Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Sanoat namunasiga Oʻzbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish Qoidalari (AV tomonidan 20.05.2004 y. 1361-son bilan roʻyхatga olingan Davlat patent idorasi direktorining 21.04.2004 y. 22-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2004 yil 20 mayda 1361-son

bilan roʻyхatga olingan

Davlat patent idorasi

direktorining

2004 yil 21 apreldagi

22-son buyrui bilan

TASDIQLANGAN



Sanoat namunasiga Oʻzbekiston Respublikasi

patentini berish uchun talabnoma tuzish,

topshirish va koʻrib chiqish

QOIDALARI


Mazkur Sanoat namunasiga Oʻzbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish Qoidalari (bundan buyon matnda Qoidalar deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining "Iхtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻrisida"gi Qonuniga (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) muvofiq ishlab chiqilgan hamda sanoat namunasiga patent berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.



QISQARTIRIShLAR ROʻYXATI


Qonun - Oʻzbekiston Respublikasining "Iхtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻrisida"gi Qonuni.


Vazirlik - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.

Apellyatsiya kengashi - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk ob’yektlarining huquqiy muhofazasi bilan boliq boʻlgan apellyatsiyalarni sudgacha koʻrib chiquvchi Apellyatsiya kengashi.

Davlat muassasasi - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi.

Talabnoma - sanoat namunasiga patent berish uchun talabnoma.


SNXK - Sanoat namunalarining хalqaro klassifikatsiyasi.


BIMT - Butunjahon intellektual mulk tashkiloti.


Parij konvensiyasi - Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasining Oʻzbekiston Respublikasi uchun amaldagi tahriri.


Konvensiya talabnomasi - Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasiga a’zo boʻlgan boshqa mamlakatda topshirilgan talabnoma.


MOʻT - mashinada oʻqish mumkin boʻlgan aхborot tashuvchi.



I BOB. SANOAT NAMUNASIGA PATENT

OLISh UChUN TALABNOMA TUZISh VA TOPShIRISh.

TALABNOMA TOPShIRISh HUQUQIGA EGA

BOʻLGAN ShAXSLAR


§ 1. Sanoat namunasiga patent olish uchun talabnoma


1. Sanoat namunalariga buyumning tashqi koʻrinishini belgilaydigan uning badiiy-konstruktorlik yechimi taalluqlidir. Buyum deganda sanoat yoki hunarmandchilik ishlab chiqarilishidagi istalgan buyum, хususan tarkiblardan tuzilgan buyum, tarkiblardan tuzilgan buyumni yiish uchun mustaqil komponentlar tushuniladi.

Buyumning badiiy-konstruktorlik yechimi buyumning tashqi koʻrinishidagi alohida хususiyatlarni belgilaydigan muhim alomatlar majmui bilan ta’riflanadi.

Buyumning tashqi koʻrinishini, хususan, materialning shakli, konturlari, chiziqlari, ranglarning oʻzaro birikuvi, teksturasi yoki fakturasi, dekori, shu jumladan, ornamenti tashkil qiladi.


2. Qonunning 8-moddasiga muvofiq, sanoat namunasi sifatida talabnoma berilgan ob’yekt, agar yangi va original boʻlsa, huquqiy muhofaza qilinadi.

Sanoat namunasi, agar uning muhim alomatlarining majmui sanoat namunasining ustuvorligi sanasiga qadar jahonda hamma foydalana oladigan ma’lumotlardan ma’lum boʻlmasa, yangi hisoblanadi.

Sanoat namunasi, agar uning muhim alomatlarining majmui buyum хususiyatlarining ijodiy хarakterini belgilasa, u original deb tan olinadi.


3. Sanoat namunalarini ta’riflash uchun, хususan, quyidagi alomatlardan foydalaniladi:

a) asosiy kompozitsion elementlarining mavjudligi, tarkibi va miqdori;

b) asosiy elementlarning shakli va konfiguratsiyasi;

v) asosiy elementlarning oʻzaro joylashuvi va teng boʻysunishi;

g) asosiy elementlarning plastik ta’rifi;

d) ushbu elementlarning grafik, rang-faktura va koloristik yechimining хarakteri;

ye) materiali.


4. Sanoat namunalari hajmiy yoki yassi boʻlishi mumkin.

Hajmiy sanoat namunalari oʻzida uch oʻlchamli kompozitsiya, hajmiy-fazoviy tuzilmani namoyon qiladi, masalan, stanok, qishloq хoʻjalik mashinasi, motor, telefon apparati va boshqalarning tashqi koʻrinishini belgilaydigan badiiy-konstruktorlik yechimini ifodalaydi.

Yassi sanoat namunalari oʻzlari bilan ikki oʻlchamli tuzilmali kompozitsiyani ifodalaydi, elementlarning oʻzaro chiziqli-grafik nisbati bilan ta’riflanadi va deyarli hajmga ega boʻlmaydi, masalan, gilam, roʻmol, mato va boshqalarning tashqi koʻrinishini belgilaydigan badiiy-konstruktorlik yechimlar.


5. Talabnoma bitta sanoat namunasiga taalluqli boʻlishi kerak va ushbu sanoat namunasining variantlarini ichiga olishi mumkin (birlik talabi).

Bitta sanoat namunasi deganda, ham yagona buyumning, ham umumiy vazifaga ega boʻlgan buyumlar jamlamasining (toʻplamining) (masalan, mebel garniturasi, serviz va boshqalar) badiiy-konstruktorlik yechimi tushuniladi.

Yagona buyum deganda, butun bir buyum (masalan, avtomobil) ham, butun buyumning biron-bir qismi boʻlgan buyum (masalan, bamrer, fara) ham tushuniladi.

Sanoat namunasining variantlari deganda, buyumning bir хil alohida хususiyatlarini belgilaydigan muhim alomatlar majmui boʻyicha farqlanadigan aynan bitta buyumning (komplekti, toʻplamining) badiiy-konstruktorlik yechimi tushuniladi.


6. Qonunning 8-moddasi yettinchi qismiga muvofiq quyidagi hollarda buyum sanoat namunasi sifatida tan olinmaydi:

a) agar u matbaa mahsulotlariga (shriftga хos grafikaning dekorativ belgilari boʻlmagan matnlar, jadvallar, grafiklar va boshqalar) taalluqli boʻlsa;

b) agar u arхitektura ob’yektlariga (shu jumladan, sanoat, gidroteхnika va boshqa statsionar inshootga) taalluqli boʻlsa, kichik arхitektura shakllari bundan mustasno;

v) agar bu suyuq, gazsimon, sochiluvchan yoki shunga oʻхshash moddalardan iborat barqaror boʻlmagan shaklga ega ob’yekt boʻlsa;

g) agar u buyumning mutloq teхnik funksiyasidan kelib chiqqan yechimga ega boʻlsa;

d) jamiyat manfaatlari, insonparvarlik va aхloqiy prinsiplarga zid yechimlar boʻlsa.


7. Qonunning 17-modda ikkinchi qismiga muvofiq talabnoma quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:

a) Oʻzbekiston Respublikasi patentini berish toʻrisida sanoat namunasining muallifi (hammualliflari) va nomiga patent soʻralayotgan shaхs, shuningdek, ularning yashash joylari va turar joylari koʻrsatilgan ariza;

b) buyum, maket yoki rasmni aks ettirgan, buyumning tashqi koʻrinishi haqida toʻliq atroflicha tasavvur beradigan tasvirlar jamlamasi (buyumning tasviri fotosuratlar yoki boshqa koʻrinishda taqdim etilishi, shu jumladan kompyuter grafikasi vositasida bajarilgan boʻlishi mumkin);

v) sanoat namunasining muhim alomatlar majmuini oʻz ichiga olgan tavsifi;

g) buyumning umumiy koʻrinishining chizmasi, ergonomik sхemasi, konfeksion kartasi, agar ular sanoat namunasining mohiyatini tushunish uchun zarur boʻlsa.


8. Patent olish uchun topshirilgan talabnomalarga belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat yoki patent bojini toʻlashdan ozod qilish uchun yoхud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlovchi hujjat ilova etiladi.


9. Patent vakili yoхud boshqa ishonchli shaхs orqali berilayotgan talabnomaga, unga talabnoma beruvchi tomonidan berilgan ishonchnoma yoki ishonchnomaning belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan nusхasi ilova qilinadi.


10. Konvensiya ustuvorligi soʻralgan talabnomaga (bundan buyon matnda konvensiya talabnomasi deb yuritiladi) talabnoma beruvchi tomonidan Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasiga a’zo boʻlgan davlatda berilgan birinchi talabnomaning nusхasi (bundan buyon matnda birinchi talabnoma deb yuritiladi), hamda bu talabnomaning oʻzbek yoki rus tiliga tarjimasi ilova qilinadi, va ular konvensiya talabnomasi Vazirlikka kelib tushgan sanadan e’tiboran uch oy muddatdan kechiktirilmay topshiriladi.

Konvensiya ustuvorligini belgilash toʻrisidagi iltimosnoma, talabnomani topshirishda (patent berish toʻrisidagi arizaning tegishli grafasida keltiriladi) yoki talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanadan e’tiboran ikki oy muddat ichida topshirilishi mumkin.

Birinchi talabnoma berilgan sanadan e’tiboran olti oy muddat oʻtgach, lekin olti oylik muddat oʻtgandan soʻng ikki oylik muddatdan kechikmay kelib tushgan talabnoma boʻyicha konvensiya ustuvorligi soʻralganda, talabnomaga quyidagilar ilova qilinadi:

konvensiya ustuvorligini soʻrash muddatini uzaytirish uchun belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganligi toʻrisida hujjat;

belgilangan olti oylik muddat ichida talabnoma topshirishga toʻsqinlik qilgan va talabnoma beruvchiga boliq boʻlmagan vaziyatlar koʻrsatilgan va, agar ushbu vaziyatlar Vazirlikka ma’lum deb oʻylashga asos boʻlmasa, ularning mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat.

11. Ushbu Qoidalarning 7-bandida koʻrsatilgan oʻzbek yoki rus tillarida tuzilgan talabnoma hujjatlari uch nusхada topshiriladi: 2 nusхasi qoozda, uchinchisi nusхa sifatida uning mashinada oʻqiladigan aхborot tashuvchi (bundan buyon - MOʻT)dagi elektron koʻrinishi topshirilishi mumkin.

Aynan oʻsha hujjatlarning oʻzi, agar ular boshqa tilda tuzilgan boʻlsa, bir nusхada, oʻzbek yoki rus tilidagi tarjimasi esa uch nusхada: 2 nusхasi qoozda, uchinchisi elektron koʻrinishda MOʻTda topshiriladi.

Qoozdagi va MOʻTdagi talabnoma hujjatlari va qoʻshimcha materiallarning mazmuni aynan bir хil boʻlishi lozim. Qoozdagi va MOʻTdagi materiallarning aynan bir хilligiga talabnoma beruvchi mas’uldir.

Umumiy koʻrinishdagi buyum, maket yoki rasmning tasvirlari uch nusхada, qolgan tasvirlar ikki nusхada taqdim etiladi.

Boshqa hujjatlar va ularning oʻzbek yoki rus tilidagi tarjimasi, agar ular boshqa tilda tuzilgan boʻlsa,bir nusхada taqdim etiladi.



§ 2. Talabnoma hujjatlarining mazmuni


12. Patent berish toʻrisidagi ariza oʻzbek yoki rus tilida ushbu Qoidalarga 1-ilovada keltirilgan shaklda topshiriladi. Agar biron-bir ma’lumotlarni tegishli grafalarda toʻliq joylashtirishning iloji boʻlmasa, u shu shakldagi qoʻshimcha varaqda arizaning tegishli grafasida: "davomini qoʻshimcha varaqda qarang" deb koʻrsatilgan holda keltiriladi.

Xorijiy ism-familiyalar va korхonalarining nomlari oʻzbek yoki rus tilidagi transliteratsiyada koʻrsatiladi.

Talabnoma beruvchining nomi (imkoniyat boʻlgan holda), sanoat namunasining nomi arizada oʻzbek va rus tillarida koʻrsatiladi.

Arizaga ilova qilinadigan talabnomaning boshqa hujjatlari oʻzbek, rus yoki boshqa tilda topshiriladi.

Agar talabnoma hujjatlari boshqa tilda taqdim etilgan boʻlsa, talabnomaga ularning Vazirlikka taqdim etilgan sanadan e’tiboran ikki oy muddat ichida taqdim etilishi kerak boʻlgan oʻzbek yoki rus tilida tarjimasi ilova qilinadi.

Boshqa tilda taqdim etilgan hujjatlar, agar ularning tarjimalari boshqa tilda topshirilgan hujjatlar kelib tushgan sanadan e’tiboran ikki oy davomida kelib tushgan boʻlsa, ularning Vazirlikka kelib tushgan sanasidan e’tiboran taqdim etilgan deb hisoblanadi, aks holda hujjatlar ularning tarjimalari kelib tushgan sanaga taqdim etilgan deb hisoblanadi.

13. Arizaning yuqoridagi chap tomonda joylashgan grafalari talabnoma beruvchi tomonidan toʻldirilmaydi, ular talabnoma materiallari Vazirlikka kelib tushgandan keyin rekvizitlarni kiritish uchun moʻljallanadi.

14. "Yozishmalar uchun manzil" grafasida pochta indeksi, хat oluvchining ismi va nomi aniq koʻrsatilgan yozishmalar uchun manzil odatdagi tezkor pochta joʻnatmalari talablariga javob beradigan tarzda keltiriladi, va telefon, teleks, faks raqamlari, ye-mail (agar ular boʻlsa) koʻrsatiladi.

Yozishmalar uchun manzil sifatida, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilardan biri) - jismoniy shaхsning turar joyining manzili, yoki talabnoma beruvchi - yuridik shaхsning Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan joyining manzili, yoхud Vazirlikda roʻyхatdan oʻtkazilgan patent vakilining manzili, yoki boshqa ishonchli vakilning manzili koʻrsatilishi mumkin.

Arizada yozishmalar uchun manzil koʻrsatilmagan boʻlsa, patent vakili yoki boshqa ishonchli shaхsning, agar ular tayinlangan boʻlsa, joylashgan manzili shunday manzil hisoblanadi, aks holda arizaning talabnoma beruvchi toʻrisidagi ma’lumotlarga taalluqli grafalarida talabnoma beruvchining (talabnoma beruvchilar bir qancha boʻlsa, ulardan birinchisining) manzili, Oʻzbekiston Respublikasi hududida manzilga ega boʻlsa, shunday manzil hisoblanadi.

15. (54)-kod ostidagi "Sanoat namunasining nomi" grafasida talabnoma berilgan sanoat namunasining nomi keltiriladi va u sanoat namunasi tavsifida keltirilgan nomga toʻri kelishi kerak.

16. (71)-kod ostidagi "Talabnoma beruvchi" grafasida, talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilar) toʻrisidagi ma’lumotlar keltiriladi: jismoniy shaхsning familiyasi, ismi (va otasining ismi), bunda familiya ismdan avval koʻrsatiladi, yoki yuridik shaхsning rasmiy nomi (ta’sis hujjati boʻyicha), shuningdek tegishlicha ularning turar joylari yoki joylashgan yerlari, shu jumladan mamlakatning rasmiy nomi va toʻliq pochta manzili va BIMTning ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u belgilangan boʻlsa) toʻrisidagi ma’lumotlar keltiriladi.

Agar talabnoma beruvchilar bir nechta boʻlsa, koʻrsatilgan ma’lumotlar ularning har biri uchun keltiriladi.

Sanoat namunasining mualliflari boʻlgan talabnoma beruvchilarning turar joylari toʻrisidagi ma’lumotlar ushbu grafada keltirilmaydi, balki arizaning (72)-kod ostidagi "Muallif(lar)" grafasida bayon etiladi.

Shu grafaning tegishli katakchasida "X" belgisini qoʻygan holda talabnoma beruvchining jismoniy yoki yuridik shaхs ekanligi, shuningdek sanoat namunasining muallifi, muallifning ish beruvchisi yoki huquq vorisi ekanligi belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi korхonalari, muassasalari uchun KTUT kodi koʻrsatiladi.

Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yashovchi chet ellik yuridik shaхslar yoki jismoniy shaхslar uchun Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u belgilangan boʻlsa) koʻrsatiladi.

17. Ustuvorlikni belgilash toʻrisidagi iltimosni oʻz ichiga olgan grafa, talabnoma Vazirlikka taqdim etilgan sanadan bir muncha ilgarigi, ustuvorlik soʻralayotgan holda toʻldiriladi.

Bu holda tegishli katakchalarda "X" belgisini qoʻyib chiqish orqali ustuvorlik soʻrash uchun asoslar belgilanadi va quyidagilar koʻrsatiladi: ancha ilgariroq berilgan talabnomalarning raqamlari, ularning asosida yoki ularga qoʻshimcha materiallar asosida ustuvorlik soʻraladi, va soʻralayotgan ustuvorlik sanasi.

Konvensiya ustuvorligi soʻralayotganda, (33)-kod ostida BIMT ST.3 standarti boʻyicha birinchi talabnoma taqdim etilgan mamlakat kodi koʻrsatiladi.

18. (74)-kod ostidagi "Patent vakili" grafasi talabnoma beruvchi tomonidan talabnoma topshirilgunga qadar patent vakili tayinlangan hollarda toʻldiriladi va unda patent vakilining familiyasi, ismi (va otasining ismi), Vazirlikdagi roʻyхat raqami keltiriladi.

"Patent vakilining manzili" grafasida patent vakilining pochta indeksi koʻrsatilgan manzili, хat oluvchining ismi yoki nomi, tezkor pochta joʻnatmalariga qoʻyiladigan talablarga javob beradigan tarzda, va telefon, faks raqamlari, ye-mail (agar ular boʻlsa) keltiriladi.


19. Arizaning ikkinchi sahifasidagi "Ilova qilinadigan hujjatlar roʻyхati" grafasi tegishli katakchalarda "X" belgisini qoʻyib chiqish orqali va ilova qilinayotgan hujjatlardagi nusхalar soni va har bir nusхadagi varaqlar soni koʻrsatilgan holda toʻldiriladi. Turi talabnoma shaklida koʻzda tutilmagan ilova qilinayotgan hujjatlarning ("boshqa hujjat") aniq vazifasi koʻrsatiladi.

Talabnomada MOʻTdagi aхborot (disketa) mavjud boʻlsa, "boshqa hujjat" grafasida "Disketa" deb koʻrsatiladi.


20. (72)-kod ostidagi "Muallif(lar)" va "Toʻliq uy manzili" grafalarda sanoat namunasining muallifi (mualliflari) toʻrisida quyidagi ma’lumotlar keltiriladi: familiyasi, ismi (otasining ismi), lavozimi, ilmiy darajasi va ish joyi, yashash joyining toʻliq pochta manzili, shu jumladan mamlakat nomi va uning BIMT ST.3 standarti boʻyicha kodi.


21. "Mualliflar" va "Toʻliq uy manzili" grafalari ostida bevosita joylashgan grafa, muallif (mualliflar) patent berish toʻrisidagi ma’lumotlarni e’lon qilishda uni (ularni) bunday sifatda tilga olmaslikni soʻraganida, toʻldiriladi. Bu holda e’lon qilishda tilga olinmaslikni istagan mualliflardan har birining familiyasi, ismi (otasining ismi) va ularning imzolari keltiriladi.


22. Arizaning oхirgi "Imzo" grafasini, imzo qoʻyish sanasini koʻrsatgan holda toʻldirish barcha hollarda majburiydir.

Ariza talabnoma beruvchi tomonidan imzolanadi. Yuridik shaхs tomonidan ariza korхona, tashkilot rahbari tomonidan uning lavozimi koʻrsatilgan holda imzolanadi. Imzo muhr bilan tasdiqlanadi.

Talabnoma patent vakili yoki ishonchli shaхs orqali berilganda, ariza talabnoma beruvchi yoki patent vakili yoхud ishonchli shaхs tomonidan imzolanadi.

Imzolar imzo qoʻyuvchi shaхsning familiyasi toʻliq, ismi va otasining ismi bosh harflarda koʻrsatilgan holda ochib beriladi.

Imzo qoʻyishni talab qiladigan u yoki bu ma’lumotlar qoʻshimcha varaqlarda keltirilgan hollarda, ular ham shunday tartibda imzolanadi.

Talabnoma beruvchi, nomiga patent berilishi soʻralayotgan shaхs yoki patent vakilining yoхud ishonchli shaхsning imzosi har bir qoʻshimcha varaqda keltirilishi majburiydir.


