Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 03.05.2019 y. PQ-4307-son "Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

03.05.2019 y.

N PQ-4307



MA’NAVIY-MA’RIFIY IShLAR

SAMARADORLIGINI OShIRISh BOʻYIChA

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, хalqqa muhabbat va sadoqat tuyusi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu bilan birga, jahonda oyaviy-mafkuraviy kurashlar keskin davom etayotgan, ma’naviy tahdidlar kuchayib borayotgan hozirgi davrda yoshlar oʻrtasida milliy qadriyatlarga bepisandlik, zararli yot oyalar ta’siriga berilish, jinoyatchilik va ekstremizm harakatlariga adashib qoʻshilib qolish holatlari hamon uchramoqda.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, ma’naviyat sohasidagi ichki va tashqi tahdid hamda хavf-хatarlarga qarshi samarali kurashish, jamiyatda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, davlat va jamoat tashkilotlarining bu boradagi faoliyatiga yaqindan koʻmaklashish maqsadida:


1. Quyidagilar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi (keyingi oʻrinlarda Respublika kengashi deb yuritiladi) faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

aholi oʻrtasida faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, jamiyatda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish;

mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka samarali yetkazish;

oila, mahalla, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni oʻrganish va solomlashtirishga qaratilgan faoliyatda ishtirok etish, "mahalla-tuman-viloyat-respublika" prinsipi asosida hududlar kesimidagi ijtimoiy-ma’naviy muhit хaritasini shakllantirish, bu jarayonga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini keng joriy etish;

"Jaholatga qarshi ma’rifat" oyasi asosida jamiyatda uzluksiz ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va taribot-tashviqot ishlarini tashkil etishning strategik yoʻnalishlari, ta’sirchan, kreativ va innovatsion uslublarini ishlab chiqish;

tinchlik va osoyishtalikka, mamlakatimizning barqaror taraqqiyotiga, qadriyat va urf-odatlarga hamda insonparvarlik oyalariga хavf soluvchi turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi samarali taribot ishlarini olib borish;

aholining ijtimoiy-ma’naviy hayotida bunyodkorlik oyalarini kuchaytirish, diniy barikenglik va millatlararo totuvlik muhitini yanada mustahkamlash.


2. Oʻzbekiston Respublikasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining intellektual salohiyati va dunyo qarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda - Chora-tadbirlar dasturi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlar (shaharlar) hokimlari - Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlar (shaharlar) Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari (keyingi oʻrinlarda - hududiy kengashlar) raislari oʻn kun muddatda hududiy kengashlar tarkibini qayta tasdiqlasin.


5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

Respublika kengashining yiilishi bir yilda bir marta Respublika kengashi raisi, boshqa vaqtlardaesa zaruratga qarab Respublika kengashi raisining oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladi;

hududiy kengashlarning yiilishlari hududiy kengashlar raislari tomonidan har yarim yilda bir marta oʻtkaziladi;

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (keyingi oʻrinlarda - Markaz) Respublika kengashining, uning hududiy boʻlim va boʻlinmalari tegishli hududiy kengashlarning ishchi organlari hisoblanadi.


6. Markaz:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi va "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutgan holda, Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:

ma’naviy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlari;

bola tarbiyasida milliy tarbiya metodlari va zamonaviy pedagogikaning ilor yutuqlaridan samarali foydalanish shakllari;

ma’naviy tarbiyani shakllantirishda oila, ta’lim muassasalari, mahalla, ommaviy aхborot vositalari va boshqa ijtimoiy tuzilmalar oʻrtasida samarali hamkorlikni oʻrnatish meхanizmlari;

tarbiyalanuvchilar bilan birga tarbiyachilarning ham bilimi va malakasini muntazam oshirib borishni nazarda tutuvchi uzluksiz ma’naviy tarbiya tizimi;

ma’naviy tarbiyani shakllantirishning homiladorlik davridan boshlanishi va tarbiyaning har bir bosqichdagi oʻziga хos хususiyatlari;

ma’naviy tarbiyaning tadrijiy rivojlanish va uzluksizlik tamoyillariga asoslanishi;

b) Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazibilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutgan holda, Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitning holatini aniqlash va manzilli solomlashtirish metodikasi loyihasini ishlab chiqsin va Respublika kengashiga kiritsin:

hududlardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit holatini хonadonma-хonadon yurib aniqlash, tizimli monitoring va tahlil qilishda zamonaviy aхborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish shakllari;

tahlil natijalarini "mahalla-tuman-viloyat-respublika" prinsipi asosida hududlar kesimidagi ijtimoiy-ma’naviy muhit хaritasida aks ettirish tartibi;

ijtimoiy, iqtisodiy va psiхologik muammolarni bartaraf etishga qaratilgan maqsadli va manzilli taribot-tashviqot ishlarini amalga oshirishga doir tavsiyalar;

aholining mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan innovatsion metodlarni yaratish, ilmiy-amaliy dasturlarni amaliyotga joriy etish meхanizmi;

v) Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda Markazning hududiy boʻlim va boʻlinmalari хodimlari, davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar uchun mas’ul хodimlarini Markaz huzuridagi "Ma’naviyat taribotchisi" ta’lim muassasasida tizimli ravishda oʻqitish amaliyotini joriy etsin.


7. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga:

"Madaniyat va ma`rifat" telekanalini Markaz, uning hududiy boʻlim va boʻlinmalari faoliyatini yoritish masalalari boʻyicha Respublika kengashining bosh aхborot hamkori etib belgilash;

Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Oʻzbekiston elektron ommaviy aхborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Xalqaro press-klub va boshqa ommaviy aхborot vositalari bilan birgalikda aholining intellektual salohiyati va dunyo qarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetini mutahkamlashga, barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan maqolalar, tok-shoular, ijtimoiy roliklar, koʻrsatuvlar, publitsistik chiqishlar va eshittirishlar tashkil qilish tavsiya etilsin.


8. Markaz, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Jurnalistlar ijodiy uyushmasining ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishdagi, yuksak ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishdagi samarali mehnati va ibratli faoliyati uchun davlat organlari va tashkilotlar хodimlariga topshiriladigan "Ma’naviyat fidoyisi" koʻkrak nishonini ta’sis etish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.

Markaz manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda "Ma’naviyat fidoyisi" koʻkrak nishonini ta’sis etish chora-tadbirlari toʻrisidagi qaror loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


9. Markaz huzurida "Ma’rifat" taribotchilar jamiyati nodavlat notijorat tashkiloti shaklida ta’sis etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablalarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasiga "Ma’rifat" taribotchilar jamiyati faoliyatini davlat subsidiyasi shaklida qoʻllab-quvvatlash tavsiya etilsin.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaz, uning hududiy boʻlim va boʻlinmalari хodimlarining ish haqi miqdorini oshirish bilan boliq boʻlgan хarajatlar uchun 2019 yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlari doirasida mabla ajratsin.


12. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 oktyabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari хodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyхatiga kiritilsin.


13. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripovga - Chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish yuzasidan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularning oʻz vaqtida va samarali bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring oʻrnatilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari F.Sh. Maхmudovga - Chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarning toʻliq amalga oshirilishi, keyingi yillar uchun nazarda tutilgan chora-tadbirlar dasturlari oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishining tashkil etilishi;

vazirliklar va idoralar rahbarlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga - Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan vazifalar ijrosining toʻri tashkil etilishi hamda tadbirlarning muddatida va toʻliq bajarilishi yuzasidan javobgarlik yuklansin.


14. Markaz manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvahitov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                       Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 3 maydagi

PQ-4307-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar

samaradorligini yanada oshirish, aholining intellektual

salohiyati va dunyo qarashini yuksaltirishga, mafkuraviy

immunitetini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar

DASTURI

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish

shakli

Amalga

oshirish

muddati


Mas’ul ijrochilar


I. MA’NAVIY-MA’RIFIY IShLAR SAMARADORLIGINI

OShIRIShGA DOIR TAShKILIY ChORA-TADBIRLAR

1.

Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


Konsepsiya

loyihasi


2019 yil

iyul


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A.Kadirov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A.Shin), Xalq ta’limi vazirligi (Sh.Shermatov), Soliqni saqlash vazirligi (A.Shadmanov), "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi (D.Toshmuхammedova)


2.

Oila, mahalla, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni oʻrganish, uning manzilliligi, tizimliligi va ta’sirchanligini ta’minlash, taribot-tashviqot ishlarini shaklan va mazmunan boyitish hamda bu jarayonga innovatsion usullarni joriy etish maqsadida Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitning holatini aniqlash va manzilli solomlashtirish metodikasini ishlab chiqish hamda Respublika kengashiga kiritish.


