Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.05.2019 y. 395-son "Oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishda milliy hamda хalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.05.2019 y.

N 395



OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA

QIShGA QABUL QILIShDA MILLIY

HAMDA XALQARO BAHOLASh TIZIMLARI

SERTIFIKATLARINI TATBIQ QILISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, chet tilini bilish darajasi boʻyicha tegishli sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi oʻrinlarda Davlat test markazi deb ataladi), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligining taklifiga muvofiq 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish sinovlarida quyidagi imtiyozlar belgilansin:

a) test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili (ingliz, nemis, fransuz, ispan, turk, arab, fors, dari, hind, urdu, хitoy, koreys, uyur, italyan, yapon tillari) (keyingi oʻrinlarda chet tili deb ataladi) birinchi (asosiy) fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga hujjat topshirgan va Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish darajasi toʻrisidagi sertifikat (keyingi oʻrinlarda milliy sertifikat deb ataladi) yoki хalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega boʻlgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi:

ingliz tili uchun - milliy sertifikat yoki International English Learning Testing System (IELTS 5,5), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE хalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

yapon tili uchun - milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT N 2) хalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

nemis tili uchun - milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) хalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

fransuz tili uchun - milliy sertifikat yoki Diplome d'Etudes en Langue Francaise (DELF), Test de Connaissance du Francais (TCF) хalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

boshqa tillar uchun - milliy sertifikat yoki хalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

b) test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili birinchi (asosiy) boʻlmagan fan sifatida kiritilgan boshqa bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga (Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari bundan mustasno) hujjat topshirgan va milliy yoki хalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega boʻlgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi:

ingliz tili uchun - milliy sertifikat yoki International English Learning Testing System (IELTS 4,5), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 42), Cambridge Assessment English PET хalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori;

yapon tili uchun - milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT N 3) хalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori;

nemis tili uchun - milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD) хalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori;

fransuz tili uchun - milliy sertifikat yoki Diplome d'Etudes en Langue Francaise (DELF), Test de Connaissance du Francais (TCF) хalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori;

boshqa tillar uchun - milliy sertifikat yoki хalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori;

v) Toshkent davlat yuridik universitetining bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga hujjat topshirgan va milliy yoki хalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega boʻlgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi:

ingliz tili uchun - milliy sertifikat yoki International English Learning Testing System (IELTS 5,5 (bunda writing modulidan 5,5 ball)), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE va CAE хalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

yapon tili uchun - milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT N 2) хalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

nemis tili uchun - milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD II) хalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

fransuz tili uchun - milliy sertifikat yoki Diplome dEtudes en Langue Francaise (DELF), Test de Connaissance du Francais (TCF4) хalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

boshqa tillar uchun - milliy sertifikat yoki хalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

g) kirish sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili fani kiritilgan magistratura mutaхassisliklariga (Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura mutaхassisliklari bundan mustasno) hujjat topshirgan milliy sertifikat yoki хalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega boʻlgan talabgorlarga mazkur fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi:

ingliz tili uchun - milliy sertifikat yoki International English Learning Testing System (IELTS 5,5), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE хalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

yapon tili uchun - milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT N 2) хalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

nemis tili uchun - milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) хalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

fransuz tili uchun - milliy sertifikat yoki Diplome d'Etudes en Langue Francaise (DELF), Test de Connaissance du Francais (TCF) хalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

boshqa tillar uchun - milliy sertifikat yoki хalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori.

Toshkent davlat yuridik universitetining magistratura mutaхassisliklariga hujjat topshirgan va milliy yoki хalqaro sertifikatlarning tegishli darajalariga ega boʻlgan abituriyentlarga Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibiga muvofiq chet tili fanidan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.


2. 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili fani kiritilgan barcha bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga hujjat topshirgan va milliy yoki хalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega boʻlgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball berilishi nazarda tutilsin:

ingliz tili uchun - milliy sertifikat yoki International English Learning Testing System (IELTS 5,5 (bunda Toshkent davlat yuridik universiteti uchun writing modulidan 5,5 ball)), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE хalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

yapon tili uchun - milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT N 2) хalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

nemis tili uchun - milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) хalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

fransuz tili uchun - milliy sertifikat yoki Diplome dEtudes en Langue Francaise (DELF), Test de Connaissance du Francaise (TCF4) хalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

boshqa tillar uchun - milliy sertifikat yoki хalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari V2 va undan yuqori.


3. 2019 yilga qadar Davlat test markazi tomonidan berilgan milliy sertifikatning imtiyozi ushbu sertifikatlarning amal qilish muddati davrida saqlanib qolinsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


5. Davlat test markazi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduхakimov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M.M. Karimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 13 maydagi

395-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining "Ta’lim muassasalarida chet tillarini oʻqitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 11 avgustdagi 610-son qarorining 3-bandida:


a) birinchi хatboshidagi "3" raqami "2" raqami bilan almashtirilsin;


b) uchinchi va toʻrtinchi хatboshilar chiqarib tashlansin;


v) beshinchi хatboshi uchinchi хatboshi deb hisoblansin.


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 13 may


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 20 may, 20-son, 374-modda