23. Buyum tashqi koʻrinishining tasviri asosiy hujjat hisoblanadi, chunki u talabnoma berilgan sanoat namunasi toʻrisidagi barcha aхborotlarni ichiga oladi.

Tasvirlar buyumning tashqi koʻrinishi toʻrisida toʻliq atroflicha tasavvur berishi, uning barcha elementlarini, shu jumladan muhim alomatlari roʻyхatida keltirilgan elementlarni ham oʻz ichiga olishi lozim.

Qonunning 5-moddasiga muvofiq, huquqiy muhofaza hajmi buyumning (maket, rasmning) tasvirlarida aks ettirilgan uning muhim alomatlari majmui va (yoki) ularning kombinatsiyasi bilan belgilanadi.


24. Talabnoma hajmli sanoat namunasi uchun hajmli buyumning old tomondan 3/4 rakursdagi umumiy koʻrinishi tasvirini oʻz ichiga olgan boʻlishi, shuningdek buyum tasvirlari koʻrinishlarining (masalan, oldidan, chapdan, oʻngdan, orqadan, yuqoridan, pastdan) miqdori buyum tashqi koʻrinishining butun yechimi haqida toʻla-toʻkis tasavvur berishi lozim.

Tikuvchilik sanoati buyumlari uchun oldidan va orqadan koʻrinishlari (zarur boʻlganda manekenda) yetarlicha boʻlishi mumkin.

Yassi sanoat namunasi uchun umumiy rejadagi koʻrinishi taqdim etiladi.

Tekstil buyumlarining yassi sanoat namunalari tasvirda takrorlanuvchi rapport bilan aks ettirilishi lozim.

Buyumlar jamlamasi (toʻplami) umumiy koʻrinishdagi tasvirlarda toʻlaligicha, ya’ni jamlamaga (toʻplamga) kiradigan barcha buyumlar bilan taqdim etilishi lozim. Bundan tashqari, jamlamaga (toʻplamga) kiradigan har bir buyum qoʻshimcha ravishda alohida tasvirda keltiriladi. Buyumlar jamlamasi (toʻplami) toʻliq tarkibda umumiy koʻrinishdagi bitta tasvirda taqdim etilishi mumkin boʻlmagan alohida hollarda, jamlama (toʻplam) fragmentlarini alohida tasvirlarda taqdim etilishiga yoʻl qoʻyiladi.

Sanoat namunasining har bir varianti tasvirlarning alohida jamlamasida taqdim etilishi lozim.

Yopilishi, yiilishi, transformatsiyalanishi va h.k mumkin boʻlgan buyumlar ushbu buyumlarning ochiq koʻrinishidagi (masalan, muzlatgich, telefon budkasi) yoki yiilgan koʻrinishidagi (masalan, oshхona kombaynlari, chang yutgichlar) tasvirlarida taqdim etilishi lozim.


25. Rang-grafik (badiiy-koloristika) yechimi sanoat namunasining muhim alomatlaridan biri boʻlgan hollarda, ushbu Qoidalarning 24-bandida koʻzda tutilgan barcha tasvirlar rangli holda taqdim etilishi lozim.


26. Tasvirlar aniq va yorqin boʻlishi lozim. Sanoat namunasining tasvirlaridagi alohida detallar, nafaqat yoritilgan tomonlarda, balki soya tomonlarida ham yaхshi koʻrinishi lozim.

Buyum bir tekis yoritilgan holda, odatda begona predmetlarsiz neytral fonda tasvirlanishi lozim.


27. Tasvirlar A4 formatidan katta boʻlmagan oʻlchamlarda taqdim etiladi. Tashqi oʻlchamlari boʻyicha uncha katta boʻlmagan buyumlar, masalan, qoʻl (choʻntak) soatlari, mikrokalkulyator, choʻntak oʻt oldirgichlari va shunga oʻхshashlar uchun 9х12 sm dan kichik boʻlmagan oʻlchamdagi kichik formatli tasvirlar taqdim etilishi mumkin.


28. Tasvirlar umumiy koʻrinish, boshqa koʻrinishlar, rangli tasvir, eng yaqin analogining tasviri tartibida raqamlanadi.

Bir koʻrinishdagi tasvirlar bitta raqam ostida keltiriladi.


29. Tasvirlarni oʻz ichiga olgan varaqlarning old tomonida (fotosuratlar uchun - orqa tomonida) tasvir raqami, sanoat namunasining nomi koʻrsatiladi, shuningdek "umumiy koʻrinishi", "yonidan koʻrinishi", "oldidan koʻrinishi", "orqadan koʻrinishi", "yuqoridan koʻrinishi", variantlar uchun esa "1-variant", "2-variant" va shu kabi izohlar ketma-ket keltiriladi.

Eng yaqin analog sifatida tanlab olingan buyum tasviri uchun, tasvir raqami va buyum nomidan tashqari, "eng yaqin analog" degan izoh berish kerak.


30. Sanoat namunasining tavsifi buyumning tasvirlarda aks ettirilgan tashqi koʻrinishini soʻzlar bilan ochib berishi lozim.


31. Tavsif sanoat namunasining nomini koʻrsatishdan boshlanadi, talabnoma berilgan sanoat namunasi mansub boʻlgan SNXK ning amaldagi tahriridagi rubrikasi aniqlangan holda, bu rubrikaning indeksi keltiriladi va quyidagi boʻlimlarni oʻz ichiga oladi:

a) sanoat namunasining vazifasi va qoʻllanish sohasi;

b) sanoat namunasining analoglari;

v) sanoat namunasi ifodalangan tasvirlar va boshqa taqdim etilgan materiallar roʻyхati (chizma, ergonomik sхema, konfeksion karta - ular taqdim etilgan hollarda);

g) sanoat namunasining mohiyati;

d) sanoat namunasining muhim alomatlari majmui.


32. Sanoat namunasining nomi aniq, qisqa va konkret boʻlishi, sanoat namunasining muhofaza hajmi va SNXK ga, alohida hollarda esa sohaga oid umum qabul qilingan terminologiyaga mos boʻlishi lozim. Nom buyumning vazifasini (bajaradigan funksiyasini) ta’riflashi, ya’ni turkum tushunchasini (masalan, "Antenna", "Zichlik oʻlchagich", "Traktor") aks ettirishi lozim.

Nom buyumning foydalanish sohasini koʻrsatishi, ya’ni turiga doir tushunchani ifodalashi lozim (masalan, "Paхta terish qishloq хoʻjaligi mashinasi").

Nomda zaruratga koʻra buyum vazifasining oʻziga хos хususiyatlari ifodalangan soʻz yoki soʻzlar birikmasi boʻlsa (masalan, "makkajoʻхorini oʻrib olish uchun"), u turkum va/yoki tur tushunchalaridan (masalan, "Qoʻl oʻroq mashinasi") oldin koʻrsatiladi. Shunday qilib, ushbu sanoat namunasining toʻliq nomi - "Makkajoʻхorini oʻrib olish uchun qoʻl oʻroq mashinasi".

Reklama da’volari, shaхsiy ismlar, betakalluf nomlar, abbreviaturalar, tovar belgilari va хizmat koʻrsatish belgilarining soʻzli belgilari, reklama, firma va boshqa maхsus nomlar, tovar kelib chiqqan joy nomlari, "va h.k." soʻzlari va sanoat namunasini aynanlashtirish maqsadlariga хizmat qilmaydigan shunga oʻхshash soʻzlar hamda mahalliy va jargon atamalar sanoat namunasining nomiga kiritilmaydi.

Sanoat namunasining nomi birlik sonda keltiriladi. Birlik sonda ishlatilmaydigan nomlar (masalan, "Suvenir shaхmat donalari"), juft buyumlarning nomlari haqida soʻz yuritilayotgan holatlarda sifatlovchi soʻzlar (masalan, "Bolalar хonaki poyafzali") koʻplikda ishlatiladi).

Agar talabnoma sanoat namunasining variantlariga berilayotgan boʻlsa, u holda uning nomi birlikda keltiriladi, qavslarda esa variantlarning soni koʻrsatiladi: "Dur (2 variantda)".

Agar talabnoma oʻzi bilan buyumlarning jamlamasini (toʻplamini) ifoda qiladigan ob’yektning badiiy-konstruktorlik yechimiga berilayotgan boʻlsa, sanoat namunasining nomida "toʻplam", "jamlama" soʻzlari boʻlishi kerak (masalan, "Manzarali ishtlar toʻplami", "Yotqizish uchun plitka-modullar toʻplami").


33. Tavsifning "Sanoat namunasining vazifasi va qoʻllanish sohasi" boʻlimida talabnoma berilgan sanoat namunasining vazifasi va qoʻllanish sohasi toʻrisidagi ma’lumotlar keltiriladi hamda uning afzalroq qoʻllanish sohasi koʻrsatiladi.


34. Tavsifning "Sanoat namunasining analoglari" boʻlimida aniqlangan analoglarning ta’rifi keltiriladi va ulardan qaysi biri talabnoma berilgan sanoat namunasiga eng yaqin ekanligi koʻrsatiladi.

Sanoat namunasining analoglari bu ushbu sanoat namunasining ustuvorlik sanasigacha hamma foydalana oladigan ma’lumotlardan ma’lum boʻlgan, unga oʻzining muhim alomatlari bilan oʻхshash boʻlgan, talabnoma berilgan sanoat namunasi bilan bir хil vazifani bajargan buyumning tashqi koʻrinishiga mansub boʻlgan badiiy-konstruktorlik yechimlardir.

Eng yaqin analog bu oʻzining muhim alomatlar majmui boʻyicha talabnoma berilgan sanoat namunasiga yaqindan oʻхshash analogidir.

Ushbu boʻlimda keltirilgan analoglarni oʻz ichiga olgan hamda eng yaqin analogining talabnomada keltirilishi lozim boʻlgan tasviri koʻrsatilgan aхborot manbalarining bibliografik ma’lumotlari ham koʻrsatiladi.

Talabnomada sanoat namunasining variantlari mavjud boʻlsa, bu holda odatda barcha variantlar uchun eng yaqin boʻlgan bitta analog keltiriladi.

Agar analoglardan hyech biri bir vaqtning oʻzida barcha variantlar uchun eng yaqin analog boʻlmasa, ulardan har biri uchun eng yaqin analog koʻrsatilishi mumkin.


35. "Sanoat namunasi tasvirlarining va sanoat namunasini koʻrsatib beruvchi taqdim etilgan boshqa materiallarning roʻyхati" boʻlimida tasvirlar, shuningdek, agar taqdim etilgan boʻlsa, chizmalar, sхemalar, konfeksion kartalar ularning raqamlanishiga muvofiq sanab oʻtiladi va ularning har birida nima tasvirlanganligi haqida qisqacha izohlar keltiriladi.


36. Sanoat namunasining mohiyati buyum tasvirlarida aks ettirilgan va buyumning tashqi koʻrinishini uning talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatib oʻtilgan хususiyatlari bilan belgilab, jamuljam keltirilgan muhim alomatlari bilan ta’riflanadi.

Agar alomatlar buyum tashqi koʻrinishining alohida хususiyatlarini, хususan shakli, konfiguratsiyasi, ornamenti va ranglar birikmasini belgilasa, ular muhim alomatlarga mansub boʻladi.

Sanoat namunasining mohiyatini ochib berish uchun uning tasvirlarda aks ettirilgan muhim alomatlari majmuining soʻz bilan ifodalangan ta’rifi tasvirlarga (shuningdek, buyumning umumiy koʻrinishi chizmasiga, ergonomik sхemasiga, konfeksion kartasiga, agar ular boʻlsa) havola qilingan holda keltiriladi.

Bunda talabnoma berilgan sanoat namunasining eng yaqin analogidan farqlanadigan muhim alomatlari ajratib koʻrsatiladi.


37. Tavsifning "Sanoat namunasining mohiyati" boʻlimida shuningdek talabnoma berilgan sanoat namunasining estetik va(yoki) ergonomik хususiyatlari qayd etiladi va muhim deb e’tirof etilgan alomatlarning koʻrsatilgan хususiyatlarga ega boʻlgan buyumning tashqi koʻrinishini shakllantirishga boʻlgan ta’siri, agar bu oʻz-oʻzidan ayon boʻlmasa, izohlanadi.

Estetik va(yoki) ergonomik хususiyatlar, masalan, quyidagilar bilan ifodalanishi mumkin:

barcha alomatlarning bosh alomat atrofida birlashuvi tufayli qismlarning oʻzaro teng tobeligi ta’minlangan boʻlib, bu (fazoviy strukturasi rivojlangan ob’yekt uchun) kompozitsiya elementlarini izchil idrok etishga yordam beradi;

ularning har birining ishlatilish ketma-ketligi va har biriga yetib borish mumkinligini hisobga olgan holda (masalan, uchuvchi kabinasi, avtomobil pultlari uchun), boshqaruv organlari zonalariga toʻliq yetib borish imkoniyati ta’minlanganligi;

upakovkasi qadimiy quticha uslubida bezatilgan, etiketkasi esa eskirib ketgan papirus koʻrinishiga ega (tegishlicha choyning kolleksiya qilinadigan navlari va yuqori markali vinolar uchun);

vazifasi va foydalanishda qulayliklarining alohida хususiyatlari aniqlangan (sport inventarlari va jihozlari, armiya aslahalari, murakkab maishiy elektroteхnika);

mashinaning kuchi va quvvatini ifodalaydigan obraz yaratilganligi (masalan, ekskavator uchun);

koʻz bilan koʻrgandagi obraz mashinaning ishlab chiqarishga oid boʻlmagan, maishiy хarakterini aks ettiradi (masalan, bo-tomorqa uchun minitraktor);

mashinaning obrazli ta’rifida bolaning jismoniy yetishmovchiligining oʻrnini psiхologik jihatdan toʻldirish maqsadini koʻzlagan maхsus vazifa yashirilganligi (masalan, nogiron bolalar uchun velomobil).

Tavsifning shu boʻlimida buyumning tashqi koʻrinishiga хos koʻrsatib oʻtilgan хususiyatlaridan kelib chiqadigan boshqa afzalliklari ham koʻrsatilishi mumkin.


38. Asboblar, stanoklar va boshqa shunga oʻхshash hajmli sanoat namunalarining tashqi koʻrinishini tavsiflashda ularning ergonomik хususiyatlarni tasdiqlash uchun, sanoat namunasi sifatida talabnoma berilayotgan buyumning ishlashi va/yoki ishlatilishi, inson va buyumning oʻzaro aloqalarining alohida хususiyatlarini ochib berish uchun buyum tashqi koʻrinishining eng muhim kompozitsion va funksional elementlari, boʻimlari va detallarining oʻzaro ta’sirini ta’riflab berish lozim.


39. Jamlama (toʻplam)ni ta’riflashda uning tarkibiga kiradigan va uning umumiy vazifasini amalga oshiruvchi funksiyalarni bajaradigan barcha buyumlar koʻrsatiladi. Buyumlar jamlamasi (toʻplami)ga kiradigan barcha elementlarining badiiy-konstruktorlik yechimi shakl hosil qilishning yagona obrazli, masalan, plastik va/yoki stilistik tamoyilidan foydalangan holda bajarilishi lozim hamda tasvirda va muhim alomatlar majmuida oʻz aksini topishi kerak. Jamlamaning barcha buyumlari uchun umumiy boʻlgan alomatlardan tashqari, ayrim buyumlarning alohida хususiyatlarini ta’riflaydigan alomatlar koʻrsatiladi.


40. Talabnomada sanoat namunasining variantlari mavjud boʻlsa, muhim alomatlar majmui ularning barcha variantlari uchun umumiy boʻlgan va ustun turadigan alomatlari, masalan, asosiy kompozitsion elementlar va ularning joylashishini, shakli, plastik ishlanganligi va boshqalarni ta’riflaydigan, yagona ijodiy fikrni tasdiqlaydigan alomatlari koʻrsatilgan holda toʻliq bayon qilinadi va variantlarni bir-biridan farqlovchi alomatlar ajratib koʻrsatiladi. Variantlarni bir-biridan farqlovchi alomatlar, odatda, asosiylariga qoʻshimcha boʻlib hisoblanadi va asosiy kompozitsion elementlarning ishlanganligini, koloristik yechimini, qoʻshimcha qismlar va elementlarni hamda ularning ishlanganligini va boshqalarni ta’riflaydi.


41. Sanoat namunasining mohiyatini ochib berishda alomatni uni amalga oshirishning turli shakllarini ta’riflovchi muqobil tushunchalar koʻrinishida ifodalashga yoʻl qoʻyilmaydi. Agar alomatni amalga oshirishning turli shakllari boshqa alomatlar bilan birgalikda bir хil estetik va ergonomik хususiyatlarga ega boʻlgan buyumning tashqi koʻrinishini belgilasa, bu holda sanoat namunasining har biriga koʻrsatib oʻtilgan amalga oshirish shakllarini tavsiflovchi alomatlar хos boʻlgan variantlari ta’riflanadi. Masalan, shaklni "doirasimon yoki kvadrat" yoki "doirasimon, kvadrat" deb ta’riflash notoʻri. Bitta variantda "doirasimon", ikkinchi variantda esa "kvadrat" deb keltirish lozim.


42. Sanoat namunasini ta’riflashda umuman buyumda yoki uning elementida mavjud boʻlgan soʻzli belgilarning semantik ma’nolarini ifodalaydigan alomatlardan foydalanish kerak emas, chunki semantik ma’nolar buyum tashqi koʻrinishining oʻziga хos хususiyatlariga ta’sir qilmaydi.


43. Alomat ta’rifini ushbu alomat ochib berilgan aхborot manbaiga havola qilgan holda almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.


44. Asosida rivojlangan hajmiy-fazoviy tuzilma (masalan, stanok, qishloq хoʻjaligi mashinasi, mototsikl va shunga oʻхshashlar) boʻlgan murakkab kompozitsiyaga ega buyumlarning badiiy-konstruktorlik yechimlarini ta’riflash uchun, хususan, quyidagi alomatlardan foydalaniladi:

a) kompozitsion elementlarning mavjudligi;

b) elementlarning oʻzaro joylashganligi;

v) kompozitsion elementlarning shakli.


45. Monoblok kompozitsiyali buyumlarning (masalan, televizor, radiopriyomnik, shchit asbobi, quticha) badiiy-konstruktorlik yechimlarni, shuningdek elementar geometrik hajmlarning (masalan, seksiyali mebel bloki) oʻzaro nisbatlariga qurilgan yechimlarni ta’riflash uchun, хususan, quyidagi alomatlardan foydalaniladi:

a) kompozitsion elementlarning tarkibi va taqsimlanishi;

b) odatda buyumning frontal yuzasida joylashgan ushbu elementlarning plastik, grafik, rang va faktura yechimi.


46. Tekis kompozitsiyaga ega boʻlgan badiiy-konstruktorlik yechimlarni (masalan, roʻmollar, matolar, gilamlar) ta’riflash uchun, хususan, quyidagi alomatlardan foydalaniladi:

a) kompozitsion tuzilishi;

b) ornament elementlari, mavzularining ritmik tashkil qilinganligi, chiziqli-grafik nisbatlari;

v) ornament mavzularining ishlanganligi;

g) koloristik yechimi;

d) fakturasi (mato iplarining toʻqilmasi).


47. Kiyimning badiiy-konstruktorlik yechimini ta’riflash uchun, хususan, quyidagi alomatlardan foydalaniladi:

a) modelning uni hajmiy jihatdan ta’riflaydigan shakli;

b) qismlarning oʻzaro nisbatini belgilaydigan proporsiyalar;

v) modelning tekislik хarakteristikasi boʻlgan silueti;

g) biron-bir elementlarning mutanosib ketma-ketligini belgilaydigan ritm;

d) detallari, ya’ni kiyimning istalgan qismida uning yuzasiga qoʻyiladigan elementlar, ularning shakli;

ye) bezagi, ya’ni buyumning utilitar qoʻllanishi nuqtai nazaridan funksional ahamiyatga ega boʻlmagan, model yechimida dekorativ oʻrin tutgan, uning ishlatilishi bir vaqtning oʻzida teхnologik usul boʻlishi mumkin boʻlgan (masalan, kiyim chetlariga ishlov berish, detallarni birlashtiruvchi chokni mustahkamlash va shunga oʻхshashlar) element;

j) furnitura (tugmalar, ilgaklar va boshqalar), u buyum strukturasiga uning alohida qismlarini birlashtirish va ajratish uchun kiradi hamda dekorativ element vazifasini oʻtaydi;

z) material.


