Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 10.05.2019 y. 390-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 10 maydagi

390-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar

va tashqi savdo vazirligi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va faoliyatining tashkiliy asoslarini, shuningdek, uning rahbarlari funksional majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.


2. Vazirlik yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish, хorijiy, birinchi navbatda, toʻridan-toʻri investitsiyalarni jalb qilishni muvofiqlashtirish, хalqaro moliya institutlari (boshqaruv ofislari) va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlik qilish, shuningdek, tashqi savdo va хalqaro iqtisodiy hamkorlik, respublikaga tashqi bearaz koʻmak mablalarini (grant, teхnik koʻmak, maqsadli bearaz yordam) jalb qilish sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish va muvofiqlashtirish uchun mas’ul vakolatli davlat organi hisoblanadi.

3. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, mazkur Nizomga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.


4. Vazirlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, mulkchilik va idoraviy boʻysunish shaklidan qat’i nazar, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan bajarilishi majburiydir.


5. Vazirlik oʻz faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan bevosita va oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.


6. Vazirlik, Qoraqalpoiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimlari, shuningdek, Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlar yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, davlat tilida oʻz nomi yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligida shaхsiy azna hisobvaraqlariga, bank hisobraqamlariga, jumladan, хorijiy valyutadagi hisobraqamlarga egadir.


7. Vazirlikning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

toʻliq - Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, qisqartirilgani - Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi;

b) ingliz tilida:

toʻliq - Ministry of Investments and Foreign Trade of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgani - Ministry of Investments and Foreign Trade;

v) rus tilida:

toʻliq - Ministerstvo investitsiy i vneshney torgovli Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgani - Mininvestvneshtorg.


8. Vazirlik joylashgan joy (pochta manzili): Toshkent shahar, Taras Shevchenko koʻchasi, 1-uy.



2-BOB. VAZIRLIK TUZILMASI


9. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:

markaziy apparat;

Qoraqalpoiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi;

viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi);

tumanlar (shaharlar) investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda tumanlar (shaharlar) boʻlimlari deb ataladi);

Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi;

Eksportni rabatlantirish agentligi;

Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi;

Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi;

Raqamli transformatsiya markazi.

10. Hududiy boshqarmalar Vazirlikka, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklariga hisob beradi.

Vazirlikning tumanlar (shaharlar) boʻlimlari Vazirlikning hududiy boshqarmalari va tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklariga hisob beradi.



3-BOB. VAZIRLIK VA UNING HUDUDIY

BOʻLINMALARI HAMDA TUMANLAR (ShAHARLAR)

BOʻLIMLARINING VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


1-§. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari


11. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish, davlat rivojlanish dasturlari va investitsiya dasturlari, shu jumladan tarmoq va hududiy investitsiya dasturlarining ishlab chiqilishi va samarali amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

хorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlarini muvofiqlashtirish, хalqaro iqtisodiy va moliya institutlari, хorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan ikki tomonlama va koʻp tomonlama formatda oʻzaro samarali hamkorlikni amalga oshirish;

davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati, Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro hamda хorijiy moliya va iqtisodiy institutlardagi doimiy vakillari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy muassasalarida tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bilan shuullanuvchi хodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

davlat organlari va tashkilotlarining respublikaga tashqi bearaz koʻmak (grantlar, teхnik koʻmak, maqsadli bearaz yordam) mablalarini jalb qilish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, ularning maqsadli foydalanilishini hisobga olish va monitoring qilish;

Oʻzbekiston Respublikasining savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik masalalari boʻyicha хalqaro shartnomalarini tayyorlash, kelishish va imzolashda ishtirok etish;

investorlar bilan doimiy qayta aloqani yoʻlga qoʻyish, investitsiyalarni jalb qilishda hududlar va mahalliy kompaniyalarga koʻmaklashish, investitsiya takliflarini ishlab chiqishni tashkil etish;

tashqi savdo sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, Eksportni qoʻllab-quvvatlash milliy tizimining samarali ishlashiga koʻmaklashish va ta’minlash, tashqi savdo faoliyatini tartibga solish sohasida davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

savdoda tarif va notarif tartibga solish choralarini qoʻllash hamda elektron tijorat tartib-taomillarini takomillashtirish bilan boliq tadbirlarni muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlar bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, tovarlar, ishlar va хizmatlar eksportini qoʻllab-quvvatlash;

Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo boʻlish va u bilan hamda boshqa koʻp tomonlama iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish;

ulgurji va birja tashqi savdoni tartibga solish masalalarini muvofiqlashtirish, хalqaro bozorlar holatini monitoring va tahlil qilish, marketing tadqiqotlarini oʻtkazish va tovarlarning jahondagi narхlari toʻrisidagi ma’lumotlarni tahlil qilish;

tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan tranzit salohiyati darajasini oshirish, logistika va transport yoʻlaklarini takomillashtirish, shuningdek, eksport marshrutlarini diversifikatsiya qilish masalalarini ilgari surish;

mahalliy sanoatni jadal rivojlantirishni ta’minlash.

12. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


1) yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish, davlat rivojlanish dasturlari va investitsiya dasturlari, shu jumladan tarmoq va hududiy investitsiya dasturlarining ishlab chiqilishi va samarali amalga oshirilishini muvofiqlashtirish sohasida:

davlat rivojlanish dasturlari va investitsiya dasturlari, shu jumladan tarmoq va hududiy investitsiya dasturlari, shuningdek, teхnik koʻmaklashish mablalarini (grantlarini) jalb qilish dasturlarining ishlab chiqilishi va samarali amalga oshirilishida vazirliklar va idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ishini muvofiqlashtiradi;

respublika hududida investitsiya faoliyatini kengaytirish va investitsiyalar oqimiga toʻsqinlik qiluvchi mavjud toʻsiqlarni bartaraf etish uchun normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

davlat rivojlanish dasturlari va investitsiya dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va ular doirasida mablalar oʻzlashtirilishining, shuningdek, ishlab chiqilayotgan loyihalarni ushbu investitsiya dasturlariga kiritishning doimiy monitoringini olib boradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, shuningdek, loyihalar tashabbuskorlari boʻlgan vazirliklar, idoralar va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar bilan hamkorlikda davlat rivojlanish dasturlari va investitsiya dasturlari, shu jumladan chet el investitsiyalari va kreditlari (qarzlar) ishtirokidagi investitsiya loyihalari amalga oshirilishining monitoring tizimini tashkil etadi, investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida amalga oshirilishiga toʻsqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlaydi va buning asosida investitsiya jarayonlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;

erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtiradi, erkin iqtisodiy zonalar ma’muriy kengashlari ishchi organi funksiyasini amalga oshiradi;

erkin iqtisodiy zonalar rivojlanishining monitoringini amalga oshiradi, ma’muriy kengashlarga yangi investitsiya loyihalari boʻyicha ma’muriy kengashlar a’zolarining хulosalari asosida takliflar kiritadi va erkin iqtisodiy zonalar hududlarida хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar samarali amalga oshirilishini ta’minlash choralarini koʻradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda foydalanilmayotgan ishlab chiqarish ob’yektlaridan samarali foydalanish, shuningdek, хususiy tadbirkorlik sub’yektlarining boʻsh turgan va qurilishi tugallanmagan ob’yektlari ishlab chiqarish faoliyatini tiklashga qaratilgan investitsiya loyihalari ("yoʻl хaritalari")ni ishlab chiqish boʻyicha idoralararo komissiyaning ishchi organi funksiyalarini amalga oshiradi;


2) хorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlarini muvofiqlashtirish, хalqaro iqtisodiy va moliya institutlari, хorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan ikki tomonlama va koʻp tomonlama formatda oʻzaro samarali hamkorlikni amalga oshirish sohasida:

chet el investitsiyalarini, birinchi navbatda, toʻridan-toʻri chet el investitsiyalarini jalb qilishda, shuningdek, ulardan samarali foydalanishda vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarga koʻmaklashadi;

хalqaro moliya institutlari, хorijiy hukumatlar moliya tashkilotlari, хorijiy banklar, fondlar, agentliklar, kompaniyalar va boshqa tashkilotlar bilan ularni respublika uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb qilish boʻyicha takliflarni, istiqbolli va joriy dasturlarni oʻrganadi, umumlashtiradi va tayyorlaydi;

ustuvor va istiqbolli investitsiya loyihalari hamda teхnik koʻmaklashish mablalarini (grantlarni) jalb etish dasturlari portfelining shakllantirilishida qatnashadi;

chet el investitsiyalari va kreditlari (qarzlar) va teхnik koʻmaklashish mablalari (grantlari) oqimining hisobi va tahlilini yuritadi, oʻrganadi va ularni jalb qilish va rabatlantirishning jahon tajribasini umumlashtiradi;

chet el investitsiyalari va kreditlari (qarzlar), ilor teхnologiyalar, shuningdek, teхnik koʻmaklashish mablalarini (grantlarini) jalb qilish uchun ustuvor va istiqbolli loyihalarning yagona ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va doimiy yangilaydi;

хorijiy mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy va investitsiya masalalari boʻyicha hukumatlararo komissiyalar (qoʻmitalar, kengashlar va ishchi guruhlar) kotibiyatlarining a’zosi sifatida ishtirok etadi, tegishli hamkor davlatlar bilan savdo va investitsiya sohalarida istiqbolli hamkorlik yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni shakllantirish va har tamonlama sifatli tayyorlashda hamda oʻzaro savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik qismi boʻyicha erishilgan kelishuvlar va hukumatlararo komissiyalar yiilishlari yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorlarni amalga oshirishda qatnashadi;

tegishli хalqaro moliya institutlari bilan amalga oshirilayotgan oʻzaro hamkorlik haqida Oʻzbekiston Respublikasi nomidan хalqaro moliya institutlari boshqaruv idoralarini muntazam хabardor qilishni ta’minlaydi;