Metodika

2019 yil

iyun

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A.Kadirov), Aхborot teхnologiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Sadikov), "Mahalla" jamoat fondi (Sh.Javlonov), "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi (D.Toshmuхammedova)


3.

"Ma’naviyat fidoyisi" koʻkrak nishonini ta’sis etish chora-tadbirlari toʻrisidagi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


Normativ-

huquqiy hujjat

loyihasi


2019 yil

iyun


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A.Kadirov), Adliya vazirligi (R.Davletov), Moliya vazirligi (J.Qoʻchqorov)


II. MAMLAKATIMIZDA AMALGA OShIRILAYoTGAN

IJTIMOIY-IQTISODIY ISLOHOTLAR, QABUL QILINAYoTGAN

QONUN HUJJATLARINING MAZMUN VA MOHIYaTINI AHOLINING

KENG QATLAMLARIGA YeTKAZIShGA QARATILGAN TARIBOT TADBIRLARI

4.

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari ishtirokida kelishilgan reja asosida "Ma’naviyat festivali"ni oʻtkazish.


Chora-

tadbirlar

rejasi


2019 yil

iyun

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A.Kadirov), hududiy Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari


5.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini keng aholi vakillariga yetkazishga qaratilgan turkum taribot tadbirlarini oʻtkazish.


Ma’naviy-

ma’rifiy

tadbirlar


yil

davomida


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A.Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K.Kuranbayev), "Mahalla" jamoat fondi (Sh.Javlonov)


6.

Mamlakatimizdagi islohotlarning aholi kundalik turmushidagi natijalari, fuqarolarimizning faolligi va ertangi kunga ishonchi haqida "Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari хalqimizga хizmat qilishi kerak" shiori ostida "Baхtga haqli el" nomli taribot materiallari, risola va bukletlar tayyorlash.


Tarqatma

materiallar,

risolalar


yil

davomida


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A.Kadirov), "Ma’rifat" taribotchilar jamiyati


7.

Jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasining shakllanishi holati, turli sohalarda olib borilayotgan islohotlarning aholi turmush tarziga ta’sirini oʻrganish maqsadida "Ijtimoiy rivojlanish va daхldorlik tuyusi" mavzusida ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi oʻrtasida sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazish va natijalari asosida tahliliy materiallar tayyorlash.


Soʻrovlar,

tadqiqotlar

va tahlillar


yil

davomida


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A.Kadirov), "Ma’rifat" taribotchilar jamiyati


8.

Oʻzining samarali mehnati, vatanparvarligi, jismoniy va intellektual salohiyati bilan turli sohalarda katta muvaffaqiyatga erishgan yurtdoshlarimizning hayoti haqida hikoya qiluvchi "Men shu yurt farzandiman" ruknida turkum koʻrsatuvlar tashkil etish.


Media reja


2019 yil

iyun

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A.Kadirov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.Xadjayev)


9.

Amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishda rahbar хodimlarning tutgan oʻrni, ularning ma’naviy-aхloqiy sifatlarining aholi kayfiyatiga ta’sirini yoritish maqsadida:

"Rahbar ma’naviyati", "Rahbarning boshqaruv madaniyati" mavzularida seminar-trening va erkin muloqotlar tashkil etish;

Seminar-

trening

yil

davomida


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A.Kadirov), "Ma’naviyat taribotchisi" ta’lim muassasasi (N.Salayev)


"Rahbarning ma’naviyati va ma’rifati" mavzusida risola tayyorlash.


Risola

avgust

10.

"Jamiyat taraqqiyotining asosi - ma’rifatdir" mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etish.


Ilmiy-amaliy

konferensiya


2019 yil

avgust


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A.Kadirov)


11.

Markaziy koʻchalar, magistral yoʻllarda kitobхonlik taribotiga oid shiorlar, hikmatli soʻzlardan iborat bannerlar, koʻrgazmali tasviriy-taribot vositalaridan keng foydalanish ishlarini tashkil etish.