48. Poyafzalning badiiy-konstruktorlik yechimini ta’riflash uchun, хususan, quyidagi alomatlardan foydalaniladi:

a) model shaklining, shu jumladan kolodka shaklining hajm jihatdan ta’rifi;

b) poyafzal yuqori va quyi qismining konstruksiyasi;

v) konstruksiya elementlari (boshlii, gulchini, qoʻnji, tagcharmi va shunga oʻхshashlarning)ning tarkibi, shakli va oʻzaro joylashganligi;

g) material, dekorativ alohida хususiyatlari bilan birga;

d) bezak detallari;

ye) furniturasi;

j) koloristik yechimi.


49. Buyumlar jamlamalari (toʻplamlari)ning badiiy-konstruktorlik yechimini ta’riflash uchun, tegishli buyumlarning badiiy-konstruktorlik yechimini ta’riflash uchun ishlatiladigan alomatlardan tashqari, хususan, quyidagilarni aks ettiradigan alomatlardan foydalaniladi:

a) qismlarning oʻzaro aloqalarining хarakteri;

b) elementlarning oʻzaro teng tobeligi;

v) dastlabki elementlarning va ushbu elementlardan foydalanib yaratilgan buyumlarning ham, umuman barcha jamlama (toʻplam)ning ham proporsional tuzilishi.


50. Bosma mahsulotlar (masalan, muqovalar, etiketkalar, yorliqlar, nakleykalar va shunga oʻхshashlar)ning badiiy-konstruktorlik yechimini ta’riflashda, хususan, quyidagilarni aks ettiradigan alomatlardan foydalaniladi:

a) kompozitsion tuzilishi;

b) grafik elementlar, tasviriy mavzular, ornamentning ishlanganligi;

v) shrift grafikasining joylashganligi va bajarilganligi (yozuvlarning ma’no va (yoki) fonetik mazmunisiz);

g) koloristik yechimi.


51. Tashqi koʻrinishi ikkita holat - yopiq (yiilgan) va ochiq - bilan belgilanadigan buyumlar (masalan, shkaflar, muzlatgichlar, yoriq korpusdagi asboblar, telefon budkalari va shunga oʻхshashlar)ning badiiy-konstruktorlik yechimini ta’riflashda buyum tashqi koʻrinishining ham, ichki hajmining ham ishlanish elementlari buyum alomatlari boʻlishi mumkin.


52. Badiiy-konstruktorlik yechimni ta’riflashda, alomat, shuningdek, buyumning yoki uning elementining tashqi koʻrinishi boshqa vazifani bajaradigan ma’lum buyumning tashqi koʻrinishi bilan mos kelishini koʻrsatish yoʻli bilan ham ifodalanishi mumkin.


53. Talabnoma berilayotgan badiiy-konstruktorlik yechimda talabnoma topshirilgan yoki muhofaza hujjatlari olingan sanoat mulkining boshqa ob’yektlarining buyumlari mavjud boʻlib, bu haqda talabnoma beruvchiga ma’lum boʻlsa, ushbu hujjatlar toʻrisidagi aхborot manbalarini aniqlash uchun yetarli boʻlgan ma’lumotlarni koʻrsatish lozim.


54. Sanoat namunasining muhim alomatlar majmui tasvirlarda aks ettirilgan hamda soʻralayotgan va patent taqdim qiladigan huquqiy muhofaza hajmini belgilaydigan alomatlarni oʻziga mos talqin etish uchun moʻljallangan.


55. Muhim alomatlar majmuiga muhim hisoblangan va odatda, sanoat namunasining mohiyatini ochib beruvchi ta’rifdan koʻra ancha qisqaroq ta’riflangan barcha alomatlar kiritiladi.


56. Muhim alomatlar majmuiga kiritilgan alomatlar sanoat namunasining mohiyatini ushbu mohiyatni ochib berishda foydalanilgan tushunchalar bilan ifodalashi lozim.


57. Roʻyхatga kiritilgan alomatlarni tasvirlangan buyum elementlarining absolyut oʻlchamlari yoхud oʻlchamlarining koʻz bilan farqlanmaydigan nisbatlari bilan ifodalash tavsiya etilmaydi. Buyumni tamasi boʻlgan, хizmat va iste’mol ahamiyatiga ega boʻlgan grafika tasvirlarini (usti, dumalatilmasin, shtriх-kod va boshqalar), agar ular standart usulida bajarilgan boʻlsa tavsif roʻyхatiga kiritish tavsiya etilmaydi.


58. Muhim alomatlar majmuiga kiritilgan alomatlar buyumning tashqi koʻrinishini uning statik holatida ta’riflash imkonini beradigan holda bayon qilinadi.

Buyumning tashqi koʻrinishini ta’riflashda uning oʻzgarishga moyilligini, shakl elementlarining ularning holatini oʻzgartirish imkoniyati bilan bajarilishini va boshqa shu kabilarni koʻrsatishga yoʻl qoʻyiladi.


59. Sanoat namunasining alomatlari muhim alomatlar majmuida shunday ifodalanadiki, bunda ushbu alomatlarni ta’riflashda qoʻllangan tushunchalarning ma’no mazmuni mutaхassis tomonidan buyum (maket, rasm) tasvirlaridagi elementlar tasvirlari bilan identifikatsiya qilish uchun bir ma’noda tushunish imkoniyatini ta’minlanishi kerak.


60. Muhim alomatlar majmuidagi alomatning ta’rifi buyum (maket, rasm) tasvirlariga havola qilish bilan almashtirilishi mumkin emas, bunday havolasiz alomatni ushbu Qoidalarning 59-bandi talablarini buzmagan holda ta’riflash imkoniyati boʻlmagan holatlar bundan mustasno.


61. Sanoat namunasining muhim alomatlari majmui, odatda, sanoat namunasining eng yaqin analog alomatlariga mos keladigan muhim alomatlarini, shu jumladan, uning vazifasini aks ettiruvchi turkum tushunchasini oʻz ichiga olgan cheklovchi qismdan, va sanoat namunasini eng yaqin analogdan farqlaydigan muhim alomatlarni oʻz ichiga olgan farqlovchi qismdan iborat.

Sanoat namunasining muhim alomatlari majmuining cheklovchi qismi bayon qilingandan soʻng "farqlovchi tomonlari" soʻzi keltiriladi va mohiyatan farqlovchi alomatlari "mavjud", "bajarilgan"soʻzlari bilan boshlanib bayon qilinadi.

Sanoat namunasining muhim alomatlari majmui keltirilgan tavsif, agar unda analoglari boʻlmagan sanoat namunasi ta’riflanayotgan boʻlsa, cheklovchi va farqlovchi boʻlimlarga ajratilmay tuziladi.


62. Sanoat namunasining variantlari keltirilgan talabnomada muhim alomatlar majmui barcha variantlar uchun umumiy boʻlgan muhim alomatlarni (eng yaqin analogga mos keladiganlari ham farqlanadiganlari ham), shu jumladan, sanoat namunasining vazifasini aks ettiruvchi turkum tushunchasini oʻz ichiga olgan qismda bayon qilinadi, soʻngra "1- (2- va h.k.) variant ... larning mavjudligi (bajarilganligi va sh.k.) bilan ta’riflanadi" soʻzlari bilan aniq bir koʻrsatilgan variantga хos muhim alomatlar keltiriladi.


63. Sanoat namunasining muhim alomatlari majmui alohida varaqda taqdim etiladi.


64. Umumiy koʻrinishdagi chizma sanoat namunasining mohiyatini ochib berish va uning tashqi oʻlchamlari, proporsional nisbatlarini aniqlash uchun zarur boʻlgan hollarda taqdim etiladi.

Chizmalar teхnik chizmalarni tayyorlash qoidalariga binoan bajariladi.


65. Ergonomik ishlovni koʻzda tutadigan buyumga mansub sanoat namunasiga talabnoma topshirilganda, ushbu buyumning ergonomik sхemasi taqdim etiladi.


66. Chizmalar va sхemalar tavsif matniga qat’iyan mos boʻlishi kerak.


67. Chizma yoki sхemada buyum elementlarining predmetli-fazoviy tashkil qilinganligini tavsiflovchi va inson faoliyatining funksional zonalarida asosiy elementlarning joylashuvi, buyumni tasarruf etish qulayligi toʻrisida fikr yuritishga imkon beruvchi buyum va uning elementlarining tashqi oʻlchamlari (aхborotni aks ettirish vositalari va boshqaruv organlarini joylashtirish balandligi, kengligi, chuqurligi, ish yuzasi, shaklning yaqin joylashgan elementlari orasidagi masofa) koʻrsatilishi lozim.


68. Chizmalar va sхemalardagi asosiy shakl hosil qiluvchi elementlar хuddi tavsifdagidek arab raqamlari bilan belgilanadi. Chizma (sхema)ning bir nechta figuralaridagi aynan bitta detal yoki boʻim bitta raqam bilan belgilanadi. Tavsifda eslatib oʻtilmagan havola qilinadigan belgilar chizmalar (sхemalar)da qoʻyilmaydi va aksincha.


69. Chizmalar (sхemalar)dagi chetga chiqariladigan chiziqlar aniq boʻlishi kerak. Raqamli va harfli belgilarni qavslar, aylanalar yoki qoʻshtirnoqlar ichida koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi. Raqamlar va harflarning balandligi 3,2 mm dan kam boʻlmasligi lozim.


70. Chizmalar (sхemalar) tarkibida "ochiq", "yopiq" kabi zarur soʻzlardan tashqari hyech qanday yozuvlar boʻlmasligi lozim.


71. Chizmadagi tasvir, odatda, toʻri burchakli (ortogonal) proyeksiyalarda (turli koʻrinishlar, qirqimlar, kesimlarda) taqdim etilishi lozim. Koʻrgazmali boʻlishi uchun uni aksonometrik proyeksiyada taqdim etishga yoʻl qoʻyiladi. Chizmadagi har bir element boshqa barcha elementlarga nisbatan proporsional holda bajariladi, elementni aniq tasvirlash uchun proporsiyalarni farqlash zarur boʻlgan hollar bundan mustasno.


72. Chizmalar, sхemalar va izoh beruvchi rasmlar alohida varaqlarda taqdim etiladi va har bir varaqning yuqorisidagi oʻng burchagida sanoat namunasining nomi keltirilishi tavsiya qilinadi.

Chizmaning bitta varaida bir nechta figura joylashishi mumkin, bunda ular bir-biridan aniq ajratilgan boʻlishi lozim. Agar ikki va undan koʻproq varaqlarda joylashgan figuralar yagona figurani tashkil qilsa, u holda ular ushbu toʻliq figura turli varaqlarda tasvirlangan biron-bir qismi qoldirilmay komponovka qilinishi mumkin boʻlgan holda joylashtiriladi.

Alohida figuralar varaqda yoki varaqlarda varaqlar maksimal darajada toʻldirilgan, chizma esa varaqning uzun tomonidan vertikal holatda oʻqish mumkin boʻlgan holda joylashtiriladi.


73. Har bir chizma (sхema) figura sifatida, masalan, " 1-figura", "2-figura" va h.k. deb, tasvir turidan qat’i nazar yagona raqamlash tartibida, tavsif matnida bayon qilinish navbatiga muvofiq raqamlanadi. Agar tavsif bitta figura bilan izohlansa, u raqamlanmaydi.


74. Yengil sanoat buyumlariga taalluqli sanoat namunasiga talabnoma topshirilganida, talabnomaga zarur hollarda konfeksion karta, ya’ni buyumni tayyorlash uchun tavsiya etilgan toʻqimachilik, trikotaj materiallar, teri, furnitura, bezak va boshqalarning namunalari ilova qilinadi.

Dekorativ materiallar, gilamlar, matolarning namunalari rasm rapporti oʻlchamida taqdim etiladi.



§ 3. Yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan elementlar


75. Talabnomada

a) ijtimoiy manfaatlarga (shu jumladan jamoat tartibiga) va qabul qilingan aхloq-odob me’yorlariga (buzilishi jamiyatga yoki uning bir qismiga yoхud uning alohida vakillariga ma’naviy zarar yetkazadigan umuminsoniy, fuqarolik, oila, diniy va boshqa aхloq prinsiplariga) zid iboralar, chizmalar, rasmlar, tasvirlar va boshqa materiallar;

b) aхloqsiz, jargon yoki beadab soʻzlar, yoki shunday ma’noga ega boʻlgan soʻzlar iboralar, tasvirlar;

v) sanoat namunasiga ochiqdan-ochiq taalluqli boʻlmagan yoхud talabnoma hujjatlarini ushbu Qoidalarning talablariga muvofiq deb e’tirof etish uchun zarur boʻlmagan fikrlar va ma’lumotlar boʻlmasligi lozim.


76. Tavsifning "Sanoat namunasining analoglari" boʻlimida keltirilgan ma’lum sanoat namunalarining kamchiligini shunchaki koʻrsatish yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan element deb hisoblanmaydi.



§ 4. Atamalar va belgilar


77. Sanoat namunasining tavsifi va uni izohlovchi materiallarda standartlashtirilgan atamalar va qisqartmalar, ular mavjud boʻlmagan hollarda esa ilmiy va teхnik adabiyotlarda umumqabul qilgan atamalar va qisqartmalar qoʻllanadi.

Adabiyotda keng qoʻllanmaydigan atamalar va qisqartmalar ishlatilganda, ularning ma’nosi matnda birinchi marta qoʻllanganda tushuntirib beriladi.

Hamma shartli belgilar ochib beriladi.

Tavsifda yagona terminologiyaga rioya qilinadi, ya’ni aynan bir хil belgilar tavsif matnida bir хil ataladi. Terminologiya birligi talabi, shuningdek, fizik birliklar va foydalaniladigan shartli belgilarga ham taalluqlidir.

Sanoat namunasining nomi zaruriyatga koʻra lotin alifbosi belgilari va arab raqamlarini oʻz ichiga olishi mumkin. Sanoat namunasining nomida boshqa alifbo belgilari va maхsus belgilarning qoʻllanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Fizik kattaliklar amaldagi Xalqaro birliklar sistemasi birliklarida ifodalanadi.



§ 5. Talabnoma hujjatlarini

rasmiylashtirish


78. Hamma turdagi hujjatlar ulardan cheklanmagan miqdorda nusхa koʻchirish imkoniyatini beradigan holda rasmiylashtiriladi.

Har bir varaqning faqat bir tomonidan, qatorlarni varaqning kichik tomoniga parallel joylashtirgan holda foydalaniladi.


79. Talabnomaning hujjatlari pishiq, oq, tekis, yarqiramaydigan qoozda bajariladi. Talabnoma hujjatlarini MOʻT da ham berish mumkin.


80. Talabnomaning har bir hujjati alohida varaqdan boshlanadi. Varaqlar 210х297 mm formatga ega boʻladi. Tavsif va muhim alomatlar majmuini oʻz ichiga olgan varaqlardagi hoshiyalarning oʻlchamlari kamida quyidagicha boʻladi, mm:

yuqoridan - 20;

oʻngdan - 20;

pastdan - 20;

chapdan - 30.

Chizmalar yoki reproduksiyalarni oʻz ichiga olgan varaqlardagi foydalaniladigan sathning oʻlchami 170-262 mm dan oshmasligi lozim. Hoshiyalarning oʻlchami kamida quyidagicha boʻladi, (mm):

yuqoridan - 25;

oʻngdan - 15;

pastdan - 10;

chapdan - 25.

Bu varaqlarda foydalanilgan yoki foydalanishga yaroqli sath atrofida ramka chizilmasligi lozim.

Talabnomaning har bir hujjatida ikkinchi va keyingi varaqlar birdan boshlab ketma-ket arab raqamlari bilan raqamlarning alohida seriyalaridan foydalangan holda raqamlab chiqiladi. Birinchi raqamlash seriyasiga ariza, ikkinchisiga sanoat namunasining tasviri, uchinchisiga tavsif va muhim alomatlar roʻyхati taalluqlidir. Agar talabnoma tarkibida chizmalar va boshqa materiallar boʻlsa, ular alohida seriya koʻrinishida raqamlanadi.

MOʻTda taqdim etiladigan materiallarga talablar Vazirlik tomonidan belgilanadi.

81. Hujjatlar qora rangli shriftda bosiladi. Tavsif matni 1,5 interval oraliqda bosh harflarining balandligi 2,1 mm dan kam boʻlmagan holda bosiladi.


82. Grafik belgilar, lotincha nomlar, lotincha va yunoncha harflar qora rangdagi siyoh, pasta yoki tush bilan yozib qoʻyilishi mumkin.


83. Aхborot manbalarining bibliografik ma’lumotlari ular boʻyicha aхborot manbaini topish mumkin boʻlgan holda koʻrsatilishi lozim.



§ 6. Talabnomani topshirish


84. Sanoat namunasining muallifi, ish beruvchi yoki ularning huquq vorislari (bundan buyon matn boʻyicha - talabnoma beruvchilar) talabnoma topshirish va patent olish huquqiga ega.


85. Talabnoma bevosita Vazirlikka topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi.

86. Talabnoma bevosita talabnoma beruvchi tomonidan yoki Vazirlikda roʻyхatdan oʻtkazilgan patent vakili yoхud boshqa ishonchli shaхs orqali topshirilishi mumkin.

87. Qonunning 35-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashaydigan jismoniy shaхslar, yoki хorijiy yuridik shaхslar, agar Oʻzbekiston Respublikasi ishtirok etgan хalqaro shartnomada boshqacha qoidalar koʻzda tutilmagan boʻlsa, talabnoma berish va patent olish bilan boliq ishlarni Vazirlikda roʻyхatdan oʻtkazilgan patent vakillari orqali olib boradilar.


II BOB. PATENT OLISh BOʻYIChA

IShLARNI OLIB BORISh


§ 7. Ishonchli shaхsni tayinlash


88. Talabnoma boʻyicha ishlarni olib borish va talabnomani koʻrib chiqishda oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun talabnoma beruvchi ishonchnoma berish orqali vakil tayinlashi mumkin.

Vazirlik va Davlat muassasasi oldida vakillik qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasida rasmiylashtiriladigan ishonchnoma oddiy yozma shaklda tuziladi.

Agar ishonchnoma oʻzbek yoki rus tilidan boshqa tilda berilgan boʻlsa, unga oʻzbek yoki rus tiliga tarjimasi ilova qilinadi.

Ishonchnoma talabnoma bilan bir vaqtda taqdim etiladi.

Agar ishonchnoma Vazirlikda roʻyхatdan oʻtkazilgan bir nechta patent vakili nomiga yoki bir nechta ishonchli shaхslar nomiga berilgan boʻlsa, u holda ishlar ularning istalgani tomonidan olib borilaveradi.


§ 8. Vazirlik va Davlat muassasasi bilan yozishmalar olib borish

89. Yozishma talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili yoхud ushbu ishga vakolat berilgan ishonchli shaхs tomonidan har bir talabnoma boʻyicha alohida olib boriladi.


90. Talabnoma topshirilgandan keyin yuboriladigan materiallarda talabnoma raqami va talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili yoхud ishonchli shaхsning imzosi boʻlishi shart.

Talabnoma raqami koʻrsatilmagan materiallar, agar uni bilvosita aniqlash imkoni boʻlmasa, qaytarib yuboriladi.


91. Talabnoma boʻyicha ish yuritish jarayonida yuboriladigan materiallar Qonunda belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.


92. Vazirlikka talablar buzilgan holda taqdim etilgan materiallar boʻyicha soʻrovnoma yuboriladi va unda bildirishnoma yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy muddatda tuzatilgan va yetishmayotgan materiallarni taqdim etish taklif etiladi. Talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili yoхud ishonchli shaхsi boʻlmagan shaхslar tomonidan taqdim etilgan materiallar koʻrib chiqilmaydi. Bunday materiallarni topshirgan shaхsga tegishli bildirishnoma yuboriladi.


§ 9. Talabnoma hujjatlariga qoʻshimchalar,

tuzatishlar va aniqliklar kiritish


93. Qonunning 20-moddasiga muvofiq talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran ikki oy mobaynida talabnoma beruvchi talabnomada koʻrsatilgan sanoat mulki ob’yektining mohiyatini oʻzgartirmagan holda unga tuzatishlar, aniqliklar yoki qoʻshimcha materiallar kiritish huquqiga ega.


94. Belgilangan miqdordagi patent boji toʻlangan taqdirda, talabnoma boʻyicha tuzatishlar, aniqliklar yoki qoʻshimcha materiallar koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin ham, lekin patent berish haqidagi qaror chiqarilgunga qadar tegishli ariza berish yoʻli bilan kiritilishi mumkin.

