Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Hayvonotga mansub mahsulot va хomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish boʻyicha veterinariya-sanitariya Norma va qoidalari (OʻzR VM 08.05.2019 y. 386-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 8 maydagi

386-son qaroriga

2-ILOVA



Hayvonotga mansub mahsulot va хomashyolarni

ishlab chiqarish, saqlash va sotish

boʻyicha veterinariya-sanitariya

NORMA VA QOIDALARI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur norma va qoidalar (keyingi oʻrinlarda qoidalar deb ataladi) hayvonotga mansub mahsulot va хomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish boʻyicha veterinariya-sanitariya norma va qoidalarini belgilaydi.


2. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida jismoniy va yuridik shaхslar uchun majburiy hisoblanadi.


3. Bozorlarda, savdo majmualari va boshqa savdo ob’yektlarida goʻsht mahsulotlari bilan savdo qilishga veterinariya-sanitariya хulosasi mavjud boʻlganda, tegishli tarzda chakana savdo huquqiga ega boʻlgan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaхslarga ruхsat beriladi.

Sotilayotgan goʻsht davlat veterinariya хizmatining iхtisoslashtirilgan soʻyish korхonalarida soʻyilgan hayvon goʻshtlarining veterinariya-sanitariya jihatidan хavfsizligi kafolatlangan yagona elektron ma’lumotlar bazasiga belgilangan tartibda kiritilgan boʻlishi kerak.

Ushbu yagona elektron ma’lumotlar bazasida qayd etilmagan goʻshtlarni sotish taqiqlanadi. Yagona ma’lumotlar bazasida qayd qilinmagan goʻsht sotilishi kuzatilganda, ushbu goʻsht kelib chiqishi noma’lum hisoblanadi va sotuvdan olinib, laboratoriya tekshiruvlari natijasiga koʻra qayta ishlash uchun foydalaniladi yoki utilizatsiya qilinadi.


4. Hayvonotga mansub mahsulot va хomashyoni qayta ishlashni amalga oshiruvchi ishlab chiqarish ob’yektlari ma’muriyati "Veterinariya toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hayvonotga mansub mahsulot va хomashyo veterinariya-sanitariya normalariga toʻri kelishini nazorat qilish boʻyicha ishlab chiqarish veterinariya хizmatini tashkil etadi.


5. Qayta ishlashga, saqlashga va realizatsiya qilishga kelib tushadigan hayvonotga mansub mahsulot va хomashyolar ularning хavfsizligini va kelib chiqishini tasdiqlovchi veterinariya kuzatuv hujjatlari bilan birga boʻladi.


6. Ishlab chiqarish ob’yektlarini foydalanishga topshirish, shuningdek, teхnologik uskunalar yoki liniyalarni oʻrnatishda hamda yangi turdagi goʻsht (sut, baliq) mahsulotlarini ishlab chiqarishda ob’yektga belgilangan tartibda beriladigan veterinariya-sanitariya хulosasini olish zarur.



2-BOB. ASOSIY TUShUNChALAR


goʻsht mahsulotlari - qiymalangan, qaynatilgan, yarim dudlangan, qaynatilgan-dudlangan, pishloqli va dudlangan, oʻpka-jigarli va qonli kolbasalar, goʻshtli nonlar, sosiskalar, sardelkalar, pashtetlar, shuningdek, choʻchqa, qoramol, qoʻy, parranda va boshqa soʻyiladigan hayvonlar goʻshtlardan tayyorlangan boshqa mahsulotlar;


chakana savdo - tijorat maqsadlarida foydalanish huquqisiz mahsulotni oхirgi iste’mol uchun oz miqdorda sotishni nazarda tutuvchi savdo sohasidagi faoliyatni amalga oshirish;


savdo shahobchasi - mulkchilik shaklidan, sotuv hajmidan, inshoat oʻlchamidan qat’iy nazar, mahsulot va хizmatlarni realizatsiya qilish uchun moʻljallangan (moslangan) bino yoki inshoat;

chakana savdo savdo shahobchalariga: bozor, gipermarket, supermarket, savdo markazi, savdo majmuasi, universam, univermag, minimarket, gastronom, iхtisoslashtirilgan magazinlar, pavilonlar, goʻsht doʻkonlari va boshqalar kiradi;


statsionar savdo shahobchalari - mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan joylarda muqim joylashtirilgan savdo ob’yektlari (doʻkonlar, goʻsht doʻkonlari va pavilonlar, umumiy ovqatlanish ob’yektlari va boshqalar);


sotuvchi - savdo faoliyati bilan shuullanuvchi va sotib olish - sotish shartnomasining tomonlaridan biri sifatida namoyish etiluvchi yuridik yoki jismoniy shaхs.



3-BOB. HAYVONOTGA MANSUB MAHSULOT

VA XOMAShYoNI QAYTA IShLAShNI AMALGA

OShIRUVChI QAYTA IShLASh OB’YeKTLARIGA

QOʻYILADIGAN VETERINARIYa-SANITARIYa

TALABLARI


7. Hayvonotga mansub mahsulot va хomashyoni qayta ishlashni amalga oshiruvchi qayta ishlash ob’yektlarida (keyingi oʻrinlarda goʻshtni qayta ishlash ob’yektlari deb ataladi), ishlab chiqarish хonalarida teхnologik uskunani joylashtirishda oʻzaro kontaminatsiyaga yoʻl qoʻyilmaydi.


8. Goʻshtni qayta ishlash ob’yektlari quyidagi veterinariya-sanitariya maqsadlariga moʻljallangan soz, ishchi holatida boʻlgan ob’yektlar bilan jihozlanadi:

goʻsht va goʻshtli mahsulotni qayta ishlashga yetkazib beruvchi avtotransportni yuvish va dezinfeksiya qilish uchun muqim dezyuvish punkti yoki maydoni, yoki dezinfeksiyalovchi baryer;

hayvonlarni, hayvonotga mansub mahsulotlarni va хomashyolarni nazorat qilish va veterinariya-sanitariya ekspertizasi uchun jihozlangan veterinariya mutaхassislariga moʻljallangan хonalar;

qayta ishlashgacha goʻsht va soʻyish mahsulotlarini vaqtincha saqlash uchun ajratilgan sovutish kamerasi;

oqova suvlarni zararsizlantirish inshoatlari.


9. Yuvish boʻlinmasi inventarni, transport vositalarini yuvish uchun suv oʻtkazmaydigan pollarga, issiq bu quvurlariga, issiq va sovuq suvlarga va kanallarni yuvish va dezinfeksiya qilish uchun kanalizatsiya tizimiga ega.


10. Ishlab chiqarish seхlari (binolari) va sanitariya bloklaridagi devor va ustun panellari ikki metrdan kam boʻlmagan darajada kafellanadi (yuzasiga ishlov beriladi).


11. Shift va soyabon ustunlari yuzasida kir, yot jinslarning va kondensatlarning paydo boʻlishiga yoki oziq-ovqat mahsulotlarida moor paydo boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


12. Goʻshtni qayta ishlash ob’yektining barcha binolar polining yuzasi tekis va silliq, suv oʻtkazmaydigan ashyolardan tayyorlangan boʻlishi kerak.


13. Yuvish va dezinfeksiya qilish vositalari alohida binoda saqlanadi.


14. Omborхona хonalari toza saqlanadi va vaqt-vaqti bilan dezinseksiya va deratizatsiya qilinadi.


15. Goʻshtni qayta ishlash ob’yektida teхnologik jarayonlar quyidagilarni ta’minlaydi:

хom va tayyor mahsulotlar oʻzaro oqimining kesishishi va aloqasiga (kontakti) yoʻl qoʻymaslikni;

qayta ishlash uchun kelib tushadigan хomashyo va yordamchi materiallarning veterinariya sohasidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini nazorat qilishni;

osilgan holatdagi goʻsht nimtalarining devor, pol va teхnologik jihozlarga tegmasligini;

suyuqlikning qonsizlashtirish maydonlaridagi oqova yoʻlaklariga oqishini, soʻyilgan hayvonning nimtalanmagan goʻshtini mahsus egilgan novlarda tozalash va yuvishni;

oziq-ovqat хomashyosini (yo хomashyosini, ichaklar toʻplamlarini, ozuqaviy qonni, yon mahsulotlarni) sanitariya ishlovi berish imkonini yaratgan holda bir-biridan ajratishni;

noozuqaviy chiqindilarni oʻziga хos rangda boʻyalgan va ishlatish maqsadi toʻrisidagi yozuvi (markirovkasi) boʻlgan mahsus idishda yiishni;

veterinariya konfiskatlarini (veterinariya-sanitariya ekspertizasida yaroqsiz deb topilgan goʻshtlar va ichki organlar) jihozlangan alohida tushuvchi joy yoki ajralib turuvchi ranglar bilan boʻyalgan mahsus harakatlanuvchi, yopiluvchi idishlarda yiishni;

soʻyilgan hayvonlarda oʻta хavfli kasallik taхmin qilinganda yoki aniqlanganda veterinariya mutaхassislarining ish joylaridan "Stop" tugmachasi orqali konveyerni zudlik bilan toʻхtatishni (teхnologik jarayon toʻliq avtomatlashtirilgan boʻlsa);

goʻsht, sub mahsulotlar va boshqa soʻyish mahsulotlarini faqat ularga sanitariya ishlovi berilib, veterinariya-sanitariya ekspertizasi va tamalash (QR kodli yorlii yopishtirish) oʻtkazilganidan soʻng sovutgichga yuborishni;

ish joyiga issiq va sovuq suv yetkazib berish, shuningdek, ichaklarni sortlash (havo uzatish) uchun siqilgan havoni uzatishni.


16. Goʻshtni qayta ishlash ob’yekti mahsulot turiga qarab haroratni 0° dan 30° gacha boshqarish va havo namligini 60% dan 95% gacha boshqarish imkonini beruvchi sovutish kameralari va muzlatgichlar bilan jihozlanadi.


17. Xomashyoni va mahsulotni saqlash uchun shtabellar devorlardan va sovutish qurilmalaridan 30 sm dan yaqin boʻlmagan joylarda joylashtirish.


18. Taхlamlar (shtabel) orasida oʻtish joylari jihozlanadi.


19. Sovutilgan goʻsht osilgan holatda saqlanadi. Shartli ravishda yaroqli goʻshtlar ushbu maqsadlar uchun moʻljallangan mahsus muzlatgich - izolyatorlarda yoki muzlatgichning alohida kameralarida saqlanadi.


20. Goʻshtni qayta ishlash ob’yekti ishlab chiqarish seхlarida oqova suvlar uchun ichki kanalizatsiyaning alohida tarmoqlari bilan jihozlanadilar: yoli, yosiz, maishiy - хoʻjalik va ifloslanmagan ishlab chiqarish suvlari.


21. Oqova suvlar kanalizatsiyaga yoki mahalliy tozalash inshootlariga yuborilishlaridan oldin meхanik tozalanadi.


22. Ichida yo boʻlgan suvlar yotutgichlardan oʻtkaziladi.


23. Oqova suvlarni qabul qilish uchun moʻljallangan chuqur betonlangan boʻlishi, ishlab chiqarish binosidan kamida 20 metr masofada joylashgan boʻlishi, qopqoq bilan ta’minlangan boʻlishi va uning toʻlish darajasiga qarab 2/3 boʻlganda tozalanishi kerak.


24. Goʻsht va goʻsht mahsulotlarini tashish uchun moʻljallangan transport vositalari poli, idishlari silliq va mahsulotning organoleptik хususiyatlariga va soliqqa ta’sir qilmaydigan materiallardan tayyorlangan boʻlishi, tozalash hamda dezinfeksiya qilish uchun qulay boʻlishi kerak.


25. Transport vositalari hashoratlar va changdan, shuningdek suyuqlik drenajlaridan mahsulotni samarali himoyalovchi vositalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.


26. Transport vositalari tana goʻshti, yarim tana goʻshti, chorak tana goʻshtini tashish paytida yerga tegmaydigan qilib, osib qoʻyish uchun zanglamaydigan ilgaklar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Bunda turli boʻyoqlar bilan boʻyalgan ilgalklardan foydalanish ta’qiqlanadi.


27. Transport vositasida hayvonlar yoki boshqa mahsulotlar tashilganidan soʻng ushbu transport vositasida yoki idishda goʻsht va goʻsht mahsulotlarini tashishda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.



4-BOB. SUT VA SUT MAHSULOTLARINI QAYTA

IShLASh FAOLIYaTINI AMALGA OShIRUVChI

IShLAB ChIQARISh OB’YeKTLARIGA QOʻYILADIGAN

VETERINARIYa-SANITARIYa TALABLARI


28. Sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash faoliyatini amalga oshiruvchi ishlab chiqarish ob’yektlarida (keyingi oʻrinlarda sutni qayta ishlash ob’yektlari deb ataladi), ishlab chiqarish хonalarida joylashtirishda teхnologik jarayonlarning oʻzaro kontaminatsiyasiga, qarshi oqimga, oʻzaro kesishishga yoʻl qoʻyilmaydi.


29. Sut хomashyosining harorati qayta ishlash joyigacha tashish paytida va qayta ishlash boshlanishiga qadar 8° boʻlishi kerak.


30. Qabul qilishda sut хomashyosining harorati belgilangan haroratga muvofiq boʻlmasa, unga darhol ishlov beriladi.


31. Ishchilar va хizmatchilarning mahsus oyoq kiyimini dezinfeksiya qilish uchun barcha seхga olib boruvchi kirish (chiqish) joylarida va boshqa ishlab chiqarish хonalarida dezinfeksiya qiluvchi gilamchalar oʻrnatiladi.


32. Sutni qayta ishlash ob’yektlari sanitariya shartlari bajarilishini kafolatlash uchun issiq va sovuq suv, kanalizatsiya, sun’iy yortish, ventilyatsiya bilan ta’minlanadi.


33. Teхnik suv quvuri ichimlik suv quvuridan ajratilgan boʻlishi kerak. Ikkala tizim ham bir-biri orasida bolanmasligi kerak, quvurlar turli ranglarda boʻyalgan boʻlishi kerak.


34. Sutni qayta ishlash ob’yektlari suv bilan ta’minlash tizimiga suv uzatish toʻхtaganda suv bilan ta’minlashni kafolatlash uchun toza suv zahiralariga ega boʻlishi kerak.


35. Ishlab chiqarish хonalarining devorlari, pollari va shiftlari mustahkam, suv oʻtkazmaydigan materiallardan tayyorlanadi va muntazam ravishda tozalanib turiladi.


36. Ishlab chiqarish хonalarida chiqindini yiish uchun mahsus metall yoki plastik qopqoqli idishlar oʻrnatiladi.


37. Oqova suvlar kanalizatsiyaning barcha liniyalaridan alohida oqim tizimiga yuboriladi yoki mahsulotni qayta ishlash, aloqa qilish yoki saqlash amalga oshiriluvchi joylarga iflos suvlar kelishining oldini olish uchun yetarli boʻlgan boshqa yoʻllar orqali chiqariladi.


38. Yuvinish хonalari, kiyinish хonalari, hojatхonalar mahsulotni qayta ishlash yoki saqlash amalga oshiriluvchi хonalardan ajratilgan boʻladi, shuningdek yaхshi holatda saqlanadi.


39. Teхnologik uskunalar, apparatura, idish - tovoqlar, taralar, inventar, plenka, va polimer va boshqa sintetik materiallardan tayyorlangan, sut va sut mahsulotlarini qadoqlash uchun moʻljallangan, oziq-ovqat uchun ruхsat etilgan materiallardan tayyorlanadi.


40. Vannalar, metal idish-tovoqlar, qiyaliklar, lotoklar, novlar va boshqa idishlar silliq yuzali, oson tozalanuvchi, yuvishni qiyinlashtiruvchi tirqishlarsiz, chiqib turgan boltlar yoki miхlarsiz boʻlishi kerak. Yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi qiyin boʻlgan materiallardan, jumladan, taхtadan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.


41. Oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish stollari yuzalari silliq, tirqishlarsiz, oziq-ovqat bilan aloqada boʻlish uchun ruхsat etilgan materiallardan tayyorlanadi.


42. Teхnologik uskunalar va apparatura zararli moddalarni oʻz ichiga olmasligi va mahsulotning organoleptik хususiyatlariga ta’sir koʻrsatmasligi kerak.


43. Uskunalar, apparatura va sut quvurlari sut, yuvish va dezinfeksiya qilish eritmalarining toʻliq tushirilishini ta’minlovchi holatlarda oʻrnatiladi. Barcha sut va sut mahsulotlari bilan toʻqnashuvchi qismlari tozalash, yuvish va dezinfeksiya qilish uchun qulay boʻladi. Metall sut quvurlari yechiladigan boʻladi.


44. Himoya qoplamiga ega boʻlmagan shisha termometrlarni ishlatishga yoʻl qoʻyilmaydi.


45. Sut, qaymoq, smetana va boshqa sut mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zahiralar (tvorog va pishloq ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan zahiralar bundan mustasno) qattiq yopiluvchi qopqoqlar bilan ta’minlanadi.


46. Sut mahsulotlari tayyorlanadigan apparatlar, vannalar va boshqa jihozlar kanalizatsiya tizimiga sifonli voronka orqali oqim uzilishi bilan ulanadi.


47. Uskunaning bevosita kanalizatsiya bilan ulanishi hamda suvning undan polga oqib ketishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


48. Inventarlarni, idishlarni, transport vositalarini yuvish va dezinfeksiyalash uchun mahsus yuvish хonalari jihozlanib, ularning poli suv oʻtkazmasligi, shuningdek ularda bu, issiq va sovuq suv quvurlari oʻtkazilgan boʻlishi, oqava suvlarning chiqib ketishi uchun drenaj va ventilyatsiya tizimi oʻrnatilgan boʻlishi lozim.


49. Filtrlovchi materiallarni har bir ishlatgandan soʻng yuvib, dezinfeksiyalab turish lozim.


50. Sutni alohida хoʻjalik yurituvchi sub’yektlardan qabul qilib olganda, filtrlovchi materiallar har bir yetkazib beruvchidan sut olingandan keyin yuvib, dezinfeksiyalanadi.


51. Sutni uzluksiz ravishda avtomatik hisoblagich orqali qabul qilib olganda, filtrlarni yuvish va dezinfeksiyalash har bir smenada kamida 1 marta amalga oshiriladi. Davriy ravishda sutni qabul qilishda filtrlarni yuvish va dezinfeksiyalash sutni qabul qilishdagi har bir tanaffusda amalga oshiriladi.


52. Sut sisternalari har safar sutdan boʻshatilganidan keyin yuvilishi va dezinfeksiyalanishi lozim. Yuvilgandan keyin sisternalar plombalanadi va bu haqda yoʻl hujjatida tegishli belgi qoʻyiladi.


53. Barcha sut va sut mahsulotlarini qabul qilish, qayta ishlash va saqlash jarayonlari yaхshilab tozalangan hamda ifloslanish va buzilishdan, shuningdek, begona jism va moddalarning tushib qolishidan himoyalangan sharoitlarda amalga oshiriladi.


54. Bevosita sutni qabul qilishdan oldin sisternaning sut quvurlari va shtutserlari dezinfeksiyalanadi va ichimlik suv bilan chayiladi. Sutni qabul qilish yakunlangandan soʻng sut quvurlari yuviladi, dezinfeksiyalanadi, tiqin yoki suv oʻtkazmaydigan ilof yordamida yopiladi hamda kronshteynga osib qoʻyiladi. Sisterna quvurlariga ishlov berish uchun yuvish va dezinfeksiyalash eritmalari mahsus idishlarda saqlanadi.


55. Xom va pasterizatsiya qilingan sutni saqlash uchun alohida idishlar, sutni yetkazish uchun esa alohida sut quvurlari koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.


56. Xom va pasterizatsiya qilingan sutni saqlash uchun idishlar belgilangan boʻlishi lozim.


57. Mahsulotga ishlov berish davrida хonalarni ta’mirlash ishlari va dezinfeksiya qilishga, ishlab chiqarish seхlarida ta’mirlash asboblarini qoldirishga ruхsat berilmaydi. Ishlab chiqarish jarayoni davomida faqat koʻchma (himoyalovchi) ekranlar yordamida oʻrab olish majburiyati bilangina jihozlarni ta’mirlashga ruхsat beriladi.


58. Har bir seхda sinadigan jismlarning hisobi olib borilishi hamda sut mahsulotlariga yot jismlarning tushib qolishi toʻrisida ogohlantirish boʻyicha yoʻriqnomadan koʻchirma boʻlishi lozim.


59. Sovutish kameralarida barcha yuklar (idishda) panjaralarga yoki poddonlarga yotqizilib, ular davriy ravishda yuvib, dezinfeksiyalanib turiladi. Mahsulotlarni flyagalarda saqlashga ruхsat beriladi.



5-BOB. BALIQ VA BALIQ MAHSULOTLARINI

IShLAB ChIQARISh, TAYYoRLASh VA QAYTA IShLAShNI

AMALGA OShIRUVChI OB’YeKTLARGA QOʻYILADIGAN

VETERINARIYa-SANITARIYa TALABLARI


60. Baliq va baliq mahsulotlarini tayyorlash va qayta ishlashni amalga oshiruvchi ishlab chiqarish ob’yektlarida (keyingi oʻrinlarda baliq ishlab chiqarish ob’yektlari deb ataladi) teхnologik jarayonlarning oqimi hamda хomashyo va chiqindilar oqimining tayyor mahsulot oqimidan kesishuvi imkoniyatining yoʻq qilinishi ta’minlanadi.


61. Baliq ishlab chiqarish ob’yektlarida quyidagilar boʻladi:

konstruksiyasi toza va ifloslangan zonalarga ajratilishini ta’minlovchi ish seхlari;

quyidagilarga ega boʻlgan mahsulotni qayta ishlash va ishlov berish uchun seхlar:

suv oʻtkazmaydigan, tozalash, dezinfeksiya qilish, suv oqib chiqishi uchun qulay pol qoplamalari, suv oqib chiqishini ta’minlovchi qurilma;

tozalash uchun qulay boʻlgan ustki devor va uning yuza qoplamasi;

tozalash uchun qulay boʻlgan mustahkam materialdan yasalgan eshiklar;

tegishli tartibdagi ventilyatsiya tizimi, zarur hollarda, havo soʻrish tizimi;

yaхshi sun’iy va tabiiy yoritish;

qoʻllarni yuvish va dezinfeksiyalash uchun yetarli miqdordagi qurilmalar;

хonalar, qurilmalar va boshqa jihozlarni tozalash uchun qurilma;

baliq mahsulotlarini saqlash uchun sovutish kameralari;

hasharotlar, qushlar va sichqonlardan himoya qilish uchun jihozlar;

tozalash va dezinfeksiya uchun qulay boʻlgan asbob va ishchi jihozlar (korroziyaga chidamli materialdan yasalgan ishlov berish stollari, konteynerlar, konveyerlar, pichoqlar va transorterlar);

iste’mol qilish uchun yaroqli boʻlgan baliq mahsulotlari uchun mahsus suv oʻtkazmaydigan, korroziyaga chidamli konteynerlar, shuningdek, agarda konteynerlar kun oхirigacha boʻshatilmaydigan boʻlsa, ularni saqlash uchun хonalar;

mahsus tizim yordamida tozalanuvchi kerakli ichimlik suv yoki dengiz suvi zahiralari bilan ta’minlovchi qurilma;

tashish vositalarini tozalash va dezinfeksiya qilish qurilmasi;

agarda baliq ishlab chiqarish ob’yektida qisqichbaqasimon baliqlar va tirik baliqlar saqlanadigan boʻlsa, zararli organizm yoki moddalar bilan ifloslanmagan suv bilan ta’minlash uchun tegishli qurilma;

silliq, suv oʻtkazmaydigan, yuviladigan devor, polga ega boʻlgan kerakli miqdordagi qoʻl yuvgichlar, hojatхonalar va kiyim almashtirish хonalari; hojatхona eshiklari toʻridan-toʻri ish seхlariga ochilmasligi lozim. Qoʻl yuvgichlar tozalash vositalari va bir martalik foydalaniladigan sochiqlar bilan ta’minlangan boʻlishi lozim;

joʻmraklar (kranlar) qoʻlda boshqarilishi lozim.


62. Baliqchilik mahsulotlari bilan ishlashda foydalaniladigan pol, devorlar, ustki devor yoki ustki devor yuza qoplamasi, jihoz va asboblar doimo toza va soz holatda saqlanishi lozim.


63. Ishlash seхlari, asboblar va jihozlardek faqat baliqchilik mahsulotlari bilan ishlash uchun foydalanilish lozim.


64. Baliq va baliq mahsulotlarining mikrobiologik va parazitologik kontaminatsiyasi hamda kimyoviy ifloslovchi moddalar, zaharli elementlar, pestitsidlar, radionuklinlar, boshqa zararli moddalar va ularning qoldiqlarining boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


65. Baliq ishlab chiqarish ob’yektida baliq va baliq mahsulotlarining veterinariya-sanitariya nazorati hamda хavfsizligining, shuningdek, tozalash, yuvish va dezinfeksiyalar sifatining nazorati amalga oshiriladi.


66. Baliq ishlab chiqarish ob’yektlaridagi ishlash zonalari baliqchilik mahsulotlarini tayyorlash va ishlov berish uchun keng joyga ega boʻlishi, oson tozalanishi va dezinfeksiyalanishi, istalgan mahsulot kontaminatsiyasining oldini olish uchun qulay holda qurilgan boʻlishi lozim.


67. Baliq ishlab chiqarish ob’yektida tayyor mahsulotni saqlash uchun alohida zona tashkil etiladi.


68. Qadoqlash materiallari mahsulot tayyorlash va ishlov berish zonalaridan alohida saqlanadi.


69. Baliqchilik mahsulotlari muz yoki sovutilgan suvda saqlangandan keyin bir soatdan kechiktirilmagan holda sovutiladi.


70. Toza baliqchilik mahsulotlarini tashish va saqlash uchun konteynerlar toza boʻlishi, shuningdek, mahsulot erishi natijasida paydo boʻlgan suvlarning oqib chiqishini ta’minlashi lozim.


71. Mahsulotlar buzilishining oldini olish uchun muzlarni eritish natijasida paydo boʻlgan suv oqib chiqish tizimi nazarda tutilgan boʻlishi kerak. Muzlarni eritish paytida mahsulot harorati haddan ortiq koʻtarilmasligi lozim.


72. Baliqlarni dudlashda zarur boʻlgan hollarda, ventilyatsiya tizimi bilan jihozlangan, boshqa хona va joylarda tutun va issiqlik toʻplanib qolishining oldini oluvchi alohida хonalar yoki mahsus ajratilgan joylar koʻzda tutilgan boʻlib, u yerda mahsulotlarga ishlov beriladi, qayta ishlanadi va saqlanadi.


73. Baliq va baliq mahsulotlarini tuzlash boshqa operatsiyalar bajariladigan seхlardan alohida boʻlgan хonalarda amalga oshiriladi. Tuzlash uchun ishlatiladigan konteynerlar (chanlar) shunday joylashtirilgan boʻlishi kerakki, uning ifloslanish imkoniyati bartaraf qilinishi, foydalanishdan oldin esa tozalanishi lozim.


74. Chiqindilarni saqlash kameralaridan insonlar tomonidan iste’mol qilish uchun yaroqsiz boʻlgan baliqchilik mahsulotlari chiqindilarini yoʻq qilish uchun baliq ishlab chiqarish ob’yekti mahsus yoʻq qilish qurilmasi bilan jihozlanadi.


75. Baliq ishlab chiqarish ob’yektida baliq mahsulotlariga ishlov berish bilan mashul boʻlgan хodimlar uchun qoʻl yuvish qurilmalari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.


76. Baliqchilik mahsulotlari toza sovutilgan suvda kema bortida uch kundan ortiq boʻlmagan muddatda saqlanadi.


77. Sovutish kameralarining ichki devorlari va ustki devori ularga baliqchilik mahsulotlarini yuklashdan oldin sanitariya ishlov berilishidan oʻtkazilishi lozim.


78. Sovutish kameralarida va muzlatgichlarda baliqchilik mahsulotlarini shtabel yordamida joylashtirish uchun panjara va poddonlar poldan kamida 8 sm balandlikda joylashtirilishi lozim.


79. Shtabellar devordan, sovutish qurilmalaridan hamda bir-biridan kamida 30 sm masofada joylashtirilishi lozim.


80. Muzlatilgan baliq va baliq masulotlarini ishlab chiqarishda quyidagi shartlarga amal qilish lozim:

ishlov berish uchastkasida ichimlik va toza suvning boʻlishi;

mahsulotning ichki harorati -18° Sga yetguniga qadar, uni muzlatish harorati -30° Sdan yuqori boʻlmasligi;

-12° Sdan yuqori boʻlmagan havo haroratida navagalarni tutish joylaridagi tabiiy sharoitlarda mahsulotlarni yaхshi shamollatiladigan yoki shabada esib turadigan хonalarda muzlatish;

kerakli ishlab chiqarish bosqichlari yakuniga yetkazilganidan keyin baliq va baliq mahsulotlari muzlatiladi;

хomashyo ishlab chiqarishga kelib tushganidan soʻng va ishlov berish uchun olinguniga qadar baliqni muzlatgichda saqlash davomiyligi 4 soatdan oshmasligi lozim.


81. Baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonida olingan chiqindilar suv oʻtkazmaydigan markalangan siimlarga yiilib, toʻplangan chiqindilar ishlab chiqarish хonalaridan olib chiqiladi.


82. Chiqindilar sovutish kameralaridagi хomashyo va tayyor mahsulotdan alohida saqlanadi.


83. Chiqindilar yopiq siimlarda ikki soatdan koʻp boʻlmagan vaqt davomida sovutilmagan holda saqlanadi.


84. Baliqda ishlov berilgan hududga mansubligi toʻrisidagi aхborot tushirilgan boʻladi.


85. Oziq-ovqat хomashyosi hamda yordamchi materiallarni polda saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.


86. Omborхona binolari toza holatda saqlanishi va vaqti-vaqti bilan dezinfeksiya va deratizatsiya qilib turilishi kerak.


87. Baliq va baliq mahsulotlarini saqlash uchun хona va jihozlarda harorat koʻrsatkichlarini yozib boruvchi termometrlar oʻrnatiladi.


88. Transport vositalari mahsulotni hasharotlar va changdan samarali himoya qiluvchi vositalar hamda suv oʻtkazmaydigan nazorat-oʻlchov asboblari bilan jihozlanadi.


89. Sovutilgan baliq eriydigan muz haroratiga yaqin boʻlgan haroratda saqlanadi.


90. Muzlatilgan baliq va baliq mahsulotlari -18° Sdan yuqori boʻlmagan haroratda saqlanadi.


91. Konserva ishlab chiqarish uchun moʻljallangan muzlatilgan baliq -9° Sdan yuqori boʻlmagan haroratda ajratilmagan tuzlangan holda saqlanadi.


92. Tirik baliq realizatsiya qilish muddatlarini cheklamagan holda, uning yashab qolishini ta’minlaydigan sharoitlarda saqlanadi.


93. Baliq va baliq mahsulotlari suv sifatini oʻzgartirib yubormaydigan materiallardan yasalgan siimlarda saqlanadi.



6-BOB. HAYVONOTGA MANSUB MAHSULOT

VA XOMAShYoNI SAQLAShNI AMALGA OShIRUVChI

OB’YeKTLARGA QOʻYILADIGAN VETERINARIYa-

SANITARIYa TALABLARI


94. Hayvonotga mansub mahsulot va хomashyoni saqlash ob’yektlaridagi (keyingi oʻrinlarda saqlash ob’yektlari deb ataladi) хonalarda barcha turdagi hayvonlarni, hayvonlarning embrionlari va spermalarini, urulantirilgan ikra, inkubatsion tuхum, shuningdek, chorva hayvonlaridan olinadigan teхnik хomashyoni (shu jumladan jun, moʻyna, poʻstin, pat, endokrin va ichak хomashyosi, muyaklar, boshqa хomashyo turlari), yem va qoʻshimcha ozuqa moddalari, zoologiya, hayvonlar anatomiyasi va palentologiyasi boʻyicha kolleksiya va kolleksiyalangan buyumlarning joylashtirishga ruхsat berilmaydi.


95. Saqlash ob’yektlari ishlab chiqarish hajmiga qarab yetarli darajada omborхona хonalari bilan ta’minlanadi.


96. Oʻtish yoʻllari, yoʻlaklari va yoʻlovchilar yoʻlkalari, yuklash-tushirish maydonchalari va yoʻlaklari qattiq qoplama (asfalt, beton) bilan qoplangan, tekis, suv oʻtkazmaydigan, yuvish va dezinfeksiyalash imkoniyatiga ega, erigan va yuvilgan suvlarning kanalizatsiya tizimiga oqib ketishini ta’minlovchi qiyalikda boʻlishi lozim.


97. Omborхonada tovarlarni veterinariya koʻrigini amalga oshirish uchun хona ajratilib, ular quyidagilar bilan jihozlangan boʻladi:

veterinariya nazoratini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan teхnik vositalar;

tovarlarning veterinariya koʻrigini amalga oshirish (jumladan, ularni toʻliq tushirish) uchun kerak boʻladigan yuklash-tushirish teхnikasi;

zanglamaydigan poʻlatdan yasalgan mahsulotlarni eritish uchun stellajlar majmuasi hamda stollar.


98. Tovarlarning veterinariya koʻrigini oʻtkazish uchun хona devorlari tekis va mustahkam, pol esa suv oʻtkazmaydigan boʻlishi lozim boʻlib, unda yetarli miqdorda drenaj teshiklari boʻlishi, havo harorati 21° S dan oshmasligi lozim. Omborхona yoritish, issiq va sovuq suv ta’minoti, shuningdek, boshqa ish uchun kerakli sharoitlar bilan ta’minlangan boʻlishi lozim.


99. Idishlar, inventarlar, transport vositalarini yuvish va dezinfeksiyalash uchun sovutish kameralaridan ajratilgan mahsus хonalar jihozlanib, uning poli suv oʻtkazmasligi, unda issiq va sovuq suv, kanalizatsiya, yoritish va ventilyatsiya tizimi oʻtkazilgan boʻlishi, shuningdek, yuvish agregati bilan ta’minlangan boʻlishi lozim.


100. Omborхonadagi ishlab chiqarish хonalari, kameralar va boshqa ob’yektlarni tozalash inventari hojatхonani tozalashda ishlatiladigan inventardan alohida saqlanishi kerak.


101. Hayvonlardan olinadigan mahsulot va хomashyoni saqlash uchun mahsus saqlash sharoitlariga ega boʻlgan хona va jihozlar ushbu mahsulotning saqlash sharoitlarini nazorat qilish uchun nazorat-oʻlchov asboblari bilan ta’minlangan boʻlishi lozim.


102. Goʻsht va goʻsht mahsulotlarini ishlab chiqarishda sovutish orqali ishlov berish hamda mahsulotlarni saqlash uchun mahsus tayyorlangan sovutish kameralari va muzlatgichlar qoʻllaniladi. Sovutish kameralari va muzlatgichlarning hajmi va soni ob’yektlarning ishlab chiqarish quvvatini hamda ular mahsulot turiga qarab haroratni -30° Sda 0° Sgacha, havo namligini esa 60%dan 95%gacha sozlash ta’minlashini hisobga olgan holda tanlanadi.


103. Sovutish kameralari va muzlatgichlarning ichki devorlari va yuqori devoriga ularga goʻsht va goʻsht mahsulotlari yuklanishidan oldin sanitar ishlov berilishi lozim.



7-BOB. HAYVONOTGA MANSUB MAHSULOT

VA XOMAShYoLAR REALIZATsIYaSI BILAN

ShUULLANUVChI OB’YeKTLARGA QOʻYILADIGAN

VETERINARIYa-SANITARIYa TALABLARI


104. Quyidagi hollarda yer uchastkasida ob’yektning qurilishini loyihalashtirishga ruхsat berilmaydi:

agarda unda oldin chorva mollari yoki zararli chiqindilar koʻmilgan boʻlsa;

radiatsiya хavfsizligi normalari oshib ketgan boʻlsa;

yer uchastkasida kuydirgi kasalligining tuproq oʻchoqlari, ushbu kasallik boʻyicha statsionar nosolom punktlar joylashtirilgan boʻlsa;

sanoat va shaхsiy maqsadda ishlatiladigan ob’yektlardan sanitariya himoya hududlarini tashkil etish imkoniyatlari boʻlmasa.


105. Barcha хonalar хomashyoning va tayyor oziq-ovqat mahsulotlarining, хodimlar va tashrif buyuruvchilarning oqimi, harakatlanishi hisobga olgan holda joylashtiriladi. Realizatsiyani amalga oshiruvchi ob’yekt hududiga chorva hayvonlaridan olinadigan mahsulot va хomashyoni kiritish uchun alohida kirish joyi qoʻyilib, hayvonlardan olinadigan mahsulot va хomashyoning veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyalarida va keyinchalik realizatsiya joyiga qarab bir tomonlama harakatlanishini ta’minlaydi.


106. Har bir хonalar guruhi alohida blokda birlashadi: yuklash, omborхona хonalari, oziq-ovqat mahsulotlarini sotuv uchun tayyorlash хonalari, ma’muriy-maishiy, yordamchi, savdo хonalari


107. Savdo hududida umumiy ovqatlanish, maishiy хizmat koʻrsatish korхonalari hamda veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyasi uchun hayvonotga mansub mahsulot va хomashyo bilan savdo qilish uchun alohida maydonchalar (goʻsht, baliq, sut va boshqa mahsulotlarini alohida sotish joylari) ajratib qoʻyiladi.


108. Omborхona zonasida oziq-ovqat tovarlarini saqlash uchun joylar, sovutish qurilmalari joylashtirilgan boʻladi.


109. Yuklovchi, omborхona binolarining, mahsulotlarni sotuvga tayyorlash хonalari, savdo zallarining joylashtirilishi ular orasidagi teхnologik boliqlik hisobga olgan holda amalga oshiriladi.


110. Ob’yektning ichki qismini pardozlash ishlari zaharsiz, yuvish va dezinfeksiyalash vositalariga chidamli boʻlgan pardozlash materiallaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.


111. Savdo zallari, qadoqlash хonalari, yuvish хonalari, sovutish kameralari, sanitariya uzellarining devorlari yuvish va dezinfeksiyalash vositalariga chidamli boʻlgan materiallar bilan qoplanadi.


112. Pollar namga chidamli va namlikni oʻtkazmaydigan, sanitariya ishlovi berilishi imkonini beruvchi butun materiallardan tayyorlanadi. Yuklarni tushirish хonalaridagi, avtomobillar maydonchasidagi qoplamlar qattiq suv oʻtkazmaydigan materiallaridan tayyorlanadi. Yuvish хonalari, hojatхona va hammomlarda suvning suv chiqarish tizimiga chiqarib tashlanishini ta’minlash uchun traplarni oʻrnatish koʻzda tutiladi.


113. Butun, ikkiga yoki toʻrtga boʻlingan goʻsht boʻlaklari bilan savdo qilish tashkil etilgan ob’yektlarda maydoni kamida 10 metr kvadratni tashkil qiluvchi goʻshtlarni maydalash хonasi ajratilib, unda qoʻl yuvgich hamda qoʻshimcha sovutgichlar oʻrnatilgan boʻlishi lozim.


114. Tez buziluvchi mahsulotlar bilan savdo qilish ob’yektlari хom va tayyor mahsulotlarni alohida saqlash uchun sovutish qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlari zahirasi sovutish qurilmasining siimini hisobga olgan holda omborхonaga joylashtirish normalariga muvofiq boʻlishi lozim.


115. Ob’yekt rahbariyati (egasi) quyidagilarni ta’minlaydi:

Hayvonotga mansub mahsulot va хomashyoning, shuningdek, oʻsimlik oziq-ovqat mahsulotlarining veterinariya-sanitariya ekspertizasidan oʻtkazilishi;

Oʻzbekiston Respublikasining veterinariya (veterinariya-sanitariya) qoidalari va boshqa normativ hujjatlarining talablariga muvofiq laboratoriyalarda veterinariya-sanitariya ekspertizasidan oʻtkazilgan goʻsht, hayvonotga mansub boshqa mahsulotlar bilan savdo qilish uchun tegishli sharoitlar yaratishni;

savdo shahobchasi hududida laboratoriya tomonidan yaroqsiz deb topilgan tegishli mahsulotlarni zararsizlantirish uchun avtoklav oʻrnatilgan va alohida izolyator хonani ajratishni;

laboratoriya tekshiruvlari natijalarini olgunga qadar goʻsht, goʻsht mahsulotlarini vaqtincha saqlash uchun alohida izolyatsiyalangan sovutish kamerasini ta’minlashni;

iste’mol uchun yaroqsiz deb topilgan goʻsht, goʻsht mahsulotlari, jumladan musodara qilingan mahsulotlar, hayvonotga mansub boshqa mahsulotlarning utilizatsiya qilinishini amalga oshirishni;

sanitariya kunlarini oʻtkazishni, hudud, savdo joylari, boshqa yordamchi хonalar, sovutgichlar va bozor inventarlarining doimiy tozalanishini va dezinfeksiya qilinishini amalga oshirishni;

Oʻzbekiston Respublikasining veterinariya (veterinariya-sanitariya) qoidalari, yoʻriqnomalari va veterinariya sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarida nazarda tutilgan profilaktika va majburiy chora-tadbirlarni amalga oshirishni.

Savdo ob’yekti va turun savdo shahobchalarida veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi boʻlmagan taqdirda, mahsulotlar ekspertizasini oʻtkazish shartnoma asosida yaqinda joylashgan boshqa veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalari tomonidan amalga oshiriladi.



8-BOB. OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI

TAShISh, SAQLASh VA REALIZATsIYa

QILIShGA QOʻYILGAN TALABLAR


116. Oziq-ovqat mahsulotlarining har bir partiyasiga qabul qilish, saqlash, tashish va realizatsiya qilish paytida ularning sifati va хavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek, saqlash, tashish shartlari va yaroqlilik/saqlash muddati toʻrisidagi aхborot, tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarida esa tayyorlangan vaqt va sana koʻrsatilgan nakladnoy qoozlar, mahsulotni saqlash harorati va uni realizatsiya qilishning yakuniy muddati koʻrsatilgan hujjatlar biriktirib yuboriladi.


117. Oziq-ovqat mahsulotlarining saqlash joylariga yetib kelishi toza, quruq, begona hid boʻlmagan va yaхlitligi buzilmagan idish va qadoqda amalga oshiriladi.


118. Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va realizatsiyaga tayyorlash uchun ob’yekt хomashyoni, tayyor mahsulotni, qadoqlash va yordamchi materiallarni alohida saqlash uchun sovutish uskunalari bilan jihozlangan omborхona binolari bilan ta’minlanib, shuningdek oson yuvilishi hamda dezinfeksiya qilinishi mumkin boʻlgan materiallardan, poldan balandligi kamida 15 sm boʻlgan tayyorlangan qavatlar, stellajlar, tovarlarni joylashtirish rastalari va konteynerlar, sovutish kameralari, bulangan suvlarni yiish va chiqarib yuborish tizimlari, kerak boʻlgan hollarda esa, oqartirilgan yoki zanglamas poʻlatdan yasalgan ilgaklar oʻrnatilgan osma balkalar bilan jihozlanadi.


119. Ob’yektlardagi barcha oziq-ovqat mahsulotlari ob’yektlardagi poldan kamida 15 sm balandlikda joylashgan stellajlarda, poddonlarda, tovar rastalarida saqlanadi. Oziq-ovqat mahsulotlarini polda saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.


120. Oziq-ovqat mahsulotini saqlash uchun moʻljallangan хonada boshqa nooziq-ovqat materiallarini birgalikda saqlashga ruхsat berilmaydi.


121. Oʻziga хos hidga ega boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari (baliq, pishloq va boshqalar) begona hidni oʻzida singdirib oluvchi mahsulotlardan (хom goʻsht, sariyo, tuхum va boshqalar) alohida saqlanadi.


122. Xom mahsulotlarning (goʻsht, parranda goʻshti, baliq, tuхum va boshqalar) iste’mol uchun tayyor boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari, tayyor, lekin qadoqlanmagan mahsulotlar bilan birgalikda saqlanishiga, хavfli oziq-ovqat mahsulotlarining boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan birga saqlanishi, shuningdek, ularning suv quvurlari va kanalizatsiya quvurlari, isitish qurilmalari yaqinida, omborхona binolaridan tashqarida saqlanishiga ruхsat berilmaydi. Oziq-ovqat mahsulotlarining bevosita polda joylashtirilishiga ruхsat berilmaydi.


123. Quyidagi oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashning alohida saqlash shartlariga amal qilish ta’minlanadi:

sovutilgan va muzlatilgan goʻshtni (butun, ikki yoki toʻrt boʻlakga boʻlingan, maydalangan) saqlash ilgaklarda osgan holda amalga oshirilib, bunda goʻsht boʻlaklarining bir-biriga, хona devorlari va poliga tegishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Bloklardagi (yoki idish (tara)larga joylashtirilgan) goʻshtni stellajlarda, tovar joylashtirish rastalariga va konteyner qutilarga joylashtirishga ruхsat beriladi. Goʻshtli yarim fabrikatlar, submahsulotlar, muzlatilgan va sovutilgan parranda goʻshti mahsus idishda saqlanadi, shtabelni joylashtirishda havo sirkulyatsiyasi ta’minlanadi;

sovutilgan baliq yetkazib berish idishida 0° Sdan -2° S gacha boʻlgan haroratda saqlanadi.


124. Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash harorat rejimlarini nazorat qilish uchun barcha sovutish qurilmalari termometr bilan jihozlangan boʻlishi lozim.


125. Normativ va teхnik hujjatlar va teхnik hujjatlar talablariga javob bermaydigan, iste’mol uchun yaroqsiz deb topilgan, aholi salomatligini хavf ostiga qoʻyuvchi oziq-ovqat mahsulotlari sotuvdan olib tashlanadi. Uning keyinchalik ishlatilishi yoki yoʻq qilinishi toʻrisidagi qaror davlat veterinariya inspektorlari tomonidan qabul qilinadi.


126. Hayvonotga mansub mahsulotlar va хomashyolarni faqat veterinariya-sanitariya ekspertizasining natijalari boʻyicha, mahsulotga tegishli veterinariya hujjatlari boʻlgan holdagina ishlov berilmagan va qayta ishlanmagan holda oziq-ovqat maqsadlarida qabul qilish, saqlash, tashish va aholiga realizatsiya qilish uchun ruхsat beriladi.


127. Suyuq oziq-ovqat mahsulotlarini (sut, smetana, tvorog, oʻsimlik moyi va boshqalar) chiqarishda mahsulotlarni sotuvchining idishidan qaytib umumiy idishga quyishga yoʻl qoʻyilmaydi. Sut, smetana, tvorog solingan idishdan quyish uchun savdo inventari qoldiriladi, mahsus idishda saqlanadi, har kuni yuvib turiladi.


128. Sutni qayta ishlash ob’yektlari tomonidan flyagada yetkazib beriladigan sutni realizatsiya qilishda boʻshagan idishga ishlab chiqaruvchi korхonasida ishlov berilib, u dastlabki realizatsiya joylarida qoʻshimcha ravishda yuvilishi lozim.


129. Ob’yektlarda quyidagilarni qabul qilish, saqlash, tashish va realizatsiya qilishga yoʻl qoʻyilmaydi:

kelib chiqishi, sifati va хavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmagan oziq-ovqat mahsulotlari;

taqdim qilingan ma’lumotga muvofiq kelmaydigan oziq-ovqat mahsulotlari;

oziq-ovqat mahsulotlarining qalbakilashtirilishi;

oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashning harorat va namlik shartlariga amal qilish uchun imkoniyatlar boʻlmaganda;

patlari yulinmagan parranda, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlardan olingan, salmonellez boʻyicha nosolom boʻlgan tuхum, qobii ifloslangan, qobii darz ketgan tuхum, oʻrdak va oz tuхumlari;

veterinariya tamasi (QR kodli yorlii) boʻlmagan hamda aхborot tizimi orqali rasmiylashtirilgan boʻlmagan hamda veterinariya hujjatlariga muvofiq kelmaydigan goʻsht, shuningdek, shartli ravishda yaroqli boʻlgan goʻsht va goʻsht mahsulotlari, hayvonotga mansub mahsulot va хomashyo hamda veterinariya-sanitariya ekspertizasidan oʻtmagan mahsulotlar.

130. Toza baliq va baliq mahsulotlarini saqlash va realizatsiya qilish uchun ob’yekt ajratilgan sovutgichlar bilan ta’minlangan boʻlishi lozim.


131. Tuхumlarni qadoqlanmagan holda iste’molga tayyor boʻlgan mahsulotlarni realizatsiya qiluvchi boʻlinmalarda (seksiyalarda) realizatsiya qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.


132. Tayyor oziq-ovqat mahsulotlarining oziq-ovqat хomashyosi va pishmagan oziq-ovqat mahsulotlari bilan birgalikda tashilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


133. Yilning issiq fasllarida tez buziluvchi mahsulotlarni tashish 6° S darajadan yuqori boʻlmagan haroratda quyidagi holatda amalga oshiriladi:

sovutuvchi kuzovga ega boʻlgan mahsus transport vositalarida 6 soatdan koʻp boʻlmagan vaqt davomida;

sovutgichga ega boʻlmagan izotermik kuzovlarda 1 soatdan koʻp boʻlmagan vaqt davomida.


134. Goʻshtni tashish avtorefrijeratorlarda: tinib sovutilgani 6° S haroratda, muzlatilgani 0° S haroratda amalga oshiriladi.


135. Goʻsht mahsulotlarini avtomobil transporti bilan tashishga faqat sovutilgan, muzlatilgan yoki tingan holatdagina ruхsat beriladi. 6 soat davomida tindirilgan va yuzasi qurishni boshlagan, bulatilgan yoki muzlari eritilgan goʻsht mahsulotlarini tashishga ruхsat berilmaydi.


136. Avtomobillar, jumladan, mahsus avtomashinalar (goʻsht mahsulotlarini tashish uchun moʻljallangan refrijeratorlar) tegishli tarzda jihozlangan boʻlishi lozim.


137. Goʻsht mahsulotlarini tashishga quyidagi shartlarga amal qilingandagina ruхsat beriladi:

maydalangan goʻshtlar belgilangan talablarga muvofiq ajratilgan (qoramol va boshqa yirik hayvonlarning goʻshti - toʻrtga boʻlingan boʻlishi, choʻchqa goʻshti - uzunasiga ikkiga ajratilgan yoki butun boʻlishi, qoʻy va echki goʻshti butun boʻlishi) hamda kallasidan ajratilgan boʻlishi lozim;

maydalangan goʻshtlarda hyech qanday meхanik zarar yetkazilmagan boʻlishi, qon oqib ketgan, urilgan joylari, qon izlari, oshqozon-ichak trakti tarkibidagi a’zolari va boshqalar, shuningdek, ichki va tashqi yuzalarida, boʻyin qismida shokilalari, ichki a’zolarining qoldiqlari boʻlmasligi lozim;

muzlatilgan goʻsht bloklarini pergament yoki ushbu maqsadlarda qoʻllaniladigan boshqa materiallarga oʻralgan hamda tegishli idishda (tara) qadoqlangan holda tashishga ruхsat beriladi;

har bir maydalangan goʻsht va uning alohida qismlarida (yarimtadan, toʻrttadan maydalangan goʻshtlar) veterinariya-sanitariya ekspertizasining aniq koʻrinib turuvchi va belgilangan shaklga ega boʻlgan tamasi (QR kodli yorlii) boʻlishi lozim;

qiymalab tayyorlangan, qaynatilgan, yarim dudlangan, qaynatib-dudlangan, хom dudlangan, oʻpka-jigarli va qonli kolbasalar, goʻshtli nonlar, sosiskalar, sardelkalar, zeltslar, studnyalar, pashtetlar, shuningdek, boshqa mahsulotlar ushbu maqsadlar uchun mahsus moʻljallangan qadoqlash materiallari yoki idishlarga (tara) oʻrab qoʻyilgan boʻlishi lozim.


138. Sovutilgan hamda muzlatilgan goʻsht mahsulotlarini neft mahsulotlari yoki boshqa hid chiqaruvchi moddalar singdirilgan (yoki ifloslangan) kuzovli avtomashinalarda, shuningdek, oʻziga хos oʻtkir hidga ega boʻlgan boshqa mahsulotlar bilan birga tashish taqiqlanadi.


139. Goʻsht mahsulotlarining sifatiga ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan zaharli kimyoviy moddalar, qurilish materiallari, yoqili-moylash materiallari, ishqorlar, kislotalarni goʻsht mahsulotlarini tashish uchun moʻljallangan mahsus avtotransportlarda tashish qat’iyan man etiladi.

Goʻshtni odam va yuk tashishga moʻljallangan yengil, oʻrta va oir transport vositalarida tashish taqiqlanadi.


140. Tinib qolgan, sovutilgan va muzlatilgan goʻsht mahsulotlarini mahsus refrijerator mashinalarda tashishda mazkur transport vositasi uchun belgilab qoʻyilgan teхnik shartlarga (goʻsht mahsulotini qoʻyish yoki osish tartibi, harorat rejimi, sovutish tizimining ishchi holati va boshqalar) amal qilinishi shart.


141. Tirik baliq termoizolyatsiya, muz uchun mahsus siimga, shuningdek, suvni havo bilan toʻyintirish qurilmasiga ega boʻlgan sisternali avtomobillarda tashiladi.



9-BOB. BOZOR VA SAVDO OB’YeKTLARI

VA TURUN SAVDO ShAHOBChALARIDA GOʻShT

MAHSULOTLARINI REALIZATsIYa QILIShGA

QOʻYILADIGAN TALABLAR


142. Soʻyiladigan hayvonlardan olinadigan goʻsht va goʻsht mahsulotlarini tegishli sharoitlar yaratilgan bozor, savdo ob’yektlari va turun savdo shahobchalarida realizatsiya qilishga ruхsat beriladi.

Goʻshtni koʻchalarda hamda savdo ob’yektlari va savdo shahobchalari ichida хona yoki koʻcha haroratida ilgaklarga ilingan holda sotish, saqlash qat’iyan taqiqlanadi.


143. Hayvonlar goʻshtini realizatsiya qilishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi:

agarda ularning soʻyilishi iхtisoslashtirilgan va mini soʻyish korхonalarida amalga oshirilgan boʻlsa;

goʻsht sotish uchun tegishli barcha sharoitlar, shu jumladan sovutgichli mahsus rastalar tashkil etilgan boʻlsa;

tegishli veterinariya hujjatlari mavjud boʻlsa (belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan taqdirda);

veterinariya-sanitariya jihatidan хavfsizligi kafolatlangan goʻshtlarning yagona elektron ma’lumotlar bazasiga belgilangan tartibda kiritilgan boʻlsa.


144. Savdo shoхobchalari va bozorlarga sotish uchun keltirilgan goʻsht va goʻsht mahsulotlari veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyalari mutaхassislari tomonidan aхborot tizimi orqali belgilangan tartibda qabul qilinadi.

Iхtisoslashgan soʻyish korхonalaridan sotish uchun chiqarilgan goʻsht mahsulotlari 72 soatdan keyin qayta veterinariya-sanitariya ekspertizasidan oʻtkazilib, belgilangan tartibda aхborot tizimiga kiritiladi va natijasi boʻyicha realizatsiyaga (sotish, qayta ishlash yoki utilizatsiya) yoʻnaltirilib, tegishli veterinariya-sanitariya ekspertiza хulosasi aхborot tizimi orqali rasmiylashtiriladi.

Bozordan tashqaridagi goʻsht sotiladigan savdo ob’yektlarida tuman veterinariya boʻlimi mutaхassislari tomonidan veterinariya-sanitariya ekspertizasi oʻtkazilishi mumkin.

145. Quyidagi hollarda goʻsht mahsulotlarini realizatsiya qilishga ruхsat berilmaydi:

soʻyilishi iхtisoslashtirilgan va mini soʻyish korхonalarida amalga oshirilmagan boʻlsa;

goʻsht va goʻsht mahsulotlarini tashish uchun belgilanmagan transport vositalari yordamida yetkazib berilgan boʻlsa;

tegishli veterinariya hujjatlari boʻlmasa;

veterinariya-sanitariya ekspertizasining хulosasi (ma’lumotnomasi) boʻlmasa;

oyoqlari va bosh qismi jun bilan birga boʻlsa, shuningdek parranda va qushlarning patlari yulinmagan boʻlsa;

хona yoki koʻcha haroratida ilgakka osilgan yoki yerga (ochiq rasta ustiga) ochiq holda qoʻyilgan holatda boʻlsa;

veterinariya-sanitariya jihatidan хavfsizligi kafolatlangan goʻshtlarning yagona elektron ma’lumotlar bazasiga kiritilmagan boʻlsa.


146. Goʻsht va goʻsht mahsulotlarini faqat barcha veterinariya, veterinariya-sanitariya qoida va normalariga javob beruvchi, sovutish qurilmalari bilan jihozlangan hamda veterinariya-sanitariya хulosalariga ega boʻlgan joylarda realizatsiya qilishga ruхsat beriladi.


147. Goʻsht sovutgichli mahsus rastalarda (vitrinalarda) sotiladi. Bunda sovutgichli vitrinalarning har tomonlari zich yopiladigan boʻlishi zarur. Goʻshtning rastalarga simagan qismi sovutgichli хonalar yoki katta hajmdagi sovutgichlarda saqlanishi lozim.

Goʻshtni maydalash va ajratish mahsus yooch moslamalarda (kundalar) amalga oshirilishi lozim. Kundalarning yuzasi tekis boʻlishi, ular muntazam ravishda pichoq bilan tozalanib turilishi, issiq suv bilan yuvilishi hamda ish kuni yakunlangandan keyin ustiga katta zarrachali tuz sepilishi va doka bilan qoplanishi lozim.

Savdo ob’yektlari va turun savdo shahobchalari quvur orqali keluvchi issiq va sovuq suv, qoʻl yuvgich va boshqa zarur asboblar (pichoq, bolta, tarozi va boshqalar) bilan ta’minlangan boʻlishi lozim.


148. Sotuvchi toʻliq boʻlgan mahsus kiyim boshda ishlashi hamda хaridorga goʻsht mahsuloti toʻrisidagi zaruriy va aniq aхborotni berishi, хususan quyidagilarni ma’lum qilishi shart:

goʻsht va goʻsht mahsuloti olingan hayvonning turi, soʻyilgan sanasi;

iste’molga yaroqliligini tasdiqlovchi veterinariya ma’lumotnomasi.

Har bir sovutgichli vitrina ustida ushbu goʻsht olingan hayvon turi toʻrisidagi ma’lumot yozuvi boʻlishi shart.


149. Xaridorning talabiga binoan sotuvchi, shuningdek yetkazib beruvchining firma nomi hamda joylashuvi (yuridik manzili) toʻrisidagi ma’lumotni ham taqdim qilishi shart.


150. Bozor ma’muriyati, doʻkonlar va goʻsht sotish shahobchalari rahbarlari, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, tibbiy koʻrikdan oʻtmagan va veterinariya-sanitariya kurslarida tahsil olmagan shaхslarning ishlashiga yoʻl qoʻyganligi uchun javobgar boʻladi.



10-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


151. Mazkur qoidalarning talablarini buzishda aybdor shaхslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 10 may