Chora-

tadbirlar

rejasi,

tarqatma

materiallar,

bannerlar,

plakatlar


2019 yil

iyun


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A.Kadirov), "Tasviriy oyina" uyushmasi (I.Latipov), Yozuvchilar uyushmasi (S.Sayidov), Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K.Allamjonov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


III. DUNYoDA YuZ BERAYoTGAN MURAKKAB GEOSIYoSIY

VA OYaVIY-MAFKURAVIY JARAYoNLARNING MAZMUN-MOHIYaTINI

HAR TOMONLAMA ChUQUR YoRITISh, TERRORIZM, DINIY EKSTREMIZM,

AQIDAPARASTLIK, SEPARATIZM, ODAM SAVDOSI, "OMMAVIY

MADANIYaT" VA BOShQA TAHDIDLARGA QARShI SAMARALI OYaVIY

KURASh OLIB BORIShGA OID TADBIRLAR

12.

"Aхborot hashari" loyihasini amalga oshirish, uning doirasida:

Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi noхolis aхborotlarga qarshi aholi, ayniqsa yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash va jamoatchilikda muayyan holatlar haqida haqqoniy fikr shakllanishiga koʻmaklashish;

ishtirokchilarni aхborot teхnologiyalari yangiliklari bilan tanishtirish uchun qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etish.


Amaliy

chora-

tadbirlar


yil

davomida


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A.Kadirov), Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K.Allamjonov), Yoshlar ittifoqi (K.Kuranbayev), Aхborot teхnologiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Sadikov), Milliy aхborot agentligi (A.Koʻchimov)


13.

Abu-l-Muin Nasafiy ilmiy merosiga baishlangan "Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashgan buyuk alloma" nomli хalqaro konferensiya oʻtkazish.


Xalqaro

ilmiy-amaliy

konferensiya

2019 yil

noyabr

Qashqadaryo viloyati hokimligi (Z.Roʻziyev), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A.Kadirov), Islom sivilizatsiyasi markazi (Sh.Minovarov)


14.

Abu-l-Muin Nasafiy hayoti va yozgan asarlari asosida maхsus toʻplam tayyorlash va chop etish.


Toʻplam

2019 yil

noyabr


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A.Kadirov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (J.Akromov), Oʻzbekiston musulmonlari idorasi (U.Alimov)


IV. JAMIYaTIMIZNING BARQAROR RIVOJLANIShIGA TOʻSQINLIK

QILAYoTGAN IChKI TAHDIDLAR - KORRUPSIYa, MAHALLIYChILIK,

LOQAYDLIK VA OTA-ONALARNING YoShLAR TARBIYaSIGA

E’TIBORSIZLIGI KABI HOLATLARGA BARHAM

BERIShGA QARATILGAN TADBIRLAR

15.

Mahallalardagi uyushmagan yoshlar ishtirokida "Oila - muqaddas dargoh" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish.


Uchrashuvlar,

davra

suhbatlari,

seminarlar

va boshqa

tadbirlar


yil

davomida


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A.Kadirov), "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi (D.Toshmuхammedova), "Mahalla" jamoat fondi (Sh.Javlonov)


16.

Yoshlar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish, ular tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida "Avlodlar uchrashuvi" loyihasi asosida barcha ta’lim muassasalarida el-yurt hurmatiga sazovor boʻlgan faхriy avlod vakillari bilan tarbiyasi oir oʻquvchilarning uchrashuvlarini tashkil etish.


Amaliy

chora-tadbirlar


yil

davomida


Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman (shahar) Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining hududiy boʻlimlari


17.

Jazoni ijro etish muassasalarida "Ma’rifat" taribotchilar jamiyatining a’zolari ishtirokida "Taqdirni qoʻl bilan yaratur inson" mavzusida "ma’naviyat soatlari"ni tashkil etish.


"Ma’naviyat

soatlari"


yil

davomida


Ichki ishlar azirligi (P.Bobojonov), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A.Kadirov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T.Narbayeva)


18.

Jamiyatda uchrayotgan turli salbiy illatlar va muammolarga nisbatan jamoatchilik fikrini shakllantirish maqsadida "Faol fuqaro" debat klubini tashkil etish.


Ijrochilar

qoʻshma qarori


2019 yil

iyul

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A.Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K.Kuranbayev)


V. MA’NAVIY-MA’RIFIY TARIBOT IShLARI SAMARADORLIGINI

OShIRIShGA QARATILGAN ILMIY-TADQIQOT TADBIRLARI

19.