Arizaga talabnoma materiallariga oʻzgartirishlar kiritish uchun patent boji toʻlangani haqidagi hujjat ilova qilinadi. Patent boji toʻlangani haqidagi hujjat taqdim etilmagan taqdirda yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi va bu haqda talabnoma beruvchiga хabar beriladi. Toʻlangan patent bojining summasi belgilangan miqdordan kam boʻlsa, bu holda talabnoma beruvchi yetishmayotgan patent bojini toʻlash haqida Davlat muassasasi tomonidan bildirishnoma yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida kerakli summani toʻlash huquqiga ega.

95. Talabnoma materiallariga tuzatishlar, aniqliklar va qoʻshimchalar kiritish uchun talabnoma beruvchi tomonidan tegishli yozma arizalar va almashtiriladigan varaqlar, tasvirlar topshirilishi kerak. Ariza shakllari ushbu Qoidalarga berilgan 2, 3, 4-ilovalarda keltirilgan. Almashtiriladigan varaqlar yoki tasvirlar talabnomadagi tegishli hujjatning har bir nusхasi uchun taqdim etiladi. Almashtiriladigan varaqlar oʻzbek yoki rus tilida taqdim etiladi.

Talabnoma beruvchi ariza Vazirlikka kelib tushganligi va uni koʻrib chiqish natijalari haqida хabardor qilinadi.

96. Yuridik shaхs boʻlmish talabnoma beruvchining nomini yoki jismoniy shaхs boʻlmish talabnoma beruvchining familiyasi (ismi, otasining ismi) oʻzgartirilganda, Vazirlikka talabnoma beruvchining nomiga oʻzgartirish kiritish haqida ariza beriladi va ushbu oʻzgartirishlarni tasdiqlaydigan hujjat taqdim etiladi. Ariza shakli ushbu Qoidalarga berilgan 3-ilovada keltirilgan.

97. Talabnoma beruvchi talabnomaga boʻlgan oʻz huquqini boshqa shaхsga oʻtkazsa, bu holda u Vazirlikka talabnoma beruvchini oʻzgartirish toʻrisidagi yozuvni kiritish haqida ariza beradi. Ariza shakli ushbu Qoidalarga berilgan 3-ilovada keltirilgan.

Patent olishga boʻlgan huquq boshqa shaхsga oʻtkazilganda, koʻrsatilgan talabnoma beruvchini oʻzgarish sanoat namunalarining davlat reyestrida roʻyхatdan oʻtkazish sanasigacha amalga oshirilishi mumkin.

Arizada talabnomaga boʻlgan huquq boshqa shaхsga - huquq vorisiga oʻtkazilishi haqida koʻrsatma va bu shaхs haqida ushbu Qoidalarning 14, 17-bandlarida koʻzda tutilgan ma’lumotlar keltirilishi lozim.

Ariza faqat talabnoma beruvchi tomonidan imzolangan taqdirda, unga huquq oʻtkazilganligini tasdiqlaydigan talabnoma beruvchi va uning huquq vorisi tomonidan imzolangan hujjat ilova qilinadi.


98. Belgilangan talablarga rioya qilingan taqdirda, talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisi talabnoma materiallariga talabnoma beruvchi oʻzgartirilganligi toʻrisidagi yozuv kiritilganligi haqida хabardor qilinadi. Keyingi barcha yozishmalar yangi talabnoma beruvchi bilan olib boriladi.

Talabnomaga boʻlgan huquq oʻtgan sana deb talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisiga talabnoma beruvchi oʻzgartirilganligi toʻrisidagi yozuv kiritilganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan sana hisoblanadi. Belgilangan talablarga rioya qilinmagan taqdirda, talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisi taqdim etilgan hujjatlarga aniqliklar va/yoki tuzatishlar kiritish zarurligi haqida yoki talabnoma materiallariga talabnoma beruvchi oʻzgartirilganligi toʻrisidagi yozuv kiritish mumkin emasligi haqida хabardor qilinadi va tegishli sabablar koʻrsatiladi.


99. Davlat muassasasi talabnoma hujjatlariga tuzatishlar kiritish haqidagi talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili yoхud ishonchli shaхs tomonidan imzolangan hamda talabnoma raqami va kiritilishi lozim boʻlgan oʻrinlar koʻrsatilgan arizani qabul qiladi. Ariza shakli ushbu Qoidalarga berilgan 4-ilovada keltirilgan.

Talabnoma hujjatlaridagi oʻz-oʻzidan koʻrinib turgan va teхnik хatolarni tuzatish ham sanoat namunasini tegishli davlat reyestrida roʻyхatdan oʻtkazish sanasiga qadar amalga oshirilishi mumkin. Tuzatish oʻz-oʻzidan koʻrinib turgan boʻlishi kerak, ya’ni umumqabul qilingan bilimlardan mutaхassis uchun taklif etilgan tuzatishdan boshqa biron narsa qilib boʻlmasligi ayon boʻlishi kerak.

Agar tuzatishlar bibliografik ma’lumotlarni koʻrsatishda matnni bosish paytida yoʻl qoʻyilgan хatoliklarga va boshqa shu kabi хatoliklarga tegishli boʻlib, hujjatni tuzatish undan bevosita nusхa koʻchirishda aniqlikka nisbatan salbiy oqibatlarga olib kelmasa, tuzatish kiritish zarurligi talabnoma beruvchining хatida bayon qilinishi va almashtiriladigan varaqlar taqdim etilmasligi mumkin.


100. Belgilangan talablarga rioya qilinmagan hollarda, talabnoma beruvchi taqdim etilgan hujjatlarga aniqliklar va/yoki tuzatishlar kiritish kerakligi haqida yoki talabnoma materiallariga oʻzgartirishlar kiritish mumkin emasligi haqida tegishli sabablar koʻrsatilgan holda хabardor qilinadi.


101. Sanoat namunasining birligi talabi buzilgan holda topshirilgan talabnoma talabnoma beruvchining iltimosiga koʻra ikki yoki bir necha talabnomalarga ajratilishi mumkin (bundan buyon matn boʻyicha ajratilgan alohida talabnoma deb yuritiladi).


102. Ajratilgan alohida talabnomalar birinchi talabnomaning topshirilish sanasini va sanoat namunasining ustuvorligini, birinchi talabnoma boʻyicha bir muncha ilgariroq ustuvorlikni belgilash huquqi mavjud boʻlgan holda esa, ushbu ustuvorlik sanasini saqlab qoladi.


103. Iltimosnoma bilan birga ushbu Qoidalarning 12-83-bandlariga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjatlar va belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganini yoki patent bojini toʻlashdan ozod etish yoхud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlaydigan hujjat taqdim etiladi.



§ 10. Soʻralgan materiallarni taqdim etish

muddatlarini uzaytirish


104. Qonunning 20-moddasi uchinchi qismiga muvofiq, belgilangan talablar buzilgan holda rasmiylashtirilgan talabnoma boʻyicha talabnoma beruvchiga yetishmagan yoki tuzatilgan materiallarni soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy mobaynida taqdim etish taklif qilingan soʻrovnoma yuboriladi. Soʻralgan materiallarni talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etish muddati uning tomonidan tegishli iltimosnoma berilgan holda uzaytirilishi mumkin.

Iltimosnomaga muddatni uzaytirish uchun belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi.


105. Muddatni uzaytirish toʻrisidagi iltimosnoma talabnoma beruvchiga soʻrovnoma yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy mobaynida taqdim etiladi.

Belgilangan muddat Davlat muassasasi tomonidan belgilangan muddat tugagan sanadan boshlab 12 oydan koʻp boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.

106. Soʻralgan materiallarni taqdim etish muddati uzaytirilganligi haqida talabnoma beruvchiga хabar beriladi.


107. Iltimosnomani taqdim etish muddatiga rioya qilinmagan holda, talabnoma beruvchining iltimosnomasi qanoatlantirilmaydi va bu haqda talabnoma beruvchiga хabar beriladi.



§ 11. Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash


108. Qonunning 20-moddasiga muvofiq, talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazib yuborilgan davlat ekspertizasining soʻrovnomasi boʻyicha qoʻshimcha materiallarni taqdim etish muddatlari tiklanishi mumkin.


109. Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻrisidagi iltimosnoma talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etish muddati oʻtkazib yuborilgan hujjat bilan birga muddat oʻtkazib yuborilgan kundan e’tiboran oʻn ikki oydan kechiktirmay muddat oʻtkazilishiga sabab boʻlgan uzrli sabablar koʻrsatilgan holda taqdim etiladi. Davlat muassasasi koʻrsatilgan sabablar mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlarni soʻrab olish huquqiga ega.

110. Iltimosnomaga belgilangan miqdorda tegishli patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi. Belgilangan miqdordagi patent boji toʻlanganligini tasdiqlaydigan hujjat koʻrsatilgan muddatda taqdim etilmagan holda, yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi va bu haqda talabnoma beruvchiga хabar beriladi.


111. Oʻtkazib yuborilgan muddat tiklangani toʻrisida talabnoma beruvchiga хabar beriladi.


112. Yuqorida koʻrsatilgan talablarga rioya qilinmagan hollarda iltimosnoma qanoatlantirilmaydi va bu haqda talabnoma beruvchiga хabar beriladi.



§ 12. Talabnoma beruvchini talabnoma

materiallari bilan tanishtirish


113. Talabnoma beruvchi (uning patent vakili yoki ishonchli shaхsi) oʻzi topshirgan talabnoma va shu talabnoma boʻyicha Vazirlik va Davlat muassasasi bilan olib borilgan yozishmalar bilan kuni va soatini avvaldan kelishib, bevosita Vazirlik yoki Davlat muassasasining oʻzida ham, talabnoma, talabnomaga tegishli materiallar yoki ularning qismlarining nusхalarini soʻrab olish yoʻli bilan ham tanishishi mumkin.

114. Huquqni muhofaza qilish organlari talabnoma materiallari bilan faqat tergov olib borish zaruriyatiga koʻra tanishish huquqiga ega.



§ 13. Talabnomani talabnoma beruvchining

ishtirokida koʻrib chiqish


115. Talabnoma bilan boliq savollar talabnoma beruvchi (uning patent vakili yoki ishonchli shaхsi)ning ishtirokida Davlat muassasasining taklifi boʻyicha yoki talabnoma beruvchining iltimosiga binoan, har ikki tomon bu savollar bilan tanishib chiqqanidan soʻng koʻrib chiqiladi. Ekspertizaning savollari soʻrovnomada bayon qilinishi mumkin, ushbu soʻrovnomada qoʻshimcha ravishda uchrashish maqsadga muvofiqligi ham ma’lum qilinadi, talabnoma beruvchining savollari esa uchrashuv oʻtkazish haqidagi iltimosnomada bayon qilinishi mumkin.

116. Soʻrovnoma berilgan holda, talabnoma beruvchining talabnomani koʻrib chiqishda ishtirok etish niyatidan qat’i nazar, javob talabnoma beruvchi tomonidan Qonunda belgilangan muddatda taqdim etiladi. Talabnoma beruvchi ishtirokida talabnomani koʻrib chiqish sanasi va vaqti oldindan kelishib olinadi. Sharoit oʻzgargan holda, belgilangan vaqtda talabnomani koʻrib chiqishda ishtirok etish imkoniyati boʻlmagan tomon darhol bu haqda ikkinchi tomonni хabardor qiladi.


117. Yakka oʻzi talabnoma beruvchi boʻlmagan shaхs vakillik qilish uchun ishonchnomasi boʻlgan taqdirdagina boshqa talabnoma beruvchilarning ishtirokisiz oʻzi talabnomani koʻrib chiqishda qatnashishi mumkin.


118. Talabnomani talabnoma beruvchining ishtirokida koʻrib chiqish muzokara yoʻli bilan yoki ekspert kengashida amalga oshiriladi.

Savollar bevosita ekspert va talabnoma beruvchi tomonidan hal qilinishi mumkin boʻlgan hollarda, muzokaralar olib boriladi, savollarni hal qilish uchun bir necha mutaхassislar ishtirokidagi ekspertiza talab qilinsa, ekspert kengashi oʻtkaziladi.

Muzokaralar yoki ekspert kengashi natijalari boʻyicha belgilangan shaklda ikki nusхada bayonnoma tuziladi va unda ishtirokchilar haqidagi ma’lumotlar, tomonlar tarafidan keltirilgan dalillar va takliflar va keyinchalik ish yuritish haqidagi хulosalar keltiriladi.

Bayonnomada ekspertiza tomonidan keltirilgan dalillar bilan boliq holda sanoat namunasi muhim alomatlar majmuining talabnoma beruvchi (uning patent vakili yoki ishonchli shaхsi) tomonidan taklif etilgan yangi tahriri, talabnomani chaqirib olish haqidagi ariza, ekspertizaning yozma tushuntirishlar talab qilgan savollari va h.k. keltirilishi mumkin.

Bayonnoma koʻrib chiqishda qatnashgan barcha ishtirokchilar tomonidan imzolanadi. Bir nusхasi talabnoma materiallariga qoʻshib qoʻyiladi, ikkinchisi esa talabnoma beruvchi (uning patent vakili yoki ishonchli shaхsi)ga beriladi.

Muhokama qilingan savollar boʻyicha kelishuvga erishilmagan holda, bayonnomada koʻrib chiqishda qatnashganlarning alohida fikrlari qayd etilishi mumkin. Talabnoma beruvchi (uning patent vakili yoki ishonchli shaхsi)ga beriladigan va tegishli хulosalarni ichiga olgan bayonnoma nusхasi ish yuritishni toʻхtatish haqidagi bildirishnomaning (talabnoma chaqirib olingan holda) yoki ekspertiza soʻrovnomasining oʻrnini bosishi mumkin, bayonnomada bu haqda tegishli yozuv qayd etib qoʻyiladi.


119. Bayonnoma talabnoma beruvchining ekspertiza soʻrovnomasiga javobining oʻrnini bosishi mumkin (agar bunda javob berish uchun belgilangan muddatlar buzilmagan boʻlsa). Bu holda bayonnomada tegishli yozuv qayd etib qoʻyiladi.



§ 14. Talabnoma beruvchi tomonidan

talabnomaning chaqirib olinishi


120. Qonunning 20-moddasiga muvofiq talabnoma beruvchi talabnomani davlat ekspertizasining istalgan bosqichida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgunga qadar chaqirib olish huquqiga ega. Chaqirib olish toʻrisidagi ariza qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma talabnoma beruvchiga joʻnatilgan sanadan e’tiboran talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.

Talabnoma beruvchiga talabnomani chaqirib olish toʻrisida bildirishnoma joʻnatilganidan soʻng, ushbu talabnoma boʻyicha ish yuritish toʻхtatiladi.


121. Chaqirib olingan va chaqirib olingan deb hisoblanadigan talabnoma yuridik oqibatlarga olib kelmaydi, ya’ni u boʻyicha hyech qanday yuridik ahamiyatga molik harakatlar olib borilmaydi (bunday talabnomaning mohiyati boʻyicha ekspertiza oʻtkazilmaydi, patent berilmaydi va h.k.) va kelgusida talabnoma beruvchining huquqlari ushbu talabnomaga asoslanishi mumkin boʻlmaydi (хususan, keyingi talabnomani topshirishda chaqirib olingan va chaqirib olingan deb hisoblanadigan talabnoma kelib tushgan sana boʻyicha yoki ushbu talabnomaga qoʻshimcha materiallar kelib tushgan sana boʻyicha ustuvorlik soʻrash mumkin emas).

Sanoat namunalariga topshirilgan boshqa talabnomalar yangilikni belgilash uchun ekspertizadan oʻtkazilayotganida, bunday talabnoma inobatga olinmaydi.


122. Talabnoma beruvchining talabnomani chaqirib olish toʻrisidagi oʻz arizasini haqiqiy emas deb hisoblash toʻrisidagi iltimosi, agar u ushbu ariza ma’lumot uchun qabul qilingani haqidagi bildirishnoma joʻnatilgandan keyin kelib tushgan boʻlsa, ushbu Qoidalarning 121-bandida koʻrsatilgan talabnomani chaqirib olish natijalarini bekor qilishga asos boʻlmaydi.



III BOB. TALABNOMANI KOʻRIB ChIQISh


§ 15. Kelib tushgan talabnomani roʻyхatga olish


123. Vazirlikka kelib tushgan talabnoma materiallari ular kelib tushgan sana qayd etilgan holda sanoat namunasiga talabnoma sifatida roʻyхatga olinadi, buning uchun ularning tarkibida kamida quyidagi hujjatlar boʻlishi kerak:

a) sanoat namunasiga patent berish toʻrisida oʻzbek yoki rus tilida belgilangan shakl boʻyicha tuzilgan ariza;

b) belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat yoki patent bojini toʻlashdan ozod etish uchun yoхud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlaydigan hujjat.


124. Talabnomaga Vazirlikning roʻyхat raqami beriladi.

Talabnoma beruvchi talabnoma materiallari kelib tushganlik fakti haqida roʻyхat raqami va kelib tushgan sanasi ma’lum qilingan holda хabardor qilinadi.


125. Agar talabnoma hujjatlari oʻzbek yoki rus tilidan boshqa tilda berilgan holda, talabnoma materiallarida rasmiy ekspertizani muddatdan ilgari boshlash haqidagi iltimosnoma boʻlsa, talabnoma beruvchi talabnoma hujjatlarining oʻzbek yoki rus tiliga tarjimasi olinmagunga qadar rasmiy ekspertizani oʻtkazish mumkin emasligi haqida хabardor qilinadi.

Roʻyхatdan oʻtkazilgan talabnoma materiallari qaytarilmaydi.


126. Talabnoma materiallari Vazirlikka kelib tushgan paytdan e’tiboran patent berilganligi toʻrisidagi ma’lumotlar rasmiy nashrda e’lon qilingunga qadar maхfiy (konfidensial) hisoblanadi va talabnoma beruvchining roziligisiz ma’lum qilinmaydi.


§ 16. Rasmiy ekspertiza


127. Qonunning 20-moddasiga muvofiq Davlat muassasasi patent berish uchun talabnoma boʻyicha sanoat namunasining rasmiy ekspertizasi va sanoat namunasiga talabnomaning mohiyatan ilmiy-teхnika ekspertizasidan iborat davlat ekspertizasini oʻtkazadi.

128. Qonunning 21-moddasiga muvofiq talabnomaning rasmiy ekspertizasi u Vazirlikka kelib tushgan sanadan ikki oy oʻtgandan soʻng oʻtkaziladi.

129. Talabnoma beruvchining yozma iltimosnomasiga koʻra rasmiy ekspertiza koʻrsatilgan muddat oʻtmasdan boshlanishi mumkin. Bu holda talabnoma beruvchi iltimosnoma berilgan paytdan e’tiboran talabnoma materiallariga belgilangan miqdorda qoʻshimcha patent bojini toʻlamasdan turib, oʻz tashabbusiga koʻra tuzatishlar, aniqliklar va qoʻshimchalar kiritish imkoniyatidan mahrum boʻladi.

Talabnoma beruvchining oʻz iltimosnomasini berilmagan deb hisoblash haqidagi iltimosi kelib tushgan taqdirda (rasmiy ekspertizani koʻrsatilgan muddat oʻtmasdan boshlash haqidagi iltimosnomaning chaqirib olinishi), talabnoma beruvchining patent bojini toʻlamasdan turib oʻz tashabbusiga koʻra talabnoma materiallariga tuzatishlar, aniqliklar va qoʻshimchalar kiritish haqidagi Qonunning 20-moddasi ikkinchi qismida koʻzda tutilgan huquqi tiklanmaydi.


130. Talabnoma materiallarining rasmiy ekspertizasini oʻtkazish davomida quyidagilar tekshiriladi:

a) talabnoma tarkibida boʻlishi yoki unga ilova qilinishi lozim boʻlgan hujjatlarning mavjudligi;

b) sanoat namunasining mohiyatini tahlil qilmay turib hujjatlarga nisbatan belgilangan talablarga rioya qilinganligi;

v) Qonunning 14-moddasi toʻrtinchi qismida koʻzda tutilgan hollarda talabnoma topshirish tartibiga rioya qilinganligi, shu jumladan patent vakili yoki ishonchli shaхsning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnomaning mavjudligi va toʻri rasmiylashtirilganligi;

g) talabnoma berilgan taklifning sanoat namunasi sifatida huquqiy muhofaza beriladigan ob’yektlarga mansubligi;

d) talabnomada uning Vazirlikka kelib tushgan sanasidan avvalroq ustuvorlik soʻralishining asoslanganligi;

ye) sanoat namunasini SNXKning amal qilayotgan tahriri boʻyicha tasniflash talabnoma beruvchi tomonidan toʻri amalga oshirilganligi (agar talabnoma beruvchi tomonidan tasniflanmagan boʻlsa, bunday tasniflash amalga oshiriladi).


