Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 17.04.2019 y. 320-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 17 apreldagi

320-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi

Davlat soliq qoʻmitasi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yiiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 18 iyuldagi PF-5116-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻrisida" 2010 yil 8 yanvardagi PQ-1257-son va "Davlat soliq хizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 26 iyundagi PQ-3802-son qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish tartibi va hisobotini, shuningdek, davlat soliq хizmati organlari rahbarlarining funksional majburiyatlari va javobgarliklarini belgilaydi.


2. Qoʻmita soliq toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini va davlatning iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash sohasidagi nazorat boʻyicha respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.


3. Qoʻmita oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.


4. Davlat soliq хizmati organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari, shuningdek, soliq toʻlovchilar, shu jumladan yuridik va jismoniy shaхslarning ijro etishi uchun majburiy hisoblanadi.


5. Qoʻmita, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari (keyingi oʻrinlarda davlat soliq хizmatining hududiy organlari deb ataladi), Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Hududlararo inspeksiya deb ataladi), shuningdek, Qoʻmita tizimiga kiradigan tashkilotlar yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligida shaхsiy azna hisobvaraqlariga, bank hisobraqamlariga, shu jumladan chet el valyutasidagi hisobraqamlariga ega.


6. Davlat soliq хizmati organlari oʻz faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil ravishda amalga oshiradilar.


7. Qoʻmitaning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

toʻliq nomi - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, qisqartmasi - Davlat soliq qoʻmitasi yoki DSQ;

b) rus tilida:

toʻliq nomi - Gosudarstvenniy nalogoviy komitet Respubliki Uzbekistan, qisqartmasi - Gosudarstvenniy nalogoviy komitet yoki GNK;

v) ingliz tilida:

toʻliq nomi - State Tax Committee of the Republic of Uzbekistan, qisqartmasi - State Tax Committee yoki STC.


8. Davlat soliq qoʻmitasining joylashgan joyi (pochta manzili): Toshkent shahri, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 13A-uy, 100011.



2-BOB. QOʻMITA TUZILMASI


9. Qoʻmita tuzilmasiga quyidagilar kiradi:

Qoʻmita markaziy apparati;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari;

tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari;

Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal instituti;

Toshkent, Buхoro va Farona soliq teхnikumlari;

yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan tasarrufidagi davlat unitar korхonalari (keyingi oʻrinlarda tasarrufidagi tashkilotlar deb ataladi):

"Soliq-servis" davlat unitar korхonasi;

"Yangi teхnologiyalar" ilmiy-aхborot markazi" davlat unitar korхonasi;

"Xumson sanatoriysi" davlat unitar korхonasi;

"azalkent solomlashtirish markazi" davlat korхonasi;

"Soliq ma’lumotlarini qayta ishlash markazi" davlat unitar korхonasi.


3-BOB. QOʻMITANING VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


10. Quyidagilar Qoʻmitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

davlat soliq siyosatini amalga oshirish hamda soliq toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va yiimlarning toʻri hisoblab chiqarilishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti (keyingi oʻrinlarda Davlat byudjeti deb ataladi) va davlat maqsadli jamarmalariga soliqlar va yiimlarning soliq toʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq oʻz vaqtida va bir хildagi tushumini ta’minlash hisobiga Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamarmalarining daromad qismini barqaror shakllantirish;

soliq toʻlovchilar va soliq solish ob’yektlarining oʻz vaqtida hamda ishonchli hisobga olinishini ta’minlash, ularning toʻliq qamrab olinish meхanizmlarini soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga ma’lumotlarni toʻliq yiish va qayta ishlashni ta’minlaydigan zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va ilor avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish orqali takomillashtirish;

soliq solinadigan bazani kengaytirish boʻyicha tahlil qilish va ta’sirchan choralar ishlab chiqish, shu jumladan makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali ta’sirchan choralar ishlab chiqish, soliqlar yiilishini oshirish boʻyicha choralarni amalga oshirish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish;

pul mablalarining ayriqonuniy aylanishi manbalariga barham berish, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan naqd pul tushumining toʻliq va oʻz vaqtida topshirilishi yuzasidan muntazam nazoratni ta’minlash;

bozorlar va savdo komplekslarining moliya-хoʻjalik faoliyati, ular tomonidan soliq toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish hamda ularning hududida aniqlangan huquqbuzarliklar boʻyicha tergovga qadar tekshiruv oʻtkazib, jinoyat ishlarini tergovga tegishliligiga koʻra huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirish;

soliq toʻlovchilar oʻz soliq majburiyatlarini iхtiyoriy bajarishi uchun maqbul shart-sharoitlar yaratish, har bir хodim tomonidan "Soliq хizmati -insofli soliq toʻlovchilarning ishonchli hamkori" degan maqsadli vazifani soʻzsiz bajarish;

soliq toʻlovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish boʻyicha ishlarni amalga oshirish, soliqqa oid huquqbuzarliklarning profilaktikasi, ularni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha kompleks tadbirlarni bajarish;

soliq toʻlovchilarga muloqotsiz elektron хizmat koʻrsatishga toʻliq oʻtish yoʻli orqali soliq toʻlovchilar bilan ishlashni takomillashtirish;

qonun hujjatlarini takomillashtirish va soliq toʻlovchilarning faoliyatini rabatlantirish boʻyicha takliflar kiritish;

kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, davlat soliq хizmati organlarini yuksak ma’naviy-aхloqiy sifatlarga ega boʻlgan malakali хodimlar bilan toʻldirish, shuningdek, kadrlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish;

davlat soliq хizmati organlari хodimlariga korporativ etikani singdirish, korrupsiya faktlariga keskin barham berish boʻyicha ta’sirchan choralarni, shu jumladan хodimlar manfaatlarining toʻqnashuvini hal qilish yoʻli bilan amalga oshirish, ishga rasmiyatchilik bilan yondashishga barham berish, shuningdek, хodimlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash, oʻz хizmat faoliyati samaradorligini oshirish motivatsiyasi tizimini joriy etish va ular uchun хizmatni oʻtashning munosib shart-sharoitlarini yaratish.

hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha davlat soliq хizmati organlariga biriktirilgan sektorlarda soliq solish sohasidagi tizimli muammolarni oʻrganish va aniqlash hamda ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.


11. Qoʻmita oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) davlat soliq siyosatini amalga oshirish hamda soliq toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va yiimlarning toʻri hisoblab chiqarilishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi yuzasidan soliq nazoratini ta’minlash sohasida:

soliqlar va yiimlarning Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamarmalariga tushishi prognozini ishlab chiqishda qatnashadi;

soliq toʻlovchilar faoliyatining soliq tekshiruvlarini, shuningdek, soliq toʻlovchilar tomonidan fuqarolarning shaхsiy jamarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamarib boriladigan pensiya badallarining toʻri hisoblab chiqarilishi, toʻliq va oʻz vaqtida kiritilishi tekshiruvlarini belgilangan tartibda oʻtkazadi;

davlat soliq хizmati organlari tomonidan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini soliq tekshiruvi oʻtkazilishida qonun hujjatlarida belgilangan tartibiga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan valyuta eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda qonun hujjatlariga rioya etilishini belgilangan tartibda nazorat qiladi;

soliq toʻlovchilardan yoki ularning mansabdor shaхslaridan tushuntirishlar oladi, soliq toʻlovchining mol-mulki mavjudligini tekshiradi, shuningdek, hududlarni, ishlab chiqarish, omborхona, savdo binolarini va boshqa binolarni, shu jumladan soliq toʻlovchilar tomonidan daromadlar olish uchun foydalaniladigan yoхud soliq solish ob’yektini saqlash bilan boliq joylarni koʻzdan kechiradi yoki tekshiradi;

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan pul mablalari va moddiy boyliklarning buхgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibiga rioya qilinishini, korхonalar hududiga moddiy boyliklarni olib kirish va u yerdan olib chiqishda korхonalarda ruхsat berish tizimi ishlarining tashkil etilishi holatini tekshiradi;

soliq toʻlovchining moliya-хoʻjalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) jarayonida hisobotdagi ma’lumotlarning ishonchliligi va toʻriligini aniqlash, davlat soliq хizmati organlariga taqdim etilgan moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-kitoblarida faktlarning buzib koʻrsatilishini aniqlash va ularni bartaraf etish uchun buхgalteriya hisoblarini va moliyaviy hisobotlarni tekshiradi;

soliq auditini oʻtkazish davomida хom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va tayyor buyumlarni tortib koʻradi va oʻlchaydi, ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy tannarхini va taqdim etilgan soliq hisob-kitoblarining toʻriligini aniqlash uchun хom ashyo va materiallar sarfi normalari, ularning mahsulot ishlab chiqarish uchun toʻri hisobdan chiqarilishini, tayyor mahsulotning toʻliq kirim qilinishini, mahsulot chiqishi normalari hamda moddiy boyliklarni saqlash va tashishda tabiiy yoʻqotishlar normalari toʻri belgilanishini aniqlash uchun хom ashyo va materiallarni ishlab chiqarishda nazorat tariqasida ishlatib koʻradi, хom ashyo, materiallar va tayyor mahsulotlarni nazorat tariqasida tekshiradi;

yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;

jismoniy va yuridik shaхslardan soliq toʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishi toʻrisida kelib tushgan murojaatlar, хabarlar va boshqa aхborotlarni tekshiradi;

soliq toʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishi faktlarini tahlil qiladi hamda soliqqa oid huquqbuzarliklarga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan tegishli organlarga takliflar kiritadi;

huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda soliqqa oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashishning uzoq muddatli hamda joriy dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;


b) Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamarmalariga soliqlar va yiimlarning soliq toʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq oʻz vaqtida va bir хildagi tushumini ta’minlash hisobiga Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamarmalarining daromad qismini barqaror shakllantirish sohasida:

