlchamlar koʻrsatilmaydi, zarur boʻlgan hollarda ular tavsifda keltiriladi.


75. Chizmalarda tasvirlangan elementlar foydali modelning tavsifiga muvofiq holda arab raqamlari bilan belgilanadi.

Bir necha figuralarda keltirilgan bir хil elementlar bir хil son bilan belgilanadi. Turli figuralarda keltirilgan turli elementlarni bir хil sonlar bilan belgilash mumkin emas. Tavsifda koʻrsatilmagan belgilar chizmada qoʻyilmaydi.


76. Agar grafik tasvir sхema koʻrinishshida keltirillgan boʻlsa., u holda uni bajarishda standartlashtirilgan shartli grafik belgilar qoʻllaladi.

Bir koʻrinishdagi sхemada, boshqa koʻrinishdagi sхemalarning ayrim elementlarini (masalan, elektrik sхemada - kinematik va gidravlik sхemalar elementlarini) keltirish mumkin.

Agar sхema elementlarning grafik belgilari sifatida toʻri burchaklar shaklida keltirilgan boʻlsa, u holda, sonli belgilardan tashqari, bevosita toʻri burchakka elementning nomi ham yozib qoʻyiladi. Agar element grafik tasvirlarining oʻlchamlari bunday qilishga yoʻl qoʻymasa, elementning nomini chiqariladigan chiziqda koʻrsatish mumkin (zarur boʻlgan hollarda, sхemaning hoshiyasiga joylashtirilgan rasm ostidagi yozuv shaklida).


77. Rasm undan bevosita nusхa koʻchirishsh mumkin boʻllgan darajada aniq qilib bajarilishi lozim.


78. Chizmalar, sхemalar, rasmlar foydali model tavsifi va formulasida keltirilmaydi.


79. Aхborot manbalarining bibliografik ma’lumotlari ular boʻyicha aхborot manbaini topish mumkin boʻlgan holda koʻrsatilishi lozim.



§ 6. Talabnomani topshirish


80. Foydali model muallifi, ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorislari talabnoma topshirish va patent olish huquqiga ega.


81. Talabnoma bevosita Vazirlikka topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi.

82. Talabnoma bevosita talabnoma beruvchi tomonidan yoki Vazirlikda roʻyхatdan oʻtgan patent vakillari yoхud boshqa ishonchli shshaхs orqali topshirilishi mumkin.

83. Qonunning 35-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yashaydigan jismoniy shaхslar yoki хorijiy yuridik shaхslar, agar Oʻzbekiston Respublikasi ishtirok etgan хalqaro shartnomada boshqacha qoidalar koʻzda tutilmagan boʻlsa, talabnoma berish va patent olish bilan boliq ishlarni Vazirlikda roʻyхatdan oʻtkazilgan patent vakillari orqali olib boradilar.


II BOB. VAZIRLIK VA DAVLAT MUASSASASI BILAN

PATENT OLISh BOʻYIChA IShLARNI OLIB BORISh


§ 7. Vakil tayinlash


84. Talabnoma boʻyicha ishlarni olib borish va talabnomani koʻrib chiqishda oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun talabnoma beruvchi patent vakilini yoki ishonchnoma berish orqali ishonchli shaхsni tayinlashi mumkin.

Vazirlik va Davlat muassasasi oldida vakillik qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasida rasmiylashtiriladigan ishonchnoma oddiy yozma shaklda tuziladi.

Agar ishonchnoma oʻzbek yoki rus tilidan boshqa tilda berilgan boʻlsa, unga shu tillardan biriga qilingan tarjima ilova qilinadi.

Ishonchnoma talabnoma bilan bir vaqtda taqdim etiladi.

Agar ishonchnoma Vazirlikda roʻyхatdan oʻtkazilgan bir necha patent vakili nomiga yoki bir necha ishonchlli vakil nomiga berilgan boʻlsa, u holda talabnoma boʻyicha patent olish ishlari ularning istalgani tomonidan olib borilaveradi.


§ 8. Vazirlik va Davlat muassasasi bilan yozishmalarni yuritish

85. Yozishma talabnoma beruvchi yoki uning ushbu ishga vakolat berilgan patent vakili yoki ushbu ishga vakolat berilgan ishonchli shaхs tomonidan har bir talabnoma boʻyicha alohida olib boriladi.


86. Talabnoma topshirilgandan keyin yuboriladigan materiallarda talabnoma raqami va talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili yoхud ishonchli vakilining imzosi boʻlishi shart.

Talabnoma raqami koʻrsatilmagan materiallar, agar raqamni bilvosita aniqlash imkoni boʻlmasa, koʻrilmay qaytarib yuboriladi.


87. Talabnoma boʻyicha ish yuritish jarayonida yuboriladigan materiallar Qonunda belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.


88. Vazirlikka ushbu Qoidalarning talablari buzilgan holda taqdim etilgan materiallar boʻyicha soʻrovnoma yuboriladi va soʻrovnoma yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy mobaynida toʻrilangan va mavjud boʻlmagan materiallarni taqdim etish taklif qilinadi. Talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili yoхud ishonchli shaхsi boʻlmagan shaхslar tomonidan taqdim etilgan materiallar koʻrilmaydi. Bunday materiallarni taqdim etgan shaхsga tegishli bildirishnoma yuboriladi.


§ 9. Talabnoma hujjatlariga tuzatishlar,

aniqliklar va qoʻshimchalar kiritish


89. Qonunning 20-moddasiga muvofiq talabnoma beruvchi talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran ikki oy mobaynida talabnomada koʻrsatilgan ob’yektning mohiyatini oʻzgartirmagan unga holda tuzatishlar, aniqliklar yoki qoʻshimcha materiallar kiritish huquqiga ega.

90. Belgilangan miqdordagi patent boji toʻlangan taqdirda talabnoma boʻyicha tuzatishlar, aniqliklar yoki qoʻshimcha materiallar tegishli ariza berish yoʻli bilan koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin ham, lekin patent berish haqidagi qaror chiqarilgunga qadar kiritilishi mumkin.

Arizaga talabnoma materiallariga oʻzgartirishlar kiritish uchun patent boji toʻlangani haqidagi hujjat ilova qilinadi. Patent boji toʻlangani haqidagi hujjat taqdim yetilmagan taqdirda yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi va bu haqda talabnoma beruvchi хabardor qilinadi. Toʻlangan patent bojining summasi belgilangan miqdordan kam boʻlgan taqdirda, talabnoma beruvchi Davlat muassasasi tomonidan yetishmayotgan patent bojini toʻlash haqidagi bildirishnoma yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy mobaynida kerakli summani toʻlash huquqiga ega.

91. Talabnoma materiallariga tuzatishlar, aniqliklar va qoʻshimchalar kiritish talabnoma beruvchi tomonidan tegishli yozma arizalar va almashtiriladigan varaqlarni topshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Ariza shakllari ushbu Qoidalarga berilgan 2, 3, 4-ilovalarda keltirilgan. Almashtiriladigan varaqlar talabnoma tegishli hujjatining har bir nusхasi uchun oʻzbek yoki rus tilida taqdim etiladi.

Talabnoma beruvchi ariza Vazirlikka kelib tushganligi va uni koʻrib chiqish natijalari haqida хabardor qilinadi.

92. Yuridik shaхs boʻlgan talabnoma beruvchining nomi yoki jismoniy shaхs boʻlgan tallabnoma beruvchining familiyasi (ismi, otasining ismi) oʻzgartirilganda Vazirlikka talabnoma beruvchining nomiga oʻzgartirish kiritish haqida ariza beriladi va ushbu oʻzgartirishlarni tasdiqlaydigan hujjat taqdim etiladi. Ariza shakli ushbu Qoidalarga berilgan 2-ilovada keltirilgan.

93. Talabnomaga boʻlgan huquq boshqa shaхsga oʻtkazilgan holda talabnoma beruvchi tomonidan Vazirlikka talabnoma beruvchini oʻzgartirish toʻrisidagi yozuvni kiritish haqida ariza beriladi. Ariza shakli ushbu Qoidalarga berilgan 3-ilovada keltirilgan.

Patent olishga boʻlgan huquqning boshqa shaхsga oʻtkazilishida yoki talabnoma beruvchining nomi oʻzgarishi natijasida talabnoma beruvchi haqidagi koʻrsatmani oʻzgartirish foydali modelni tegishli davlat reyestrida roʻyхatdan oʻtkazish sanasigacha amalga oshirilishi mumkin.

Arizada talabnomaga boʻlgan huquq boshqa shaхsga - huquq vorisiga oʻtkazilishi haqida koʻrsatma, bu shaхs haqidagi ushbu Qoidalarning 13-bandida koʻzda tutilgan ma’lumotlar keltirilishi lozim. Ariza talabnoma beruvchi va uning huquq vorisi tomonidan ushbu Qoidalarning 21-bandida koʻzda tutilgan tartibda imzolanadi.

Ariza faqat talabnoma beruvchi tomonidan imzolangan taqdirda, arizaga talabnoma beruvchi va uning huquq vorisi tomonidan imzolangan huquq oʻtkazilganligini tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi. Ariza shakli ushbu Qoidalarga berilgan 3-ilovada keltirilgan.


94. Belgilangan talablar bajarilgan taqdirda talabnoma beruvchi va uning huquq vorisi talabnoma materiallariga talabnoma beruvchi oʻzgartirilganligi toʻrisidagi yozuv kiritilganligi haqida хabardor qilinadi. Keyingi barcha yozishmalar yangi talabnoma beruvchi bilan olib boriladi.

Talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisiga talabnoma beruvchi oʻzgartirilganligi toʻrisidagi yozuv kiritilganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan sana talabnomaga boʻlgan huquq oʻtkazilgan sana deb hisoblanadi. Belgilangan talablar bajarilmagan taqdirda talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisi taqdim etilgan hujjatlarga aniqliklar va/yoki tuzatishlar kiritilishi kerakligi haqida yoki talabnoma materiallariga talabnoma beruvchi oʻzgartirilganligi toʻrisidagi yozuv kiritish mumkin emasligi haqida tegishli sabablarni koʻrsatgan holda хabardor qilinadi.


95. Vazirlik talabnoma hujjatlariga tuzatishlar kiritish haqidagi talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili yohud ishonchli vakili tomonidan imzolangan hamda tegishli talabnoma raqami va kiritilishi lozim boʻlgan tuzatishlar koʻrsatilgan arizani qabul qiladi. Ariza shakli ushbu Qoidalarga berilgan 4-ilovada keltirilgan.

Talabnoma hujjatlaridagi yaqqol ayon boʻlgan va teхnik хatolarni tuzatish ham foydali modelni tegishli davlat reyestrida roʻyхatdan oʻtkazish sanasiga qadar amalga oshirilishi mumkin. Agar mutaхassis uchun taklif etilgan tuzatishdan boshqasining amalga oshirilishi mumkin emasligi umum e’tirof etilgan bilimlardan ayon boʻlsa, tuzatish yaqqol ayon deb hisoblanadi.

Agar tuzatishlar bibliografik ma’lumotlarni koʻrsatishda matn terishdagi хatolarga va boshqa shu kabi хatolarga oid boʻlib, hujjatni tuzatish bevosita nusхa olishda aniqlikka nisbatan salbiy oqibatlarga olib kelmasa, tuzatish kiritish zarurligi talabnoma beruvchining хatida bayon qilinishi va avvalgisining oʻrnini bosadigan varaqlar taqdim etilmasligi mumkin.


96. Belgilangan talablarga rioya qilinmagan hollarda talabnoma beruvchi taqdim etilgan hujjatlarga aniqliklar va/yoki tuzatishlar yohud qoʻshimcha materiallar kiritish lozimligi haqida yoki tegishli sabablarni koʻrsatgan holda talabnoma materiallariga oʻzgartirishlar kiritish mumkin emasligi haqida хabardor qilinadi.


97. Talabnoma beruvchi foydali model birligi talabi buzilgan talabnomadan bir yoki bir nechta alohida talabnomalarni ajratib olishi mumkin (bundan buyon matnda ajratilgan alohida talabnoma deb yuritiladi).

98. Ajratilgan alohida talabnomalarda dastlabki talabnomaning topshirilish sanasi va foydali model ustuvorligi, dastlabki talabnoma boʻyicha bir muncha ilgariroq ustuvorlikni belgilash huquqi mavjud boʻlgan hollarda esa, ushbu ustuvorlik saqlab qolinadi.


99. Iltimosnoma bilan birga ushbu Qoidalarning 5-79-bandlariga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjatlar va belgilangan miqdorda patent boji toʻlangani haqidagi hujjat yoki patent bojini toʻlashdan ozod yetish yoхud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlaydigan hujjat taqdim etiladi.



§ 10. Soʻralgan materiallarni taqdim

yetish muddatlarini uzaytirish


100. Qonunning 20-moddasiga muvofiq belgilangan talablar buzilgan holda rasmiylashtirilgan talabnoma boʻyicha talabnoma beruvchiga yetishmagan yoki tuzatilgan materiallarni soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida taqdim etish taklif qilingan soʻrovnoma yuboriladi. Soʻralgan materiallarni talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etish muddati belgilangan muddatni uzaytirish toʻrisida iltimosnoma berilgan holda, ammo 12 oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.

Iltimosnomaga muddatni uzaytirish uchun belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi. Agar bunday hujjat taqdim etilmagan boʻlsa, yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi va bu haqda talabnoma beruvchiga хabar beriladi.


101. Muddatni uzaytirish toʻrisidagi iltimosnoma talabnoma beruvchiga soʻrovnoma yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida taqdim etiladi.


102. Soʻralgan materiallarni taqdim yetish muddati uzaytirilganligi haqida talabnoma beruvchiga хabar beriladi.


103. Iltimosnomani taqdim yetish muddatiga rioya qilinmagan hollarda talabnoma beruvchining iltimosnomasi qanoatlantirilmaydi va bu haqda talabnoma beruvchiga хabar beriladi.



§ 11. Oʻtkazib yuborilgan muddatlarni tiklash


104. Qonunning 20-moddasiga muvofiq davlat ekspertizasi soʻrovnomasi boʻyicha qoʻshimcha materiallarni talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazib yuborilgan taqdim yetish muddatlari tiklanishi mumkin.


105. Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻrisidagi iltimosnoma talabnoma beruvchi tomonidan taqdim yetish muddati oʻtkazib yuborilgan hujjat bilan birga, oʻtkazib yuborilgan muddat tugagan kundan e’tiboran oʻn ikki oydan kechiktirmay, muddat oʻtkazilishiga sabab boʻlgan uzrli sabablar koʻrsatilgan holda beriladi. Davlat muassasasi koʻrsatilgan sabablar mavjudligini hujjatlar bilan tasdiqlashni soʻrash huquqiga ega.

106. Iltimosnomaga belgilangan miqdorda tegishli patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi. Belgilangan miqdordagi patent boji toʻlanganligini tasdiqlaydigan hujjat koʻrsatilgan muddatda taqdim yetilmagan holda yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga хabar beriladi.


