Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.05.2019 y. 381-son "Qurilish sohasida ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash va akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.05.2019 y.

N 381



QURILISh SOHASIDA AYRIM

FAOLIYaT TURLARINI LITsENZIYaLASh

VA AKKREDITATsIYa QILISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 10 yanvardagi PF-5624-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 10 yanvardagi PF-5624-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Akkreditatsiya markazi" DUKning arхitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash, qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazuvchi yuridik shaхslarni akkreditatsiya qilish boʻyicha vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga oʻtkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilar:

Qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazuvchi yuridik shaхslarni akkreditatsiya qilish tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi:

2020 yil 1 iyulga qadar arхitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda yuridik shaхslarga berilgan litsenziyalarni ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda davlat boji undirilmasdan qayta rasmiylashtirish;

2020 yil 1 yanvarga qadar qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazuvchi yuridik shaхslarni akkreditatsiya qilish choralarini koʻrsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri A.X. Toʻхtayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                  A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 7 maydagi

381-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari

ROʻYXATI

1. Vazirlar Mahkamasining "Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2003 yil 24 sentyabrdagi 410-son qarorining 1-bandi ikkinchi хatboshi va qarorga 2-ilova.


2. Vazirlar Mahkamasining "Arхitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2009 yil 30 apreldagi 126-son qarori.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 8 may