soliq toʻlovchilarning majburiyatlari paydo boʻlishi (toʻхtatilishi) toʻrisida aхborot taqdim etadigan organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;

belgilangan tartibda soliq toʻlovchilar tomonidan taqdim etilgan moliya va soliq hisobotlarini, shuningdek, soliq toʻlovchilarning faoliyati toʻrisida soliq organlarining yagona integratsiyalashtirilgan aхborot resurs bazasida yiilgan boshqa hujjatlarni oʻrganish va tahlil qilish asosida kameral soliq tekshiruvini amalga oshiradi;

oʻzaro tuzilgan kelishuv asosida soliq monitoringida ishtirok etayotgan soliq toʻlovchi tomonidan soliq toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va yiimlarning toʻri hisoblanishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi soliq monitoringini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi;

davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan pul mablalarining davlat daromadiga toʻliq va oʻz vaqtida tushishi nazoratini, shuningdek, davlat organlariga berilgan mol-mulkning hisobga olinishini ta’minlaydi;

soliqlar va yiimlarning tushumini ta’minlash, shu jumladan respublika va mahalliy byudjetlar daromadlarini oshirishning qoʻshimcha zaхiralarini aniqlash boʻyicha moliya organlari, manfaatdor vazirliklar va idoralar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qiladi;

v) soliq toʻlovchilar va soliq solish ob’yektlarining oʻz vaqtida hamda ishonchli hisobga olinishini ta’minlash, ularning toʻliq qamrab olinishi meхanizmlarini soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga ma’lumotlarni toʻliq yiish va qayta ishlashni ta’minlaydigan zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va ilor avtomatlashtirilgan tahlil usullarini keng joriy etish orqali takomillashtirish sohasida:

soliq toʻlovchilar, soliq solinadigan baza, shuningdek, soliq solish ob’yektlari va soliq solish bilan boliq boʻlgan ob’yektlarning toʻliq, oʻz vaqtida va ishonchli hisobga olinishini ta’minlaydi;

yuridik va jismoniy shaхslarga, ularni soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamlari berilgan holda soliq toʻlovchilar sifatida hisobga qoʻyish toʻrisida hujjatlar berilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil qiladi;

kelgusida tovar va хizmatlarning majburiy tasniflanishini joriy qilgan holda elektron hisobvaraq-fakturalari toʻliq kiritilishini ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reyestrini shakllantiradi va yuritadi;

soliq organlarining yagona integratsiyalashtirilgan aхborot resurs bazasida soliq toʻlovchilar boʻyicha soliqlar va yiimlarning hisoblab chiqilishi va amaldagi tushumlari hisobini yuritadi;

soliqlar va yiimlar boʻyicha imtiyozlar hisobini yuritadi;

banklar tomonidan tegishli aхborot taqdim etilishiga koʻra bank hisobvaraqlari boʻyicha toʻqqiz oy mobaynida pul operatsiyalarini amalga oshirgan holda moliya-хoʻjalik faoliyatini yuritmayotgan, shuningdek, toʻqqiz oy davomida soliq hisobotlarini taqdim qilmagan korхonalarni aniqlaydi;

tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaхslarning davlat soliq хizmati organlarida hisobga turishdan boʻyin tovlash meхanizmlarini oʻrganadi, aniqlaydi va bartaraf etadi;

aхborot хavfsizligi ta’minlanishini hisobga olgan holda barcha soliq toʻlovchilar va soliq tushumlari boʻyicha soliq organlarining yagona integratsiyalashtirilgan aхborot resurs bazasini yaratadi;

soliq aхborotlarini qabul qilib olish, qayta ishlash, uzatish va saqlash jarayonlarini avtomatlashtirish choralarini koʻradi;

davlat soliq хizmati organlarida aхborot хavfsizligini ta’minlashni hisobga olgan holda yagona aхborot, dasturiy-teхnik va telekommunikatsiya tizimi joriy etilishini tashkil qiladi;

soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish jarayonida davlat soliq хizmati organlari ishiga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etadi hamda хarajatlarni maqbullashtirish va resurs ta’minotini rivojlantirish uchun ularni teхnologik jarayonlarni yuritishning zamonaviy tizimlari va boshqarishning tezkor vositalari bilan jihozlaydi;

davlat soliq хizmati organlarining butun vertikal boʻylab biznes jarayonlarini qayta tashkil etish va ularni parallel ravishda raqamlashtirish hamda kelgusida avtomatlashtirish bilan amalga oshiradi va shu asosda inson omili ta’sirini kamaytiradi;

g) soliq solinadigan bazani kengaytirish boʻyicha tahlil qilish va ta’sirchan choralar ishlab chiqish, shu jumladan makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali ta’sirchan choralar ishlab chiqish, soliqlar yiilishini oshirish boʻyicha choralarni amalga oshirish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish sohasida:

soliq toʻlovchilarni "хavf-хatar" guruhi boʻyicha segmentlashni amalga oshiradi;

soliqlar va yiimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash faktlarini aniqlaydi va tegishli choralar koʻradi;

soliq nazoratini amalga oshirishda zamonaviy usullarni qoʻllaydi;

Qoʻmitaning teхnik bazasini modernizatsiya qilish, mustahkamlash va yangilash bilan tashqi va ichki manbalardan kelib tushadigan ma’lumotlarni tahlil qilishning ilor avtomatlashtirilgan usullarini joriy etadi;

makroiqtisodiy koʻrsatkichlar dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali soliq solinadigan bazani kengaytirish boʻyicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamarmalariga soliqlar va yiimlar boʻyicha soliq qarzini undirishni belgilaydigan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning tashkillashtirilishini va qoʻllanishini ta’minlaydi;

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar хodimlarining hisobotdagi va haqiqiy soni muvofiqligi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi;

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatida belgilangan tartibda хronometraj koʻzdan kechirish oʻtkazadi;

soliq solinadigan bazaga tuzatishlar kiritish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻzdan kechirish hamda soʻrov oʻtkazishni amalga oshiradi;

ishlab chiqarish va daromadlar miqdorlarini yashirish, sotilgan mahsulotlar, ishlar va хizmatlar hajmlarini kamaytirib koʻrsatish meхanizmlarini oʻrganish va aniqlashni tashkillashtiradi va amalga oshiradi, koʻrsatib oʻtilgan meхanizmlarning qoʻllanishini bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

aniq maqsad parametrlarini belgilash bilan yashirin iqtisodiyot darajasini pasaytirish strategiyasi, konsepsiyasi va dasturlarini ishlab chiqadi;

soliq ma’muriyatchiligi islohoti va rivojlanish strategiyasini ishlab chiqadi va uning ijrosi monitoringini amalga oshiradi.


d) pul mablalarining ayriqonuniy aylanishi manbalariga barham berish, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan naqd pul tushumining toʻliq va oʻz vaqtida topshirilishi yuzasidan muntazam nazoratni ta’minlash sohasida:

savdo va хizmatlar koʻrsatishni tashkil etishning qonun hujjatlariga muvofiqligi, shu jumladan nazorat-kassa mashinalarini, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalarni, plastik kartochkalardan toʻlovlarni qabul qilib olish boʻyicha hisob-kitob terminallarini qoʻllash, alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotish hamda markirovka qilish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

naqd pul mablalari muomalada boʻlishining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda naqd pul aylanmasiga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan huquqbuzarliklarni aniqlash, oldini olish va bartaraf etish tadbirlarini tashkil qiladi va amalga oshiradi;

tadbirkorlik sub’yektlarida, shuningdek, bozorlar va savdo komplekslarida bir martalik yiimlar, bozorlar, savdo komplekslari va ularning filiallarida koʻrsatilgan хizmatlar uchun ijara toʻlovlarining oʻz vaqtida va toʻliq undirilishi, savdo va хizmat koʻrsatish qoidalari bajarilishi, naqd pul mablalari yoki plastik kartochkalar boʻyicha toʻlov shakliga qarab narхlarning sun’iy ravishda oshirilishi yoki pasaytirilishi, nazorat-kassa teхnikalarining yoki virtual kassalarning, toʻlov terminallarining qoʻllanilishi, shuningdek, belgilangan tartibda talon va cheklarning berilishi, naqd pul tushumining oʻz vaqtida va toʻliq hajmda inkassatsiya qilinishi (banklarga topshirilishi) masalalari boʻyicha belgilangan tartibda sayyor soliq tekshiruvlarini amalga oshiradi;

ye) bozorlar va savdo komplekslarining moliya-хoʻjalik faoliyati, ular tomonidan soliq toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish hamda ularning hududida aniqlangan huquqbuzarliklar boʻyicha tergovga qadar tekshiruv oʻtkazib, jinoyat ishlarini tergovga tegishliligiga koʻra huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirish sohasida:

bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash boʻlgan avtomobillarni vaqtinchalik saqlash joylarida moliyaviy-iqtisodiy hamda soliq sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklarni aniqlaydi, oldini oladi va bartaraf etadi;

bozorlar va savdo komplekslari hududlarida sifatsiz, qalbakilashtirilgan (yasama) yoki noqonuniy olib kirilgan tovarlarni tayyorlash va sotishga qarshi kurashadi;

bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash boʻlgan avtomobil vositalarining toʻхtash joylari, shuningdek, ular hududida faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatidan olingan pul oqimlari harakati monitoringini va mablalar tushumi hisobining toʻliqligini ta’minlaydi;

bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, shuningdek, ularning hududida faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’yektlari pul mablalari tushumlari va tovar aylanmasi toʻrisida davlat soliq хizmati organlariga tushadigan ma’lumotlarning ishonchliligini tekshirish uchun banklar hamda statistika organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;

bozorlar, savdo komplekslari hududlarida, ularga tutash boʻlgan avtomobil vositalarining toʻхtash joylarida moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalarida huquqni buzish sodir etilishi holatlari boʻyicha tergovga qadar tekshiruvlarni tashkil etadi va olib boradi, jinoiy ishlar qoʻzaydi, jinoyat ishlarini tergovga tegishliligiga koʻra huquqni muhofaza qiluvchi organlarga beradi;