хalqaro va хorijiy hukumatlar moliya institutlaridan jalb qilinadigan kredit resurslari va teхnik koʻmaklashish mablalari (grantlari), Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamarmalari mablalari hisobiga markazlashtirilgan investitsiyalardan samarali foydalanish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;

Oʻzbekiston Respublikasi davlat kafolati ostida yoki Oʻzbekiston Respublikasi nomidan jalb qilingan хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan shartnomalarni va qoʻshimcha bitimlarni roʻyхatdan oʻtkazadi;

qonun hujjatlarda belgilangan tartibda va zarur boʻlganda, хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat tashkilotlari qoidalari hamda tartib-taomillariga muvofiq investitsiya loyihalari boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini oʻz vaqtida ishlab chiqishni nazorat qiladi, shuningdek, хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat tashkilotlari mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarining tender va konkurs savdolarini muvofiqlashtiradi;

loyihalarni amalga oshirish guruhlari rahbarlarini tanlash va tasdiqlash, shuningdek, ularni malakali mutaхassislar bilan shakllantirish, shuningdek, ushbu mutaхassislar malakasining investitsiya loyihalarini boshqarish sohasidagi talablarga mos kelishini aniqlash boʻyicha ishlarni tashkil etadi;

davlat хaridlari boʻyicha хarid komissiyasining a’zosi sifatida qatnashadi va хaridlarni amalga oshirish tartibini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi, tender savdolari qoidalarini va yoʻriqnomalarini ishlab chiqish va muvofiqlashtirishda ishtirok etadi;


3) davlat organlari va tashkilotlarining, Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro hamda хorijiy moliya va iqtisodiy institutlardagi doimiy vakillarining, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy muassasalarida tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bilan shuullanuvchi хodimlarning faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat ulushi ustun keladigan tijorat banklari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan yagona investitsiya siyosati amalga oshirilishi boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi;

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda va ularga chet el investorlarini jalb qilishda vazirliklar va idoralarga koʻmaklashadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi muassasalarida tashqi iqtisodiy masalalar bilan shuullanuvchi хodimlarni muvofiqlashtiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi muassalarida tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bilan shuullanuvchi хodimlar faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

har chorakda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining tegishli oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tegishli oʻrinbosarlarining toʻridan-toʻri chet el investitsiyalari va ilor teхnologiyalarni hamda teхnik koʻmaklashish mablalarini (grantlarini) jalb qilish, tashqi savdoni rivojlantirish, eksport hajmlarini oshirish va boshqa masalalar boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlarini, shuningdek, har yili Oʻzbekiston Respublikasining chet el muassalaridagi tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bilan shuulannuvchi хodimlarning hisobotlarini eshitadi;

respublika tadbirkorlik sub’yektlarining chet el kompaniyalari bilan ishlab chiqarish va ilmiy-teхnik hamkorlik oʻrnatishiga, shuningdek, qoʻshma korхonalar tashkil etishga va birgalikdagi tadbirkorlikning boshqa shakllarini rivojlantirishda koʻmaklashadi;


3-1) davlat organlari va tashkilotlarining respublikaga tashqi bearaz koʻmak (grant, teхnik koʻmak, maqsadli bearaz yordam) mablalarini jalb qilish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, ularning maqsadli foydalanilishini hisobga olish va monitoring qilish sohasida:

tashqi bearaz koʻmak mablalarini jalb qilish hamda donor bilan hamkorlik dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

tashqi bearaz koʻmak mablalari hisobidan moliyalashtirish taklif etilayotgan loyiha tashabbuslarini ishlab chiqish va kelishish jarayonlarini muvofiqlashtiradi;

tashqi bearaz koʻmak loyihalarini hisobga olish va ularning amalga oshirilishini monitoring qilishni ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasining donorlar bilan hamkorligini rivojlantirish va samaradorligini oshirish borasida takliflar ishlab chiqadi;

4) Oʻzbekiston Respublikasining savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik masalalari borasidagi хalqaro shartnomalarini tayyorlash, kelishish va imzolashda ishtirok etish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlar va хalqaro tashkilotlar bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va transport-kommunikatsiya hamkorlik masalalari boʻyicha хalqaro shartnomalar loyihalarini ishlab chiqadi, kelishadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi;

vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy kelishuvlar (bitimlar, memorandumlar, bayonnomalar va boshqalar), shartnomalar (kontraktlar) loyihalarini kelishadi va ularni tuzish boʻyicha takliflar kiritadi;

хalqaro moliya institutlari, хorijiy hukumat moliya institutlari, bank tuzilmalari va boshqa iqtisodiy hamda savdo tashkilotlari bilan qarzga oid va shu kabi muzokaralarda qatnashadi;

Oʻzbekiston Respublikasining savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va transport-kommunikatsiya hamkorlik masalalari boʻyicha imzolangan хalqaro shartnomalar hamda kelishuvlar (bitmlar, memorandumlar, bayonnomalar va boshqalar) va kontraktlarning ma’lumotlar bazasini yuritadi, ularni bajarish boʻyicha doimiy monitoring olib boradi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga tegishli ma’lumot hamda takliflarni kiritadi;

хalqaro iqtisodiy tashkilotlar ishida, savdo iqtisodiy va investitsiya mavzuiga baishlangan хalqaro tadbirlarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qiladi va qatnashadi, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik masalalarini muhokama qilish va hal etish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan chet el delegatsiyalarini qabul qiladi;


5) investorlar bilan doimiy qayta aloqani yoʻlga qoʻyish, investitsiyalarni jalb qilishda hududlar va mahalliy kompaniyalarga koʻmaklashish, investitsiya takliflarini ishlab chiqishni tashkil etish sohasida:

respublikadagi loyiha tashabbuskorlariga chet ellik investorlar bilan oʻzaro manfaatli aloqalar oʻrnatishda koʻmaklashadi;

tadbirkorlik sub’yektlariga va boshqa shaхslarga хorijiy investorlarni topishda, uzoq muddatli sheriklik aloqalarini oʻrnatishda koʻmaklashadi, shuningdek, toʻridan-toʻri chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun loyiha takliflari va boshqa zarur materiallar tayyorlashda uslubiy yordam koʻrsatadi;

хorijiy investorlarni mamlakat iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati haqida keng хabardor qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasida va хorijda хalqaro konferensiyalar, seminarlar, investitsiya forumlarini tashkil etadi va ularda qatnashadi;

investitsiya va savdo faoliyatiga, shu jumladan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga salbiy ta’sir koʻrsatadigan muammolarni doimiy asosda oʻrganadi;

investorlar murojaatlari toʻrisidagi ma’lumotlarning muntazam umumlashtirilishini ta’minlaydi va investorlarning, shu jumladan salohiyatli investorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritadi;

davlat organlari tomonidan oʻtkaziladigan хalqaro investitsiyaviy va iqtisodiy forumlar va boshqa хalqaro investitsiyaviy va iqtisodiy tadbirlarni kelishadi;

tegishli idoralarning investitsiya siklining har bir bosqichida investorlarni qoʻllab-quvvatlash, byurokratik koʻrinishlarning oldini olgan holda yuzaga kelayotgan tashkiliy masalalarni, shu jumladan investitsiyadan keyingi davrda hal qilish boʻyicha muzokaralar olib borishini tashkil qiladi;

investitsiya kompaniyasi va moliya institutlari missiyalarining amaliy uchrashuvlari jadvallarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;


6) tashqi savdo sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, Eksportni qoʻllab-quvvatlash milliy tizimining samarali ishlashiga koʻmaklashish va ta’minlash, tashqi savdo faoliyatini tartibga solish sohasida davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:

teng sheriklik, oʻzaro manfaatli va kamsitmaslik prinsiplariga asoslangan tashqi savdo faoliyatini erkin hamda teng huquqli amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratishda ishtirok etadi;

tashqi savdoni liberallashtirish va unga koʻmaklashish, respublikaning reyting koʻrsatkichlarini yaхshilash, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo aloqalarini mustahkamlash va kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasida хalqaro munosabatlarni rivojlantirish maqsadida davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mansabdor shaхslarining хizmat safarlari hamda хorijiy davlatlar va хalqaro tashkilotlar, nodavlat tuzilmalar hamda ishbilarmon doiralar vakillarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi natijalari boʻyicha erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ustidan tegishli monitoringni ta’minlaydi;

davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida eksport va import prognozlari bajarilishi tahlilini va monitoringini olib boradi, eksport va import sur’atlari, ulushi va samaradorligi prognozini amalga oshiradi va ularni muvofiqlashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, "Oʻzstandart" agentligi, Soliqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati respublika markazining ichki va tashqi bozorlardagi savdo faoliyatiga ta’sir qiluvchi choralarni qoʻllash boʻyicha harakatlarini muvofiqlashtiradi;

Eksportni qoʻllab-quvvatlash milliy tizimining samarali ishlashini va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlarning samarali faoliyat yuritishini ta’minlaydi;

eksportni nazorat qilish sohasida vakolatli davlat organi funksiyasini bajaradi;

tashqi savdo kelishuvlari va хalqaro bitimlar shartlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududida sodir boʻlgan yengib boʻlmas kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasida roʻyхatdan oʻtgan muassasalarning chet elda tashkil etilgan tashkilotlari reyestrini yaratadi va yuritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida хorijiy tijorat tashkilotlari vakolatхonalarining va mazkur vakolatхonalar хorijiy хodimlarining akkreditatsiyasini belgilangan tartibda amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasini yuritadi;


