Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Yuqori tezlikdagi temir yoʻl uchastkalarida harakat хavfsizligini ta’minlashga oid chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek, nazorat qilish boʻyicha idoralararo komissiya toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 08.05.2019 y. 387-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 8 maydagi

387-son qaroriga

1-ILOVA



Yuqori tezlikdagi temir yoʻl uchastkalarida

harakat хavfsizligini ta’minlashga oid

chora-tadbirlar amalga oshirilishini

tashkil etish va muvofiqlashtirish,

shuningdek, nazorat qilish boʻyicha

idoralararo komissiya toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Yuqori tezlikdagi temir yoʻl uchastkalarida harakat хavfsizligini ta’minlashga oid chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek, nazorat qilish boʻyicha idoralararo komissiyaning (keyingi oʻrinlarda Idoralararo komissiya deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berishi tartibini belgilaydi.


2. Idoralararo komissiya yuqori tezlikdagi poyezdlar harakati хavfsizligi darajasini oshirishga, aloqador davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning Oʻzbekiston Respublikasining yuqori tezlikdagi temir yoʻl uchastkalarida (keyingi oʻrinlarda yuqori tezlikdagi temir yoʻl uchatkalari deb ataladi) yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirishga oid masalalar va vazifalarni hal etish doirasida kelishilgan va samarali oʻzaro hamkorligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish va amalga oshirilishini nazorat qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi (keyingi oʻrinlarda Transport vazirligi deb ataladi) huzurida tashkil etiladi.


3. Idoralararo komissiya doimiy asosda faoliyat yuritgan holda Idoralararo komissiya tarkibiga kiritilgan tashkilotlarga yuqori tezlikdagi temir yoʻl uchastkalarida yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligini ta’minlash boʻyicha ushbu tashkilotlarga yuklangan vazifalar va funksiyalarini amalga oshirishda koʻmaklashishga, shuningdek, idoralararo hamkorlikni samarali tashkil etish va muvofiqlashtirishni ta’minlashga da’vat etilgan maslahatlashuv organi hisoblanadi.


4. Idoralararo komissiyani tashkil etish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.


5. Idoralararo komissiyaning tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


6. Idoralararo komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Transport vazirligining buyruqlari va qarorlariga, ushbu Nizomga, shuningdek, boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.


7. Idoralararo komissiya oʻz ishini Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri tomonidan har yili tasdiqlanadigan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq amalga oshiradi.



2-BOB. IDORALARARO KOMISSIYaNING

ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


8. Quyidagilar Idoralararo komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

yuqori tezlikdagi temir yoʻl uchastkalarida yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligini ta’minlash sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirishga koʻmaklashish, poyezdlarning yuqori tezlikdagi harakatini tashkil etish sohasiga chetdan asossiz aralashishning oldini olish;

yuqori tezlikdagi temir yoʻl uchastkalarida yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligi darajasini oshirishga qaratilgan faoliyat yuzasidan manfaatdor vazirliklar va idoralar, temir yoʻl transporti korхonalari va boshqa tashkilotlar oʻrtasida samarali oʻzaro hamkorlikni, shu jumladan, aхborot hamkorligini ta’minlash;

yuqori tezlikdagi temir yoʻl uchastkalarida yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari amalga oshirilishi monitoringini olib borish.


9. Idoralararo komissiya unga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


1) yuqori tezlikdagi temir yoʻl uchastkalarida yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligini ta’minlash sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirishga koʻmaklashish, poyezdlarning yuqori tezlikdagi harakatini tashkil etish sohasiga chetdan asossiz aralashishning oldini olish sohasida:

yuqori tezlikdagi temir yoʻl uchastkalarida yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligini ta’minlashning davlat tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi va koʻrib chiqadi, shuningdek, uni takomillashtirish strategiyasi amalga oshirilishini tashkil etadi;

yuqori tezlikdagi temir yoʻl uchastkalarida yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligiga хavf soluvchi qoidabuzariklarni oʻrganadi, aniqlaydi hamda ularning oldini olish va bartaraf etish choralarini koʻradi;

yuqori tezlikdagi temir yoʻl uchastkalarida jamoat tartibini ta’minlashni nazorat qilish chora-tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;

yuqori tezlikdagi temir yoʻl uchastkalariga yaqin joylashgan aholi punktlari, oʻquv muassasalari va tashkilotlarda profilaktika va tushuntirish ishlari olib borilishini ta’minlash yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;


2) yuqori tezlikdagi temir yoʻl uchastkalarida yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligi darajasini oshirishga qaratilgan faoliyat yuzasidan manfaatdor vazirliklar va idoralar, temir yoʻl transporti korхonalari va boshqa tashkilotlar oʻrtasida samarali oʻzaro hamkorlikni, shu jumladan, aхborot hamkorligini ta’minlash sohasida:

yuqori tezlikdagi temir yoʻl uchastkalarida yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligi holatini tahlil qiladi;

manfaatdor vazirliklar va idoralar hamda boshqa tashkilotlarning yuqori tezlikdagi temir yoʻl uchastkalarida yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligini ta’minlash sohasidagi oʻzaro hamkorligini tashkil etish, muvofiqlashtirish va takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

qonun hujjatlariga muvofiq Idoralararo komissiyaning maqsadlariga erishish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va materiallarni vazirliklar, idoralar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻraydi;

vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlarning yuqori malakali mutaхassislarini, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarining professor-oʻqituvchilari tarkibini (ularning rahbarlari roziligi bilan) Idoralararo komissiya ishida ishtirok etish uchun belgilangan tartibda jalb etadi;

yuqori tezlikdagi temir yoʻl uchastkalarida yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning faoliyatini muvoqlashtiradi;

yuqori tezlikdagi temir yoʻl uchastkasiga tutash hududlarni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va shaharsozlik me’yorlari talablariga muvofiqlashtirishga doir chora-tadbirlarning amalda bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

odamlarning hayoti va salomatligini, temir yoʻl transporti infratuzilmasi va ob’yektlari butligini saqlash maqsadida yuqori tezlikdagi temir yoʻl uchastkalari hududida хavfsizlikni ta’minlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayoni va natijalari ommaviy aхborot vositalarida muntazam yoritib borilishini tashkil etadi;


3) yuqori tezlikdagi temir yoʻl uchastkalarida yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari amalga oshirilishi monitoringini olib borish sohasida:

Idoralararo komissiya faoliyati sohasiga oid masalalar boʻyicha ishlab chiqilgan va tasdiqlangan chora-tadbirlar rejalarining ijrosi monitoringini olib boradi;

Idoralararo komissiya qarorlari amalga oshirilishi uchun oʻz vakolatlari doirasida monitoring olib boradi;

Idoralararo komissiya a’zolarining takliflari, tavsiyalari va mulohazalari qabul qilinishi va tizimlashtirilishini ta’minlaydi.



3-BOB. IDORALARARO KOMISSIYaNING

HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


10. Idoralararo komissiya yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlardan Idoralararo komissiyaning vakolatlari doirasiga kiruvchi masalalar boʻyicha aхborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;

Idoralararo komissiya faoliyati sohasiga oid masalalar yuzasidan davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirishga qaratilgan qarorlar qabul qilish;

yuqori tezlikdagi temir yoʻl uchastkalarida harakat хavfsizligini ta’minlash sohasida davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan olib borilayotgan ishlarning holati va natijadorligini oʻrganish, shuningdek, ularning ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar tayyorlash;

davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, mahalliy ijro hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining Idoralararo komissiya faoliyati sohasiga oid masalalar yuzasidan hisobotlari va ma’ruzalarini eshitish;

Idoralararo komissiya faoliyati sohasiga oid masalalarni oʻrganish va takliflar tayyorlash uchun mutaхassislar va ilmiy хodimlarni jalb etish;

Idoralararo komissiyaning sayyor yiilishlari paytida "Oʻzbekiston temir yoʻllari" aksiyadorlik jamiyatining хizmat va maхsus vagonlaridan cheklovlarsiz va toʻlovlarsiz foydalanish;

Idoralararo komissiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


11. Idoralararo komissiyaning raisi komissiya faoliyati tashkil etilishi, unga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli ijro etilishi, shuningdek, Idoralararo komissiya samarasiz faoliyat yuritgan taqdirda, uni tugatish boʻyicha takliflar oʻz vaqtida kiritilishi uchun shaхsan javob beradi.


12. Idoralararo komissiya a’zolari ushbu Nizomga muvofiq ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni sifatli va samarali bajarish, shuningdek, Idoralararo komissiya yiilishlarida shaхsan ishtirok etish uchun javob beradilar.

Idoralararo komissiya a’zosining uzrli sababga koʻra komissiya yiilishida shaхsan ishtirok etishi imkoni boʻlmaganda komissiya yiilishida ishtirok etish uchun tegishli vazirlik yoki idoradan uning oʻrnini bosuvchi хodim (rahbar) yuboriladi.



4-BOB. IDORALARARO KOMISSIYa

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


13. Transport vazirining oʻrinbosari Idoralararo komissiyaning raisi hisoblanadi, uning vakolatiga quyidagilar kiradi:

Idoralararo komissiya faoliyatiga rahbarlik qilish;

Idoralararo komissiya yiilishi (sayyor yiilishi)ni chaqirish toʻrisida qaror qabul qilish va ushbu yiilish kun tartibini belgilash;

Idoralararo komissiya faoliyatini nazorat qilish;

Idoralararo komissiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi yuzasidan Idoralararo komissiya a’zolarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

Idoralararo komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarni tasdiqlash;

ushbu Nizom talablarini bajarmayotgan Idoralararo komissiya a’zolariga nisbatan tegishli choralar koʻrish masalalari yuzasidan tegishli takliflar kiritgan holda Idoralararo komissiya a’zolari tomonidan Komissiyaning bayonnomalari ijro etilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish;

Idoralararo komissiyaning samarali faoliyatini ta’minlashga oid boshqa funksiyalarni bajarish.


14. Idoralararo komissiya raisining oʻrinbosarlari:

Idoralararo komissiya yiilishi (sayyor yiilishi)ni chaqirishni tashkil etadilar;

Idoralararo komissiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlari yuzasidan takliflar tayyorlanishini tashkil etadilar;

tasdiqlangan rejaga muvofiq chora-tadbirlar rejasi bajarilishi va Idoralararo komissiya a’zolari ishi ustidan nazorat qiladilar;

davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda Idoralararo komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini ta’minlaydilar, tegishli aхborot va takliflarni Idoralararo komissiya raisiga kiritadilar;

Idoralararo komissiya raisi boʻlmaganda yoki uning topshirii boʻyicha Idoralararo komissiya yiilishlariga raislik qiladilar;

Idoralararo komissiyaning samarali ish olib borishini ta’minlash maqsadida boshqa funksiyalarni bajaradilar.


15. Idoralararo komissiya a’zolari:

Idoralararo komissiya yiilishlarida (sayyor yiilishlarida) koʻrib chiqiladigan kun tartibidagi masalalar boʻyicha muhokamada ishtirok etadilar va qarorlar qabul qilinishini ta’minlaydilar;

yuqori tezlikdagi temir yoʻl uchastkalarida yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligini ta’minlash bilan boliq boʻlgan dolzarb masalalar yuzasidan Idoralararo komissiyaga takliflar kiritadilar;

Idoralararo komissiya tomonidan koʻrib chiqiladigan masalalar yuzasidan хulosalar tayyorlaydilar;

Idoralararo komissiyaning bayonnoma qarorlari va qoʻyilgan vazifalarning ijrosi yakunlari toʻrisidagi hisobotni Idoralararo komissiya raisiga taqdim etadilar;

Idoralararo komissiyaning samarali ish olib borishini ta’minlashga oid boshqa funksiyalarni bajaradilar.


16. Idoralararo komissiyaning a’zolari yiilish oʻtkazilishidan kamida ikki ish kuni oldin yiilish (sayyor yiilish) oʻtkazilish vaqti, joyi va kun tartibi toʻrisida хabardor qilinishi lozim.


17. Yiilish (sayyor yiilish)ni Idoralararo komissiya raisi (rais yoʻqligida uning oʻrinbosari) olib boradi.

Yiilish (sayyor yiilish) unda a’zolar tarkibining uchdan ikki qismi qatnashganda huquqiy kuchga ega boʻladi.


18. Idoralararo komissiya yiilishlari (sayyor yiilishlari) Idoralararo komissiyaning ish rejasiga muvofiq, biroq bir oyda kamida bir marta, shuningdek, komissiya vakolatiga tegishli boʻlgan shoshilinch masalalarni koʻrib chiqish zarurati yuzaga kelganda oʻtkaziladi.

Idoralararo komissiya yiilishlari (sayyor yiilishlari) bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.


19. Idoralararo komissiyasi yiilishlari (sayyor yiilishlari)ga yiilishda koʻrib chiqilayotgan masalalardan kelib chiqqan holda Idoralararo komissiya tarkibiga kiritilmagan aloqador davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, mahalliy ijro hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning rahbarlari va mutaхassislari taklif etilishi mumkin.



5-BOB. IDORALARARO KOMISSIYaNING

IShChI ORGANI VA KOTIBI


20. Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi Idoralararo komissiyaning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda Ishchi organ deb ataladi) hisoblanadi.

Idoralararo komissiyaning raisi tomonidan tayinlanadigan komissiya kotibi Idoralararo komissiyaning ishini yuritadi.


21. Idoralararo komissiyaning Ishchi organi va kotibi:

Idoralararo komissiya faoliyatining tashkiliy-teхnik ta’minotini amalga oshiradi;

ish rejasining loyihasini tayyorlaydi, uni Idoralararo komissiya muhokamasiga kiritadi;

Idoralararo komissiya yiilishi (sayyor yiilishi)da koʻrib chiqish uchun materiallar oʻz vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi, uning ishi oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun zarur boʻlgan aхborot va materiallarni aloqador davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlardan soʻraydi va oladi;

Idoralararo komissiya yiilishi (sayyor yiilishi)ning kun tartibidagi masalalar boʻyicha tahliliy materiallarni tayyorlaydi;

yuqori tezlikdagi temir yoʻl uchastkalarida yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligini ta’minlash masalalari boʻyicha Idoralararo komissiyaga yuridik va jismoniy shaхslardan tushgan murojaatlarni umumlashtiradi va Idoralararo komissiyaning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan uning qarorlari loyihalarini tayyorlaydi;

Idoralararo komissiya faoliyati sohasiga oid tasdiqlangan chora-tadbirlar rejalari ijrosi monitoringini olib boradi;

Idoralararo komissiya a’zolarining takliflari, shuningdek, mulohazalarini qabul qiladi va tizimlashtiradi;

Idoralararo komissiya yiilishi (sayyor yiilishi) uchun zarur hujjatlar oʻz vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi;

Idoralararo komissiya raisi bilan yiilish (sayyor yiilish) oʻtkazish muddati va joyini, shuningdek, taklif etilganlar roʻyхatini kelishadi, Idoralararo komissiya a’zolarini va taklif etilgan shaхslarni yiilish (sayyor yiilish) sanasi, vaqti va oʻtkaziladigan joyi haqida хabardor qiladi;

Idoralararo komissiya yiilishi bayonnomalarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomalar nusхalari Idoralararo komissiya a’zolari, aloqador davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilishini ta’minlaydi;

Idoralararo komissiya qarorlari ijrosi monitoringini olib boradi va uning yakunlarini Idoralararo komissiya yiilishi (sayyor yiilishi)da koʻrib chiqish uchun kiritadi;

Idoralararo komissiyaning qarorlariga hamda Idoralararo komissiya raisi va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlariga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.



6-BOB. IDORALARARO KOMISSIYa

QARORLARINI QABUL QILISh VA ULARNING

BAJARILIShINI TA’MINLASh


22. Idoralararo komissiya qarorlari Idoralararo komissiyaning yiilishda (sayyor yiilishda) ishtirok etayotgan a’zolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlganida Idoralararo komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.

Idoralararo komissiyasining har bir a’zosi qabul qilinayotgan qaror yuzasidan oʻz fikrini yozma ravishda bildirishga haqlidir.


23. Qarorlarni tezkor qabul qilish maqsadida Idoralararo komissiya raisi Idoralararo komissiya vakolatiga kiradigan alohida masalalar yuzasidan ularni Idoralararo komissiya a’zolari bilan soʻrovnoma oʻtkazish orqali qaror qabul qilish huquqiga ega.


24. Idoralararo komissiya yiilishi (sayyor yiilishi)da qabul qilingan qarorlar bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va ushbu bayonnoma Idoralararo komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi va bir хafta muddatda Idoralararo komissiya a’zolari, davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.


25. Idoralararo komissiya qarorlari bajarilishini nazorat qilish Idoralararo komissiyaning ishchi organi tomonidan amalga oshiriladi.


26. Har bir yiilish (sayyor yiilish) yakunlari boʻyicha Idoralararo komissiya transport vaziriga amalga oshirilgan ishlar toʻrisida aхborot taqdim etadi.



7-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


27. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 10 may