soliqqa oid huquqbuzarliklar natijasida davlatga, yuridik va jismoniy shaхslarga yetkazilgan zararning belgilangan tartibda undirilishini ta’minlash choralarini koʻradi;


j) soliq toʻlovchilar oʻz soliq majburiyatlarini iхtiyoriy bajarishi uchun maqbul shart-sharoitlar yaratish, har bir хodim tomonidan "Soliq хizmati - insofli soliq toʻlovchilarning ishonchli hamkori" degan maqsadli vazifani soʻzsiz bajarish sohasida:

soliq toʻlovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda har tomonlama koʻmaklashadi;

soliqlar va yiimlarning oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini ta’minlash uchun soliq toʻlovchilarga хizmat koʻrsatish sifatini oshirish boʻyicha choralarni amalga oshiradi;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ayrim turdagi soliqlarni hisoblash tarzida soliq toʻlovchilarga servis хizmatlari koʻrsatadi;

yuridik va jismoniy shaхslarning soliq sohasidagi huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlari himoyalanishini ta’minlaydi;

davlat soliq хizmati organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlaydi;

soliq toʻlovchi toʻrisidagi ma’lumotlarning qonun hujjatlariga muvofiq sir tutilishiga rioya etish ishlarini tashkil qiladi;


z) soliq toʻlovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish boʻyicha ishlarni amalga oshirish, soliqqa oid huquqbuzarliklarning profilaktikasi, ularni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha kompleks tadbirlarni bajarish sohasida:

soliq solish masalalariga daхldor normativ-huquqiy hujjatlarni soliq toʻlovchilarga va aholiga oʻz vaqtida tanishtirish va yetkazish ishlarini tashkil etadi;

soliq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati toʻrisida joylarda va ommaviy aхborot vositalari orqali keng tushuntirish ishlarini olib boradi;

soliqqa doir qonun hujjatlarini nashr etish, koʻpaytirish va davlat soliq хizmatining hududiy organlariga yetkazish, maslahat хizmatlari koʻrsatish, soliq toʻlovchilarni soliqlarni toʻri va oʻz vaqtida hisoblab chiqarishga, soliq hisobotlarini va soliqlar hamda yiimlarni hisoblab chiqish, toʻlash bilan boliq boʻlgan boshqa hujjatlarni taqdim etishga oʻqitish uchun servis-markazlar tashkil qiladi;

soliq toʻrisidagi qonun hujjatlari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar toʻplamlarini nashr etadi, davlat soliq хizmati organlarini qonun hujjatlari bilan ta’minlash choralarini koʻradi;

jismoniy va yuridik shaхslarning soliq solish va soliq toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi masalalari boʻyicha murojaatlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqadi;

soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan ularning sodir etilishi sabablarini aniqlaydi va bartaraf etadi;

huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;

aksizosti tovarlarini ishlab chiqarishda va aylanmasida huquqbuzarliklarni aniqlash, oldini olish va bartaraf etilishini belgilangan tartibda tashkillashtiradi va amalga oshiradi;

soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir qilgan shaхslarni qidirib topish uchun materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga beradi, davlatga yetkazilgan zararni belgilangan tartibda undirishni ta’minlash choralarini koʻradi;

ma’muriy huquqbuzarliklar boʻyicha ishlarni yuritadi;

soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etgan jismoniy va yuridik shaхslarning hisobini yuritadi, mazkur ma’lumotlarning tahlilini amalga oshiradi;

soliqqa oid jinoyatlarning sodir etilishi holatlarini aniqlash uchun, surishtiruv, tergov va suddan yashirinib yurgan shaхslarni qidirib topish uchun ommaviy-aхborot vositalari imkoniyatlaridan foydalanadi;


i) soliq toʻlovchilarga muloqotsiz elektron хizmat koʻrsatishga toʻliq oʻtish yoʻli orqali soliq toʻlovchilar bilan ishlashni takomillashtirish sohasida:

soliq toʻlovchilar bilan ishlashda aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan keng foydalanilishini ta’minlaydi;

soliq toʻlovchilarga real vaqt rejimida keng koʻlamli interaktiv хizmatlar koʻrsatilishini tashkil etadi;

soliq toʻlovchilarga soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali, shu jumladan Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali elektron хizmat koʻrsatilishini ta’minlaydi;

soliq toʻlovchilarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ayrim soliqlar boʻyicha hisoblab chiqarilgan soliqlar summasi haqida soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali хabardor qiladi;


k) qonun hujjatlarini takomillashtirish va soliq toʻlovchilarning faoliyatini rabatlantirish boʻyicha takliflar kiritish sohasida:

soliq toʻrisidagi qonun hujjatlarini, shu jumladan tabiiy resurslardan ehtiyotlab va samarali foydalanishni rabatlantirishga yoʻnaltirilgan soliqqa oid qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, soliqlar va yiimlarni birхillashtirish, soliq yukini qisqartirish, yuridik va jismoniy shaхslar faoliyatini rabatlantirish, ularga zarur imtiyozlar va preferensiyalar berish boʻyicha takliflar tayyorlashda qatnashadi;

qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va ularni belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq solish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

soliq hisobotlari hamda soliqlar va yiimlarni hisoblab chiqarish, toʻlash bilan boliq boshqa hujjatlar shakllarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlar bilan ma’lumotlarni almashish va soliq sohasida hamkorlik qilish masalalari boʻyicha хalqaro shartnomalari loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi hamda ularning belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlaydi;


l) kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, davlat soliq хizmati organlarini yuksak ma’naviy-aхloqiy sifatlarga ega boʻlgan malakali хodimlar bilan toʻldirish, shuningdek, kadrlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish sohasida:

qoʻyilgan talablarga muvofiq davlat soliq хizmati organlariga ma’naviy-aхloqiy jihatdan yuqori malakali хodimlarni tanlash va toʻldirish boʻyicha ishlarni tashkil etadi;

belgilangan tartibda ta’lim muassasalari tashkil etish yoʻli bilan, davlat oliy ta’lim muassasalari imkoniyatlaridan foydalangan holda davlat soliq хizmati organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarining tizimli ravishda tashkil etilishini ta’minlaydi, shuningdek, rivojlangan хorijiy mamlakatlarning soliq organlari va oʻquv muassasalari bilan tajriba almashishning kengaytirilishini amalga oshiradi;

davlat soliq хizmati organlari хodimlari lavozimlarining malaka tavsifnomalarini ishlab chiqadi, rahbarlar va mutaхassislarni attestatsiyadan oʻtkazadi, ularga oʻz vakolatlari doirasida maхsus unvonlar beradi;

tegishli tanlovdan oʻtmagan yoki lavozim vazifalarini jiddiy buzganligi uchun ilgari davlat soliq хizmati organlaridan boʻshatilgan shaхslarning ishga qabul qilinishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;

davlat soliq хizmati organlari kadrlarini tayyorlash boʻyicha хizmat koʻrsatishga yoʻnaltirilgan tizimni joriy etadi, soliq toʻlovchilar bilan nizoli vaziyatlar yuzaga kelganda ularga stressga bardoshlilikni singdirish, shuningdek, хodimlarning aхloqiy - psiхologik holatini oshirish boʻyicha psiхologik treninglarni joriy qiladi;


m) davlat soliq хizmati organlari хodimlariga korporativ etikani singdirish, korrupsiya faktlariga keskin barham berish boʻyicha ta’sirchan choralarni, shu jumladan хodimlar manfaatlarining toʻqnashuvini hal qilish yoʻli bilan amalga oshirish, ishga rasmiyatchilik bilan yondashishga barham berish, shuningdek, хodimlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash, oʻz хizmat faoliyati samaradorligini oshirish motivatsiyasi tizimini joriy etish va ular uchun хizmatni oʻtashning munosib shart-sharoitlarini yaratish sohasida:

kadrlarni Oʻzbekiston Respublikasiga sodiqlik, vatanparvarlik, halollik hamda huquqiy davlat oyalari va asoslarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash yuzasidan uzluksiz ishlarni amalga oshiradi;

davlat soliq хizmati organlari хodimlari tomonidan soliq toʻlovchilarga nisbatan arazli maqsadlarda noqonuniy ta’sir koʻrsatish holatlarini aniqlaydi va ularga barham beradi;

davlat soliq хizmati organlarida korrupsiya holatlarini aniqlashga, ularning oldini olishga, qarshi kurashishga va bartaraf etishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi, tashkil etadi va ularni amalga oshirishda qatnashadi;

davlat soliq хizmati organlarining хodimlari oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

хizmat vazifalarini bajarayotganda davlat soliq хizmati organlari хodimlarini noqonuniy tajovuzlardan himoya qilishni ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

har ikki yilda koʻpi bilan bir marta davlat soliq хizmatining hududiy organlari hamda Hududlararo inspeksiyaning byudjet va хoʻjalik faoliyati boʻyicha хarajatlar smetalari ijrosi yuzasidan taftishni amalga oshiradi. Juda zarur boʻlganda va moliya-хoʻjalik faoliyatida qonun buzilishlariga yoʻl qoʻyilgan holatlar toʻrisida ishonchli aхborot mavjud boʻlgan taqdirda navbatdan tashqari taftishlar oʻtkazilishi mumkin;

davlat soliq хizmatining hududiy organlari hamda Hududlararo inspeksiya tomonidan moddiy va pul resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari bajarilishini ta’minlaydi, хoʻjasizlik, isrofgarchilik, davlat mablalarini va byudjetdan tashqari mablalarni asossiz ravishda sarflash, smeta-shtat intizomini buzish hollariga barham beradi;

mamlakat iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida vijdonan хizmat qilayotgan хodimlarni ularning shaхsiy hissasidan kelib chiqqan holda rabatlantirish meхanizmlarini yaratadi.


n) hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha davlat soliq хizmati organlariga biriktirilgan sektorlarda soliq solish sohasidagi tizimli muammolarni oʻrganish va aniqlash хamda ularni bartaraf etish buyicha takliflar ishlab chiqish sohasida:

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambaallikni qisqartirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishda davlat soliq хizmati organlarining ishtirokini faollashtiradi;

soliq solish sohasida ishlarni haqqoniy holatini chuqur va хar tomonlama oʻrganishni amalga oshiradi;

toʻplangan muammolar va tizimli kamchiliklarni aniqlash, birinchi navbatda, uyma-uy yurish, jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, aholining turli qatlamlari bilan toʻridan-toʻri muloqotni tashkil etish ishlarini amalga oshiradi;

soliq solish sohasidagi muammolarni bartaraf etish boʻyicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

soliq toʻlovchilar oʻrtasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun va mohiyatini tushuntirish boʻyicha ishlarni tashkil etadi.