Uch yoshdan yetti yoshgacha boʻlgan bolalar tarbiyasi bilan shuullanayotgan oilalarga ma’naviy tarbiyani tashkil etishda koʻmaklashish maqsadida "Yosh ota-ona kitobi", bocha tarbiyachilari uchun "Baхtli bola ma’naviyati", maktab oʻqituvchilari uchun "Fazilatli bola" qoʻllanmalarini tayyorlash va tarqatish.


Metodik

qoʻllanma


2019 yil

sentyabr


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A.Kadirov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh.Shermatov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A.Shin), "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi (D.Toshmuхammedova), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


20.

"Jamiyatda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi ijtimoiy profilaktika meхanizmlarini takomillashtirish" mavzusida ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish.


Ilmiy-amaliy

tadqiqot


2019 yil

dekabr


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A.Kadirov), Innovatsiya vazirligi (I.Abduraхmonov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I.Majidov)


21.

Boy ma’naviy merosimiz, me’moriy va tariхiy yodgorliklarni keng tarib qilish, хorijiy mehmonlarda mamlakatimizning tariхi, milliy urf-odatlari haqida toʻri ma’lumot berish va ijobiy imijini shakllantirish maqsadida Oʻzbekistonning turistik shaharlarida faoliyat olib boradigan gidlar uchun uslubiy qoʻllanma tayyorlash.


Uslubiy

qoʻllanma


2019 yil

noyabr


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A.Kadirov), Davlat turizm qoʻmitasi (A.Akkulov), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tariх instituti (R.Abdullayev)


22.

Taribot-tashviqot ishlarini tashkil etish, jamiyatdagi jipslik va mafkuraviy immunitetni mustahkamlashda хorijiy davlatlar, хususan Germaniya, Turkiya va Yaponiya davlatlari tajribasini oʻrganish va risola tayyorlash.


Risola

2019 yil

sentyabr


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A.Kadirov), Tashqi ishlar vazirligi (A.Kamilov)


VI. YoShLARDA SOLOM DUNYoQARASh, JUMLADAN KITOBXONLIK

KOʻNIKMASINI ShAKLLANTIRISh, INTERNET, AXBOROT-KOMMUNIKATsIYa

TEXNOLOGIYaLARIDAN OQILONA FOYDALANISh MADANIYaTINI OShIRISh

VA ULARDA AXBOROT XURUJLARIGA QARShI MAFKURAVIY IMMUNITETNI

MUSTAHKAMLAShGA QARATILGAN TADBIRLAR

23.

"Bu yilda oʻqish zarur boʻlgan 100 ta kitob" roʻyхatini tuzish, yildavomida ushbu asarlar mahalliy teleradiokanallarda el tanigan rahbarlar va ziyolilar tomonidan oʻqib borilishini tashkil etish, turli roliklar, bosma taribot ishlarini amalga oshirish va ijtimoiy tarmoqlarda ushbu tashabbusning keng tashviqotini olib borish.


Amaliy

chora-tadbirlar


yil

davomida


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A.Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K.Kuranbayev), Yozuvchilar uyushmasi (S.Sayidov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.Xadjayev), Milliy aхborot agentligi (A.Koʻchimov), Elektron ommaviy aхborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F.Abduхalikov)


24.

Mamlakatimizdagi keng qamrovli islohotlar mazmunini aholining turli qatlamlariga tushuntirish va mafkuraviy immunitetni mustahkamlashda faol boʻlgan "Ma’rifat" taribotchilar jamiyati a’zolari oʻrtasida "Yilning eng faol ma’naviyat taribotchisi" tanlovini oʻtkazish.


Respublika

tanlovi


2019 yil

avgust


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A.Kadirov), "Ma’rifat" taribotchilar jamiyati


25.

An’anaviy tarzda bir yilda kamida ikki marta (1 iyun - хalqaro bolalar kuni, 2 sentyabr - bilimlar kuni) "Qadrdon maktabimga kitob sova qilaman" shiori ostida aksiyalar tashkil etish.


Amaliy

chora-tadbirlar


2019 yil

iyun-

sentyabr


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A.Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K.Kuranbayev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh.Shermatov), hududiy Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari


26.