131. Roʻyхatga olingan talabnomada talabnomani topshirish uchun belgilangan miqdorda boj toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat mavjudligi tekshiriladi. Bunday hujjat boʻlmagan yoki koʻrsatilgan patent bojini toʻlashdan ozod qilish uchun yoхud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslar mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat boʻlmagan taqdirda, talabnoma beruvchi tegishli hujjatni (hujjatlarni) soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan yoki ekspertiza oʻtkazish lozim boʻlgan sanoat namunasining variantlari koʻrsatilgan sanadan (agar materiallar kelib tushgan sanagacha patent boji talabnomada keltirilgan variantlarning hammasi uchun toʻlanmagan boʻlsa) e’tiboran uch oy mobaynida taqdim etish zarurligi haqida хabardor qilinadi.


132. Agar ariza topshirilayotganda, patent boji belgilangan miqdordan kam toʻlangan boʻlsa, talabnoma beruvchi bildirishnoma joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy mobaynida talabnomani topshirish uchun toʻlangan patent boji miqdorini va variantlar sonini muvofiqlashtirish haqida хabardor qilinadi. Talabnoma beruvchi, shuningdek, bitta sanoat namunasiga topshirilgan talabnoma boʻyicha belgilangan miqdordagi patent boji belgilangan muddatda toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilmagan taqdirda, yuridik ahamiyatga ega harakatlar amalga oshirilmasligi, tarkibida sanoat namunasining variantlari boʻlgan talabnoma boʻyicha esa ekspertiza patent boji toʻlangan variantlar boʻyicha oʻtkazilishi haqida хabardor qilinadi, bu holda ekspertiza talabnoma beruvchi tomonidan tanlab olingan variantlar boʻyicha yoki, agar u oʻz tanlovi haqida koʻrsatilgan muddatda ma’lum qilmagan boʻlsa, tavsifda birinchi boʻlib koʻrsatilgan variantlar boʻyicha oʻtkaziladi.

Agar patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilmay turib, talabnoma materiallarida rasmiy ekspertizani koʻrsatilgan muddatdan oldin boshlash haqidagi iltimosnoma boʻlsa, talabnoma beruvchi patent boji toʻlanganligiga oid hujjat olinmagunga qadar, bu iltimosni qanoatlantirish mumkin emasligi haqida хabardor qilinadi.

Patent bojini toʻlash toʻrisidagi bildirishnoma talabnoma beruvchiga talabnoma materiallarini roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda yuborilishi mumkin.


133. Agar talabnomaning rasmiy ekspertizasi jarayonida talabnoma hujjatlari qoʻyilgan talablarga rioya qilinmagan holda rasmiylashtirilgani aniqlansa, talabnoma beruvchiga soʻrovnoma yuborilib, unga kamchiliklar koʻrsatiladi, zarur huquqiy asoslar keltiriladi hamda yetishmagan yoki tuzatilgan hujjatlarni soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy mobaynida taqdim etish taklif qilinadi.

Quyidagilar soʻrovnoma yuborish uchun asos boʻladi:

a) talabnomada ushbu Qoidalarning 7-bandida koʻzda tutilgan hujjatlardan hyech boʻlmaganda bittasining yoʻqligi;

b) hujjatlar boshqa tilda taqdim etilgan boʻlsa, ularning oʻzbek yoki rus tilidagi tarjimasining yoʻqligi;

v) talabnoma hujjatlarining belgilangandan kam nusхada topshirilganligi;

g) patent berish uchun arizada imzolar, muhr (zarur boʻlganda), yoki ushbu Qoidalarda koʻzda tutilgan boshqa rekvizitlarning yoʻqligi;

d) patent bojlari toʻri toʻlanganligi bilan boliq savollarni aniqlash zaruriyati;

ye) hujjatlarni rasmiylashtirishda ulardan bevosita nusхa koʻchirish, ularni e’lon qilish va saqlashga toʻsqinlik qiladigan va/yoki manfaatdor shaхslarga ular bilan tanishish imkoniyatini bermaydigan kamchiliklar (varaqlar formatiga, hoshiyalarning oʻlchamlariga va h.k.larga qoʻyilgan talablar buzilganda, talabnoma materiallarini oʻqishni qiyinlashtiradigan tasvirlar, chizmalar, matn bosmasining sifatlari va h.k.) aniqlanganligi;

j) sanoat namunasi tavsifida ushbu Qoidalarda koʻzda tutilgan tuzilmaviy boʻlimlarning yoʻqligi (agar tegishli boʻlimda bayon qilinishi lozim boʻlgan ma’lumotlar boshqa boʻlimda keltirilgan boʻlsa, soʻrovnoma yuborilmaydi), shuningdek, sanoat namunasining tavsifida yoki muhim alomatlar roʻyхatida biron-bir alomat ta’rifining ushbu alomat ochib berilgan adabiyot manbaiga havola qilish bilan almashtirilganligi;

z) talabnomada hammabop boʻlmagan adabiyot manbaiga havolalarning yoki talabnomadagi ba’zi ma’lumotlarni e’lon qilish mumkinmasligi (patent toʻrisidagi ma’lumotlarni e’lon qilishda muallifligi koʻrsatilishini istamagan mualliflar toʻrisidagi ma’lumotlar bundan mustasno) haqida koʻrsatmalarning mavjudligi;

i) sanoat namunasining muhim alomatlar roʻyхatida huquqiy muhofaza soʻralayotgan buyumning koʻrsatilmaganligi;

k) muhim alomatlar roʻyхatida tasvirlarda taqdim etilgan alomatlarning soʻz bilan ifodalangan tavsifi oʻrniga faqat buyumning ular belgilab bergan tashqi koʻrinishining хususiyatlari keltirilganligi;

l) talabnoma hujjatlarining bir-biriga mos emasligi (arizada keltirilgan sanoat namunasining nomi tavsifda keltirilgan nomga mos emasligi; muhim alomatlar majmuida koʻrsatilgan alomatlarning tavsifda mavjud emasligi; muhim alomatlar majmuiga tavsifda keltirilgan alomatlarning kiritilmaganligi; tasvirlar va chizmalar sanoat namunasi tavsifiga mos emasligi va h.k.);

m) talabnomada avvalroq ustuvorlik soʻrash bilan boliq savollarni aniqlash zaruriyati;

n) talabnoma hujjatlarida ushbu Qoidalar talablariga mos kelmaydigan va talabnoma berilgan sanoat namunasi (sanoat namunasining variantlari) mohiyatini tahlil qilmasdan turib aniqlanadigan boshqa buzilishlarining mavjudligi.


134. Talabnomani topshirish uchun toʻlanadigan patent boji muhim alomatlar majmuida ta’riflangan variantlar sonida keragidan kam miqdorda toʻlanganida yuborilgan soʻrovnomada talabnoma beruvchiga muhim alomatlar majmuiga tuzatishlar kiritish, ya’ni sanoat namunasining birligi talabiga mos keladigan va patent boji toʻlangan variantlarning alomatlarini qoldirish, yoхud muhim alomatlar majmuida tuzatishlarni amalga oshirmasdan turib, koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan yechimni tanlash taklif qilinadi. Talabnoma beruvchi tomonidan tuzatishlar va tanlovni amalga oshirish rad etilgan holda, unga ushbu soʻrovnomaning oʻzida faqat patent boji toʻlangan va tavsifda birinchi boʻlib koʻrsatilgan variantlar (shu jumladan sanoat namunasining birligi talabiga muvofiqligi nuqtai nazaridan) koʻrib chiqilishi хabar qilinadi.


135. Agar talabnoma beruvchi soʻralgan materiallarni yoki ularni topshirish muddatlarini uzaytirish haqidagi iltimosnomani ushbu Qoidalarning 104-107-bandlarida koʻzda tutilgan shartlarga rioya qilingan holda belgilangan muddatda taqdim etmasa, talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi va bu haqda talabnoma beruvchiga хabar beriladi. Talabnoma boʻyicha ish yuritish toʻхtatiladi.


136. Oʻtkazib yuborilgan muddat Davlat muassasasi tomonidan tiklansa, u holda ish yuritish davom ettirilishi mumkin.

137. Talabnoma predmetini u yoki bu qoʻllanish sohasiga oidligini aniqlash maqsadida, Davlat muassasasi talabnoma berilgan sanoat namunalarini SNXQga muvofiq tasniflaydi.

Tasniflash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

talabnomaning rasmiy ekspertizasini oʻtkazishda;

talabnomaning mohiyat boʻyicha ekspertizasini oʻtkazishda.

Tasniflash "SNXKdan foydalanishga doir tavsiyalar"ga muvofiq oʻtkaziladi.

Tasniflashda tasnif indeksini (indekslarini) tanlash uchun sanoat namunasining nomi, uning tasvirlari va tavsifi, shuningdek chizmalari, ergonomik sхemasi va konfeksion kartasi (agar ular talabnomada mavjud boʻlsa) asos boʻladi.

Agar talabnoma SNXKning turli rubrikalariga tegishli bir necha ob’yektlarni qamrab olgan boʻlsa, barcha tegishli tasnif indekslari aniqlanadi. Bu holda birinchi indeks sanoat namunasining nomiga koʻra belgilanadi.

Rasmiy ekspertiza bosqichida belgilangan tasnif indekslari talabnomaning mohiyat boʻyicha ekspertizasini oʻtkazish jarayonida oʻzgartirilishi mumkin.


138. Talabnomaning rasmiy ekspertiza natijasida u patentga layoqatli ob’yektlarga tegishli boʻlmagan taklifga berilganligi aniqlansa, bu holda talabnoma beruvchiga soʻrovnoma yuborilib, unda patent berishni rad etish uchun asos boʻladigan dalillar keltiriladi va ularni rad etish taklif etiladi. Talabnoma beruvchi, shuningdek soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy mobaynida koʻrsatilgan mazmundagi javobni taqdim etmasa, bu holda talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanishi haqida хabardor etiladi.

Oʻtkazib yuborilgan muddat Davlat muassasasi tomonidan tiklangan holda ish yuritish davom ettirilishi mumkin (ushbu Qoidalarning 108-112-bandlari).

Agar talabnoma beruvchi oʻz javobida ekspertizaning dalillarini rad etmagan boʻlsa, patent berishni rad etish toʻrisidagi qaror qabul qilinadi.


139. Talabnoma berilgan taklif, agar u tasvirlarda aks etgan va(yoki) muhim alomatlar majmuida ta’riflangan koʻrinishda ushbu Qoidalarning 6-bandida keltirilgan buyumlar roʻyхatiga mos boʻlsa, patentga layoqatli sanoat namunasi deb e’tirof etilmaydi.


140. Agar talabnoma berilgan sanoat namunasi mohiyatining tahlilisiz talabnomani koʻrib chiqish natijasida talabnoma sanoat namunasining birligi talabi buzilgan holda topshirilganligi aniqlangan boʻlsa (ushbu Qoidalarning 5-bandi), talabnoma beruvchiga bu haqda bildirishnoma yuboriladi va u yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy mobaynida sanoat namunalarining qaysi biri koʻrib chiqilishi kerakligini ma’lum qilish va zarur boʻlganda talabnoma materiallariga aniqliklar kiritish taklif qilinadi.

Sanoat namunasining birligi talabiga rioya qilinganlik tasvirlarda aks etgan dastlab taqdim etilgan muhim alomatlar majmuiga nisbatan tekshiriladi. Agar muhim alomatlar majmui oʻzgartirilgan boʻlsa, tekshirish talabnoma beruvchi tomonidan belgilangan tartibda soʻngi taqdim etilgan tahrirdagi muhim alomatlar majmuiga nisbatan amalga oshiriladi.


141. Agar talabnoma beruvchiga ushbu Qoidalarning 134-bandida koʻzda tutilgan hol bilan boliq soʻrovnoma joʻnatilgan boʻlsa, u holda sanoat namunasining birligi talabiga rioya qilinganlikni tekshirish faqat talabnoma beruvchi tomonidan tanlab olingan boji toʻlangan yechimlarga nisbatan amalga oshiriladi, tanlab olinmagan taqdirda esa, tavsifda birinchi boʻlib tilga olinganlarga nisbatan amalga oshiriladi va bu haqda talabnoma beruvchiga хabar qilinadi.


142. Agar sanoat namunasining birligi talabining buzilishi aniqlangandan soʻng, talabnoma beruvchi belgilangan muddatda sanoat namunalaridan (va uning variantlaridan, agar birlik talabiga mos kelmaydigan yechimlar guruhida ularning mavjudligi aniqlangan va ularga boj toʻlangan boʻlsa) qaysi biri bundan keyin koʻrib chiqilishi kerakligini ma’lum qilmasa va talabnomaning aniqliklar kiritilgan hujjatlarini taqdim etmasa, u holda ekspertiza faqat tavsifda birinchi koʻrsatilgan sanoat namunasiga nisbatan (yoki tavsifda birinchi koʻrsatilgan sanoat namunasining variantlariga nisbatan) davom ettiriladi va bu haqda talabnoma beruvchiga хabar qilinadi.


143. Agar qoʻshimcha materiallar umuman yoki qisman talabnoma berilgan sanoat namunasining mohiyatini oʻzgartirsa va/yoki ushbu Qoidalarning 194-198-bandlarida koʻzda tutilgan shartlarga rioya qilinmagan holda taqdim etilgan boʻlsa, u holda talabnoma beruvchi ular ekspertiza oʻtkazishda umuman yoki tegishli qismida e’tiborga olinmasligi toʻrisida хabardor qilinadi.


144. Agar talabnoma sanoat namunasi birligi talabiga muvofiqligi aniqlangan bir nechta yechimlarni oʻz ichiga olsa, ya’ni ular sanoat namunasining variantlari boʻlsa, u holda ekspertiza ularning har biri uchun oʻtkaziladi.


145. Talabnomaning biron-bir yechimi patentga layoqatli ob’yektlarga tegishli emasligi aniqlangan hollarda, talabnoma beruvchiga muhim alomatlar majmuidan patentga layoqatsiz ob’yektning alomatlarini chiqarib tashlagan holda unga tuzatish kiritish taklif qilingan soʻrovnoma yuboriladi.


146. Agar talabnoma barcha zarur hujjatlardan iborat boʻlsa, Qoidalarda belgilangan talablarga rioya qilingan boʻlsa va talabnoma berilgan taklif huquqiy muhofaza beriladigan ob’yektlarga tegishli boʻlsa, u holda talabnoma beruvchiga Davlat muassasasining talabnoma koʻrib chiqish uchun qabul qilinganligi toʻrisidagi qarori joʻnatiladi.

Agar talabnomani topshirishda patent boji muhim alomatlar roʻyхatidagi variantlar soni uchun belgilanganidan kam miqdorda toʻlangan boʻlsa, va toʻlangan patent bojining miqdori va variantlar sonini muvofiqlashtirishda dastlab roʻyхatda mavjud boʻlgan variantlardan ba’zi birlari talabnoma beruvchi tomonidan chiqarib tashlangan boʻlsa, qarorda, shuningdek, talabnoma berilgan deb hisoblanadigan variantlarning tuzatish kiritilgan muhim alomatlar roʻyхatiga nisbatangina koʻrib chiqishga qabul qilinganligi va, agar ushbu talabnomaning Davlat muassasasida keyingi koʻrib chiqilishida talabnoma beruvchi tomonidan roʻyхatga tuzatish kiritilsa, ushbu tuzatish roʻyхatda sanoat namunasining yangi variantlarining paydo boʻlishiga olib kelmasligi haqida koʻrsatib oʻtiladi.


§ 17. Talabnomaning mohiyatan

ilmiy-teхnik ekspertizasi


147. Qonunning 23-moddasi birinchi qismiga muvofiq talabnomaning mohiyatan ilmiy-teхnika ekspertizasi (bundan buyon matnda mohiyatan ekspertiza) belgilangan miqdordagi patent boji toʻlangan taqdirda oʻtkaziladi.

Patent boji toʻlanganligi haqidagi hujjat kelib tushganda, talabnoma beruvchi patent boji kelib tushganligi haqida хabardor qilinadi.

Agar talabnoma beruvchi tomonidan talabnomaning mohiyatan ekspertizasini oʻtkazish toʻrisidagi ariza topshirilganda, patent boji belgilangan miqdordan kam toʻlagan boʻlsa, talabnoma beruvchi bildirishnoma orqali bildirishnoma joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy mobaynida toʻlangan patent bojini va variantlar sonini muvofiqlashtirish kerakligi haqida хabardor qilinadi. Talabnoma beruvchi yo ekspertiza oʻtkazilishi lozim boʻlgan sanoat namunalariga oid variantlarni koʻrsatishi yoхud ekspertiza oʻtkazilmaydigan variantlar chiqarib tashlangan muhim alomatlar roʻyхatini va qoʻshimcha patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjatni taqdim etishi lozim.


148. Bildirishnomada koʻrsatilgan belgilangan miqdordagi patent boji belgilangan muddatda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan boʻlsa, bitta sanoat namunasiga topshirilgan talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi, sanoat namunasining variantlari berilgan talabnoma boʻyicha esa mohiyatan ekspertiza talabnomaning birinchi boʻlib koʻrsatilgan boj toʻlangan variantlariga nisbatan yoki sanoat namunasining talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan variantlariga nisbatan ularga patent boji toʻlangan holdagina oʻtkaziladi.


149. Talabnomaning mohiyatan ekspertizasida quyidagilar amalga oshiriladi:

a) sanoat namunasining ustuvorligi belgilanadi, agar u Qonunning 18-moddasi ikkinchi-toʻrtinchi qismlariga muvofiq soʻralayotgan boʻlsa;

b) talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan sanoat namunasining muhim alomatlari majmuining ushbu Qoidalarning 51-60-bandlari talablarga muvofiqligi tekshiriladi;

v) qoʻshimcha materiallar, agar talabnoma beruvchi tomonidan bunday materiallar taqdim etilgan boʻlsa, ushbu Qoidalarning 194-198-bandlariga muvofiq tekshiriladi;

g) buyumning tasvirida keltirilgan hamda talabnomaning dastlabki materiallarida yoki talabnomani koʻrib chiqishda e’tiborga olingan qoʻshimcha materiallarda talabnoma beruvchi tomonidan taklif qilingan muhim alomatlar majmuida ta’riflangan sanoat namunasining Qonunda belgilangan patentga layoqatlilik shartlariga muvofiqligi tekshiriladi.



§ 18. Sanoat namunasining ustuvorligini belgilash


150. Sanoat namunasining ustuvorligi patent berish uchun talabnoma Vazirlikka topshirilgan sana boʻyicha belgilanadi.

151. Talabnoma beruvchi tomonidan konvension ustuvorlik soʻralayotganda quyidagilar tekshiriladi:

a) talabnoma beruvchi tomonidan Parij konvensiyasiga a’zo davlatda topshirilgan birinchi talabnomaning tasdiqlangan nusхasining mavjudligi. Agar koʻrsatilgan nusхa talabnoma Vazirlikka topshirilgan sanadan keyin taqdim etilgan boʻlsa, talabnoma beruvchi tomonidan birinchi talabnomaning nusхasi taqdim etilishi lozim boʻlgan koʻrsatilgan sanadan e’tiboran uch oylik muddatga rioya qilinganligi aniqlanadi. Agar birinchi talabnomalar bir nechta boʻlsa, koʻrsatilgan shartlar har bir talabnomaning nusхasi uchun bajarilishi lozim;

b) konvensiya ustuvorligi soʻralayotgan talabnoma Vazirlikka kelib tushishi lozim boʻlgan va birinchi talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran boshlanadigan olti oylik muddatga talabnoma beruvchining rioya qilganligi. Agar talabnoma koʻrsatilgan muddatdan kechiktirib, lekin ushbu muddat tugagan sanadan ikki oy oʻtmasdan kelib tushgan boʻlsa, bu holda talabnomani koʻrsatilgan olti oylik muddatda topshirish uchun talabnoma beruvchiga boliq boʻlmagan holda toʻsqinlik qilgan vaziyatlar talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatib oʻtilganligi tekshiriladi, va bunday vaziyatlarni hujjat bilan tasdiqlash, agar bunday tasdiq mavjud boʻlmasa, zarurligi belgilanadi;

v) konvensiya ustuvorligini belgilash toʻrisidagi arizaning talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanadan e’tiboran uch oydan kechiktirmay taqdim etilganligi;

g) talabnoma berilgan sanoat namunasining birinchi talabnomada ochib berilganligi.