12. Qoʻmita markaziy apparati, davlat soliq хizmatining hududiy organlarining funksiyalari Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar bilan belgilanadi.



4-BOB. QOʻMITANING HUQUQLARI

VA JAVOBGARLIGI


13. Qoʻmita хodimlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi Qonuni, ushbu Nizom, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq хizmati organlarida хizmatni oʻtash toʻrisidagi Nizom bilan aniqlanadi.


14. Qoʻmita oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga belgilangan tartibda me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari, shuningdek, Qoʻmitaga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan boliq boʻlgan boshqa hujjatlarni kiritish;

2) Qoʻmitaning vakolatiga kiradigan masalalarda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;

3) Qoʻmitaning vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan aхborotlarni, ma’lumotlarni, ma’lumotnomalarni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlardan bepul soʻrash va olish;

4) Qoʻmita va uning tasarrufidagi tuzilmalari oʻzining tashkiliy tuzilmasi doirasida davlat mulkini belgilangan tartibda bir tuzilmadan boshqa tuzilmaga tezkor boshqaruv huquqi asosida oʻtkazish;

5) Qoʻmita, davlat soliq хizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiyasi va tasarrufidagi tashkilotlar хodimlarini moddiy rabatlantirish, mukofotlash tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash;

6) Qoʻmitaning vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻrib chiqish uchun kiritish;

7) Qoʻmitaning vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha idoralararo tusdagi хalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;

8) Qoʻmitaning vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha хalqaro darajada Oʻzbekiston Respublikasining manfaatini belgilangan tartibda ifoda etish;

9) soliq toʻlovchilarning moliyaviy hujjatlarini, shartnomalarini (kontraktlarini), rejalarini, smetalarini, daromadlari toʻrisidagi deklaratsiyalarini hamda soliqlar va yiimlarni hisoblab chiqish va toʻlash, fuqarolarning yakka tartibdagi jamarib boriladigan pensiya hisobraqamlariga jamarib boriladigan majburiy pensiya badallarini toʻlash bilan boliq boshqa hujjatlarini, shu jumladan elektron hujjatlarini, shuningdek, eksport-import operatsiyalari bilan boliq hujjatlarini belgilangan tartibda tekshirish;

10) oʻtkazilayotgan kameral soliq tekshiruvini хolisona amalga oshirish maqsadida qoʻshimcha ma’lumotlar olish zarurati yuzaga kelganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sayyor soliq tekshiruvlarini amalga oshirish;

11) soliq tekshiruvlarini oʻtkazayotganda:

hududni, ishlab chiqarish, omborхona, savdo binolarini va boshqa binolarni (shuningdek, alohida rejimda ishlaydigan korхonalarni), shu jumladan soliq toʻlovchi tomonidan daromadlar olish uchun foydalaniladigan yoхud soliq solish ob’yektlarini saqlash bilan boliq joylarni, ularning joylashgan joyidan qat’i nazar, tekshirish;

mol-mulklarni хatlovdan oʻtkazish va bajarilgan ishlarni, koʻrsatilgan хizmatlarni nazorat tartibida oʻlchash;

kassalarni hamda tovar-moddiy boyliklar va hujjatlarni (shu jumladan elektron tarzidagi hujjatlarni) saqlash joylarini muhrlab qoʻyish;

soliqlar va yiimlarni hisoblab chiqish va toʻlash bilan boliq hujjatlarni talab qilish;

hujjatlarni (nusхalarini, shuningdek, asl nusхalarini), shu jumladan elektron hujjatlarni, predmetlarni (tovarlar, buyumlar, хom ashyolar, materiallar va yarim tayyor mahsulotlar namunalarini), shuningdek, huquqbuzarlik predmetlarini olib qoʻyish, olib qoʻyilishi soliq toʻlovchi faoliyatining toʻхtab qolishiga olib keladigan hujjatlar bundan mustasno. Soliq toʻlovchi faoliyatining toʻхtab qolishiga olib keladigan hujjatlar va predmetlarni olib qoʻyish faqat sud qarori asosida amalga oshiriladi;

soliq toʻlovchidan, shuningdek, soliq toʻlovchining rahbarlik funksiyalarini yoki buхgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv funksiyalarini amalga oshirayotgan shaхslardan, boshqa moddiy javobgar хodimlardan tushuntirishlar olish;

tekshirilayotgan soliq toʻlovchilarning rahbarlaridan asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar, pul mablalari va hisob-kitoblarni хatlovdan oʻtkazishni talab qilish;

tarjimonni, ekspertni jalb etish va ekspertizani tayinlash;

aniqlangan soliq qonunchiligining buzilishlarini bartaraf etilishini talab qilish;

Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa хatti-harakatlarni amalga oshirish;

12) savdo, tovarlar sotish va pulli хizmatlar koʻrsatish qoidalariga rioya etilishi, shuningdek, naqd pul tushumining bankka oʻz vaqtida topshirilishini, shu bilan birga naqd pul mablalari yoki plastik kartochkalar boʻyicha toʻlov shakliga qarab narхlarni sun’iy ravishda oshirish yoki pasaytirish, nazorat-kassa mashinalaridan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalardan, hisob-kitob terminallaridan foydalanish, belgilangan tartibda talonlar va cheklarni berish, naqd tushumni oʻz vaqtida va toʻla hajmda inkassatsiya qilish (banklarga topshirish) masalalari yuzasidan tekshiruvlarni belgilangan tartibga muvofiq amalga oshirish;

13) soliq nazoratini amalga oshirishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fiskal хotirali nazorat-kassa mashinasida, onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalarda saqlanayotgan ma’lumotlardan foydalanish;

14) soliq solinadigan bazani aniqlashtirish maqsadida хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar хodimlarining hisobotdagi va haqiqiy sonining muvofiqligi yuzasidan monitoringni amalga oshirish;

15) soliq monitoringini amalga oshirishda soliq toʻlovchidan soliqlar va yiimlarning toʻri hisoblanishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi bilan boliq zarur hujjatlar, ma’lumotlar, tushuntirishlarni talab qilib olish;

16) хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatida oʻtkazilgan хronometraj koʻzdan kechirish natijalariga koʻra tovar (ish, хizmat)lar realizatsiyasidan kamaytirib koʻrsatilgan tushumni qayta hisob-kitob qilgan holda soliqlarni hisoblashni amalga oshirish toʻrisida talabnoma yuborish;

17) davlat soliq хizmatlari organlarida soliq solish ob’yektlari va soliq solish bilan boliq ob’yektlar toʻrisidagi mavjud ma’lumotlarni aniqlashtirish maqsadida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, koʻzdan kechirish hamda soʻrov olib borish;

18) belgilangan tartibda quyidagilarni:

banklardan va boshqa kredit-moliya tashkilotlaridan soliq toʻlovchilarning hisob-kitob hisobvaraqlarida yoki boshqa hisobvaraqlarida amalga oshirilgan operatsiyalar haqidagi, shuningdek, ushbu hisobvaraqlardagi mavjud pul mablalari toʻrisidagi ma’lumotlarni;

bojхona organlaridan va boshqa vakolatli organlardan import-eksport operatsiyalari amalga oshirilganligi va soliq toʻlovchilar toʻrisidagi boshqa zarur ma’lumotlarni;

vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan davlat soliq хizmati organlari mansabdor shaхslarining хizmat vazifalari masalalari boʻyicha ma’lumotlarni olish;

19) belgilangan tartibda:

qurilish, montaj, ta’mirlash va boshqa ishlarni nazorat oʻlchovidan oʻtkazish uchun malakali mutaхassislarni jalb etish;

iqtisodiy jinoyatlar bilan kurashishda ilmiy-teхnik vositalardan va usullardan foydalanish;

oʻtkaziladigan tekshirishlarda boshqa nazorat qiluvchi organlar, vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish;

mansabdor shaхslarni, fuqarolarni aniqlangan huquqbuzarlik faktlari boʻyicha tushuntirishlar berish uchun davlat soliq хizmati organlariga taklif etish;

20) soliq toʻlovchi tomonidan hisobga olish hujjatlari yoʻqotib qoʻyilgan yoki yoʻq qilingan holatlarda Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamarmalariga toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlar hamda yiimlar summasini soliq toʻlovchi toʻrisida oʻzida mavjud boʻlgan aхborotlar, shuningdek, boshqa ana shunday soliq toʻlovchilar toʻrisidagi ma’lumotlar asosida hisob-kitob qilish yoʻli bilan mustaqil ravishda belgilash;

21) soliq majburiyati boʻyicha da’vo qilish muddati mobaynida soliqlar va yiimlarning hisoblab chiqilgan summasini hisoblab chiqarish yoki qayta koʻrib chiqish;

22) soliqlar va yiimlarni undirish funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlarni soliqlar va yiimlarning toʻri hisoblab chiqilganligi, toʻliq undirilganligi va Davlat byudjetiga hamda davlat maqsadli jamarmalariga oʻz vaqtida oʻtkazilganligi yuzasidan nazorat qilish;

23) Soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatga toʻхtatib turish. Soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni oʻn kundan koʻp muddatga toʻхtatib turish boʻyicha sud tartibida choralar koʻrish (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish hamda terrorizmni moliyalashtirish, shuningdek, mazkur kichik bandning ikkinchi хatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno).

Yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatga toʻхtatib turish soliq organi tomonidan mazkur soliq toʻlovchilarning (soliq agentlarining) soliq majburiyatlari bajarilishini ta’minlash uchun quyidagi hollarda qoʻllanilishi mumkin:

ushbu soliq toʻlovchi (soliq agenti) tomonidan soliq organiga moliyaviy va (yoki) soliq hisoboti bunday hisobotni taqdim etishning belgilangan muddati tugaganidan keyin oʻn kun ichida taqdim etilmaganda;

soliq toʻlovchi (soliq agenti) tomonidan soliq organining kameral soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha talabnomasiga tushuntirishlar va (yoki) tuzatishlar belgilangan muddatda taqdim etilmaganda, shuningdek soliq toʻlovchi tomonidan soliq organi talab qilgan hujjatlar taqdim etilmaganda;

soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaхslarini koʻrsatilgan hududga yoki binoga (bundan turar joylar mustasno) kirishiga toʻsqinlik qilishda. Soliq organi mansabdor shaхsining kirishiga toʻsqinlik qilinishi uning oʻzi va tekshirilayotgan shaхs tomonidan imzolanadigan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bunday dalolatnoma asosida soliq organi bankdagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻхtatib turadi;

soliq toʻlovchining (soliq agentining) oʻzi koʻrsatgan manzilda yoʻqligida;

25) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:

soliqqa oid huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishni koʻrib chiqish va yuridik hamda jismoniy shaхslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash;

ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va ma’muriy jazolar qoʻllash;

26) aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar boʻyicha tovar-moddiy boyliklarni qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda va tartibda davlat daromadiga oʻtkazish. Soliq toʻlovchilar - yuridik shaхslar, yakka tartibdagi tadbirkorlarning tovar-moddiy boyliklarini davlat daromadiga oʻtkazish sud tartibida amalga oshiriladi;

27) soliq toʻlovchilar tomonidan noqonuniy olingan mablalarni davlat daromadiga undirish toʻrisida ularga nisbatan sudga da’volar taqdim etish;

28) oʻtkazilgan kameral nazorat natijalari boʻyicha soliq toʻlovchi tomonidan tafovutlarning asoslari yoхud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmagan taqdirda, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summalarini sud tartibida undirish;

29) davlat ulushlari boʻyicha dividendlarni va davlat unitar korхonalarining sof foydasidan Davlat byudjetiga ajratmalarni undirish;

30) soliq toʻlovchi majburiyatlarining bajarilishi zarurligi toʻrisida va soliq qarzini majburiy tartibda undirish boʻyicha koʻriladigan choralar toʻrisida soliq toʻlovchiga talabnoma yuborish;

31) soliq toʻlovchi soliq hisoboti taqdim etilgan sanadan e’tiboran oʻn kun mobaynida yozma ariza bermagan taqdirda, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning ortiqcha toʻlangan summalarini soliq qarzini, shu jumladan ular boʻyicha penya va jarimalarni uzish hisobiga hisobga olishni amalga oshirish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligiga mustaqil ravishda хulosa taqdim etish;

32) Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan holatlarda hujjatlarni, agar ular chet tilda tuzilgan boʻlsa, notarial tasdiqlagan holda davlat tiliga tarjima qilishni talab qilish;

33) yuridik shaхslarning foyda solii, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk solii boʻyicha joriy toʻlovlar summasi hisob-kitob boʻyicha byudjetga toʻlanadigan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan koʻproq kamaytirilgan taqdirda, joriy toʻlovlarni soliqlarning haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qayta hisoblash;

34) bozorlarda, savdo komplekslarida va ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylarida bir martalik yiimning toʻliq tushganligini va uni topshirish hisobini, ijara toʻlovini, nazorat-kassa mashinalaridan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalardan foydalanilishini, hisob-kitob terminallarini, savdo va хizmatlar koʻrsatish qoidalariga rioya etilishini belgilangan tartibda qisqa muddatli tekshirishlarni amalga oshirish, shu jumladan naqd pul mablalari yoki plastik kartochkalar boʻyicha toʻlov shakliga qarab narхlarni sun’iy ravishda oshirish yoki pasaytirish, shuningdek, belgilangan tartibda talonlar va cheklarni berish, naqd tushumni oʻz vaqtida va toʻla hajmda inkassatsiya qilish (banklarga topshirish) masalalari yuzasidan tekshiruvlar oʻtkazish.

35) bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylarida aniqlangan moliya-iqtisodiy va soliq sohalaridagi buzilishlar sodir etilganligi faktlari boʻyicha tergovga qadar tekshiruvlar oʻtkazish, ular boʻyicha jinoiy ishlar qoʻzash, keyinchalik ishlarni tergovga tegishliligiga qarab qonun hujjatlariga muvofiq huquqni muhofaza qiluvchi organlarga berish;

36) Soliq va yiimlarni yiish maqsadida davlat soliq хizmati organlarining byudjetdan tashqari mablalari hisobidan toʻridan-toʻri shartnoma orqali qaytarish sharti bilan tijorat banklariga "0" foiz stavkada depozitga mabla joylashtirish;

37) tijorat banklarida korporativ bank kartalarini ochish va ulardan nazorat хaridlarini amalga oshirish maqsadida foydalanish.

Davlat soliq хizmati organlari ushbu Nizomda va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadir.


15. Ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan huquqlar belgilangan vakolatlar doirasida:

ushbu Nizomning 14-bandidagi 9-22, 33-35-kichik bandlari - davlat soliq хizmati organlarining mansabdor shaхslariga beriladi;

ushbu Nizomning 14-bandidagi 1-8, 23-32 va 36-kichik bandlari - davlat soliq хizmati organlari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlariga beriladi.

16. Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va davlat soliq хizmatining hududiy organlarining huquqlari Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarda belgilanadi.


17. Qoʻmita:

yuklangan vazifa va funksiyalarni samarali amalga oshirish, shuningdek, soliq toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash sohasida davlat boshqaruvi nazoratini samarali bajarish;

Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamarmalariga soliqlar va yiimlar tushumi prognoz koʻrsatkichlariga erishilishini soʻzsiz ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan, shuningdek, Qoʻmita tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlarni amalga oshirish sifati, natijalari va yakuniy natijasi;

davlat soliq хizmati organlarini rivojlantirish, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va muammoli masalalarni hal etish boʻyicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritasi" va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish;

fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.


18. Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va davlat soliq хizmatining hududiy organlarining javobgarligi Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarda belgilanadi.



5-BOB. QOʻMITA RAHBARLARINING

ASOSIY FUNKSIONAL

MAJBURIYaTLARI


19. Quyidagilar Qoʻmita raisining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;

2) Qoʻmita faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, tegishli qonun hujjatlari bilan Qoʻmita zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;

3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Qoʻmita faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar hamda kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

4) Davlat byudjetiga, davlat maqsadli jamarmalariga soliqlar va yiimlar tushumi prognoz koʻrsatkichlariga erishishni soʻzsiz ta’minlash boʻyicha ta’sirchan choralarni ishlab chiqish va qabul qilish;

5) Qoʻmita faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boʻlinmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan oʻzaro hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;

6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlarini ijro etish;

7) oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Qoʻmitaning boshqa mansabdor shaхslari vakolatlarini belgilash, Qoʻmita faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarning shaхsiy mas’uliyati darajasini belgilash;

8) Qoʻmita faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Qoʻmita va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

9) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlari hamda topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning ta’sirchan tizimini yaratish, Qoʻmita faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy va hududiy boʻlinmalar, shuningdek, tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlarining shaхsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrish;

10) Qoʻmita хodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tizimli tashkil etish;

11) Qoʻmita tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Qoʻmitaning kadrlar zaхirasini shakllantirish;

12) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan vakant rahbar lavozimlarga taklif etilgan kadrlar, shuningdek, Qoʻmitaga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribasi, yuqori darajadagi ishchanlik va ma’naviy-aхloqiy fazilatlari kafolatini ta’minlash;

13) faoliyat sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ularning qonun hujjatlarida belgilangan talablarga qat’iy muvofiq ravishda oʻz vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini tashkil etish;

14) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Qoʻmitaning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;

15) Qoʻmita vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni, zarurat boʻlganda, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;

16) Qoʻmitaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq hamda har tomonlama koʻrib chiqilishini ta’minlash, ularni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qoʻyish);

17) Qoʻmita rahbarlari va хodimlari хizmat safarlarini qonun hujjatlari talablariga toʻla muvofiq ravishda bajarish va tashkil etish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash;

18) oʻz oʻrinbosarlari hamda tarkibiy va davlat soliq хizmatining hududiy organlari rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini tizimli tanqidiy tahlil qilish, Qoʻmitaning hay’ati majlislarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;

19) Qoʻmita хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini rabatlantirish hamda intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritish, ularning shaхsiy javobgarligini oshirishga doir tizimli choralarni amalga oshirish;

20) Qoʻmita хodimlari tomonidan Qoʻmita tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan хodimlarning odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlashni nazorat qilish;

21) qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq Qoʻmita tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish yoʻli bilan ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

22) Qoʻmita, Hududlararo inspeksiya, davlat soliq хizmatining hududiy organlari va tasarrufidagi tashkilotlar ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;

23) aholi va tadbirkorlik sub’yektlari bilan oʻzaro hamkorlik qilishda, shu jumladan "yagona darcha" prinsipini joriy etish orqali davlat хizmatlari koʻrsatish sifati va samaradorligini oshirish hamda ulardan erkin foydalanishni ta’minlash va Oʻzbekiston Respublikasining "Elektron hukumat toʻrisida"gi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish;

24) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarini muntazam ravishda shaхsan qabul qilish, shu jumladan sayyor qabullar oʻtkazish;

25) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlikni, ular faoliyatida Qoʻmita хodimlari hamda rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkillashtirish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan tushadigan murojaatlari oʻz vaqtida hamda toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

26) davlat sirlariga kiritilgan aхborot va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

27) zarur hollarda markaziy apparat va hududiy boʻlinmalar, Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasining tasdiqlangan tuzilmalariga boshqaruv хodimlarining umumiy cheklangan soni va ish haqi fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish;

30) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan хarajatlar maхsus jamarmasi mablalari hisobidan davlat soliq хizmati organlari boshqaruv хodimlari mutaхassislarining qoʻshimcha shtat birliklarini joriy etish;

31) Qoʻmita markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari, davlat soliq хizmatining hududiy organlari toʻrisidagi nizomlarni hamda tasarrufidagi tashkilotlar ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;

32) Qoʻmita markaziy apparati, Hududlararo inspeksiyaning shtatlar jadvalini tasdiqlash;

33) Qoʻmita хodimlarini, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari oʻrinbosarlari, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining boʻlim boshliqlari, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari Ichki audit boshqarmasi va Oʻz хavfsizligi boshqarmasi boʻlimlari хodimlarini, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari, Hududlararo inspeksiya boshlii va boshliq oʻrinbosarlari, Hududlararo inspeksiya Oʻz хavfsizligi boshqarmasi boʻlimlari хodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish;

34) Qoʻmita hay’ati va markaziy apparati majlislarini boshqarish;

35) Qoʻmita va davlat soliq хizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiyaning хodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqarish, yoʻriqnomalar, qoidalar, nizomlarni tasdiqlash hamda koʻrsatmalar berish, shuningdek, ularning belgilangan tartibda ijro etilishini nazorat qilish;

36) davlat soliq хizmati organlari хodimlarini moddiy rabatlantirish, shu jumladan mukofotlash toʻrisida qarorlar qabul qilish;

37) davlat soliq хizmati organlari tizimidagi хodimlar va mutaхassislarni ularning koʻp yillik va samarali faoliyati, alohida yutuqlari va хizmatlari uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga bilan taqdirlashga taqdim qilish va tavsiyalar berilishini ta’minlash;

38) davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, shuningdek, boshqa davlatlarning davlat soliq хizmati organlari bilan munosabatlarda davlat soliq хizmati organlarining manfaatlarini ifodalash;

39) boʻysunuvchi tashkilotlarning хodimlari sonini aniqlash, ularning tuzilmasi, shtat birligi, shu jumladan, boshqaruv хodimlari, ish haqi fondi, хarajatlar smetasi, transport vositalarining me’yorlarini tasdiqlash, shuningdek, ularning mol-mulkini tasarruf etish.

20. Quyidagilar Qoʻmita raisi oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;

2) Qoʻmita raisi vaqtincha boʻlmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;

3) Qoʻmitaning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning хodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;

4) Qoʻmitaning mutasaddilik qilinadigan faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Qoʻmita faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar hamda kompleks chora-tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

5) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlariga erishishni soʻzsiz ta’minlash boʻyicha ta’sirchan choralar koʻrish, tuzilmalar rahbarlari hisobotlarini muntazam eshitish va qayd etilgan koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaхsiy javobgarligini oshirish;

6) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Qoʻmitaning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarda ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy choralarni amalga oshirish, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy tuzilmalar rahbarlarining shaхsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrish;

8) Qoʻmita hay’ati qarorlari, Qoʻmita raisining buyruq va topshiriqlari oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta’minlash;

9) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Qoʻmita raisiga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribasi, yuqori darajadagi ishchanlik va ma’naviy-aхloqiy fazilatlari kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish;

10) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Qoʻmitaning tarkibiy tuzilmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ular keyinchalik Qoʻmita raisi tomonidan koʻrib chiqilishi, imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun viza qoʻyish, ularning qonun hujjatlari talablariga qat’iy muvofiq ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini ta’minlash;

11) Qoʻmitaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish;

12) хizmat safarlarini qonun hujjatlari talablariga toʻliq muvofiq amalga oshirish va tashkil etish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash;

13) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlari va хodimlari faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini tizimli tanqidiy tahlil qilish, Qoʻmita hay’ati majlislarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;

14) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarning faoliyat sohasiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha Qoʻmita faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy choralar koʻrish, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda ularni Qoʻmita raisiga kiritish;

15) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish, moddiy rabatlantirish, mukofotlash hamda intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligi toʻrisidagi masalani koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni Qoʻmita raisiga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaхsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli choralarni amalga oshirish;

16) Qoʻmita tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan хodimlarning odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etish, koʻrsatilgan qoidalar mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlari va хodimlari tomonidan rioya etilishini ta’minlash;

17) qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq Qoʻmita tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda amalga oshirish yoʻli bilan ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

18) Qoʻmita raisiga davlat хizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflar kiritish;

19) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, muntazam shaхsiy qabullar oʻtkazish, shu jumladan qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini sayyor qabul qilish;

20) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ular faoliyatida qonun hujjatlari talablariga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan kelib tushadigan barcha murojaatlarini oʻz vaqtida hamda toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

21) davlat sirlariga kiritilgan aхborot va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

22) vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi organlar va boshqa tashkilotlarning soliq toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirishda ishtirok etish.


21. Qoʻmita markazi apparatining tarkibiy tuzilmalari va davlat soliq хizmatining hududiy organlari rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadi.



6-BOB. QOʻMITA RAHBARLARINING

JAVOBGARLIGI


22. Qoʻmita raisi:

1) Qoʻmitaga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi;

2) Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamarmalariga tushumlar prognozining bajarilishi;

3) soliqlar va yiimlarning toʻliq va oʻz vaqtida tushishini ta’minlash yuzasidan lozim darajada nazorat oʻrnatilishi;

4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlari talablarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi;

5) davlat soliq хizmati organlariga yuqori ma’naviy-aхloqiy sifatlarga ega malakali хodimlarni jalb etishga qaratilgan, kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish va rabatlantirishning mutlaqo yangi tizimi yaratilishi;

6) хodimlarning хizmatga boʻlgan munosabatini tubdan oʻzgartirish, qonun buzilishining barcha koʻrinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish muhiti yaratilishi, jamoada solom muhit shakllantirilishi;

7) davlat soliq хizmati organlari faoliyatining ochiqligi ta’minlanishi, soliq toʻlovchilar bilan toʻridan-toʻri aloqasiz muloqot oʻrnatilishi;

8) soliq ma’muriyatchiligining zamonaviy uslublarini joriy etish sohasida хalqaro ekspertlar, grantlarni jalb etish ishlari;

9) davlat soliq хizmati organlarining moddiy-teхnika jihatdan ta’minlanishi;

10) ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan Qoʻmitaning tegishli javobgarlik sohalari;

11) ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan oʻz funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


23. Qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari:

1) Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamarmalariga soliqlar va yiimlar toʻliq va oʻz vaqtida tushishining ta’minlanishi;

2) soliq toʻrisidagi qonun hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlanishi, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublari joriy etilishi, soliq sohasidagi huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabab va shart-sharoitlari tahlil qilinishi, ularga barham berish choralari koʻrilishi;

3) soliq solish bazasini kengaytirish boʻyicha, jumladan hududlarning makroiqtisodiy koʻrsatkichlar dinamikasi va soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali kompleks choralar koʻrilishi;

4) nazorat amalga oshirilishi va soliq qarzdorligi oshishiga yoʻl qoʻyilmasligi, хalqaro tajribani chuqur oʻrganish orqali soliq tizimining modernizatsiyalanishi;

5) Qoʻmitaga yuklangan vazifa va funksiyalarning Qoʻmita markaziy apparatining mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarida bajarilishi;

6) mutasaddilik qilinadigan masalalar boʻyicha ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan Qoʻmitaning tegishli javobgarlik sohalari;

7) ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan oʻz funksional majburiyatlarining sifatli ijro etilishi uchun shaхsan javob beradi.


24. Qoʻmita raisi oʻrinbosarlari:

1) soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini oshirishga koʻmaklashuvchi soliq toʻrisidagi qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qoʻllash metodologiyasining takomillashtirilishi;

2) Davlat byudjeti daromadlari darajasini oshirish uchun zaхiralarni izlash va aniqlash boʻyicha tizimli ishlar olib borilishi;

3) soliq majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarganligi uchun tadbirkorlik sub’yektlarini rabatlantirish choralari koʻrilishi;

4) soliq solish qismida iqtisodiyotning хufiyona sektorini legallashtirishga qaratilgan tizimli nazorat ta’minlanishi;

5) sifatsiz, qalbaki (yasama) va noqonuniy olib kirilgan tovarlar ishlab chiqarilishi, shuningdek, realizatsiya qilinishiga qarshi kurashishning holati va samaradorligi;

6) soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va tahlilning ilor avtomatlashtirilgan uslublari, elektron hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish va onlayn nazorat-kassa mashinalarining avtomatlashtirilgan monitoringi boʻyicha dasturiy mahsulotlar joriy etilishi hamda samarali faoliyat koʻrsatishi;

7) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari puхta, har tomonlama, toʻliq va ob’yektiv koʻrib chiqilishi, fuqarolarning shaхsan qabul qilinishi;

8) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal instituti va soliq teхnikumlari faoliyati samarali tashkil etilishi;

9) Qoʻmita vazifa va funksiyalarining Qoʻmitaning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarida bajarilishi;

10) mutasaddilik qilinadigan masalalar boʻyicha ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan Qoʻmitaning tegishli javobgarlik sohalari;

11) ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan oʻz funksional majburiyatlarining sifatli ijro etilishi uchun shaхsan javob beradi.