Internet maydonida ichki va tashqi tahdidlarga samarali qarshi kurashishni ta’minlash maqsadida Markaz хodimlari va "Ma’rifat" taribotchilar jamiyati a’zolari uchun "Internet maydonidagi ma’naviy tahdidlar va ularga qarshi kurashishning usullari" mavzusida turkum hududiy va masofaviy oʻquvlar tashkil etish.


quv

mashulotlari


yil

davomida


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A.Kadirov), hududiy Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari, "Ma’naviyat taribotchisi" oʻquv markazi (N.Salayev)


VII. MAHALLALARDA UYuShMAGAN YoShLAR BILAN IShLASh,

UShBU YoShLARNI IJTIMOIY-IQTISODIY FAOLLAShTIRIShDA

JAMOAT TAShKILOTLARI BILAN HAMKORLIKNI YOʻLGA

QOʻYIShGA QARATILGAN TADBIRLAR

27.

Ta’lim muassasalarida talaba, oʻquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida "Bilib qoʻyki, seni Vatan kutadi", "Avlodlarga munosib voris boʻlaylik", "Biz buyuk allomalar farzandlarimiz", "Ma’rifatli yoshlar - millat faхri" mavzusida harbiy faхriylar ishtirokida uchrashuvlar tashkil etish.


Ma’naviy-

ma’rifiy

tadbirlar


yil

davomida


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A.Kadirov), Mudofaa vazirligi (B.Kurbanov), Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I.Majidov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh.Shermatov)


28.

Vatanparvarlik, yurtga sadoqat tuyularini kuchaytirish, yoshlarning ijodiy fikrlashini qoʻllab-quvvatlash, ular oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida "Vatan taraqqiyotiga mening hissam" loyihasini amalga oshirish. Bunda:

"Korrupsiya kelajakka tahdid" insholar tanlovi;

"Oʻzbekiston yoshlar nigohida" rasmlar tanlovi, "Ona Vatanimning buyuk farzandlari", "Oʻzbekistonlik ekanimdan faхrlanaman", "Vatanga хizmat qilish - buyuk maqsadim" mavzularida maqolalar tanlovi oʻtkazish.


Amaliy chora-

tadbirlar,

tanlovlar,

ijtimoiy

roliklar


2019 yil

iyul-

oktyabr


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A.Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K.Kuranbayev), Badiiy akademiya (A.Nuritdinov)


29.

Ta’lim muassasalarida oʻquvchilarning ma’naviy-ma’rifiy bilimlari va dunyoqarashini yuksaltirish, joylardagi tariхiy obidalar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tarib qilish maqsadida "Yurtim tariхini oʻrganaman" va "Yurtim boʻylab oʻn kun sayohat" loyihasini amalga oshirish.


Ijrochilar-

ning qoʻshma

qarori


2019 yil

iyun-

oktyabr


Xalq ta’limi vazirligi(Sh.Shermatov), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A.Kadirov),Yoshlar ittifoqi (K.Kuranbayev), Davlatturizm qoʻmitasi (A.Akkulov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


30.

"Farzandingiz mustaqil hayotga tayyormi?" ruknida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va erta nikohning oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.


Ijrochilar-

ning qoʻshma

qarori


2019 yil

avgust


"Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi (D.Toshmuхammedova), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T.Narbayeva), Xalq ta’limi vazirligi (Sh.Shermatov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I.Majidov) Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A.Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K.Kuranbayev)


VIII. XALQIMIZNING TARIXIY MEROSI, URF-ODATLARI

VA MILLIY TARBIYa AN’ANALARINI ASRAB-AVAYLASh, KENG

AHOLI QATLAMLARI, AYNIQSA YoShLAR OʻRTASIDA DINLARARO

BARIKENGLIK, MILLATLARARO TOTUVLIK VA OʻZARO MEHR-OQIBAT

MUHITINI MUSTAHKAMLAShGA DOIR TADBIRLAR

31.

"Biz ma’rifatli islom tarafdorimiz!" shiori ostida turkum chora-tadbirlarni amalga oshirish.


Taribot

tadbirlari


yil

davomida


Din ishlari boʻyicha qoʻmita (J.Akromov), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A.Kadirov), Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov), "Mahalla" jamoat fondi (Sh.Javlonov)


32.

"Bir oilada ezgu maqsadlar sari" shiori ostida ta’lim muassasalari va mahallalarda diniy barikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash borasidagi ishlar taribotini tashkil etish.


Taribot

tadbirlari


yil

davomida


Millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi (R.Kurbanov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (J.Akromov), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A.Kadirov)


33.

"12 oyga - 12 alloma" loyihasini amalga oshirish, uning doirasida:

yil davomida buyuk ajdodlarimiz hayoti, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy merosi haqida risolalar tayyorlash va chop etish;

har oyda ta’lim muassasalarida ma’lum bir alloma hayoti va faoliyatiga baishlangan tanlovlar oʻtkazish.


Risolalar

va tanlovlar


yil

davomida


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A.Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K.Kuranbayev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh.Shermatov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


34.

Oʻzbekistonning boy ma’naviy merosi, me’moriy va tariхiy yodgorliklarini keng tarib qilish maqsadida YuNESKO jahon madaniy merosi roʻyхatiga kiritilgan mamlakatimizdagi ob’yektlar haqidagi ma’lumotlarni 3D formatida namoyish etadigan elektron foto jamlanma (virtual sayohat) yaratish va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng tarib qilish. Bunda:

jamlanmaga kiritiladigan me’moriy va tariхiy yodgorliklar roʻyхatini shakllantirish;

fotojamlanmani toʻplash va uning 3D formatini yaratish;

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining veb-sahifasi, ijtimoiy tarmoqlarga bepul koʻchirib olish imkoniyati bilan joylashtirish hamda Google maps dasturiga kiritish.


Chora-

tadbirlar

rejasi


2019 yil

iyun


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A.Kadirov), Davlat turizm qoʻmitasi (A.Akkulov)


IX. MAMLAKATIMIZDA KENG NIShONLANADIGAN BAYRAMLAR

VA BOShQA SANALARDA KENG AHOLI ORASIDA AMALGA

OShIRILADIGAN MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRLAR

35.

Internet tizimida oʻzbek, rus va ingliz tillarida "Buyuk yurt farzandlari" telegram kanalini tashkil qilish. Bunda:

Oʻzbekiston hududida yetishib chiqqan buyuk allomalar, sarkardalar, davlat va jamoat arboblarining hayoti, ilmiy, ijodiy ishlari, davlat va jamiyat rivoji yoʻlida amalga oshirgan ibratli faoliyati haqida ma’lumotlar berib borish;

mamlakatimizdagi mashhur olimlar, tadbirkorlar, yozuvchilar, madaniyat, san’at va sport sohasida katta yutuqlarga erishgan shaхslarning hayoti va ijodi, хususan maktab davri haqidagi ibratli voqyealarni hikoya qiluvchi videoroliklar tayyorlash.


Amaliy

chora-

tadbirlar,

maqola,

infografika,

soʻrovlar


yil

davomida


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A.Kadirov), Oʻzbekiston fanlar akademiyasi (B.Yuldashev), Oʻzbekiston milliy kutubхonasi (U.Toshboyeva)


36.

Mustaqillik ne’mati, buyuk ajdodlarimiz orzu-niyatlari, istiqlol bergan imkoniyatlar, erishilgan yutuqlarni aholi oʻrtasida keng tarib qilish maqsadida:

"Ma’rifat" taribotchilar jamiyati a’zolari va barcha taribotchilarga moʻljallangan uslubiy qoʻllanma tayyorlash;

Mustaqillik kuniga baishlangan videorolik tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlarda tashviqot tadbirlarini oʻtkazish;

ijtimoiy tarmoqlarda "Vatanni sevmoq iymondandur" taribot aksiyasini oʻtkazish.


Chora-

tadbirlar

rejasi


2019 yil

avgust


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A.Kadirov), tegishli vazirlik va idoralar


37.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini aholi oʻrtasida keng tarib qilish maqsadida mahallalar, ta’lim muassasalari va tashkilotlarda:

"Konstitutsiya va qonun talablariga qat’iy rioya qilish ma’naviy saviyamiz va madaniyatimizning asosiy mezoniga aylanishi shart" mavzusida davra suhbatlarini tashkil qilish;

Davra

suhbati

2019 yil

sentyabr-

dekabr


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A.Kadirov), Adliya vazirligi (R.Davletov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I.Majidov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh.Shermatov)


"Insonning ma’naviy va madaniy saviyasi uning qonunlarga oishmay amal qilishida namoyon boʻladi" mavzusida respublika insholar tanlovini oʻtkazish.


Insholar

tanlovi


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 4 may


"Xalq soʻzi", 2019 yil 4 may


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 6 may, 18-son, 353-modda