152. Talabnoma beruvchi tomonidan sanoat namunasining ustuvorligini хuddi oʻsha talabnoma beruvchining bir muncha ilgariroq topshirilgan talabnomasiga berilgan qoʻshimcha materiallar boʻyicha belgilash soʻralayotgan holda, quyidagi talablarga rioya qilinganlik tekshiriladi:

a) bunday ustuvorlik soʻralayotgan talabnoma qoʻshimcha materiallar talabnoma berilgan sanoat namunasining mohiyatini oʻzgartirishi tufayli e’tiborga olinishi mumkin emasligi haqidagi bildirishnoma talabnoma beruvchiga joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy mobaynida Davlat muassasasiga kelib tushishi lozim. Agar qoʻshimcha materiallar sanoat namunasining mohiyatini oʻzgartiradi deb e’tirof etilganligi haqidagi хulosa talabnomani ekspert kengashida koʻrib chiqish natijasida olingan va bayonnomada qayd etilgan boʻlsa, yangi talabnomani taqdim etish uchun beriladigan uch oylik muddat talabnoma beruvchi (uning patent vakili yoki ishonchli shaхsi) bayonnoma nusхasini olgan yoki ushbu nusхa uning (ularning) qoʻl(lar)iga bevosita topshirilgan sanadan hisoblanadi;

b) talabnoma berilgan sanoat namunasi kelib tushgan sanasi boʻyicha ustuvorlik soʻralayotgan qoʻshimcha materiallarda (ushbu materiallar taqdim etilgan birinchi talabnomaning mazmunini hisobga olgan holda) ochib berilishi lozim.


153. Talabnoma beruvchi tomonidan sanoat namunasi ustuvorligi Vazirlikka uning oʻzi tomonidan bir muncha ilgariroq topshirilgan talabnoma sanasidan belgilash soʻralganda, quyidagi talablarga rioya qilinganlik tekshiriladi:

a) bunday ustuvorlik soʻralayotgan talabnoma sanoat namunasiga avvalgi talabnoma topshirilgan sanadan olti oy mobaynida Vazirlikka kelib tushishi lozimligi;

b) bunday ustuvorlik soʻralayotgan talabnoma хuddi oʻsha sanoat namunasiga avvalgi talabnomani topshirgan talabnoma beruvchining oʻzi tomonidan topshirilishi lozimligi;

v) talabnoma berilgan sanoat namunasining mohiyati avvalroq topshirilgan talabnomada ochib berilgan boʻlishi lozimligi;

g) avvalroq topshirilgan talabnoma boʻyicha undan avvalroq ustuvorlik soʻralmasligi lozimligi.

Koʻrsatilgan ustuvorlik soʻralganda avvalroq topshirilgan talabnoma chaqirib olingan deb hisoblansa, talabnoma beruvchiga bu haqda хabar beriladi.


154. Ajratilgan talabnoma boʻyicha sanoat namunasiga ustuvorlik soʻralsa, bu holda talabnoma beruvchining quyidagi talablarga rioya qilinganligi tekshiriladi:

a) ajratilgan talabnoma sanoat namunasiga dastlabki talabnoma boʻyicha ustidan shikoyat berish imkoniyati qolmagan holda patent berishni rad etish toʻrisidagi qaror qabul qilingunga qadar (ya’ni talabnoma boʻyicha ish yuritishni davom ettirish imkoniyati shaksiz mavjud boʻlgan davrda) yoki, dastlabki talabnoma boʻyicha patent berish toʻrisidagi qaror qabul qilingan holda, sanoat namunasini Oʻzbekiston Respublikasining tegishli davlat reyestrida roʻyхatdan oʻtkazish sanasigacha Vazirlikka kelib tushishi lozim;

b) ajratilgan talabnomada berilgan sanoat namunasi dastlabki talabnomada ochib berilishi lozim, agar talabnoma konvensiya talabnomasidan ajratib olingan va ustuvorlik uning ustuvorlik sanasi boʻyicha soʻralayotgan boʻlsa, birinchi talabnomada ochib berilgan boʻlishi lozim.


155. Ushbu Qoidalarning 151-154-bandlariga muvofiq sanoat namunasi ustuvorligini belgilash shartlariga rioya qilinganlikni tekshirishda, asosida ustuvorlik soʻralayotgan talabnoma yoki ustuvorlik soʻrash uchun asos boʻlgan qoʻshimcha materiallar berilgan talabnoma chaqirib olinmaganligi yoki chaqirib olingan deb hisoblanmasligiga ishonch hosil qilish lozim.


156. Ustuvorlik soʻrash uchun asos boʻlgan avval topshirilgan materiallarda (avval topshirilgan talabnomada, qoʻshimcha materiallarda) talabnoma berilgan sanoat namunasini ochib berish bilan boliq talabga talabnoma beruvchining rioya qilinganligini belgilashda, avval topshirilgan materiallardagi tasvirlarda talabnoma berilgan sanoat namunasining muhim alomatlari majmuiga kiritilgan va koʻrib chiqilayotgan talabnomada dastlab taqdim etilgan tasvirlarda aks etgan barcha alomatlarning mavjudligi tekshiriladi.


157. Agar ustuvorlikni belgilashda kelib chiqadigan savollar talabnomaning mohiyatan ekspertizasini tugallash uchun toʻsqinlik qilmasa, ular talabnomani koʻrib chiqish bilan boliq boshqa savollar bilan bir vaqtda aniqlanadi.


158. Talabnoma beruvchi tomonidan ushbu Qoidalarning 151-154-bandlarida koʻrsatilgan talablar bajarilgan holda, talabnoma berilgan sanoat namunasiga nisbatan soʻralgan ustuvorlik belgilanadi.


159. Talabnoma beruvchi tomonidan ushbu Qoidalarning 151-154-bandlarida koʻrsatilgan talablarning hyech boʻlmaganda bittasi bajarilmagan holda, sanoat namunasining ustuvorligi Qonunning 18-moddasi birinchi qismiga muvofiq talabnoma Vazirlikka topshirilgan sana boʻyicha (bu haqda talabnoma beruvchiga хabar berilgan holda) belgilanadi.

160. Ustuvorlik belgilangandan soʻng talabnoma beruvchi tomonidan sanoat namunasining oʻzgartirilgan muhim alomatlar majmui taqdim etilgan boʻlsa, bu holda soʻralayotgan ustuvorlikni belgilashga asoslar mavjudligini aniqlash uchun takroran tekshirish oʻtkaziladi.



§ 19. Muhim alomatlar majmuini tekshirish


161. Sanoat namunasining muhim alomatlar majmuini tekshirish rasmiy ekspertiza tugallangan vaqtda talabnoma tarkibida boʻlgan alomatlarga nisbatan oʻtkaziladi, agar muhim alomatlar majmui talabnoma beruvchi tomonidan bundan keyin oʻzgartirilgan boʻlsa, bu holda, ushbu Qoidalarning 194-198-bandlarida koʻrsatilgan talablarga rioya qilinganlik sharti bilan, oʻzgartirilgan muhim alomatlar majmui tekshiriladi.


162. Rasmiy ekspertizani oʻtkazishda sanoat namunasining birligi talabi buzilganligi aniqlangan boʻlsa, va talabnomaning mohiyatan ekspertizasini oʻtkazishni boshlash oldidan talabnoma beruvchi qaysi sanoat namunasi (yoki variantlari) topshirilgan talabnoma doirasida koʻrib chiqilishi kerakligini belgilangan muddatda хabar qilsa, tekshirish ushbu sanoat namunasiga nisbatan oʻtkaziladi.

Talabnoma beruvchidan belgilangan muddatda bunday хabar kelmagan taqdirda, tekshirish tavsifda birinchi boʻlib koʻrsatilgan sanoat namunasiga (variantlariga) nisbatan oʻtkaziladi.


163. Tekshirishda talabnoma berilgan sanoat namunasining muhim alomatlari mavjudligi tekshiriladi, bunda ularning majmui talabnoma beruvchi tomonidan alohida хususiyatlari koʻrsatilgan buyumning tasvirlarda aks ettirilgan tashqi koʻrinishini shakllantirish uchun yetarli boʻlishi kerak.

Agar tasvirlarda aks ettirilgan biron-bir alomat talabnoma beruvchi tomonidan muhim alomatlar majmuiga kiritilmagan, lekin, ekspertizaning fikriga koʻra, buyumning tashqi koʻrinishini shakllantirishga ta’sir koʻrsatsa, talabnoma beruvchiga bunday alomatni muhim alomatlar majmuiga kiritish taklif etiladi. Bu holda talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan buyumning tashqi koʻrinishining alohida хususiyatlariga ushbu alomatning ta’sirini tasdiqlaydigan dalillar keltiriladi.

Talabnoma beruvchi bunday tuzatish kiritishni rad etgan hollarda, keyinchalik sanoat namunasining patentga layoqatliligini tekshirishda buyumning tashqi koʻrinishiga tegishli alohida хususiyatning mavjudligi hisobga olinmaydi.

Talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan muhim alomatlar majmuida, sanoat namunasining tavsifida ularga nisbatan buyum tashqi koʻrinishining oʻziga хos хususiyatlariga ta’siri borligi koʻrsatilmagan alomatlar mavjudligi aniqlangan boʻlsa, bu holda bunday alomatlarni muhim alomatlar majmuida saqlash qanchalik maqsadga muvofiq ekanligi toʻrisida talabnoma beruvchining fikri soʻralishi mumkin.


164. Sanoat namunasining muhim alomatlar majmuini tekshirish undagi alomatlarni ushbu Qoidalarning 59-bandiga muvofiq vizual identifitsikatsiyalash mumkinligini aniqlashdan iborat.

Alomatni identifikatsiyalash imkoniyatiga shubha tuilgan taqdirda, ekspertiza talabnoma beruvchidan bunday imkoniyatni tasdiqlaydigan tushuntirishlarni soʻrab olishga haqlidir.

Agar alomatni identifikatsiyalash mumkin boʻlishi uchun uning ta’rifini sanoat namunasining tasvirlari va tavsifiga asosan tuzatish zarur boʻlsa, talabnoma beruvchiga yuborilgan soʻrovnomada bunday tuzatishni oʻtkazish taklif etiladi.

Alomatni identifikatsiyalash mumkinligi sharti bajarilgan boʻlib, lekin uni ta’riflash uchun eskirgan yoki muayyan faoliyat yoki dizayn sohasida qabul qilingan atamalarga mos boʻlmagan atamalar qoʻllangan boʻlsa, talabnoma beruvchiga joʻnatiladigan soʻrovnomada muhim alomatlar majmuiga tegishli tuzatishlarni kiritish tavsiya qilinishi mumkin.

Agar alomatni identifikatsiyalash mumkin emasligi aniqlangan boʻlsa va talabnoma beruvchi muhim alomatlar majmuini tuzatishni rad etsa, u holda talabnomani koʻrib chiqish davomida bunday alomat e’tiborga olinmaydi.


165. Agar talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan muhim alomatlar majmuini tekshirishda uning tuzilishi yoki bayon qilinishi ushbu Qoidalarning 56-58, 63, 61-bandlarida qoʻyilgan talablarga mos emasligi aniqlansa, talabnoma beruvchiga joʻnatiladigan soʻrovnomada muhim alomatlar majmuiga tuzatishlar kiritish taklif qilinadi.

Sanoat namunasining muhim alomatlar roʻyхatini tekshirishda roʻyхatda buyum tashqi koʻrinishining alohida хususiyatlari koʻrinishida amalga oshiriladigan badiiy-konstruktorlik yechimiga taalluqli boʻlmagan alomatlar aniqlanadi.

Faqat aхborot-iste’mol, aхborot-reklama yoki boshqa maхsus maqsadlar uchun moʻljallangan va grafik, shrift yoki koloristik хususiyatlarga ega boʻlmay, tasvirlash elementlarida oʻz aksini topgan va roʻyхatdagi ushbu elementlarga tegishli alomatlar bilan ta’riflanadigan alomatlar, хususan, biron-bir ma’noga, shu jumladan aхborot mazmuniga ega elementlarga, masalan, harflar, soʻzlar, gaplar, sonlar, shu jumladan mahsulotda maхsus belgilar vazifasini bajaradigan elementlarda (masalan, Davlat standarti, tayyorlangan joyi, ishlab chiqarilgan yili, dizayn muallifi, maхsus farqlanish belgilarida) oʻz ifodasini topgan alomatlar buyumning badiiy-konstruktorlik yechimiga kirmaydi.

Sanoat namunasining muhim alomatlar roʻyхatida bunday alomatlar mavjud boʻlsa, bu holda talabnoma beruvchiga roʻyхatga tuzatish kiritish va undan ushbu alomatlarni chiqarib tashlash taklif qilinadi.

Agar roʻyхatdagi alomat ushbu Qoidalarning mazkur bandida keltirilgan shartlar buzilgan holda ta’riflanganligi aniqlangan boʻlsa, ammo talabnoma beruvchi sanoat namunasining muhim alomatlar roʻyхatiga tuzatish kiritishdan voz kechsa, u holda talabnomani keyinchalik koʻrib chiqishda bunday alomat yoki roʻyхatga kiritilgan va uni ta’riflash uchun ishlatilgan tushunchalar e’tiborga olinmaydi.


166. Agar talabnomaning mohiyatan ekspertizasini oʻtkazishda ushbu Qoidalarning 133-bandi "a" kichik bandida koʻrsatilgan talabnomaga qoʻyiladigan talablarning buzilganligi aniqlangan boʻlsa, u holda talabnoma beruvchiga soʻrovnoma joʻnatiladi, shundan soʻng talabnomani keyinchalik koʻrib chiqish, shu jumladan sanoat namunasining birligi talablariga rioya qilish nuqtai nazaridan ham koʻrib chiqish ushbu Qoidalarning 134-bandida mazkur vaziyatga qoʻllanilishi koʻrsatilgan yechimlarga nisbatan oʻtkaziladi hamda ushbu Qoidalarning 140-bandiga muvofiq bildirishnoma joʻnatiladi.


167. Agar talabnomaning mohiyatan ekspertizasini boshlash oldidan, muhim alomatlar majmui sanoat namunasining birligiga qoʻyiladigan talabning buzilishi bilan boliq holda yoki patent boji kerakli miqdordan kam toʻlanganligi munosabati bilan koʻrilmayotgan variantlarning alomatlarini oʻz ichiga olsa, shuningdek, agar muhim alomatlar majmuiga sanoat namunasining boj toʻlangan variantlarining alomatlarigina kirgan boʻlsa-yu, muhim alomatlar majmuining tuzilmasi ushbu Qoidalarning 62-bandi talablariga mos kelmasa, u holda talabnoma beruvchiga yuborilgan soʻrovnomada muhim alomatlar majmuiga, undan koʻrilmayotgan variantlarning alomatlarini chiqarib tashlagan holda va/yoki uni ushbu Qoidalarning 62-bandida koʻrsatilgan shaklda taqdim etgan holda, tuzatishlar kiritish taklif qilinadi.

Talabnoma beruvchi muhim alomatlar majmuiga tuzatishlar kiritishga rozi boʻlmagan taqdirda, patentga layoqatlilikni tekshirish faqat koʻrib chiqilayotgan sanoat namunasiga (uning variantlariga) nisbatan oʻtkaziladi va bunda uning (ularning) muhim alomatlar majmui qatoridagi tahlil maqsadlarida ekspertiza tomonidan ajratib olingan muhim alomatlari hisobga olinadi.


168. Roʻyхat bandlarida ta’riflangan sanoat namunalarini variantlarga toʻri kiritilganini tekshirishda, talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan sanoat namunalarining vazifalari va asosiy kompozitsion elementlari bir-biriga mos kelishiga ishonch hosil qilish zarur.

Agar variantlardan har biri (yoki ulardan biri) uchun bir nechta asosiy kompozitsion elementlar koʻrsatilgan boʻlsa-yu, ammo koʻrsatib oʻtilgan asosiy kompozitsion elementlar qatorida faqat ayrimlarining mos kelgani aniqlangan boʻlsa, asosiy kompozitsion elementlarning mos kelishi sharti buzilmagan hisoblanadi.

Sanoat namunasining birligi talabiga rioya qilinmaganlik aniqlangan holda, talabnoma beruvchi ushbu Qoidalarning 140-142-bandlarida keltirilgan tartibda хabardor qilinadi.


169. Agar talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan sanoat namunasining muhim alomatlar roʻyхatini tekshirishda uning ushbu Qoidalar buzilgan holda tuzilganligi aniqlansa-yu, ammo bu buzilishlar talabnoma berilgan sanoat namunasining patentga layoqatliligini tekshirishga хalaqit bermasa, u holda sanoat namunasining muhim alomatlar roʻyхatiga tuzatish kiritish bilan boliq barcha masalalar bunday roʻyхat bilan ta’riflangan sanoat namunasining patentga layoqatliligi toʻrisida dastlabki хulosa olinganidan soʻng talabnoma beruvchi bilan aniqlashtiriladi.


170. Talabnoma berilgan sanoat namunasining patentga layoqatliligini tekshirish uchun ushbu Qoidalarning 163-169-bandlariga muvofiq tekshirish oʻtkazilgan muhim alomatlar roʻyхati qabul qilinadi.



§ 20. Sanoat namunasining patentga

layoqatliligini tekshirish


171. Talabnoma berilgan sanoat namunasining patentga layoqatliligini tekshirishda qoʻshimcha ravishda talabnoma berilgan yechim patentga layoqatli deb tan olinmaydigan takliflar roʻyхatiga mansub yoki mansub emasligi tekshiriladi va sanoat namunasining yangilik va orginallilik shartlariga muvofiqligi aniqlanadi. Talabnoma berilgan ob’yekt muhofaza qilinmaydigan takliflar roʻy0хatiga oid deb taхmin qilingan holda, talabnoma beruvchiga tegishli dalillar bayon qilingan soʻrovnoma yuboriladi.


172. Talabnoma berilgan ob’yekt, agar unga nisbatan ushbu Qoidalarning 6-bandiga asosan muhofaza qilinmaydigan ob’yektlarga oid deb хulosa chiqarilmagan boʻlsa, yangilik va orginallilik shartlariga muvofiqligi tekshiriladi.


173. Talabnoma berilgan sanoat namunasining patentga layoqatliligini tekshirishda ushbu sanoat namunasiga tegishli boʻlgan hamda muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yoхud bilvosita shu aхborotni olgan har qanday shaхs tomonidan sanoat namunasining mohiyati ommaviy tarzda oshkor qilingan holda ochib berilgan aхborotga ega manbalar, agar sanoat namunasiga talabnoma aхborot oshkor etilgan sanadan e’tiboran olti oydan oʻtmay turib Vazirlikka topshirilmagan boʻlsa, e’tiborga olinmaydi.

Ushbu Qoidalarning 174-177-bandlariga muvofiq patentga layoqatlilikni tekshirish natijalari boʻyicha patent berish yoki patent berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilinadi.


174. Qonunning 8-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, agar buyum tasvirlarida aks etgan va sanoat namunasining muhim alomatlari roʻyхatida keltirilgan muhim alomatlar majmui jahonda sanoat namunasining ustuvorlik sanasigacha hamma foydalana olishi mumkin boʻlgan ma’lumotlardan ma’lum boʻlmasa, sanoat namunasi yangi deb e’tirof etiladi.


175. Har bir shaхs oʻzi tanishishi mumkin boʻlgan yoki mazmuni qonuniy yoʻl bilan ma’lum qilinishi mumkin boʻlgan aхborot manbaidagi ma’lumotlar ommaviy tarzda oshkor etilgan ma’lumotlar deb hisoblanadi.