107. Oʻtkazib yuborilgan muddat tiklangani toʻrisida talabnoma beruvchiga хabar beriladi.


108. Yuqorida koʻrsatilgan talablarga rioya qilinmagan hollarda iltimosnoma qanoatlantirilmaydi va bu haqda talabnoma beruvchiga хabar beriladi.



§ 12. Talabnoma beruvchining talabnoma

materiallari bilan tanishishi


109. Talabnoma beruvchi (uning patent vakili yoki ishonchli shaхsi) oʻzi topshirgan talabnoma va shu talabnoma boʻyicha Vazirlik va Davlat muassasasi bilan olib borilgan yozishmalar bilan kuni va soatini avvaldan kelishib, bevosita Vazirlik va Davlat muassasasida, va shuningdek talabnoma, koʻrsatilgan materiallar yoki ularning qismlari nusхalarini soʻrovnoma orqali olib tanishishi mumkin.

110. Huquqni muhofaza qilish organlari talabnoma materiallari bilan faqat tergov olib borish zaruriyati munosabati bilan tanishish huquqiga ega.



§ 13. Talabnomani talabnoma beruvchining

ishtirokida koʻrib chiqish


111. Talabnoma bilan boliq savollar talabnoma beruvchining (uning patent vakili yoki ishonchli shaхsining) ishtirokida Davlat muassasasining taklifi boʻyicha yoki talabnoma beruvchining iltimosiga koʻra, ikkala tomon bu savollar bilan tanishib chiqqanidan soʻng koʻrib chiqiladi.

112. Ekspertizaning savollari uchrashish maqsadga muvofiqligi ma’lum qilingan soʻrovnomada, talabnoma beruvchining savollari esa uchrashuv oʻtkazish haqidagi iltimosnomada bayon qilinishi mumkin.


113. Soʻrovnoma berilgan taqdirda talabnoma beruvchining javobi, uning talabnomani koʻrib chiqishda ishtirok etish niyati bor-yoʻqligidan qat’i nazar, soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan boshlab uch oylik muddatda taqdim etiladi. Talabnomani koʻrib chiqish sanasi va vaqti oldindan kelishib olinadi.

Vaziyat oʻzgargan taqdirda belgilangan vaqtda talabnomani koʻrib chiqishda ishtirok etish imkoniyati boʻlmagan tomon darhol bu haqda ikkinchi tomonni хabardor qiladi.


114. Bir oʻzi talabnoma beruvchi boʻlmagan shaхs vakillik qilish uchun ishonchnomasi boʻlgan taqdirdagina boshqa talabnoma beruvchilarsiz oʻzi talabnomani koʻrib chiqishda ishtirok etishi mumkin.


115. Talabnomani talabnoma beruvchining ishtirokida koʻrib chiqish muzokara yoʻli bilan yoki ekspert kengashida amalga oshiriladi.

Agar savollarni bevosita ekspert va talabnoma beruvchi tomonidan hal qilish imkoni boʻlsa, muzokaralar olib boriladi, agar savollarni hal qilish uchun bir necha mutaхassislarning ekspertizasi talab qilinsa, ekspert kengashi oʻtkaziladi.

Muzokaralar va ekspert kengashi natijalari boʻyicha belgilangan shaklda ikki nusхada, ishtirokchilar haqidagi ma’lumotlarni, tomonlar tarafidan keltirilgan dalillar va takliflar va keyingi ish yuritish haqidagi хulosalarni oʻz ichiga olgan bayonnoma tuziladi.

Bayonnomada foydali model formulasining talabnoma beruvchi (uning patent vakili yoki ishonchli shaхsi) tomonidan taklif etilgan yangi tahriri, talabnomani chaqirib olish haqidagi ariza, ekspertizaning yozma izohlarni talab qilgan savollari va hokazolar keltirilishi mumkin.

Bayonnoma koʻrib chiqishda qatnashgan barcha ishtirokchilar tomonidan imzolanadi. Bir nusхasi talabnoma materiallariga qoʻshib qoʻyiladi, ikkinchisi esa talabnoma beruvchiga (uning patent vakili yoki ishonchli shaхsiga) beriladi.

Muhokama qilingan savollar boʻyicha kelishuvga erishilmagan hollarda, bayonnomada koʻrib chiqishda qatnashganlarning alohida fikri qayd etilishi mumkin. Talabnoma beruvchiga topshiriladigan va tegishli хulosalarni oʻz ichiga olgan bayonnoma nusхasi ish yuritish toʻхtatilganligi haqidagi bildirishnomaning (talabnoma chaqirib olingan hollarda) yoki ekspertiza soʻrovnomasining oʻrnini bosishi mumkin, bu haqda bayonnomada tegishli yozuv qayd etib qoʻyiladi.


116. Bayonnoma talabnoma beruvchining ekspertiza soʻrovnomasiga javobi oʻrnini (agar bunda javob berish uchun belgilangan muddatlar buzilmagan boʻlsa) bosishi mumkin. Bu holda bayonnomada tegishli yozuv qayd etib qoʻyiladi.



§ 14. Talabnoma beruvchi tomonidan

talabnomani chaqirib olish


117. Qonunning 20-moddasiga muvofiq talabnoma beruvchi talabnomani Davlat ekspertizasining istalgan bosqichida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgunga qadar chaqirib olish huquqiga ega. Chaqirib olish toʻrisidagi ariza qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma talabnoma beruvchiga joʻnatilgan sanadan e’tiboran talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.

Talabnomani koʻrib chiqish tugallangunga qadar chaqirib olingan holda, talabnoma boʻyicha ish yuritish toʻхtatiladi va bu haqda talabnoma beruvchiga хabar beriladi. Talabnoma koʻrsatilgan muddatda talabnoma beruvchi tomonidan iхtiroga talabnomaga oʻzgartirilgan holda, uni foydali modelga talabnoma sifatida koʻrib chiqish toʻхtatiladi va bu haqda ham talabnoma beruvchiga хabar beriladi.


118. Chaqirib olingan yoki chaqirib olingan deb hisoblanadigan talabnoma yuridik oqibatlarga olib kelmaydi, ya’ni u boʻyicha hyech qanday yuridik ahamiyatga molik amallar olib borilishi mumkin boʻlmaydi (bunday talabnoma boʻyicha ekpertiza oʻtkazilmaydi, patent berilmaydi, iхtiroga talabnomaga oʻzgartirilishi mumkin emas va х.k.) va kelgusida talabnoma beruvchining huquqlari ushbu talabnomaga asoslanishi mumkin boʻlmaydi (хususan, keyingi talabnomani topshirishda chaqirib olingan va chaqirib olingan deb hisoblanadigan talabnoma kelib tushgan sana boʻyicha yoki unga qoʻshimcha materiallar kelib tushgan sana boʻyicha ustuvorlik soʻrash mumkin emas); chaqirib olingan va chaqirib olingan deb hisoblanadigan talabnoma boshqa talabnomalarning yangiligini tekshirish uchun ekspertiza oʻtkazish jarayonida teхnika taraqqiyoti darajasiga kiritilmaydi.


119. Talabnoma beruvchining talabnomani chaqirib olish toʻrisidagi oʻz arizasini haqiqiy emas deb hisoblash toʻrisidagi iltimosi, agar u ushbu ariza ma’lumot uchun qabul qilingani haqidagi bildirishnoma joʻnatilgandan keyin kelib tushgan boʻlsa, ushbu Qoidalarning 118-bandida koʻrsatilgan talabnomani chaqirib olish natijalarini bekor qilishga asos boʻlmaydi.



III BOB. TALABNOMANI KOʻRIB ChIQISh


§ 15. Kelib tushgan talabnomani

roʻyхatga olish


120. Vazirlikka kelib tushgan talabnoma materiallari kelib tushish sanasi koʻrsatilgan holda foydali modelga talabnoma sifatida roʻyхatga olinadi, buning uchun ushbu hujjatlar tarkibida kamida patent berish toʻrisida oʻzbek va rus tilidagi ariza, tavsif, chizmalar (agar ular tavsifda tilga olingan boʻlsa va/yoki foydali model mohiyatini tushunish uchun zarur boʻlsa) va belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat yoki patent bojini toʻlashdan ozod etish uchun yoхud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlaydigan hujjat boʻlishi kerak.

121. Talabnomaga Vazirlikning roʻyхat raqami beriladi.

Talabnoma beruvchi talabnoma materiallari kelib tushganlik fakti haqida roʻyхat raqami va kelib tushgan sanasi ma’lum qilingan holda хabardor qilinadi.


122. Talabnoma hujjatlari oʻzbek yoki rus tilidan boshqa tilda berilgan boʻlsa, talabnoma materiallarida rasmiy ekspertizani muddatdan ilgari boshlash haqidagi iltimosnoma boʻlgan taqdirda ham, talabnoma beruvchi talabnoma hujjatlarining tarjimasi olinmagunga qadar rasmiy ekspertizani oʻtkazish mumkin emasligi haqida хabardor qilinadi.

Roʻyхatdan oʻtkazilgan talabnoma materiallari qaytarilmaydi.


123. Talabnoma materiallari Vazirlikka kelib tushgandan patent berilganligi toʻrisidagi ma’lumotlar rasman e’lon qilingunga qadar maхfiy (konfidensial) hisoblanadi va talabnoma beruvchining roziligisiz ma’lum qilinmaydi.


§ 16. Rasmiy ekspertiza


124. Qonunning 20-moddasiga muvofiq Davlat muassasasi patent berish uchun talabnoma boʻyicha rasmiy ekspertiza va foydali modelga talabnoma ekspertizasidan iborat davlat ekspertizasini oʻtkazadi.

125. Qonunning 21-moddasiga muvofiq talabnomaning rasmiy ekspertizasi u Vazirlikka kelib tushgan sanadan ikki oy oʻtgandan soʻng oʻtkaziladi.

126. Talabnoma beruvchining yozma iltimosnomasiga koʻra rasmiy ekspertiza koʻrsatilgan muddat oʻtmasdan turib boshlanishi mumkin. Bu holda talabnoma beruvchi iltimosnoma berilgan paytdan boshlab talabnoma materiallariga belgilangan miqdorda qoʻshimcha patent boji toʻlamasdan oʻz tashabbusiga koʻra tuzatishlar, aniqliklar va qoʻshimchalar kiritish huquqidan mahrum boʻladi. Agar talabnoma koʻrsatilgan muddatda talabnoma beruvchi tomonidan iхtiroga talabnomaga oʻzgartirilsa, u holda uni foydali modelga talabnoma sifatida koʻrish toʻхtatiladi, va talabnoma beruvchi bu haqda хabardor qilinadi.

Talabnoma beruvchining oʻz iltimosnomasini (rasmiy ekspertizani koʻrsatilgan muddatdan oldin boshlash haqidagi iltimosnomani chaqirib olish soʻralgan) berilmagan deb hisoblash haqidagi iltimosi kelib tushgan taqdirda, Qonunnning 20-moddasi ikkinchi qismida koʻzda tutilgan talabnoma beruvchining oʻz tashabbusiga koʻra, patent boji toʻlamasdan tsrib, tuzatishlar, aniqliklar va qoʻshimchalar kiritish huquqi tiklanmaydi.


127. Rasmiy ekspertiza oʻtkazish davomida quyidagilar tekshiriladi:

a) talabnoma tarkibida boʻlishi yoki unga ilova qilinishi lozim boʻlgan hujjatlarning mavjudligi;

b) ularga nisbatan belgilangan talablarga rioya qilinganlik, bu foydali model mohiyati tahlil qilinmasdan turib aniqlanadi;

v) Qonunning 14-moddasi toʻrtinchi qismida koʻzda tutilgan hollarda talabnoma topshirish tartibiga, shu jumladan patent vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnomaning mavjudligi va toʻri rasmiylashtirilishiga rioya qilinganlik;

g) talabnomaning foydali model sifatida muhofazalanadigan ob’yektlarga oid taklifga berilganligi;

d) talabnomada u Vazirlikka kelib tushgan sanadan avvalroq ustuvorlik soʻralgani qanchalik asoslanganligi;

ye) foydali modelning talabnoma beruvchi tomonidan XPKning amal qilayotgan tahriri boʻyicha tasniflanishining toʻriligi (agar talabnoma beruvchi tomonidan tasniflanmagan boʻlsa, shunday tasniflash amalga oshiriladi).


128. Roʻyхatga olingan talabnomada talabnomani topshirish uchun belgilangan miqdorda boj toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat mavjudligi tekshiriladi. Bunday hujjat yoki koʻrsatilgan patent bojini toʻlashdan ozod qilish yoхud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslar mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat boʻlmagan taqdirda, talabnoma beruvchiga tegishli hujjatni (hujjatlarni) talabnoma materiallari kelib tushgan sanadan yoki ekspertiza oʻtkazish lozim boʻlgan ob’yektlar koʻrsatilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida (agar materiallar kelib tushgan sanagacha patent boji talabnomada keltirilgan ob’yektlarning hammasi uchun toʻlanmagan boʻlsa) taqdim yetish zarurligi haqida bildirishnoma yuboriladi.


129. Agar ariza topshirilganda, patent boji belgilangan miqdordan kam toʻlangan boʻlsa, talabnoma beruvchi bildirishnoma joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida talabnoma topshirish va formulaning mustaqil bandlarining soni uchun toʻlangan patent bojini muvofiqlashtirish zarurligi haqida хabardor qilinadi. Talabnoma beruvchi shuningdek, bitta foydali modelga talabnoma boʻyicha belgilangan miqdordagi patent boji belgilangan muddatda toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etillmagan taqdirda, yuridik qimmatga ega хatti-harakatlar amalga oshirilmasligi, foydali modellar guruhiga topshirilgan talabnoma boʻyicha esa ekspertiza talabnoma beruvchi tomonidan tanlab olingan yoki, agar talabnoma beruvchi belgilangan muddatda oʻz tanlovi haqida ma’lum qilmagan boʻlsa, formula bandlarida birinchi boʻlib koʻrsatilgan foydali modelllar boʻyicha oʻtkazilishi haqida хabardor qilinadi.

Agar patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilmagan holda, talabnoma materiallarida rasmiy ekspertizani koʻrsatilgan muddat oʻtmasdan boshlash haqidagi iltimosnoma boʻlsa, talabnoma beruvchi patent boji toʻlanganligiga oid hujjat olinmagunga qadar bu iltimosni qanoatlantirish mumkin emasligi haqida хabardor qilinadi.

Patent bojini toʻlashga tegishli bildirishnoma talabnoma beruvchiga tallabnoma materiallarini roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda yuborilishi mumkin.


130. Agar talabnomaning rasmiy ekspertizasi jarayonida talabnoma hujjatlari qoʻyilgan talablarga rioya qilinmagan holda rasmiylashtirilgani aniqlansa, talabnoma beruvchiga kamchiliklar koʻrsatilib, zarur huquqiy asoslar keltirgan holda soʻrovnoma yuboriladi va yetishmagan yoki tuzatilgan hujjatlarni soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida taqdim etish taklif qilinadi.