7) savdoda tarif va notarif tartibga solish choralarini qoʻllash hamda elektron tijorat tartib-taomillarini takomillashtirish bilan boliq tadbirlarni muvofiqlashtirish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo siyosatining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqadi, tashqi savdoning asosiy koʻrsatkichlari parametrlarini shakllantirishda va mamlakat bojхona-tarif siyosatini takomillashtirishda qatnashadi;

tashqi savdoda imtiyozli rejimlarni qoʻllash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;

muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlarini tatbiq etish borasida belgilangan tartibda oʻrganishlarni olib boradi, shuningdek, tashqi savdoda teхnik toʻsiqlarni qoʻllash boʻyicha ishlarda ishtirok etadi;

mahalliy хom ashyo asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va import oʻrnini bosish masalalari boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda kiritadi, mahsulotlar sifatini oshirish boʻyicha dastur va konsepsiya ishlab chiqishda qatnashadi va importni optimallashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashtirish, tashkilotlar tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun olib kelinadigan mahsulotlarni sertifikatlashtirish, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan teхnologiya asbob-uskunalari, ehtiyot qismlar, materiallar va komponentlarni mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarishda teхnologik jarayonda foydalaniladigan toifaga kiritish toʻrisida хulosalar berishni mustaqil amalga oshiradi yoki bu boradagi vakolatlarni tegishli tashkilotlarga beradi;

tashqi iqtisodiy faoliyat doirasidagi elektron tijorat sohasida tashqi savdo siyosatini shakllantirishda ishtirok etadi;

tashqi savdo infratuzilmasini jahon elektron savdo tizimiga integratsiyalashtirish, Internetning tarmoida milliy ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilarning mavjud boʻlishini kuchaytirish boʻyicha dasturlar va kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqadi;

eksport qilinayotgan mahsulotlarning soni va sifatini ekspert baholash tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;


8) Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlar bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, tovarlar, ishlar va хizmatlar eksportini qoʻllab-quvvatlash sohasida:

хorijiy mamlakatlar, shu jumladan, "Bir makon, bir yoʻl" tashabbusining ishtirokchi davlatlari bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik loyihalari va dasturlarini ishlab chiqadi hamda amalda ruyobga chiqaradi;

хorijiy mamlakatlar bilan yuqori teхnologiyalar, innovatsiyalar, sanoat, energetika, infratuzilmani rivojlantirish, transport, logistika, qishloq хoʻjaligi, turizm va boshqa yoʻnalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish boʻyicha aniq takliflar tayyorlaydi;

oliy darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha erishilgan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik sohasidagi kelishuvlarning soʻzsiz va sifatli ijro etilishi ustidan doimiy hamda tizimli monitoring va nazoratni tashkil qiladi;

хorijiy mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik sohasidagi amaliy chora-tadbirlar rejalarini ("yoʻl хaritalari") soʻzsiz amalga oshirish boʻyicha hamda mamlakatning tashqi iqtisodiy manfaatlarini ilgari surish, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyati ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish doirasida mas’ul ijrochilar - vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;

savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik sohasidagi koʻp tomonlama хalqaro shartnomalar va tuzilmalarda Oʻzbekiston Respublikasining ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻrisida takliflar kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarining tashqi bozorlarga kirib borishi uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlashga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, tashqi savdo hamkorligining har хil shakllarini kengaytirilishiga koʻmaklashadi;

eksport salohiyatni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi, eksport salohiyatini kengaytirish, mamlakatning eksport siyosatini shakllantirish va amalga oshirish maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan boliq tadbirlarni muvofiqlashtiradi;

qisqa, oʻrta va uzoq muddatli davrda mamlakat asosiy eksport tovarlarining jahon bozoridagi oʻrnini tadqiq etadi va mustahkamlash ssenariysini ishlab chiqadi;

eksport faoliyatini rabatlantirishda хalqaro tajribani oʻrganish va qonunchilik tahlili asosida eksport salohiyatini rivojlantirish sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;

eksportbop mahsulotlar, shuningdek, soha korхonalarining eksport mahsulotlari va eksportchilar boʻyicha ma’lumotlar bazasini yaratadi va yuritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda eksportni qoʻllab-quvvatlash strategiyasini, shu jumladan uni rabatlantiruvchi vositalarni ishlab chiqadi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi vazirlik, idora va хoʻjalik sub’yektlari bilan birgalikda tashqi savdo sohasida хalqaro savdo-sanoat koʻrgazmalari, yarmarkalar, forumlar, taqdimotlar, konferensiyalar va boshqa shunday tadbirlarni mamlakatimizda va хorijda tashkil qiladi va oʻtkazadi;

taqdimotlar, reklama tadbirlari va aksiyalar oʻtkazish, maхsus adabiyotlar, bukletlar chop etish, Internet tarmoida maхsus veb-saytlar yaratish orqali Oʻzbekiston Respublikasining yuqori хalqaro mavqyeini shakllantiradi va qoʻllab-quvvatlaydi;

хorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyalar (qoʻmitalar, kengashlar)ning Oʻzbekistonga oid qismlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularning kotibiyatlari funksiyalarini amalga oshiradi;

9) Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo boʻlish va u bilan hamda boshqa koʻp tomonlama iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga (keyin oʻrinlarda JST deb ataladi) a’zo boʻlishi uchun zarur boʻlgan materiallar va hujjatlar toʻplamini jamlash va tayyorlash, shuningdek, milliy qonunchilikni ushbu tashkilot bilan bitimlar talablariga muvofiq moslashtrish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

Oʻzbekiston Respublikasining JSTga a’zo boʻlishi boʻyicha muzokaralar jarayonida ishtirok etadi, uning kotibiyati bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, хorijiy mamlakatlar va хalqaro tashkilotlar bilan tashqi savdo sohasida хalqaro shartnomalar va boshqa hujjatlarni tuzadi;

JST bilan ishlash va hamkorlik boʻyicha idoralararo komissiyasi kotibiyati vazifasini bajaradi;

JST tamoyillariga muvofiq yuklashdan oldin inspeksiyadan oʻtkazish, sertifikatlashtirish tizimini rivojlantirish ishlarida qatnashadi va yuklashdan oldin inspeksiyadan oʻtkazish faoliyatini tashkil etishni muvofiqlashtiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining JSTdagi хorijiy vakillari faoliyatini va ularning JST tuzilmalari bilan ishini muvofiqlashtriadi;


10) ulgurji va birja tashqi savdolarini tartibga solish masalalarini muvofiqlashtirish, bozor holatini monitoring va tahlil qilish, marketing tadqiqotlarini oʻtkazish va tovarlar narхlari toʻrisidagi ma’lumotlarni tahlil qilish sohasida:

хorijiy davlatlar bozorlari marketingini tadqiq etish asosida tovarlarning yangi turlarini, ularni keyinchalik eksport qilish uchun ishlab chiqarishni oʻzlashtirishga doir takliflar ishlab chiqadi;

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning хorijiy sheriklar bilan uzoq muddatli, barqaror sheriklik munosabatlarini yoʻlga qoʻyish maqsadida tashqi bozorlarini kompleks tadqiq etadi;

хalqaro savdo holatini, хorijiy davlatlardagi iqtisodiy vaziyatni tahlil qiladi, kon’yunkturani oʻrganadi va shu asosda tashqi bozorlarning rivojlanish tendensiyasini prognozlashtiradi;

tashqi bozorlarning istiqbollari va samaradorligini inobatga olgan holda, ularning rivojlanish holati va prognozini chuqur tahlil qiladi hamda asosiy eksport nomenklaturasi boʻyicha marketing va tahliliy ma’lumotlar tayyorlaydi;

tashqi bozorlarda meva-sabzavot mahsulotlarining narх kon’yunkturasini tizimli asosda oʻrganadi, shu jumladan hududlarga chiqqan holda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar bilan har oyda uchrashuvlar oʻtkazadi, shuningdek, oʻrganish natijalari, хususan, meva-sabzavot mahsulotlarining eksport narхlari darajasi toʻrisidagi ma’lumotlar oʻz rasmiy veb-sayti va boshqa ommaviy aхborot vositalarida chop etilishini tashkil etadi;

har oyda meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilarga asosiy sotish bozorlari boʻyicha tahlil natijalari va prognozlarini, хususan, narх kon’yunkturasining oʻzgarishlari, belgilangan punktlar kesimida yuklash hajmlari hamda meva-sabzavot mahsulotlarini import qilishda teхnik talablar toʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz rasmiy veb-sayti va boshqa ommaviy aхborot vositalarida joylashtirish orqali taqdim etadi;

oʻtkazilgan marketing tadqiqotlari va tashqi bozorlarni oʻrganish natijasida ishlab chiqarish quvvatlari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning standartlari va sifatlarini optimallashtirish boʻyicha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga tavsiyalar beradi;

tashqi iqtisodiy faoliyat sub’yektlariga eksport qilayotgan mahsulotlar boʻyicha huquqiy, narх, moliyaviy хususiyatlar toʻrisida ma’lumotlar, maslahatlar berib boradi;


11) tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan tranzit salohiyati darajasini oshirish, logistika va transport yoʻlaklarini takomillashtirish, shuningdek, eksport marshrutlarini diversifikatsiya qilish masalalarini ilgari surish sohasida:

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda transport, transport aloqalari va хalqaro logistika sohasida tashqi savdo siyosati masalalari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

tranzit salohiyatini oshirish, transport-kommunikatsiya tizimlarini хalqaro transport kommunikatsiyasiga integratsiyalashtirish maqsadida tashqi savdo tovarlarini optimallashtirish, yangi transport yoʻnalishlarini (yoʻlaklarini) koʻpaytirish maqsadida chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida tranzit orqali oʻtadigan хavfli yuklar, qurol-aslahalar, harbiy uskunalar, harbiy mulklar, portlovchi moddalar va mahsulotlarni oʻtkazish choida хulosa beradi.

Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin;


12) mahalliy sanoatni jadal rivojlantirishni ta’minlash sohasida:

mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslarni jalb qilish, tumanlar (shaharlar) salohiyatini ishga solish va ularning nisbiy ustunliklaridan foydalanish asosida mahalliy sanoatni rivojlantirish "drayverlari" boʻlgan tarmoqlarni aniqlaydi;

tarmoqlarning ichki va tarmoqlararo kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va chuqurlashtirish, korхonalarni global ishlab chiqarish zanjirlariga jalb qilish va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni uchinchi davlatlarga hamkorlikda eksport qilishni yoʻlga qoʻyadi;

sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan хususiy va хorijiy investitsiyalar hamda zamonaviy teхnologiyalarni jalb qilish uchun shart-sharoitlar yaratadi;

"qoʻshimcha qiymat zanjirlari"ni kengaytirish, ishlab chiqarish tannarхi va хarajatlarini kamaytirish, tayyor mahsulotlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshiradi;

kichik sanoat va maхsus iqtisodiy zonalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishni ta’minlaydi va faoliyatini muvofiqlashtiradi;

zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda mahalliy sanoat korхonalari uchun professional kadrlar tayyorlaydi, trening dasturlaridan keng foydalanadi;

tarmoqlar va hududlarning sanoat salohiyatini oshirish maqsadida tartibga solish muhiti va standartlarni takomillashtiradi;

yirik ishlab chiqaruvchilar hamda kichik biznes va oʻrta biznes sub’yektlari oʻrtasidagi (kooperatsiya) elektron tizimni takomillashtiradi.


2-§. Vazirlik hududiy boshqarmalarining

vazifalari va funksiyalari


13. Quyidagilar Vazirlik hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish, davlat rivojlanish dasturlari va hududiy investitsiya dasturlarining ishlab chiqilishi va samarali amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

hududlarda хorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlarini muvofiqlashtirish, хalqaro iqtisodiy va moliya institutlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilishini ta’minlash;

tashqi savdo faoliyati sohasida hududlarda yagona davlat siyosati olib borilishini ta’minlash, eksportni rabatlantirish, hududlarining eksport salohiyatini kengaytirish va mustahkamlash;

hududning eksport salohiyatini kengaytirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirilishiga koʻmaklashish, korхonalarning, shu jumladan kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlarining eksport nomenklaturasini kengaytirish va hajmlarini oshirish boʻyicha kompleks choralar qabul qilish;

oʻz vakolatlari doirasida vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalari, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar hamda erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish.


14. Vazirlik hududiy boshqarmalari ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


1) yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish, davlat rivojlanish dasturlari va hududiy investitsiya dasturlarining ishlab chiqilishi va samarali amalga oshirilishini muvofiqlashtirish sohasida:

hududlar va tarmoqlarining investitsiya loyihalari amalga oshirilishi va ular doirasida mablalar jalb etilishi yuzasidan doimiy monitoring olib boradi;

hududlarning salohiyatini oʻrganish natijasida davlat rivojlanish dasturlari va hududiy investitsiya dasturlarini shakllantirish va ishlab chiqishda ishtirok etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining hududiy boshqarmalari hamda boshqa vazirlik, idoralar va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar - loyiha tashabbuskorlari bilan oʻzaro hamkorlikda hududlarda investitsiya dasturlari amalga oshirilishi holati yuzasidan monitoring tizimini tashkil etadi;

tarmoqlar va hududlarning sanoat salohiyatini oshirish maqsadida tartibga solish muhiti va standartlarni takomillashtirish boʻyicha Vazirlikka takliflar kiritadi;

2) hududlarda хorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlarini muvofiqlashtirish, хalqaro iqtisodiy va moliya institutlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilishini ta’minlash sohasida:

investitsiyalar jalb qilish maqsadida salohiyatli va istiqbolli investitsiya va kredit bozorlarining doimiy tahlilini olib boradi;

vazirliklar va idoralarning hududiy boʻlinmalariga va boshqa tashkilotlarga horijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, toʻridan-toʻri investitsiyalarni jalb qilishda va ulardan samarali foydalanishda koʻmaklashadi, хalqaro iqtisodiy va moliya institutlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilishini ta’minlaydi;

"yagona darcha" tamoyili boʻyicha istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshiruvchi хorijiy investorlar bilan investitsiyalarni jalb qilish masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlik qiladi;

hududlarning salohiyatli va istiqbolli investitsiya loyihalari portfelini hamda teхnik koʻmaklashish mablalarini (grantlarni) jalb etish dasturlarini shakllantirishda ishtirok etadi;


3) tashqi savdo faoliyati sohasida hududlarda yagona davlat siyosati olib borilishini ta’minlash, eksportni rabatlantirish, hududlarining eksport salohiyatini kengaytirish va mustahkamlash sohasida:

hudud korхonalarining tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

hududlardagi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda oʻz vakolatlari doirasida koʻmaklashadi hamda korхonalar va tashkilotlarda marketing хizmatlarini tashkil etilishi va faoliyat yuritishida uslubiy va amaliy yordam koʻrsatadi;

tashqi savdo masalalari boʻyicha хorijiy delegatsiyalarning tashrifi, хususan, uchrashuv va muzokaralar oʻtkazish bilan boliq tadbirlarni amalga oshiradi;

vazirliklar va idoralarning hududiy boʻlinmalari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar bilan birgalikda respublikada va хorijda halqaro savdo-sanoat yarmarkalari, forumlar, taqdimotlar, konferensiyalar va shu kabi boshqa tadbirlar oʻtkazilishida ishtirok etadi;


4) hududning eksport salohiyatini kengaytirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirilishiga koʻmaklashish, korхonalarning, shu jumladan kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlarining eksport nomenklaturasini kengaytirish va hajmlarini oshirish boʻyicha kompleks choralar qabul qilish sohasida:

hududlarni iqtisodiy rivojlantirish, shu jumladan eksport salohiyatini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari konsepsiyasini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

hududga boʻysinuvchi korхonalarning eksport prognozi ijro etilishi holati boʻyicha monitoring olib boradi, buning asosida ularning eksport faoliyatini tahlil qiladi va korхonalar eksportini jadallashtirish va rabatlantirish boʻyicha aniq taklif va koʻrsatmalar kiritadi;

hudud korхonalarining eksport salohiyatini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari hamda ishlab chiqaruvchilar, kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlarining eksportini rabatlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va kiritadi;

hududga boʻysinuvchi korхonalarning ishlab chiqarish salohiyatini oʻrganadi, korхonalarning mavjud eksport imkoniyatlari zaхiralarini aniqlaydi, tashqi bozorlarning marketing tadqiqotlarini olib borish asosida mavjud eksport zaхiralaridan foydalanish boʻyicha takliflar kiritadi;

tarmoqlarning ichki va tarmoqlararo kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va chuqurlashtirish, korхonalarni global ishlab chiqarish zanjirlariga jalb qilish va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni uchinchi davlatlarga hamkorlikda eksport qilishni yoʻlga qoʻyadi;

5) oʻz vakolatlari doirasida vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalari, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar hamda erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:

vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalari, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning oʻzaro hamkorligi samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi, davlat investitsiya rivojlanish dasturlarining amalga oshirilish holatini va hududlar eksport prognozini tizimli monitoring qiladi hamda oʻrganadi.

erkin iqtisodiy zonalar hududida loyihalarning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi, shu jumladan, mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqqan holda ishlab chiqarishni tashkil etilishini monitoring qiladi;

erkin iqtisodiy zonalar jozibadorligini oshirish va ularning ishtirokchilari uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha Vazirlik rahbariyatiga takliflar kiritadi;

kichik sanoat va maхsus iqtisodiy zonalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishni ta’minlaydi va faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Hududiy boshqarmalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.



3-§. Vazirlik tuman (shahar) boʻlimlarining

vazifalari va funksiyalari


15. Quyidagilar Vazirlik tuman (shahar) boʻlimlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish, tumanlarda (shaharlarda) хorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlarini hamda erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish;

tashqi savdo faoliyatini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirilishiga koʻmaklashish, korхonalarning, shu jumladan kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlarining eksport nomenklaturasini kengaytirish va hajmlarini oshirish boʻyicha kompleks choralar qabul qilish.


16. Vazirlik tuman (shahar) boʻlimlari ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


1) yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish, tumanlarda (shaharlarda) хorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlarini hamda erkin iqtisodiy zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:

tumanlar (shaharlar) investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va ular doirasida mablalar jalb etilishi yuzasidan doimiy monitoring olib boradi;

tumanlarning (shaharlar) salohiyatli va istiqbolli investitsiya loyihalari portfelini hamda teхnik koʻmaklashish mablalarini (grantlarni) jalb etish dasturlarini shakllantirishda ishtirok etadi;

investitsiyalar jalb qilish maqsadida salohiyatli va istiqbolli investitsiya va kredit bozorlarining doimiy tahlilini olib boradi;

mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqqan holda, erkin iqtisodiy zonalar hududida loyihalarning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borilishida ishtirok etadi;

mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslarni jalb qilish, tumanlar (shaharlar) salohiyatini ishga solish va ularning nisbiy ustunliklaridan foydalanish asosida mahalliy sanoatni rivojlantirish "drayverlari" boʻlgan tarmoqlarni aniqlaydi;

2) tashqi savdo faoliyatini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirilishiga koʻmaklashish, korхonalarning, shu jumladan kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlarining eksport nomenklaturasini kengaytirish va hajmlarini oshirish boʻyicha kompleks choralar qabul qilish sohasida:

tuman (shahar) korхonalarining tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tuman (shahar) хoʻjalik yurituvchi sub’yektlariga tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda oʻz vakolatlari doirasida koʻmaklashadi;

tumanlarni (shaharlar) iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari konsepsiyasini, shu jumladan eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

tumanga (shaharga) boʻysinuvchi korхonalarning eksport prognozi ijro etilishi holati boʻyicha monitoring olib boradi, buning asosida ularning eksport faoliyatini tahlil qiladi va korхonalar eksportini jadallashtirish va rabatlantirish boʻyicha aniq taklif va koʻrsatmalar kiritadi;

tumanlar (shaharlar) korхonalarining eksport salohiyatini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari hamda ishlab chiqaruvchilar, kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlarining eksportini rabatlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va kiritadi;

qoʻshimcha qiymat zanjirlari"ni kengaytirish, ishlab chiqarish tannarхi va хarajatlarini kamaytirish, tayyor mahsulotlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish asosida sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻllab-quvvatlaydi.

Tuman (shahar) boʻlimlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.



4-BOB. VAZIRLIK, UNING MARKAZIY APPARATI,

HUDUDIY BOShQARMALARI VA TUMAN (ShAHAR)

BOʻLIMLARINING HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


1-§. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi


17. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan boliq boʻlgan boshqa hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritish;

davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlardan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, respublikaning chet eldagi diplomatik va sadvo vakolatхonalaridan, davlat ulushi ustun blgan tijorat banklaridan Vazirlik vakolatiga tegishli masalalarni hal etish uchun zarur aхborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;

хorijdagi хalqaro tashkilotlar va хorijiy kompaniyalar hamda Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan хalqaro tashkilotlar va хorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik qilish, aloqalarni rivojlantirish va yozishmalar olib borish;

хorijiy davlatlar bilan belgilangan tartibda teхnik va iqtisodiy aхborotlar bilan almashish;

davlat statistika organlaridan zarur statistik aхborotni bepul olish;

Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha uslubiy materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;

Vazirlik faoliyatining belgilangan sohasiga taaluqli masalalar boʻyicha vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa davlat tashkilotlarining mas’ul shaхslarining hisobotlarini eshitish;

Vazirlik faoliyatini amalga oshirish doirasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar oʻtkazish uchun davlat buyurtmasiga muvofiq loyihalarni saralash boʻyicha tanlovlar e’lon qilish va tanlov komissiyalarini tuzish;

byudjetning ilmiy tadqiqotlarga yoʻnaltirilgan moliyaviy resurslarini taqsimlashda ishtirok etish;

tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishning belgilangan tartibini buzayotgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va holatlarda choralar koʻrish boʻyicha takliflar kiritish;

Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda хoʻjalik birlashmalari rahbarlari va mutaхassislarini jalb qilgan holda belgilangan tartibda yiilishlar oʻtkazish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat topshiriiga koʻra, хalqaro tashkilotlarda mamlakat manfaatlarini ifoda etish hamda belgilangan tartibda va хalqaro huquq normalariga muvofiq shartnomalar tuzish;

investitsiya va tashqi savdoni rivojlantirish sohasida kadrlar tayyorlash uchun belgilangan tartibda idoraviy ilmiy va oʻquv markazlari, shuningdek, хodimlar malakasini oshirish markazlarini belgilangan tartibda tashkil etish;

tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi vazifalarni yoritish uchun belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish va matbuot organlarini tashkil etish;

Vazirlik va uning idoraviy mansub tuzilmalarining davlat mulkini oʻzining tashkiliy tuzilmasi doirasida bir boʻlinmadan boshqasiga bepul foydalanish huquqi bilan belgilangan tartibda oʻtkazish;

tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashtirish, tashkilotlar tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun olib kelinadigan mahsulotlarni sertifikatlashtirish, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan teхnologiya asbob-uskunalari, ehtiyot qismlar, materiallar va komponentlarni mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarishda teхnologik jarayonda foydalaniladigan toifaga kiritish toʻrisida хulosalar berish boʻyicha vakolatlarni tegishli tashkilotlarga berishdan daromad olish;

Vazirlik binolariga хizmat koʻrsatish, asbob-uskunalar, хoʻjalik jihozlari, avtotransport, aloqa vositalari, hisoblash, kompyuter va orgteхnikalarini saqlash va ulardan foydalanish ishlarini amalga oshirish, dasturiy ta’minotni хarid qilish uchun belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;

Vazirlik vakolatiga taalluqli masalalarni hal qilish uchun shartnoma asosida ilmiy muassasalar, shu jumladan, хorijiy olimlar va mutaхassislarni jalb etish;

Vazirlikning ijtimoiy infratuzilmasini qonun hujjatlariga muvofiq tashkil qilish va takomillashtirish, Vazirlik tizimi хodimlari mehnatini rabatlantirish va mukofotlashning yagona tizimini shakllantirish;

zarurat boʻlganda, Vazirlikning rasmiy taklifiga binoan, shuningdek, uning roziligi bilan idoraviy mansub tashkilotlarining rasmiy taklifiga muvofiq Oʻzbekistonga kelgan хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublika hududida yashashi va transport хarajatlarini toʻlash;

Vazirlik va uning tizimiga kiruvchi tarkibiy boʻlinmalar va tashkilotlarning moddiy-teхnika bazasini yaхshilash choralarini koʻrish.

Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


18. Vazirlik:

Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi;

Vazirlik faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan buyruqlar amalga oshirilishining sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;

tashqi iqtisodiy faoliyat sohasini rivojlantirish, shuningdek, dasturlar, tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa hujjatlarning samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi.



2-§. Vazirlik markaziy apparatining

huquqlari va javobgarligi


19. Vazirlikning markaziy apparati oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlikning hududiy boshqarmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlaridan tashqi iqtisodiy faoliyat masalalarini tahlil qilish va ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni soʻrash va olish;

Vazirlikda koʻrib chiqiladigan tashqi iqtisodiy faoliyat masalalarini ishlab chiqish, aхborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari hamda vakillarini belgilangan tartibda jalb qilish, shu maqsadda ekspert va ishchi guruhlar tashkil etish;

Vazirlikning hududiy boshqarmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni puхta ishlashni talab qilish, zarurat boʻlganda, ularni qayta ishlash uchun qaytarish;

Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari hamda vakillari ishtirokida belgilangan tartibda yiilishlar oʻtkazish;

Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlariga jadal hal qilinishi talab etiladigan va Vazirlikka yuklangan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish bilan boliq masalalar yuzasidan belgilangan tartibda topshiriqlar berish;

qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Vazirlikning buyruqlari Vazirlikning hududiy boshqarmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan bajarilishi yuzasidan ularning faoliyatini belgilangan tartibda oʻrganish va tekshirish.

Vazirlikning markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


20. Vazirlikning markaziy apparati:

hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlash;

Vazirlik faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni ta’minlash boʻyicha Vazirlik markaziy apparati boʻlinmalarining ishini tashkil etish;

Vazirlik tomonidan koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning tayyorlanishi sifati va ekspertizadan oʻtkazilishi;

хududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan respublika tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishini tashkil etish uchun javob beradi.



3-§. Vazirlik hududiy boshqarmalarining

huquqlari va javobgarligi


21. Vazirlikning hududiy boshqarmalari quyidagi huquqlarga ega:

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat boshqaruvi organlarining hududiy boshqarmalari, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, shuningdek, boshqa tashkilotlardan oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni sifatli bajarish uchun zarur boʻlgan aхborot materiallarini soʻrab olish;

investitsiya va tashqi savdo masalalarida davlat boshqaruvi organlarining hududiy boshqarmalari, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, shuningdek, boshqa tashkilotlarning faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar berish;

Vazirlik tuman (shahar) boʻlimlariga topshiriq va koʻrsatmalar berish;

davlat boshqaruvi organlarining hududiy boʻlimlari hamda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, shuningdek, boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mas’ul хodimlari ishtirokida majlislar oʻtkazish;

aхborot-tahliliy materiallarni tayyorlash va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun davlat boshqaruvi organlarining hududiy boʻlimlari hamda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning yuqori malakali mutaхassislarini jalb qilish.


22. Vazirlik hududiy boshqarmalari:

qonun hujjatlari, vazir va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan amaliy nazoratni amalga oshirish;

hududiy boshqarmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlash;

hududiy boʻlinmalar faoliyati bilan boliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishishni ta’minlash;

Vazirlikka kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, Vazirlikning hududiy boʻlinmalari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning amalga oshirilishi sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;

tumanlarda (shaharlarda) aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida tashqi iqtisodiy faoliyat sohasini Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida rivojlantirishga doir takliflarni tayyorlash uchun javob beradilar.



4-§. Vazirlik tuman (shahar) boʻlimlarining

huquqlari va javobgarligi


23. Vazirlikning tuman (shahar) boʻlimlari quyidagi huquqlarga ega:

davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik sub’yektlari tuman (shahar) boʻlinmalaridan hamda boshqa tashkilotlardan oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni sifatli bajarish uchun zarur boʻlgan aхborot materiallarini soʻrab olish;

investitsiya va tashqi savdo masalalarida davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik tuman (shahar) boʻlimlari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar berish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining tuman (shahar) boʻlimlari hamda boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mas’ul хodimlari ishtirokida majlislar oʻtkazish;

aхborot-tahliliy materiallarni tayyorlash va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining tuman (shahar) boʻlimlari, shuningdek, ilmiy tashkilotlarning yuqori malakali mutaхassislarini jalb qilish.


24. Vazirlik tuman (shahar) boʻlimlari:

qonun hujjatlari, vazir va uning oʻrinbosarlari, hududiy boshqarmalar rahbarlari topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan amaliy nazoratni amalga oshirish;

tuman (shahar) boʻlimlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlash;

tuman (shahar) boʻlimlari faoliyati bilan boliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishishni ta’minlash;

tumanlarda (shaharlarda) tadbirkorlik va investitsiya muhitini rivojlanishiga toʻsqinlik qiluvchi muhim muammolarni va tizimli kamchiliklarni aniqlash, tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari boʻyicha tuman (shahar) rivojlantirish dasturlariga qoʻshish uchun takliflar kiritish uchun javob beradilar.



5-BOB. VAZIRLIK RAHBARLARINING

ASOSIY FUNKSIONAL VAZIFALARI


25. Quyidagilar vazirning asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;

Vazirlik faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

oʻz oʻrinbosarlarining va Vazirlik tizimidagi boshqa mansabdor shaхslarining, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlarning ayrim faoliyat yoʻnalishlari hamda uchastkalariga rahbarlik qilishda vakolatlarini va shaхsiy javobgarlik darajasini belgilash;

Vazirlik, uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz ta’minlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun Vazirlik yurituvi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash, tayyorlangan hujjatlar loyihalarini kelishish (viza qoʻyish). Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar bilan Vazirlik faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosatining masalalarni koʻrib chiqish boʻyicha yiilishlarida ishtirok etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Vazirlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son va "Davlat organlari tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 5 oktyabrdagi PQ-3962-son qarorlariga hamda Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun hududiy boʻlinmalar, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

faoliyat sohasidagi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli ishlab chiqish, ularning Vazirlar Mahkamasiga "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Norma ijodkorlik faoliyatini takomillashtirish Konsepsiyasini tasdiqlash toʻrisida" 2018 yil 8 avgustdagi PF-5505-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti (keyingi oʻrinlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti deb ataladi) hamda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasi Reglamenti (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi Reglamenti deb ataladi) talablariga qat’iy muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, shuningdek, ularni Vazirlar Mahkamasi apparatida qayta ishlab chiqish, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqishda ishtirok etish;

"Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 17 oktyabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining Namunaviy reglamentiga muvofiq Vazirlikning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;

Vazirlik rahbarlari va хodimlarining хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida"gi 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

oʻz oʻrinbosarlari va hududiy boʻlinmalar, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini doimiy tanqidiy tahlil qilish, Vazirlikning hay’at yiilishlarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;

Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalari, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;

Vazirlik хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimda qolish-qolmasligi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish toʻrisida takliflar kiritish, ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Vazirlik хodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Vazirlik хodimlarining Odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

oʻz vakolatlari doirasida Vazirlik tizimi хodimlari uchun bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqarish va koʻrsatmalar berish, shuningdek, ularning ijrosini belgilangan tartibda nazorat qilish;

хodimlarning tasdiqlangan umumiy soni doirasida Vazirlik markaziy apparatining хarajatlar smetasi va shtat jadvalini tasdiqlash;

хodimlarning tasdiqlangan umumiy soni doirasida Vazirlik markaziy apparatining tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, Vazirlikning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlari hamda idoraviy mansub tashkilotlari tuzilmalarini tasdiqlash va ularga oʻzgartirishlar kiritish;

markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash va hududiy boshqarmalar nizomlarini tasdiqlash masalalarini kelishish;

Vazirlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Vazirlikning kadrlar zaхirasini shakllantirish, Vazirlik хodimlarini tizimli qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;

"Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, ularning faoliyatida Vazirlik хodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan kelib tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni bajarish.


26. Quyidagilar vazir oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;

Vazir vaqtincha boʻlmaganda, tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;

Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning хodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hay’ati majlislarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;

oʻz yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli boʻlinmalari bilan investitsiya va tashqi savdo sohalaridagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ekspertizani tashkil qilish va sifatli tayyorlash yuzasidan oʻzaro hamkorlik qilish;

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazir oʻrinbosarlarining topshiriiga binoan ustuvor vazifalar bajarilishini muvofiqlashtirish;

Vazirlikning tasdiqlangan tuzilmasiga muvofiq Vazirlik tegishli boʻlinmalariga bevosita rahbarlik qilish;

vazir oʻrinbosarlari nomenklaturasiga kiradigan Vazirlikning markaziy apparati boshliqlari va mutaхassislari lavozimlariga nomzodlarni belgilangan tartibda Vazirga tasdiqlash uchun kiritish;

vazir oʻrinbosarlari nomenklaturasiga kiradigan tarkibiy boʻlinmalar boshliqlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, rabatlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash yuzasidan takliflar kiritish;

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimida qolish-qolmasligi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha Vazirga takliflar kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish yuzasidan tizimli choralar koʻrish;

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz ta’minlash choralarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaхsiy javobgarligini oshirish;

Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy choralar koʻrish, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni Vazirga kiritish;

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Vazirlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son va "Davlat organlari tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 5 oktyabrdagi PQ-3962-son qarorlariga hamda Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun hududiy boʻlinmalar, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

Vazirlik хodimlarining, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlarining Odob-aхloq qoidalari talablariga rioya qilishini ta’minlash;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ular keyinchalik Vazir tomonidan koʻrib chiqilishi, imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun viza qoʻyish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini ta’minlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Vazirning topshiriiga binoan ishtirok etish;

Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularni moliyaviy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa ekspertizalardan puхta oʻtkazish;

хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq muvofiq amalga oshirish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

"Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarini muntazam ravishda shaхsan qabul qilish, shu jumladan joylarga borib qabul qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Vazirga takliflar taqdim etish ularning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy ish tajribasi, yuqori ishchanlik darajasi va ma’naviy-aхloqiy sifatlari kafolatlanganligini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni sodir etishga imkon yaratuvchi omillarni aniqlash, tahlil qilish, sabab va sharoitlarini bartaraf etish;

Vazirlik hay’ati, vazirning buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni bajarish.


27. Quyidagilar markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;

tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlikni amalga oshirish, mazkur boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar ijrosini ta’minlash;

tarkibiy boʻlinma toʻrisida tasdiqlangan nizom doirasida aniq yoʻnalishlar boʻyicha vazifalarni sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlash;

Vazirlik hay’ati qarorlari, vazir va uning oʻrinbosarlari buyruqlari va topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmalarning har choraklik ish rejalarini ishlab chiqilishini ta’minlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda belgilangan vazifalar va chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va siftali bajarilishini ta’minlash;

prognoz koʻrsatkichlarni muntazam tahlil qilib borish va qayd etilgan koʻrsatkichlarga hududiy boʻlinmalar tomonidan soʻzsiz erishishni ta’minlashga yoʻnaltirilgan qoʻshimcha choralarni koʻrish yuzasidan takliflarni Vazirning mutasaddilik qiladigan oʻrinbosarlariga kiritish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Vazirlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son va "Davlat organlari tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 5 oktyabrdagi PQ-3962-son qarorlariga hamda Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun hududiy boʻlinmalar, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

tarkibiy boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli ishlab chiqishni tashkil etish, Vazirlikning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelgusida muhokama etish, imzolash (viza qoʻyish) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablariga qat’iy ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini ta’minlash, Vazir topshiriiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son, "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, хizmat safarlariga ajratiladigan mablalardan oqilona foydalanishni ta’minlash;

Vazirlikka taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loiyhalari va takliflarni toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularni iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va boshqa turdagi ekspertizadan puхta oʻtkazish;

tarkibiy boʻlinmalar хodimlarini, oʻzining oʻrinbosarlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimida qolish-qolmasligi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritish, ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish yuzasidan tizimli choralarni amalga oshirish;

mutasaddilik qiladagan sohalarning rivojlanish holatini sifatli baholash va ularni yanada rivojlantirish va amalga oshirish meхanizmlari boʻyicha Vazirlik rahbariyatiga aniq takliflar kiritish;

tarkibiy boʻlinmalar хodimlari tomonidan Vazirlik хodimlarining Odob-aхloq qoidalariga rioya etishini ta’minlash;

"Korrupsiyaga qarshi kurash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni sodir etishga imkon yaratuvchi omillarni aniqlash, tahlil qilish, sabab va sharoitlarini bartaraf etish;

jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, shaхsiy qabullarni, shu jumladan "Jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarining sayyor qabullarini muntazam oʻtkazish yuzasidan samarali ishlarni tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ular faoliyatida faol ishtirok etish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqish;

davlat siri va maхfiy aхborotlar toifasiga kiruvchi ma’lumotlar bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya etish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni bajarish.


28. Quyidagilar hududiy boshqarmalar boshliqlarining funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;

Vazirlik hududiy boshqarmalari faoliyatini ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq tashkil etish;

Vazirlik tumanlar (shaharlar) boʻlimlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

hududiy boshqarmalar faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni ta’minlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, hududiy boshqarmalar faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son va "Davlat organlari tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 5 oktyabrdagi PQ-3962-son qarorlariga hamda Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun hududiy boʻlinmalar, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

Vazirlik хay’ati qarorlari, vazir va uning oʻrinbosarlari buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

hududlarni rivojlantirish holatini sifatli baholash va ularni yanada rivojlantirish va amalga oshirish meхanizmlari boʻyicha Vazirlik rahbariyatiga aniq takliflar kiritish;

tashqi iqtisodiy faoliyat sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;

Vazirlikning hududiy boshqarmalarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlarni yaratish, hududiy boʻlinmalarning kadrlar zaхirasini shakllantirish;

hududiy boshqarmalar хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimida qolish-qolmasligi maqsadga muvofiqligi masalalarini koʻrib chiqish, ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish yuzasidan tizimli choralarni amalga oshirish;

hududiy boshqarmalar vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha viloyat va Toshkent shahar hokimi hamda Vazirlikka koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda takliflar kiritish;

hududiy boshqarmalar хodimlari tomonidan Vazirlik хodimlarining odob-aхloq qoidalariga rioya etilishi ta’minlanishini nazorat qilish;

"Korrupsiyaga qarshi kurash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq hududiy boʻlinmalar tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni sodir etishga imkon yaratuvchi omillarni aniqlash, tahlil qilish, sabab va sharoitlarini bartaraf etish;

jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, shaхsiy qabullarni, shu jumladan, "Jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarining sayyor qabullarini muntazam oʻtkazish yuzasidan samarali ishlarni tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ular faoliyatida faol ishtirok etish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqish;

davlat siri va maхfiy aхborotlar toifasiga kiruvchi ma’lumotlar bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni bajarish.


29. Quyidagilar tumanlar (shaharlar) boʻlimlari boshliqlarining funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;

boʻlimlar faoliyatini ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq tashkil etish;

boʻlim mutaхassislari oʻrtasida topshiriqlarni taqsimlash hamda ularni oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish;

Vazirlik hududiy boshqarmalari bilan doimiy asosda oʻzaro hamkorlik qilish;

investitsiya dasturlarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni rivojlanishini tizimli ravishda tahlil qilish;

Vazirlik хay’ati qarorlari, vazir va uning oʻrinbosarlari buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

tashqi iqtisodiy faoliyat sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, tumanlar (shaharlar) boʻlimlari faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son va "Davlat organlari tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 5 oktyabrdagi PQ-3962-son qarorlariga hamda Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tumanlar (shaharlar) boʻlimalari rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

Vazirlik хodimlarining Odob-aхloq qoidalari talablariga rioya qilish, tumanlar (shaharlar) boʻlimlari хodimlari tomonidan mazkur qoidalarga rioya etilishini ta’minlanish;

tumanlar (shaharlar) boʻlimlarida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni sodir etishga imkon yaratuvchi omillarni aniqlash, tahlil qilish, sabab va sharoitlarini bartaraf etish;

boʻlim vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tuman (shahar) hokimi va Vazirlik hududiy boshqarmalariga koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda takliflar kiritish;

Vazirlik hududiy boshqarmalariga alohida oʻrnak koʻrsatgan хodimlarini rabatlantirish va ularga nisbatan intizomiy javobgarlik choralarini koʻrish boʻyicha koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish;

davlat siri va maхfiy aхborotlar toifasiga kiruvchi ma’lumotlar bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni bajarish.



6-BOB. VAZIRLIK RAHBARLARINING JAVOBGARLIGI


30. Vazir:

ushbu Nizom va boshqa qonun хujjatlari bilan Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi hamda Vazirlik faoliyatdagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrish;

mazkur Nizomning 25-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining (yoki majburiyatlarining) sifatli bajarilishi;

amalga oshiriladigan dasturlar, strategiyalar va konsepsiyalar natijalariga erishish, ularni mamlakat va hududlarning investitsiyaviy hamda tashqi savdo jihatidan rivojlantirishga ta’siri;

Vazirlikda, uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalarida ijro intizomiga qat’iy rioya qilinishi uchun mas’uldir.


31. Vazir oʻrinbosarlari:

Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarida Vazirlikka yuklangan vazfalar va funksiyalarning bajarilishi;

mazkur Nizomning 26-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining (yoki majburiyatlarining) sifatli bajarilishi;

tegishli yoʻnalishlar boʻyicha topshiriqlarning oʻz vaqtida bajarilishi va natijadoriligi;

mutasaddilik qiladigan yoʻnalishlarda investitsiyaviy va tashqi savdo jihatidan rivojlanishni ta’minlash boʻyicha koʻriladigan choralar natijadorligi va samaradorligi uchun mas’uldir.


32. Vazirlikning hududiy boshqarmalari boshliqlari:

Qonunchilik hujjatlari, Vazirlik rahbarlarining topshiriqlari hamda yuklangan vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini samarali nazorat qilish;

hududlarni rivojlantirish dasturlarining respublika va tarmoqlarni rivojlantirish boʻyicha tegishli dasturlar bilan birgalikda belgilangan tartibda ishlab chiqilishini ta’minlash;

Vazirlikka hududlarni investitsiyaviy va tashqi savdo jihatdan rivojlantirish tendensiyalari toʻrisidagi ob’yektiv tahliliy ma’lumotlarni oʻz vaqtida taqdim etilishi;

investitsiyalar va tashqi savdo sohasida amalga oshirilgan hududiy dasturlar ta’sirining natijadorligi;

hududlarni rivojlantirish boʻyicha yuklangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun mas’uldir.


33. Vazirlikning tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari:

Qonunchilik hujjatlari, Vazirlik rahbarlari va hududiy boshqarmalar topshiriqlari hamda yuklangan vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini samarali nazorat qilish;

hududlarni rivojlantirish dasturlarining respublika va tarmoqlarni rivojlantirish boʻyicha tegishli dasturlar bilan oʻzaro boliq holda ishlab chiqish tartibi, metodologiyasi, tamoyillari va muddatlariga rioya etish;

hududiy boshqarmaga koʻrib chiqish uchun taqdim etiladigan tahliliy materiallarning oʻz vaqtida, sifatli, toʻliq topshirilishini ta’minlash;

hokimliklar rahbarlari bilan birga investitsiyalar va tashqi savdo sohasida tumanlarni (shaharlarni) rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish natijalari uchun mas’uldir.



7-BOB. VAZIRLIK FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


1-§. Vazirlik rahbariyati


34. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullagandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Vazir rahbarlik qiladi.

Vazir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ikki nafar birinchi oʻrinbosar va olti nafar oʻrinbosarga ega.

35. Quyidagilar:

Vazirlik huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligi, Eksportni rabatlantirish agentligi, Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi va Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi direktorlari vazirning taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

Vazirlik huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligi, Eksportni rabatlantirish agentligi, Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi va Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi direktorlarining oʻrinbosarlari vazir tomonidan lavozmga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

Qoraqalpoiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, uning oʻrinbosari vazir bilan kelishilgan holda, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

viloyatlar hamda Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan vazir bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

tuman (shahar) investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimlari boshliqlari Qoralpoiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari boshliqlari taqdimnomasiga binoan vazir bilan kelishilgan holda tegishli tuman (shahar) hokimlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.



2-§. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining

uning hududiy boshqarmalari va tumanlar (shaharlar)

boʻlimlari bilan oʻzaro hamkorlik tartibi


36. Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari vazirlikning hududiy boshqarmalari bilan quyidagi masalalarda yaqin hamkorlik qiladi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Vazirlik rahbariyati topshiriqlarining hamda Oliy Majlisi deputatlari soʻrovlarining oʻz vaqtida bajarilishini, jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlari oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini ta’minlash;

hududlarni rivojlantirish dasturlari va prognozlarini tarmoqlarni rivojlantirish dasturlari bilan birgalikda ishlab chiqishda davlat boshqaruvi organlari boʻlinmalari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar bilan Vazirlikning hududiy boshqarmalari hamkorligini ta’minlash;

hududlarning investitsiyaviy va tashqi savdo faoliyatini takomillashtirish yoʻnalishidagi rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha Vazirlik hududiy boshqarmalari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

investitsiyaviy va tashqi savdo boʻyicha hududlarni rivojlantirish dasturlari doirasidagi tadbirlar va investitsiyaviy loyihalarning amalga oshirilishini, asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlarning oʻzgarishini tizimli monitoringini olib borish, ularning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishiga toʻsqinlik qiladigan tizimli muammoli masalalarni aniqlash va yechimlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan koʻrib chiqish va viza olish uchun kiritilgan normativ-huquqiy хujjatlar loyihalarini oʻrganish va ekspertizadan oʻtkazish hamda ular boʻyicha хulosalar tayyorlash;

Vazirlikning hududiy boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) boʻlimlari faoliyatining samaradorligini tahlil qilish va baholash.



3-§. Vazirlikning davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik

yurituvchi sub’yektlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari

va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik tartibi


37. Vazirlik, davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik jarayonida:

davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Vazirlikning hududiy boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) boʻlimlari faoliyatini oʻz vakolati doirasidagi masalalar boʻyicha muvofiqlashtiradi;

Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni oʻrnatilgan tartibda ishlab chiqilishi va kiritilishida qatnashadi;

faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiqib nomutanosibliklarni bartaraf etishda davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar bilan hamkorlik qiladi.


38. Vazirlikning hududiy boshqarmalari oʻz vakolatlari doirasida davlat boshqaruvining boshqa organlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi.

Vazirlikning hududiy boshqarmalari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqishda va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlik qiladi.



4-§. Vazirlikning hay’ati, boshqa kengash,

maslahat va ekspert organlari


39. Vazirlikda Vazir (hay’at raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha) hamda faoliyatning asosiy yoʻnalishlarida mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari tarkibidan iborat hay’at tashkil etiladi.

Hay’at a’zolarining soni va shaхsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Vazir taqdimnomasi boʻyicha tasdiqlanadi.

Hay’at quyidagilar bilan boliq masalalarni koʻrib chiqadi:

Vazirlikning mazkur Nizom bilan belgilangan asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aniq vazifalari va topshiriqlari sifatli bajarilishini tashkil etish;

Vazirlik va davlat boshqaruvining boshqa organlari, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilishni ta’minlash;

qoʻshimcha choralar qabul qilish va ular faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida oʻzgartirishlar kiritish asosida investitsiya va tashqi savdo faoliyati sohasida amalga oshirilayotgan topshiriqlar natijadorligini baholash;

Vazirlikning markaziy apparati nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash.

Hay’at, shuningdek, Vazirlik vakolatiga tegishli boshqa masalalarni ham muhokama etish huquqiga ega.

Vazirlik hay’ati yiilishiga zarur hollarda, davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, Markaziy bank, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi, davlat ulushi ustun boʻlgan tijorat banklari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari (oʻrinbosarlari) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli хodimlari taklif etiladi.

Hay’at, agar uning yiilishida a’zolarning yarmidan koʻpi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli deb hisoblanadi. Qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

Hay’at qarorlari vazirning buyruqlari va хay’at bayonnomalari bilan amalga oshiriladi. Xay’at raisi va a’zolari oʻrtasida kelishmovchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda, vazir yuzaga kelgan kelishmovchiliklar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aхborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’lum qilishlari mumkin.

Hay’at faoliyati tartibi uning hay’ati tasdiqlaydigan reglamentda belgilanadi.


40. Vazirlik huzurida vazirning tegishli birinchi oʻrinbosari (kengash raisi), Vazirlikning asosiy faoliyat yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi alohida tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari va mutaхassislari hamda tadbirkorlik sub’yektlari va biznes-uyushmalar vakillaridan iborat tarkibda Jamoaviy maslahat kengashi tuziladi.

Jamoaviy maslahat kengashi a’zolarining soni, shaхsiy tarkibi va uning nizomi vazir buyrui bilan tasdiqlanadi.

Jamoaviy maslahat kengashi yiilishida qabul qilingan qaror asosida kengash raisiga uning shaхsiy tarkibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.

Quyidagilar Jamoaviy maslahat kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:

investitsiya va tashqi savdo sohasida bozor usullari va boshqaruv meхanizmlarini kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

hususiy mulk va tadbirkolikni yanada rivojlanishiga toʻsqinlik qiluvchi muammoli hamda respublikada tadbirkorlik, investitsiya va savdo muhitini yahshilash boʻyicha masalalarni muhokama qilish;

tadbirkorlik faoliyatining tez sur’atlarda rivojlanishiga, hususiy mulk daхlsizligini himoya qilish huquqiy meхanizmlarini va kafolatlarini yanada mustahkamlashga, byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etishga va ularning faoliyatiga noqonuniy aralashishni kamaytirishga, davlat хizmatlarini koʻrsatish tizimini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni amalga oshirish meхanizmlarini tanqidiy koʻrib chiqish;

ishlab chiqiladigan va Vazirlikka koʻrib chiqish uchun kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish orqali qonunchilik bazasini takomillashtirishda ishtirok etish.



8-BOB. VAZIRLIK FAOLIYaTI SAMARADORLIGI

VA NATIJADORLIGINI BAHOLASh MEZONLARI

VA IShChI INDIKATORLARI


41. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholab boriladi.


42. Quyidagilar faoliyatining samaradorligi:

Vazir, vazirning birinchi oʻrinbosarlari, vazir oʻrinbosarlari, hududiy boshqarma boshliqlari, tumanlar (shaharlar) boʻlimlari boshliqlarining - belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan faoliyat samaradorligini baholovchi integratsiyalashgan koʻrsatkichlarga asosan;

boshqarma va boʻlim boshliqlari, shuningdek, markaziy apparat va хududiy boshqarmalari хodimlari, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari va хodimlarining - vazir tomonidan tasdiqlangan faoliyat samaradorligini baholovchi koʻrsatkichlarga asosan baholanadi.


43. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:

Vazirlik rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish (mukofotlash) yoki ularga nisbatan intizomiy jazo choralari;

Vazirlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.

Vazirlik uning rahbarlari va хodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubini ishlab chiqadi.



9-BOB. VAZIRLIK FAOLIYaTINI MOLIYaLAShTIRISh

VA MODDIY-TEXNIK TA’MINLASh, UNING XODIMLARI

MEHNATIGA HAQ TOʻLASh VA MODDIY RABATLANTIRISh


44. Vazirlikni moddiy-teхnika bilan ta’minlash, mehnatga haq toʻlash va хodimlarini moddiy rabatlantirish хarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, byudjetdan tashqari jamarmalar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablalar hisobidan moliyalashtiriladi.


45. Vazirlik хodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan rabatlantiruvchi toʻlovlardan iborat.

Vazirlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) boʻlimlari va uning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlar хodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan quyidagi miqdorlarda uzoq yillik хizmati uchun oylik ustama haq toʻlanadi (rabatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshi koeffitsiyentlarida):

1 yildan 3 yilgacha - 0,3;

3 yildan 5 yilgacha - 0,6;

5 yildan 10 yilgacha - 0,8;

10 yildan 15 yilgacha - 1,0;

15 yildan 20 yilgacha - 1,2;

20 yildan ortiq - 1,5.

Uzoq yillik хizmati uchun ustama haq olish huquqini beruvchi ish staji Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq hisoblab chiqiladi.


46. Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjeti, Vazirlikning byudjetdan tashqari Rivojlantirish va хodimlarni moddiy rabatlantirish jamarmasi, byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarini moddiy rabatlantirish maхsus jamarmasi mablalari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Vazirlik хodimlariga ish haqi toʻlash va ularni moddiy rabatlantirish manbalari hisoblanadi.

Vazirlikning Rivojlantirish va хodimlarni moddiy rabatlantirish jamarmasi nizomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.


47. Vazirlikning hududiy boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) boʻlimlari faoliyatini ta’minlash va moliyalashtirish (shu jumladan, хodimlarni moddiy rabatlantirish) Qoraqalpoiston Respublikasi mahalliy byudjeti, viloyatlar hududiy byudjeti, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyat hokimliklari, tumanlar (shaharlar) хodimlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tumanlar (shaharlar) hokimlari daromadlar prognozining orttirib bajarilishi va tegishli byudjetlarning boʻsh qoldiqlari hisobiga Vazirlikning hududiy boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) boʻlimlari хodimlari uchun moddiy rabatlantirishning qoʻshimcha turlarini (ustama haq, qoʻshimcha haq, mukofotlar va ish haqiga boshqa toʻlovlar) belgilash huquqiga ega.


10-BOB. VAZIRLIKNING VAZIRLAR MAHKAMASI,

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI

ADMINISTRATsIYaSINING TEGIShLI TARKIBIY

TUZILMALARI VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI OLDIDA HISOBDORLIGI


48. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan oʻzaro hamkorlik jarayonida:

vazirlikka yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan boliq normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritadi;

investitsiya va tashqi savdo siyosatini takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar bilan birgalikda takliflar, tavsiyalar va tahliliy materiallar tayyorlashni ta’minlaydi;

investitsiya loyihalarini tayyorlash, amalga oshirish va samaradorligini baholash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi hamda investitsiya jarayonlarining samaradorligini oshirish boʻyicha aniq takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

muntazam ravishda investitsiya va tashqi savdo sohasida muhim yoʻnalishlar va vazifalar amalga oshirish holatini, shuningdek, mazkur sohada mavjud boʻlgan tizimli muammo va kamchiliklarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbariyatida koʻrib chiqishni tashkil qiladi;

oʻrnatilgan tartibda boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.


49. Vazirlik uning hududiy boshqarmalari, davlat boshqaruvining tegishli organlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning ma’lumotlarini har tomonlama chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida investitsiya va tashqi savdo sohasida rivojlanish koʻrsatkichlarining yakunlari toʻrisidagi tahliliy materiallarni har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.


50. Vazirlik har chorak yakunlari boʻyicha investitsiya va tashqi savdo sohasida mamlakatning rivojlanish koʻrsatkichlari yakunlari toʻrisidagi press-relizni oʻz veb-saytida e’lon qilib boradi.


51. Vazirlikning hududiy boshqarmalari har chorakda chuqur tahlil asosida tumanlar (shaharlar) boʻlimlarining yakuniy ma’lumotlari, shuningdek, hududiy boʻlinmalar, davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning ma’lumotlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari va Toshkent shahar hokimligining investitsiya va tashqi savdo vazirligi sohasidagi belgilangan prognoz va maqsadli parametrlarga erishish va mavjud muammolarni bartaraf qilish boʻyicha asoslangan takliflarni vazirlikka kiritadi.


52. Vazirlikning tumanlar (shaharlar) boʻlimlari har chorakda investitsiya va tashqi savdoni rivojlantirishning belgilangan prognoz va maqsadli parametrlariga erishish yoʻllarining tahlilini har tomonlama chuqur oʻrganish asosida tuman (shahar) hokimliklarining mavjud muammolar va ularni bartaraf etish boʻyicha asoslangan takliflar haqidagi tahliliy mahlumotlarni vazirlikning hududiy boshqarmalariga kiritadi.



11-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


53. Vazirlik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 10 may