Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.05.2019 y. 398-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.05.2019 y.

N 398



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Davlat tibbiyot muassasalari va soliqni saqlashni

boshqarish organlari хodimlarini moddiy rabatlantirishni

kuchaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil

7 noyabrdagi PQ-4007-son qarori)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat tibbiyot muassasalari va soliqni saqlashni boshqarish organlari хodimlarini moddiy rabatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 7 noyabrdagi PQ-4007-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                   A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 13 maydagi

398-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining "Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 12 maydagi 284-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 5-son, 71-modda):


1-ilovaning 61-bandiga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

a) "Murojaat shaklidan (elektron shaklda yoki oʻzi kelgan holda) qat’i nazar davlat boji summasining 20 foizi byudjetdan tashqari Rivojlantirish va soliqni saqlashni boshqarish organlari хodimlarini moddiy rabatlantirish jamarmasining hisobraqamlariga oʻtkaziladi";


b) 4-ilovaning 44-bandiga quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi qoʻshilsin:

"20 foizi murojaat qilish shaklidan (elektron shaklda yoki oʻzi kelgan holda) qat’i nazar - byudjetdan tashqari Rivojlantirish va soliqni saqlashni boshqarish organlari хodimlarini moddiy rabatlantirish jamarmasining hisobraqamlariga oʻtkaziladi";

toʻrtinchi хatboshi beshinchi хatboshi deb hisoblansin.


2. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 iyundagi 405-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 6-son, 111-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻrisidagi nizomning 41-bandida:


a) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi qoʻshilsin:

"20 foizi murojaat qilish shaklidan (elektron shaklda yoki oʻzi kelgan holda) qat’i nazar - byudjetdan tashqari Rivojlantirish va soliqni saqlashni boshqarish organlari хodimlarini moddiy rabatlantirish jamarmasining hisobraqamlariga oʻtkaziladi";


b) toʻrtinchi хatboshi beshinchi хatboshi deb hisoblansin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 14 may