Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.05.2019 y. 409-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalq salomatligi milliy kengashi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

15.05.2019 y.

N 409




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI

XALQ SALOMATLIGI MILLIY KENGAShI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 iyundagi PQ-3031-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, shuningdek, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni aholi oʻrtasida yanada ommalashtirish ishlarining samaradorligini oshirishga koʻmaklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston faхriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy" jamarmasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalq salomatligi milliy kengashini (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalq salomatligi milliy kengashining tarkibi 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalq salomatligi milliy kengashi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:

aholi salomatligini jismoniy tarbiya va sport orqali muhofaza qilish sohasida barcha darajalardagi hokimliklar va idoralararo, ayniqsa, jamoat tashkilotlarining oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish;

vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvi organlari va barcha darajalardagi hokimliklarning aholi salomatligini muhofaza qilish borasidagi vazifalar ijrosi haqidagi hisobotlarini muntazam eshitish;

jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosati amalga oshirilishi holati tahlil qilinishini tashkil etish;

jismoniy tarbiya va sport, shuningdek, jismoniy tarbiya-solomlashtirish bilan shuulanuvchilar oʻrtasida tadbirlar (musobaqalar, mashulotlar, festival va shu kabilar) oʻtkazilishining tizimli monitoringini olib borish;

respublikada jismoniy tarbiya va sport sohasida qabul qilingan qonun хujjatlari toʻliq va sifatli bajarilishi choralarini koʻrish.


4. Belgilansinki, Kengash jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduхakimov va Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 15 maydagi

409-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

huzuridagi Xalq salomatligi milliy kengashi

TARKIBI

A.N. Aripov

-

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, milliy kengash raisi


A.A. Abduхakimov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, milliy kengash raisining oʻrinbosari


Z.B. Mahkamova

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi, milliy kengash raisining oʻrinbosari

Kengash a’zolari:


D.X. Nabiyev

-

Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri


A.Q. Shadmanov

-

Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash vaziri


I.U. Majidov

-

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri


R.M. Shaabduraхmanov

-

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi


Sh.X. Shermatov

-

Oʻzbekiston Respublikasi хalq ta’limi vaziri


A.V. Shin

-

Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri


B.S. Sayfullayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri


Q.Q. Quranbayev

-

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi


Q.M. Rafikov

-

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi


Sh.I. Jalilov

-

Oʻzbekiston "Nuroniy" jamarmasi raisi


R.T. Mamatov

-

Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri

R.S. Irmatov

-

futbol boʻyicha хalqaro toifadagi hakam


X.M. Dusmatov

-

boks boʻyicha Olimpiya oʻyinlari olibi


R.R. Sobirov

-

dzyudo boʻyicha 3-karra Olimpiya oʻyinlari sovrindori


lavozimi boʻyicha

-

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari


          

Izoh. Milliy kengash a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхslar kiritiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 16 may