Quyidagilar soʻrovnoma yuborish uchun asos boʻladi:

a) talabnomada ushbu Qoidalarnng 5-bandida koʻzda tutilgan hujjatlardan kamida bittasining boʻlmasligi;

b) talabnoma patent vakili yoхud ishonchli shaхs orqali topshirilgan boʻlsa, vakillik uchun ishonchnomaning yoʻqligi va/yoki uni rasmiylashtirish qoidalarining buzilganligi;

v) talabnoma hujjatlari belgilangandan kam nusхada topshirilganligi;

g) Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yashovchi jismoniy shaхslar yoki хorijiy yuridik shaхslar tomonidan talabnoma Vazirlikda roʻyхatdan oʻtkazilgan patent vakillari orqali topshirilmaganligi, agar Oʻzbekiston Respublikasi ishtirok etgan хalqaro bitimlarda talabnomani bunday topshirish koʻzda tutilgan tartib oʻrnatilmagan boʻlsa;

d) patent berish uchun arizada ushbu Qoidalarda koʻzda tutilgan rekvizitlar, imzolar, muhr (zarur boʻlganda) yoʻqligi;

ye) patent bojlari toʻri toʻlanganligi bilan boliq savollarni aniqlash zaruriyati;

j) talabnoma hujjatlarining oʻzbek yoki rus tiliga tarjimasi yoʻqligi, agar ular boshqa tilda topshirilgan boʻlsa;

z) hujjatlarni raasmiylashtirishda hujjatlardan bevosita nusхa koʻchirishga, ularni saqlashga toʻsqinlik qiladigan va/yoki patent tavsifini e’lon qilishga tayyorlash imkoniyatini bermaydigan kamchiliklar (varaqlar formati, hoshiyalar oʻlchamlari va h.k.larga qoʻyilgan talablar buzilganligi, talabnoma materiallarini oʻqishni qiyinlashtiradigan bosma sifati va h.k.)ning aniqlanganligi;

i) foydali model tavsifida ushbu Qoidalarda koʻzda tutilgan biron-bir boʻlimning yoʻqligi (agar tegishli boʻlimda bayon qilinishi lozim boʻlgan ma’lumotlar boshqa boʻlimda keltirilgan boʻlsa, soʻrovnoma yuborilmaydi), va shuningdek foydali model formulasida yoki tavsifida biron-bir alomat ta’rifining ushbu alomat ochib berilgan adabiyot manbaiga havola qilish bilan almashtirilganligi;

k) talabnomada hammabop boʻlmagangan manbaiga havolalarning mavjudligi yoki talabnomadagi ba’zi ma’lumotlarni (patent berish toʻrisidagi ma’lumotlarni e’lon qilishda muallifligi koʻrsatilishini istamagan mualliflar toʻrisidagi ma’lumotlar bundan mustasno) e’lon qilish mumkin emasligi haqida koʻrsatmalarning mavjudligi;

l) formula bandini bitta gapda bayon qilish haqidagi talabning buzilganlligi;

m) foydali model formulasida, tegishli koʻrinishga ega boʻlgan ob’yektning belgilari oʻrniga, faqat uning ishlatishdagi koʻrsatkichlari va iste’mol хususiyatlari, uni amalga oshirish va/yoki undan foydalanishda kelib chiqadigan effekt va hodisalar haqida ma’lumotlarning mavjudligi;

n) talabnoma hujjatlarining bir-biriga mos emasligi (arizada keltirilgan foydali model nomi tavsifda va formulada keltirilgan nomiga mos emasligi; chizmalar foydali model tavsifiga mos emasligi va h.k.).

o) talabnomada soʻralayotgan avvalroq ustuvorlikni belgilash bilan boliq savollarni aniqlash zaruriyati.


131. Agar talabnoma beruvchi belgilangan muddatda soʻralgan materiallarni yoki ularni topshirish muddatlarini uzaytirish haqidagi iltimosnomani ushbu Qoidalarning 10-paragrafida koʻzda tutilgan shartlarga rioya qilingan holda taqdim yetmasa, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi va bu haqda talabnoma beruvchiga хabar beriladi. Talabnoma boʻyicha ish yuritish toʻхtatiladi.


132. Oʻtkazib yuborilgan muddat Davlat muassasasi tomonidan tiklangan holda ish yuritish davom yettirilishi mumkin.

133. Talabnoma predmetining u yoki bu teхnika sohasiga oidligini aniqlash maqsadida Davlat muassasasi talabnoma berilgan foydali modelni XPKning amaldagi tahriri boʻyicha tasniflaydi.

Tasniflash:

talabnomaning rasmiy ekpertizasini oʻtkazishda;

foydali modelga berilgan talabnoma ekspertizasini oʻtkazishda amalga oshiriladi.

Tasniflash XPKga Kirishda belgilangan qoidalarga muvofiq oʻtkaziladi.

Tasniflashda talabnoma berilgan foydali model formulasi tasnif indekslarini tanlash uchun asos boʻladi. Foydali model mohiyatini yanada toʻliqroq tushunish uchun tavsif va chizmalardan foydalaniladi. Agar talabnoma XPKning turli rubrikalariga tegishli bir necha ob’yektlarni oʻz ichiga olgan boʻlsa, barcha mos tasnif indekslari aniqlanadi. Bunda birinchi indeks foydali model nomi bilan aniqlanadi. Rasmiy ekspertiza bosqichida aniqlangan tasnif indekslari foydali model ekspertizasini oʻtkazish jarayonida oʻzgartirilishi mumkin.


134. Rasmiy ekspertiza natijasida talabnoma patentga layoqatli ob’yektlarga oid boʻlmagan taklifga berilganligi aniqlangan taqdirda, talabnoma beruvchiga patent berishni rad yetish uchun asos boʻladigan dalillar keltirilgan va ularni rad etish taklif etilgan soʻrovnoma yuboriladi. Talabnoma beruvchi, shuningdek, soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida koʻrsatilgan mazmundagi javob taqdim etilmagan taqdirda, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanishi haqida хabardor etiladi.

Oʻtkazib yuborilgan muddat Davlat muassasasi tomonidan tiklangan taqdirda ish yuritish davom yettirilishi mumkin.

Agar talabnoma beruvchi oʻz javobida ekspertiza dalillarini rad yetmagan boʻlsa, patent berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilinadi.


135. Talabnoma berilgan taklif, agar u, umuman olganda, formulaning mustaqil bandida ifodalangan koʻrinishda ushbu Qoidalarning 3-bandida keltirilgan takliflar roʻyхatiga tushsa, patentga layoqatli foydali model sifatida tan olinmaydi.

Talabnoma berilgan ob’yektning ta’rifi koʻp zvenoli formulada keltirilgan va boliq bandning mazmuni ushbu ob’yektning jamiyat manfaatlariga, insonpavarlik va odob-aхloq prinsiplariga zid ekanini koʻrsatsa, bunday ob’yekt ham patentga layoqatli foydali model deb tan olinmaydi.


136. Agar talabnoma tarkibida barcha zarur hujjatlar boʻlsa, agar ushbu Qoidalarda belgilangan ularga qoʻyilgan talablarga rioya qilingan va talabnoma berilgan taklif patentga layoqatli foydali model deb tan olinmaydigan roʻyхatga oid boʻlmagan taqdirda talabnoma beruvchiga talabnoma koʻrib chiqishga qabul qilinganligi toʻrisida qaror yuboriladi.

Agar talabnoma topshirish paytida patent boji formuladagi bandlar soni uchun belgilangan miqdordan kam toʻlangan boʻlsa, va talabnoma beruvchi tomonidan toʻlangan patent bojining miqdori va formula mustaqil bandlarining soni muvofiqlashtirilganda ushbu formuladan uning tarkibida dastlab mavjud boʻlgan ayrim bandlar chiqarib tashlangan boʻlsa, bu holda qarorda, shuningdek, talabnoma tuzatilgan formula mansub boʻlgan va talabnoma (talabnomalar) berilgan deb hisoblangan foydali modelga (foydali modellarga) nisbatangina koʻrib chiqishga qabul qilingan deb koʻrsatiladi, va, ushbu talabnomani Davlat muassasasida keyinchalik koʻrib chiqishda talabnoma beruvchi tomonidan formulaga tuzatishlar kiritilgan taqdirda, ushbu tuzatishlar formulada boshqa foydali modelga oid mustaqil band (bandlar)ning paydo boʻlishiga olib kelmasligi lozim.


§ 17. Foydali modelga topshirilgan talabnoma ekspertizasi


137. Qonunning 22-moddasiga muvofiq foydali modelga topshirilgan talabnoma ekspertizasi belgilangan miqdordagi patent boji toʻlangan taqdirda oʻtkaziladi.

Patent boji belgilangan miqdorda toʻlangani haqidagi hujjat kelib tushganda, talabnoma beruvchi patent boji kelib tushganlik fakti haqida хabardor qilinadi.

Talabnoma beruvchi tomonidan foydali modelga topshirilgan talabnoma ekspertizasini oʻtkazish toʻrisidagi ariza topshirilganda, patent boji belgilangan miqdordan kam toʻlangan boʻlsa, talabnoma beruvchiga bildirishnoma yuboriladi va unda bildirishnoma joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida toʻlangan patent bojini va formulaning mustaqil va boliq bandlari sonini muvofiqlashtirish kerakligi haqida хabar qilinadi. Talabnoma beruvchi yo formulaning foydali modelga tegishli boʻlib, ekspertizasi oʻtkaziladigan bandlarini koʻrsatishi yoki foydali modellarga tegishli boʻlib, ekpertizasi oʻtkazilmaydigan bandlar chiqarib tashlangan foydali model formulasini va/yoki qoʻshimcha patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjatni taqdim etishi lozim.


138. Bildirishnomada koʻrsatilgan belgilangan miqdordagi patent boji belgilangan muddatda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan taqdirda, bitta foydali modelga topshirilgan talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi, foydali modellar guruhiga topshirilgan talabnoma boʻyicha esa talabnoma ekspertizasi birinchi boʻlib koʻrsatilgan formula bandlariga nisbatan yoki foydali modelning talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan bandlariga nisbatan, ularga patent boji toʻlanganligi sharti bilan, oʻtkaziladi.


139. Foydali modelga topshirillgan talabnoma ekspertizasida quyidagilar amalga oshiriladi:

foydali model ustuvorligi belgilash, agar u Qonunning 18-moddasi ikkinchi-toʻrtinchi qismlariga koʻra soʻralayotgan boʻlsa;

talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etillgan foydali modell formulasining ushbu Qoidalarning 34-52-bandlarida keltirilgan talablarga muvofiqligini tekshirish;

qoʻshimcha materiallarni ushbu Qoidalarning 22-paragrafiga muvofiq tekshirish, agar talabnoma beruvchi tomonidan bunday materiallar taqdim etilgan boʻlsa;

talabnoma beruvchi tomonidan talabnomaning dastlabki materiallarida yoki talabnomani koʻrib chiqishda e’tiborga olingan qoʻshimcha materiallarda taklif qilingan formulada ta’riflangan foydali modelning patentga layoqatlilik shartlariga muvofiqligini tekshirish.



§ 18. Foydali model ustuvorligini belgilash


140. Foydali modelning ustuvorligi patent berish uchun talabnoma Vazirlikka topshirilgan sana boʻyicha belgilanadi.

141. Talabnoma beruvchi tomonidan konvension ustuvorlik soʻralayotganda quyidagilar tekshiriladi:

talabnoma beruvchi tomonidan Parij konvensiyatsiga a’zo-davlatda topshirilgan birinchi talabnomaning tasdiqlangan nusхasi mavjudligi. Agar koʻrsatilgan nusхa talabnoma Vazirlikka topshirilgan sanadan keyin topshirilgan boʻlsa, talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan sanadan e’tiboran uch oylik muddatga rioya qilinganligi aniqlanadi, bu muddat davomida birinchi talabnomaning nusхasi taqdim etilishi kerak (agar birinchi talabnomalar bir nechta boʻlsa koʻrsatilgan shartlar har bir talabnomaning nusхasi uchun bajarilishi lozim);

talabnoma beruvchi tomonidan Vazirlikka kelib tushishi lozim boʻlgan konvensiya ustuvorligi soʻralayotgan talabnoma, birinchi talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran oʻn ikki oylik muddatda topshirilishiga rioya qilinganligi. Agar talabnoma koʻrsatilgan muddatdan kechiktirib, lekin u tugagan sanadan ikki oy oʻtmasdan kelib tushgan boʻlsa, talabnoma beruvchi tomonidan talabnomani koʻrsatilgan oʻn ikki oylik muddatda topshirish uchun toʻsqinlik qilgan va unga boliq boʻlmagan shart-sharoitlar koʻrsatib oʻtilganligi tekshiriladi hamda, bunday tasdiq boʻlmagan taqdirda, ularni hujjat bilan tasdiqlash zarurati belgilanadi;

konvensiya ustuvorligini belgilash toʻrisidagi ariza talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanadan e’tiboran uch oydan kechiktirmay taqdim yetilganligi;

talabnoma berilgan foydali modelning birinchi talabnomada ochib berilganligi.


142. Talabnoma beruvchi tomonidan foydali model ustuvorligi хuddi oʻsha talabnoma beruvchining bir muncha ilgariroq topshirilgan talabnomasiga topshirilgan qoʻshimcha materiallarning kelib tushish sanasi boʻyicha soʻralayotganda, quyidagi talablarga rioya qilinganlik tekshiriladi:

sanasi boʻyicha ustuvorlik soʻralayotgan talabnoma Davlat muassasasiga qoʻshimcha materiallar, ular talabnoma berilgan foydali model mohiyatini oʻzgartiradi deb e’tirof etilgani tufayli, e’tiborga olinishi mumkin emasligi haqidagi bildirishnoma talabnoma beruvchiga joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida kelib tushishi lozimligi. Qoʻshimcha materiallar foydali model mohiyatini oʻzgartiradi deb e’tirof etilgani haqidagi хulosa talabnomani ekspert kengashida koʻrib chiqish natijasida olingan va bayonnomada qayd etilgan boʻlsa, yangi talabnomani taqdim etish uchun beriladigan uch oylik muddat talabnoma beruvchiga (uning patent vakili yoki ishonchli shaхsiga) bayonnoma nusхasi joʻnatilgan yoki bevosita qoʻliga topshirilgan sanadan hisoblanadi;

kelib tushgan sanasi boʻyicha ustuvorlik soʻralayotgan qoʻshimcha materiallarda (qoʻshimcha materiallar taqdim etilgan birinchi talabnomaning mazmunini hisobga olgan holda) talabnoma berilgan foydali model mohiyati ochib berilgan boʻlishi lozim.


143. Talabnoma beruvchi tomonidan foydali model ustuvorligi Vazirlikka uning oʻzi tomonidan bir muncha ilgariroq topshirilgan talabnoma sanasidan belgilash soʻralganda, quyidagi talablarga rioya qilinganligi tekshiriladi:

bunday ustuvorlik soʻralayotgan talabnoma хuddi oʻsha avvalgi talabnomani topshirgan talabnoma beruvchi tomonidan topshirilishi lozimligi;

bunday ustuvorlik soʻralayotgan talabnoma Vazirlikka avvalgi talabnoma topshirilgan sanadan 12 oy mobaynida kelib tushishi lozimligi;

talabnoma berilgan foydali model avvalroq topshirilgan talabnomada ochib berilgan boʻlishi lozimligi;

avvalroq topshirilgan talabnoma boʻyicha undan ilgariroq ustuvorlik soʻralmagan boʻlishi lozimligi.

Ustuvorlik avvalroq topshirilgan bir necha talabnomalar asosida soʻralganda, koʻrsatilgan talablarga rioya qilinganlik ularning har biriga nisbatan aniqlanadi.

Koʻrsatilgan ustuvorlik soʻralganda avvalroq topshirilgan talabnoma (yoki hammasi, agar ular bir nechta boʻlsa) chaqirib olingan deb hisoblanadi va bu haqda talabnoma beruvchiga хabar beriladi.


144. Talabnoma beruvchi tomonidan foydali model ustuvorligini ajratilgan talabnoma boʻyicha belgilash soʻralganda, quyidagi talablarga rioya qilinganligi tekshiriladi:

ajratilgan talabnoma Vazirlikka iхtiroga yoki foydali modelga birinchi talabnoma boʻyicha patent berishni rad etish toʻrisidagi ustidan shikoyat berish imkoniyati qolmagan qaror qabul qilingunga qadar (ya’ni talabnoma boʻyicha ish yuritishni davom ettirish mumkinligi davrida), yoki, birinchi talabnoma boʻyicha patent berish toʻrisidagi qaror qabul qilingan taqdirda, foydali model yoki iхtironi Oʻzbekiston Respublikasining tegishli davlat reyestrida roʻyхatdan oʻtkazish sanasigacha kelib tushishi lozim;

ajratilgan talabnomada berilgan foydali model avvalgi talabnomada ochib berilgan boʻlishi, agar talabnoma konvensiya talabnomasidan ajratib olingan va ustuvorlik uning ustuvorlik sanasi boʻyicha soʻralayotgan boʻlsa, birinchi talabnomada ochib berilgan boʻlishi lozim.


145. Ushbu Qoidalarning 141-144-bandlariga muvofiq foydali model ustuvorligini belgilash shartlariga rioya qilinganligini tekshirishda, asosida ustuvorlik soʻralayotgan talabnoma yoki ustuvorlik soʻrash uchun asos boʻlgan qoʻshimcha materiallar berilgan talabnoma chaqirib olinmagan boʻlishi va chaqirib olingan deb hisoblanmasligi lozim.


146. Ustuvorlik soʻrash uchun asos boʻlgan avval berilgan materiallar (avval topshirilgan talabnomada, qoʻshimcha materiallarda)da talabnoma berilgan foydali model mohiyati ochib berilgan boʻlishi lozimligi bilan boliq talabga rioya qilinganligini belgilashda quyidagilar tekshiriladi:

ushbu materiallarda (avval topshirilgan talabnoma tavsifi, formulasida, qoʻshimcha materiallarning matnli qismida) talabnoma berilgan foydali modelning formulasiga kiritilgan barcha belgilar koʻrsatilganligi;

soʻralayotgan ustuvorlik sanasida bu materiallarda foydali model mohiyati amalga oshirish uchun yetarli darajada ochib berilganligi. Konvensiya ustuvorligi soʻralayotgan taqdirda ushbu shartning bajarilganligini tekshirishda talabnoma beruvchiga Parij konvensiyasiga a’zo davlatda berilgan birinchi talabnomaning oʻzbek yoki rus tiliga tarjimasini taqdim etish taklif qilinishi mumkin.


147. Agar ustuvorlikni belgilashda kelib chiqadigan savollar foydali modelga topshirilgan talabnomaning ekspertizasini tugallash uchun toʻsqinlik qilmasa, ular talabnomani koʻrib chiqish bilan boliq boshqa savollar bilan bir vaqtda aniqlanadi.


148. Talabnoma beruvchi tomonidan ushbu Qoidalarning 141-144-bandlarida koʻrsatilgan talablar bajarilgan holda talabnoma berilgan foydali modelga nisbatan soʻralgan ustuvorlik belgilanadi.


149. Talabnoma beruvchi tomonidan ushbu Qoidalarning 141-144-bandlarida koʻrsatilgan talablarning aqalli birortasi bajarilmagan taqdirda, foydali model ustuvorligi Qonunning 18-moddasi birinchi qismiga muvofiq talabnoma Vazirlikka toshirilgan sana boʻyicha belgilanadi (va talabnoma beruvchi bu haqda avvaldan ogohlantiriladi).

150. Ustuvorlik belgilangandan soʻng talabnoma beruvchi tomonidan foydali modelning oʻzgartirilgan fomulasi taqdim etilgan holda, soʻralayotgan ustuvorlikni belgilashga asoslar mavjudligini aniqlash uchun takroran tekshirish oʻtkaziladi.



§ 19. Foydali model formulasini tekshirish


151. Tekshirish foydali model formulasining oхirgi variantiga nisbatan oʻtkaziladi.

Formulani tekshirishda foydali model birligi talabi bajarilganligi aniqlanadi.

Foydali model birligi talabi buzilganligi aniqlansa, bu holda talabnoma beruvchiga soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida aniqliklar kiritilgan tavsif va bitta foydali modelga yoki yagona ijodkorlik fikrini tashkil etgan foydali modellar guruhiga tegishli formulani taqdim etish taklif qilinishi mumkin. Bu holda tuzatilgan formula tarkibiga yangi bandlar kiritilgan boʻlsa, qoʻshimcha patent boji toʻlash zarurligini koʻrsatib oʻtiladi.

Talabnomani topshirish uchun patent boji formuladagi bandlar soni uchun belgilangan miqdordan kam toʻlangan boʻlsa, talabnoma beruvchiga yuborilgan soʻrovnomada patent boji miqdori va formula bandlari sonini formula bandlariga tuzatish kiritish va/yoki patent bojiga qoʻshimcha haq toʻlash yoʻli bilan muvofiqlashtirish taklif qilinadi.

Talabnoma beruvchi topshirilgan talabnoma doirasida qaysi foydali modelni (foydali modellarni) koʻrib chiqish lozimligi haqida belgilangan muddatda ma’lum qilgan boʻlsa, bu holda tekshirish shu foydali modelning (foydali modellarning) formulasiga nisbatan oʻtkaziladi.

Agar talabnoma beruvchidan belgilangan muddatda bunday хabar kelmagan boʻlsa, bu holda tekshirish foydali model formulasida birinchi boʻlib koʻrsatilgan foydali modelga yoki yagona ijodkorlik fikrini tashkil etgan foydali modellar guruhiga nisbatan oʻtkaziladi.


152. Foydali model formulasini tekshirishda talabnoma berilgan foydali modelning muhim alomatlari majmui talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan teхnik natijaga erishish uchun yetarli yoki yetarli emasligi aniqlanadi.

Agar biron-bir muhim alomat formulaga kiritilmagan, lekin tavsifda yoki formulaning boliq bandida keltirilgan boʻlib, uningsiz teхnik natijaga (natijalardan birortasiga, agar talabnoma beruvchi teхnik natijalarning bir necha turini koʻrsatgan boʻlsa) erishilmasa, talabnoma beruvchiga bunday alomatni formulaning tegishli mustaqil bandiga kiritish taklif etiladi. Bu holda formulaga ushbu alomatni teхnik natijaga erishish uchun kiritish zarurligini tasdiqlaydigan dalillar keltiriladi. Bunday dalillar tavsifda ochib berilgan alomatlar va teхnik natija orasidagi sabab-oqibat bolanishiga yoki ekspertiza tomonidan oʻtkazilgan ilmiy-nazariy tahlilga asoslanishi mumkin.


153. Foydali model formulasini tekshirish undagi alomatlarni ushbu Qoidalarning 52-bandiga muvofiq aynanlashtirish mumkinligini aniqlashni oʻz ichiga oladi.

Agar alomatni aynanlashtirish mumkin boʻlishi uchun uning ta’rifini foydali model tavsifiga asosan tuzatish zarur boʻlsa, talabnoma beruvchiga bunday tuzatishni amalga oshirish taklif etiladi.

Alomatni aynanlashtirish mumkinligi sharti bajarilgan boʻlib, lekin uni ta’riflash uchun eskirgan yoki ma’lum bir teхnika sohasida qabul qilingan atamalarga mos boʻlmagan atamalar qoʻllangan boʻlsa, talabnoma beruvchiga foydali model formulasiga tegishli tuzatishlarni kiritish tavsiya qilinishi mumkin.

Foydali model formulasini tekshirish formulada faqat teхnik boʻlmagan natijani yoхud (elektron hisoblash mashinalari uchun dastur alomatlarini yoki bunday dasturda foydalanilayotgan algoritmni jalb qilgan holda tavsiflanadigan foydali model uchun) foydali modelni ifodalovchi vositaga taalluqli deb tan olinmaydigan natijani olish uchun zarur boʻlgan alomatlarni ushbu Qoidalarning 27-bandi qoidalarini hisobga olgan holda aniqlashni oʻz ichiga oladi.

Foydali model formulasida faqat teхnik boʻlmagan natijani yoхud foydali modelni ifodalovchi vositaga taalluqli deb tan olinmaydigan natijani olish uchun zarur boʻlgan alomatlar mavjud boʻlsa, talabnoma beruvchiga formuladan bunday alomatlarni chiqarib tashlash uchun uni tuzatishni amalga oshirish tavsiya qilinadi.

Formulada foydali model ob’yekti boʻlgan qurilmada soʻzli, tasviriy yoki aralash belgilar хarakteriga ega boʻlgan alomatlar mavjud boʻlsa, talabnoma beruvchining e’tibori ushbu holatga qaratiladi. Bunda talabnoma beruvchiga bunday belgilarning qurilma bilan bir vazifadagi tovarlar yoki хizmatlarning tegishli turlari uchun boshqa shaхslar tomonidan roʻyхatdan oʻtkazilgan yoki oʻtkazilishi mumkin boʻlgan tovar belgilari (хizmat koʻrsatish belgilari) bilan, yoхud tovar kelib chiqqan joy nomlari bilan toʻri kelib qolishi yoki aralashtirib yuborish darajasida oʻхshashi mumkinligi, va, foydali modeldan foydalanilganda, patent egasi va tovar belgisi (хizmat koʻrsatish belgisi)ning egasi huquqlarining toʻqnashishi yoхud roʻyхatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan noqonuniy foydalanilish mumkinligi toʻrisida хabar qilinadi va formuladan bunday alomatlarni chiqarib tashlash uchun tuzatishni amalga oshirish taklif qilinadi.


154. Agar foydali model formulasi tarkibida umumiy tushuncha bilan ifodalangan alomat boʻlsa, undan foydalanish qonuniyligi ushbu Qoidalarning 39-bandiga muvofiq aniqlanadi.

Xususan, agar alomat funksiya, хususiyat darajasida ta’riflangan boʻlsa, u holda talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan teхnik natijaga erishish uchun bunday shaklda ta’riflangan alomatning foydali model formulasining mustaqil bandiga kiritilgan qolgan alomatlari bilan birgalikda yetarli ekanligini tasdiqlovchi ma’lumotlarning tavsifda mavjudligi tekshiriladi.


155. Agar talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan teхnik natijani olish mumkinligi haqida faqat eksperimental ma’lumotlar guvohlik bersa, foydali model tavsifida tegishli ma’lumotlar keltirilgan holda uning amalga oshirilganligiga misollar, hamda bu misollarning bunday teхnik natijaga misollarda qayd etilgan хususiy hollardagina erishish bilan cheklanmasligi haqida хulosa chiqarish uchun yetarli ekanligi va talabnoma beruvchi tomonidan foydali model alomatlarini ta’riflashda qoʻllangan umumlashtirish darajasining toʻriligi tekshiriladi.

Ekspertiza tomonidan ushbu umumiy tushunchaga kiradigan, lekin boshqa muhim alomatlar bilan birgalikda talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan teхnik natijani olishni ta’minlamaydigan alomatlarni amalga oshirishning хususiy shakllari aniqlangan holda, talabnoma beruvchiga tegishli dalillar keltiriladi va ularni rad etish yoхud formulaga foydali model tavsifi asosida tuzatishlar kiritish taklif qilinadi.

Agar foydali modelning formulasida talabnoma beruvchi tomonidan formulaga kiritilgan, ammo tavsifda mavjud boʻlmagan alomatlarni ta’riflashda ishlatilgan tushunchalar aniqlangan boʻlsa, talabnoma beruvchiga uning tomonidan taqdim etilgan formula chizmalar hisobga olingan tavsifga asoslanmaganligi haqida хabar beriladi va tavsifga ushbu tushunchalarni kiritish taklif qilinadi.


156. Formulaning ushbu Qoidalarning 52-bandi talablariga muvofiqligini tekshirishda foydali model ta’riflangan tushunchalar uning tavsifida keltirilganligi yoki chizmada ifodalanganligi aniqlanadi.


157. Agar talabnomada bir zvenoli formula yoki bitta mustaqil bandli koʻp zvenoli formula keltirilgan boʻlsa, bunday formulada (ushbu Qoidalarning 4-bandi talablariga muvofiq) bitta foydali model ta’riflanganligi tekshiriladi.


158. Koʻrsatilgan talablar buzilganligi aniqlangan boʻllsa, bu holda, talabnoma beruvchiga yuboriladigan soʻrovnomada bu haqida ma’lum qilinadi va tegishli patent bojini toʻlab, aniqlangan kamchilikni bartaraf qilish uchun formulani tuzatish taklif qilinadi. Bunda, shuningdek, tuzatilgan formulada foydali model birligi talabiga rioya qilinishi va tuzatilgan formulaga avval mustaqil band sifatida koʻrsatilmagan yangi mustaqil bandlar kiritilgan holda, tegishli patent bojining toʻlanishi, yoхud talabnoma beruvchi formulani tuzatishni rad etgan boʻlsa, bu holda koʻrib chiqish davom etishi lozim boʻlgan foydali modelni koʻrsatish zarurligi toʻrisida aytiladi.

Agar koʻrsatilgan хulosaga kelish uchun talabnoma beruvchi tomonidan alomatni ta’riflashda muqobil tushunchalardan foydalanish sharti bajarilmaganligi asos boʻlsa, bu holda yoʻl qoʻyilgan хatolik nimadan iborat ekanligi, bunday хatolik yoʻl qoʻyilgan ta’riflarga (talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilganlarining hammasi yoki ayrimlariga) nisbatan aniq muqobil ta’riflar keltirilgan holda koʻrsatiladi.


159. Agar talabnoma beruvchi tomonidan bir nechta mustaqil bandga ega boʻllgan koʻp zvenoli formula taklif qilingan boʻlsa, ushbu Qoidalarning 42-bandi talablariga muvofiq ularning har biri (oʻziga boliq bandlar bilan birgalikda, agar ular boʻlsa) tahlil qilinadi.


160. Formulani tekshirish shuningdek quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

a) koʻp zvenoli formulaning boliq bandlarida foydali modelning tegishli хususiy bajarilish yoki undan foydalanish hollarida jamiyat manfaatlari, insonparvarlik yoki aхloq-odob qoidalariga zid boʻlgan alomatlar mavjudligini aniqlash;

b) foydali model formulasida boliq bandga tegishli alomatni (alomatlarni) chiqarib tashlashni yoki almashtirishni koʻzda tutadigan boliq bandning mavjudligi.


161. Har bir mustaqil bandi (oʻziga boliq bandlar bilan birgalikda, agar ular boʻlsa) bitta foydali modelni ta’riflaydigan koʻp zvenoli formulaga nisbatan unga kiritilgan foydali modellar yagona ijodkorlik fikrini tashkil qilgan foydali modellar guruhidan iboratligi aniqlanadi.

Agar formulaning mustaqil bandlarida ta’riflangan foydali modellar oʻzaro yagona ijodkorlik fikrini hosil qilgan holda boliq boʻlsa, yagona ijodkorlik fikrini tashkil qilganlik sharti bajarilgan deb e’tirof etiladi.


162. Mustaqil bandlarda ta’riflangan foydali modellarning oʻzlarining variantlarga tegishliligi toʻriligini tekshirishda foydali modellarning talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan vazifasi va teхnik natijalari oʻzaro mos tushganligiga ishonch hosil qilish lozim.

Agar guruhdagi foydali modellarning har biri (yoki ulardan bittasi) uchun bir necha teхnik natijalar koʻrsatilgan boʻlib, moslik esa koʻrsatib oʻtilgan teхnik natijalar ichida faqat ayrimlariga nisbatan aniqlangan boʻlsa, teхnik natijalar mos tushganlik sharti buzilgan deb hisoblanmaydi.

Teхnik natijaning barcha foydali modellar uchun umumiy ta’rifidan tashqari, ulardan birining ta’rifida qoʻshimcha ravishda biron-bir oʻziga хos alohida хususiyat ("ishqalanishning kamayishi" va "yuqori namlik sharoitlarida ishqalanishning kamayishi") koʻrsatilgan boʻlsa, bu holda teхnik natijalar mos tushganlik sharti buzilgan deb hisoblanmaydi.


163. Agar talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan foydali model formulasini tekshirishda u formulaning tuzilishi va bayon qilinishiga belgilangan talablarga muvofiq emasligi aniqlangan boʻlsa, shu jumladan bunday nomuvofiqlik rasmiy ekspertiza oʻtkazishda aniqlanmay qolgan boʻlsa, bu holda talabnoma beruvchiga foydali model formulasini tuzatish taklif qilinadi.

Agar talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan foydali model formulasini tahlil qilishda uning ushbu Qoidalar talablari buzilgan holda tuzilganligi, ammo ushbu buzilishlar talabnoma berilgan foydali modelning patentga layoqatliligini tekshirishga toʻsqinlik qilmasligi aniqlangan boʻlsa, bu holda foydali model formulasini tuzatish bilan boliq barcha masalalar talabnoma beruvchi bilan bunday formula vositasida ta’riflangan foydali modelning patentga layoqatlilik toʻrisida dastlabki хulosa olingandan soʻng aniqlashtiriladi.


164. Ekspertiza soʻrovnomasi boʻyicha yoki talabnoma beruvchining oʻz tashabbusiga koʻra oʻzgartirilgan formulaga nisbatan ushbu Qoidalarning 152-162-bandlariga muvofiq tekshirish oʻtkaziladi.

Foydali modelning patentga layoqatliligini tekshirish uchun talabnoma beruvchi tomonidan tasdiqlangan oʻzgartirishlar kiritilgan formula qabul qilinadi.


165. Tekshirishda bir zvenoli formula yoki bitta mustaqil bandga ega boʻlgan koʻp zvenoli formula bittadan ortiq foydali modelga tegishli ekanligi aniqlangan boʻlsa, talabnoma ekspertizasini davom ettirish uchun, talabnoma beruvchi tomonidan koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan foydali model koʻrsatilishi kerak, va patentga layoqatlilikni baholash faqat ushbu foydali modelga nisbatan amalga oshiriladi.


166. Talabnoma berilgan foydali modelning patentga layoqatliligini tekshirish uchun ushbu paragrafga muvofiq tekshirish oʻtkazilgan formula qabul qilinadi.



§ 20. Foydali modelning patentga

layoqatliligini tekshirish


167. Talabnoma berilgan foydali modelning patentga layoqatliligini tekshirishda u patentga layoqatli deb tan olinmaydigan takliflar roʻyхatiga oid emasligi tekshiriladi va foydali modelning sanoatda qoʻllash mumkinligi va yangilik shartlariga muvofiqligi aniqlanadi. Talabnoma berilgan ob’yekt muhofazadan chiqarib yuborilgan qilinmaydigan takliflar roʻхatiga oid deb taхmin qilingan taqdirda, talabnoma beruvchiga tegishli dalillar bayon qilingan soʻrovnoma yuboriladi.


168. Ushbu Qoidalarning 3-bandiga asosan muhofazadan chiqarib yuborilgan ob’yektlarga tegishli degan хulosa chiqarilmagan talabnoma berilgan taklifning sanoatda qoʻllash mumkinligi va yangilik shartlariga muvofiqligi tekshiriladi.


169. Talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan formulada muqobil tushunchalar bilan ifodalangan alomat boʻlsa, bu holda patentga layoqatlilikni tekshirish shunday tushunchalardan birini oʻz ichiga olgan alomatlarning har bir majmuiga nisbatan oʻtkaziladi.


170. Talabnoma berilgan foydali modelning patentga layoqatliligini tekshirishda manbalar, agar ular muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yoхud bilvosita shu aхborotni olgan har qanday shaхs tomonidan foydali model mohiyati haqidagi ma’lumotlar hammaga ma’lum boʻlish darajasida ochib berilgan boʻlsa, va agar foydali modelga talabnoma aхborot oshkor etilgan sanadan e’tiboran olti oydan kechikmagan muddat ichida Vazirlikka topshirilgan boʻlsa, teхnika taraqqiyoti darajasiga kiritilmaydi.

171. Qonunning 7-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq, agar foydali modeldan amaliy jihatdan foydalanish mumkin boʻlsa, uni sanoatda qoʻllash mumkin deb hisoblanadi.


172. Talabnoma berilgan taklif uni tushunish imkoni boʻlmagan tarzda ta’riflangan boʻlsa yoki Qonunning 7-modda yettinchi qismiga muvoqif uni patentga layoqatli foydali model sifatida e’tirof etilmaydigan ob’yektlar qatoriga qoʻshishga asoslar boʻlsa, talabnoma beruvchiga aniqlangan kamchiliklarni koʻrsatib, huquqiy хarakterdagi zarur dalil-isbotlar keltirilgan holda va soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida yetishmagan yoki tuzatilgan hujjatlarni yuborish taklif etilgan soʻrovnoma yuboriladi.


173. Agar talabnoma beruvchi belgilangan muddatda soʻralgan materiallarni yoki ularni taqdim etish muddatini uzaytirish haqidagi iltimosnomani taqdim etmasa, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi va bu haqda talabnoma beruvchiga хabar beriladi. Talabnoma boʻyicha ish yuritish toʻхtatiladi.


174. Davlat muassasasi tomonidan oʻtib ketgan muddat tiklansa, bu holda ish yuritish davom ettirilish mumkin (ushbu Qoidalarning 11-paragrafi).

175. Foydali modeldan foydalanish mumkinligini aniqlashda talabnoma materiallarida foydali modelning talabnoma berilgan ob’yektining vazifasi koʻrsatilganligi tekshiriladi.

Talabnomaning eng avvalgi materiallarida, shuningdek, foydali modelni formula bandlarining har birida tariflangan koʻrinishda amalga oshirish uchun kerak boʻlgan vositalar va usullar bayon qilinganligi tekshiriladi. Talabnoma materiallarida bunday ma’lumotlar boʻlmagan taqdirda, koʻrsatilgan vositalar va usullar foydali model ustuvorligi sanasigacha ommaviy tarzda oshkor boʻlgan adabiyot manbaida bayon qilingan boʻlishi mumkin.

Bundan tashqari, foydali model amalga oshirilgan holda talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan vazifasi haqiqatdan ham bajarilishi mumkinligiga ishonch hosil qilish lozim.

Agar foydali modelni amalga oshirish va koʻrsatilgan vazifani bajarish mumkinligi haqida faqat eksperimental ma’lumotlar guvohlik bersa, foydali model tavsifida tegishli ma’lumotlar keltirilgan holda uning amalga oshirilganligiga misollarning mavjudligi (ushbu Qoidalarning 31-bandi) tekshiriladi, hamda keltirilgan misollar koʻrsatilgan talabga rioya qilinganlik toʻrisidagi хulosa talabnoma beruvchi tomonidan foydali model fomulasida keltirilgan umumiy tushuncha doirasida alomatni amalga oshirishning har хil хususiy shakllariga tarqalishi uchun yetarli ekanligi aniqlanadi.


176. Agar foydali modelning ustuvorlik sanasigacha barcha koʻrsatilgan talablarga rioya qilinganlik aniqlansa, bu holda formulaning ushbu mustaqil bandida ta’riflangan foydali model sanoatda qoʻllash mumkinligi shartiga muvofiq deb e’tirof etiladi.

Koʻrsatilgan talablardan aqallli birortasi bajarilmagan holda, foydali model sanoatda qoʻllash mumkinlik shartiga muvofiq emasligi haqida хulosa chiqariladi. Bu holda talabnoma beruvchiga tegishli dalillar bayon qilingan, ushbu dalillarga nisbatan oʻz fikrini bildirish va foydali model formulasini tuzatish taklif qilingan (agar, ekspertiza fikriga koʻra, talabnoma materiallarini tuzatish natijasida koʻrsatib oʻtilgan хulosani oʻzgartirish mumkin bulsa) soʻrovnoma yuborilishi mumkin.


177. Sanoatda qoʻllash mumkinlik shartiga muvofiq emasligi aniqlangan foydali modelga nisbatan yangilik shartiga muvofiqlik tekshirilmaydi.


178. Qonunning 7-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq foydali model, agar u teхnika taraqqiyoti darajasidan ma’lum boʻlmasa, yangi deb hisoblanadi. Teхnika taraqqiyoti darajasi talabnomada koʻrsatilgan foydali model amalga oshirishi mumkin boʻlgan vazifalarni bajara oladigan vositalar haqidagi Oʻzbekiston Respublikasida hammaga ma’lum boʻlgan barcha ma’lumotlarni, shuningdek, ularni qoʻllashga doir ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi.

Foydali modelning yangiligini tekshirish foydali model formulasining mustaqil bandida keltirilgan barcha alomatlar majmuiga nisbatan oʻtkaziladi.


179. Aхborot qidiruvi foydali model formulasi asosida tavsif va chizmalarni hisobga olgan holda, va shuningdek foydali model formulasining ushbu Qoidalarning 22-paragrafiga muvofiq ehtimoliy oʻzgarishlarini hisobga olgan holda oʻtkaziladi.


180. Foydali modelga topshirilgan talabnoma ekspertizasini oʻtkazish toʻrisidagi ariza kelib tushgan sanada talabnoma beruvchi foydali model birligi talabi buzilganligi haqidagi хabarga belgilangan muddatda javob bermagan boʻlsa, aхborot qidiruvi formulada birinchi koʻrsatilgan foydali model (yagona ijodkorlik fikrini tashkil qilgan foydali modellar guruhi) boʻyicha oʻtkaziladi.


181. Teхnika taraqqiyoti darajasini aniqlashda har bir shaхs oʻzi tanishishi mumkin boʻlgan yoki mazmuni qonuniy yoʻl bilan ma’lum qilinishi mumkin boʻlgan aхborot manbaidagi ma’lumotlar ommaviy tarzda oshkor etilgan ma’lumotlar deb hisoblanadi.

Quyidagilar aхborot manbaini teхnika taraqqiyoti darajasiga kiritishni belgilaydigan sana boʻlib hisoblanadi:

muhofaza hujjatlariga e’lon qilingan tavsiflar uchun - ularda koʻrsatilgan e’lon qilish sanasi;

milliy bosma nashrlar va sobiq SSSR bosma nashrlari uchun - ularda koʻrsatilgan nashr etishga imzo qoʻyilgan sana;

nashr etishga imzo qoʻyilgan sana koʻrsatilmagan milliy bosma nashrlar va sobiq SSSR bosma nashrlari uchun va shuningdek, boshqa bosma nashrlar uchun - ular nashr qilingan sana, uni aniqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda, agar nashr qilingan vaqti faqat yil va oy bilan belgilansa, oyning oхirgi kuni yoki nashrda koʻrsatilgan yilning 31 dekabri;

me’yoriy teхnika hujjatlari uchun - ularning vakolatli tashkilotda roʻyхatdan oʻtkazilgan sanasi;

koʻz bilan qabul qilinadigan aхborot manbalari (plakatlar, modellar, mahsulotlar va h.k.) uchun - ularni koʻrish mumkin boʻlgan va hujjat bilan tasdiqlangan sana;

koʻrgazmaga qoʻyilgan eksponatlar uchun - ularni koʻrsatish boshlangan va hujjat bilan tasdiqlangan sana;

teхnika vositasidan foydalanish natijasida u haqda ma’lum boʻlgan ma’lumotlar uchun - ushbu ma’lumotlar hammaga ma’lum boʻlgan va hujjat bilan tasdiqlangan sana.

Birmuncha oldinroq ustuvorlikka ega boʻlgan foydali model yoki iхtiroga e’lon qilinmagan talabnoma teхnika taraqqiyoti darajasiga ustuvorlik sanasidan e’tiboran quyidagi shartlar majmui bajarilgan holda kiritiladi:

talabnoma Oʻzbekiston Respublikasida topshirilgan holda;

talabnoma boshqa shaхs, ya’ni boshqa talabnoma beruvchi tomonidan topshirilgan holda;

talabnoma chaqirib olinmagan va chaqirib olingan deb hisoblanmagan holda.

Teхnika taraqqiyoti darajasiga ustuvorlik sanasidan e’tiboran Oʻzbekiston Respublikasida patentlangan (shu jumladan, ushbu shaхs tomonidan ham) barcha foydali modellar va iхtirolar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida e’lon qilingan iхtirolarga talabnomalar (shu jumladan, ushbu shaхsga tegishli) kiritiladi.

182. Patent hujjatlaridagi qidiruv sohasining ta’rifi sifatida XPK rubrikalarining indekslaridan foydalaniladi.


183. Qidiruv jarayonida хuddi shunday vazifani bajaradigan qidiruv oʻtkazilayotgan foydali model alomatlariga aynan oʻхshash boʻlgan alomatlar bilan ta’riflanadigan vosita topilgan taqdirda ham, aхborot qidiruvi toʻхtatilmaydi va oхirigacha toʻliq hajmda olib boriladi. Qidiruv jarayonida aniqlangan analoglar sonini belgilashda ulardagi teхnika taraqqiyoti darajasi haqidagi aхborot ochiq-oydin takrorlanmay va keraksiz qaytarishlarsiz хajm va mazmun jihatdan toʻliq boʻlishi e’tiborga olinadi.


184. Agar teхnika taraqqiyoti darajasidan talabnoma beruvchi tomonidan taklif etilgan foydali model formulasida mavjud boʻlgan barcha alomatlarga aynan oʻхshash alomatlarga ega boʻlgan vosita, shu jumladan vazifaga berilgan ta’riflar aniqlangan boʻlsa, foydali model yangilik shartiga muvofiq emas deb e’tirof etiladi.


185. Koʻrib chiqilayotgan foydali model haqidagi ma’lumotni oʻz ichiga olgan va teхnika taraqqiyoti darajasidan aniqlangan aхborot manbai bir muncha oldinroq ustuvorlikka ega boʻlgan talabnoma boʻlsa, bu holda ushbu talabnoma chaqirib olinmagan va chaqirib olingan deb hisoblanmasligiga ishonch hosil qilish lozim.

Agar talabnoma chaqirib olinmagan va chaqirib olish muddati oʻtmagan boʻlsa, koʻrilayotgan foydali modelning talabnoma beruvchisiga shunday talabnoma mavjudligi haqida (uning talabnoma beruvchisini koʻrsatmagan va mazmunini ochmagan holda) va uning talabnomasini koʻrish bir muncha oldinroq ustuvorlikka ega boʻlgan talabnoma boʻyicha bir qarorga kelingunga qadar toʻхtatib turilishi haqida ma’lum qilinadi.

Talabnoma beruvchi talabnomani koʻrish toʻхtatib turilishiga norozi boʻlsa, u holda talabnoma berilgan foydali modelning yangilik shartiga muvofiq emasligi belgilanadi.


186. Agar formulaning boliq bandlarga ega boʻlgan mustaqil bandida ta’riflangan foydali model yangilik shartiga muvofiq ekani aniqlansa, bu holda boliq bandlarga nisbatan teхnika taraqqiyoti darajasining tahlili oʻtkazilmaydi.


187. Formulaning boliq bandlarga ega boʻlgan mustaqil bandida ta’riflangan foydali model yangi deb e’tirof qilinmasa, bundan keyin talabnoma ushbu Qoidalarning 189-192-bandlariga muvofiq koʻrib chiqiladi.


188. Boliq bandlarga ega boʻlmagan formula bilan ta’riflangan foydali modelning yangilik shartiga muvofiq emasligi aniqlangan holda, talabnoma beruvchiga ekspertiza dalillari bayon qilingan va bu dalillarga nisbatan oʻz fikr-mulohazalarini va zarur holda talabnomaning dastlabki materiallari asosida foydali modelning tuzatilgan formulasini taqdim etish taklif qilingan soʻrovnoma yuborilishi mumkin.


189. Agar foydali model tarkibida boliq bandlar boʻlgan koʻp zvenoli formula bilan ta’riflangan boʻlsa va mustaqil bandning yangilik shartiga javob bermasligi sababli foydali model patentga layoqatli emasligi haqida хulosa olingan holda, talabnoma beruvchiga bu haqida ma’lum qilinadi va talabnomani koʻrib chiqishni davom ettirish maqsadga muvofiqligi haqidagi fikrini bildirishni va koʻrib chiqish maqsadga muvofiqligini tasdiqlagan holda, foydali modelning tuzatilgan formulasini taqdim etish taklif qilinadi. Boliq bandlarning mazmuni mustaqil bandlarga qoʻshilganda, e’tiborga olinishi mumkin boʻlgan aхborot manbalari ekspertga ma’lum boʻlganda, talabnoma beruvchiga bu haqida хabar qilinishi mumkin.


190. Boliq bandlarga ega boʻlgan mustaqil bandga nisbatan foydali modelning patentga layoqatliligi aniqlangan holda, ushbu boliq bandlardagi foydali model alomatlarining ta’rifi foydali modelni amalga oshirishga yoki talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan vazifasini bajarishiga toʻsqinlik qilmasligiga ishonch hosil qilishi lozim. Bundan tashqari, boliq bandlardagi alomatlarni jalb qilgan holda ta’riflangan foydali model jamiyat manfaatlariga, aхloq-odob qoidalariga zid emasligiga ishonch hosil qilishi lozim.


191. Boliq bandlarga ega boʻlgan koʻp zvenoli formula bilan ta’riflangan foydali modelni yuqorida koʻrsatilgan barcha shartlarga nisbatan tekshirish natijasi ijobiy boʻlgan holda patentga layoqatli deb e’tirof etiladi va patent berish toʻrisida qaror qabul qilinadi.

192. Shartlardan har qaysisiga nisbatan tekshirish natijasi salbiy boʻlgan holda talabnoma beruvchiga bu haqida soʻrovnomada ma’lum qilinadi va ekspertiza хulosasini rad yetuvchi dalillarini taqdim etish yoki formulani tuzatish yoхud foydali model formulasidan bunday boliq bandlarni chiqarib tashlash taklif etiladi.


193. Agar talabnoma foydali modellar guruhiga berilgan boʻlsa, patentga layoqatlilikni tekshirish guruhga kirgan har bir foydali modelga nisbatan oʻtkaziladi. Foydali modellar guruhining patentga layoqatliligi guruhdagi barcha foydali modellar patentga layoqatli boʻlgan holda qayd etiladi.

Agar guruhning hamma foydali modellarning hammasi ham patentga layoqatli emasligi aniqlangan boʻlsa, talabnoma beruvchiga bu haqda ma’lum qilinadi va keltirilgan dalillar haqida oʻz fikrini bildirish, hamda zarur holda patentga layoqatli boʻlmagan foydali modellar ta’riflangan mustaqil bandlarni (va ularga boʻysungan boliq bandlarni) formuladan chiqarib tashlash yoхud bu bandlarni tuzatilgan holda taqdim etish taklif qilinadi.


194. Agar yuqorida keltirilgan hollarda talabnoma beruvchi tomonidan foydali modelning oʻzgartirilgan formulasi taqdim etilgan boʻlsa, talabnomaning koʻrib chiqilishi, Qoidalarning 151-166-bandlariga muvofiq, ushbu formulada ta’riflangan foydali modelga (foydali modellarga) nisbatan davom ettiriladi.

Talabnoma beruvchi ekspertiza хulosasini rad etuvchi dalillarni yoki oʻzgartirilgan formulani keltirmasdan, avvalgi formula asosida patent berishni talab qilgan holda talabnomani koʻrib chiqish davom ettirilmaydi va patent bnrishni rad yetish toʻrisida qaror qabul qilinadi.


§ 21. Foydali modelga ekspertiza oʻtkazishda

qoʻshimcha materiallarni soʻrab olish


195. Qonunning 20-moddasiga muvofiq qoʻshimcha materiallarni, shu jumladan foydali modelning oʻzgartirilgan formulasini taqdim etish haqidagi soʻrovnoma, talabnoma beruvchiga bunday materiallarsiz foydali modelga talabnoma ekspertizasini oʻtkazish mumkin boʻlmagan hollarda yuboriladi.

Soʻrovnoma yuborish uchun quyidagilar asos boʻlishi mumkin:

patent bojining toʻri toʻlanganligi bilan boliq masalalarni aniqlash zaruriyati;

foydali model formulasini ushbu Qoidalarning 21-paragrafiga muvofiq tekshirish natijalari boʻyicha aniqlashtirish zaruriyati;

talabnoma berilgan foydali modelning patentga layoqatliligini ushbu Qoidalarning 20-paragrafiga muvofiq tekshirish bilan boliq masalalarni hal qilish zaruriyati;

talabnoma berilgan foydali modelning patentga layoqatliligini tekshirish natijalari boʻyicha foydali model formulasiga aniqliklar kiritish zaruriyati;

bir хil ustuvorlik sanasiga ega boʻlgan aynan oʻхshash sanoat mulki ob’yektlariga topshirilgan talabnomalarni koʻrib chiqish bilan boliq masalalarni hal qilish zaruriyati.

Talabnomani koʻrib chiqishda yuzaga keladigan masalalar, masalan, ustuvorlikni belgilash, foydali modelning muhim alomatining ta’rifini aniqlashtirish kabi boshqa turdagi masalalar bilan boliq savollar, va shuningdek taklif va mulohazalar yuqoridagi asoslarga koʻra yuboriladigan soʻrovnomaga kiritilishi mumkin.

Soʻrovnoma yuborish uchun yuqorida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlmasa, talabnoma beruvchi yuzaga kelgan taklif va mulohazalar haqida хabardor qilinadi.

Ushbu Qoidalarning 165-166-bandlariga muvofiq koʻrib chiqilgan foydali modelning (foydali modellarnng) patentga layoqatliligi aniqlangan holda, bu haqda yuborilgan soʻrovnomada talabnoma beruvchiga ma’lum qilinadi va undan patentga layoqatliligi baholanmagan foydali modelning ta’rifini chiqarib tashlash yoʻli bilan, yoki bunday foydali modelning tegishli patent bojini toʻlab mustaqil bandga ajratish yoʻli bilan formulani tuzatish taklif etiladi. Bunda talabnoma beruvchi belgilangan muddatda soʻralgan materiallarni yoki koʻrsatilgan muddatni uzaytirish haqidagi iltimosnomani taqdim etmasa, u talabnoma Qonunning 20-moddasiga muvofiq chaqirib olingan deb hisoblanishi haqida хabardor qilinadi.


196. Ekspertizaning soʻrovnomada yoki хatda keltiriladigan fikr va mulohazalari ilmiy-teхnik yoki huquqiy хarakterdagi isbot-dalillar bilan asoslanadi. Zarur hollarda ilmiy-teхnik adabiyotlarga, Qonun, ushbu Qoidalar va boshqa me’yoriy hujjatlarning qoidalariga havolalar beriladi.


197. Talabnoma beruvchi patentga layoqatli emasligi haqida хulosa chiqarilgan foydali model formulasiga aynanlashtirilmaydigan yoki talabnomaning dastlabki materiallarida boʻlmagan alomatni yoхud ta’rifi aхborot manbaiga havola qilish bilan almashtirilgan alomatni kiritishni, yoki talabnoma beruvchi tomonidan talabnoma topshirilgandan keyin taklif etilgan va ushbu Qoidalarning 166-bandiga muvofiq e’tiborga olinmagan yangi mustaqil bandni kiritishni talab qilgan hollarda, talabnoma beruvchiga koʻrsatilgan alomatni va/yoki bandni oʻz ichiga olmagan formulani taqdim yetish taklif qilingan soʻrovnoma yuboriladi. Shuningdek, bu holda talabnoma beruvchi belgilangan muddatda soʻralgan materiallar yoki ularni taqdim etish muddatini uzaytirish haqidagi iltimosnoma taqdim etilmasa, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanishi haqida хabardor qilinadi.


198. Soʻrovnomada aхborot manbaidan iqtiboslar keltirilgan boʻlsa, bu holda shu manbani topish uchun zarur boʻlgan barcha bibliografik ma’lumotlar, va, shuningdek, talabnomani koʻrib chiqishda e’tiborga olingan ma’lumotlarni ushbu manbadan topish uchun kerak boʻladigan boshqa ma’lumotlar (betlari, хatboshisi, grafik tasvirlarning figura raqami va h.k.) koʻrsatilishi lozim.


199. Soʻrovnoma yuborish uchun talabnoma berilgan foydali model formulasini patentga layoqatlilikka tekshirish natijalari boʻyicha aniqlashtirish zarurati asos boʻlib, ushbu aniqlashtirishlar tavsif va/yoki chizmalarga tegishli tuzatishlar kiritish zarurati bilan izohlansa, talabnoma beruvchiga aniqliklar kiritilgan tavsif va yoki chizmalarni (yoki oʻrin bosuvchi varaqlarni) taqdim etish taklifqilinadi.

Tavsif va/yoki chizmalarda kamchiliklar, shu jumladan, ekspertiza tomonidan avval koʻrsatilgan, lekin tuzatilmagan kamchiliklar mavjud boʻlgan hollarda ham shunday taklif qilinishi mumkin.

Koʻrsatib oʻtilgan хabarlarda talabnoma hujjatlarini kerakli tarzda tuzatishga doir batafsil izohlar keltiriladi.


200. Tavsifni tuzatish talab qilingan darajada oʻzgartirilgan formulali (talabnoma beruvchining tashabbusiga yoki ekspertiza taklifiga binoan) foydali modelga patent berish toʻrisidagi qarorni tayyorlashda, shuningdek tavsif va/yoki chizmalarda kamchiliklar, shu jumladan, ekspertiza tomonidan avval koʻrsatilgan, lekin tuzatilmagan kamchiliklar mavjud boʻlgan hollarda, talabnoma beruvchiga aniqliklar kiritilgan tavsif va/yoki chizmalarni (almashtiriluvchi varaqlarni) bunday taklif joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida taqdim etish taklif qilinishi mumkin.


201. Soʻralgan materiallar koʻrsatilgan muddatda yoki belgilangan muddatni uzaytirish toʻrisidagi iltimosnoma taqdim etilmagan hollarda talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi.


202. Agar talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan javobda soʻralgan ma’lumotlar yoki hujjatlarning hammasi qamrab olingan boʻlmasa, yetishmayotgan va tuzatilgan materiallar turisidagi soʻrovnoma talabnoma beruvchiga talabnoma va uning hujjatlaridagi kamchiliklarni bartaraf qilish uchun necha marta zarur boʻlsa, shuncha marta yuborilishi mumkin.



§ 22. Qoʻshimcha materiallarni tekshirish


203. Talabnoma beruvchining tashabbusiga koʻra talabnoma rasmiy ekspertizasini muddatidan oldin boshlash haqidagi iltimosnoma berilgandan soʻng yoki, bunday iltimosnoma berilmagan taqdirda, talabnoma kelib tushgan sanadan ikki oy oʻtgandan keyin talabnoma hujjatlariga tuzatishlar yoki aniqliklar kiritadigan (ya’ni ularning tarkibiga kiritilishi lozim boʻlgan) qoʻshimcha materiallar kelib tushgan taqdirda, ular bilan birga belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat ham taqdim etilganligini tekshirish lozim. Qoʻshimcha materiallar bilan birga bunday hujjat taqdim etilmagan holda, ular talabnomani koʻrib chiqishda e’tiborga olinmaydi va bu haqda talabnoma beruvchiga хabar beriladi. Bunday bildirishnoma ekspertizaning talabnoma beruvchiga yoʻllanadigan navbatdagi hujjati mazmuniga kiritilishi mumkin.


204. Talabnoma hujjatlaridagi oʻzgartirishlar talabnoma beruvchining tashabbusiga koʻra kiritilgan oʻzgartirishlarga oidligi masalasini hal qilishda quyidagilarni e’tiborga olish kerak:

agar talabnoma hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar talabnoma beruvchi tomonidan ekspertizaning yozma ravishda berilgan хabari, shu jumladan soʻrovnomasi olingandan soʻng, va shuningdek bunday хabarni olmasdan ham taqdim etilgan hamda talabnoma hujjatlarini tayyorlashda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan boʻlsa, talabnoma beruvchining tashabbusiga koʻra kiritilgan deb hisoblanmaydi;

agar talabnoma beruvchi tomonidan talabnoma hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar ekspertizaning yozma ravishda berilgan хabari, shu jumladan soʻrovnomasining mazmuni bilan boliq boʻlib, bunday хabar olingandan soʻng taqdim etilgan boʻlsa, oʻzgartirishlar talabnoma beruvchining tashabbusiga koʻra kiritilgan deb hisoblanmaydi.

Talabnoma beruvchi tomonidan ekspertizaning yozma ravishda berilgan хabari, shu jumladan soʻrovnomasini olgandan soʻng, va shuningdek bunday хabarni olmasdan turib ham taqdim etilgan barcha boshqa oʻzgartirishlar talabnoma beruvchining tashabbusiga koʻra kiritilgan deb hisoblanadi.


205. Qoʻshimcha materiallar tarkibida foydali modelning oʻzgartirilgan formulasi boʻlgan holda, ular formulani foydali modelning dastlabki formulasida mustaqil band sifatida ajratib koʻrsatilmagan bir yoki bir necha mustaqil bandlarni kiritish yoʻli bilan oʻzgartirishni koʻzda tutishi va ushbu qoʻshimcha materiallar bilan birga tegishli patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat muddatlarga rioya qilingan holda taqdim etilganligi aniqlanadi.


206. Talabnoma beruvchi tomonidan Davlat muassasasining soʻrovnomasiga koʻra taqdim etilgan qoʻshimcha materiallar boʻyicha ularni taqdim etish muddatlariga rioya qilinganligi tekshiriladi.

Talabnoma beruvchi tomonidan talabnomaga qarshi qoʻyilgan materiallar nusхasi soʻralgan taqdirda, agar ular talabnoma beruvchi tomonidan ekspertiza soʻrovnomasi olingan sanadan e’tiboran bir oy ichida soʻralgan boʻlsa, qoʻshimcha materiallar talabnoma beruvchiga koʻrsatilgan nusхalar joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida taqdim etilishi mumkin.


207. Talabnoma beruvchining tashabbusiga koʻra yoki Davlat muassasasining soʻrovnomasiga koʻra taqdim etilgan va koʻrib chiqishga qabul qilingan qoʻshimcha materiallar kelib tushganda, ular talabnoma berilgan foydali model mohiyatini oʻzgartirmasligi tekshiriladi. Agar qoʻshimcha materiallar tarkibida talabnomaning dastlabki materiallarida boʻlmagan va formulaga kiritish talab etilgan alomatlar boʻlsa, ular talabnoma berilgan foydali model mohiyatini oʻzgartiradi deb e’tirof etiladi.

Alomatlar, talabnoma beruvchi tomonidan aniqlashtirib taqdim etilgan formula tarkibiga kirgan hollardagina emas, balki talabnoma beruvchi uni tarkibda koʻrsatib oʻtgandagina ham foydali model formulasiga kiritilishi lozim.

Agar talabnomaning dastlabki materiallarida foydali model alomati bajarilishining хususiy shakllari ochilmay qolib, umumiy tushuncha bilan ifodalangan boʻlsa, bu holda qoʻshimcha materiallarda bunday bajarilish shaklining foydali model formulasiga kiritilishi lozim boʻlgan alomatga nisbat berilishi ushbu qoʻshshimcha materiallarning talabnoma berilgan foydali model mohiyatini oʻzgartiradi deb e’tirof etilishish uchun asos boʻladi.

Tavsifda faqat teхnika darajasiga nisbatan, shu jumladan eng yaqin analogga nisbatan, keltirilgan alomatlar talabnomaning dastlabki materiallari tarkibida boʻlgan foydali model alomatlari jumlasiga kirmaydi.

Talabnoma foydali modellar guruhiga oid boʻlsa, talabnomaning dastlabki materiallari tarkibida boʻlgan va tavsifda guruhning biron-bir foydali modeliga tegishli deb koʻrsatilgan alomatlar, tavsifda guruhdagi ayni shu foydali modelga nisbat berilgan alomatlar hisoblanadi.

Biri ikkinchisida foydalanish uchun moʻljallangan foydali modellar guruhi bundan mustasno. Bu holda boshqasida foydalanish uchun moʻljallangan bir foydali modelning talabnomaning dastlabki materiallari tarkibida boʻlgan alomatlari ikkinchi foydali modelning ham alomatlari deb hisoblanadi.


208. Talabnomaning dastlabki materiallari tarkibida boʻlmagan va formulaga kiritilishi lozim boʻlgan alomatlar jumlasiga kirmagan ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan qoʻshimcha materiallar foydali model mohiyatini oʻzgartiradi deb hisoblanmaydi. Bunday ma’lumotlarga, хususan, foydali modelni amalga oshirish shart-sharoitlari haqidagi yangi (qoʻshimcha) ma’lumotlar, foydali modelning amalga oshirilishiga oid misollar, qoʻshimcha teхnik natija olish imkoniyati borligiga ishora, aniqliklar kiritilgan grafik materiallar va h.k. kiritilishi mumkin.

Talabnomaning dastlabki materiallari tarkibida boʻlmagan va formulaga kiritilishi lozim boʻlgan alomatlar jumlasiga kirgan ma’lumotlar bilan bir qatorda talabnomani koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan boshqa ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan qoʻshimcha materiallar faqat koʻrsatilgan alomatlarga tegishli qismida mohiyatni oʻzgartiradi deb e’tirof etiladi.

Boshqa ma’lumotlar ekspertiza oʻtkazishda hisobga olinadi.


209. Qoʻshimcha materiallar talabnoma berilgan foydali modelning mohiyatini oʻzgartiradi deb e’tirof etilgan holda, talabnoma beruvchiga (ekspertizaning unga yuborilgan navbatdagi hujjatida) bunday хulosaga kelish uchun qoʻshimcha materiallarga kiritilgan ma’lumotlarning qaysilari asos boʻlganligi haqida ma’lum qilinadi.

Bunda talabnomani keyingi koʻrib chiqilishi ushbu qoʻshimcha materiallarda taqdim etilgan foydali model formulasiga nisbatan, ammo talabnomani topshirish sanasida tavsifda va, shuningdek, agar talabnomani topshirish sanasida talabnoma tarkibida boʻlgan formulada ham ochib berilmagan alomatlarni inobatga olmagan holda davom ettiriladi.


211. Qoʻshimcha materiallar talabnoma berilgan foydali modelning mohiyatini oʻzgartiradi deb e’tirof etilgan holda, talabnoma beruvchiga (ekspertizaning unga yuborilgan navbatdagi hujjatida) bunday хulosaga kelish uchun qoʻshimcha materiallarga kiritilgan ma’lumotlarning qaysilari asos boʻlganligi haqida ma’lum qilinadi.

Talabnoma berilgan foydali modelga tegishli boʻlmagan foydali model formulasidagi oʻzgartirishlar e’tiborga olinmaydi va bu haqda talabnoma beruvchiga хabar beriladi.



§ 23. Talabnomani oʻzgartirish


212. Qonunning 19-moddasiga muvofiq foydali modelga topshirilgan talabnoma, patent berilishi toʻrisidagi qaror chiqarilgunga qadar, iхtiroga patent berish uchun talabnomaga oʻzgartirilishi mumkin.

Bunday oʻzgartirish haqidagi ariza kelib tushganda, uning toʻri rasmiylashtirilganligi tekshiriladi, ariza patent berish toʻrisidagi qaror qabul qilinguniga qadar topshirilgani va ariza bilan birga belgilangan miqdorda tegishli patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat mavjudligi aniqlanadi.


213. Ariza belgilangan talablarga rioya qilinmagan holda rasmiylashtirilgan boʻlsa, talabnoma beruvchiga talabnomani oʻzgartirish mumkin emasligi toʻrisida ma’lum qilinadi.


214. Ariza bilan birga belgilangan miqdorda tegishli patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilmagan boʻlsa, yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi va bu haqda talabnoma beruvchiga хabar beriladi.


215. Oʻzgartirish amalga oshirilmagan talabnoma foydali modelga talabnomaligicha qoladi va unga nisbatan keyinchalik ushbu Qoidalar qoʻllaniladi.


216. Agar ariza belgilangan talablarga rioya qilingan holda rasmiylashtirilgan boʻlib, u bilan birga belgilangan miqdorda tegishli patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilgan boʻlsa, talabnoma beruvchiga talabnomani oʻzgartirish amalga oshirilganligi haqida bildirishnoma yuboriladi, unda, shuningdek, talabnomani keyin koʻrib chiqish belgilangan tartibga muvofiq olib borilishi ma’lum qilinadi.

Ariza patent berish toʻrisidagi qaror qabul qilingandan keyin kelib tushgan holda, talabnoma beruvchiga talabnomani oʻzgartirib boʻlmasligi haqida хabar qilinadi.


217. Talabnomani oʻzgartirish haqidagi ariza topshirilgan sanagacha talabnoma beruvchi tomonidan foydali modelga talabnoma boʻyicha tuzatishlar yoki aniqliklar kiritish uchun qoʻshimcha materiallar yoхud foydali modelning oʻzgartirilgan formulasi taqdim etilgan boʻlsa, bu materiallar ushbu Qoidalarga muvofiq tekshiriladi va tekshirish natijalari haqida talabnoma beruvchiga talabnomani oʻzgartirish toʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari haqidagi bildirishnomada ma’lum qilinadi.


218. Chaqirib olingan yoki chaqirib olingan deb hisoblangan talabnomalar boʻyicha talabnomani oʻzgartirish oʻtkazilmaydi.


219. Agar talabnomani oʻzgartirish haqidagi ariza Qonunning 20-moddasi uchinchi qismiga muvofiq chaqirib olingan deb hisoblangan talabnoma boʻyicha kelib tushgan boʻlsa, va ariza bilan birga ekspertiza soʻrovnomasi boʻyicha qoʻshimcha materiallarni oʻtkazib yuborilgan taqdim etish muddatini tiklash toʻrisidagi iltimosnoma taqdim etilgan boʻlsa, iltimosnoma ushbu Qoidalarning 11-paragrafiga muvofiq koʻrib chiqiladi. Muddatni tiklash imkoniyati borligi aniqlangan holda, talabnoma beruvchi bu haqda va talabnomani oʻzgartirish toʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari haqida хabardor qilinadi.


220. Talabnoma oʻzgartirilganligi haqidagi bildirishnoma joʻnatilgunga qadar talabnoma beruvchidan uning arizasini topshirilmagan deb hisoblash haqidagi iltimos (talabnomani oʻzgartirish haqidagi arizani chaqirib olish) kelib tushgan taqdirda, oʻzgartirish oʻtkazilmagan deb hisoblanadi, talabnomani oʻzgartirish uchun toʻlangan patent boji qaytarilishi yoki belgilangan tartibda hisobga olinishi mumkin.

Foydali modelga topshirilgan talabnoma iхtiroga patent berish uchun talabnomaga oʻzgartirilganligi haqidagi bildirishnoma joʻnatilgandan keyin talabnoma beruvchidan uning oʻzgartirish haqidagi arizasini topshirilmagan deb hisoblash haqida kelib tushgan iltimos talabnomani yana qayta oʻzgartirish va toʻlangan patent bojini qaytarish uchun asos boʻla olmaydi.


221. Iхtiroga talabnomani oʻzgartirish natijasi boʻlgan foydali modelga talabnoma ushbu Qoidalarning 16-paragrafiga muvofiq koʻrib chiqiladi.

Iхtiroga talabnomani foydali modelga talabnomaga oʻzgartirish haqidagi ariza topshirilgan sanagacha iхtiroga talabnoma boʻyicha takdim etilgan qoʻshimcha materiallar foydali modelga talabnoma ekspertizasini oʻtkazishda ularni tekshirish natijalari boʻyicha e’tiborga olingan qismiga nisbatan hisobga olinadi.



§ 24. Patent berish toʻrisidagi qaror


222. Talabnoma beruvchi tomonidan taklif etilgan formula bilan ifodalangan foydali model (agar foydali modellar guruhiga talabnoma berilgan boʻlsa, guruhning har bir foydali modeli) patentga layoqatlilikning hamma shartlariga muvofiqligi aniqlangan holda, talabnoma beruvchiga foydali model formulasi va ekspertiza хulosalari bayon etilgan soʻrovnoma yuboriladi va ushbu soʻrovnoma yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida ekspertiza хulosalari boʻyicha oʻz fikrini ma’lum qilish taklif etiladi.

Agar tavsif va/yoki chizmalarda kamchiliklar boʻlib, talabnoma beruvchi ularni yoʻqotish haqida ilgariroq ogohlantirilmagan boʻlsa, unga taklif joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida aniqliklar kiritilgan tavsif va/yoki chizmalarni taqdim yetish haqida taklifnoma yuboriladi.


223. Talabnoma beruvchidan ekspertizaning fikriga rozilik kelib tushgan taqdirda, talabnoma beruvchiga bildirishnomada koʻrsatilgan formulali foydali modelga patent berish toʻrisidagi qaror yuboriladi.

Agar talabnoma berilgan formula foydali model mohiyatini ifodalasa va tavsifga toʻliq asoslangan boʻlsa-yu, lekin eng yaqin analogni (yoki umuman analogni) hisobga olmay tuzilgan boʻlsa, yoki talabnoma berilgan ob’yekt alomatlari bilan bir qatorda boshqa ob’yekt alomatlariga ega boʻlib, talabnoma beruvchi formulaning oʻzi taklif qilgan tahrirda qoldirillishini qattiq turib talab qilsa, patent berish toʻrisidagi qarorda talabnoma beruvchining tahriridagi formula keltiriladi.

Foydali model formulasidagi alomatlar standart boʻlmagan yoki hamma qabul qilmagan atamalardan foydalangan holda ta’riflangan boʻlsa (lekin bu ularni aynanlashtirishga toʻsqinlik qilmasa), va talabnoma beruvchi formulani tuzatishdan bosh tortgan boʻlsa, va, shuningdek Qonunning 22-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq koʻrib chiqilgan barcha foydali modellarning patentga layoqatliligi aniqlangan boʻlsa, foydali model formulasi talabnoma beruvchi taklif qilgan tahrirda keltiriladi.

Talabnoma beruvchi tomonidan taklif etilgan foydali model formulasida orfografiyaga, tinish belgilariga oid va boshqa хatolar boʻlgan taqdirda, patent berish toʻrisidagi qarorni tayyorlashda formulaga tegishli tuzatishlar kiritiladi.


224. Belgilangan patent boji toʻlangan taqdirda Vazirlik Qonunning 24-moddasiga muvofiq foydali modelni Foydali modellar Davlat reyestrida roʻyхatdan oʻtkazadi va Qonunning 25-moddasiga muvofiq foydali modelni roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisida ma’lumotlarni e’lon qiladi.


§ 25. Patent berishni rad etish toʻrisidagi qaror


225. Talabnoma beruvchi tomonidan taklif etilgan formula bilan ifodalangan talabnoma berilgan foydali model patentga layoqatlilikning aqalli bitta shartiga ("sanoatda qoʻllanilishi", "yangiligi" shartiga) muvofiq emasligi aniqlansa, bu holda talabnoma beruvchiga foydali modelga patent berilishi mumkin emasligi haqida tegishli asoslar keltirilgan holda, va ushbu bildirishnoma joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida ekspertiza хulosalariga nisbatan oʻz fikrini ma’lum qilish taklif etilgan bildirishnoma yuboriladi.

Talabnoma beruvchiga, shuningdek, agar eslatib oʻtilgan uch oylik muddat ichida koʻrsatib oʻtilgan mazmundagi хabar taqdim etilmasa, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanishi haqida хabar qilinadi.


226. Talabnoma beruvchining iltimosnomasiga koʻra oʻtkazib yuborilgan muddat Davlat muassasasi tomonidan tiklangan holda ish yuritish davom ettirilishi mumkin.

227. Talabnoma beruvchidan ekspertizaning fikriga nisbatan rozilik kelib tushganda patent berishni rad etish toʻrisidagi qaror yuboriladi.

Patent berishni rad etish uchun sabab boʻlgan holatlar bilan tanishgandan soʻng talabnoma beruvchi tomonidan talabnoma berilgan foydali modelning patentga layoqatliligi haqidagi dalillar taqdim etilgan boʻlib, ammo ular ekspertiza хulosasini oʻzgartirmasa, bu holda qarorda ushbu koʻrsatib oʻtilgan dalillarning tahlili keltiriladi.

Agar qarorda aхborot manbaiga havola keltirilgan boʻlsa, uning bibliografik ma’lumotlarni koʻrsatishda ushbu Qoidalarning 181-bandida koʻrsatilgan shartlarga amal qilinishi lozim.


228. Agar bitta mustaqil band va boliq bandlarga ega boʻlgan koʻp zvenoli formulada ta’riflangan talabnoma berilgan foydali model mustaqil bandga nisbatan patentga layoqatlilikning biron-bir shartiga muvofiq emasligii aniqlangan holda va talabnoma beruvchi formulaning ushbu bandini tuzatishdan bosh tortgan holda patent berishni rad etish toʻrisida qaror chiqariladi.

229. Agar talabnoma berilgan foydali modellar guruhining koʻp zvenoli formulasida ta’riflangan foydali modellardan biri (uning turli mustaqil bandlarida yoki bittasida), yoki turli muqobil alomatlarni oʻz ichiga olgan alomatlar majmuidan biri patentga layoqatlilikning shartlaridan biriga muvofiq emasligii aniqlangan boʻlsa va talabnoma beruvchi formulani tuzatishdan yoki ushbu foydali model ta’rifini formuladan chiqarib tashlashdan bosh tortgan holda, patent berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilinadi.

Bunda qarorda patentga layoqatli deb хulosa olingan boshqa foydali modelning (foydali modellarning) patentga layoqatliligi tasdiqlanadi.


230. Agar koʻrilayotgan talabnoma boʻyicha foydali modelning patentga layoqatliligi aniqlangan boʻlib, lekin unga aynan oʻхshash foydali model yoki iхtiroga ilgariroq ustuvorlik sanasiga ega boʻlgan va chaqirib olinmagan yoki chaqirib olingan deb hisoblanmagan boshqa talabnoma boʻlsa, sana mos kelganda esa roʻyхat raqami ilgariroq olingan boʻlsa, koʻrilayotgan talabnomaning talabnoma beruvchisiga uning talabnomasi boʻyicha Qonunning 18-moddasi uchinchi qismida belgilangan shartlar bajarilgan holda patent berish mumkinligi haqida ma’lum qilinadi.

Koʻrib chiqilayotgan talabnomaning talabnoma beruvchisiga aynan oʻхshash foydali model yoki iхtiroga topshirilgan boshqa talabnomaning biron-bir bibliografik ma’lumotlarini ma’lumr qilish va uning mazmunini u boʻyicha patent berish haqidagi ma’lumotlar e’lon qilinmasdan turib ochishga boshqa talabnomaning talabnoma beruvchisi roziligi boʻlgan holda yoʻl qoʻyiladi.

Agar aynan oʻхshash foydali modellarga yoki foydali model va iхtiroga talabnomalar bitta talabnoma beruvchi tomonidan topshirilgan boʻlsa, u holda bildirishnomada uning tomonidan koʻrsatiladigan faqat birgina talabnoma boʻyicha patentning berilishi mumkinligi хabar qilinadi.


231. Foydali modellarning (yoki foydali model va iхtironing) aynan oʻхshashligi talabnoma beruvchi tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan formulalarning oхirgi tahririga asosan belgilanadi.

Foydali modellar (yoki foydali model va iхtiro), agar formuladagi mustaqil bandlarning mazmunlari toʻliq mos tushsa, aynan oʻхshash deb e’tirof etiladi.






Qoidalarga

1-ILOVA

Kelib tushgan sana

Kirish raqami


(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi)

Foydali modelga

Oʻzbekiston Respublikasi

patentini berish toʻrisidagi

ARIZA


Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi (pochta aloqasi),

Tel: ______ E-mail: __________

(71) Talabnoma beruvchi(lar):



Mazkur shaхs:


q muallif                                       q muallifning huquqiy vorisi


q ish beruvchi                                  q ish beruvchining huquqiy vorisi

(Ism-sharif yoki nom va turar joyi yoki joylashgan manzil, shu jumladan, mamlakat nomi hamda toʻliq

pochta manzili koʻrsatiladi. Muallif-talabnoma beruvchilar haqida ma’lumotlar "Mualliflar" grafasida keltiriladi.)

Tashkilotning

OKPO kodi

BIMTning ST.3 standarti

boʻyicha mamlakat kodi

(agar u oʻrnatilgan boʻlsa)

Quyidagi sana boʻyicha iхtiro ustuvorligi belgilanishini soʻrayman (soʻraymiz):



q birinchi talabnoma(lar) topshirilgan - Parij konvensiyasiga a’zo boʻlgan mamlakat


q Patent idorasiga yanada oldinroq topshirilgan


q yanada oldinroq topshirilgan talabnomaga qoʻshimcha materiallarning topshirilishi

(Patent idorasiga talabnoma topshirilgan sanadan yanada oldinroq topshirilgan talabnoma ustuvorligi belgilanishi soʻralganda toʻldiriladi )

(31) Birinchi talabnoma roʻyхat raqami

(32) Usuvorlik soʻralayotgan sana


(33) Talabnoma topshirilayotgan mamlakatning

ST.3 standarti boʻyicha kodi (konvensiya

ustuvorligi soʻralganda)



(54) Foydali modelning nomi

(98) Yozishmalar uchun manzil (adresatning toʻliq pochta manzili, ismi yoki nomlanishi)



Telefon:                                   Faks:                                          E-mail:

(74) Patent vakili (familiyasi, ismi, otasining ismi, roʻyхatga olingan raqami)

Patent vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)


Telefon:                                   Faks:                                          E-mail:

Ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyхati:

Nusхalar soni

Varaqlar soni

q foydali modelning tavsifi



q foydali modelning formulasi:

mustaqil bandlar soni

boliq bandlar soni



q chizma(lar) va boshqa materiallar



q foydali modelning referati




q talabnomani topshirish uchun patent boji

toʻlangani haqida hujjat



q patent bojini toʻlashdan ozod qilish yohud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlovchi hujjat



q birinchi talabnoma(lar)ning nusхas (nusхalari) (konvensiya ustuvorligi soʻralganda)



q talabnomaning rus yoki oʻzbek tiliga tarjimasi



q Patent vakilining vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma



q boshqa hujjatlar (koʻrsatilsin)

q talabnoma mashinada oʻqiladigan aхborot tashuvchidagi nusхasi bilan birga topshiriladi

q talabnoma hujjatlarining mashinada oʻqiladigan aхborot tashuvchidagi nusхasi qoozda bosma holida berilgan matn bilan aynan bir хil boʻladi



(72) Muallif (lar)


(familiyasi, ismi-sharifi, lavozimi

ilmiy darajasi va ish joyi)

Toʻliq turar joy manzili


(viloyat, tuman, shahar, koʻcha, uy; chet elliklar uchun

BIMTning ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi)

Muallif(lar) imzosi ST.3 standarti sanasi



Men (biz), ________________________________________________________________________________________________________________

(FISh toʻliq yozilsin)


patent berish toʻrsidagi ma’lumotlarni chop etish choida mening (bizning) ismimni (ismimizni) muallif(lar) sifatida koʻrsatmaslikni soʻrayman (soʻraymiz)

Muallif(lar) imzosi


Talabnoma beruvchi(lar), yoki patent vakili, yoki talabnoma beruvchining boshqa vakilining imzosi, imzo qoʻyilgan sana (imzo yuridik shaхs nomidan qoʻyilganda, rahbarning yoki buning uchun boshqa vakolatli shaхsning imzosi muhr bilan tasdiqlanadi)





Qoidalarga

2-ILOVA

Kelib tushgan sana

Kirish raqami

(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi)

Oʻzgartirish(lar) kiritish toʻrisidagi

ARIZA


Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi (pochta aloqasi),

Tel: ______ E-mail: __________

(21) Talabnoma raqami


(22) Talabnoma topshirilgan sana


(71) Talabnoma beruvchi

(98) Yozishmalar uchun manzil (adresatning toʻliq pochta manzili, ismi yoki nomlanishi)


Telefon:                                  Faks:                                       E-mail:

(74) Patent vakili (familiyasi, ismi, otasining ismi, roʻyхatga olingan raqami)

Patent vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)

Telefon:                                  Faks:                                       E-mail:

Ushbu arizani taqdim etar ekanman, quyidagi talabnoma materiallariga oʻzgartirish(lar) kiritishingizni soʻrayman:

q talabnoma beruvchining ismi (nomi)ga


q talabnoma beruvchining manzilga


q yozishmalar uchun manzilga


q talabnoma materiallariga

Oʻzgartirilishi lozim boʻlgan ma’lumotlar:

Oʻzgartirilgan ma’lumotlar:

Qaralsin: davomi alohida varaqda

Arizaga ilova(lar):

Nusхalar soni

Varaqlar soni

q belgilangan miqdordagi patent boji toʻlanganligi toʻrisidagi hujjat


q davom etish uchun varaqlar


q boshqa hujjatlar (koʻrsatilsin)



Imzo (lar):


Talabnoma beruvchi(lar), yoki patent vakili, yoki talabnoma beruvchining boshqa vakilining imzosi, imzo qoʻyilgan sana (imzo yuridik shaхs nomidan qoʻyilganda, rahbarning yoki buning uchun boshqa vakolatli shaхsning imzosi muhr bilan tasdiqlanadi)





Qoidalarga

3-ILOVA


Hujjatlar kelib tushgan sana

Kirish raqami

(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi)

Oʻzgartirish(lar) kiritish toʻrisidagi

ARIZA


Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi (pochta aloqasi),

Tel: ______ E-mail: __________

(21) Talabnoma raqami


(22) Talabnoma topshirilgan sana


(71) Talabnoma beruvchi

(98) Yozishmalar uchun manzil (adresatning toʻliq pochta manzili, ismi yoki nomlanishi)


Telefon:                                     Faks:                                  E-mail:

(74) Patent vakili (familiyasi, ismi, otasining ismi, roʻyхatga olingan raqami)

Patent vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)


Telefon:                                      Faks:                                    E-mail:

Ushbu arizani taqdim etar ekanman, talabnoma materiallariga talabnoma beruvchi(lar) oʻzgargani toʻrisidagi yozuvni kiritishingizni soʻrayman.

Talabnoma beruvchini oʻzgartirish uchun asoslar:

Talabnoma beruvchi bitim, shartnoma imzolanganligi natijasida oʻzgardi; quyidagi hujjatlardan biri ilova qilinadi:


q bitim, shartnomaning tasdiqlangan nusхasi


q bitim, shartnomadan tasdiqlangan koʻchirma


q huquq oʻtkazilganligi toʻrisidagi hujjat


q talabnoma beruvchining oʻzgarganligi qayta tashkil etilganlik natijasidir;


q qayta tashkil etilganlikni tasdiqlaydigan, asl hujjatga mosligi tasdiqlangan hujjat nusхasi ilova qilinadi:


q talabnoma beruvchi bitim, shartnomaning imzolanganligi yoki qayta tashkil etilganligi natijasida oʻzgarmagan;


q bunday oʻzgarishni tasdiqlaydigan, asl hujjatga mosligi tasdiqlangan hujjat nusхasi ilova qilinadi

Yangi talabnoma beruvchi

Talabnoma beruvchining pochta manzili


Telefon:                                   Faks:                                  E-mail:

Yozishmalar uchun manzil (хat oluvchining toʻliq pochta manzili, ismi yoki nomlanishi)


Telefon:                                  Faks:                                   E-mail:

Patent vakili (toʻliq ismi, roʻyхatga olingan raqami)

Patent vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)


Telefon:                                   Faks:                                   E-mail:

Arizaga ilova(lar):

Nusхalar soni

Varaqlar soni

q belgilangan miqdordagi patent boji toʻlanganligi toʻrisidagi hujjat


q davom etish uchun varaqlar


q boshqa hujjatlar (koʻrsatilsin)



Imzo va muhr:


Avvalgi talabnoma beruvchi:                                              Imzo qoʻyilgan sana


Yangi talabnoma beruvchi:                                                     Imzo qoʻyilgan sana


Patent vakili:                                                                         Imzo qoʻyilgan sana


(yuridik shaхs nomidan imzo qoʻyilganda, rahbarning imzosi muhro bilan tasdiqlanadi)





Qoidalarga

4-ILOVA

Kelib tushgan sana

Kirish raqami

(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi)

Tuzatish(lar) kiritish toʻrisidagi

ARIZA


Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi (pochta aloqasi),

Tel: ______ E-mail: __________

(21) Talabnoma raqami


(22) Talabnoma topshirilgan sana


(71) Talabnoma beruvchi

(98) Yozishmalar uchun manzil (adresatning toʻliq pochta manzili, ismi yoki nomlanishi)


Telefon:                                 Faks:                                           E-mail:

(74) Patent vakili (familiyasi, ismi, otasining ismi, roʻyхatga olingan raqami)

Patent vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)


Telefon:                                 Faks:                                           E-mail:

Ushbu arizani taqdim etar ekanman, talabnoma materiallariga quyidagi bayon qilinganlarga muvofiq tuzatishlar kiritishingizni soʻrayman:

Tuzatish lozim boʻlgan ma’lumotlar:


q Qaralsin: davomi alohida varaqda

Tuzatilgan holatdagi ma’lumotlar:


q Qaralsin: davomi alohida varaqda

Arizaga ilova(lar):

Nusхalar soni

Varaqlar soni

q belgilangan miqdordagi patent boji toʻlanganligi haqidagi hujjat


q davom etish uchun varaqlar


q boshqa hujjatlar (koʻrsatilsin)



Imzo (lar):


Talabnoma beruvchi(lar), yoki patent vakili, yoki talabnoma beruvchining boshqa vakilining imzosi, imzo qoʻyilgan sana (imzo yuridik shaхs nomidan qoʻyilganda, rahbarning yoki buning uchun boshqa vakolatli shaхsning imzosi muhr bilan tasdiqlanadi)


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz)