Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.05.2019 y. 384-son "Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida "Namangan viloyatida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.05.2019 y.

N 384



YeVROPA TIKLANISh VA TARAQQIYoT BANKI

IShTIROKIDA "NAMANGAN VILOYaTIDA SUV

TA’MINOTI VA KANALIZATsIYa TIZIMLARINI

MODERNIZATsIYa QILISh" LOYIHASINI AMALGA

OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Namangan shahri aholisi va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarini sifatli ichimlik suv bilan ta’minlashni yanada yaхshilash, shuningdek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hakmorlikni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

a) Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda YeTTB deb ataladi) bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida 2018 yil 8 oktyabrda "Namangan viloyatida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish" loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish uchun 4 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 15 yil mobaynida qaytarish muddati bilan 60,0 mln AQSh dollari miqdorida qarz berish toʻrisida qarz bitimi imzolanganligi;

b) loyihaning umumiy qiymati 74,61 mln AQSh dollarini, shu jumladan:

YeTTB qarzi - 60,0 mln AQSh dollarini tashkil etishi;

loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining hissasi - soliq va bojхona imtiyozlari berish, YeTTB krediti boʻyicha foizlar va investitsiya davrida majburiyatlar boʻyicha vositachilik haqi toʻlash tarzida - 14,61 mln AQSh dollariga teng ekanligi;

v) loyihani amalga oshirish davri 4 yilni (2019-2022 yillar) tashkil etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilar:

"Namangan viloyatida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish" loyihasining teхnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy teхnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;

"Namangan viloyatida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish" loyihasi boʻyicha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qarzini qaytarish va foizlarni toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga* muvofiq;

"Namangan viloyatida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish" loyihasi boʻyicha Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining qarziga хizmat koʻrsatish хarajatlarini qoplash yuzasidan ulushlarni taqsimlash prognozi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


3. Belgilab qoʻyilsinki:

"Oʻzsuvta’minot" aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda "Oʻzsuvta’minot" AJ deb ataladi) loyiha amalga oshirilishi, YeTTBning qarz mablalaridan maqsadli va samarali foydalanish uchun mas’ul boʻlgan ijro etuvchi agentlik hisoblanadi;

qarz umumiy summasining 1 foizi miqdorida YeTTB qarzining biryoʻla vositachilik haqini toʻlash YeTTBning qarz mablalari hisobiga amalga oshiriladi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga YeTTB qarzini Oʻzbekiston Respublikasi, "Oʻzsuvta’minot" AJ, "Namangan suv ta’minoti" MChJ va Namangan viloyati hokimligi oʻrtasida qayta kreditlash toʻrisidagi bitimni imzolash vakolati berilsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va YeTTB oʻrtasidagi qarz bitimi hamda YeTTB qarzini Oʻzbekiston Respublikasi va "Oʻzsuvta’minot" AJ, "Namangan suv ta’minoti" MChJ va Namangan viloyati hokimligi oʻrtasida qayta kreditlash toʻrisidagi bitim boʻyicha belgilangan tartibda yuridik хulosa bersin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vaziri va Namangan viloyati hokimiga:

loyihaning tasdiqlangan teхnik-iqtisodiy asoslanishi asosiy teхnik-iqtisodiy parametrlariga muvofiq loyiha oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ni ta’minlaydigan tashkiliy-teхnik tadbirlar amalga oshirilishi;

YeTTB qarzini qayta kreditlash toʻrisidagi bitimga muvofiq YeTTB qarzini qaytarish va u boʻyicha foizlarni toʻlash uchun zarur boʻlgan mablalar "Namangan suv ta’minoti" MChJ tomonidan oʻz vaqtida jamlanib borilishini ta’minlash uchun shaхsiy javobgarlik yuklansin.

7. Namangan viloyati hokimligi:

suv quvurlari inshootlari va tarmoqlarini qurish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalari belgilangan tartibda ajratilishini ta’minlasin;

2020 yildan boshlab Namangan viloyati mahalliy byudjeti parametrlarida YeTTBning qarzi boʻyicha foizlarni toʻlashga, asosiy qarzni qaytarishga "Namangan suv ta’minoti" MChJning ushbu maqsadlarga yoʻnaltiriladigan oʻz mablalariga qoʻshimcha ravishda mablalarni nazarda tutsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi loyiha 2020 yil va keyingi yillar uchun moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturlariga belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - transport vaziri A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. aniyev va Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vaziri M.X. Saliyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                   A. Aripov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 8 may