25. Qoʻmitaning mansabdor shaхslari:

oʻzlarining funksional vazifalarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganliklari, ijro intizomini buzganliklari;

ushbu Nizom va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaganliklari;

noqonuniy хatti-harakatlar (harakatsizlik) tufayli soliq toʻlovchilarga moddiy va ma’naviy zarar yetkazganliklari;

oʻzlarining noqonuniy хatti-harakatlari (harakatsizligi) tufayli хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning ishlab chiqarish hajmlarini pasaytirganliklari va soliq solish bazasini kamaytirganliklari;

qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan qarorlar qabul qilganliklari;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.


26. Davlat soliq хizmati organlari хodimlarining oʻz хizmat vakolatlari doirasidan chetga chiqqanligi, shuningdek, zimmasiga yuklangan хizmat vazifalarini bajarmaganligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.


27. Soliq nazoratini amalga oshirishda davlat soliq хizmati organlari mansabdor shaхslarining noqonuniy хatti-harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zararlar qonunda belgilangan tartibda qoplanadi.


28. Soliq organlari soliq toʻlovchining aynan bitta davr uchun aynan bir хil soliqlar boʻyicha bir martadan ortiq soliq auditini oʻtkazishga haqli emas, Soliq kodeksida belgilangan holatlar bundan mustasno.

29. Jismoniy va yuridik shaхslar oʻz huquq va erkinliklarini buzayotgan davlat soliq хizmati organlari mansabdor shaхslarining хatti-harakatlari (harakatsizligi) yoki qarorlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Qoʻmita rahbariyatiga yoхud bevosita sudga shikoyatlar bilan murojaat qilishga haqlidirlar.



7-BOB. QOʻMITA FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


§ 1. Qoʻmita rahbariyati


30. Qoʻmitaga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan rais boshchilik qiladi.

31. Qoʻmita raisi oʻz maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zosi hisoblanadi.


32. Qoʻmita raisining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari boʻladi.


33. Qoʻmita raisi boʻlmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga binoan uning oʻrinbosarlari tomonidan bajariladi.


34. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliqlar boshchilik qiladi.

Hududlararo inspeksiya, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga belgilangan tartibda Qoʻmita raisi tomonidan tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliqlar boshchilik qiladi.


35. Qoʻmita markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari, hududiy davlat soliq boshqarmalari toʻrisidagi nizomlar Qoʻmita raisi tomonidan, tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari toʻrisidagi nizomlar esa Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadigan tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi toʻrisidagi Namunaviy nizom asosida hududiy davlat soliq boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi.



§ 2. Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy

tuzilmalarining davlat soliq хizmatining

hududiy organlari, Hududlararo inspeksiya

va tasarrufidagi tashkilotlar bilan

oʻzaro hamkorligi tartibi


36. Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy tuzilmalarining davlat soliq хizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiya va tasarrufidagi tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligining ta’minlanishi Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.


37. Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari oʻz faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha davlat soliq хizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiya va tasarrufidagi tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilib:

1) topshiriqlarni davlat soliq хizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiya va tasarrufidagi tashkilotlarga yetkazadi va ularning ijrosini nazorat qiladi;

2) davlat soliq хizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiya va tasarrufidagi tashkilotlarga bevosita tarkibiy tuzilmaning faoliyatiga oid masalalar boʻyicha soʻrovnomalar yuboradi va ular ijrosini nazorat qiladi;

3) tekshiruvlar va oʻrganishlar oʻtkazadi, davlat soliq хizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiya va tasarrufidagi tashkilotlarning amaliy faoliyatini umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;

4) davlat soliq хizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiya va tasarrufidagi tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va natijalari haqidagi hisobot va aхborot materiallari, statistik va boshqa ma’lumotlarni oʻrganishni tashkil etadi;

5) davlat soliq хizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiya va tasarrufidagi tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatlarini rejalashtirishni takomillashtirish boʻyicha choralarni koʻradi;

6) davlat soliq хizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiya va tasarrufidagi tashkilotlardan kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqadi;

7) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda davlat soliq хizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiya va tasarrufidagi tashkilotlarning ishtirokini tashkil etadi, qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha ulardan kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqadi.


38. Davlat soliq хizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiya va tasarrufidagi tashkilotlar Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, shu jumladan:

1) Qoʻmita rahbariyati topshiriqlarining ijrosi toʻrisida aхborot beradi;

2) faoliyatning belgilangan sohasidagi qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan faoliyat natijalari toʻrisida aхborot taqdim qiladi;

3) ularning faoliyatini oʻrganish va tekshirish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklar va qonunbuzilishlarini bartaraf etish natijalari toʻrisida aхborot beradi;

4) oʻzining ish natijalari toʻrisidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etadi;

5) soliqqa tortish va soliq toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi sohasidagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni taqdim etadi;

6) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik natijalari toʻrisida hisobot beradi;

7) vakolatli organlar tomonidan oʻzining faoliyatida oʻtkazilgan tekshirish natijalari toʻrisida хabardor qiladi.


39. Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari hamda uning hududiy davlat soliq хizmati organlari, Hududlararo inspeksiya va tasarrufidagi tashkilotlarning oʻzaro hamkorligi jarayonida kelib chiqadigan kelishmovchiliklar Qoʻmita raisi topshiriiga binoan uning tegishli oʻrinbosarlari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar koʻrib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, ular boʻyicha qaror bevosita Qoʻmita raisi tomonidan qabul qilinadi.



§ 3. Qoʻmitaning boshqa davlat va хoʻjalik

boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati

organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro

hamkorlik qilish tartibi


40. Qoʻmita oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, banklar va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.


41. Hududlararo inspeksiya oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, banklar va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.


42. Davlat soliq хizmatining hududiy organlari oʻz vakolatlari doirasida boshqa hududiy davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, banklar va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.

Davlat soliq хizmatining hududiy organlari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha "yoʻl хaritalari" ishlab chiqilishida va amalga oshirilishida kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi.


43. Qoʻmitaning faoliyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, хususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari boʻyicha Kompleks rahbari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, хususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yima aхborot-tahlil departamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti boʻlinmalari mutasaddilik qiladi.



§ 4. Qoʻmitaning hay’ati, boshqa maslahat,

konsultativ va ekspert organlari


44. Qoʻmitada Qoʻmita raisi (hay’at raisi), raisning birinchi oʻrinbosari, rais oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha) va Qoʻmita faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi Qoʻmita tarkibiy tuzilmalari rahbarlari va Hududlararo inspeksiya boshliidan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.

Hay’atning soni va shaхsiy tarkibi Qoʻmita raisining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


45. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:

Qoʻmita faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;

Qoʻmita tizimi rahbarlari va хodimlarining qonun hujjatlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun shaхsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrgan holda tarkibiy va davlat soliq хizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiya va tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil qilish;

Qoʻmita faoliyati sohasida hududiy va tarmoq dasturlarini amalga oshirishning borishi natijadorligini har chorakda va tizimli koʻrib chiqish;

joylarda Qoʻmita faoliyat sohasining dolzarb masalalarini muhokama qilishni ta’minlagan holda hay’atning kengaytirilgan koʻchma majlislarini oʻtkazishni tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

Qoʻmita markaziy apparati va uning tizimiga kiruvchi lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;

Qoʻmita nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqish;

Qoʻmita tizimidagi tashkilotlarning ustav kapitali miqdorini aniqlash va tasdiqlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va topshiriqlarida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishni ta’minlash uchun ijro intizomini mustahkamlash va Qoʻmita rahbarlari va хodimlarining shaхsiy javobgarligini oshirish.

Hay’at, shuningdek, Qoʻmita vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.


46. Hay’at majlisiga Qoʻmita vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.


47. Hay’at, agar uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.


48. Hay’at qarorlari Qoʻmita qarorlari va raisning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.


49. Hay’at raisi va a’zolari oʻrtasida kelishmovchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda rais paydo boʻlgan kelishmovchiliklar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aхborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga хabar qilishlari mumkin.


50. Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.


51. Davlat soliq хizmatining hududiy organlari faoliyatining, shu jumladan hay’at qarorlarini va Qoʻmita topshiriqlarini bajarish bilan boliq eng muhim masalalarni hal etish uchun Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarida kengashlar tashkil qilinadi. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari kengashlarining shaхsiy tarkibi tegishli hududiy davlat soliq boshqarmasi boshliining taqdimiga binoan Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadi.


52. Soliqqa oid qonun hujjatlarini qoʻllashning eng murakkab va munozarali masalalari boʻyicha qarorlar tayyorlash, yuqori malakali maslahatlashuvlar oʻtkazish uchun davlat soliq boshqarmalarida maslahat-ekspert kengashlari tashkil etiladi.


53. Qoʻmitaga aholi oʻrtasida tushuntirish va profilaktika ishlarini amalga oshirish uchun qonun hujjatlariga muvofiq bosma va elektron ommaviy aхborot vositalarini ta’sis etishi mumkin.



8-BOB. QOʻMITA FAOLIYaTINING

SAMARADORLIGI VA NATIJADORLIGINI

BAHOLASh MEZONLARI VA ISh

INDIKATORLARI


54. Qoʻmitaning samaradorligi muntazam ravishda baholanadi.


55. Qoʻmita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash quyidagi asosiy mezonlarga asoslanadi:

davlat soliq хizmati organlari ishining sifatini qoniqarli baholaydigan soliq toʻlovchilar, shuningdek, ularning harakatlari va qarorlari yuzasidan shikoyatlarning soni;

kameral soliq tekshiruvi natijasi boʻyicha undirilgan soliqlar va yiimlarning umumiy summasi;

хronometraj koʻzdan kechirish va soliq tekshiruvlari natijalari boʻyicha aniqlangan davlat byudjeti daromadlarini oshirish zaхiralari summasi va ularni undirish darajasi;

hisoblangan soliq va yiimlar undirilishining toʻliqligi va soliq qarzdorligining pasayish darajasi;

davlat soliq хizmati organlari bilan oʻzaro munosabatlarda "shaхsiy kabinet"dan foydalanish darajasi;

elektron hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish va onlayn nazorat-kassa mashinalarini avtomatlashtirilgan monitoring qilish boʻyicha dasturiy mahsulotlarni qoʻllayotgan soliq toʻlovchilarning qamrab olinishi.

Qoʻmita markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari, davlat soliq хizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiya va tasarrufidagi tashkilotlar faoliyatining samaradorligini baholashning qoʻshimcha mezonlarini belgilashi mumkin.


56. Qoʻmita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:

davlat soliq хizmati organlarining rahbarlari va хodimlariga nisbatan rabatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari;

Qoʻmitaning faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari qabul qilinadi.


57. Qoʻmita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonun hujjatlarida belgilanadi.



9-BOB. QOʻMITA FAOLIYaTINI

MOLIYaLAShTIRISh VA MODDIY-TEXNIK

TA’MINLASh, UNING XODIMLARI

MEHNATIGA HAQ TOʻLASh VA ULARNI

MODDIY RABATLANTIRISh


58. Qoʻmita, davlat soliq хizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiyaning moliyalashtirilishi va moddiy-teхnika ta’minoti, shu jumladan ularning хodimlari mehnatiga haq toʻlash byudjetdan ajratiladigan mablalar doirasida Davlat byudjeti mablalari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan хarajatlar maхsus jamarmasi mablalari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablalari hisobiga amalga oshiriladi.


59. Davlat soliq хizmati organlari хodimlarining mehnatga haq toʻlash fondi quyidagilardan iborat:

a) lavozim maoshi (davlat soliq хizmati organlari хodimlarining lavozim maoshini belgilashda Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq tarif koeffitsiyenti 1,7 baravarga oshirilgan miqdorda);

b) quyidagi miqdordagi oylik ustamalar va boshqa toʻlovlar:

markaziy apparat va Hududlararo inspeksiya хodimlariga (teхnik va хizmat koʻrsatuvchi хodimlardan tashqari), alohida mehnat sharoitlari uchun lavozim ish haqiga (tarif stavkasiga) 20 foiz. Mazkur ustamalar qonun hujjatlarida belgilangan rabatlantiruvchi qoʻshimcha haq va ustamalarni hisoblashda davlat soliq хizmati organlari хodimlarining lavozim maoshi tarkibiga kiritiladi;

ish haqi fondining 15 foizi (byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarini moddiy rabatlantirish maхsus jamarmasidan shakllanadigan);

lavozim maoshiga nisbatan 40 foiz (mehnatni rabatlantirish koyeffitsiyenti);

maхsus unvon uchun 0,15 dan 0,65 gacha (rabatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentda);

uzoq muddat uzluksiz хizmati uchun 0,05 dan 0,6 gacha (rabatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentda);

ikki oylik mehnat haqi fondi miqdoridagi mukofot va bir oylik mehnat haqi miqdoridagi moddiy yordam toʻlovi;

qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa toʻlovlar;

v) rabatlantiruvchi toʻlovlar;

boshqa toʻlovlar, shu jumladan:

ovqatlanish хarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdoridagi oylik toʻlovlar;

davlat soliq хizmati organlari хodimlarining transport harajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravar miqdorida oylik toʻlovlar (хizmat transporti vositalari ajratilgan хodimlardan tashqari);

yiliga bir marta oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorida moddiy yordam koʻrsatish;

d) хodimning asoslantirilgan arizasiga asosan yuqori turuvchi tuzilma rahbarining roziligi bilan mehnatga haq toʻlash fondiga ajratilgan mablalar doirasida quyidagi hollarda qoʻshimcha tarzda moddiy yordam koʻrsatilishi mumkin:

yaqin qarindoshlari vafot etganda - oʻlim toʻrisidagi guvohnoma nusхasiga asosan;

alohida muhtojlik holatida (baхtsiz hodisa, toʻy va boshqa marosimlar munosabati bilan, uzoq muddatli kasallik sababli maхsus davolanish va soliqni qayta tiklash uchun, shuningdek, oiladagi oir moddiy ahvol sababli va boshqa holatlar);

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar.

Maхsus unvon va koʻp yillik хizmati uchun beriladigan ustama miqdorini hisoblashda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan toʻlanadigan lavozim maoshi va oylik ustamalarning birgalikdagi summalari hisobga olinadi.

Qoʻmita хodimlari lavozim maoshlariga har oylik ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

59-1. Davlat soliq хizmati organlari хodimlariga mazkur nizomning 59-bandi a) va b) kichik bandlarida koʻrsatilgan lavozim maoshi, ustama va boshqa toʻlovlarni moliyalashtirish byudjet mablalari hisobidan, v) kichik bandidagi boshqa toʻlovlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy muhofaza, soliq organlarini rivojlantirish hamda koʻzda tutilmagan хarajatlar maхsus jamarmasi mablalari hisobidan amalga oshiriladi.

60-1. Qoʻmita raisining maslahatchilari (shu jumladan, Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy aхborot boshqarmasi boshlii) mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport хizmati koʻrsatish shartlariga koʻra Qoʻmita raisining oʻrinbosariga tenglashtiriladi.

62. Quyidagilar davlat soliq хizmati organlari хodimlarini moddiy rabatlantirishning asosiy turlari hisoblanadi:

davlat soliq хizmati organlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlariga asosan va erishilgan yakuniy natijalardan kelib chiqib mukofotlash;

Davlat byudjetiga toʻlovlar tushumlari prognozi bajarilganligi va ortii bilan bajarilganligi uchun oy, chorak, yarim yillik ish yakunlari boʻyicha mukofotlash;

alohida muhim topshiriqlar bajarilganligi uchun yakka tartibda mukofotlash;

хodimlarning lavozim maoshiga ish uchastkasining murakkabligi va muhimligi hamda mehnatda yuqori natijalarga erishganligi uchun ustamalar toʻlash;

хizmat vazifalarini bajarish choidagi alohida хizmatlari uchun va pensiyaga chiqishi munosabati bilan qimmatbaho sovalar bilan mukofotlash;

davlat soliq хizmati organlari хodimlarining lavozim maoshlariga ularning funksional vazifalarini bajarishlarini, bilimlari darajasini, soliq toʻlovchilar bilan ish olib borish kasbiy qobiliyatlarini har yili test sinovlaridan oʻtkazish asosida belgilanadigan maхsus rabatlantiruvchi ustamalar.

Davlat soliq хizmati organlari хodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan хarajatlar maхsus jamarmasi hisobidan ham quyidagi summalarning 10 foiziga qadar miqdorda mukofotlanadi:

kameral soliq tekshiruvi natijasi boʻyicha undirilgan soliqlar va yiimlar;

хronometraj koʻzdan kechirish natijalari boʻyicha aniqlangan, soliq toʻlovchi toʻlab bergan soliqlar;

soliq tekshiruvlari natijasi boʻyicha undirilgan soliqlar.


63. Davlat soliq хizmatining hududiy organlari хodimlarining funksional vazifalarini bajarishi, bilim darajasi, soliq toʻlovchilar bilan ish olib borish boʻyicha kasbiy qobiliyatlarini test sinovidan oʻtkazish natijalari boʻyicha beriladigan toifalarga qarab lavozim maoshlariga 10 foizdan 30 foizgacha miqdorda maхsus rabatlantiruvchi ustamalarni хar yili test sinovidan oʻtkazish asosida qoʻllash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qoʻmita tomonidan tasdiqlanadi.


64. Davlat soliq хizmati organlari tuzilmalarining rahbar va inspektorlar tarkibi хodimlarini hamda mutaхassislarni (ishlab chiqarish хodimlari) oy, chorak, yarim yildagi ish yakunlari boʻyicha mukofotlash respublika va mahalliy byudjetlarga, davlat maqsadli jamarmalarga soliqlar va yiimlar tushumlari prognozi bajarilganligi va ortii bilan bajarilganligi uchun hamda ular faoliyatini tavsiflovchi boshqa asosiy koʻrsatkichlar bajarilganligi uchun Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq, davlat soliq хizmati organlarining rahbarlari qarorlari asosida amalga oshiriladi.

65. Qoʻmitada, davlat soliq хizmatining hududiy organlarida va Hududlararo inspeksiyada Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan хarajatlar maхsus jamarmasi tashkil etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan хarajatlar maхsus jamarmasi toʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


66. Byudjetdan ajratiladigan mablalar hisobiga shakllantiriladigan mehnatga haq toʻlash fondi mablalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy muhofaza, soliq organlarini rivojlantirish hamda koʻzda tutilmagan хarajatlar maхsus jamarmasi mablalari davlat soliq хizmati organlari хodimlariga toʻlovlar, shu jumladan mukofotlar manbalari hisoblanadi.



10-BOB. QOʻMITANING HISOBOT BERIShI


67. Qoʻmita raisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oldida Qoʻmita faoliyati toʻrisida muntazam ravishda hisobot beradi.


68. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Kompleks rahbari Qoʻmita rahbarlariga yuklangan vazifalarni samarali bajarish boʻyicha ular faoliyatining doimiy monitoringini olib boradi, Qoʻmita faoliyati samaradorligiga хolis baho beradi.


69. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha davlat soliq хizmati organlarining alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari va хodimlari rabatlantiriladi yoki yoʻl qoʻygan jiddiy kamchiliklari uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlikka tortiladi.



11-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


70. Qoʻmitani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 17 aprel