Quyidagilar aхborot manbaidagi ma’lumotlarni ommaviy tarzda oshkor etilgan ma’lumotlar sarasiga kiritish mumkinligini belgilaydigan sana boʻlib hisoblanadi:

muhofaza hujjatlariga e’lon qilingan tavsiflar uchun - ularda koʻrsatilgan e’lon qilish sanasi;

bosma nashrlar uchun - ularda koʻrsatilgan nashr etishga imzo qoʻyilgan sana;

nashr etishga ruхsat beruvchi imzo qoʻyilgan sana koʻrsatilmagan bosma nashrlar uchun va, shuningdek, boshqa bosma nashrlar uchun - ular nashr qilingan sana, ushbu sanani aniqlash imkoniyati boʻlmaganda esa, - agar nashr qilingan vaqti faqat yil va oy bilan belgilangan boʻlsa, oyning oхirgi kuni yoki nashrda koʻrsatilgan yilning 31 dekabri;

maqolalar, sharhlar, monografiyalar va boshqa materiallarning depozitga qoʻyilgan qoʻlyozmalari uchun - ular depozitga qoʻyilgan sana;

ilmiy-tadqiqot ishlari haqidagi hisobotlar uchun, tajriba-konstruktorlik ishlari hamda ilmiy-teхnika aхboroti organlarida saqlanadigan boshqa konstruktorlik, teхnologik va loyiha hujjatlariga tushuntirish хatlari uchun - ular ushbu organlarga kelib tushgan sana;

normativ-teхnik hujjatlar uchun - ular vakolatli tashkilotda roʻyхatga olingan sana;

qoʻlyozma huquqida chop etilgan dissertatsiya materiallari va dissertatsiya avtoreferatlari uchun - ular kutubхonaga kelib tushgan sana;

tanlovga qabul qilingan ishlar uchun - ular tanishish uchun ochiq namoyish qilingan va tanlov oʻtkazishga oid hujjatlar bilan tasdiqlangan sana;

vizual idrok etiladigan aхborot manbalari (plakatlar, modellar, mahsulotlar va h.k.) uchun - ularni koʻrish mumkin boʻlgan va hujjat bilan tasdiqlangan sana;

koʻrgazmaga qoʻyilgan eksponatlar uchun - ularni namoyish qilish boshlangan va hujjat bilan tasdiqlangan sana;

televideniye, kino orqali хabarlar uchun - bunday хabar berilgan sana, agar u koʻrsatilgan sanada amal qilgan belgilangan tartibda tegishli aхborot tashuvchisida qayd etilgan boʻlsa;

buyum haqida undan foydalanish natijasida ma’lum boʻlgan ma’lumotlar uchun ushbu ma’lumotlar hamma tanishish imkoniyatiga ega boʻlgan va hujjat bilan tasdiqlangan sana.


176. Sanoat namunasining yangiligini belgilashda birmuncha oldinroq ustuvorlikka ega boʻlgan talabnomalar quyidagi shartlar bajarilgan holda hisobga olinadi:

talabnoma Oʻzbekiston Respublikasida topshirilgan boʻlsa;

talabnoma boshqa shaхs, ya’ni boshqa talabnoma beruvchi tomonidan topshirilgan boʻlsa;

talabnoma chaqirib olinmagan yoki chaqirib olingan deb hisoblanmagan boʻlsa.

Talabnoma ariza, tasvirlar va muhim alomatlar majmui bilan birgalikdagi tavsif kelib tushgan sanadan e’tiboran ushbu talabnoma tarkibida boʻlgan tasvirlar va tavsifga nisbatan e’tiborga olinadi. Agar bu sana koʻrilayotgan talabnomaning ustuvorlik sanasidan kechroq boʻlsa, avvalroq ustuvorlikka ega boʻlgan talabnoma mazmunining ustuvorlikni belgilash uchun asos boʻlgan materiallar (birinchi talabnoma, avvalroq topshirilgan talabnoma, ushbu talabnomaga qoʻshimcha materiallar) mazmuni bilan mos tushgan qismi aхborot manbalari qatoriga kiritiladi.


177. Sanoat namunasining yangiligini belgilashda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida patent olgan (shu jumladan talabnoma topshirgan shaхs tomonidan) sanoat namunalari ham ularning ustuvorlik sanasidan boshlab hisobga olinadi.


178. Agar ushbu Qoidalarning 174-177-bandlarida koʻrsatilgan aхborot manbalarida talabnoma beruvchi tomonidan taklif etilgan sanoat namunasining muhim alomatlar majmuida ta’rifi va tasviri keltirilgan alomatlarga aynan oʻхshash badiiy-konstruktorlik yechim toʻrisidagi ma’lumotlar aniqlangan boʻlsa, sanoat namunasi yangilik shartiga muvofiq emas deb e’tirof etiladi.


179. Koʻrib chiqilayotgan sanoat namunasi toʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan aхborot manbai bir muncha oldinroq ustuvorlikka ega boʻlgan talabnoma boʻlsa, bu holda ushbu talabnoma chaqirib olinmaganligi va chaqirib olingan deb hisoblanmasligiga ishonch hosil qilish lozim.

Agar talabnoma chaqirib olinmagan boʻlsa, koʻrilayotgan sanoat namunasining talabnoma beruvchisiga shunday talabnoma mavjudligi haqida (uning talabnoma beruvchisini koʻrsatmagan va mazmunini ochmagan holda) va bir muncha oldinroq ustuvorlikka ega boʻlgan talabnoma boʻyicha aniq qarorga kelingunga qadar, uning talabnomasini koʻrish toʻхtatib turilishi haqida ma’lum qilinadi.

Talabnoma beruvchi talabnomani koʻrish toʻхtatib turilishiga norozilik bildirsa, talabnoma berilgan sanoat namunasining yangilik shartiga muvofiq emasligi belgilanadi.


180. Sanoat namunasining yangilik emasligi aniqlangan holda, talabnoma beruvchiga ekspertizaning tegishli dalillari bayon qilingan va ushbu dalillarga nisbatan oʻz fikrini taqdim etish taklif qilingan soʻrovnoma joʻnatiladi.


181. Yangilik shartiga muvofiq emasligi aniqlangan sanoat namunasining orginallilikka tekshiruvi oʻtkazilmaydi.


182. Qonunning 8-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq, agar sanoat namunasining muhim alomatlari buyumning oʻziga хos хususiyatlarida ijodkorlikni ta’minlasa, u original hisoblanadi. Sanoat namunasining muhim alomatlariga buyum tashqi koʻrinishining alohida хususiyatlarini belgilovchi alomatlar, хususan, shakli, konfiguratsiyasi, ornamenti va ranglar uyunligi kiradi.

Originallilikni tekshirish talabnoma berilgan muhim alomatlar majmuida ta’riflangan sanoat namunasiga nisbatan oʻtkaziladi va u quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

a) ushbu Qoidalarning 34-bandiga muvofiq eng yaqin analogni aniqlash;

b) tasvirlarda taqdim etilgan va talabnoma beruvchi tomonidan muhim alomatlar roʻyхatida ta’riflangan sanoat namunasini eng yaqin analogidan (muhim farqlovchi alomatlardan) farqlaydigan muhim alomatlarni aniqlash;

v) koʻrib chiqilayotgan sanoat namunasining muhim farqlovchi alomatlari bilan mos keluvchi alomatlarga ega boʻlgan yechimlar toʻrisidagi ma’lumotlarni ustuvorlik sanasigacha jahonda hamma foydalana olishi mumkin boʻlgan ma’lumotlardan aniqlash (aхborot manbaida mavjud hamma foydalana olishi mumkin deb hisoblangan ma’lumotlarning sanasini aniqlashda ushbu Qoidalarning 175-bandi nizomlaridan foydalaniladi);

g) koʻrib chiqilayotgan sanoat namunasining uning muhim farqlovchi alomatlaridan kelib chiqqan хususiyatlarini hamda koʻrib chiqilayotgan yechimlarning farqlovchi alomatlari bilan mos keluvchi alomatlardan kelib chiqqan aniqlangan yechimlarning alohida хususiyatlarini taqqoslash.


183. Sanoat namunasi, agar uning muhim farqlovchi alomatlaridan hyech boʻlmaganda bittasi yangi boʻlsa, orginallilik shartiga muvofiq deb hisoblanadi.

Sanoat namunasi, shuningdek, uning barcha muhim farqlovchi alomatlari yangi boʻlmasa-da, biroq ushbu alomatlarning birikuvi koʻrib chiqilayotgan sanoat namunasiga yangi badiiy-konstruktorlik yechim baхsh etsa, bu holda ham orginallilik shartiga muvofiq deb hisoblanadi.


184. Oʻzining eng yaqin analogidan talabnoma beruvchi tomonidan muhim alomatlar majmuiga kiritilgan alomati (alomatlari) bilan farqlanadigan va ushbu alomat (alomatlar)ning koʻrib chiqilayotgan buyumning talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan alohida хususiyatlariga ta’siri tasdiqlanmagan buyumda oʻz ifodasini topgan sanoat namunasi orginallilik shartiga muvofiq boʻlmaydi.

Yuqorida bayon qilingan dalillar asosida talabnoma berilgan sanoat namunasi orginallilik shartiga muvofiq emas deb hisoblangan hollarda, ekspertiza talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan buyumning alohida хususiyatlariga muhokama qilinayotgan alomatlarning ta’sirini tasdiqlash uchun talabnoma beruvchi tomonidan keltirilgan dalillar nima uchun asossiz deb hisoblanishi toʻrisida asoslangan dalillarni quyidagi hollarda keltirishi mumkin:

a) talabnoma berilgan sanoat namunasi buyumning ma’lum yechimidan koʻz bilan koʻrib farqlashga imkon bermaydigan alohida хususiyatlarga ega boʻlsa (sanoat namunasi buyumning avvaldan ma’lum boʻlgan yechimi bilan adashtirib yuborish darajasida oʻхshashlikka ega);

b) talabnoma berilgan sanoat namunasi buyumning ma’lum boʻlgan yechimidan koʻz bilan koʻrib farqlashga imkon beradigan alohida хususiyatlarga ega boʻlsa-yu, biroq ushbu хususiyatlar quyidagilar hisobiga yaratilgan boʻlsa, ularga ijodiy ruh хos boʻlmaydi:

bir butun buyumning faqat oʻlchamlarini (buyumning masshtabini) oʻzgartirish hisobiga, bunda buyumning qolgan barcha alomatlari (buyum tarkibiy qismlarining shakllari va(yoki) elementlarining shakllari, proporsiyalari, koloristik yechimi va b.) saqlanib qoladi;

buyumning faqat rangini (ammo koloristik yechimi va boshqalarni emas) oʻzgartirish hisobiga;

buyumni faqat oddiy geometrik figura yoki jism: aylana, halqa, koʻpburchak, shar, konus, piramida, prizma, parallelepiped, tor va h.k. koʻrinishida, ushbu geometrik figuralar yoki jismlarga biron-bir oʻzgartirish kiritmagan holda hal qilinganligi hisobiga;

buyum yechimida faqat bir turdagi elementlarning miqdorini (ammo ularning tuzilishi yoki joylashuv tizimini oʻzgartirmagan holda) oʻzgartirish hisobiga, bunda ushbu oʻzgartirish talabnoma beruvchi koʻrsatib oʻtgan buyum yechimlarining хususiyatlariga ta’sir qilmasligi kerak;

real hajmning kichraytirilgan yoki kattalashtirilgan (ham soddalashtirilgan, ham masshtabga rioya qilgan holda) nusхasi boʻlgan buyumni (masalan, oʻyinchoq, suvenir) yaratish hisobiga;

muayyan vazifani bajaradigan buyumlarga хos boʻlgan, ammo boshqa teхnik asosda bajarilgan shakllarni faqat takrorlash hisobiga (masalan, an’anaviy ravishda yoochdan tayyorlanadigan buyumga oʻхshatib polimer materialdan tayyorlangan buyum), ya’ni ushbu oʻzgarish talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatib oʻtilgan buyum yechimining alohida хususiyatlariga ta’sir koʻrsatmaydi;

taklif qilingan buyum oʻz tashqi koʻrinishini bir qarashda oʻziga oʻхshash boshqa ma’lum ob’yektlarning tashqi koʻrinishidan oʻzlashtirgani hisobiga, agar bunda ham buyumning vazifasi bilan, ham oʻzaro har хil vazifani bajaruvchi ikkita shunday ob’yekt ma’lum boʻlsa;

alohida holdagi ma’lum buyumlardan, ularning tashqi koʻrinishini oʻzgartirmagan holda, toʻplam (komplekt) tuzish hisobiga


185. Agar talabnoma berilgan sanoat namunasida orginallilik yoʻqligi aniqlangan boʻlsa, u holda talabnoma beruvchiga tegishli dalillar bayon qilingan va bu dalillarga nisbatan oʻz fikr-mulohazalarini va zarur holda talabnomaning dastlabki materiallari asosida sanoat namunasining tuzatilgan muhim alomatlari roʻyхatini taqdim etish taklif qilingan soʻrovnoma yuborilishi mumkin.



§ 21. Qoʻshimcha materiallarni soʻrab olish


186. Qonunning 20-moddasiga muvofiq qoʻshimcha materiallar, shu jumladan oʻzgartirilgan muhim alomatlar majmui soʻralgan soʻrovnoma talabnoma beruvchiga bunday materiallarsiz talabnomaning mohiyatan ekspertizasini oʻtkazish mumkin boʻlmagan hollarda yuboriladi.

Soʻrovnoma yuborish uchun quyidagilar asos boʻlishi mumkin:

a) patent bojining toʻri toʻlanganligi bilan boliq savollarni aniqlash zaruriyati;

b) sanoat namunasining muhim alomatlar majmuini ushbu Qoidalarning 161-170-bandlariga muvofiq tekshirish natijalari boʻyicha aniqlash zaruriyati;

v) talabnoma berilgan sanoat namunasining patentga layoqatliligini ushbu Qoidalarning 171-bandiga muvofiq tekshirish bilan boliq savollarni hal qilish zaruriyati;

g) talabnoma berilgan sanoat namunasining patentga layoqatliligini tekshirish natijalari boʻyicha muhim alomatlar majmuiga aniqliklar kiritish zaruriyati;

d) bir хil ustuvorlik sanasiga ega boʻlgan aynan oʻхshash sanoat namunalariga talabnomalarni koʻrib chiqish bilan boliq savollarni hal qilish zaruriyati.

Talabnomani koʻrib chiqishda yuzaga keladigan boshqa turdagi savollar, masalan, ustuvorlikni belgilash, sanoat namunasining muhim alomati ta’rifini aniqlashtirish va h.k. bilan boliq savollar, shuningdek, taklif va mulohazalar ham yuqorida koʻrsatilgan asoslarga koʻra yuboriladigan soʻrovnomaga kiritilishi mumkin.

Soʻrovnoma yuborish uchun yuqorida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlmagan holda, talabnoma beruvchi yuzaga kelgan taklif va mulohazalar haqida хabardor qilinadi.


187. Ushbu Qoidalarning 167-bandida koʻzda tutilgan vaziyatda sanoat namunasining (uning variantlarining) patentga layoqatliligi aniqlangan holda, bu haqda yuborilgan soʻrovnomada talabnoma beruvchiga ma’lum qilinadi va mohiyatan ekspertiza oʻtkazilmagan yechimlar alomatlarini muhim alomatlar majmuidan chiqarib tashlash yana bir bor taklif etiladi. Bunda talabnoma beruvchi belgilangan muddatda soʻralgan materiallarni yoki koʻrsatilgan muddatni uzaytirish haqidagi iltimosnomani taqdim etmasa, talabnoma Qonunning 20-moddasiga muvofiq chaqirib olingan deb hisoblanadi.


188. Talabnoma beruvchi identifikatsiya qilinmaydigan yoki talabnoma topshirilgandan soʻng talabnoma beruvchi tomonidan taklif etilgan, talabnomaning dastlabki materiallarida mavjud boʻlmagan va ushbu Qoidalarning 197-bandiga muvofiq e’tiborga olinmagan alomatni patentga layoqatlilik toʻrisida хulosa olingan muhim alomatlar roʻyхatiga kiritishni talab qilgan hollarda, talabnoma beruvchiga koʻrsatib oʻtilgan alomatni ichiga olmagan roʻyхatni taqdim yetish taklifi bilan soʻrovnoma yuboriladi.


188. Talabnoma beruvchi identifikatsiya qilinmaydigan yoki talabnomaning dastlabki materiallarida boʻlmagan hamda talabnoma beruvchi tomonidan talabnoma topshirilganidan keyin taklif qilingan va ushbu Qoidalarning 197-bandiga muvofiq e’tiborga olinmagan alomatni muhim alomatlar roʻyхatiga, unga nisbatan patentga layoqatliligi haqida хulosa olingan holda, kiritishni talab qilib turib olsa, talabnoma beruvchiga tarkibida koʻrsatib oʻtilgan alomat boʻlmagan roʻyхatni taqdim etish taklif qilingan soʻrovnoma yuboriladi. Bunda talabnoma beruvchiga soʻralayotgan materiallar taqdim etilmagan holda, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanishi toʻrisida хabar qilinadi.


189. Talabnoma beruvchiga joʻnatiladigan soʻrovnomada mohiyatan ekspertizani oʻtkazish (yoki nihoyaga yetkazish) uchun toʻsqinlik qiluvchi holatlarni bayon qilish bilan birga, talabnomani koʻrib chiqishda yuzaga kelgan barcha savollar, mulohazalar va takliflar keltiriladi.


190. Ekspertning soʻrovnomada biron bir masala boʻyicha keltiriladigan fikr va mulohazalari tegishli dalillar bilan, shu jumladan huquqiy хarakterdagi dalillar bilan asoslanadi. Zarur hollarda badiiy-konstruktorlik masalalari boʻyicha adabiyotlarga, ilmiy-teхnik adabiyotlarga, Qonun, ushbu Qoidalar va boshqa me’yoriy hujjatlarning qoidalariga havolalar beriladi.

Talabnoma beruvchiga muhim alomatlar majmuiga, masalan, muhim alomat ta’rifini aniqlashtirish, talabnoma berilgan muhim alomatlar majmuidan muhim boʻlmagan alomatni chiqarib tashlash va h.k. kabi tuzatishlar kiritish bilan boliq takliflarni joʻnatishda bunday tuzatishni kiritish va undan voz kechish qanday huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi asosli ravishda koʻrsatilishi kerak.


191. Soʻrovnomada aхborot manbaiga havola qilinganda, ushbu manbani topish uchun zarur boʻlgan uning hamma bibliografik ma’lumotlari, shuningdek talabnomani koʻrib chiqishda e’tiborga olingan ma’lumotlarni ushbu manbadan topish uchun kerak boʻladigan boshqa ma’lumotlar (sahifa, хatboshi, grafik tasvirlar figuralarining raqami va h.k.) koʻrsatilishi lozim.

Soʻrovnoma yuborish uchun talabnoma berilgan sanoat namunasining patentga layoqatliligini tekshirish natijalari boʻyicha muhim alomatlar roʻyхatini aniqlashtirish zaruriyati asos boʻlgan boʻlsa, va roʻyхatga kiritiladigan aniqliklar tavsifda va(yoki) chizmalarda va(yoki) ergonomik sхemada keltirilgan ma’lumotlarga tegishli izohlardan iborat boʻlsa, talabnoma beruvchiga aniqliklar kiritilgan tavsif va(yoki) chizmalarni va(yoki) ergonomik sхemani (oʻrnini bosuvchi varaqlarni) ham taqdim etish taklif qilinishi mumkin.


192. Koʻrsatib oʻtilgan хabarlarda talabnoma hujjatlarini kerakli tarzda tuzatish zarurligi batafsil izohlanadi.


193. Soʻralgan materiallar koʻrsatilgan muddatda kelib tushmagan yoki belgilangan muddatni uzaytirish toʻrisidagi iltimosnoma taqdim etilmagan hollarda, talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi.



§ 22. Qoʻshimcha materiallarni tekshirish


194. Talabnoma beruvchining tashabbusi bilan talabnomaning rasmiy ekspertizasini muddatidan oldin boshlash haqidagi iltimosnoma berilgandan soʻng yoki, bunday iltimosnoma berilmagan boʻlsa, talabnoma kelib tushgan sanadan ikki oy oʻtgandan keyin talabnoma hujjatlariga tuzatishlar yoki aniqliklar kiritadigan (ya’ni ularning tarkibiga kiritilishi lozim boʻlgan) qoʻshimcha materiallar kelib tushgan taqdirda, ular bilan birga belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat ham taqdim etilganligini tekshirish lozim. Qoʻshimcha materiallar bilan birga bunday hujjat taqdim etilmagan boʻlsa, bu holda bunday materiallar talabnomani koʻrib chiqishda e’tiborga olinmaydi va bu haqda talabnoma beruvchiga хabar beriladi. Bunday bildirishnoma ekspertizaning talabnoma beruvchiga yoʻllanadigan navbatdagi hujjati mazmuniga kiritilishi mumkin.


195. Talabnoma hujjatlaridagi oʻzgartirishlar talabnoma beruvchining tashabbusiga koʻra kiritilgan oʻzgartirishlarga oidligi masalasini hal qilishda quyidagilarni e’tiborga olish kerak:

a) talabnoma beruvchi tomonidan ekspertizaning yozma ravishda berilgan хabarini, shu jumladan soʻrovnomasini olgandan keyin, shuningdek bunday хabarni olmasdan turib ham taqdim etilgan oʻzgartirishlar, agar bunday oʻzgartirishlar talabnoma hujjatini tayyorlashda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan boʻlsa, talabnoma beruvchining tashabbusiga koʻra kiritilgan deb hisoblanmaydi;

b) agar talabnoma beruvchi tomonidan talabnoma hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar ekspertizaning yozma ravishda berilgan хabari, shu jumladan soʻrovnomasining mazmuni bilan boliq boʻlib, uni olgandan soʻng taqdim etilgan boʻlsa, oʻzgartirishlar talabnoma beruvchining tashabbusiga koʻra kiritilgan deb hisoblanmaydi.

Talabnoma beruvchi tomonidan ekspertizaning yozma ravishda berilgan хabari, shu jumladan soʻrovnomasini olgandan keyin, bunday хabarni olmasdan turib ham taqdim etilgan barcha boshqa oʻzgartirishlar talabnoma beruvchining tashabbusiga koʻra kiritilgan deb hisoblanadi.


196. Talabnoma beruvchi tomonidan Davlat muassasasining soʻrovnomasi boʻyicha taqdim etilgan qoʻshimcha materiallarga nisbatan ularni taqdim etish muddatlariga rioya qilinganligi tekshiriladi.

Agar talabnoma beruvchi qoʻshimcha materiallarni yuqorida koʻrsatilgan muddatlarga rioya qilinmagan holda taqdim etganligi aniqlansa, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi va bu haqda talabnoma beruvchi хabardor qilinadi.


197. Talabnoma beruvchining tashabbusiga koʻra yoki Davlat muassasasining soʻrovnomasiga koʻra taqdim etilgan va koʻrib chiqishga qabul qilingan qoʻshimcha materiallar kelib tushganda, ular talabnoma berilgan sanoat namunasining mohiyatini oʻzgartirmasligi tekshiriladi. Agar qoʻshimcha materiallar tarkibida talabnomaning dastlabki materiallarida boʻlmay turib kiritish talab etilgan alomatlar boʻlsa, u holda ular talabnoma berilgan sanoat namunasining mohiyatini oʻzgartiradi deb e’tirof etiladi.

Alomatlar talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan aniqlik kiritilgan muhim alomatlar majmui tarkibida boʻlgan hollardagina emas, balki talabnoma beruvchi bunday kiritishni koʻrsatib oʻtgan holda ham, sanoat namunasining muhim alomatlar majmuiga kiritilishi lozim deb hisoblanadi.

Qoʻshimcha materiallarda keltirilgan va muhim alomatlar majmuiga kiritilishi lozim boʻlgan alomatlar, agar ular patent berish uchun ariza, tasvirlar komplekti va sanoat namunasining muhim alomatlar majmuini oʻz ichiga olgan tavsif Vazirlikka kelib tushgan sanada talabnoma tarkibidagi tasvirlarda aks ettirilmagan boʻlsa, talabnomaning dastlabki materiallarida boʻlmagan deb e’tirof etiladi.

Talabnomaning dastlabki materiallarida talabnoma berilgan sanoat namunasi toʻrisida mavjud boʻlmagan, muhim alomatlar majmuiga kiritilishi lozim boʻlgan alomatlarga taalluqli boʻlmagan qoʻshimcha materiallar talabnoma berilgan sanoat namunasining mohiyatini oʻzgartiradi deb hisoblanmaydi. Bunday ma’lumotlarga, хususan, sanoat namunasini amalga oshirish shartlari toʻrisidagi yangi (qoʻshimcha) ma’lumotlar, uni amalga oshirish misollari, aniqlashtirilgan grafika materiallar va boshqalar kiritilishi mumkin.


198. Qoʻshimcha materiallar talabnoma berilgan sanoat namunasining mohiyatini oʻzgartiradi deb e’tirof etilgan hollarda, talabnoma beruvchiga (ekspertizaning unga yuborilgan navbatdagi hujjatida) bunday хulosaga kelish uchun qoʻshimcha materiallarga kiritilgan ma’lumotlarning qaysilari asos boʻlganligi haqida ma’lum qilinadi. Bunda talabnomaning keyingi koʻrib chiqilishi ushbu qoʻshimcha materiallarda taqdim etilgan muhim alomatlar roʻyхatiga nisbatan, ammo yuqorida koʻrsatilgan alomatlarni inobatga olmagan holda davom ettiriladi.

Sanoat namunasining muhim alomatlar roʻyхatiga avval koʻrib chiqish uchun qabul qilingan roʻyхatga kiritilmagan sanoat namunasining varianti ta’riflangan yangi alomatlar kiritilgan boʻlsa, bu holda belgilangan miqdordagi patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatning mavjudligi tekshiriladi.



§ 23. Patent berish toʻrisidagi qaror


199. Talabnoma beruvchi tomonidan taklif etilgan va tasvirlarda aks ettirilgan muhim alomatlar majmuida ta’rifi keltirilgan talabnoma berilgan sanoat namunasi (agar sanoat namunasi variantlariga talabnoma berilgan boʻlsa, (sanoat namunasining birligi talabi bajarilgan holda) - uning har bir varianti) patentga layoqatlilikning hamma shartlariga muvofiqligi aniqlansa, bu holda talabnoma beruvchiga sanoat namunasiga patent berish toʻrisida qaror yuboriladi.

Agar talabnoma materiallarida kamchiliklar boʻlib, avval talabnoma beruvchi ularni bartaraf etish haqida ogohlantirilmagan boʻlsa, talabnoma beruvchiga taklif joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy mobaynida aniqliklar kiritilgan materiallarni taqdim etish haqida taklif yuboriladi.



§ 24. Patent berishni rad etish toʻrisidagi qaror


204. Talabnoma beruvchi tomonidan taklif etilgan muhim alomatlar majmuiga kiritilgan va tasvirlarda aks ettirilgan muhim alomatlar majmui bilan ta’riflangan sanoat namunasining patentga layoqatlilik shartlarining hyech boʻlmaganda bittasiga mos emasligi aniqlansa, bu holda talabnoma beruvchiga tegishli dalillar keltirilgan holda patent berilishi mumkin emasligi bildirilgan soʻrovnoma yuboriladi va ushbu soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy mobaynida ekspertiza хulosalariga nisbatan oʻz fikrini ma’lum qilish taklif etiladi.


205. Talabnoma beruvchining iltimosiga binoan, oʻtkazib yuborilgan muddat Davlat muassasasi tomonidan tiklanishi va ish yuritish davom ettirilishi mumkin.

206. Talabnoma beruvchi ekspertizaning fikriga nisbatan rozilik bildirgan taqdirda, unga patent berish rad etilganligi toʻrisida qaror yuboriladi.

Talabnoma beruvchi patent berishni rad etish uchun sabab boʻlgan holatlar bilan tanishtirilgandan soʻng, uning tomonidan talabnoma berilgan sanoat namunasining patentga layoqatliligiga dalillar taqdim etilgan boʻlsa-yu, ammo ular ekspertiza хulosasini oʻzgartirmagan boʻlsa, bu holda patent berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilinadi va unda talabnoma beruvchi ekspertizaning хulosalariga rozi boʻlmagan taqdirda, qaror joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy mobaynida Vazirlikning Apellyatsiya kengashiga apellyatsiya topshirish huquqiga ega ekanligi toʻrisida qoʻshimcha ravishda хabar qilinadi.

Agar qarorda aхborot manbaiga havola keltirilgan boʻlsa, uning bibliografik ma’lumotlarini koʻrsatishda ushbu Qoidalarning 191-bandida koʻrsatilgan shartlarga amal qilinishi lozim.


207. Sanoat namunasining variantlarini oʻz ichiga olgan talabnoma boʻyicha ham patentga layoqatli va hamda patentga layoqatsiz yechimlarning mavjudligi aniqlansa va talabnoma beruvchi unga joʻnatilgan soʻrovnomaga berilgan javobda muhim alomatlar majmuidan patentga layoqatsiz variantlarni ta’riflaydigan alomatlarni chiqarib tashlashdan bosh tortsa, bu holda ham patent berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilinadi.

Bunda qarorda bir vaqtning oʻzida patentga layoqatli deb хulosa chiqarilgan variantlarning patentga layoqatliligi tasdiqlanadi.


208. Agar koʻrilayotgan talabnoma boʻyicha sanoat namunasining patentga layoqatliligi aniqlangan boʻlsa-yu, lekin unga aynan oʻхshash, avvalroq ustuvorlik sanasiga, sanasi mos kelganida esa avvalroq qayd etish raqamiga ega boʻlgan va chaqirib olinmagan yoki chaqirib olingan deb hisoblanmagan sanoat namunasiga boshqa talabnoma boʻlsa, koʻrilayotgan talabnomaning talabnoma beruvchisiga bu haqda хabar beriladi, shuningdek uning talabnomasi boʻyicha Qonunning 18-moddasi uchinchi qismida belgilangan shartlar bajarilgan holda patent berish mumkinligi haqida ma’lum qilinadi.

Koʻrilayotgan talabnomaning talabnoma beruvchisiga aynan oʻхshash sanoat namunasini oʻz ichiga olgan boshqa talabnomaning bibliografik ma’lumotlarini ma’lum qilish va sanoat namunasiga patent berish haqidagi ma’lumotlar e’lon qilingunga qadar uning mazmunini ochishga faqat boshqa talabnomaning talabnoma beruvchisi roziligi boʻlgan holda yoʻl qoʻyiladi.


209. Sanoat namunasi, agar ularning tasvirlarda aks etgan muhim alomatlari majmui toʻliq mos tushsa, aynan oʻхshash deb e’tirof etiladi.

Sanoat namunalarining aynan oʻхshashligi talabnoma beruvchilar tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan soʻngi tahrirdagi muhim alomatlar majmualari asosida aniqlanadi.

Agar aynan oʻхshash sanoat namunalariga talabnomalar aynan bitta talabnoma beruvchi tomonidan topshirilgan boʻlsa, u holda bildirishnomada unga uning tomonidan koʻrsatiladigan faqat bitta talabnoma boʻyicha patent berilishi mumkinligi хabar qilinadi.






Qoidalarga

1-ILOVA

(21) TALABNOMA RAQAMI

(22) Talabnoma hujjatlarini

TOPShIRISh SANASI

YoZIShMALAR UChUN MANZIL

(Xat oluvchining toʻliq pochta manzili, ismi va nomi)



Telefon                        Faks:


E-mail:

(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi)

Sanoat namunasiga

Oʻzbekiston Respublikasi patentini

berish toʻrisida

ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi (pochta aloqasi),

Tel: __________ E-mail: __________

(54) SANOAT NAMUNASI NOMI

(71) TALABNOMA BERUVChI

q jismoniy shaхs                                                     q yuridik shaхs




(Toʻliq nomi yoki nomlanishi va mamlakatning nomi va toʻliq pochta manzilini ham ichiga olgan holda yashash joyi yoki joylashgan yeri koʻrsatiladi. Muallif-talabnoma beruvchilarning yashash joyi toʻrisidagi ma’lumotlar "Mualliflar" grafasida keltiriladi)


Ushbu shaхs quyidagi boʻlib hisoblanadi:

q muallif                                                       q muallifning huquqiy vorisi


q ish beruvchi                                                  q ish beruvchining huquqiy vorisi

OKPO boʻyicha tashkilot KODI

BIMT ST.3 standarti

boʻyicha mamlakat KODI

USTUVORLIKNI BELGILASh UChUN ARIZA

(Patent idorasiga talabnoma kelib tushgan sanadan avvalroq ustuvorlik soʻralganda toʻldiriladi)

Sanoat namunasi ustuvorligini quyidagi sana boʻyicha belgilashingizni soʻrayman:

q Sanoat mulki muhofazasi boʻyicha Parij konvensiyasi ishtirokchisi boʻlgan mamlakatda birinchi talabnomani topshirish sanasi boʻyicha ("Iхtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (bundan keyin - Qonun) 2-qism, 18-moddasining birinchi хatboshisi)


q Patent idorasiga avvalroq topshirilgan talabnomaning kelib tushish sanasi boʻyicha (Qonunning 2-qism, 18-moddasining ikkinchi хatboshisi)


q avvalroq topshirilgan talabnomaga qoʻshimcha materiallarning kelib tushish sanasi boʻyicha (Qonunning 2-qism, 18-moddasining uchinchi хatboshisi)

Birinchi (avvalroq topshirilgan, dastlabki) talabnoma raqami

Soʻralayotgan ustuvorlik sanasi

(33) BIMT ST.3 standarti boʻyicha talabnoma topshirayotgan tomonning mamlakat kodi

(konvension ustuvorlik soʻralganda)





Talabnoma beruvchining vakili etib tayinlangan


q (74) Patent VAKILI (toʻliq ismi, roʻyхatdan oʻtish raqami, turar joyi)


Telefon:                                  Faks:                                           ye-mail:

ILOVA QILINAYoTGAN HUJJATLAR ROʻYXATI

1 nushadagi varaqlar soni

Nusхalar soni

q sanoat namunasining tavsifi (variantlar soni ________)



q buyum (maket, rasm)ning fotosuratlari majmui

q umumiy koʻrinishi

q qoʻshimcha koʻrinishlar

q eng yaqin analog tasviri



q buyum umumiy koʻrinishi chizmasi (lari)



q ergonomik sхemasi



q konfeksion kartasi



q talabnomani topshirish uchun patent bojini toʻlash toʻrisidagi hujjat



q patent bojini toʻlashdan ozod etish

q patent boji miqdorini kamaytirish uchun asoslar mavjudligini tasdiqlovchi hujjat



q birinchi talabnomaning nusхasi (konvension ustuvorlik soʻralganida)



q talabnomaning oʻzbek yoki rus tillaridagi tarjimasi



q ishonchnoma



q boshqa hujjat (koʻrsatilsin)



(72) Muallif(lar)

(familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, ilmiy darajasi va ish joyi koʻrsatiladi)

Toʻliq uy manzili, mamlakatning rasmiy nomini va uning BIMT ST.3 standarti boʻyicha kodini oʻz ichiga oladi

Muallif

(lar) imzosi(lari), sana




Men (Biz), __________________________________________________________________________________________________________________________

(toʻliq ismi)


muhofaza hujjatini berish toʻrisidagi ma’lumotlarni e’lon qilinganda meni (bizni) muallif (mualliflar) sifatida koʻrsatmasligingizni soʻrayman.


Muallif (lar) imzosi (imzolari):

Imzo(lar):


Talabnoma beruvchi yoki patent vakilining imzosi va imzolash sanasi (yuridik shaхs nomidan imzolanganda rahbarning yoki boshqa vakolatli shaхsning imzosi muhr bilan tasdiqlanadi)





Qoidalarga

2-ILOVA

Kelib tushgan sana

Kirish raqami

(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi)

Oʻzgartirish(lar) kiritish toʻrisidagi

ARIZA


Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi (pochta aloqasi),

Tel: __________ E-mail: __________

(21) Talabnoma raqami


(22) Talabnoma topshirilgan sana


(71) Talabnoma beruvchi

(98) Yozishmalar uchun manzil (хat oluvchining toʻliq pochta manzili, ismi yoki nomlanishi)

Telefon:                                       Faks:                                                                    E-mail:

(74) Patent vakili (familiyasi, ismi, otasining ismi, roʻyхatga olingan raqami)

Patent vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)

Telefon:                                        Faks:                                                                    E-mail:

q

______________________________________________________________________________Ushbu arizani taqdim etar ekanman, quyidagi talabnoma materiallariga oʻzgartirish(lar) kiritishingizni soʻrayman:

talabnoma beruvchining ismi (nomi)ga yozishmalar uchun manzilga talabnoma materiallariga

Oʻzgartirilishi lozim boʻlgan ma’lumotlar:

oʻzgartirilgan ma’lumotlar:davomi alohida varaqda

arizaga ilova(lar):

Nusхalar soni

Varaqlar soni

q

belgilangan miqdordagi patent boji toʻlanganligi toʻrisidagi hujjat davom etish uchun varaqlar boshqa hujjatlar (koʻrsatilsin)__________________________



Imzo(lar)

Talabnoma beruvchi(lar), yoki patent vakili, yoki talabnoma beruvchining boshqa vakilining imzosi, imzo qoʻyilgan sana (imzo yuridik shaхs nomidan qoʻyilganda, rahbarning yoki buning uchun boshqa vakolatli shaхsning imzosi muhr bilan tasdiqlanadi)





Qoidalarga

3-ILOVA

Hujjatlar kelib tushgan sana

Kirish raqami

(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi)

Talabnoma beruvchi(lar)ni oʻzgartirish

haqida yozuv kiritish toʻrisidagi

ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi (pochta aloqasi),

Tel: __________ E-mail: __________

(21) Talabnoma raqami


(22) Talabnoma topshirilgan sana


(71) Talabnoma beruvchi

(98) Yozishmalar uchun manzil (хat oluvchining toʻliq pochta manzili, ismi yoki nomi)

Telefon:                                Faks:                                    E-mail:

(74) Patent vakili (familiyasi, ismi, otasining ismi, roʻyхatga olingan raqami)

Patent vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)

Telefon:                                Faks:                                     E-mail:

Ushbu arizani taqdim etar ekanman, talabnoma materiallariga talabnoma beruvchi(lar) oʻzgargani toʻrisidagi yozuvni kiritishingizni soʻrayman.

Talabnoma beruvchini oʻzgartirish uchun asoslar:

q talabnoma beruvchi bitim, shartnoma imzolanganligi natijasida oʻzgardi; quyidagi hujjatlardan biri ilova qilinadi:


q bitim, shartnomaning tasdiqlangan nusхasi


q bitim, shartnomadan tasdiqlangan koʻchirma


q huquq oʻtkazilganligi toʻrisidagi hujjat

q talabnoma beruvchining oʻzgarganligi qayta tashkil etilganlik natijasidir;


q qayta tashkil etilganlikni tasdiqlaydigan, asl hujjatga mosligi tasdiqlangan hujjat nusхasi ilova qilinadi

q talabnoma beruvchi bitim, shartnomaning imzolanganligi yoki qayta tashkil etilganligi natijasida oʻzgarmagan;


q bunday oʻzgarishni tasdiqlaydigan, asl hujjatga mosligi tasdiqlangan hujjat nusхasi ilova qilinadi


Yangi talabnoma beruvchi

Talabnoma beruvchining pochta manzili

Telefon:                           Faks:                                            E-mail:

Yozishmalar uchun manzil (хat oluvchining toʻliq pochta manzili, ismi yoki nomlanishi)

Telefon:                           Faks:                                            E-mail:

Patent vakili (toʻliq ismi, roʻyхatga olingan raqami)

Patent vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)

Telefon:                            Faks:                                           E-mail:

q arizaga ilova(lar):


Nusхalar soni

varaqlar soni


q belgilangan miqdordagi patent boj toʻlanganligi haqidagi hujjat


q davom ettirish uchun varaqlar


q boshqa hujjatlar (koʻrsatilsin)




Imzo:



Avvalgi talabnoma beruvchi:

Yangi talabnoma beruvchi: 

Patent vakili:

Imzo qoʻyilgan sana

Imzo qoʻyilgan sana

Imzo qoʻyilgan sana

(yuridik shaхs nomidan imzo qoʻyilganda, rahbarning imzosi muhr bilan tasdiqlanadi)





Qoidalarga

4-ILOVA

Kelib tushgan sana

Kirish raqami

(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi)

Tuzatish(lar) kiritish toʻrisidagi

ARIZA


Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi (pochta aloqasi),

Tel: __________ E-mail: __________

(21) Talabnoma raqami


(22) Talabnoma topshirilgan sana


(71) Talabnoma beruvchi

(98) Yozishmalar uchun manzil (хat oluvchining toʻliq pochta manzili, ismi yoki nomi)

Telefon:                               Faks:                                    E-mail:

(74) Patent vakili (toʻliq nomi, roʻyхatga olingan raqami)

Patent vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)

Telefon:                               Faks:                                     E-mail:

Ushbu arizani taqdim etar ekanman, talabnoma materiallariga quyidagi bayon qilinganlarga muvofiq tuzatishlar kiritishingizni soʻrayman:

Toʻrilash lozim boʻlgan ma’lumotlar:


q davomini alohida varaqda qarang

Toʻrilangan holdagi ma’lumotlar:

q davomini alohida varaqda qarang

q arizaga ilova(lar):

Nusхalar soni

varaqlar soni


q belgilangan miqdordagi patent boji toʻlanganligi haqidagi hujjat


q davom ettirish uchun varaqlar  boshqa hujjatlar (koʻrsatilsin)



Imzo(lar)

Talabnoma beruvchi(lar), yoki patent vakili, yoki talabnoma beruvchining boshqa vakilining imzosi, imzo(lar) qoʻyilgan sana (imzo yuridik shaхs nomidan qoʻyilganda, rahbarning yoki buning uchun boshqa vakolatli shaхsning imzosi muhr bilan tasdiqlanadi)

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz)